July 2

Sen kim ekaningni bilmas Eding

“Sen Kim Ekaningni Bilmas Eding”

1-qism: “Seuldagi Begona Qiz”

Seul, quyoshli, ammo sovuq shahar. Bu yerda har bir ko‘cha – sir. Har bir nigoh – xavf.
Bu shaharga endigina ko‘chib kelgan qiz – Sera.

U oddiy hayot istardi. Tinch maktab, do‘stlar, yangi hayot...
Lekin taqdir... unga oddiy hayot bermadi.

Maktabning birinchi kuni. Sera maktab yo‘lagida adashib qoldi. Telefoni o‘chgan. Va birdan... u devorga urilib ketdi. Yigit unga qarab qoldi.

— Asta, — dedi u sovuqqina. Ko‘zlari qorong‘ilikda ham yaltirardi.
— Uzr... men adashdim, — deb pichirladi Sera.

Bu Jungkook edi. Maktabdagi eng sirli yigit. Hech kim bilan gaplashmaydi. Uning atrofida har doim faqat ikki yigit yuradi:
– Taehyung – jimjit, ammo doim hamma narsani kuzatib turadigan.
– Jimin – do‘stona ko‘ringan, ammo ko‘zlarida g‘alati nimadir bor edi.

Sera yuragini bosib, sinfiga bordi. O‘sha kuni u ularni bir necha bor ko‘rdi. Har safar ularning yonidan o‘tganda yuragi tez ura boshlardi. Go‘yo... tanib qolayotgandek edi. Go‘yo ularni... tushlarida ko‘rgan edi.

🕯️ Kechasi

Sera uxlab qololmadi. Dimoqqa begona hid urildi. Tashqariga qarasa, bir soya derazasi oldida turardi. U birdan yo‘qoldi.

Ertasi kuni u maktabga bormadi. Atrofda shubhali mashina turgandi. Telefoniga xabar keldi:

> “Sen bu yerdan ketishing kerak. Ular seni topdi.”

Sera qo‘rqqancha atrofga qaradi. Bu paytda eshik taqilladi. Ochdi. U yerda... Taehyung turardi. Ko‘zlarida ogohlantiruvchi ohang bor edi.

— Yur, agar yashagging kelsa.


🕰️ VA TUGADI... LEKIN YANA BOSHLANDI

Kim edi Sera?
Nega ularni tushlarida ko‘radi?
Nega Jungkook uni hech kimdan oldin taniydi?
Va Jimin... u chindan ham do‘stmi?