May 21, 2025

Flame of Passion

Episode 6

Shu payt tashqaridan o'q ovozlari eshitila boshladi...

Taehyung o'rnidan sakrab turib oynadan tashqariga qaradi. O'rmon tarafdan yopirilib kelayotgan qora kiyimli odamlar Taehyungni odamlarini bitta qo'ymasdan qirayotgandi.

–Jin ursin —tishini orasidan vishillab so'kdi.

Yonsu bo'lsa qo'rqanidan yotoq ustida tizzasini quchgancha ko'zini mahkam yumgandi. Taehyung Yonsu tomon yurib borib uni bag'riga bosdi.

–Hammasi yaxshi bo'ladi. So'z beraman senga hech narsa bo'lmaydi— yupatuvchi ohangda

Shu payt eshik taqilladi.

–Janob men Yejunman

–Kir...— Yejunning peshonasidagi ter oqyotgandi. Bundan isbotgi ahvol jiddiy edi.

–Janob, Jaemin odamlari bilan bostirib kelyapdi. Uy atrofini o'rab olishgan. Ular juda ko'p. Boshqa odamlarimiz yetib kelguncha uyni bosishlari mumkin. Bu yerdan tez ketishingiz kerak— havotirli to'nda gapirdi.

Atrofdan haligacha o'q ovozlari eshitilar, Yonsu qo'rqqanidan Taehyungni mahkam quchoqlab olgandi.

–Yo'q.. men qochib ketgudek qo'rqoq emasman. Barbir ularni menga kuchi yetmaydi —qatiy ohangda gapirdi.

Shu payt yana o'q ovozi eshitildi. Bu safar yaqinroq joydan.

–Taehyung qo'rqib ketyapman, ketaylik iltimos —Yonsu Taehyungni mahkam quchib boshini yelkasiga qo'yib yig'lashni boshladi.

–Janob iltimos Yonsu xonimni xavfsizligi uchun bu yerdan keting, biz chalg'itib turamiz — belidagi qurolni chiqarib o'qladi.

–Yaxshi, ketdik — Taehyung bir ho'rsinib Yonsuni qo'lidan tutib eshik tomon yurdi.

Ular xonadan chiqib pastki qavatdagi omborxona tomon yurishni boshlashdi. Omborxonadagi javon orqasida joylashgan yashirin yo'lak orqali chiqib ketishmoqchi edi.

–Taeyang biz Taehyungni uyidagi kameralarni kuzata olamizmi? - Jaemin durbin orqali uyga hujum qilayotgan odamlarini kuzatib turardi.

–Albatta janob, biz kameralarni allaqachon uladik — dedi qo'lidagi planshetni uzatib

Jaemin planshetni olib kamera yozuvlaridan Taehyungni qidira boshladi.

Bu payt Taehyung, Yonsu va Yejun pastki qavatda yugirib tezroq chiqib ketishga harakatqilardi

Ularning oldiga 4ta barzanggi qurol ko'tarib keldi. Yejun ,Taehyung va Yonsuni panaga olib otishni boshladi. Ular ham otishardi.

–Yonsu qulog'ingni qo'ling bilan berkitib ko'zingni yumib shu yerdan qo'zg'almay o'tir - devorning burchagiga o'tqizib , yonidagi javondan qurol oldi va u ham otishni boshladi.

Taehyung va Yejun devorning ikki tomonidan turib otardilar. Jaeminning odamlari kelayotgan o'qlar sababli oldinga bora olmas edilar. Taehyung va Yejun bir biriga bosh silkigan holda ikkalasi baravar o'q otishdi. Bittasi yerga quladi. Uchta qoldi. Lekin ularning o'qlari kam qolgan edi.

–Janob endi nima qilamiz — peshonasidagi terni artib

–Biz Yonsuni pana qilamiz u esa qochadi — Yonsu tomon tezda o'tib oldi.

–Qushcha! Meni diqqat bilan eshit! Aytishim bilan orqaga qaramasdan omborxonaga yugur u yerda javon bor, u yerga kirib to'xtamasdan yuguraver oxirida oldingdan bitta eshik chiqadi. Shu eshikdan chiqsang sen xavfsiz bo'lasan. Meni tushindingmi? -—vaqtni yo'qotmaslik uchun tez-tez gapirib Yonsuni o'zi joylashgan devor tomon olib keldi.

Bu payt Jaemin kuzatuv kamerasi orqali ularni kuzatardi. Taehyungni chorasiz holda ko'rish unga huzur bag'ishlayotgandi. Ammo Taehyungni yonida qiz bola borligini ko'rib biroz hayratlandi. U Yonsuni yuzini to'liq ko'ra olmadi.

–Qiziq, bu qiz kim bo'ldi? Uni himoya qilishiga qaraganda sevgan qizi bo'lsa kerak. Uni ham ko'z o'nggingda o'ldiraman Teahyung!— lab chetida huddi manyak kabi kuldi.

–Tayyormisan qushcha — qo'lidagi qurolni yana bir bor ko'zdan kechirib

Yonsu gapirish o'rniga boshini silkitdi.

–1, 2, 3 YUGUR! — Taehyung va Yejun devor ortidan chiqib qo'rqchilarga qarata o'q uzishni boshlashdi.

Yonsu bo'lsa jon-jahti bilan yugurardi. Pistaletda o'q qolmagach ular mushtlashishga tushishdi. Jaeminni odamlari ko'p bo'lsa ham Taehyung va Yejunga jismoniy jihatdan kuchlari yetmasdi. Ular har bir qo'riqchini 2ta kuchli zarba bilan qulatardi. Oxirgi qulagan qo'riqchini o'rniga boshqasi kelib qurol tiradi.

Bu payt Jaemin yo'lak bo'ylab yugurib ketayotgan Yonsuni yuzini aniq va tiniq ko'rdi.

Jaemin

–Bu... bu sensan.... Haa bu sensan — telbalardek g'o'ldirashni boshladi.

–Hoy to'xtang.. otmang. Chekinamiz... Hamma ortga qaytsin!—- radsiya orqali buyruq berdi.

Qo'riqchilarning qulog'ida quloqchin bo'lganligi sababli Jaeminning gapini faqatgina ular eshitishdi. Ular darhol chekinishdi. Bir daqiqaga bormay qo'riqchilar uyni tark etishdi.

–Ular nega chekinishyapti? —Yejun hayron bo'lgancha

–Bilmadim... bu yerda bir gap bor— Taehyung asabiylasha boshladi.

–Yonsu... Yonsuni topay — Teahyung tezlik bilan omborxona tomon yugurdi.

Yonsu endigina omborxona eshigini ochaman deganda Taehyungni ovozi uni to'xtatdi.

–Yonsu... — Taehyung yo'lak boshida turardi.

Yonsu Taehyungni ko'rib u tomon yugurdi. Taehyung ham katta va tez qadamlar bilan u tomon yurdi. Yonsu o'zini Taehyungni bag'riga otib piqqillab yig'lashni boshladi.

–Bo'ldi qushcha tinchlan hammasi tugadi — past ovozda Yonsuni sochini silab bag'riga bosdi.

–Yur xonamizga chiqamiz — Yonsuni kelinlik uslubida ko'tarib oldi.

Yonsu esa Taehyungni bo'ynidan qo'llarini o'rab boshini yelkasiga qo'yib yig'lardi. Yo'lak bo'ylab ketishar ekan uyning har burchagida o'liklar qonga belangan holda cho'zilib yotishardi. Taehyung esa zinadan o'z xonasiga ko'tarildi.

–Men juda qo'rqdim Taehyung — boshini ko'tarmasdan gapirdi.

–Shshsh... go'zalim hammasi tugadi. Endi yuvinib chiq keyin uhlaymiz— Yonsuni ehtiyotkorlik bilan yerga qo'ydi.

Yonsu yuvinishxonasiga kirib ketgach Taehyung Yejunni chaqirdi.

–Labbay janob — hurmat ko'rsatib

—Ular uyga qanday kirishdi?— Yejun tarafidan hech qanday javob kelmadi shunchaki boshin egib qoldi. Axir aybi bor ediku.

–Uydagi axlatlarni tozalang birorta iz ham qolmasin. Yangi qo'rqchilarni qo'y. Xavfsizlik tizimini yangila— asabiylashganidan u yoqdan bu yoqqa yurardi.

–Ho'p bo'ladi janob —boshini egib

–Keyin yana Jaeminni kuzatinglar. U hujum qilishga qilib nega birdan chekindi. Shuni aniqlang

!–Tushindim janob. Menga yana buyrug'ingiz bormi? — itoatkarona tarzda gapirdi.

–Ketishing mumkin - asabiy to'nda

Yejun qisqa tazim qilib xo'jayini buyurgan topshiriqlarini bajarishga kirishdi. Yarim soat ichida butun uy jasadlardan tozalanib izlar yo'q qilindi. Xavfsizlik tizimi qayta tiklandi.

–Bu yerda bir gap bor.. nega.. nega to'xtadi. Axir menga juda yaqin edi-ku.. uhh... Buni tagiga yetishim kerak. Eng muhimi Yonsu, uni bunday narsalardan uzoq tutishim kerak. Agar unga nimadir bo'lsa.... Yo'q unday bo'lmaydi. Bunga yo'l qo'ymayman.

Taehyung asabiylashib hayol surardi. Hayolini hammomdan chiqqan Yonsu tarqatib yubordi.

Taehyung & Yonsu