STAY WITH ME
Tongdan og‘ir uyg‘ongan Soomin horg‘in ko‘zlar bilan derazadan ko‘chaga qaradi. Tong ancha yorishib ketganini ko‘rib, sapchib o‘rnidan turdida telefoniga qaradi. Quvvati o‘chgan telefonini karovatni burchagiga irg‘itib devorga osilgan soatga qaradi:
- aiiishsh, jin ursin. Shu paytgacha ham uxlaydimi odam degan, ishga kech qoldim..
U o‘ziga-o‘zi bor ovozi bilan nolib kiyinarkan to‘satdan eshik taqillashi bilan jim boldi. Eshik qanchalik qattiq taqillaganidan uning ortida kim turganligini bilish qiyin emasdi.
Soomin bilaman ichkaridasan, hozirgina ovozingni eshitdim. Eshikni och!!! Ijara pulini bermoqchi eding, yana qancha qochib yurmoqchisan, och dedim!!!
Tobora qattiqroq taqillayotgan eshikni jaxl bilan ochgan Soomin ikki qo‘lini ko‘ksiga bog‘laguncha ensa qotirdi.
nima? Tekinga yashayapmanmi? Bu suvarak bosgan uyingizda mendan boshqa itam yashamidi!! Jin ursin. Shu axlatxonaga pul to‘layman deb kecha-yu kunduz ishlayapman. Bu yerda naqd 6 oydan beri yashayapmiz, nima, qadrim yoqmi oz bo‘lsa ham. 2 kun kech bo‘lsa ham olasiz o‘sha pulingizni. O‘zi bir ish topdim, maoshi yaxshi ekan, faqat uzoqroqda. O‘sha joydan uy qidiryapman. Topishim bilan ketamiz. Bizdan qutulasiz!!!
Soomin bu ovozlarni o‘zidan nolib gapirarkin, to‘satdan hayoliga 5 yoshli ukasi kelib, tok urgandek sergak tortdi.
yoq, yoq qanday unutdim. Kecha yarim tungacha ishlab Tanni butunlay unutibman-ku...
U shoshgancha telefonini qo‘liga olib yoqmoqchi bo‘lganda Kan honim uni to‘xtatdi
Tan men bilan. Enaga kecha uni menga tashlab ketdi, ortiq qaramas ekan. Pastda nonushta qilyapdi. Nima uning ham pulini bermaganmiding. Bechora bola sal qolsa ko‘chada qolib ketar edi.
Soomin hotirjom uxx tortib karovatga o‘tirdi va Kan honimdan, ko‘zlarini mo‘ltiratgancha iltimos qilib, bugun ukasiga qarab turishga ko‘ndirdi. Eshikdan yugurgancha chiqib ketgan Soobinni ortidan Kan honim bor ovozi bilan baqirdi.
bugun to‘lovni olib kelish esingdan chiqmasin!!!
Kan honim kichik uyda yolg‘iz yashaydi, u qanchalik qahri qattiq bolib ko‘rinsa ham lekin Soobin va Tanga o‘rganib qolgan va ular ketib qolishidan qo‘rqar edi. Shu sababli ba‘zida Soominni "ketamiz" degan gapini eshitsa bundan qo‘rqib jim qolar edi..
Yo‘l bo‘ylab yugurib ketayotgan Soomin tez-tez qo‘l soatiga qarar edi..
Onam bizni tashlab ketganiga ham 4 yildan oshdi, o'sha payt Tan bor-yo'g'i 2 oylik chaqaloq, men esa 14 yoshli qiz edim. Tanni dadam ikkimiz katta qildik. Onamning nega bunday qilgani, hozir qayerdaligi, nima uchun biron marta yoqlab kelmaganini, bularning hech qaysisini bilmayman, o'ylashga ham vaqtim ham xohishim yoq. Bir yil oldin dadam yurak hurujini boshdan o'tkazdi. Hozir davlat qarmoģidagi shifoxonada, dadamning soģligi, ukamning kelajagi uchun ham qattiq ishlashim va òqishim kerak...
To‘satdan ortidan chalingan signaldan sakrab tushgan Soomin bor ovozi bilan mashinaga qarab baqira boshladi.
nima ko‘rmisan, yoki yo‘lni sotib olganmisan!
Qimmatbaho mashinadan tushib kelgan yigit Soobin yoniga jilmaygancha yaqinlasharkan, qiz hayron qolguncha unga tikilardi. Baland bo‘yli, keng yelkali yigit bir qo‘li bilan ko‘zoynagini olsa, ikkinchi qo‘li bilan tartib bilan taralgan sochlarini to‘girlaganday bo‘ldi.
Jungkook
meni ko‘r emas kelishgan yigit desang to‘g‘ri bo‘lardi. Salom Pimpo, ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘ldi, hali ham o‘sha-o‘shasan😉
ha, nima. Faqat tanimadim dema. Axir yaqindo'sting shuncha vaqtdan so'ng armiyadan keldi, sog'inmadingmi?!
Jungkook noligansimon yuzini burushtirib oldi.
yaqin do'stim bugun armiyadan chiqmagani ko'rinib turibdi, soching ancha o'sgan, ko'rinishingdan esa 3 kun bo'kib uxlaganing bilinib turibdi
qoyil juda sezgirsan. Ha, armiyani tugatganimga 3 oydan oshdi. U yerdan chiqishim bilan, Fransiyaga, dadamning yoniga uchdim. Yaqinda u yerdagi universitetga hujjatlarimni topshirdim. Bir necha oyda darslar boshlanadi. Ungacha Koreaga kelib ketishga qaror qildim.
nima?? Hujjatlaringni topshirishing bilan seni qabul qilishdimi? Imtihon bo'lmadimi? Noto'g'ri eshitmadimmi?
Soomin shuncha savol berarkan, tobora ko'zi kattalashib ketardi. Buni kuzatib turgan Jk bor ovozi bilan kulib yubordi.
ey, pimpo! Nechinchi asrda yashayapsan.
men boylar asrida yashayapman, hozir hamma narsani pul hal qiladi tog'rimi?
Shu payt Soominni ko'z oldidan kollejdagi kichik imtihonlardan o'tish uchun ham qanchadan-qancha uyqusiz o'tgan kunlari o'tib, uxx tortib qo'ydi.
hey, nimalarni o'ylab qolding. Yaxshisi o'zing haqingda gapir. Hozir nimalar qilyapsan, ishlaring yaxshimi. Yugurgancha qayoqqa ketayotganding? Darsgami?
Hayol surib qolgan Soomin Jkning ohirgi gapidan sergak tortib, yana darhol soatiga qaradi.
-ee xudoyim, hammasiga sen aybdorsan, ishga kech qoldim. Boldi endi aniq meni ishdan haydashadi. Mayli ko'rishguncha..
Soomin yana yugurib ketarkan, Jk mashinasinig ovozidan yana sapchib tushdi.
Soomin o'ylab ham o'tirmasdan darrov mashinaga o'tirdi.
Yo'l bo'yi Jungkookni bergan savollarining birortasiga javob bermadi. Ulkan restoranning orqa eshigiga toxtarkan, Soobin shoshgancha mashinadan tushdi.
-shoshma, bu yerda nima qilasan?
-hech bolmasa telefon raqamingni berarsan.
Soomin ortiga tez qayrilib, Jungkookni telefonini qo'lidan olib o'zini nomerini yozmoqchi edi. To'satdan telefon ustidagi rasmga ko'zi tushdiyu, haron qolgancha savol nigohi bilan Jk ga tikildi...