Roze and Hyunjin (Roze uchun maxsus reaksiya🌚❤️)
Koreya koʻchalarida hamon yoz boʻlgani sabab yomgʻir mavsumi ham oʻzi vazifasini oʻtay boshlagan.Yomgʻirli mavsum boshlanganiga ancha vaqt boʻlgan.
Koʻp qavatli uyda turganim uchun qoʻshnim bn bu safargi dam olish kunimizni tabiat qoʻynida oʻtkazishga qaror qilganmiz.Odatda bunday tabiat qoʻyni mening yovvoyi tabiatim va ishim uchun teskari. Lekin shunga qaramay qoʻshnimning bergan taklifini rad eta olmadim.
Bugun oʻsha biz qoʻshni yigit bn rejalashtirgan tabiat qoʻynidagi sayohatga tayyorgarlik koʻrish uchun tongdan turishga majbur boʻldim. Oʻzim uchun zarur buyumlarni oldim. Eshigim yonida yon qoʻshnim meni kutib turardi. Kechikkanligim sabab hijolatlik bn bosh egib qoʻyaman. U esa oliyjanoblik bn hammasi joyida ekanligini aytadi va yuklarimni liftga joylaydi.
Mana biz sayohatga ketyabmiz. Mashinani u boshqarar men esa endi qizʼish boshini osmon tomon koʻtib kelayotgan quyoshni kuzatib kelaman. U har har zamonda men tomon oʻgiriladi. Yoqimsiz sukunat hukmron munosabatni qoʻshni yigit buzadi.
Hyunjin: Roze, men oʻylagandim-ki siz bu taklifga rozi boʻlmaysiz deb.
Biroz jilmaygan yuzimni unga tomon buraman. U mendan javob kutib koʻzlarimga qaraydi.
Umuman olganda uni menda koʻngli borligini sezish qiyin emas. Buni u meni koʻrganida tez-tez hayajondan hoʻrsinishi, titroq barmoqlarini ermak qilib oʻynashi va yana koʻzlari bir joyda tinch tura olmasligidan sezaman. Aslida men ham unga moyilligim bor. Ammo u
koʼp hollarda oʻzini oshkor qila olmaydi. Shu sababli ham ilk qadamni oʻzim bosishga ahd qilganman.
Vanihoyat oʻylardan holos boʻlib javobimni kutayotgan Hyunjin janoblariga javob ila yuzlanaman.
Roze: Mmm... Siz kabi kelishgan yigitning sayohat borasidagi taklifiga norozilik bn javob qilsam sevgi meni kechirmasdi.
U yana hayajonga tushadi.
Menga koʻzlarini koʻchirgan yigit mashinani yoʻl chetiga toʻxtatadi.
Men esa yuzimdagi kulgini oʻzgartirmay unga termulaman.
U hayajondan biroz tomoq qirib burun devorlarini biroz silagan boʻladi.
Hyunjin: Roze! Men... Men bu borada siz bn koʻp bora gaplashishga urindim. Ammo...
Uning hayajondan gapira olmay qolganiligi meni kulgimni qoʻzgʻaydi. Gapirishni boshlagandan buyon hayajon sabab qaltirayotgan qoʻllariga qoʻllarimni bosaman. U esa bu harakatimdan koʻzlarida hayratdan porlab termuladi. Hamon yuzimda tabassumni saqlab dilimdagilarini aytaman.
Roze: Keling gaplashamiz. Balki bizda bu oʻxshar... Nima deysiz?
U hamon hayajonda. Ayni dam oʻrnimiz almashinib qolganidan yana kulgim qistaydi.
Hyunjin: Roze, men... men bu masalani bunchalik tez hal boʻlishini oʻylamagan edim.
Men u tomon egilib lablarimni yuziga bosaman. Yuzlarini qoʻllarim orasiga olib yana soʻzlash ustivorligini oʻz zimmamga olaman.
Roze: Siz menga yoqasiz Kelishgan yigit! Ammo ayni dam sevgi izhor qilish men tomon boʻlmoqda. Bunday masalada hayajon ish bermaydi. Shunchaki hislaringizni ochiqlashgs imkon bor sizda
Yuzlari ustidagi qoʻllarimga qoʻllarini oʻragan yigit koʻzlari bn yuzimda sayr qiladi. Men esa tentak yosh oʻsmir yigitlar kabi sevgilimni sevgiisiga iqror qilgandek his qilaman oʻzimni.
Vanihoyat oʻzini erkin tuta boshlagan yigit yuzimdagi koʻzlar sayrini lablarimga koʻchiradi. Bundan ayonki u mendan ilk boʻsamni olmoqchi.
Yana soʻzlashga kirishgan yigit qizning lab qirralarini tomosha qilib soʻzlaydi. Bu safar ovozida hayajondan titroq emas balki boʻsa olishga ehtiyoji bor yigitning yoshlik,qaynoqlik titrogʻi mujassam edi.
Hyunjin: Ilk boʻsang kim bn boʻlgan?
Roze: Agar sen meni oʻpmoqchi boʻlsang menda bu birinchisi boʻladi.
Yanada yaqinlik. Choʻlda qolgan kabi quruqshagan lablar namlanish uchun bir birini toʻldiradi. Yigit endi tashabbusni oʻz qoʻliga olgan. Bir qoʻlini qizning mayin boʻynidan oʻrab oʻziga qattiqroq bosadi. Biri esa allaqachon nozik bellardan oʻraladi. Qiz ham boʻsh kelmay qoʻllarini keng yelkalarga aylantiradi. Ular tashnalik bn boʻsada davom etar ekanlar yaqinlik qiz tomon nafas yetishmovchiligi sabab buziladi.
Mana vanihoyat yetib keldik kerakli buyumlarni bugungina sevgilimga aylangan yigit bn mashina bortidan dengiz yaqiniga joylashtirdik. U juda ham kelishgani yetmaganidek juda quvnoq va samimiy inson. Buyumlarimni menga qoʻymay oʻzi taxlagan yigitga uzoq termulaman. Aslida bizning muhabbatimiz ancha oylar avval biz liftda qulflanib qolganimizda paydo boʻlgan. Oʻsha vaqt nafas yetishmaslik sababi bn xushimdan ketganimda qanchalik menga jonkuyarlik ila eʼtibor bergani hamon yodimda. Buyumlarimizni taxt qilgan yigitim bn yoʻl yoʻlakay doʻkondan olgan oziq-ovqatlarni ham birga biz uchun bir kunlik ijaraga olingan xonaning oshxonasiga joylashtirdik. Yigitim xuddi ancha yil yoʻqotgan buyumini qayta topgan kabi ichiga sigʻmaydi. Baliq ovlash bn ovvora boʻlsada yonimga tez yugurib kelar, yuzlarimga koʻzlarimga uzoq vaqt termulib bagʻriga bosar edi. Men esa hamon oʻsha kayfiyatda sevgilimning tushlik uchun olib kelishni rejalashtirgan baliqlarini kutaman. Bu safar meni yonimga kelgan sevgilim bagʻridan chiqarmay turib maqsadini soʻzladi.
Hyunjin: Rozeim balki birga baliq ovlab koʻrarmiz. Nima deysan?
Men ham uni kuttirmasdan tezda rozi boʻlaman. Uning quvonchini koʻrib yanada quvonaman. Baliq ovlash jarayonimizda har xil jinniliklar qilib yigitimni shirin kulgisi men sabab yangraganiga quvonaman. Bizning bu quvnoq va shovqinli harakatlarimizdan atrofdagilar ham quvonishadi.
Sergaplik qilib unga koʻp savollar bersamda menga jimgina chiday oladigan bir kunlik sevgilim bn baliqlarni bir nechtasini jinniligimiz sabab qoʻldan chiqarishga ham sazovor boʻldik.
Bir mashgʻulotdan tez zerikkanimdan baliq ovlashdek sabrli ish men uchun emasligini anglab yigitimni qoʻllaridan tortib dengiz boʻylab yugurib ketaman. Biz telba boʻlgunimizga qadar quvnab oʻynaymiz. Men ogʻir bosiq deb biladigan Hyunjin janoblari suvlar sabab nam boʻlgan koʻylagim ichidagi tanamgs shunaqa tikiladiki buni koʻrib uyatdan yuzim qizaradi.
Buni sezgan yaramas yonimga tezda yaqinlashib bellarimdan quchadi.
U shunday deya koʻzlarini lablarimga koʻchiradi.
Roze: mmm bu safar sen tomon boʻsa boʻlsa totli boʻlishiga ishonaman
Lablar tashnalik bn birlashadi. Qoʻllar bellarning terisini nam koʻylaklar ustidan biroz ezadi.
Ehtiros bn boʻsaga javob qaytarayotgan qiz bellaridagi ogʻriqdan qoʻllari bn yigitning koʻksidan itaradi. Vanihoyat nafas yetishmasligi uchun uzilgan lablar qizning peshonasida oʻz boʻsasini qoldiradi.
Uning iliq quchogʻiga joylashaman. Ayni dam uning quchogʻi men shirin, issiq va havfsizdek tuyiladi menga.
Bu orada kun ham kech boʻladi. Biz esa hamon bir birimizga toʻylay sohil boʻyida jinnilik qilishda davom etamiz. Jinniligimizmdan charchab sohil qumlariga choʻzilgan onim uning keng yelkalari men uchun bolish vazifasini oʻtaydi. Bizda gaplashishga mavzular tugamaydi...
Kechlik vazifasini eplashga vaʼda bergan sevgilim choʻgʻ qarshisida meni momiq par koʻrpaga oʻrab men uchun har hil voqealar soʻzlab beradi. Men uni maroq bn tinglayman. U esa yoshligida oʻzi bn boʻlgan quvonarli, hijolatli va faxrlanarli voqealarni soʻzlab beradi. Suxbat qurib kechki taomni ham tanavvul qilamiz. U men uchun shaxsan qahva damlaydi. Umuman olib aytganda Hyunjinni juda koʻp izlaganman. Ammo yonimda ekanligidan habarim boʻlmagan. Yaʼni men koʻp yigitlar bn uchrashib koʻrganman. Lekin ular bn murosaga kela olmaganman. Bu mening jiddiy, toxic, va juda erka harakterim sabab edi. Men hozir yigitimning koʻzlariga termulib shuni ayta olamanki ular bn yaxshiyam kelisha olmaganim yoʻqsa Hyunjinni menga uchratmasmidi bu taqdir
Bir kunlik sayohatimizga yakun yasab uy tomon oshiqamiz. Men undan iltimos qilaman.
Roze: Hyunjin, balki bugun qolarmiz. Bu ahvolda mashins hayday olmaysan. Axir juda charchading.
U esa oʻsha shirin tabassum bn javob beradi.
Hyunjin: Yoʻq sevgilim. Menga ishon. Seni sogʻ va salomat olib bora olaman.
Biz yana yoʻlga otlanamiz. Ermak uchun olingan yeguliklardan yeb ketar ekanman yoʻldan koʻzini uzmay mashina boshqarib kelayotgan sevgilimning ogʻziga ham ulardan tiqishtiraman.
Men bergan yeguliklardan yuzlari shishgan sevgilim yanada yoqimtoy boʻladi.
Gapdonligim bn koʻp sarguzashtlarimni gapirib beraman. Masalan jinniliklarimdan bezor boʻlgan maktab oʻqtuvchilari men bir xonaga qamab qoʻygani va men u yerdan ham qochib ketganligimni, juda yomon koʻradigan qiz sinfdoshimning chiroyli va silliq bejirim pushtirang partfeliga qurbaqa solib qoʻyganimni katta qiziqish bn tinglagan sevgilim birinchi muhabbatim haqida eshitib biroz asabiydek koʻrinadi. Hibolatlik bn yakun topgan qizgʻin suxbat shu yerda jim qotadi. U hamon jimlikni saqlab yoʻlda odimlar men esa shirin paxtalar bn ogʻzimni shishirib avtomobil TVsi orqali dorama koʻrib ketaman.
Har zamon u tomon qarayman. U hamon yoʻlga qarab ketadi. Yana dorama tomon koʻzlarim yoʻnalishini buraman. Doramada har doimgi sevgim mojarosi.
Vanihoyat sukutni buzishga muvofaq boʻlgan sevgilim soʻz qotadi.
Hyunjin: Bu doramani koʻrgan edim. Ammo menga toʻgʻri kelmagan. Uni koʻrgan vaqtim men ham senga oʻxshab uyqu eltgan edi.
Tushunarsiz... U hozir ochiqchasiga meni mazah qilyabdimi? Bu nimasi?!
Roze: Hoy yaramas, bu nima deganing? Men uxlamadim.
Hyunjin: Rad etishga urinma😂 sen uxlab qolgan eding.
Roze: Unday emas. Men...men shunchaki koʻzlarimga dam berishni maʼqul koʻrgan edim.
U uxlab qolganligim borasida men bn bahs oʻynashni boshlaydi. Men esa qaysarligimni qoʻymay buni rad etaman. Bahs bn ovvora boʻlib uyimizga yetib kelganimizni endi anglayman.
Hayrlashish vaqti yaqin. Uyimiz bitta eshik bn farq qilsada undan ayrilgim kelmaydi. Yuklarimni mening qarshiligimga ham qaramay oʻzi uyimga olib kirgan yigitim bn hayrlashish oldidan uzoq quchoqlashdik. Uning quchogʻida oxirgi bor eslaganim uning shirin iforidan toʻyib hidlaganim boʻldi.
Bir kunlik charchoq bn sevgilisining quchogʻida uyqu mamlakatiga sayr qilgan qizni tabassum bn qoʻllarida koʻtargan yigit yotoqxonaga uni joylaydi. Uning peshonasidan soʻnggi bor oʻpibvsevgilisini issiq koʻrpaga oʻrab uyni tark etadi.
Sizlar bn Seol Soojin yaʼni men sevmli Soojiningiz boʻldim🫠❤️
Qoʻzilar sizga bu reaksiyam maʼqul deb oʻylayman. Menda bu birinchisi🌚 reaksiya va fikr qoldirishni unutmang