QORA BO'RI YOXUD VAXSHIY OSHIQ 4-FASL 10-QISM
Shiya clubiga kelib o'z xonasiga ko'tarildi. Eshikdan kirar-kirmas oldinroq chaqirib qo'ygan Jihoonga gapirayotganida xonada yana begona oodam borligini ko'rib birdan to'xtab qoldi.
- jihoon menimcha keyingi bosqichga ... siz? Bu yerda nima qilyapsiz?
- shunchaki sen bilan ko'rishgim keldi. Ya'ni yashirin dushmanimiz bilan
Jihyung Shiyaga kipriq qoqmay qarab turar ekan bir chetda ochiq turgan kompyuteriga ko'zi tushdi. Nigohini bir jihyungga bir kompyuteriga tashlab og'ir yutundi. Ammo yuzida qo'rquv yo'q. Aksincha g'azab. O'zining e'tiborsizligidan o'zini ayblab koyidi.
- menimcha kutmagan eding
- ... ha bu men uchun kutilmagan xodisa
- nega menga qiziqib yaqinlashtirishingga sabab shu edi demak. Juda yaxshi o'ylangan reja
- sen bilguningcha bu mukammal reja edi. Endi unday emas
- jozibali ammo vaxshiy...
- ... xo'sh bilding endi nima qilasan? Meni borib meni egangga sorasanmi?
- ... albatta yo'q... seni o'ldirish kerak. Ammo bu ishni boshqa emas shaxsan o'zim qilaman.
- qila olaman deb o'ylasaymi?
- shubhang bormi?
- Jihyung ... hafa bo'lsangda aytaman. Sen noshudsan... mening hududimda yolg'iz qolgancha menga taxdid qilyapsan
- ... to'g'ri men noshudman, qo'limdan hech balo kelmaydi, men huddi shunaqa jin urgur xudbinman... lekin men hech bo'lmaganda bir kishi o'ldira olaman.
- kela qol
Shiya jang xolatiga egallar ekan Jihyung xonani to'ldirgancha bor ovozida hayqirgancha kuldi. Shiya unga tushunmagandek qarar ekan Jihyung qayta keng kresloni egallab oyoqlarini chalishtirdi va qo'llarini keng yozdi. Kulishdan to'xtab so'zida davom etdi.
- men adashibman. Men nafaqat seni balki shu binoda kimki bo'lsa hammani o'zim bilan olib ketishim mumkin. Jahannam olovida yolg'iz yonishni istamay qoldim.
Jihyung gapini yakunlashi bilan birinchi qavatda yuqori kuchlanishli portlash yuz berdi. Shiya birdan tebrangancha devorga uruldi. Ketma ket bombalar portlar ekan hamma joyda qichqiriq tovushlari va xonada ulardanda baland yangrayotgan Jihyungning kulgusi. Shiya Jihyungga qarar ekan u Shiya tomon yaqinlasha boshladi. Qiz ham chayqalgan boshi bilan zo'rg'a o'rnidan turdi. Jihyung uni yelkalaridan mahkam ushlab ko'zlariga tik qarab kulgusini to'xtatdi. Mana endi qiz yigitning ko'zidagi ko'zyoshlarni ko'rdi. Jihyung tik qarab yuragidagi so'zlarni chiqardi.
- hech bo'lmaganda kimgadur ichimdagilarni ayta olganimdan xursandman va... va yana shuni bilginki men seni sevib qoldim... shu qisqa muddat ichida.
- sen telbasan
- ha telbaman... va seni bu jirkanch dunyodan oIib bilan birga olib ketaman.
Jihyung Shiyani o'ziga tortib mahkam quchib oldi. Qiz tipirchilagancha baqirib qochishga harakat qila boshladi.
- meni qo'yiib yubor telba🗣
- qo'lingni ol undan🗣
Qayerdandur najot farishtasidek paydo bo'lgan Jihoon Jihyungni Shiyadan ajratib uni itarib yubordi. Shiyani ortiga olgancha teobalardke harakatlanayotgan yigit bilan jang qilishga tayyorlandi. Ortidagi qizga qarab
- sen tezroq ket. Hozir yana portlash yuz beradi.
- senchi?
- ortingdan yetib olaman
Shiya bir Jihyungga qarab so'ng tebranib harakatlangancha xonani tark etdi. Hamma joy tutun va olovga to'lgan zinalar ham abgor holda. Bir amallab chiqish eshigidan chiqib sal uzoqlashganida uning xonasi qavatidan portlash yuz berdi. Shiya birdan ortiga o'girilda o'sha tomon butunligicha quladi. Qiz yuzlari oqargancha boshini sarak sarak qilib qulagan tomonga yana yaqinlashayotganida boshidan qattiq zarba olib yerga quladi. U ko'rgan yagona manzara olov ichida qolgan binodan yugurib chiqayotgan odamlar bo'ldi...
Oradan 6 soat vaqt o'tdi ammo hakigancha na Jihoondan na Shiyadan xabar bor. Uyda qolganlarda esa allaqachon yomon xayollar paydo bo'lgan. Zalda ularni kutayotgan ikki yigit bir biriga qarab tamakidan chekib o'tirishar edi. Tamakidan bir tortib tutunini chiqargan Suga birinchi gap boshladi.
- nega ular haligacha yo'q ekan-a?
- nimadur bo'ldi deb o'ylasanmi?
- balki ularni izlagani chiqarmiz?
- senjngcha bu odamlar bizga quloq solib bo'ysunishadimi?
- gapingda jon bor
- lekin bundan o'tira olmaymiz.
- tavakkal kel ularga bir martagina aytib ko'ramiz.
- unda ketdik.
Ikki yigit o'rnidan turib eshikka yaqinlashganda bir ahvolda Jihoon ostonada paydo bo'ldi. Yuz- qo'llari qora quyum ust boshi kir xolda oyoqda zo'rg'a turgan Jihoon unga shok holatida qarab turgan ikki yigitga yuzlandi.
- Shiya keldimi?
- yo'q. Senga nima bo'ldi? Nega bu ahvoldasan?
- Klubni portlatishdi. Nega u bu yerda bo'lmaydi? Jin ursin
Jihoon lat yegan oyog'ini sudragancha yana ortiga yo'l oldi. Bosh soqchini oldiga chaqirdi.
- 10 daqiqa ichida hammani yig'. Kim bo'lsada. Seul bo'ylab Shiyani izlagani chiqamiz.
- ho'p bo'ladi janob
Shiya yo'qligidan hayratlangancha suxbatga Jungkook qo'shildi.
- uni olib ketgan bo'lishlari mumkinmi?
- men ham anig'ini bilmayman. Uni o'g'irlashgan bo'lsa, o'ldirishlari mumkin
- biz ham yordamlashamiz.
- ha sizlarga ham odamlar biriktiraman. 3ga bo'linib izlaymiz
- tushunarli.
Reja tuzildi va hamma o'z ishiga tarqaldi.
Janob Jeon Jihyungga qo'ng'iroq qilar ammo unga tusha olmasdi. U uchun lug'atidagi barcha chiroyli so'zlarini aytib xonasi burchagidagi kreslosiga joylashib asablarini tinchlantirishga harakat qila boshladi. U yana bir bor umid bilan uning raqamiga chaqiruvni bosdi. Ammo foydasiz u yana eski javobni oldi. Uni qayerda ekanligini taxmin qilib o'tirganida xonaga bir qo'riqchi xovliqqancha kirib keldi.
- Janon Jeon
- ortingdan it quvdimi? Nega buncha shoshasan?
- kichik janob... o'g'lingiz Jihoon...
- yana nima ishkal qilibdi u piyanista
- janob... unday emas
- xo'sh tezroq gapir
- morgdan qo'ng'iroq qilishdi... janob Jihyungning jasadi u yerda ekan... olib ketishimizni so'rashdi.
- ... nima?... hoy ahmoq sen nimalar deyapsan?... qanaqa jasad?... Jihyung.... bo'lishi mumkin emas...
- bu haqiqat janob
-... mashinani tayyorlang ... o'sha yerga boramiz...
- ho'p bo'ladi.
Janob jeon eshitgan xabaridan so'ng ichidan nimadur uzulgandek bo'ldi. Yuragida qandaydir og'riq sezib ko'ksi ustidan qo'lini qo'yib ko'zlarini yumdi. Tez- tez hansiragancha nafas olib chiqara boshladi. Ich- ihidan bu Jijyung emas deya o'zini ishontirishga harakat qila boshladi...
Shiya boshida og'riq bilan ko'zlarini arang ochib har yoqqa alanglay boshladu. Atrof qabristondek zimiston. Hech narsa ko'rinmaydi. So'ng birdan 4ta devordan birdan katta prajektorlarda chiroqlar nur sochdi. Ko'zlari yuwori yoruqlikdan qamashgan qiz ularni to'sib oldi. Oradan ko'p o'tmag qarshisidagi eshik sekinlikda ochikib ichkariga 4ta yigit va 1 ayol kirib keldi. Ayol kishining poshnalari tovushi asta sekinlikda tashlanib etni jimirlatgancha yurib keldi. Shiya uni yuzini ko'rish uchun yuzini yuqoriga ko'tardi va qisilib qolgan ko'zlari kengaya boshladi. Unga yanada yaqinroq bo'lishni istagan ayol u tomin egilib yuziga maksimal darajada yaqin kelib jilmaydi. Shiya ham huddi u kabi yuzida soxta tabassumni siqib chiqardi. Qarshisidagi qiz ovozida o'lim hayqirigig'ini akslantirgancha gapira boshladi.
- mana yana uchrashdik qotil tulki
- seni haligacha tirikliging meni hayratda qoldirdi.
- men yolg'iz emas sen bilan birga o'lishni istadim
- shu kunlarda men bilan birga o'lishni orzu qilganlar ko'payib qoldi.
- chamasi bu menga nasib qildi.
- balki senga ham emasdur
- seni azoblab o'ldirmasam bu olayotgan nafasim menga xarom
- ko'ramiz hali Jehi xonim
- takabbur iflos...
Jehini yuzidagi tabassumi birdan yo'qolib ko'zlaridagi g'azab aksi endi yuzida ham gavdalandi. Bor kuchini bir kaftiga yig'ib Shiyaning yuziga achchiq tarsakini tortdi...
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics
Komentariyada fikringizni kutaman xurmatli diamonds❤️ reaksiya bosishni ham unutmang💋