August 4, 2025

Flame of Passion

11-epizod

Shifoxonaning oq devorlari orasida og‘ir sukunat hukm surardi. Reanimatsiya bo‘limining oynasi ortida Taehyung va onasi jim turishardi. Ular hech narsa demasdi, gapirishga kuchlari yo‘q edi.

Janob Kim karavotda harakatsiz yotardi. Tanasi turli apparatlarga ulangan, har bir nafas mashina yordamida olinayotgandi. Uning yuzida rang yo‘q, xuddi uxlayotgandek tuyulardi.

Kim xonim qo‘llarini siqib turar, yuzidan oqayotgan ko‘z yoshlarini to‘xtata olmasdi. Uning nafasi titrar, lablari zo‘rg‘a qimirlardi. U faqat erini yana koʻzlarini ochishini istardi.

Taehyung esa otasiga qarab turardi. Uning yuzi jiddiy, ammo ko‘zlarida chuqur og‘riq bor edi. Yig‘lamasdi. Faqat qotib qolgancha turardi. O‘ziga ham noma’lum bo‘lgan og‘irlik yuragini bosib turgandi. Vaqt go‘yo to‘xtab qolgandi.

Ular kutishdan boshqa hech narsa qila olishmasdi. Umid esa asta-sekin soʻnayotgandi.

Reanimatsiya boʻlimidan bosh shifokor chiqishi bilan Taehyung va onasi darrov unga qarashdi.

–Doctor erimni axvoli qanday? U tuzalib ketadimi? – Kim xonim doctorga koʻzlarida umid bilan qaradi.

–Bemorning axvoli ogʻir. Uning tanasi uzoq vaqt mobaynida yomgʻirda qolib ketgan va jarohati ancha jiddiy. Biz qoʻlimizdan kelganini qilamiz. Lekin... sizlar hammasiga tayyor turishingiz kerak – doctor niqobini yana yuziga taqib xona ichiga qaytdi.

Kim xonim doctorni gapidan keyin qattiq tushkunlikka tushib qoldi. Koʻp yigʻlaganidan koʻzlarida yosh ham qolmadi.

3 Kundan soʻng

–Oyi dadam oʻzlariga keldimi? Bu rostmi? – Taehyung koʻzida yosh bilan onasi tomon yurdi.

–Ha oʻgʻlim, otang seni koʻrmoqchi ekan. Ichkariga kir – Kim xonim quvonganidan yigʻlardi.

Taehyung ichkariga kirdi. Otasining holati hali ham oʻsha-oʻsha... oʻzgarish yoʻq. Faqat koʻzlari ochiq.

–Kel..dingmi oʻgʻlim? Senga mu..him gapim bor. Fa..faq..at gapimni tingla! – uning ovozi boʻgʻiq, nafas olishi sust edi. Taehyung otasining gapiga boshini chayqab qoʻydi.

–Mening vaqtim tugayapti oʻgʻlim. Yaqinda men orangizda boʻlmayman. Sen esa sulolamizning davomchisi sifatida mening oʻrnimni egallaysan. Sen men xohlagandek yaxshi oʻgʻil boʻlding. Sen bilan faxrlanaman bolajonim! – Taehyung otasining gaplarini koʻzida yosh bilan tinglardi.

–Sendan soʻnggi iltimosim... Sen janob Minning qiziga uylan! Sulolamiz uchun, men uchun oʻsha qizga uylan! – "Minning qiziga uylan!" bu soʻz Taehyungni ich-ichidan ogʻriq his qildirdi.

U endi rostakamiga ikki oʻt orasida qoldi. U jim qoldi. Shunchaki boshini chayqab qoʻydi holos. Lekin endi u nima qiladi. Oʻz sevgisini tanlaydimi yoki otasinimi?

Janob Kim oʻsha kuni kechqurun vafot etdi. Hamma uning oʻlimidan chuqur qaygʻuga choʻmdi.

Taehyung Kimlar qo‘rg‘oniga ko‘chib o‘tdi. Oyisi bilan Yonsuni tanishtirdi. Kim xonim uni iliq kutib oldi. Ilk uchrashuvdayoq Yonsuga mehri tushdi. Har kuni holidan xabar olar, unga o‘z qo‘li bilan taomlar tayyorlab berardi.

Yonsu ham Kim xonimni o‘z onasidek ko‘rardi. Uning yonida o‘zini begona his qilmas, hatto shifoxonadagi qayg‘uli kunlarda ham unga tasalli berishga harakat qilgandi.

Taehyung Janob Kimning qotilini juda koʻp qidirdi. Lekin topa olmadi. Oʻsha kungi qotillar voqea joyida hech qanday iz qoldirmay ishni puxta bajarishgan edi. U koʻp bora urindi. Lekin barcha urinishlari zoe ketdi.

Hozir ham u hech narsa topa olmagach, hafsalasi pir boʻlib qoʻrgʻonga keldi. U asta uy ichiga kirib, xonasiga koʻtarila boshladi.

–Taehyung... Bu yoqqa kel sen bilan gaplashib olmoqchiman – Kim xonim mehmonxonaga ishora qildi.

Taehyung ham indamay onasining ortidan kirdi.

–Oʻgʻlim... Bilaman sen Yonsuni sevasan lekin... Lekin otangni sendan soʻragan ohirgi iltimosi... – Kim xonim ham buni istamaydi, ammo buni bajarish kerak. Taehyungdan esa sado chiqmadi.

–Men ham buni istamayman. Yonsuni oʻz qizimdek koʻraman. Lekin sen otangni soʻnggi iltimosini bajarishing kerak oʻgʻlim! Sen Janob Minning qizi Jiwooga uylanishing kerak – uning ohangi qatʼiy boʻlsa ham ichidagi ogʻriq sezilib turardi.

Xonani ogʻir sukunat qopladi. Taehyung yonib ketay deb turgan yuragini bosishga urinar, ammo koʻzlaridagi ogʻriqni yashira olmasdi.

–Men bilmayman oyi... bilmayman. Men Yonsuga boshqa qizga uylanishim haqida qanday qilib aytaman – u gapirayotgan payt ularga qarab turgan qizni payqab qoldi.

Yonsu ularga koʻzida yosh bilan tikilib turardi. U buni eshitishni istamagandi. Ammo hammasini eshitdi.

–Tae b..bu nima degani? Kim u Jiwoo? Gapiring! Nega jimsiz? – ohangida ishonchsizlik bilan.

Taehyung jim edi. Yuzidagi ogʻriq aniq koʻrinib turardi.

–Oyi... hech boʻlmasa siz ayting – Yonsu Kim xonimga umid bilan qaradi. Lekin u ham hech narsa demadi.

Taehyung sekin chuqur nafas oldi.

–Hammasini xonada gaplashib olamiz – Yonsuni qoʻlidan tutib oʻz xonasiga olib chiqdi.

–Nega Taehyung? Axir siz menga vaʼda bergandingiz – Yonsu ushlab turgan koʻz yoshlariga erkinlik berdi.

–Boʻldi qushcham yigʻlama! – uning koʻz yoshlarini artib, oʻziga yaqinroq tortdi.

–Meni yaxshilab eshit qushcham. Men faqat seni sevaman! Menga sendan boshqasi kerak emas – yupatuvchi ohangda sekin gapirdi.

–Seni eshitganingga kelsak... u otamning menga soʻnggi iltimosi. Men ularning iltimosini bajarishim kerak. Bu mening farzandlik burchim, Yonsu! – Taehyung bu soʻzlarni aytishni hohlamasdi. Ammo u buni qilishga majbur.

Yonsu ich-ichidan yana bir bor sindi. U koʻp yillik azobli hayotidan soʻng endi baxtli boʻlganida, sevganida... sevilganida yana baxtsiz boʻladimi?

–Iltimos meni yolgʻiz qoldiring – yuzini boshqa tomonga burib, koʻz yoshini artdi.

–Qushcha men...

–Men sizni qushchangiz emasman! Men yolgʻiz qolishni istayman. Keting! – u Taehyungni javobini eshitmay yotoqda koʻrpaga oʻranib yotdi.

Taehyungni nafasi ichiga tushib ketdi. U bu gaplarni Yonsuga bu xolatda aytishni istamagandi. Ularni oʻrtasidagi iliq muhabbat asta sovuqlasha boshladi. Bu sovuqlik ohir oqibat bir umrlik ayriliqqa aylanishini kim ham bilibdi deysiz?

*

Katta qoʻrgʻonning orqa tomonida joylashgan basseynda u huddi baliq misoli suzib yurardi. Suv bilan hamohang tarzda tebranayotgan tanasi jozibador koʻrinardi. Bu Min Jiwoo edi.

U suvda nafis harakatlar bilan suzib yurarkan e'tiborini qoʻlidagi fayldan koʻz uzmay, u tomon kelayotgan yordamchisi tortdi.

–Hayrli kech xonim. Men siz soʻragan maʼlumotlarni topib, shu faylga solib qoʻydim – yigit hali hanuz boshini egib gapirardi.

–Yaxshi hozir chiqaman – lab uchida kulib, suvdan chiqdi.

Oʻsha yigit Jiwoo egniga xalatini kiygunicha unga nazar tashlamadi. Jiwoo yordamchisidan faylni olib uni koʻzdan kechira boshladi.

U faylni oʻqir ekan qoshlari asabiy chimirildi.

–Demak bu qiz Taehyungni sevgan qizi va hozir ular bir uyda yashaydi shundaymi? – Jiwoo yigitga savol nigohi bilan qaradi.

–Ha xonim – yigit qisqa javob berdi.

–Jin ursin! Men unga yetishishni bolalgimdan beri orzu qilaman. Bunga erishyapman ham, ammo bu qiz... – u qoʻlidagi faylni jahl bilan suv ichiga uloqtirdi.

–Hozir Taehyung qayerda? – shu yerdagi stolda turgan viskidan quyib ichdi.

–Janob Kim hozir biz uch kun oldin sotib olgan klubimizda ekan – u huddi robot kabi javob berardi.

Jiwoo biroz oʻylanib turib, labiga chirkin tabassum oldi.

–Tayyorgarlik koʻr! Bugun men u bilan koʻngilxushlik qilishni istayman – gapining soʻnggida sekin ammo qoʻrqinchli kulib qoʻydi.

Yigit boʻlsa xonimidan nima qilish kerakligini bilib, qoʻrgʻonni tark etdi.

Skip time

*Nega har doim men baxtsiz boʻlishim kerak. Mening baxtli yashashga haqqim yoʻqmi? Qaysi qilgan gunohim uchun men bunday azob chekyapman? Oʻz onam meni unga ortiqchalik qilganim uchun meni tashlab ketgan. Shu paytgacha ota-onam deb yurgan odamlar uchun ham ortiqcha boʻlganman. Hozir ham shunday. Men hech kimga kerak emasman! Men bu dunyoga keraksiz odamman! Meni buvimdan boshqa hech kim yaxshi koʻrmadi... hech kim.

Yonsu koʻrpaga oʻrangancha yigʻlab yotar, oʻzini juda ham yolgʻiz va baxtsiz his qilardi. Taehyung boʻlsa Yonsu ketishini aytgandan soʻng chiqib ketgandi. Lekin haligacha kelmadi.

Yonsu roʻparasidagi devorga ilinib turgan soatga qaradi. Soat millari kechki soat ikkini koʻrsatardi. U Taehyungdan havotir olishni boshladi. Chunki u bunday paytda koʻchada yurmasdi. Har doim qushchasini yonida boʻlardi.

Yonsu Taehyungga qoʻngʻiroq qilish telefonini qoʻliga oldi. Shu payt unga nomalum raqamdan xabar keldi. Ammo bu xabar emas video yozuv edi. U biroz ikkilanib, video ustiga bosdi.

Yonsu video yozuvni koʻrib, toshdek qotib qoldi. Tanasidan elektr toki oʻtgandek, titroq turdi.

Video yozuvda Taehyung va Jiwoonning bir biridan boʻsa olayotgani tasvirlangandi.

Taehyung

Yonsu

Jiwoo