Cheon-sa and Jungkook (Cheon-sa uchun maxsus🌚❤️)
Uyquga toʻymayganim yetmagandek bekatda bir soatdan buyon laʼnati avtobusni kutaman. Qani edi kelsa bu avtobus deganlari. Oyoqlarim bn yerni tepkilab u yoqdan buyoqqa borib kelaman.
Bir necha oʻn daqiqalarni kutishga sarflaganimdan soʻng avtobus yetib keldi.Avtobusga chiqishimda kimdur menga turtildi. Ammo qolib ketmaslik va kollejga kech qolmaslik havotiri bn unga qaray olmadim.
Avtobusga minganimda derazadan bir yigit qoʻlidagi hamyonni yuqoriga koʻtarib avtobus ortidan yugurayotganinga koʻzim tushadi. Lekin kimdur meni avtobus devoriga siqib qoʻygani sabab unga qarashga va haydovchini ogohlantirishga imkon boʻlmaydi. Bir nechta bekatdan soʻng kollejim bekatiga tushish uchun taraddudlanaman. Ammo... Jin ursin. Ammo hamyonim yoʻq. Bu nimasi? Vahimaga tushib hamma joyni titkilayman. Ammo bin urgur hamyon topilay demaydi. Men sabab toʻxtab turgan avtobus haydovchisi va yoʻlovchilarning eng yomon koʻrgan insonlariga bir zumda aylanganim rost.
Shu vaqt toʻxtab turgan avtobus eshigidan bir yigit shoshilinchda chiqib pul yechiladigan qurilma ustiga karta bosadi. Men unga qarashimga ulgurmasdan u haydovchi va yoʻlochilarga meni nomimdan uzr taʼzimini qilib qoʻllarimdan tortgan holda avtobusdan tushiradi.
Endi unga tikilishga imkon boʻlgan vaqt u mening burnim tagiga koʻzimgs iliq boʻlgan hamyonni tiqishtirdi.
Jungkook: hoy ahmoq qiz! Bu nimasi? Sen sabab qancha sarson boʻlganimni bilasanmi?
Endi vaziyat kundek ravshan. Hamyonim hamon qoʻlida boʻlgan, menga dakkisini gapirib tentakka qaragan kabi qarayotgan yigit oʻsha men avtobusda ehtiyotsizlik bn unga turtilganimda hamyonim tushib qolgan va uni topib olgan yigit edi. Demak yoʻl boshida avtobus ortidan yugurgan yigit ham shu.
U mening koʻzlarim oldida qoʻllarini hayrlashgan kabi silkitadi.
Jungkook: Bu seniki deyabman. Avtobusdan tushgan vaqting bu sendan tushib qoldi.
Vanihoyat ogʻiz juftlab ilk iboralarni tilim orqali yaratdim.
Men unga taʼzim qilib qoʻlidan hamyonni olishga uringan on u hamyonni boʻyi uzra baland koʻtardi.
Yuzimdagi hayronlik ifodasini yashirmay unga qarayman.
Jin ursin! U ahmoqqa qaragan kabi tilini chiqarib meni mazah qiladi.
Jungkook: Yoʻq mittivoy. Sen uchun shuncha yoʻllik sarsongarchilikni boshimdan oʻtkazdim axir. Men shunchaki rahmat eshitib ketishim bu ozlik qiladi men uchun.
Allaachon asabiylikdan oʻzgarishga ulgurgan yuzimni unga tikib qoʻllarimni uning qoʻllariga choʻzaman.
Cheon-sa: Bu qanday ahmoqlik? Jinnilik qilishning yangicha uslubimi bu? Qani ber hamyonimni?
Uning boʻyi uzra balandlagan qoʻllariga oyoq uchlarimda turib yetishga urinaman. Yana bir bor ehtiyotsizlik sabab oyoqlarim sirpanadi. Endi yiqilish signalini miyyam sintez qilgan on bellarimdan begona qoʻllar mahkam ushlab oladi.
Yiqilishim oldida qattiq yumilgan koʻzlarimni ochganimda oʻsha hamyonim evaziga nimadur talab qilayotgan betamiz bor.
Men tezda oʻzimni epaqaga keltirib undan yulqinib chiqaman.
Jungkook: Mmm yoqimli qiz ekansan. Balki hamyon evaziga bir kechangni bagʻishlarsan menga.
Endi butkul asab tolalarim tarang tortiladi.
U bn hozir oʻyin oʻynashgs vaqtimni sarflashni xohlamay undan uzoqlashaman. U esa ortimdan baqirib qoladi.
Jungkook: Hoy kichkintoy! Qayerga ketyabsan? Axir hamyoning qoldiku.
Men ham undan qolishmagan ovozda baqiraman.
Cheon-sa Oʻzingni yigʻlagan vaqting ovunishing uchun shirinlik sotib olishing mumkin.
Charchoq bn soʻnggi paralarni ham tugatib kollej oshxonasiga tushaman. Oʻzim uchun yegulikni mahsus idishga joylar ekanman kimdur sochlarim orasidan chuqur nafas olgan boʻldi. Choʻchib atrofga qarayman. Yana oʻsha meni har xil qiliqlar bn birinchi param vaqtining yarmini yegan zararkunanda.
Bu safar avvalgidanda ahmoqona koʻrinish bn iljaygan yigitga ahmoqqa tikilgandek qarayman.
Cheon-sa: Nima? Konfetlaring tugab qoldimi? Yana nima sababdan qarshimda ahmoq kabi iljayyabsan?
Qulogʻim oldiga tezlikda kelgan yigitdan dovdirab qolaman. U esa mazahlovchi gaplarini davom ettiradi.
Jungkook: Konfetlarni sen yeysan mittivoy. Men esa seni...
Bugungi kunimni shu betamiz inson bn oʻtkazish yozilgan shekilli taqdirimga. Gaplaridan ensa qotirib koʻzim qorachiqlarini koʻz kosamda aylantiraman.
Qoʻlimdagi ovqatlar solingan mahsus idishni stolga qoʻyib oʻzim ham stuldan joy olaman. Atrofdagi oʻquvchilar uchun tomosha markazi boʻlishga allaqachon ulgurganman.
Tahmin qilganimdek u ham qarshimdan joy oldi.
Kollej formamga qadalgan bejikdan ismimni oʻqigan yigit yana menga yuzlanadi.
Jungkook: Cheon-sa! Shundaymi? Chiroyli isming bor ekan mittivoy.
Uning hatto mavjudligini ham oʻylamay ovqatlanishda davom etaman.
Shu vaqt mendan bir kursga yuqori yigitlar unga yaqinlashib gapirishadi.
-Jungkook qoʻysanchi u hali ona suti ogʻzidan ketmagan goʻdak boʻlsa. Kel yaxshisi oʻzimiz bn parallel boʻlgan qizlar bn uchrashamiz.
Men hamon jimman. U ketishga chogʻlandi shekilli men tomonga uzun boʻyini biroz egib qulogʻim yaqiniga shivirladi.
Jungkook: Seni tomda kutaman. Kechikmasdan kel...
Ayni shu dam unga nisbatan paydo boʻlgan bor alamimni kastyumida ilingan bejikni yulib olish orqali chiqaraman. Nima boʻlganini hamon anglay olmagan dovdirga lab uchida kulgu qoldirib deyman.
Cheon-sa: Endi koʻramiz kim kimni tomda kutishini...
Tezlikda bejikni ichki choʻntagimga joylab oshxonani shamol misol tark etaman.
U esa hamon hayronlikni yuzida saqlab dovdiraganini hayol qilib alamzada kulaman.
Menda oxirgi para boʻlgani uchun bugun kollejni tezroq tark etish qarori bn darvozadan chiqaman. Shu on meni kimdur chaqirgan boʻladi. Ortimga qaraganimda parallel guruhdoshim Lyusi menga tomon yugurib kelayotgan boʻladi.
Lyusi: Cheon-sa, toʻxtasangchi...
Yugurib charchagan Lyusi tizzalariga tayanib nafasini rostlagan boʻladi. Men esa hamon jimlikni afzal bilaman.
Lyusi: Eshitdingmi oshxonada yangi katta kurs oʻquvchisi bn tortishganing sabab senga jazo qoʻllashibdi.
Ha bundan habarim bor edi. Direktor oʻrinbosari meni honasiga chaqirib rossa tanbeh bergan amm men u yigit bn oʻrtamizda hech qanday kelishmovchilik boʻlmaganini aytib qutulgan edim.
Jazo esa bir hafta u bn sport zalining tartibiga qarash. Jazo ertadan ishga tushadi.
Lyusi: Cheon-sa senga mazza boʻldiku aa bir hafta kelishgan yigit bn birga boʻlasan.
Ha u shunaqa kelishgan yigitlarni koʻrsa oʻzini muvozanatda ushlay olmaydi.
Lyusi: Eshitishimga qaraganda uning ismi Jeon Jungkook 18 yosh kollejimizga London kollejidan kelgan. Juda kelishgan shunday emasmi?
Men uning gaplariga boshimni tasdiq maʼnosida qimirlatib qoʻyaman.
Erta tongdan yana oʻsha bekat yana oʻsha avtobus bn kollejga yetib kelaman. Bugun paralardan soʻng jazoni oʻtashim kk. Darslardan soʻng zalga tushaman. Oshxonada yana biror kulfat boʻlishining oldini oldini olish uchun tushlik ham qilmadim. Zalga tushganimda direktor oʻrinbosari hamda kechagi telba bor. Kollej mudiri bizga tushintirish ishlarini olib borgandan soʻng zalni tark etdi. Biz mahsus kiyimlarni kiyib bir haftalik jazoning ilk kunini boshladik.
Ishlar ancha koʻp va dunyodagi eng betamiz odam bn bir joyda ekanligimdan chalgʻish uchun mobil telefonim orqali musiqa yoqaman. Bir necha oʻn daqiqalardan soʻng hamon bitta joydan siljimay matoni uyoqdan buyoqqa ermak qilayotgan yigit artayotgan hududimni boshidan iflos qilishni boshladi. Oʻzimga oʻzim sabr tilab matolarni suvda tozaladim. Paytdan foydalangan toʻnka quloqchinni yulib olishga ulgurdi.
Cheon-sa: Hoy telba ber ularni.
Mendan qochgan yigit allaqachon ularni qulogʻiga oʻrnatadi. Men ensa qotirib uni ortidan quvlagan onim uning shusiz ham katta koʻzlari yanada katta boʻladi.
Jungkook: Qoyil! Senga pop musiqalar yoqishini oʻylamagandim.
Kun ham ancha kech boʻldi. Bizga ikki soat berilgan boʻlsa bir soatdan koʻp vaqtim janob Jeondan telefonim va quloqchinimni olishga muvaffaq boʻldim. Ammo ertaga tomda koʻrishish va bejik qaytarish sharti bn. Uning bejigini olganim yodimdan koʻtarilgan. Uning shartiga noiloj rozi boʻlaman.
Tonggi salqin shabada etimni junjikttiradi. Kollejimiz tomidan atrofga nazar tashlayman. Kuz boʻlgani sabab daraxtlar qizgʻish, jigarranglar yaratib tabiatni yana goʻzallashtirgan. Koʻzlarimni bir zumga yumib salqin yegan yelkalarimni kaftlarim bn quchaman. Yumuq koʻzlarim bn orzularim qanotida uchishni boshlagan vaqtim kimdur yelkalarimga kastyum kiydiradi. Uning kim ekanligi haqidagi shubxa bn band boʻlib unga yuzimni buraman. Bu oʻsha men ikki kundan buyon it mushuk boʻlayotgan yigit edi.
Jungkook: Ular juda chiroyli. Xuddi...
U yana menga tomon yuzini buradi.
Koʻzlariga choʻkib ketmasimdan oʻz koʻzlarimni undan olib qochaman.
Uzoq uzoqlarga nigohlarimni uloqtirish mashgʻulotini bajaraman. U esa bir juft gazli ichimlikning bittasini yonimga suradi.
Jungkook: Sen uchun aynan qay biri yoqishini bilmadim.
U ichimlikni ichish mobaynida mendan koʻzlarini uzmaydi.
Cheon-sa:Nega tikilib qolding?
Jungkook: Shunchaki bu goʻzallik oldida koʻzlarim atrofga boqsa gunoh boʻlishidan qoʻrqdim.
Uning gapga ustaligidan yuzimda kulgu paydo boʻladi.
Bu safar u yanada yaqinlashdi.
Jungkook: Mmm... Shunchaki chiroyli qizlarni kuttirish yoqadi menga
Cheon-sa:Gapga juda ustasan Jeon...
Gaplarimga javoban kulib qoʻygan Jungkook gazli ichimlikni simirishda davom etadi.
Bir hafta allaqachon oʻtgan. Mana shu bir haftada olingan buyumlar egalariga qaytarilgan. Munosabatlar esa ancha iliqlashgan.
Endi har kun kollej tomon eltadigan avtobus bekatida uyquga toʻymay noligan qiz emas balki har tong oʻzgacha his bn kollejga birga boradigan sherigini kutadigan qiz bor.
Qoʻl soatiga bir necha marta qaragan qiz har kun yigit keladigan yoʻlga qarab qoʻyadi. Bir nechta asabiy hoʻrsinishlardan soʻng yigitning uzoqdan siymosi koʻrinadi.
Qizning yonida toʻxtab nafasini rostlashga uringan yigitni qiz gapga soladi.
Cheon-sa: Hoy yaramas Jeon, nega har kun kech qolasan?
Yigit tomonidan har kungi javob yangraydi.
Jungkook: Shunchaki chiroyli qizlarni kuttirish yoqadi menga...
Reaksiya va fikr yozib qolishingizni kutaman Azizlar🥹❤️ oʻylayman-ki sizlar Soojiningizni hafa qilmaysiz🥹❤️