Flame of Passion
Bu orada Chxvening tirik qolgan odamlaridan biri uning o'g'liga habar berishga shoshilardi. Vanihoyat u ormon ichida joylashgan kulbaga yetib keldi. Aslida bu kulba oddiy kulba emas. Uning ichi juda yaxshi jihozlangan yotoqxona, oshxona, yuvinishi xonasi va barcha kerakli bolgan jihozlar bor. Ammo u yerda yana bitta xona bor. Katta bir qo'rqinchli xona. Uning ichida turli xil tig'li qiynoqqa soluvchi temir metallar bor. Devorning har bir burchagida odamlarni osib qòyish uchun zanjirlar bor edi. Qo'rqchi shosha-pisha kulba ichiga kirdi. Uning qulog'iga erkak kishining dod voylari chalindi. Keyin qo'rqanidan qaltirab òziga bo'ysunmayotgan qo'li bilan o'sha qo'rqinchli xonaning eshigini ochdi. U yerda bir erkakning tanasi qontalash bo'lib go'shti ko'rinib turardi. Bu manzarani ko'rgan qo'rqchi aytadigan habaridan keyin o'zi ham shu ahvolga tushishini o'ylab qaltiray boshladi. So'ng òzini yig'ib qisqa tazim qildi va gapirdi.
Janob Jaemin..... haligi— uning sòzlari qòrquvdan titrab chiqdi.
—Chaynalmasdan gapir yo'qsa bezovta qilganing uchun seni ham shu ahvolga solaman — Jaemin yonidagi erkakga ishora qilib qo'rqchiga yuzlandi.
—Gapir, ...tezrooq— tishini g'ichirlatib gapirdi.
Jaeminning yuz ifodasi qorayib ketdi. Jahli chiqqanidan qo'llari musht bòlib tugildi. Ichida esa otasidan tashvishlana boshladi. Agar otasiga biror narsa bolsa u o'zini kechira olamaydi.
–Gapir!—Jaemin baqirib yubordi. Qòriqchi bir uchib tushdi keyin gapira boshladi
—Haligi.... janob Chxveni o'ldirishdi!— Qo'riqchi darrov boshini egib yerga chokkalab otirdi.
Jaemin bu gapni eshitgandan keyin qulog'ida chiyillash paydo bo'ldi. Miyasi qo'rqchi aytgan gapni tahlil qilardi. "Janob Chxveni o'ldirishdi" bu gap uning qulog'i tagida aks sado bera boshladi. Ko'zlari g'azabdan qizarib qo'llari musht bo'lib tugildi. Keyin u birdan qo'riqchini yoqasidan olib do'poslay boshladi.
–Sen nimalar deyapsan a? Nimalar deyapsan? Òylab gapirdingmi hozir?
–Men.. meni kechiring janob. Otangizni himoya qila olmadik. Bundan afsusdaman.— og'zidan allaqachon qon oqib gapirishga to'sqinliq qilardi.
–Kim? Kim qildi buni? —qo'riqchini yoqasidan tutib siltab tishini tishiga qòyib vishilladi.
– Kim Taehyung de. O'ldiraman! Hammasini o'ldiraman! - deb qo'riqchini devorga qarata irg'itib yubordi.
–Sen otamni himoya qila olmagan ekansan nega tirik qolding? Seni ham yashashga haqqing yo'q— dedi va qo'riqchini otib tashladi.
Ko'zlari qonga to'lgan Jaemin otasining jasadini olish uchun omborxonaga yol oldi. U mashinada o'tirib katta tezlikda ketar hayolida faqat Taehyungdan qasos olishni o'ylardi.
Yonsu asta ko'zlarini ochar ekan yuziga yaqin turgan yuzni ko'rib sakrab o'rnidan turdi.
–Salom qushcha va nihoyat uyĝonding.—Teayung yuzida kulgu bilan.
– Men qayerdaman..?— Yonsu atrofga alanglay boshladi.
–Sizning uyingizda? - u o'ychan holda savol berdi.
Yonsu nimanidir eslashga urinayotgandek ko'zini qisib boshini ushlab oldi. Taehyung unga qarab u hech narsani eslay olmayotganini sezdi.
–Kecha seni yordamchim olib kelibdi. Meni davolabsan. Keyin esa ketayotgan payting hushingdan ketibsan. Shuning uchun hozir meni uyimdasan.
Yonsu òsha kuni ko'p ishlagandi. Shuning uchun toliqqan va uyidagilarning munosabati unga ruhiy zarba berayotgandi.
–Yaxshi —deb bosh chayqadi. Keyin u yotoqdan turganida boshi aylanib yiqilayotgandi. Ammo belidan o'ralgan qo'llar tufayli yiqilmadi. Taehyung Yonsuni bag'riga qattiq tortgan holda turardi. Huddi qo'yib yuborsa u yiqiladigandek. Ularning yuraklari bir biriga hamohang tarzda juda tez urayotgandi. Kòzlar to'qnashdi.. Ular na soz, na harakat bilan gaplashishardi. Ularning kòzlari va yuraklari so'zlamoqda. Ularning ko'zlarida qandaydir his tuyg'ular porlamoqda. Bu qanday tuyg'u...? Hech kim bilmaydi.
–Yaxshimisan?—havotirli ohangda so'radi.
Yonsu esa o'zini Taehyungdan uzoqlashtirdi.
–Ha yaxshiman. Men endi bora qolay.. hayrli kun.. ketdim —deb honadan shosha-pisha lipirdab chiqib ketayotgandi.
–To'xta!—qatiy ovozda gapirdi.
Yonsu esa sekin uni nega to'xtatganini tushinmasdan savol nigohi bilan qaradi.
—Kecha sen meni hayotimni saqlab qolding. Hozir esa sening axvoling yaxshi emas. Yuz qo'lingni yuvib pastga tush. Nonushta qilamiz.
–Janob men yaxshiman.Och ham emasman
–Yo'q yaxshi emassan Tez tayyorlan.—dedi Teahyung
–Aytganimni qil yòqsa òzingdan ko'r— Taehyung eshik yoniga yurib borish mobaynida gapirdi va Yonsuga ko'z qisib chiqib ketdi. Yonsu asta yuvinishxonasiga kirdi. Sovuq suvni yoqib yuzini yuvdi. Keyin oynada o'ziga biroz termulib turdi.
–Nega yuragim bunday tez uryapti.O'zimni juda g'alati his qilyapman. Ko'zlarimni ochganimda umrimda birinchi marta ko'rgan mukammal yuzni ko'rdim. Ayniqsa uning bag'ridaligimda o'zimni eriyotgan muzdek his qildim. Uning qaynoq nafasi yuzimga urilgan on..... bu juda yoqimli. Eey Yonsu o'zingga kel ahmoq qiz. Nimalar deyapsan jinni. O'zingni yig' va nonushtangni qilib ishingga bor.