October 17, 2025

Til-millat koʻzgusi mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq ovqat xavfsizligi kafedrasi dotsenti Sh.U.Mirzayeva birinchi bosqich magistranti G.A.Rajabova ishtirokida "Til-millat koʻzgusi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

1989-yil 21-oktabrda o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Til millatning o’zligi, demak, til bayrami – millat bayrami, yurt shodiyonasidir.

Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.

Sh.M. MIRZIYOYEV