𝐀𝐋𝐈𝐄𝐍 𝐒𝐎𝐔𝐋
Hikoya baxtli yakun yoʻlida davom etadi...
~ Sue...)- ortimdan men uchun anchayin yaqin boʻlib qolgan doʻstimning chorlov ovozi meni dengizga qaratilgan nigohlarimni oʻziga qaratdi
~ Bu yerda nima qilyapsan?)- unga bir qarab yana dengizning toʻxtovsiz toʻlqinlariga boshini burgan Suega yaqinlashib yigit
~ Ular chiroyli shunday emasmi?)- past ovozda gapirgan qiz dengizga qarata gapirish davomida sezilmas tabassum qildi
~ Seni koʻp qidirdim)- Suening chalgʻitishlariga oʻrganib qolgan yigit savol berishda davom etdi
~ Bekorga ovora boʻlibsan, koʻrib turganingdek menga hatto baxtsiz hodisalarning ham rahmi kelmaydi)- oʻzgarmagan holatda javob bergan Sue hissiz tarzda quyosh botishi bois yiltillayotgan dengizdan koʻz uzmasdi
~ Bemaʼni gaplarni bas qil. Kun ancha sovuq ketdik, shamollab qolasan)- dakki bergan boʻlib gapirgan yigit qizning ikki yelkasini ushlab yurishga undadi
~ Hayotning qahratonlari oldida bu kunlar iliqdek tuyiladi)- kuchsiz holda doʻstiga boʻysungan Sue, holsiz qadamlar tashlab sohil qirgʻogʻida turgan mashina tomon doʻsti koʻmagida keta boshladi
_ Mashina ichida sukut orasida ketayotgan ikki insonning ham oʻylari sarson kezardi. Birida tuzalmas jarohat ochilib achishtirayotgan boʻlsa, birida mana shu yaraga daʼvo boʻla olmayotgani qiynardi
~ Qorning ochmi? Doimgi joyimizga boramizmi?)- Suening oqarib ketgan yuzidan havotir olgan yigit taklif bildirdi
~ Hammasi joyida)- gapirishni istamayotgan Sue mashina oynasiga boshini suyab, quyosh botish arafasidagi Seul shahriga tikildi
~ Sue.. oʻzinga kelib olishing kerak)- ayta olmayotgan soʻzlarini aytgan yigit mashina tezligini pasaytirdi
~ Menga nima qilibdi)- borgan sayin ovozi hiralashib borar ekan, doʻstining havotiri ortib borardi
~ Menga barchasini aytishing mumkin .. sukuting meni tamom qilyapti
~ Senga aytar soʻzim boʻlsa u ham "kechir" boʻladi, senga qilgan nohaqliklarimni endi tushundim..)- nimadandir boʼgʻilgan Sue boshqa soʻzlarni ayta olmadi
~ Jim boʻl! Oramizda baxtli boʼlish uchun eng koʻp loyiq inson sensan)- mashinani toʻxtatgan yigit Sueni oʻziga qaratib ~ Oʻzingni qoʻlga olishing kerak, sen kuchlisan
_ Suening sassiz bosh egishiga qarab hoʼrsingan Seo Jun rulni mahkamroq siqib mashinani harakatga keltirdi
_ Jimlikdagi tun kirgani uchun qorongʻu boʻlib qolgan uyga kirgan SeoJun asosiy kirishdagi xona chirogʻini yoqdi. Ortidan kuchsiz qadam bilan sumkasini sudrab kirgan Sue yurishni istamay oʻsha yerda joylashgan oʻrindiqqa oʻzini tashladi
~ Senga suv olib kelaman)- qizni javobini olmagan yigit hafsalasiz oshxonaga kirib ketdi
~ Nihoyat baxtdan kulyapsanmi?)- bir nuqtaga tikilgancha gapirgan Suening jimlikdan chiqargan ilk soʻzlari shu boʻldi
~ Mana ol )- ikki soniyada stakanda suvi bilan qaytgan SeoJun bir nuqtaga tikilib turgan Suega tutqazdi
~ U bugun yanada kelishgan boʻlib ketgan boʻlsa kerak, qora kostyum unga juda yarashadi. Hamma mehmonlarni oʻziga qaratib, oʻzi bilan maqtanayotgan ekanligi aniq)- koʻzidagi koʻrinmas yoshiga hamroh sifatida soʻzlarini kulib gapirayotgan Sue faqat oʻzini emas unga qarab zaif bosh egayotgan yigitni ham qiynardi
~ Bilaman..hozir qiynalyapsan, lekin iltimos bas qil, oʻzingni azoblashni toʻxtat Sue..)- qizni qoʻllaridan ushlab dalda bergan yigitdan qoʻllarini tortib olgan Sue unga hayron qaradi
~ Nega qiynalaman, men yaxshiman hatto juda yaxshi. Bilasanmi men uni koʻrishni istayman. U meni koʻrsa nimani his qilar ekan?)- har soʻzini tabassum bilan ifoda etayotgan Sue doʻstini SeoJunni sabrini toshirardi
~ Toʼgʻri uni sevasan, lekin...lekin bugun uni toʻyi, buni qabul qilishing kerak)- orada toʻxtalib gapirgan yigit soʻzlariga nisbatan qizning yuzini oʻzgarishini kuzatdi
~ J.jim boʻl, u mendan ketolmaydi, u..u shunchaki meni sinamoqchi)- titroq bilan gapirgan Sue yana bir soʼzdan yeqilib ketadigandek edi
~ JIM BO'L DEDIM SENGA)- SeoJunga bor ovozida baqirib koʻzidan birinchi yoshi tomgan Sue qabul qilishni istamayotgan soʻzlarini qaytadan eshitishdan qoʼrqayotgandi
~ Qachongacha jim boʻlishim kerak balki sevarsan ammo bunga koʻnikishing kerak u uylanyapti, oʻz sevganiga. Sen ham baxtli boʻlishing kerak-ku Sue
~ U.qilmaydi)- ortiq ogʻiz ocholmagan Sue ortiq tik turolmay yerga sirgʻalib tushdi
_ Xotira - doimo ogohlantirishsiz keladigan mehmon. U sizdan soʻrab oʻtirmaydi. Istagan payt sizni yoʻqlab yo xursand qiladi yo darddan yigʻlatadi. Garchand uning sababchisi hayotingizda boʻlmasa ham. Ayni damda ham boʻlgan ammo hozir kerak boʻlmagan xotiralar Sueni ikki barobar ezdi
"Ohh salom azizam Sue ertaga qanday kunligi esingdami? Mayli agar boʻlmasa oʻzim eslataman. Ertaga bizning nikoh kechamiz, seni esa magʻlublikdan yigʻlaydigan kechang. Naqadar ayanchli "
~ Yoʻqol, kett istamaymann, xohlamaymannnn
_ Boshini ushlab, baqirayotgan qiz miyyasida aylanayotgan ayanchli xotiralarni toʻxtatishni istayotgandi
~ Sue tinchlan, boʻldi.. men yoningdaman)- qizni bagʻriga olgan yigit uning qiynoqli yoshlari ichida oʻldi
~ Qasos olaman , har bir to'kkan koʻzyoshing uchun tavon toʼlataman)- Sueni boshini silab qatʼiy gapirgan SeoJunni koʻzlarida nafrat bor edi
_ Sueni tinchlantiruvchi dori bilan uxlatgan SeoJun uning xonasidan chiqdi. Pastki qavatga ogʻir qadamlar bilan tushgan yigit mehmonxona oʻrtasida divanda oʻtirib qahva ichayotgan Janob Hwangni koʻrdi
~ Hayrli kech)- oʻz otasidek boʻlib qolgan Janob Hwanga taʼzim qilib salomlashgan SeoJun ham divanga oʻtirdi
~ Senga ham hayrli boʻlsin SeoJun, sen qachon kelganding)- u bilmasligi tabiiy chunki kompaniya ishlaridan ortmaydigan Janob Hwang qizining ogʻriqli hayotiga zarracha ham vaqt ajratmaydi
~ Tushunarli. Nima u uxlab qoldimi?)- bir qoshini koʻtarib soʻragan janob Hwanga Seojun "Ha" deya bosh silkitdi
~ Mayli ertaga Yaponlar bilan oy oxiridagi poyga haqida kelishib olishi kerak, erta uxlagani yaxshi)- shunda ham ishini oʻylab Sueni oʻylab ham qoʻymagan Hwanga qaragan SeoJun Suega yanada koʻproq mehr berishga oʻziga soʻz berdi
Yana sokinlik. Qorongʻu va tinch muhit. Ammo bir eshik xonasi ochiq, xonadagi oyna berk boʻlmagani uchun ichkariga shamol kirarkan u xonadan tashqaridagi karidor yoʻlaklari pardalarini ham uchirardi. Sekin qadamlar ila otasining xonasi yonidan oʻtgan qiz huddi shu holatda pastki qavatga tushib katta darvozadan ham chiqib ketdi.
~ Seni koʻrishim kerak, koʻrishim kerak)- faqat bir soʻzni takrorlagancha oyoq yalang yoʻl chetida ketayotgan qiz, yupqa matoli oq libosining etagi chang boʻlib ketganiga ham eʼtibor bermasdi.
_ Koʻzlagan manzili uncha uzoq boʻlmagani bois soatlarga qolmay yetib kelgan qizning nigohi chirogʻi yoniq yagona xonaning derazasiga qaradi. Koʻzida yoshi bilan "Bu tush boʻlsin" deya iltijo qilgan qizning nolalari besamar ketgandek – chiroq oʻchdi.
~ Y.oʼq)- hozirgina yorugʻlik tushishni toʻxtatgan derazaga umidsizlik bilan boqarkan uni hech kim eshitmasdi.
_ Unga sherik boʻlib tomchilashni boshlagan yomgʻir qizning alamli koʻzyoshlarini oʻzining ortiga yashirdi. Biroz shu holatda turgandan soʻng buni notoʻgʻri ekanligini oʻziga uqtirib ortga burilgan onda nimadir qorindan teparoq qismiga yorib kirar ekan u his qilgani, kuchliroq ogʻriq edi.
~ Ahhh)- allaqachon oq matoni qizil ranga burkagan qon hech toʻxtay demasdi. Ogʻriq bilan boʻlsa-da qoʻlini jarohatga bosgan qiz quloqlariga egilib aytilgan soʻzlarni eshitib qoʻlini kuchsiz pastga tushirdi
~ Bu sen uchun baxt yoʻlining yakuni Hwang Sue. Kichik Jeon xonim ogʻriqli hayotingda oq yoʻl tiladi)- befarqlarcha pichirlagan yigit Sueni shu holatida kuchaygan yomgʻir ostida qoldirdi
_ Oyoqlarida bazoʻr turgan Suening lablari chetidan ham qon tomardi. Koʻzyoshlariga qon qoʻshilar ekan bu – "qonli koʻzyosh" deya ataldi. Ortiq tanasini koʻtara olmagan qiz sovuq va nam yerga quladi. Yerda inqillab yotgan Suening kipriklariga yomgʻir tomchisi tushar, koʻz qorachiqlari esa yana oʻsha deraza tomon yoʼnalgandi.
_ Unga sherik boʻlib tomchilashni boshlagan yomgʻir qizning alamli koʻzyoshlarini oʻzining ortiga yashirdi. Biroz shu holatda turgandan soʻng buni notoʻgʻri ekanligini oʻziga uqtirib ortga burilgan onda nimadir qorindan teparoq qismiga yorib kirar ekan u his qilgani, kuchliroq ogʻriq edi.
~ Ahhh)- allaqachon oq matoni qizil ranga burkagan qon hech toʻxtay demasdi. Ogʻriq bilan boʻlsa-da qoʻlini jarohatga bosgan qiz quloqlariga egilib aytilgan soʻzlarni eshitib qoʻlini kuchsiz pastga tushirdi
~ Bu sen uchun baxt yoʻlining yakuni Hwang Sue. Kichik Jeon xonim ogʻriqli hayotingda oq yoʻl tiladi)- befarqlarcha pichirlagan yigit Sueni shu holatida kuchaygan yomgʻir ostida qoldirdi
_ Oyoqlarida bazoʻr turgan Suening lablari chetidan ham qon tomardi. Koʻzyoshlariga qon qoʻshilar ekan bu – "qonli koʻzyosh" deya ataldi. Ortiq tanasini koʻtara olmagan qiz sovuq va nam yerga quladi. Yerda inqillab yotgan Suening kipriklariga yomgʻir tomchisi tushar, koʻz qorachiqlari esa yana oʻsha deraza tomon yoʼnalgandi. Hayolan oʻsha xonadagi yigitdan yordam soʻragan Sue holsiz koʻzlarini yuma boshladi
Pov.Sue
Shovqin..Men faqat yoqimsiz shovqinni eshityapman. Yurak ritmi kuchsiz, vaqt nomaʼlum, istaklar bor - amalga oshirish uchun mador yoʻq, sevgi sarob-u..umr yoʻllari ayro. Bularning barchasi men haqimda ~ Hwang Sue. Bu esa mening hikoyam...
Koʻplab boy insonlarni, soʻnggi modeldagi buyum va jihozlarni uchratish mumkin boʻlgan Seul shahri. Bu yerning oʻzgacha muhiti, taniqli insonlari, san'ati va buyuk tarixi barchani birdek oʻziga mahliyo qilishi bilan mashhur. Shunday insonlar orasida boyligi boʻyicha Seulda yetakchi oʻrinlarda turgan HWANGLAR KOMPANIYASI bir necha sohalar boʻyicha oʻz faoliyatida koʻplab yutuqlarga erishmoqda. Kosmetika, sanoat, avtomobil detallarini ishlab chiqarish – ulardagi asosiy tarmoqlardandir.
_ Bir necha soatlik parvozdan soʻng, tanasida charchoq bilan airaportdan chiqib ketayotgan Sue yana bir loyihani omadli yakunlab hordiq sifatida oʻz yurti Koreyaga qaytib keldi.
~ Uyga borasizmi?)- xonimidan yoʻnalishni soʻrash barobarida mashina eshigini ochgan qiz
~ Hozir kayfiyatim yaxshi, uni buzishni istamayman)- horgʻin ovozda gapirgan Suega boʻysungancha eshikni yopgan yordamchi qiz ham rulga oʻtirib mashinani qizdirib katta yoʻlga chiqib ketdi
Qumli sohil, yursangiz oyogʻingizni silab mayin erkalagandek tuyiladi. Baland poshnali moviy rangdagi tuflida dengiz chetiga yurib kelgan qiz musaffo havodan oʻpkasi toʻlib nafas oldi. Doim nimadandir xafa boʻlganda yoki charchaganda shu yerga keladigan qiz baliqchi qushlarning parvoziga havas ila tikildi.
~ Qushlarda ajoyib imkoniyat bor, qolishni istamagan yerlaridan uchib, erkin qanot qoqishlari, dunyo goʻzalligidan bahramand boʻlishlari mumkin )- ularning ovqat izlab suvga shoʼngʻishlariga qaragan Sue odamlar orasida koʼrsatmaydigan samimiy tabassumini qildi