Blood & Desire
Nail shahar chekkasidagi eski omborxonaga o'xshagan binoga keldi. Tashqi tomondan oddiy bir tashlandiq bino bo'lib ko'ringan bu joy aslida Sigma 13 tashkilotining qarorgohi edi. Ichkarisi esa tashqarisidan butunlay farq qilardi.
U binoning yon devorida joylashgan temir eshik oldiga bordi. Qo'lini biometrik skanerdan o'tkazishi bilan eshik asta ochildi. Ichkariga kirgach, tor yo'lakdan o'tib, pastga tushuvchi liftga chiqdi. Lift faqat pastga avtomatik harakatlanar, ichkarisida esa hech qanday tugma yo'q edi.
Nail qarorgohning asosiy boshqaruv xonasiga kirdi. Xonada hamma narsa tartibli edi. Devor bo'ylab joylashgan ekranlar dunyoning turli nuqtalaridagi kuzatuv kameralariga ulangan edi. Har bir monitor orqali harakatlar, shaxslar va yo'nalishlar nazorat qilinardi. Qorong'u xonani faqat ekranlarning yorug'ligi yoritib turar, ichkarida esa bir nechta xodim jimjit ishlayotgan edi.
Nail boshqaruv xonasidan o'tib, qarorgohning eng chuqur qismida joylashgan rahbar xonasiga yaqinlashdi. Xonaning eshigi qora rangdagi og'ir metaldan bo'lib, yonida faqat tanib oluvchi maxsus skaner mavjud. Nail eshik oldida to'xtadi. Skaner yuzini tanigach, eshik asta ochildi.
Namgil xona markazidagi stolda, ro'parasidagi ekranga tikilib, nimanidir kuzatardi. U tinch va sokin ko'rinsa-da, yuzida keskinlik bor edi.
Nail asta yurib xona ichiga kirdi.
–Keldingmi? – ekrandan ko'zini uzmasdan gapirdi.
–Chaqirtirgan ekansiz, – shu yerdagi stullardan biriga o'tirdi.
–Ha, chaqirtirdim. Senga bir muhim vazifa bor – ekrandan ko'zini olib, unga qaradi.
–Qanday vazifa? – ovozida na hayajon, na qiziqish bor edi.
–Sulhni buzgan va bizga xiyonat qilgan kimsani yo'q qilasan – stol tortmasini ochib, bir hujjat olib uning oldiga tashladi.
Nail hujjatni olib, ko'z yugurtirib chiqdi.
–Yaxshi – sovuq, hissiz ohangda javob berdi. O'rnidan turib, eshik tomon yurdi.
–Taehyung... – u ismini eshitib to'xtadi. Yelkasi ustidan ortiga qaradi.
–Xushyor bo'l, – uning ovozi buyruq, ogohlik va xavotir aralash ohang bilan yangradi.
Nail yengil bosh irg'ab xonani tark etdi. Xonadan uzoqlashishi bilan koridorning burilishidan qora kiyimda bir qiz chiqib u tomonga yurib kelishni boshladi.
–Seni sog'indim, Nail – qiz labida kulimsirab Nailning yoniga yaqinlashdi. Qo'lini uning ko'kragiga qo'ydi, barmoqlari bilinar-bilinmas harakatlana boshladi.
Nail esa o'sha zahotiyoq uning bilagini qattiq ushlab o'zidan uzoqlashtirdi. Qizning yuzidagi kulgi bir lahzaga yo'qoldi.
–Men ish bilan bandman – dedi sokin ammo qatiy ohangda. Qizning yuziga bir qarab, ortiqcha bir so'zsiz yo'lida davom etdi. Qiz esa uning orqasidan qarab qoldi.
–Agar seni men ololmasam, hech kim olmaydi – yuzida g'alati kulgi bilan o'z ishiga qaytdi.
Erta tong bilan Yonsu ko'zlarini ochar ekan Taehyungni yo'qligini ko'rib yuragi og'ridi. Ko'zlaridan yoshlar oqishni boshladi. Deyarli har tundan keyin tongni bir o'zi qarshi olardi. O'rnidan asta turib yuvinishxonasiga kirib ketdi. Dush tagiga turib, sovuq suvni yoqdi.
–Nega u har doim shunday qiladi..? Nafsini qondirgach huddi keraksiz buyumni tashlab yuborgandek, meni tashlab ketadi... to'g'ri... agar u bo'lmaganida hozir tirik bo'lmasdim. Lekin bu degani mendan nafsini qondiradigan qo'g'irchoq sifatida foydalanadi degani emas-ku.
*Bundan olti oy oldin Yonsuning kichik, ammo bag'rikeng bir oilasi bor edi. Otasi halol, qat'iyatli politsiyachi, onasi sabrli va mehribon ayol, ukasi esa hali maktabda o'qirdi.
Bir kuni Yonsuning otasi tasodifan Sigma 13 yollanma qotillar tashkilotining iziga tushdi. U tashkilotning bir nechta xavfli operatsiyalarini, ularning maqsadi va qanday amalga oshirilishini aniqladi. Topilgan ma'lumotlar Sigma 13ning kuchini yemirmasdi, lekin ularning obro'yiga putur yetkazishi mumkin edi. Namgil esa bunga ko'z yuma olmadi. Uni oilasi bilan birga yo'q qilishni buyurdi.
Tashkilotdagi yollanma qotil ularning uyiga bostirib kirib, Yonsuning ko'z o'ngida otasi, onasi va ukasini shavqatsizlarcha o'ldirdi. Qon, qichqiriq va daxshat...
Yonsu hali o'ziga kelmasdan qotil unga ham yaqinlasha boshladi. Uning nigohlari qo'rqinchli, nafasi sovuq edi. Kozlarida esa kuchli istak alangalardi. Qotil Yonsuning oldida cho'kkalab o'tirib, uning yuzidan changallagancha tabassum qilib turardi. Yonsu qattiq qo'rqqanidan harakat qilishga ojiz edi. Qotilning qo'llari asta pastga siljiyotgan payt eshikdan Nail kirib keldi. Qotil seskanib ortiga o'girildi. Nail unga sovuq va o'tkir nigohlar bilan qarab turardi.
Qotil asta qo'lini Yonsudan tortib oldi, lekin hali ham kulib turardi.
–Kech qolding do'stim... yoki nima qizni sen ham yoqtirib qoldingmi?
Nail javob bermadi. U qotilga juda yaqin kelib to'xtadi. Ko'zlarida o'sha sovuqlik, yuzida esa hech qanday ifoda yo'q edi.
–Seni ogohlantirdim, unga tegmaysan –sokin lekin muzdek ohangda gapirdi.
–Nima, meni o'ldirmoqchimisan? Shunchaki bir qiz uchunmi? – deb kuldi.
Nail indamadi. Boshini biroz egib, ko'zini qisdi. Keyingi soniyada esa qotilni yoqasidan olib devorga urdi. Tizzasiga bir zarba berib uni tiz cho'ktirdi.
–Men senga tegmaysan dedim. U endi meniki...– past ammo titratuvchi ohangda gapirdi.
Qotil yov qarashlik bilan qarab turarkan, Nail Yonsuni ko'tarib, uyni tark etdi.
Yonsu nima bo‘layotganini anglay olmasdi. Miyyasi esa hozir Yonsuni ko‘tarib ketayotgan erkak uni qutqarib qoldi deb o‘ylardi. Taehyung Yonsuni mashina orqasiga joylab, uyi tomon haydadi. Lekin boyadan beri hech qanday so‘z aytmagan qiz boshini quyi egib o‘tirardi. Taehyung Yonsuni anchadan oldin uchratgandi. Lekin bugun o‘ldirilgan odamlar uning oilasidagilari ekanini bilganida, qandaydir tuyg‘u uni ezardi. Lekin bir tarafdan, endi Yonsu o‘ziniki bo‘lishini o‘ylab quvonardi.
Katta darvoza ochilib, ichkariga kirib kelgan mashina uy yonida to‘xtadi. Taehyung mashinadan tusharkan, g‘ing demay ortidan kelayotgan qizga hayron bo‘lib qarardi.
— Sen anu divanimda o‘tir, — shunchaki divanni ko‘rsatib, yuqori qavatga chiqib ketdi.
Yonsuning oyoqlari allaqachon qaltirab ulgurgan edi. “Endi nima bo‘ladi? Meni ham o‘ldirishadimi? Nega meni qutqarib qoldi?” — savollar miyasida sharxpalak kabi aylanardi. Yonsu ko‘rsatilgan divanga o‘tirib, oyoqlariga dam berdi. Hozir yig‘lash vaqti emasdi. Chunki otasi uni bunday vaziyatlar uchun tayyorlagandi. U otasi kabi sabrli edi. Yig‘lagan bilan hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuning uchun hozir bu yerdan va bu odamlardan qutilish kerak.
Mehmonxonaga faqatgina bitta trikosida (sport shimida) kelgan Taehyung oshxonadan bir stakan suv olib kelib, Yonsuning oldiga qo‘ydi. Yonsu erkakning ochiq tanasini birinchi marta ko‘rar ekan, uyatdan yuzi qizardi. Yuzini ko‘rsatmaslik uchun boshini egib, suvdan ho‘pladi.
— Men seni qutqarib qoldim. Shunday ekan, mendan ikki narsaga qarzdasan. Biri joningga, ikkinchisi esa qizligingga, — dedi.
Yonsuning kattalashib ketgan ko‘zlari darrov Taehyungga qaradi.
— B-bu bilan n-nima demoqchisiz? — og‘zidan so‘zlar zo‘rg‘a chiqdi.
— Buni keyin bilib olasan. Endi shu yerda yashaysan. Vazifang esa — ovqat qilasan va uylarni tozalaysan. Bu yerda qolish haqqing bo‘ladi. Mening qoidalarim: hech qachon uyda baland ovoz bo‘lmasin, hech qachon so‘zim ikki qilinmasin. Hamma narsa o‘z vaqti va o‘rnida bo‘lishi kerak. Eng asosiy qoida esa — mening ruxsatimsiz ko‘chaga chiqilmaydi.
Yonsu nima qilishni bilmasdi. Qator sanalayotgan bu qoidalar bilan u go‘yo qamoqqa tushgandek bo‘ldi. Lekin ko‘chada o‘lib ketgandan ko‘ra shu yerda tinch yashagan yaxshi edi. Axir otasini bekorga o‘ldirishmadi. Albatta, bir kun o‘sha odamlar Yonsuni topib o‘ldiradi. Lekin bugun uni qutqargan odam esa ularni bir so‘z bilan yengdi. Demak, bu yer xavfsiz. O‘sha kundan so‘ng Yonsu qoidalarga asoslanib uyda ishlay boshladi.
Bir kuni esa Taehyung uyga keldi. Qolida esa bir qog‘oz. Yonsu kiyimlarini olib, ovqat tayyor bo‘lganini aytib oshxonaga kirib ketdi. Taehyung ham izidan kirar ekan, stol ustiga qog‘ozni qo‘ydi.
— Bunga imzo chek, — dedi.
Yonsu tushunmay, ovqatlarni stol ustiga qo‘yib, hujjatga ko‘z yugurtirdi.
— Bu nima? — Qancha o‘qisa ham, miyasiga yetib bormasdi.
— O‘qish uchun hujjat. Sen xohlaganingdek o‘sha yerdagi institutga, — dedi.
Yonsu bir-ikki kun oldin aytgan iltimosi yodiga tushar ekan, yuziga tabassum yugurdi.
— Katta rahmat sizga, katta rahmat! — quvonchdan Taehyungni quchib oldi. Taehyung esa hech narsa demay, jim turdi.
— Lekin... — Yonsu buni eshitib, quchog‘idan chiqdi.
— Ozodlik evaziga menga qarzingni to‘laysan, — dedi.
Yonsu tushunmay qarab turganida, Taehyung vaqtni cho‘zmay lablarini birlashtirdi.
Shunchalar qattiq so‘rib bo'sa olarkan, Yonsu hattoki nima qilishini bilmasdi. Shunchaki buni yuragiga topshirdi. Yuragi esa Taehyung u bilan bo‘layotganidan quvonardi.
O‘sha tundan so‘ng hayoti o‘zgardi. Taehyung bilan avval bunday munosabat bo‘lmagan. Deyarli uyga odam uyga faqat aloqa uchun kelardi.
Yonsuning baxtli bo‘lish orzusi esa puchga chiqqandi.