Biotexnologiya va oziq-ovqat xafvsizligi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (Phd) Mirzayeva Shoxista Usmonovna rahbarligidagi «Oziq-ovqat biotexnologiyasi» fan to’garagini olib borganligi yuzasidan hisobot:
2025-yilning 20-sentabr sanasida BuxDU Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xafvsizligi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. PhD Mirzayeva Shoxista Usmonovna tomonidan 2-1QXMS-22 guruhi talabalari ishtirokida «Oziq-ovqat biotexnologiyasi» to‘garagining “OZIQ-OVQAT VA OZUQA MAHSULOTLARI BIOTEXNOLOGIYASI” mavzusida mashg‘uloti tashkil etildi.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy vazifalaridan biri
yuqori
sifatli ozuqa mahsulotlardan ko‘zga ѐqimli, xushbo‘y hidli va ta’mli
mahsulot yetishtirishdan iboratdir.
Oziq-ovqat sanoati biotexnologiyasining eng muhim, asosiy
vazifasi esa zamonaviy biologiya fanlari hamda biomuhandislik fani
erishgan yutuqlarni ozuqa mahsulotlarining an’anaviy qayta ishlash
jaraѐnlari bilan birga bog‘lab, yangi, zamon talablariga javob bera
oladigan, ekologik toza ozuqa yetishtirishdan iboratdir.
2025-yilning 8 va 29 oktyabr sanalarida BuxDU Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xafvsizligi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. PhD Mirzayeva Shoxista Usmonovna tomonidan 2-1QXMS-22 guruhi talabalari ishtirokida «Oziq-ovqat biotexnologiyasi» to‘garagining 1. “Oziq-ovqat va oziqa mahsulotlari biotexnologiyasi asoslari” 2. “Oziq-ovqat va oziqa mahsulotlari olishda biotexnologik xom ashyo va yordamchi materiallarning asosiy turlari” mavzularida mashg‘uloti tashkil etildi.
Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasining asosiy
vazifasi esa ekologik toza funksional ozuqani keng miqdorda ishlab
chiqarishdan iboratdir. Biotexnologiya ѐrdamida (fermentativ kataliz,
mikroorganizmlarni o‘stirish, hayvon va o‘simlik hujayralarini
ko‘paytirish va h.k.) ozuqa mahsulotlarini keng miqdorda tayѐrlash
imkoniyati
yaratiladi.
Oziq-ovqat
va
ozuqa
maxsulotlari
biotexnologiyasining eng muhim, asosiy vazifasi esa zamonaviy biologiya
fanlari hamda biomuhandislik fani erishgan yutuqlarni ozuqa
mahsulotlarining an’anaviy qayta ishlash jaraѐnlari bilan birga bog‘lab,
yangi, zamon talablariga javob bera oladigan, ekologik toza ozuqa
yetishtirishdan iboratdir.
2025-yilning 5 va 19 noyabr sanalarida BuxDU Tabiiy fanlar va Agrobiotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xafvsizligi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. PhD Mirzayeva Shoxista Usmonovna tomonidan 2-1QXMS-22 guruhi talabalari ishtirokida «Oziq-ovqat biotexnologiyasi» to‘garagining 1. “Sutdan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlar biotexnologiyasi” 2. “Non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda biotexnologiya” mavzularida mashg‘uloti tashkil etildi.
Lattiko ishlab chiqarish korxonasi direktor o`rinbosari Damir Rafiqov 2-1QXMS-22 guruh talabalariga bergan ma`lumotlarida Lattiko MChJ korxonasida hozir 40 ga yaqin turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi haqida aytib o'tdi. Fermentlangan sut mahsulotlari, smetana, qaymoq, kefir, biokefir, tvorog, qatiq ishlab chiqarilayotgani yangi Germaniyadan keltirilgan apparatlar yordamida sariyog' ishlab chiqarish bo'yicha, pishloq sexi, u yerda pishloq, qattiq va yumshoq pishloqlar, tvorog yoki suzma ishlab chiqarish ham yo'lga qo`yilgani, pishloq tvorog ishlab chiqarish liniyasi asosiy mahsulotlar ekanligi aytib o‘tildi.
Nonvoychilik insoniyatning eng qadimiy kasblaridan biridir. Bunga
sabab non inson oziqlanishi uchun fiziologik zarur bo‘lgan komponent
hisoblanadi. Non tayѐrlash inson sivilizatsiyasining boshlarida
boshlangan bo‘lsa ajab emas. Dastlab non suvga aralashtirilgan unning
pishirilgani bo‘lgan. O‘shandan boshlab hozirgi kungacha non tayѐrlash
doimiy ravishda takomillashib bormoqda.