Sen kim ekaningni bilmas Eding
2-qism: “Men seni ilgari ko‘rganman”
Sera uyg‘ondi. Ko‘ngli g‘alati. Go‘yo tushida... kimdir uni chaqirgandi.
Maktab yo‘lagida Jungkook unga qarab turardi.
Sera yuragini bosdi, yaqinlashdi.
— Sen... meni tanimaysanmi? — deb so‘radi u.
Jungkook indamadi. Ko‘zlari chuqur edi. Nihoyat pichirladi:
— Men seni tanimasligim kerak edi...
— Nega?
— Chunki men seni bir marta yo‘qotganman. Yana yo‘qotolmayman...
U shunchaki o‘girildi va ketdi.
Sera deraza oldida turardi. Yonida birdan Jimin paydo bo‘ldi.
— Unga ishonma, — dedi u ohangsiz.
— Nega?
— Chunki u hammasini yashiryapti. Men esa — bilaman.
Sera titradi.
> “Sen kim ekaningni hali bilmayapsan. Lekin bilganingda... u seni tanimaydi.”
Sera hushyor tortdi. Yuragi boshqa urayotgandi.
Shu payt telefoniga xat keldi:
📩 “Senga haqiqatni faqat bittasi aytadi. Ammo kech bo‘ladi.”