May 26, 2025

Flame of Passion

7-epizod

Taehyung asabiylashib hayol surardi. Hayolini hammomdan chiqqan Yonsu tarqatib yubordi.

Yonsu hammom xalatida turardi. Taehyung uni ko'rib aqldan ozishni boshladi. U hozirni o'zidayoq Yonsuni o'ziniki qilishni hohladi. Ammo Yonsuni majburlagisi kelmadi.

–Haligi meni kiyishga kiymim yo'q men nima kiyib uhlayman – uyalganidan ko'zini yerdan uzmay gapirdi.

–Bugun senga kiyim harid qilishga ulgurmadik. Meni kiymimni kiyib turasan – jiddiy ohangda.

–Yaxshi – boshini chayqab qo'ydi.

Taehyung o'ziga kichkina bo'lgan futbolka va shortik olib chiqib berdi. Yonsu ularni olib kiyib chiqdi va sochini quritdi. Taehyung esa Jaeminni nega birdan chekingani haqida o'ylardi.

–Ular kim edi o'zi? – yotoq ustiga o'tirdi.

Taehyung nigohini Yonsuga ko'chirdi.

–Bu haqida keyin aytib beraman. Hozir charchaganman, uhlamoqchiman – horg'in ohangda.

–Qushcha sen men bilan uhlashingni hohlayman – Yonsuni qo'lidan ushlab o'zi tomon tortdi.

–Lekin men.. – etiroz bildirmoqchi edi gapini Taehyung bo'ldi.

–Iltimos qilaman men bilan uhla – ko'zlari yarim yumiq holda edi.

Yonsu unga yo'q demoqchi bo'ldi ammo aytolmadi. Aqli bu ishni qilmaslikni aytsada u yuragiga quloq soldi. U Taehyungni bag'riga g'ujanak bo'lib tiqilib olib ko'zlarini yumdi.Taehyung uni sochlaridan silab peshonasiga yengil o'pich qoldirdi.

Yonsu/Pov

Nega men uni yonida bo'lsam o'zimni hotirjam his qilaman? Nima sababdan menga har teginganida yuragim qinida chiqqudek tez uradi? U men bilan o'yin o'ynayaptimi yoki yo'q.. Agar bu o'yin bo'lsa bu o'yin tugashini aslo istamayman.

Jaemin honasida telefondagi suratga tikilib viski ichardi. Uning yuragida ham quvonch ham qayg'u alangalanib yonardi.

– Seni topdim.. vanihoyat topdim. Meni kechir... sendan habar ololmaganim uchun, seni himoya qila olamganim uchun... Endi men qaytdim. Seni hech kimga berib qo'ymayman mening mitti malagim.....

.

.

.

.

Erta tonggi quyosh nurlari sababli majburan ko'zini ochgan Taehyung Yonsuni yo'qligini ko'rib o'rnidan sapchib turdi. Yuvinishxonasi va garderobni ko'zdan kechirdi. U yerdan topa olmagach pastga tushdi. Mehmonxona kirib u yerni ham ko'zdan kechirdi. Shu payt oshxona tarafdan Yonsuni ovozi eshitildi. So'ng to'g'ri oshxonaga yo'l oldi. U yerda Yonsu nonushta tayyorlayotgan edi. Taehyung xizmatkorlarga jimgina chiqib ketishlarini imo qildi. Xizmatkorlar sas-sadosiz oshxonani tark etishdi. Yonsu o'z ishiga berilib ketganidan xizmatkorlarni chiqib ketganini sezmadi ham. Taehyung u tomon asta yurib borib belidan quchdi. Yonsu birdan bolgan ishdan bir uchib tushdi.

–Men uchun nonushta tayyorladingmi? – iyagini Yonsuni yelkasiga qo'yib.

–Ha, meni qo'yib yuborsangiz likopchaga solmoqchi edim – uning qo'llaridan chiqishga urinib.

–Qolganini xizmatkorlar qiladi – Yonsuni qo'lidan tutib mehmonxonaga olib kirdi.

Taehyung mehmonxonaga kirgach joyiga o'tirdi va Yonsu o'z joyiga o'tirishidan oldin qo'lidan tortib tizzasiga o'tqazdi. Yonsu o'rnidan turmoqchi bo'ldi lekin Taehyung turishiga yo'l qo'ymadi.

–Qayerga qushcha? – Yonsuni sonini siqib qo'ydi.

–Haligi.. menga bunday o'tirish noqulay bo'lyapdi – yanoqlari qizarib.

–Senga oldin ham aytganman sening joying shu yerda.. mening tizzamda – qizarib ketgan yanoqlariga yengil o'pich qoldirdi.

Saldan so'ng xizmatkorlar nonushtani olib kelib dasturxonga tortishdi. Taehyung nonushta qilishni boshladi ammo Yonsu ovqatga qarab ham qo'ymadi.

–Nimaga ovqatlanmayapsan qushcha? – qoshlarini chimirib.

–Sizdan bir narsa so'ramoqchi edim – past ohangda gapirdi.

–Qulog'im senda – ovqatidan bir luqma olib og'ziga soldi.

–Men ishimga bormoqchiman.... bo'lib o'tgan voqealardan so'ng biroz chalg'imoqchiman – asabiylashganidan tirnog'ini o'ynashni boshladi.
Taehyung uning bu harakatidan qanchalik asabiylashayotganini sezdi. So'ng Yonsuni qo'llarini bir- biridan ajratib kaftlari orasiga olib yuzini o'zi tomon qaratdi.

–Yaxshi.. lekin ovqatingni yemasang hech qanday ish yo'q – asta jilmaydi.

–Rostdanmi? – Yonsu Taehyungni ruxsat bermaydi deb o'ylagani uchun hayratlandi.
Taehyung tasdiq ma'nosida boshini silkib qo'ydi. Yonsuning ko'zlari quvonchdan porlab ketdi. Keyin shosha-pisha ovqatlanishni boshladi. Taehyung uni ko'rib yuziga keng tabassum yugurdi. Shu payt Taehyungni telefoni jiringladi. Taehyung telefoniga qarar ekan hozirgi tabassumidan asar ham qolmadi. U Yonsuni o'zini o'rniga joylashtirib tashqariga chiqib ketdi.

Yonsu unga e'tibor bermasdan ishiga borishini o'ylab tez-tez ovqatlanardi. 2 daqiqalardan so'ng Taehyung yana qaytib keldi.

–Qushcha meni diqqat bilan eshit. Meni zarur ishlarim chiqib qoldi. Shuning uchun tez ketmasam bo'lmaydi. Buguncha ishga bormay turasan. Hozir atrof sen uchun juda xavfli. Senga ziyon yetishini xohlamayman... nima bo'lgan taqdirda ham uydan tashqariga chiqma! Tushindingmi? – jiddiy ohangda gapirdi.

–Lekin men borishni juda ham istayman – ko'zlarini pir-piratib mayus boqdi.

–Yonsu.. to'g'ri senga ruhsat bergandim. Ammo hozir bu xavfli. Hammasi joy-joyiga tushgach bemalol borishing mumkin. Bugun esa uydan tashqariga chiqmaysan – vaziyat jiddiy bo'lmasin o'zini hotirjam tutishga harakat qildi.

–Yaxshi – hafsala bilan javob berdi. U hafa bo'ldi. O'rnidan turib honasiga chiqmoqchi bo'ldi. Lekin Taehyung uni yo'lini to'sib uning labidan qisqa bo'sa oldi.

–Qushcha hafa bo'lma, senga so'z beraman hammasi tugagach albatta ishingga borasan – kaftining orqa tarafi bilan Yonsuni yanog'ini mayin siladi.

–Endi esa men ketdim. Yaxshi o'tir – kurtkasini kiyib uydan chiqib ketdi. Yonsu bir xo'rsinib xonasiga chiqdi.

Tashqarida Taehyungni 3ta qora mashina bilan Yejun kutib turardi. Taehyung mashina tomon yo'l olarkan Yejun mashinani orqa taraf eshigini ochdi. Taehyung mashinaga joylashgach o'zi haydovchi o'rindig'iga o'tirib mashinani ishga tushirdi. Mashinalar birin ketin uyni tark etishdi.

–Hammasini men aytgandek bajardingmi? – sovuq va dag'al ovozda.
Hozir u biroz oldingi mehribon va muloyim odam emas. Hozir u sovuqqon va shavqatsiz mafia....

–Ha janob hammasi siz aytgandek bo'ldi – mashinaning oynasidan qarab javob berdi.

–Yaxshi – iblisona jilmayish bilan.

–Han Jaemin qilgan ishing javobsiz qoladi deb o'ylaganmiding? Bekorga meni jig'imga tegding. Endi sening ham borar manziling aniq... seni otangni yoniga ravona qilaman.

.

.

.

.

Ikki tomoni o'rmon bilan qoplangan katta yo'lda Jaemin yordamchisi Taeyang bilan chet eldan kelishi kerak bo'lgan mollarni qachon qayerdan olib, qayerga joylashtirish haqida reja tuzib uyga qaytishyotgandi. Katta tezlikda kelayotgan mashinaning shinasiga kelib tekkan o'q tufayli mashina uch marta ag'darilib yerga quladi. O'rmon ichidan Taehyung va odamlari chiqib kelishdi. Taehyung to'g'ri balonlari osmondan kelib cho'nkarilib yotgan mashina tomon yurib bordi. Jaemin va Taeyang jarohat olishgandi. Ayniqsa Jaemin, uning boshidan qon to'xtamasdan oqub yuzini yuvardi. Jaemin ko'zlarini ochib mashina tomon yaqinlashayotgan Taehyungga qaradi. Ko'zi hira ko'rayotgan bo'lsa ham qarshisidagi Taehyung ekanligini bildi. So'ng telba odamdek qah-qah otib kulishni boshladi.

–Yaramas, sen ekanligingni tahmin ham qilmagandim... aysh.. – qattiq kulganidan boshidagi og'riq kuchayib yuzi burishdi.

–Ularni oling – buyruq berib o'zi ikki, uch qadam ortga chekindi.

Qo'riqchilar ularni mashinadan olib Taehyungni oldida tiz cho'ktirishdi. Jarohat tufayli ularni na tik turishga, na o'tirishga madorlari bor edi.

–Janob ahvolingiz yaxshimi? – yelkasini ushlab

–Ha.. – juda past ovozda gapirdiki uning gapini Taeyang zo'rg'a eshitdi.

–Tashvishlanmang janob u bizga hech narsa qila...

–Yetar! – Taehyung uning gapini kesib tashladi.

–Zerikarli spektaklingizni ko'rishga toqatim yo'q – sovuq ohangda.

Taehyung Jaemin tomon yaqin borib cho'kkalab o'tirib bo'ylarini tenglashtirdi.

–Men bilan o'ynashib katta hato qilding Jaemin. Endi qilgan ishing uchun tavon to'lash vaqti keldi. Seni ham otangni yoniga ravona qilaman – uning har bir so'zi nafrat va g'azab bilan yangradi.

–Lekin undan oldin aytchi nega meni o'ldirmading? – ko'zlarini qisib uni sinchkovlik bilan kuzatdi. Jaemin uni gapini eshitib asta jilmaydi.

–Agar u yoningda bo'lmaganida sen allaqachon o'lgan bo'larding – qaddini tiklab Taehyungni yuziga tik boqdi.

–Kimni aytyapsan? – Taehyung uning bunday sirli gapini tushunolmadi.

–Mening sevgim... mening Yonsuyim.. u seni qutqardi – g'olibona tabbasum bilan

Taehyung undan bunday javob kutmagandi. Jaeminning gapidan so'ng Taehyungni yuz ifodasi qoraydi. Ko'zlari g'azabdan chaqnab, qo'llari musht bo'lib tugildi. So'nggi lahzada Taehyung Jaeminni yuziga musht tushirdi.

–Yonsu hech qanaqasiga seniki emas. U meniki.. u menga tegishli – gapirish barobarida ketma ket berilgan zarbalar tufayli Jaeminning yuzi momataloq bo'lib ketdi.

–Ur.. uraver! barbir u seniki emas. Seniki bo'lmaydi ham. U meniki! – gapirishga madori qolmagan bo'lsa ham o'zini mag'rur tutardi.

–Endi o'zingdan ko'r itvachcha – belidagi qurolni olib Jaeminni peshonasiga tiradi.

Bu tarafda Taeyang ho'jayiniga yordam berish uchun bor kuchi bilan chiranardi. Lekin Taehyungni odamlari uni mahkam ushlab bunga yo'l qo'yishmadi. Taeyang Taehyungni Jaeminga qurol tiraganini ko'rib baqirishni boshladi.

–Hoy to'xta! Jin ursin seni Kim Taehyung to'xta! Sen.. sen Yonsuni qayerdaligini bilasanmi? – hansiraganidan ovozi uzulib-uzilib chiqdi.

Bu gapdan Taehyung va Jaemin yalt etib unga qarashdi. Jaemin yordamchisiga savolli nigoh bilan qarab turardi.

–Sen nimalar deyapsan – Taeyangni yoqasidan ushlab turg'azdi.

–Yonsuni qayerda ekanligidan habaring bormi? – nigohini Jaeminga ko'chirib. Jaemin unga g'azab to'la ko'zlar bilan qarab turardi.

Bu bilan nima demiqchisan? – uni bo'g'zidan bo'g'ishni boshladi.

Seo Yonsu
Kim Taehyung & Han Jaemin