May 16, 2025

My obsession love / Mening obsession sevgim

My obsession love/Mening obsession sevgim

14 qism

Lily ertalabgacha o'tirgan joyidan qimirlamadi. Xayolida Minning jasadi

Lily : agar men qochsam... U meni o'ldirib yuborsachi? Sabrimni sinama, nima degani? Aynan nimaga asoslanib bunday deyabdi.... U meni hech kim topa olmaydigan joyga olib borib jasadimni yo'q qilsachi? Lekin bu yerda ham meni hech kim topa olmasa kerak...

Shu vaqt eshik taqqiladi va eshik ochilib Jeonghan kirib keldi

Jeonghan : xayrli tong

Lily : x... Xayrli... Tong..

Jeonghan : mendan qo'rqma. Yeb qo'ymayman

Lily : xop...

Jeonghan : kecha bo'lgan voqea uchun jamoa raxbari sifatida uzr so'ragani keldim. Sen Seungcheolga tegishli ekanligingni hamma ham bilmas edi. Min noto'g'ri qadam bosin qo'ydi.

Lily : xop

Jeonghan : qayerga tushib qolganingni anglah yetgan bo'lsang kerak?

Lily : xa

Jeonghan : Seungcheol uchun men seni kuzatib yurdim. Universitetingdagi yigitlarning o'limi senga qiziq bo'lgan bo'lsa kerak?

Lily : sen...

Jeonghan : birdan taxmin qilma... Ha men... Lekin bu hammasi Seungcheolning qarori bilan edi. Seni boshqa odamlarga berib qo'yishni xoxlamadi. Ko'zingdan bir tomcha yosh oqqanining sababchisi, eng qiyin o'lim topishiha amin bo'ldi.

Lily : nega men?

Jeonghan : nega sen?... Seungcheol bilan birinchi uchrashuving... Sen uning yuzini yaxshi ko'rmagansan... Lekin sen uning sigaret chekishi haqida gapirganingda u senga qiziqib qoldi. Chunki hech kim uning sigaret chekishi bilan qiziqmagan. Va seni yig'laganingni birinchi marta ko'rganida... U butun shaharni yoqib yuborishiga oz qoldi.

Lily : birinchi marta yig'laganim?

Jeonghan : bitiruv bazmi kuni

Lily : u qanday korgan

Jeonghan : esingda sen u bilan urilib ketgansan.

Lily : u Seungcheolmidi?

Jeonghan : ha... Va u seni har bir harakatingni kuzatardi. Senga shu darajada berilib ketganidan, senga obsession bo'lib qoldi.

Lily : lekin u menga yoqmaydi

Jeonghan : hammasini vaqt hal qiladi

Lily : hech qachon

Jeonghan : qochish haqida o'ylab ham korma. Bu qasr ormon chetida joylashgan. Shaharga yetib olishing uchub 2 yoki 3 soat kerak. Bu ham mashinada. Piyoda uzoqqa qocha olmayman. Bo'rilarning kechki ovqatiga aylanasan

Lilyning tanasidan sovuq ter chiqib ketdi

Jeonghan : agar Seungcheolga itoat qilsang. Bu o'zinga yaxshi bo'ladi. U hozir qasrda emas. O‘zingni aqlli qizdek tut

Shu gap bilan Lilyni oz xayollari bilan yolg'iz qoldirib chiqib ketdi... Lily ozini tinchlantirishga harakat qilar ekan, bu foyda bermasdan yig'lab yubordi.... Kunlar haftalarga aylanar edi. Bir kuni Lily xonasidan sekin chiqib koridorda hech kim yo'qligiga amin bo'lib pastki qavatga tushdi

Dino : xonangga qayt

Lily joyida muzladi

Dino : eshityabsanmi?

Lily : men toza havo olmoqchi edim

Dino : derazani ochsang toza havo olasan

Lily : ammo...

Dino : Janob Choi qasrda yo'qligida xonangdan chiqishing mumkin emas

Lily : u qasrdaligida ham chiqa olmayabmanku

Dino : xonangga qayt yoki majburlab olib boraman..

Lily istamasdan xonasiga qaytdi.

Lily : la'nati... Sen bo'lmaganingda men qochib ketgan bo'lar edim.

Har kuni qochishga harakat qilgan Lily, doim muvaffaqqiyatsizlikga uchrar edi. Va sabrsizlangan Seungcheol Lilyni zanjirlab qoyishni buyurdi.

Seungcheol : men bunday qilishni xoxlamagan edim. Lekin sen menga buni qiyinlashtiryabsan.

Lily : men senga o'yinchoq emasman

Seungcheol : sen mening mulkimsan. Sen menga itoat qilishing kerak. Yoki men seni sindiraman

Lily : politsiya seni topadi

Seungcheol : politsiya?

Istehzo bilan kuldi

Seungcheol : ularning o'zi menga ishlaydi. Qonun men tomonda. Aqllu qiz bol va dam ol

Seungcheol chiqib ketdi

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Runa va Hona politsiya mahkamasiga kelishdi

Jungkook : xayrli kun

Runa : Jungkook... Dugonamiz topilmadimi?

Jungkook : yo'q... Hali topilmadi...

Hona : yana qancha vaqt kutishimiz kerak

Jungkook : bu uzoq vaqt oladi. Men shaharni titib chiqdim. U hech qayerda yo'q edi. Xuddi yer yutib ketgandek

Runa : siz vada bergansiz

Jungkook : ha va'da berdim va va'damni ustimdan chiqaman. Dugonangizni sog' va salomat holda sizlarga topshiraman

Hona : onasi qo'ng'iroq qilyabdi. Nima deb javob berishni ham bilmayabmiz

Jungkook : haqiqatni ayting

Runa : sizningcha bu osonmi?

Jungkook : yoq bu oson emas. Lekin bir kun kelib haqiqatni biladi. Hozircha uyga boring. Dan oling. Men qidiruvga ketishim kerak

Ko'chada

Runa : toying nima bo'ladi?

Hona : toy orqaga surildi. Mingyu aytdiki, Lily topilmasa toyni qilmaymiz. Chunki men hotirjam bo'la olmasligimni biladi.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Eshik ochildi va bir odam xonaga kirdi. Lily umuman e'tibor bermadi. Shunchaki shiftga tikilib yotar edi. Kalitlar ovozi eshitildi. Va Lily in oyog‘idagu zanjirlarning qulfini ochishni boshladi. Lily boshini ko'tarib qaradi. Va muzladi

Lily : s...s...sen...

@bts_army001

@Seventeen_uzbek va @Sevfic kanallari uchun maxsus