July 29, 2025

Blood & Desire

Chapter Four

Allaqachon tun yarimlagan. Katta shifoxonaning operatsiya boʻlimi yonida, Taehyung devorga suyanib eshikdan koʻz uzmasdi. Usti-boshi farishtasining qoni bilan boʻyalgan, nigohi esa eshikka qotib qolgancha hech narsani eshitmasdi, koʻrmasdi.

Qoʻllari hali ham titrardi. Shu kungacha begunoh-yu gunohkorlarning qonini toʻkkan bu qoʻllar... endi oʻz farishtasining qoni bilan bulgʻangan edi.

U asta koʻzlarini yumdi. Ichini ezayotgan ogʻriq yuragiga toshdek bosilib tushdi. Nafas olishi qiyinlashdi. Soʻngra gavdasi boʻshashib muzdek polga sirgʻalib oʻtirib qoldi.

*Meni kechir farishtam... Seni asray olmadim. Senga ozor yetkazishlariga yoʻl qoʻyganim uchun kechir... Iltimos meni tashlab ketma. Ketma...

U shunchaki jim oʻtirardi. Eshikka qadalgan koʻzlari ichkarida nima boʻlayotganini xayolida ming bora chizardi. Tashqaridan sovuqqon koʻringan bu erkakning ichida hozir dunyolar qulayotgandi. Farishtasi yoniga bir necha daqiqa erta yetib bormagani uchun oʻzini kechira olmasdi.

*Kim boʻlishi mumkin? Uyimga bostirib kirgan odamni oddiy deb boʻlmaydi. U men uchun kelmagandi... Yoʻq... u emas. U bunga jurʼat eta olmaydi. Ammo agar... agar u boʻlsa-chi?

Uning jagʻi qisilib, nafasi chuqurlashdi. Tim qora koʻzlari yanada qorayib ketdi.

Jin ursin Namgil! Agar bu ishda qoʻling boʻlsa... ont ichaman har nafasing armon boʻladi!

SIGMA 13 QARORGOHI

Qarorgohning yetakchi qotillari uchun maxsus tayyorlangan xonasida Ruka va Dohyun oʻrtasida juda qizgʻin ammo xavfli gap ketardi.

–Demak sen Nailni uyiga borib, oʻsha "farishta" deb ataydigan qiziga hujm qilding shundaymi? – Ruka Dohyunga oʻlim nigohi bilan qaradi

–Men bunday qilmoqchi emasdim. Lekin shunday boʻlib qoldi – Dohyun qoʻrqanidan titrab ketardi.

–Nega bunchalar hotirjam gapiryapsan. Agar Nail sen qilganingni bilib qolsa goʻshtingni burdalab tashlaydi.

–Yoʻq unday boʻlmaydi. Men buni Namgilga aytaman. U meni Naildan himoya qiladi.

–Nega u bunday qilarkan? – Ruka yuzida chirkin tabassumini koʻrsatib.

–Chunki Namgil ham uni oʻldirmoqchi edi.

–Nima? Sen qayerdan bilasan?

–Koʻp narsa bilsang tez qariysan deyishadi. Shunday ekan ishing boʻlmasin.

Dohyun Rukani yolgʻiz qoldirib, Namgilni xonasiga yoʻl oldi. Oʻzini beparvodek koʻrsatyotgan boʻlsa-da ich-ichidan qoʻrquv uni yeb bitirardi.

*Barakalla Dohyun! Men qilmoqchi boʻlgan ishni qilibsan. Ishim yengil kechadigan boʻldi. Endi qiladigan ishim faqat kutish. Oʻsha lanati qiz oʻlsa Nail meniki boʻladi.

Ruka

Dohyun rahbar xonasining yoniga kelib toʻxtadi. Endi uning oldida ikkita yoʻl bor edi. Birinchisi boʻlib oʻtgan voqeani Namgilga aytish va yordam soʻrash.
Ikkinchisi Nailni qoʻlida ming azobda halok boʻlish.

U uzoq ikkilandi. Ammo har bir inson uchun oʻz joni aziz. U chuqur nafas olib, oʻzini bosishga harakat qildi. Soʻng qoʻlini biometrik skanerdan oʻtkazib, eshikni ochdi.

Eshik ochilishi bilan Namgilning nigohi toʻgʻri unga qadaldi. U Dohyunning yuzi va holatidan nimadandir qattiq qoʻrqqanini anglab oldi. Titrayotgan qoʻllari, bir joyda turmayotgan koʻz qorachiqlari Namgilni kulishiga sabab boʻldi.

–Nimadan bunchalar choʻchiyapsan? – bilinar bilinmas kulimsirab.

–Rahbar... haligi... nima desam ekan – Dohyun kalovlanib gapira boshladi.

–Men Nailni uyidagi qizni... pichoqlab qoʻydim... – uning ovozi titrab chiqdi.

Xona ichi keskin sovuqlik bilan qoplandi. Namgilning yuzi darrov oʻzgardi. Gavdasini tiklab, ohangida jiddiylik bilan gapira boshladi.

–Bunday jasoratni qayerdan topding? Mening buyrugʻimsiz biror odamga tegmasligingni unutdingmi? – uning oʻtkir ovozi xonadagi bosimni yanada kuchaytirdi.

–Yoʻq... men unday boʻlishini istamagandim... Ont ichaman men buni istamagandim. Men shunchaki...

–NIMA SEN SHUNCHAKI? – Namgilning gʻazabi portladi.

–Seni uning uyida nima ishing bor edi? Endi oʻylab koʻr, bu qilgan ishingdan keyin u seni tirik qoldiradimi? – Dohyun jim qoldi.

Lekin buni ikkalasi ham yaxshi bilishardi. Nail bu ishni Dohyun qilganini bilsa, u faqat bitta narsa qiladi... Oʻldiradi. Yoʻliga chiqqan har kimni, hattoki rahbarini ham.

–Rahbar... Iltimos... menga yordam bering. Meni himoya qiling... vaʼda beraman, endi hech qachon sizga xabar bermasdan bir qadam ham tashlamayman. Oʻtinaman... qutqaring – Dohyun ovozida titroq bilan chorasiz yalinardi.

Namgil esa jim edi. Faqat qarab turardi. Ichida esa oʻzicha fikr yuritardi.

*Naqadar achinarli xol. Qudratli erkak boʻla turib, tirik qolish uchun mendan yordam soʻrayapti. Menga yalinmasdan u bilan jang qilishi ham mumkin edi. Lekin bu juda kulgili. Nail barbir uni oʻldiradi. Hatto menga qarshi chiqib boʻlsa ham uni yoʻq qiladi. Endi uni toʻxtatib boʻlmaydi. U toʻxtamaydi!

Kang Namgil

Taehyung haligacha muzdek marmar pol ustida oʻsha holatida jim oʻtirardi. Operatsiya xonasining eshigi ochilib, Yonsuni operatsiya qilayotgan doktor chiqdi. Taehyung uni koʻrib huddi tanasiga jon kirgandek oʻrnidan sapchib turib, yoniga bordi.

–Nima gap doktor? Operatsiya qanday oʻtdi? Yonsuni axvoli qanday? – havotir olganidan doktorni gapini eshitmasdan soʻroqlay boshladi.

–Janob biz qoʻlimizdan kelgan hamma ishni qildik. Lekin... bemorni saqlab qololmadik. Sizga sabr... – doktorning gapi boʻgʻiziga oʻralgan qoʻllar tufayli uzildi.

–SEN LANATI NIMALAR DEYAPSAN AA? NIMALAR DEYAPSAN? – Taehyung doktorni devorga tirab yanada qattiq boʻgʻishni boshladi.
Doktor boʻgʻilganidan ogʻzini katta ochib, nafas olishga urinardi. Lekin foyda bermasdi.

–I..lti..mos j..ja..nob q..qoʻyib yu..yubo..ring m..men qoʻ..lim..dan k..k..kelgan ham..ma..sini q..qildim – doktor jon talvasasida tipirchilab, nafas olishga harakat qilardi.

–ALDAYAPSAN! Mening farishtam oʻlmagan! Uni oʻlishiga hali ruhsat berganim yoʻq! – Doktorni yerga zarb bilan uloqtirib, operatsiya xonasiga yugurgancha kirib ketdi.

Taehyung operatsiya xonasiga kirishi bilan toshdek qotib qoldi. Qarshisidagi stolda oq mato bilan yopilgan bir tana yotardi. U asta yurib bordi. Qoʻllarini mato tomon choʻzarkan, bir lahza matoni ochmaslik haqida oʻyladi.

U koʻzlarini ogʻir yumib, chuqur nafas oldi. Soʻng titrayotgan qoʻli bilan matoni ochdi. Uning tanasi muzlab qoldi. Koʻksida urayotgan yurak tashqariga otilib chiqqudek tez urdi. Boʻgʻiziga tiqilgan toshdek qattiq narsa nafas olishiga yoʻl qoʻymadi.

Yonsuning tanasi allaqachon sovugan edi. Yuzlari oqarib, lablari koʻkimtir tusga kirgandi. Uning tanasida hayot alomatlari soʻngan edi.

–Hey, farishtam nega bunday yotibsan? Qani turaqol ketamiz. Farishtam... Yonsu... Yon..su – uning ohirgi soʻzlari titroqli ohangda yangradi.

Taehyung biroz Yonsuga tikilib turib, muzdek tanasini bagʻriga bosdi. U yigʻladi... 18yil davomida birinchi marotaba yigʻladi.

–Kechir farishtam, meni kechir... qutqara olmadim... seni baxtli qila olmadim. Huddi sen orzu qilgandek hayot bera olmadim. Meni kechir sevgilim... kechir! – u Yonsuni qattiq bagʻriga bosgan holda yigʻlardi.

Biroz shunday oʻtirgach u Yonsuni oʻrniga qayta yotqizdi.

–Soʻz beraman! Senga bunday qilgan oʻsha kimsani yoʻq qilaman. Uni ismini bu dunyodan oʻchiraman. Menga qarshi chiqqanlarni hammasini yoʻq qilaman!

Taehyung Yonsu tomon sekin egildi. Nigohi yuzida to‘xtadi bir paytlar nurga to‘la bo‘lgan bu chehra endi sokin edi. Ko‘zlari yumuq, rangi oqarib qolgan, ammo baribir chiroyli... go‘yo uxlayotgandek.

U labini asta lablariga bosdi. Bir vaqtlar iliq, jonli bo‘lgan bu lablar endi sovuq edi...

Yonsu

Taehyung qotilni topish uchun uyiga yoʻl oldi. U toʻgʻri kuzatuv xonasiga kirib, barcha yozuvlarni birma-bir koʻzdan kechira boshladi. Lekin kameralar aynan qotil kelishidan oldin oʻchib qolgan edi.

–Jin ursin... Ming lanat! – stolga musht tushirdi. Gʻazabdan yuzlari qizarib, chuqur nafas oldi.

–Qayerdan izlasam ekan... qayerdan boshlay?! Jin ursin, lanati! – u ichida soʻkinib, birdan nimadir esiga tushgandek oʻrnidan sapchib turdi va uydan yugurgancha chiqib ketdi.

Koʻchalariga oʻrnatilgan xavfsizlik kameralari boshqarmasini esladi. Uzoq kutmay, mashinani toʻgʻri u tomonga haydab bordi. Boshqarmaga yetib kelgach, ichkariga shoshilinch kirib bordi.

Kuzatuv zaliga qadam qoʻyishi bilan xodimlar unga toʻxtashini aytishdi. Lekin Taehyung ularga quloq solmasdi. Ular ikkinchi marta ogʻiz ochishga ham ulgurishmadi. U ikkalasining ham yelkasiga kuchli zarba berib, ularni hushsiz qoldirdi.

Xonada faqat u va yuzlab kamera yozuvi qoldi. U biroz oldingi yozuvlarni topib, diqqat bilan qaray boshladi.

Oradan bir necha daqiqa oʻtib, ekrandan tanish bir qiyofa oʻtdi. U koʻrishi bilan muzlab qoldi. Jagʻi qisilib, kaftalari musht boʻlib tugildi. Koʻzlari gʻazabdan chaqnardi.

–Lanati Dohyun... Kuning bitdi!

Taehyung – Nail

Keyingi Qismlarda

–Ha, ha huddi shunday... Men unga tajovuz qildim. Men uni har bir qarichini oʻz tanam bilan his qildim!

–LANATI OʻLDIRAMAN SENI

*
–Nega bunday qilaverasan! Menga bir bor imkon ber... Seni ishontirib aytamanki uni unitasan

–Ruka, sen hech qachon farishtamdek boʻla olmaysan.