July 26, 2025

Flame of Passion

Flame of Passion

10-epizod

Eshikni oyogʻi bilan ochib, toʻgʻri yotoq tomon yurdi. Yonsuni yotoqqa irgʻitib, egnidagi kiyimini yechib xonaning bir burchagiga otib yubordi. Keyingi soniyalarda labini Yonsuni boʻyniga bosib, qulogʻi ostida ehtirosdan boʻgʻilgan ovozda shivirladi.

–Bugun menga qaynoq tun tuxfa et qushcha!

Taehyung iliq lablari bilan Yonsuni lablarini mayinlik bilan erkalab oʻpdi. Bu mayin boʻsa asta qoʻpollashib, Yonsuni ogʻriqdan ingrashiga sababchi boʻldi. Ular shiddat bilan boʻsa olsalar ham, sira bir-biriga toʻyishmasdi.

Yonsuni oʻpkasida kislorod qolmagach, nafas olish uchun Taehyungni yelkasidan sekin itardi. Taehyung esa hohlamaygina boʻsani buzdi. Ularning ikkalasi ham hansirab, chuqur-chuqur nafas olishardi.

Taehyung Yonsuni tungi koʻylagini bir urinishda egnidan yulib oldi. Uning lablari Yonsuni yanogʻidan pastlab, yelkalariga nam boʻsalar qoldirdi. U asta pastlab Yonsuni koʻkraklarini qattiq soʻrib tishlardi. Yonsu esa, ham ogʻriq ham zavqdan nola qilardi.

Taehyung Yonsuni namlantirish uchun bosh barmogʻi bilan uning klitorini mayin harakatlar bilan uqalardi. Uning bu harakatlaridan Yonsu tez tez nafas olar, Taehyungga boʻlgan ehtiyoji esa tobora kuchayardi.

–Mm Tae... men.. men... hohlayman

–Nima... Sen nimani hohlaysan qushcham! – u gapirish barobarida qoʻl harakatlarini tezlatdi.

–Siiz... Sizni hohlayman... mmm – uning gaplari tugash barobarida nola qilib, boʻshanib yubordi.

Taehyung ham ortiqcha vaqt sarflamay pastki kiyimlaridan halos boʻlib, Yonsuni oyoqlari orasiga joylashdi. Uning chap oyogʻini yelkasiga tashlab, sonlaridan mahkam tutib, bor uzunligi bilan ichiga joylashdi.

Yonsu ichiga kirgan katta azodan qattiq baqirdi. Taehyung uning ichiga sekinlik bilan kirib chiqishni boshladi. Ogʻriqlar oʻtib ketgach Yonsu baland ovozda yoqimli nolalar qilishni boshladi.

Yaqinlik qilgan boʻlsalar ham sira toʻxtashni xohlashmasdi. Taehyung yaqinligini sezgach Yonsuni ichiga kuchli talqochlar berdi. Soʻnggi nuqtaga yetganda hirrillagancha uning ichiga boʻshanib, gavdasini yotoqqa tashladi.

Ikkalasi ham qattiq charchagani tufayli, bir birining pinjiga kirib, tezda uhlab qolishdi.

Shunday qilib, ular o‘zlarining eng baxtli kunlarini birga o‘tkaza boshlashdi. Tashqi dunyodan yiroqda, faqat o‘zlariga tegishli bo‘lgan sokin hayot kechirishardi. Har kuni bir-birlarining borligidan zavqlanishardi.

Kunduzlari sayrga chiqishardi ba’zan shahar markazida, ba’zan esa odamlar kam yuradigan xiyobonlarda yurishardi. Birga savdo markazlariga borib, kulgu va mayda bahslar bilan vaqt o‘tkazishardi. Kechqurun esa kino tomosha qilish yoki sevimli restoranda ovqatlanish ularning odatiga aylangandi. O‘sha kechki paytlar ularni yanada yaqinlashtirar, suhbatlar ichida yurakdagi his-tuygʻular asta-asta ochilardi.

Tunlari esa, ular bir-biriga yanada yaqinroq bo‘lishardi. Bu faqat jismoniy yaqinlik emas edi. Bu ishonch, ehtiyoj va muhabbat bilan to‘lib-toshgan mehr edi.

Ular chinakam baxtli edilar.

Toki o‘sha kungi daxshatli voqea sodir bo‘lmaguncha...

*
Shahar markaziga yaqin, balandlikda joylashgan bu hashamatli bino "Kim"lar sulolasining tarixiy qo‘rg‘oni edi. U uzoq yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, ichki bezagi va tashqi ko‘rinishi bilan sulolaning qudratini ifodalaydigan maskan edi.

Bu uyda hozirda Taehyungning otasi yashardi. "Kim"lar sulolasining an’analariga ko‘ra, bu qo‘rg‘on har doim oilaning to‘ng‘ich farzandiga sulolaning davomchisi sifatida meros qilib qoldiriladi. Shuning uchun, vaqt kelib bu uy Taehyungga o‘tishi aniq edi.

Qo‘rg‘on shahar markaziga yaqin, sokin va ochiq hududda joylashgan edi. Tashqaridan qaraganda u katta, zamonaviy, lekin jiddiy ko‘rinishga ega edi. Devorlari och tusdagi tosh bilan qoplangan, old hovlisida esa doim parvarishlangan gulzorlar va mayda daraxtlar bor edi. Hovli markazida kichik favvora joylashgan u yerda suv asta-asta oqib turardi.

Uyning ichki qismi ham keng va yorug‘ edi. Mehmonxona katta, shiftlari baland. Derazalaridan ko‘p yorug‘lik tushar, xona doim ochiq va toza ko‘rinardi.

Kimlar qoʻrgʻoni

Devorlarda sulola tarixini eslatuvchi suratlar osilgan, polga esa katta gilamlar to‘shalgan edi.

Zinalar yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, ular ikkinchi qavatga olib chiqardi. Har bir xona tartibli, saranjom, ortiqcha bezaklarsiz, lekin har bir narsaning o‘z o‘rni bor edi.

Qo‘rg‘on tashqaridan ham, ichkaridan ham sokin, o‘ziga xos bir muhitga ega edi. Bu yerda intizom, tartib va avlodlardan qolgan qadriyatlar yaqqol sezilib turardi.

*
Janob Kim ish xonasida odatdagidek osoyishta, lekin chuqur oʻy bilan oʻtirardi. Deraza ortidagi qorongʻi tunning sokinligi xona ichida yanada ogʻir kayfiyat qoldirardi. Stol ustida turgan qahva soviy boshlagan boʻlsa-da u buni sezmasdi. Fikrlari boshqa yerda edi.

"Min"lar sulolasi bilan rishtalarni qon bilan bogʻlash bu oddiy qaror emas. Bu siyosat. Bu kuch. Bu sulola manfaatini kelajakda kafolatlash demak. Bu toʻy Kimlar uchun nafaqat obroʻ, balki barqarorlik va ta'sir zonasining kengayishi edi.

Ammo Taehyung buni rad etdi.
Ochigʻi Janob Kim bu javobni kutmagandi. Balki istamagan edi. Oʻgʻli qat'iy edi, oʻz fikriga tayanadigan, mustaqil boʻlishni yaxshi koʻradigan yigit.

U har doim Janob Kimning buyruq va istaklarini soʻzsiz amalga oshirgan edi. Bu safar u otasining gapini yani buyrugʻini bajarishdan bosh tortdi.

*Men unga yuragiga emas, aqliga tayanib ish tutishni oʻrgatganman. Lekin bu gal u yuragining ovoziga quloq solyapti. Bu esa xavfli.

Janob Kim labini tishlab, oʻgir xoʻrsindi. Taehyungning bu qarorini isyon deb atash mumkin emasdi. Bu sevgi edi. Ammo sevgi har doim ham sulola taqdiri uchun eng toʻgʻri yoʻl boʻlavermaydi.

U buni yaxshi bilardi. Chunki oʻzi ham bir vaqtlar tanlov qilgan edi. Sevgimi yoki sulola...? U sulolani tanlagan. Natijada yuragi hanuzgacha sukutda, ammo Kimlar sulolasi barhayot.

–U bilan gaplashishim kerak. Tushuntirishim kerak. Hali kech emas... – oʻziga oʻzi mingʻirladi.

U sekin oʻrnidan turdi. Paltosini kiyib, ish xonasidan chiqdi. Pastdagi qoʻrqchiga bir oʻzi ketishini aytib, mashinani kalitini oldi. Hech kimni bezovta qilmay, asta darvoza tomon yurdi.

Mashinani dvigateli asta ishga tushib, tumanli kechada koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Kuz fasli boʻlganligi uchun havo salqin, shamol esa daraxtlar orasidan oqib oʻtardi. Osmonda qora bulutlar quyuqlashib, yaqinlashayotgan yomgʻirdan darak berardi.

Shahardan chiqib, oʻrmonzor yoʻlga kirgach, daraxtlar qorongʻulikni zichlashtirib yubordi. Yoʻl uzun va jimjit, faqat faralarning nuri olddagi asfaltni yoritardi.

Janob Kim rulni mahkam ushlab haydar, ammo orqasidan kuzatib kelayotgan kimnidir sezmasdi...

Uning ortidan qoraytirilgan oynali, qop-qora Cadillac jim yurib yaqinlashardi. Bu nomaʼlum mashina asta tezlikni oshirib, kutilmaganda Janob Kimning yoʻlini toʻsdi. Qop-qorongʻi oʻrmon yoʻlida birdan oldidan chiqqan mashinani koʻrib, Janob Kim tormozni qattiq bosdi. Gʻildiraklar shovqin bilan asfaltga ishqalandi va mashina joyida toʻxtadi.

Cadillac eshiklari ochildi. Undan qora kiyimdagi, yuzlari niqob bilan toʻsilgan besh-oltita nomaʼlum shaxs mashina tomon ogʻir qadamlar bilan yaqinlasha boshladi.

Ulardan biri yelkalari keng, qaddidan barzangiligi bilinib turgan kishi oldinga oʻtdi. U hech ikkilanmasdan haydovchi eshigini sharaqlatib ochdi va Janob Kimni zoʻrlik bilan mashinadan sudrab chiqarib, yerga uloqtirdi.

— Sizlar kimsiz? Nima kerak sizlarga? — dedi Janob Kim xavotir bilan, lekin ohangida hali ham qat'iyat bor edi.

Qora kiyimdagi notanishlardan biri bir qadam oldinga chiqdi va sokin, lekin tahdid soluvchi ovozda gapirdi.

— Biz kimligimiz muhim emas. Lekin bir narsani bilib qo‘ying, Janob Kim. Endi sizning davringiz tugadi. Sizning sulolangiz bilan birga.

Shundan so‘ng u kuldi. Bu kulgi befarq va sovuq edi aynan xavfli odamlarning kulgisi kabi.

Janob Kimning ko‘nglini bexosdan og‘ir bir tuyg‘u bosdi. U o‘limdan qo‘rqmadi. Ammo yuragini siqayotgan narsa o‘g‘li, Taehyung edi. Unga yetadigan har qanday xavf bu Janob Kim uchun eng og‘ir zarba bo‘lardi.

Janob Kimning ustida sovuq tikilib turgan erkak uning qorniga kuchli zarba berdi. U bukchayib, yerga yiqildi.

Oʻsha qora Cadillac

Nafasi bo‘g‘ildi, ammo u o‘zini tezda yo‘qotmadi. Ozgina hushini jamlab, qarshisidagiga javob qaytarishga urindi.

Niqobli odam uning yuziga musht tushirmoqchi bo‘ldi, lekin Kim egilib, zarbani o‘tkazib yubordi va darhol o‘zi ham zarba qaytardi. Yoshi katta bo‘lsa-da, bilagidagi kuch hanuz bor edi.

Bir necha zarbalar almashdi. Kim qarshisidagi erkakka imkon bermayotgan edi. Shunda niqobli kimsaning sabri tugadi. Yonidan tigʻli pichoq chiqarib, to‘g‘ri uning koʻksiga sanchdi. Ogʻriqdan Kim gandiraklab ketdi. Ko‘z oldi xira tortdi.

Keyingi soniyada iyagini tagidan kelgan kuchli zarba tanasini havoga koʻtardi. U yerga gursillab yiqildi.

Shu on vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Atrof sukunatga cho‘mdi. Niqobli odam egilib, Janob Kimning ko‘ksiga sanchilgan pichoqni kuch bilan sug‘urib oldi. Og‘riqdan Kimning qichqirig‘i qorong‘ulikni yirtib o‘tdi.

Jarohat chuqur edi. Qon daryo misol oqib, qora asfalt ustiga to‘kildi. Rangpar asfalt asta-sekin alvon tusga kirib bordi. Kimning nafas olishi qiyinlashib, tanasi asta bo‘shashdi. U o‘lim yaqinligini butun borlig‘i bilan his qildi.

Ko‘z oldidan o‘tgan hayoti, qarorlar, qilgan ishlari, o‘tkazgan shirin damlari hammasi birin-ketin yodga tushdi. Go‘yo vaqt orqaga oqib ketayotgandek edi.

Niqoblilardan biri telefonni olib, Kimga yaqinlashtirdi. Kim uning kimligiga tushunmadi, na gapini aniq eshitdi. Ovozi goh bor, goh yo‘qdek eshitilardi. U hushidan ketayotgan edi. Ko‘zlari yumildi. Nafasi sustlashdi. Rangi oqarib, jonsiz holga keldi.

Bir necha daqiqa o‘tib, niqobli odamlar jimlikda mashinaga qaytib o‘tirdi va qorong‘ilik ichida g‘oyib bo‘lishdi.

Atrof yana sokin. Daraxtlar jimgina tebranmoqda. Osmon tobora qorayib, bulutlar quyuqlashgan. Keyin kuchli gumburlash yangradi osmon go‘yo bo‘lib o‘tgan voqeani qoralayotgandek edi.

Yomg‘ir yogʻa boshladi. Yirik tomchilar qattiq urilardi. Har bir tomchi Janob Kimning ustiga tushib, xuddi u bilan vidolashayotgandek edi.

Bu paytda Taehyung o‘zining qushchasi Yonsuning issiq bag‘rida yotgan edi. Uning uchun dunyodagi eng tinch joy shu edi. Har doim Yonsu yonida bo‘lsa, yuragi sokin urardi. Lekin bu safar... nimadir joyida emas edi.

Deraza ortida qorong‘i tong, osmonni qoplagan qora bulutlar, yomg‘ir havosi bularning bari yuragidagi notinchlikni yana-da oshirar edi. Ichida nimadir g‘ashlik tug‘dirardi. Har xil yomon fikrlar xayoliga keldi. Ammo u boshini sal chayqadi, o‘ziga “yo‘q, bunday bo‘lmaydi” degandek. Yonsuni mahkamroq bag‘riga bosdi va asta ko‘zlarini yumdi.

Erta tong. Soat 6:27

Tong otgan, lekin osmon hali yorishmagan edi. Bulutlar og‘ir edi, havo dim. Xona ichida sukut. Faqat yuraklarning urushi va sekin nafas olishlar eshitilardi.

Birdan bu sukunat buzildi.

Taq-taq-taq.

Eshik taqilladi. Taehyung biroz g‘ingshib ko‘zlarini ochdi. Og‘irlik bilan o‘rnidan turdi va eshik tomon yurdi. Eshikni ochgach, ro‘parasida Yejunni ko‘rdi usti-boshi jiqqa ho‘l, yuzida g‘am, ko‘zlarida iztirob bor edi.

– Yejun? Nima ahvol bu? Nima bo‘ldi? — yuragidagi xavotir birdan o‘rmalab chiqayotgandek edi.

Yejun biroz sukut qildi. So‘ng, yuzini sal pastga solib, asta gapira boshladi.

– Kecha kechqurun... o‘rmon yo‘lida Janob Kimga suiqasd qilishgan.

Bu so‘zlar Taehyungni qotirib qo‘ydi. Xuddi miyasi bu gapni qabul qilishdan bosh tortayotgandek edi. Nafasi bo‘g‘ilib, tomog‘i quridi.

– Nima deyapsan, ahmoq! Nima deganing bu?! U hozir qayerda?! Holati qanday?! GAPIR! – birdan ovozini balandlatdi.

Yonsu, bu shovqindan uyg‘onib, cho‘chib ketdi. Nima bo‘layotganini tushunmay, Taehyung tomon yurdi. Ammo unga yetib bormasidan avval, Taehyung allaqachon eshikni ochib, o‘qdek xonadan otilib chiqib ketgan edi.

– Yejun, nima bo‘lyapti? Taehyung nega bu ahvolda? – Yonsu xavotir bilan soʻradi.

Yejun ko‘zlarini yumib, boshini sal egdi.

– Kecha Janob Kimga suiqasd bo‘lgan. Holatlari og‘ir deyishdi. Hozir kasalxonaga olib ketishyapti. Ruxsatingiz bilan men ham borishim kerak.

Shunday deb u yengil ta’zim qildi va Taehyungni ortidan shoshdi.

Taehyung esa allaqachon uyni tark etgan, yuragidagi qo‘rquv, og‘riq va pushaymonlik bilan otasining yoniga tomon yelib borayotgan edi.

Kechagi yomgʻir haligacha tingani yoʻq. Yer hanuz nam, har ikki qadamda suv toʻplangan koʻlmaklar bor. Jaemin qabriston ichida, otasining qabri oldida, jim sukut saqladi. Sovuq toshlar orasida otasini yolgʻiz koʻrish yuragini yana tilka pora qilar edi.

–Dada... Meni kechiring ertaroq kelmaganim uchun. Men siz uchun qasos olmasdan yoningizga kelishni maqul topmadim. Lekin... Lekin endi hammasi tugadi. Menga qanday ogʻriq bergan boʻlsa men ham unga shunday qildim. Undan otasini tortib oldim!

U yerga asta choʻkkalab oʻtirdi. Nam tuproqni kaftlari orasiga oldi. Oʻzi istamasada koʻzlari yoshlandi.

–Endi ruhingiz orom olsin dada! Men ketishim kerak. Hali tugatilmagan ishlarim bor. Men endi tez-tez kelib turaman – u oʻrnidan turib, biroz qabrga tikilib turdi. Soʻng yana oʻz yoʻlida davom etdi.

Jaemin qabristonni tark etarkan, navbatdagi oʻyinini qanday boshlash haqida oʻylardi. Zero bu soʻnggi nuqta boʻlishi kerak!

Taehyung

Jaemin

Yonsu