September 16, 2025

My obsession love / Mening obsession sevgim

My obsession love/Mening obsession sevgim

26 qism

Tong otdi. Quyosh ilk nurlarini derazadan ichkariga sochayotgandi. Havoda tozalik, namlik, va yangi kunning hidi bor edi. Lily asta ko‘zini ochdi. Ko‘rpa ostida hali ham iliqlikni his qilardi. Yonida yotgan tanish issiqlik — bu Jun edi.

U sekin boshini ko‘tardi. Jun esa uxlab yotardi. Uning yuzida tinchlik bor edi. Oqish sochlari yelkasiga tushib turardi. Birinchi marta Lily bu qadar sokin tongni qarshi olayotgandi. Qorong‘ilikdan, qo‘rquvdan, qochishdan qochib kelib, birdan bu yerda — bu inson bilan — sokinlik topgandek bo‘ldi.

U sekin Junning yuziga qarab turdi, yuragidagi iliqlik asta yuragini siqib chiqardi. Shu lahza — bu tinchlik, bu inson — uning butun umri uchun yetarlidek edi.

Lily asta o‘rnidan turdi. Tashqariga chiqdi. Havo toza, shamol yengil. U o‘tgan haftalarni esladi esladi: qanday qulagani, qanday og‘riganini, qanday yashirinib yurib, ishonchsizlik bilan nafas olganini. Endi esa... yuragida ishonch bor edi. Chunki Jun bor edi.

Shu payt Jun ham uyg‘ondi. Lilyni deraza ortida ko‘rib, sekin unga yaqinlashdi. Ular hech nima demadi. Faqat ko‘z-ko‘zga tikildi.

Jun Qalay yuraging? —

Lily : Tinch... Juda tinch.

Ular nonushta qilishdi. Lily Jun tayyorlagan bug‘doy noni va qovurilgan kartoshkani mazza qilib yedi. So‘ng ikkalasi birga dala tomon yo‘l olishdi. Jun qishloq ishlari haqida ko‘rsatdi: ekinlar, sug‘orish, mevalar. Lily kulib, quvonib unga ergashdi.

Lily : Har kuni shunaqa yashaysanmi?

Jun : Ha. Har kuni oddiy, lekin chinakam yashayman.

Lily : Men ham... qachondir shunaqa yashashni xohlagandim. Oddiy, ammo yuragim tinch bo‘lgancha...

Jun unga qaradi, uzoq qaradi.

Jun : Agar xohlasang, qolishing mumkin.

Lily yuragi qinidan chiqib ketadigandek bo‘ldi.

Lily : Bu siz uchun... muammo bo‘lmaydimi?

Jun : Sen muammo emassan.

Bu so‘zlar yuragini titratdi. Shu kuni ular birga daraxt tagida dam olishdi. Lily qushlarga quloq soldi, Jun esa yonida yotib osmonga tikilib yotdi. Har safar Jun jilmayganda, Lily yuragida allaqanday xavfsizlik, muhabbat uyg‘onardi.

Lily : bilasanmi? Avval men bir insonni sevgan edim. Va u inson men uchun ozini qurbon qildi. Shu vaqtgacha bir inson...

Jun : u kim edi?

Lily : Ismi... Kim Minho... Maktab davrimda unga oshiq edim...

Jun : va... Qurbon qildi.... Deganda nimani nazarda tutding?

Lily : u Choi Seungcheolga ishlar ekan... Choi Seungcheol meni olib kelganida, vir necha kundan keyin menga qochib ketishimga yordam berdi.... Lekin Choi Seungcheol Minhoni ko'z oldimda otib tashladi. Men juda qo'rqib ketdim. Va jasadni qopga solib, shunchaki daryoga tashlab yubordi.

Jun : o'zingni qanday xis qilgansan?

Lily : juda yomon... Seungcheol Minhoni otganda, yerga yiqildi. Qonga belandi... Lekin doim ko'zi menda edi... Har safar Minho haqida o'ylasam. O'sha vafot etganda menga qaran turgani koz oldimga keladi.

Jun : bu juda og'ir bo'lsa kerak... Mening ham sevgan qizim bo'lgan edi... Shu yerdan 10 metr uzoqlikda katta oqim bor. O'sha oqimda qolib ketgan. Men yordam bera olmaganman. Bazan, tushlarimda uning ovozini eshtaman. Lekin uyg'onib ketsam, u hech qayerda bo'lmaydi.

Lily : menincha ikkimiz bekorga uchrashmaganmiz. Ikkimiz ham sevganimiznu yo'qotganmiz, va ikkimiz ham sevgini qadriga yetadigan odammiz

Jun : taqdir bizni birlashtirdi.

Lily : seni uchratganimdan juda xursandman

Jun : men ham

Lily : maktab bitiruv kunida, bazm boldi. O'shanda Minho meni emas, dugonamni sevishini tan oldi. O'sha paytda men uchun vaqt to'xtab qolgandek tuyuldi

Jun : keyinchalik sevgisini aytdimi?

Lily : yo'q... Va qara... U hozir yo'q...

Jun : siqilma, men doim sening yoningdaman.

Kechqurun ular yana birga ovqat pishirishdi, kulishdi, eski kitoblarni o‘qishdi. Lily hatto unga "Qishloq hayoti uchun qo‘llanma" degan eski daftarni ovoz chiqarib o‘qib berdi. Jun esa uning ovoziga berilib ketdi.

Jun : endi uxlash vaqti

Lily : Mmmm... Men uxlashni xoxlayman

Jun : uxlashni xoxlaysan... Qani birga uxlaymiz

Lily : xop

Jun : xayrli tun

Lily : Xayrli tun...

Jun : shirin tushlar ko'r... Tinch orom ol...

Ular yana birga ko‘rpa ostiga kirdilar. Bu safar Lily avvalgidek titramadi. Bu safar u yuragi bilan Junning yonida ekanini his qilib, osuda nafas oldi.

U uxlab qolgach, Jun asta o‘rnidan turdi. Uning nigohi uzoqlarga qadaldi. Qorong‘i deraza ortida to‘lin oy porlab turardi. Jun yuragini qo‘ltiqqa bosgancha tashqariga chiqdi, qo‘lida eski tugmali telefon. Aloqa deyarli yo‘q edi, lekin eng baland joyda ozgina signal tutardi.

U asta telefonni yoqdi. Uzoq signal kutdi. So‘ng xabarga kirib, bitta odamning nomini tanladi. Matn oddiy edi:

"U hali shu yerda."

Yuborildi. Jun chuqur nafas oldi. So‘ng orqasiga o‘girilib, qorong‘ilik ichidan Lily uxlayotgan uyga qaradi.

Jun : Kechir meni, Lily...

Tong otdi. Lily erta uyg'onib, Jun va ozi uchun nonushta taxlashni boshladi. Esik taqqilladi. Lily borib eshikni ochdi. Kochada turgan odamni korib, muzlab qoldi...

@bts_army001

@Seventeen_uzbek va @Sevfic kanallari uchun maxsus