November 14, 2025

"Milliy qadriyatlar-milliy ma`naviyatimiz ko`gusi". Milliy qadriyatlar xalqimizning boy tarixidan so‘zlaydi, bugunini o‘zida mujassam etadi

BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi va Agronomiya va tuproqshunoslik kafedralari professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan  "Milliy qadriyatlar-milliy ma'naviyatimiz ko'zgusi" chorlovida yoshlarni qadriyatlarimizni qadrlash ruhida tarbiyalash maqsadida "Milliy libos-millat ko'zgusi" mavzusidagi chorlovda faol ishtirok etishmoqda.

Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va millatlararo murosa borasida faqat MDH davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi hislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan halos bo’lishga chorlagan, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari bir-birlariga nisbatan hamjihatlik bag`rikenglik va o’zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir.

Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an’anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va ko‘hna tarixiy yodgorliklaridir. Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma’naviy qiyofamiz, an’analarimiz va o‘zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni –millat sifatida birlashtiradi. Zero, o‘z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg‘uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy omil hisoblanadi