BLACK LOVE🔞
𝓢𝓮𝓸𝓵 𝓢𝓸𝓸𝓳𝓲𝓷:
𝓢𝓮𝓸𝓵 𝓢𝓸𝓸𝓳𝓲𝓷:
Devorlariga ilingan ona va bola suratlaridan bilish osonki bu yer homiladorlar koʻrikdan oʻtadigan boʻlim. Shifoxonaga kirgan boʻyi dimoqqa uriladigan shifoxonaning har yogʻiga singib ketgan xlor hidi...
Anchadan buyon sabrsizlik bn uyoqdan buyoqqa borib kelayotgan yigit kutgan insonidan hamon darak yoʻq. Vanihoyat ayollar xonasidan yuzida tabassumni saqlagan qiz qoʻlida homila tasviri tushirilgan suratni yigitning koʻzlari yoniga yaqinlashtiradi.
Misoo: Buni qara Jimin! Sen yaqinda ota boʻlasan. Bu juda quvonarli.
Bu surat nimaligini allaqachon anglab yetgan yigit asabi taranglashadi. Qizga sovuq nigoh bn qaradi.
Jimin: Seningcha bu quvonarli? Shundaymi?
Qoʻllaridan yulib olingan va bir zumda parchalangan qogʻoz sabab qizning yuzida hayronlik paydo boʻladi.
Soʻzlarning kesilishi va unga atalgan haqoratlar tizginining sukut bn tinglanishi.
Jimin: Nimani oʻylaganding? Senga oʻzim bilmagan holda farzand berganimga quvonadi deb oʻylaganmiding?
Qiz yigit bn munosabatlarda juda boʻysinuvchan.Balki shu sabab ham ayni damda yigit uni oyoqlari tagida ezgʻilashga tayyor.
Yuz bn koʻzyoshlar aloqasi allaqachon boshlangan. Yigit beliga qoʻlini qoʻygan holda yana soʻzladi.
-Nega homiladorlikdan saqlaydigan kapsulalarni isteʼmol qilmading?
Qiz hamon yigitning keraksiz farzandiga boʻlgan jahli sabab titraydi.
Misoo: Men...men shunchaki bular sen uchun yoqadi deb oʻylagan edim.
Yigit endi yuzida mazharalovchi kulguni saqlab javob beradi.
Jimin: Yoqadi? Seningcha men uchun qandaydur, har kimdan qolgan foxishadan boʻlgan haromxoʻr bola yoqimli boʻlar ekanmi?
Oxirgi soʻzlar jahl aralash baqirish bn aytiladi. Baland ovozdan battar choʻchigan qiz battar yigʻlashni oshiradi.
Baqiriq halaqit bergan xona eshigi ochilib hamshira bu yerda ovoz koʻtarish mumkin emasligini, ilojisi boʻlsa muammolarini boshqa joyda hal qilishlarini iltimos qiladi.
Asabiylik bn uy eshigini ochgan yigit qizni uy tashqarisida qoldirib ichkari bb yuzlashadi. Uy xonalari anchayin tartibsiz ular bir kecha oldin qilgan yaqinliklaridan soʻng uy hali oʻz tartibini topmagan edi.
Uyga kirishi bn oshxona tomon bosilgan qadam muzlatgichdan spirtli ichimlik olish uchun toʻxtadi. Oshxona eshigi yonida aybdor ish qilgani sabab jazolangan bolakay kabi boshini quyi saqlagan qiz joyida siljimaydi. Maxsus idishga spritli ichimlik quyib koʻzlarini yumgan holda bir koʻtarishda simirilgan ichimlik idishi oshxona stoliga zarda aralash qoʻyiladi. Idish ovozidan choʻchigan qiz avvalgidanda qoʻrquvni saqlab yana yigʻlay boshlaydi.
Koʻzlarida nafratni saqlagan yigit uchinchi idish toʻldirib ichimlik simiradi. Koʻzlari qiz tomon yoʻnalitiriladi. Til esa har qanday dilni ogʻrituvchi soʻz bn yuzlashadi.
Jimin: Farzand xohlamayman. Undan tezroq qutilish lozim. Qolaversa tez orada Koreyaga qaytaman seni oʻzim bn olib keta olmayman.
Yoshlar hamon toʻxtamagan. Ishonch oʻrnini afsus va nadomat egallagan. Til hamon bir soʻz demadi. Chunki qalb uni deb yashaydi. Uni sevadi.
Gaplari javobsiz qolgan yigit oʻgiriladi. Koʻz oldida yigʻidan koʻzmari shishgan uning uchun telbanamo boʻlgan qiz bor.
Havoning chuqur soʻrilishi orqali oʻzini tinchlantirishga harakat qilgan yigit hech bir sadosiz hamon oshxona eshigi yonidagi qizni yelkasi bn turtib oʻtadi...
Hech bir yalinish vayolvorishlarni qabul qilmagan yigit jirkanch maqsadini amalga oshirish uchun yana shifoxonaga kelgan.
Allaqachon bolani onaning vujudidan olish uchun maxsus shifokor va jarrohlik xonasi buyurtma qilingan. Ammo Misoo hali bir bor boʻlsada onalik tuygʻusini his qilmagan, bolasining ilk qimirlashiyu homiladorlik davrida boʻladigan yeguliklarga boʻlgan tashnaligi sabab bolasining otasiga erkaliklar qilib uni kechalari bezovta qilishga ulgurmagandi.
Bir necha kunlik yigʻi sabab avvalgi kabi sevgan insonini koʻrsa yonib turadigan Misoo emas, balki taqdir anchayin qiynagan, hayotidan toʻygan Misoo bor.
Koʻzlarimni yoshlarim orqali namlar ekanman yoninginamda men oʻsha bir zumlik kulgusi uchun oʻzimdan ham kechgan inson bor. Qadrsizlanganim yetmaganidek bolamdan ayirish bu eng chirkinlik. Ammo men uni sevaman. Oʻt tushsin bunday sevgiga. Yalinish oxiri nima bn tugashini bilsamda yana yalinishda davom etaman. U esa qoʻllari ustiga qoʻyilgan qoʻllarimni siltab tashladi. U shunaqa baqirdiki qoʻrqqanim sabab qaltirab qolgan edim.
Jimin: YOʻQ DEDIM. TUSHUNYABSANMI? YOʻQ! MEN XOHLAMAYMAN. XOHLAMAYMAN BU BOLANI.
Baqiriqdan qaltiragan tanasini muvazanatni saqlay olmayotgan qiz shifoxona yoʻlagiga qoʻllari yordamida tayandi va uni kutayotgan jarrohlik honasiga kirib ketdi.
Bir muammosidan hali boʻlgan yigit esa yelkasidan tosh agʻdarilgan kabi oʻpkasidan soʻrilgan havoni chiqardi. Bellariga qoʻllarini suyab qizning chiqishini kutayotgan yigitga shoshilinch qoʻngʻiroq boʻldi.
Goʻshakka javob bergan Jimin tezlikda shifoxonani tark etdi.
Muhit avvalgidek emas. Katta trassada ikki avto ulov oyoqlari osmondan boʻlgan holda oʻzlaridan tutun chiqarib atrofni battar tahlikaga solgan. Avtohalokat bir necha oʻn daqiqa boʻlgan sabab endigina yetib kelgan politsiya xodimlari atrofni sariq lentalar bn oʻrab atrofdagilarni voqea joyiga yaqinlashtirmaydi. Vaziyat ogʻir.
Avtomobilni boshqargan egalari biri bu dunyoni tark etganini tashxis deb belgilagan shifokor xodimlari ikkinchisidan ham umidini uzgan edilar. Halokat qurbonlari biri yoshi katta, biri esa oʻrta yoshli, kelishgan yigit ekanligi uning yuzlarini yopib turgan ammo allaqachon qon sabab qizil tusga kirgan sariq sochlaridan bilinib turadi. Tabiiyki mashhur boʻlgan bu yigitning mudhish halokati allaqachon butun Londonni yirik mavzusiga aylanib ulgurgan...
Bir necha oʻn daqiqadan soʻng shifoxona yoʻlagi devorlariga tayangan qiz yoʻlakda kirishidan oldin unga asabiy baqirgan insonini izladi. Suv masalasida doʻkonga chiqqanlik tahmini bn oʻzini ovutgan Misoo sekingina yoʻlak oʻrindigʻiga choʻkdi.
Jin ursin chiqqanimga bir qancha vaqt boʻldi. Yoʻlakdagi navbatchi hamshiradan uni qayerga ketganini soʻraganimda hech qanday habarsiz shunchaki shoshilinchda shifoxonani tark etganini aytdi.
Yuragimda bezovtalik mobil telefonim orqali qoʻzgʻalib bir necha bor qoʻngʻiroq qilingan ammo javobsiz qoldirgan kontaktga yana bir bor qoʻngʻiroq yoʻlladim. Yoʻq yana bir xil natija. Qayerda u?
Tahlikali hayollar qurshovida qolganim sabab shifoxona yoʻlagi bir necha soatimni sarflaganimni yoʻlak hamshirasi meni chaqirganida va ancha kech boʻlganida angladim.
Hayolimni uning qayerda ekanligi haqidagi oʻylar bn bant qilib shifoxonani tark etdim.
Bir necha oylik umrini shifoxona devorlarida yelkasini suyab oʻtkazgan mushtipar ona va farzand dogʻi sabab ancha oʻzini oldirgan ota.
Xiralik. Komadan soʻng ilk bor ochilgan koʻzlarda biroz xiralik mavjud. Ular ochilgan vaqt olam faqat shiftdan iboratdek tuyiladi koʻzlarga...
Kuzatuv kamerasi ostida boʻlgan va juda qattiq eʼtibor bn saqlanayotgan yigit oʻziga kelganligini kameralar orqali bilishgan shifokorlar bemor joylashgan xonaga shoshadi. Ularning yoʻnalishi oʻgʻillarining honasiga yoʻnalganini sezgan ota-ona koʻzlar bn suxbatni hayajonla qilishadi. Tezlikda qadamlarini palata eshiklari tomon yuritishar ekan. Xona ichida anchadan buyon ochilishi kutilyotgan koʻzlar unga boqadi.
Janob Park: Oʻgʻlim, Jimin! Yaxshimisan?
Ancha yigʻilgan sogʻinch tuygʻulari ularni oʻgʻillari tomon yetaklaydi.
Jimin: Bu yer qayer? Bu insonlar kimlar?
Sogʻinch bn bosilgan qadamlar egalari tomonidan yakunlanadi.
Oʻgʻillarining savolidan hayratga toʻlgan Janob Park va Park xonim savol nazari bn shifokorga boqishadi.
Janob Park:Bu nima deyabdi Janob Chon?!
Janob Chon endigina oʻziga kelgan bemorning ichki aʼzolarini koʻzdan kechirar ekan ularga bu palatani bir zumga tark etishlarini iltimos qiladi.
Intiqlik bn ochilishi kutilayotgan koʻzlar ochilganiga bir hafta boʻlgan. Ammo avtohalokat natijasida xotirasi oʻchgan yigit hech kimni tanimaydi.
Havotir va sogʻinch bn sevgilisini kutayotgan qiz avtohalokat roʻy bergan kun yangiliklarda barchasidan habar topadi.
Ilinj bn u joylashgan shifoxonaga yoʻl olaman. Bir necha oydan soʻng koʻzini ochgan sevgilimni oxirgi bor koʻrganim hamon yodimda... Sevgilimdan boʻlgan bolam sabab anchayin shishgan qornimga qoʻlimni qoʻyaman. Agar xotirasini yoʻqotgan boʻlsa meni eslay olmasligi tabiiy. Ammo ilojsizlikdan telba qildi bi ishq meni.
Shifoxona yoʻlagiga kirib hamshiradan sevgilimning ismi familiyasi orqali u joylashgan xonani topaman.
Xonaga yaqinlashar ekanman. Qoʻlimdagi hayotim mazmuni uchun shaxsan oʻzim tayyorlagan taom kanteynerini battar siqimlayman. Xona eshigini taqillatganimda ichkaridan oʻsha men har safar eshitganimda yuragim hsyajondan titrab turadigan ovoz kirishimga izn beradi.
Xona eshigidan ichkariga moʻralab navbatchi hamshira virus yuqishining oldini olish maqsadida bergan yuz niqobini yana bir bor toʻgʻirlab qoʻyaman.
Uning ismi tugul familiyasi meni hayajonga soladi... Qolaversa men unga ilk bor rasmiy uslubda munosabatda boʻlyabman.
Odatdagi kabi qoʻl telefoni titkilagan sevgilim boshini koʻtargan on meni yana hayajon bosadi. Uning koʻzlari oddiy nazar bn boqsada ular meni har doim yoqa olgan...
U endi mobil qurilmasini oʻchirib bolish ostiga joylaydi.
Misoo: Oʻylayman-ki tashrifim sizni bezovta qilmadi.
Jimin: Yoʻq! Aslo shusiz ham menga oʻzlarini ota- onam deb tanishtirgan kimsalarning soʻzlariga qaraganda avtohalokatdan soʻng xotiram yoʻqolgan. Shunday ekan, sizning tashrifingiz yana bir eski tanishimni yodimga solishga yordam berishi mumkin.
U soʻzlab turib yonidagi stuldan joy beradi.
Jimin: Keling, oʻtiring. Oʻylashimcha sizga koʻp tik oyoqda turish mumkin emas.
Telbs qilgan sogʻinch sabab ogʻiroyoq ekanligim ham unitilgan on u menga oʻzidan boʻlgan bolasini yodimga soladi.
Misoo: Oh... Har doimgi kabi iltifotlisiz Janob Park...
Uning yoniga joylashib unga uzoq vaqt termulaman. Oʻsha men sevgan koʻz, men sevgan, doim shishib turadigan qizgʻish lablar, qani edi ularni ushlay olsam...
Biroz noqulay sukunat. Men oldingi kabi stulda erkin oʻtira olmayman. Bezovta boʻlayotganimni sezgan Jimin 4oylik tahmin bn katta boʻlayotgan homilamga qaraydi.
Jimin: Intiqlik bn kutayotgan boʻlsangiz kerak?
Intiqlik... Oʻzi kechishga uringan farzandini bugun vujudimda olib yurganim va oʻsha u farzandida kechgan on men undan kechmaganimni sezmaydi u...
Misoo: Oʻgʻil... Ha ogʻil... Otasi kabi kelishgan yigit boʻladi...
Jimin: Ha otasi bor. Har holda havodan boʻlmagan shunday emasmi?
Misoo: Ha albatta! Otasi bor...
Jimin: Otasi mening bizness sherigimmi yo boshqa sabab bn qarshimdamisiz?
Misoo: Ha uning otasi bizness sherigingiz biz u bn turmushimizdan oldin siz bn yaqin doʻst boʻlganmiz. Ammo turmushimizdan soʻng biroz uzoqlashdik.
Uning berayotgan savollariga xuddi maktab oʻquvchisi imtihon vaqti oʻqituvchisining savoliga javob bergani kabi tutilib javob beraman.
Jimin: Mening yonimda erkin oʻtirishingizga qaraganda kichkintoyning dadasi rashkchi emas koʻrinadi.
Balki haqiqatni aytish vaqt kelgandir...
Men gapimni yakunlamasimdan eshik ochilib oʻsha men bir oy oldin uyimga kelib boshqa Jiminning oyogʻi ostidan chiqmasligim evaziga ularning tilida aytiladigan "ogʻzimga siqqanicha pul" berishi mumkinligini va bolani dunyoga keltirganimdan soʻng ularga topshirishimni aytgan Janob Park meni yeb qoʻygudek turadi.
Janob Park: Oʻgʻlim, bu nimasi? Charchab qolishing mumkin. Sen dam ol. Xonim bn esa...
U soʻzlash barobarida menga zahar nigohlarini tikadi.
Janob Park: Xonim bn esa oʻzimiz bafurja gaplashamiz. Shundaymi Xonim?
Men tasdiq maʼnosida bosh silkiyman. Oxirgi bor tillarang sochli sevgilimga moʻltirab qarab Janob Parkning ortidan ergashgan koʻyi honani tark etaman.
Shifoxonaning salqin devoriga yelkalarimni kuch bn bosgan erkak sovuq vishillaydi.
Janob Park: Sen bu yerda nima qilayotgan eding?
Men bir soʻz demay yuzimni qoʻrquv bn buraman.
Janob Park: Qanday jurʼat etding bunga? U seni deb shu ahvolda ekanligini qachon mana bu...
U endi koʻrsatkich barmogʻini boshimning yoniga tekkizib niqtaydi.
Janob Park: U seni deb shu ahvolda ekanligini qachon mana bu kichik miyyang qabul qiladi?
Men hamon miq etmayman. Huddi devor kabiman...
U endi biroz mendan uzoqlashadi.
Janob Park:Bu yerlardan ket! Evaziga qorningdagi shu xaroming...
U anchayin bilinib qolgan homilamga ishora qiladi.
Janob Park:Evaziga shu xaromingni oʻzingda olib qol. Shusiz ham nikohsiz qolaversa tagi past ayoldan dunyoga kelgan bola Parklar sulolasiga isyon olib keladi...
Xonadonga bugungi kun munosabati bn anchayin odam yigʻilgan shular orasida bazm boshlangani hamon ikki juftlikdan koʻzini uzmayotgan Misoo oʻzining chirkin maqsadini amalga oshirish uchun ularga yaqinlashdi.
Bilmadim... Balki bu ishim notoʻgʻridir... Ammo yurakka buyruq berish qiyin ekan... Baxtdan sarmast oʻsha pastkash Janob Park va tannoz boʻlajak Park xonimga yaqinlashaman. Nafsiga qul Park Jimin hali maktab oʻquvchisi boʻlgan qizga nikohlanishi...
Qoʻlimdagi oʻtkir boʻlgan spirtli ichimlik tannoz xonimning ustiga behosdan toʻkildi.
Oʻzimdan gunohkor yasab eʼtibor markaziga chiqaman. Park xonimdan hijolatli tarzda uzr soʻragan boʻlaman. Ayni dam hayotim mazmuni boʻlgan inson bn koʻzimiz uchrashadi.
Jimin meni eslagan kabi qaraydi. Men ham undan koʻz uzmadim. Shu on bilagimda kuchli ogʻriq bn eʼtibor markazidan chetga tortilaman. Oʻylaganimdek qarshimda meni yeyishga ham tayyor boʻlgan Janob Park bor.
Janob Park: Yana sen? Nega kelding?
Misoo: Bolamni otasining toʻyi... Kelishga haqqim bor axir... Shunday emasmi Jaekhyungning bobojonisi..?
Oʻzimni ayni dam chetdan koʻrishni xohlardim. Eng nafratlanadiganim bu Kim Misoo...
Janob Park: Tashlandiq bolangni kimga tiqishtirishni bilmadingmi suyuqoyoq? Qolaversa u Parklar sulolasidan ekanligiga isboting ham yoʻq! Daf boʻl..!
Endi Misoo avvalgi kabi insonlar nima desa ham rozi boʻladigan Misoo emas... U ham oʻz huquqlarini talab qilishga haqli...
Qoʻlimdagi ovoz yozish uchun yoqilgan mobil qurilmani uning koʻzlari tagiga tiqishtiraman...
Misoo: Mmm... Unda bu nima ekan? Qiziq. Agar bu yozilgan ovozingiz Koreysning mashhur telekanallarida tinim bilmasdan aylantirilsa nima boʻlarkin...
Ayni dam butun Koreya bizness tizimini bitta buyrugʻi bn oʻzgartira oladigan oʻsha tillarda doston Janob Parkni ilojsiz koʻrish... Bu rohat...
Uning ilojsizlikdan telba boʻlayotgani menga rohat beradi.
Qasoskor koʻzlarimni uning har qanday qahratondan sovuq yuziga qarataman.
Qoʻzilar🫠❤️ mana ffni 6-qismini hsm oʻqidingiz ancha kutdingiz buni bilaman🥹❤️ meni maʼzur tuting🫠 endi tez tez ffni kanalga joylashga harakat qilaman🌚 ff uchun men toʻydiringiz🙂↔️ keyingi qismi uchun 10+ fikr 20+ reaksiya