Flame of Passion
Taehyung yashaydigan uy shahar chetida joylashgan katta va zamonaviy. Uy 2 qavatli, devorlari oq va qora rangda, old tomonida esa katta darvoza bor. Uyning atrofi baland devor bilan o'ralgan va xavfsizlik kameralari o'rnatilgan. Old hovlisida maysazor, gullar va kichik favvora bor. Orqa tarafda basseyn joylashgan. Ichkarisi ham katta va hashamatli. Pol marmardan, devorlarda rasmlar osilgan. Uyning ichi tartibli va toza. Har bir xona o'ziga xos. Ayniqsa Taehyungning xonasi - jim, keng va qorong'u ranglarda bezatilgan.
Qo'riqchilar uyga qarab kelayotgan tanish mashinani ko'rishlari bilan darvozani ochishdi. Mashina uy oldida to'xtadi. Ichidan Taehyung va Yonsu tushdi. Yonsu uyning haybatini ko'rib hayratlandi lekin sezdirmadi.
–Uyimizga hush kelibsan qushcha ‐ Yonsuni o'ziga yaqinroq tortib.
–Yur ichkariga kiramiz - uyga qarab odimladi. Yonsu ham ortidan kirdi.
Taehyung Yonsuni mehmonxonaga olib kirdi. U yerda barcha hizmatkorlar va uy ichini qo'rqlaydigan qo'rqchilar boshlari egik holda turishardi. Taehyungdan qo'rqqanlaridan hattoki nafas olishlari ham eshitilmasdi. Taehyung vazmin qadam tashlab kelib divanga joylashdi. Yonsu ham o'tirmoqchi edi ammo Taehyung uni bilagidan tutib tizzasiga o'tqazdi va qo'llarini belidan o'rab oldi. Yonsu soniya ichida o'zini Taehyungni tizzasida ko'rgach tipirchilay boshladi.
–Hoy nima qilyapsiz? Qo'yib yuboring - Taehyungni yelkasidan turtib qo'llarini olishga harakat qilidi.
–Hayolingga ham keltirma. Sening joying shu yerda - uni yanada o'ziga tortib belidan quchdi.
Ular bir biriga shunday yaqin ediki bir birining yurak urushlarini bemalol eshitishyotgandi. Taehyung sovuq nigohini tizilib turgan hizmatkorlarga ko'chirdi. Ular hamon boshlarini eggan holda turishardi.
–Hammangiz meni diqqat bilan eshiting. Endi Yonsu xonim shu uyda yashaydi. Uni hurmat qilib aytganlarini so'zsiz bajarasiz. Unga qilingan hurmatsizlik menga qilingan hurmatsizlikdir. Sizlar esa xavfsizlikga javob berasiz. Yonsu xonimni bir tola sochiga zarar yetmasligi kerak. Yo'qsa o'zingizga qo'shib oilangizni ham yo'q qilaman - sovuq ohangda gapirdi.
–Ho'p bo'ladi janob - ularning hammasi baravariga javob berib tazim qilishdi.
–Ketishingiz mumkin - beparvolarcha.
–Ho'p bo'ladi - yana tazim qilib boshlarini yerdan uzmagan holda mehmonxonani tark etishdi.
Yonsu bunday tartibni ayniqsa ularni Taehyungdan qo'rqishini ko'rib og'zi ochilib qoldi.
–Qushcha uyimizni aylanishni hohlaysanmi? - Yonsuni sochini siladi.
Taehyung Yonsuni kelinlik uslubida ko'tarib oldi.
–Hey tushiring. O'zim yura olaman - oyoqlarini tipirchilatib.
–tshsh.. tipirchilashni bas qilmasang yerga tashlab yuboraman - kulimsiradi.
Yonsu esa yiqilmaslik uchun qo'llarini Taehyungni bo'ynidan o'rab oldi. Uning bu ishidan Taehyung lab chetida kuldi. U pastki qavatdagi honalarni hammasini birma bir ko'rsatib chiqdi. Endi navbat 2- qavatdagi xonalarga. Taehyung zinalardan yuqorilarkan. Yonsu qo'rqqanidan Taehyungni bo'yniga yanada qattiqroq osildi.
–Hoy qushcha hozir meni bo'g'ib qo'yasan - sal kam bo'g'ilganidan ovozi xirillab chiqdi.
–Siz hozir meni tushirib yuborasiz - qo'rqqanidan yuzini Taehyungni yelkasiga ko'mib.
Taehyung Yonsuning taftidan uning odamni sarhush qiladigan iforidan eti jimirlab ketdi.
–Qo'rqma qushcha men bor ekanman bir tola sochingga ham zarar yetmaydi - mayin va past ovozda.
U ikkinchi qavatdagi barcha xonalarni ko'rsatdi. Bittasidan tashqari. Taehyung o'sha xona oldida to'xtadi.
–Bu esa bizning xonamiz qushcha – Yonsuning ko'zlariga boqib.
–Bizning..? Lekin men siz bilan bir xonada qolishni xohlamayman - boshini silkitib gapirdi.
–Men sendan xohlaysanmi deb so'radimmi? - qoshini ko'tarib.
–Ammo... - Yonsu gapini tugatmasidan Taehyung xonani oyog'i bilan tepib ochdi.
Keyin Yonsuni yotoqqa yotqizib eshikni qulflash uchun ortiga o'girildi. Paytdan foydalanib Yonsu qochmoqchi bo'ldi. Lekin Taehyung katta odimlar bilan eshik tomon borib eshikni qulfladi. Yonsu esa turgan joyida to'xtab qoldi. Taehyung Yonsu tomon ayyarona tirjayib yaqin kelishni boshladi. Yonsu orqaga tisarilar ekan ohirgi manzili yotoq bo'ldi. Yonsu yotoq ustidan turishga ulgurmasidan Taehyung uni qo'llari bilan yotoqqa mixladi. Ularning nafaslari bir- birining yuziga urilar, hech qanday so'zlarsiz ko'zlar orqali suhbatlashardi. Taehyungning ko'zlaridan Yonsuga egalik qilish hissi yaqqol sezilardi. Taehyung asta Yonsuning yuziga yaqinlashishni boshladi. Yonsu esa nima qilishni bilmasdi. Shu payt hayoliga bir fikr keldi.
–To'xtang, shoshmay turing - uni yelkasidan itardi.
–Yarangizni tozalab malham surtish kerak - Taehyungni o'zidan uzoqlashtirishga urinib. Ammo Taehyung bir sm bo'lsa ham uzoqlashmadi.
–Kerak emas - Yonsuni yuziga yaqinlashdi.
–Unda siz bilan umuman gaplashmayman - yuzini burib oldi.
–Qushcha o'zing hohlamasang o'zim seni majbur qilaman shuning uchun bahonalaringni yig'ishtir - har gapirganida Yonsuning yanoqlaridan o'pib qo'yardi.
–Agar aytganimni qilsangiz men rozi bo'laman - miyasiga kelgan gapni gapirib yubordi.
Taehyung uning gapiga kulib o'rnidan turdi.
–Unda boshlang doktor xonim - ikki qo'lini yotoqqa tirab.
Bu payt Jaemin odamlari bilan Taehyungning uyini atrofini o'rab olishyotgandi. Ular son jihatdan Taehyungning uyidagi qo'riqchilardan ko'p edi. Har bittasining qo'lida katta avtomat belida ikkitadan pistalet va o'tkir pichoqlar bor edi.
–Taeyang xavfsizlik tizimi nima bo'ldi - ro'parisidagi uydan ko'z uzmay.
–Hal qilyapmiz janob - qatiyat bilan.
–Tezroq bo'l - sabrsizlik bilan gapirdi.
–Ho'p janob - qisqa tazim qilidi.
Taeyang o'zlari bilan birga olib kelgan xaker yoniga bordi.
–Tayyormi? - kompyuterga nazar tashlab
–Yana ikki, uch daqiqa keyin tayyor bo'ladi - kompyuterdan ko'z uzmasdan ishida davom etdi.
Yonsu tezda o'zi buyurgan dorilar orasidan keraklilarini olib u ham yotoqqa o'tirdi.
–Kiymingizni yeching - paxtani spirtga botirib
–O'zing yechib qo'y - boshini yon tomonga egib
–Axir o'zingiz ham qila olasiz-kuu - norozi to'nda gapirdi.
–Men esa sen qilishingni xohlayman. Qani bo'laqol - Yonsuni qo'lini kiymiga olib bordi.
Yonsu bir yutinib tugmalarni yechishni boshladi. Taehyung uni indamasdan kuzatardi. Har bir yechilgan tugma ortidan Taehyungning tanasi ko'rinish berardi. Yonsu Taehyungning kiymini yechib olar ekan Taehyungning keng yelkalari, mushakdor qo'llari, kubik shaklidagi preslari Yonsuning tanasidan kapalaklar uchishiga sababchi bo'ldi. Yonsu Taehyungning tanasiga tikilib qolganini o'zi sezmadi.
–Senga tanam yoqib qoldi shekilli - Yonsuni masxara qildi.
–Yo'q... men shunchaki.... - gapirishga gap topolmay yarani tozalashni boshladi.
Yonsu spirtlangan paxta bilan yarani tozalarkan orada sekin puflab qo'yardi. Taehyung esa jimgina o'tirib uni go'zalligiga mahliyo bo'lardi. Yonsu yarani tozalab malham surtdi va steril salfetka qo'yib bog'lab qo'ydi.
–Ana bo'ldi, yarangizni tozlab bog'lab qo'ydim - dorilarni joyiga solib qo'ydi.
–Endi doringizni ichib yotib uhlang - dorini Taehyungga uzatib ketmoqchi bo'ldi.
Ammo Taehyung uni qo'lidan tutib yotoqqa tortdi va o'zi uni ustiga og'irligini tashlamasdan yotdi.
–Dorini menga o'zing ichirasan - deb dorini Yonsuni og'ziga soldi.
Keyingi soniyada labini Yonsuning labi bilan birlashtirdi. Yonsu dorining achchiq ta'miga chiday olmay tili bilan dorini Taehyungning og'ziga itarishni boshladi. Taehyung Yonsuni tili bilan o'ynashib keyin dorini og'ziga olib yutdi. Lekin bo'sani buzmadi. U Yonsudan qattiq bo'sa olardi. Huddi suvga tashna odamdek shimib tishlab tortib o'pardi. Yonsu qo'llari bilan Taehyungni yelkasidan itarardi. Bu esa Taehyungni g'ashiga tegdi. Taehyung bir qo'li bilan Yonsuni qo'llarini tepaga qilib ushladi. Ikkinchi qo'li bilan esa iyagidan tutib bo'sani chuqurlashtirdi. Shu payt tashqaridan o'q ovozlari eshitila boshladi....