My obsession love / Mening obsession sevgim
My obsession love/Mening obsession sevgim.
Eshik keskin ochilganidan keyin Lily nafasini to‘xtatdi. U qotib qolgandi. Tashqarida Seungcheol… u… u haqiqatan ham shu yerda edi. Uning yelkasida qurol osilgan, yuzida esa har doimgidek sovuqqon, sovuq tabassum. Orqasida esa bir necha qora kiyimdagi erkaklar turardi, hammasi xavfli, yoqimsiz, hatto nafaslarigacha sovuq edi. U darhol eshikni yopmoqchi bo‘ldi. Yuragi chaqmoqday urardi. Lekin kech edi. Seungcheol bir harakat bilan eshikni ochdi. Yelkasidan bosib, Lilyni orqaga surdi. Lily yurib, yugurib, hatto yiqilay deb bo‘lsa ham Junning yotoqxonasi tomon otilib bordi. U yotog‘i hali iliq bo‘lgan joyga qarab:
Lekin… Jun yo‘q edi. U xonada emasdi.
Birdan orqa tarafdan oyoq tovushlari eshitildi. Lily orqasiga o‘girilganida yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
U yolg‘iz emasdi. Orqasida Seungcheol bor edi. Ular birga kelishgandi.
Lilyning ko‘zlari keng ochildi. U uzoqdan Junga qaradi. Og‘zini ochdi, lekin so‘z chiqara olmadi. Uning yuragi qattiq siqilayotgandi. Jun... uning yonida emas edi. Jun… uning orqasida turgandi.
Lily : Jun... Undan uzoq tur... U xavfli!
Jun ko‘zlarini Lilydan olib qochdi. U nimanidir aytmoqchi edi, lekin tilini tishladi.
Shu payt Seungcheol yoniga chiqib dedi
Seungcheol : Xizmatlaringni qadrlayman, Jun
Bu so‘zlar xonani muzlatib yubordi. Lily o‘sha yerning o‘zida muzlab qolgandek bo‘ldi. Ich-ichida nimadir sinib ketdi. U nafas ololmay qoldi. Yuragi go‘yo kimdir ushlab, siqib chiqayotganday og‘rirdi.
Lily : Bu... bu yolg‘on, to‘g‘rimi, Jun? Sen menga yordam berding… meni saqlading, men… sen menga yaqin eding!
Jun jim turdi. U go‘yo ikki o‘t orasida edi. Nigohlari titrab turardi. Seungcheol esa jilmaydi
Seungcheol : Lily, u seni topish uchun shu yerga yuborilgan edi. U sening oldingga tasodifan kelmadi. Har bir qadam… oldindan o‘ylangan edi. Sen ishonuvchan bo‘lding, yuragingni ochding… va bu, bizga kerak bo‘lgan narsa edi. Lily tizzasiga cho‘kdi. Yig‘i uni larzaga soldi. Qo‘llari bilan yuzini berkitdi.
Lily : Sen... Sen menga yaqin yotgan tunda... qalbingni bergandek eding... Men esa sevib qoldim...
Bu so‘zlar Junni titratdi. U bir qadam oldinga qo‘ydi. Seungcheol esa qo‘lini Junning ko‘kragiga qo‘yib, to‘xtatdi
Seungcheol : Kech bo‘ldi. Biz uni qaytarib olib ketamiz.
Jun : Yo‘q... Men buni boshida shunchaki topshiriq deb boshlagandim. Unga yaqinlashish, uning ishonchini qozonish… Lekin u meni o‘zgartirdi. Men... men unga oshiq bo‘ldim.
Lily boshini ko‘tardi. Jun unga qarardi. Bu safar chin yurakdan.
Jun : Men senga oshiq bo‘ldim, Lily. Har bir kulging, har bir nafas olishing… meni hayotga qaytardi. Men bu ishdan voz kechdim. Sen uchun.
Seungcheol : Siz romantika filmlardan ko‘p ko‘rganga o‘xshaysiz. Lekin hayotda bunday ishlamaydi, Jun.
U yonidagilarga ishora qildi. Erkaklardan biri qurolini ko‘tardi. Jun darhol Lilyni orqasiga olib, uni himoya qilishga urindi.
Seungcheol : Sen o‘zing bunga sababchisan
Bir zumga havo jim bo‘lib qoldi. Keyin deraza ortidan portlashga o‘xshash ovoz eshitildi. Yana biri.
Tashqaridan noma’lum erkaklar bostirib kirdi. Otishmalar boshlandi. Jun Lilyni yerto'laga olib tushirdi.
Jun : Bu yer xavfsiz... Men ular bilan olishaman. Sen yashirinding.
Lily : Yo‘q, meni yana yolg‘iz qoldirma! — dedi Lily, ko‘zlarida yosh.
Jun : Men senga zarar yetkazmoqchi emasdim. Bu ishga majbur bo‘lgan edim. Lekin hozir... sen mening yagona tanlovimsan.
U Lilyning peshonasidan o‘pdi. So‘ng zinapoyani yopib, yana yuqoriga qaytdi.
Lily qorong‘uda, yuragi og‘riq bilan urayotgan, lekin birinchi marta haqiqatni eshitgan holda qoldi... Otishma uzoq vaqt davom etdi. Yerto'lani eshigi ochildi. Yuzida g'alabi jmayishi bilan, Seungcheol kirib keldi
Seungcheol : qani seni qadrli Juning?
Lily bu gapdan, butun tanasi titroq bosdi. Tezlik bilan yerto'ladan chiqdi. Yerda o'q yegan, Jun yotar edi. Lily qichqirib yubordi. Og'zi bilan qo'lini yopdi. Xuddi, Lily yaranalgandek yiglar edi. Jun ham xuddi Minho kabi, Lilyga tikilib yotar edi. Bu manzara Lilyni sindirdi. Seungcheol Lilyning oldida tiz chokdi
Seungcheol : hayot qisqa... Qara u seni sevar emish, bu hammasi yolg'on. Men seni sevaman.
Seungcheol Lilyni manipulyatsiya qilishga harakat qilar edi. Lekin Lilyning ikki kozi Junning jonsiz tanasida edi.
Seungcheol : Jeonghan... Jasadni yo'q qil
Jeonghan Lilyga tikilib turar edi. Xuddiki, nega qochib keta olmading? degandek edi. Seungcheol Lilyni majburlab moshinaga qaytardi. Lily esa indamasdan ergashar edi.
Shu vaqt Lilyning miyasida bir gap aylandi.
"Nega men sevganlar meni sevmaydi?
Nega men sevmaydiganlar, meni sevadi?
Nega men sevganlar hammasi o'lib ketishi kerak?
Nega men sevgimga erisha olmayman?
Axir men ham sevilishga va baxtli bo'lishga haqlimanku.
Meni sevgan va men sevgan odamlarni o'limini ko'rish, meni ich-ichimdan sindirmoqda.
Yol bo'yi, Seungcheol Lilyni manipulyatsiya qilish uchun, tinmasdan gapirib ketar edi. Lily esa uning gaplariga e'tibor ham bermas edi. Ular qasrga yetib keldi... Lily yana 4 devor orasida qoldi. Qo'riqchilar endi 10 barobar kuchaytirildi. Har bir derazaning tagida bittadan qo'riqchi, Lilyning eshigining tagida ikki qo'riqchi. Lily har kuni shiftga termulib yotar edi. Xayolida Seungcheolning gaplari. 1 haftadan song, Lily xonasidan chiqdi. Qo'riqchilar uni yolini to'sishar edi
Lily : Choi Seungcheol qani? Men u bilan gaplashib olmoqchiman. Qani u?
Baland ovozlardan Seungcheol yuqoriga chiqdi
Seungcheol : bu yerda nimalar bo'lyabdi?
Lily tezda yugurib, ozini Seungcheolning bag'riga otdi. Bu tez harakatdan Seungcheol muzlab qoldi
Lily : meni kechir... Seni qadrlamaganim uchun... Sen hech kimga o'xshamaysan... Hamma meni aldadi... Lekin sen doim yonimdasan...
Seungcheol : aqling kiribdimi?