SERENITY || EP 10
Mirshabning og'zidan chiqqan so'zlardan tosh qotib qoldim go'yoki. Jungkookning yuziga qaraganimda unda hech qanday o'zgarish sezilmasdi. Shunchalar tinch yuz ifoda bilan qanday tura olish mumkin? Hech narsadan takvasaga tushmagan erim nirshabga qarata sekin ammo qat'iy javob qaytardi.
- meni shu yerda kuting. O'zim tushaman.
Jungkook qayta xotining qo'lidan tutib, xonasi tomon yetakladi. O'ta og'ir qadam tashlab yuqorilayotgan yigitga bu zinalar poyonsizdek tuyulardi. Vanihoyat xonaga yetishganidan so'ng Jungkook Shiyaning qo'lini qo'yib yubormay yotoqqa o'tirg'izib o'zi ham oldiga cho'kdi. Qizning ko'zlariga shu paytgacha biror marta qaramagn yigit shu holatda davom etgancha uning qo'llaridan silab sukutni buzdi.
- men hammasini juda yaxshi bilaman. Oldindan hamma hammasidan xabardor edim. Eski yigiting Jihoondan ham men sababli vos kechmaganingni ham... nima uchun o'zingni qurbon qilib menga turmushga chiqqanjngni ham... hamyurtlaringga yashirincha yordam berayotganingni ham... oilaviy tashkilotingizni nima bilan shug'ullanishini ham.... bilasanmi nega shu paytgacha sizlarni oshkor qilmadim? - ohir oqibat qizning ko'zlariga o'z ko'zlarini tikib gapida davom etdi - chunki men bu ishni qila olmadim. Sizlar kabi kuchli bo'la olmadim. Aksincha vaxshiy bo'lishda davom etdim. Bilaman hozir o'ylayabsanki, men seni aldayotgan bo'lishim, seni avrab ichingdagi gaplarni bilib olyapti deya. Lek unday emas. Bugun sen bilan ochiqchasiga yolg'onlarsiz gaplashmoqchiman.
- Jungkook ahvolingiz yaxshimi? - xavotir bilan erining ko'zlariga chuqurroq tikildi.
- menda hammasi joyida... sal avval aytganimdan sen bilan ochiqchasiga ro'y ro'st gaplashmoqchiman... seni oz muncha qiynamadim. Ko'zdan qochirmay oldimda olib yurishga harakat qildim. Nega? Chunki seni sevib qolgandim. Mendan qo'rqsang qayta Jihoonga bormaysan deya azob bermoqchi bo'ldim. Lekin keyinchalik tushundimki, seni qancha azoblasam o'zim undan ming chandon qiynalar ekanman. Seni sovib borayotganingni ko'rganim uchun ham o'zgara boshlagan edim... bilaman sen ham menga befarq emassan. Buni tiling bilan tan olmagan bo'lsangda, barcha harakatlaringda sevginingni akslantirding. Har bir boqishing, xavotirdan titrashing, meni tushunish uchun uzoq tikilishing, xatto hozirda ham titrayapsan. - qizning sochlariga qo'l uzatib mayin siladi.
- sendan ilk va so'nggi marta dil izhori eshitmoqchiman.
- ... nega ilk va so'nggi
- chunki men boshqa qaytmasligim mumkin.
- Jungkook, iltimos meni qo'rqitishni bas qiling.
- sen men hatto o'zing o'ylagandan kuchlisan... qani bo'laqol... menga sevishingni ayt..
Jungkook qizning yig'idan beri bo'lib turgan yuzinjng har burchagiga qarab turar qiz esa ko'zlarini yumdi. Yumishi bilanoq ulardan yosh tomchilari uzluksiz to'kila boshladi. Jungkook Shiyaning marjonlarini artar ekan yuzidan mayin silab o'pib qo'ydi. Qiz sekin asta ko'zlarini ochib kuttirayotgan insonining qora ko'zlariga tikilgancha u kutgan so'zlarni aytdi.
- sizni sevaman Jungkook
- men esa sendanda ko'proq.
Mungli jilmaygan yigit qizning lablarini o'ziniki bilan birlashtirdi. Qiznjng lablaridan huddiki so'nggi bor bo'sa olayotgandek yigit uning yuzidagi qo'lini beliga tushurib o'ziga mahkam tortib quchdi. Shiya ham javoban erining yo'g'on bo'yniga chirmashdi. Bo'saning ohiriga yetishini istamayotgan juftlik istamaygina bir birlaridan uzoqlashishdi. Haligacha yig'idan to'xtamayotgan qiz undan uzoqlashmoqchi bo'lgan yigitni bo'ynidan qo'yib yubormay o'ziga qaratdi.
- sizni o'limga hukum qilishadimi? Shu sababli qaytmayman deyapsizmi? Men otam bilan gaplashaman. Bu ularni qo'llaridan... - talmlvsirab so'zlayotgan kablar ustiga yigit barmog'ini qo'yib uni gapirishdan to'xtatdi.
- meni qamashmaydi urushga jo'natishadi... ketmaydigan bo'lsam bu otamnjng sha'ni uchun isnod
- Jungkook balki...
- menda o'zga chora yo'q... agar tirik qolsam yana birga bo'lamiz.
- Jungkook...
- menda boshqa hech qanday armon qolmadi... otam xuni uchun qasos oldim... rafiqamning tilidan sevishini eshitdim. Shuni o'zi kifoya...
- nega meni azoblashda davom etmoqchisiz
- bu bizning taqdirimiz... unga bo'ysunamiz... sendan o'tinib so'rayman Shiya o'zligingcha qol. Har doim huddi shunday kuchli, jonkuyar, oqko'ngil, mening sevgilim bo'lib qol.
- tirik qolaman deya vada bersangizgina men ham sizga o'zgarmaslikka vada beraman
- ...mening aqlli rafiqam
- men uchun yashashga vada bering
- ... vada beraman - qayta rafiqasini bag'riga bosdi.
Jungkook ust boshini alishtirib qayta mirshablar qarshisiga chiqdi. Unga kishan solishga tayyor askarlarga bir qo'lini ko'targancha to'xtatdi.
- kishanlarning keragi yo'q. Avval boshqarmaga boramiz
- bizga sizni tergov...
- men boshqarmaga dedim - o'lim nigohi bilan mirshabga tikildi.
- bu buyruq janob Jeon
- bu yerda buyruqlarni men beraman. Ana endi yo'lingdan qolma. Uyimni bo'shatib qo'yginda, borib o'sha meni eltmoqchi bo'lgan yeringda kut.
Jungkookning doimgidanda qo'pol yangragan buyrug'iga itoat etishga majbur bo'lgan mirshab, qo'lidan hech narsa kelmagancha Jeonlar qo'rg'onini tark etdi. Jungkook bir Shiya tomonga ko'z tashlab, unga mayin jilmayib ko'z qisib qo'ydi. So'ng haligacha ketmagan qayni akasiga etiborini qaratdi.
- mening tengsiz marvaridim sizga omonat janob Kim. Unga nimadir bo'lsa xafalashib qolamiz.
- xavotir olmang Jeon.
- oyimga ish bilan Yaponiyaga ketdi deb ayting. Aks holda u buni ko'tara olmaydi.
- tushunarli - yengil javob berdi Taehyung.
Jungkook suxbatini yakunlab chiqish tomon ildam qadam tashlay boshladi. Darvozaga yetganida ortidan kelib belidan quchgan nozik qo'llsrga qarab yoqimli jilmaydi. So'ng qo'llar egasi tomon burulib uning yelkasidan mayin quchdi.
- vadangizni unutmang
- albatta azizam... bu sening so'nggi yig'lashing bo'lsin. Qayta ko'z yosh to'kma. Mendan boshqa hech kimnjng oldida ko'zyoshlaringni aslo ko'rsatma.
Jungkook mag'rur qadam bosgancha binoga kirib borar ekan atrofda hamma bo'lgan voqealardan xabar topib yig'ilgan edi. Yig'ilganlar davrasiga qo'shilib o'zi uchun ajratilgan joyini egalladi. Mahkamning bosh rahbari Jungkookning qarshisida turib uni kuzatgancha savol berishni boshladi.
- Janob Jeon Jungkook siz bugun quyosh botar paytda asosiy ko'prikda edingizmi?
- huddi shunday
- u yerga qanday maqsadda borgan edingiz?
- uchrashuvim borligi sababli ish bilan borgan edim.
- uchrashuvingiz kim bilan edi?
- otamning o'limiga sababchi bo'lgan kimsalar bilan.
Jungkookning javobidan so'ng hayratdan ochilmagan jag' egaladi qolmadi. Yuzida razilona kulgu aks etib turgan Janob Parkning yuzi tezlikda o'zgardi. Endi u na kulishini na qanday qaror qilishini bilmay qoldi. So'roq qilayotgan rahbar tushunmagancha savol berdi.
- otangiz qotili?
- huddi shunday
- siz bu bilan demoqchisizki, otangiz qo'zg'olon tufayli emas, aynan Wang Hajoon tomonjdan o'ldirilgan. Shundaymi?
- huddi shunday.
- bu uchun dalilingiz bormi?
- dalilmi? - Janob Parkka tikildi. Uning yuzida esa bitmas tuganmas g'azab va qo'rquv aks etib turgan edi. Bundan rohatlangan Jungkook qayta e'tiborini qarshisidagi shaxsga qaratdi.
- Dalilim allaqachon bu dunyoni tark etdi.
- siz ko'r-ko'rona samasud qilib..
- bu ko'r-ko'rona qaror emas edi janob boshliq. U o'z og'zi bilan otamni qanday o'ldirganini tan oldi. Men ham uni ortiq yashashini istamadim.
- Jeon Jungkook, bu Yaponiga ham qolgan zobitlar ayniqsa Wanglar oilasi uchun juda katta xurmatsizlik bo'ldi.
- sabab?
- sabab deysizmi? Ahir siz o'zboshimchalik bilan nufuzli oila vakilini o'ldirdingiz.
- shunga nima? Menjng otam nufuzli oila, qolaversa sodiq harbiy xizmatchi edi. Uning bunday o'lim topishiga kim qiziqish bildirdi? Xo'sh? Qaysi biringiz dafn marosimi kuni chin qalbdan unga achindingiz? Xo'sh?... hech biringiz... menga xurmat haqida og'iz ocha ko'rmang... otamning bevaqt o'limidan foydalanib sulolamiznj qurirish uchun til biriktirganingizdan xabarsizman deya o'ylaysizmi? Yo'q janob boshliq yo'q. Men ahmoq emasman... men otamning o'g'liman. Har biringizning asl yuzingizni bir ishoram orqali ochjb tashlashim mumkin. Shu sababli men bilan o'yin o'ynashni bas qiling!
Gapini yakunlagan yigit cho'ntagidan tamakisini chiqarib tutatdi. Atrofdagi barcha esa hoziroq uni o'ldirishga shay ammo bo'lmaydi. Qo'llaridan kelmaydi. Bosh vazirning hali ham Koreyada ekanligi ularning omadiga to'sqinlik qilmoqda. Jungkook tezlikda tamakisini chekib tugatganidan so'ng o'tirgan stoliga tirsaklarini tiragancha hammaga birma bir ko'z tashlagancha gapini tugal qildi.
- men otamning o'g'liman ammo u emasman. Men qaytaman. Har biringizni yo'q qilish uchun qaytaman. Meni kutsangiz bas... ish shu yerda yopildi janlb boshliq. Bu bozoringizni tarqatib yuboring.
Hammadan so'nggida boshqarmadan chiqqan janob Park o'z mashinasiga o'tirdi. Bo'ynini qisib nafas olishga bermayotgan bo'yinbo'gini yechganida boshqa tomon eshik ochilib ichkariga yosh baquvvat yigit joylashdi. Janob park uning yuzini tanish uchun gapirmoqchi bo'lganida yigitning o'zi u tomonga o'girilib ma'noli jilmaydi. Jungkook yon tomonidan to'pponchasini chiqarib haydovchining boshiga tiradi.
- asosiy ko'prikka hayda
- J.jungkook nima qilmoqchisan.
- quyondek qo'rquvdan titramang. Asablarimni buzyapsiz.
Ko'prikka yetib kelib panaroq joyda mashinani to'xtattirgan Jungkook haydovchini peshonasidan otib tashladi. Janon Park qo'rquvdan qaltiragancha Jungkookka gapira boshladi.
- b.biz kelishgan edik. Va'da bergansan.
- va'da? Qachondan beri va'daga vafo qiladigan bo'ldingiz?
- s.sen...
- kayfiyating ancha yaxshi ko'rinadi.
- kayfiyatimga kelsak a'lo darajada. Chunki bir Jeondan qutildik. Endi navbat ikkinchisiga qoldi. Uni olib keldingizmi?
- u endi keladi? Menga aytchi, sen qanday qilib anavi ko'ppakni gumdon qilding.
- bu juda oson kechdi. Ortidan borib oyog'idan chaldim. Yerga birpasda cho'zilganida ustiga chiqib olib qo'limdagi boltani yuragiga urdim. Uning og'riqdan ingrashiyu azoblanishini o'zgacha zavq edi.
- rohatlangan ko'rinasan?
- juda ham... Jungkook?
Hajoon ko'priq ostidan Jungkookni ko'rib bir muddat gangib qoldi. Reja aslida bunday bo'lmaganini eslab titrab ketdi. Ammo o'zini yo'qotmadi. Jungkookni kutilmaganda chiqishini ham hayoliga keltirmagan Park sekin nari ketib indamay turishni afzal ko'rdi. Hajoon masxarona kulgancha Parkka qaragancha so'kindi.
- u bilan til biriktirganman degin. Ikkiyuzlamachi qari chol.
- SENI O'LDIRAMAN LAYCHA IT🗣
Jungkook g'azabdan quturgancha Hajoonga yopishdi. Bor kuchi bilan uni bosib olgancha zarba berar ekan, musht tugilgan qo'llari musht emas, temir qurol kabi qattiq edi. Hajoon o'zini o'nglasjga ulgurmas ko'proq vaqtni cho'zib himoyalanib turar edi. Chunki bizordan so'ng uning odamlari kelishi kerak. O'sha paytgacha tirik qolsa kifoya. Jungkook to'xtov nimaligini bilmas. Alamdan, qaxrdan g'azabdan o'zini ayaman qo'llari ostidagi yigitni do'pposlar edi. Ortidan ularni tomosha qilayotgan Park sekin orridan qurolini chiqarib arslon kabi o'ljasini talayotgan Jungkookka yaqinlasha boshladi. Kaltaklardan charxhagan Hajoon Jungkookning oyog'idan chalib uni yerga yiqitib o'rnidan turganida ortidan kelib tig'li narsa sanchildi. Hajoon achishishdan bukulgamcha ortiga o'girilganida Parkni ko'rib, ikki qo'li bilan uning bo'yniga yopishdi.
- h.hoyin i.it
Hajoonning so'nggi so'zlari shu bo'ldi. Uni jonini olgam odam esa Jungkook bo'ldi. Jungkook Park bilan ovora bo'lgan yigitning peshonasiga asrab kelgan o'qini joyladi. Yuziga qon sachragan Park qo'lidagi hanjarini yerga tashlab yubordi. Hovuri asta sekin bosilayotgan Jungkook ko'zlari ochiq qolgan jasadga qaragancha so'nggi so'zini aytdi.
- it kabi o'lim itlarga xos...
Jungkook Park tomonga qarab asta sekin unga yaqinlasha boshladi. Uning oldiga kelib ikki yoqasidan tutib yuziga yaqinroq keldi.
- istaging shu edi. Men uni o'ldiraman va sen meni o'ldirasan. Afsuski kech. Endi o'zing haqingda qayg'ur. Mendan uzoqlarda yur. Aks holda joningni olaman.
- men senga yordam berdim. Mendan qarzdorsan
- qarzdorman? Yaxshi bu qarzimni senga tegmaslik bilan to'layman..
- hayotimda ilk bora qarzdor bo'lib qolishni istayapman. Bir marotaba qarzimni qaytarmasam bo'ladi degan qarorga keldim.
- y.yo'q Jungkook y.yo'q
- afsuski... ha
Jungkook Parkka o'lim nigohi bilan qaragancha qo'lidagi to'pponchani peshonasiga tiradi. Park qo'rquvdan titragancha Jungkookka umid ko'zlari bilan qancha qaramasin bari befoyda. Qalbida ancha chuqur iz qoldirgan yara sababli ham u xissiz insonga aylangan. U achinishi mumkin faqatgina rafiqasiga. Jungkook uning qo'rquv to'la ko'zlaridan zavqlangancha kulimsirab gapida davom etdi.
- seni o'ldirish mening oliy maqsadim edi. Shuni bilasanmi? Huddi shunday qo'rquvga liq to'la bo'lgan ko'zlaringga tik boqib peshonangga o'q joylash menjng maqsadim edi. Sabab esa onamni yo'ldan urganing. Ko'z oldimda onamni erkalagancha yuzidan o'pganlaring barchasini yodimda huddi kechagidek. Sen tufayli men hayotimda yagona farishta deb bilgan ayolimni yo'qotganman. Erta ulg'ayishim sababining bir qismi ham o'zingsan lanati kalamush. [ sal boshroqda Jungkook Shiyani urgandi, onasi haqida yomon gapirganiga. Bu o'shaning sababi]
Titrayotgan erkakning peshonasidan qurolni olib zudlik bilan uni Parkning iyagi ostiga tiradida kulimsirab turgan yuzini jiddiylashtirgancha ko'z uzmay erkakning ko'zlarida so'nishga shay nurlariga qaradi. Bu zavqli onlar. Sen nafratlangan inson o'limi oldidan ko'radigan yagona odami sen bo'lishing. Ohirgi so'zini aytishgan Jungkook gapirish uchun og'iz juftladi.
So'nggi so'z va o'q qari erkakning iyagidan o'tib bosh suyagiga joylandi. Barchasi aytilgandek o'ylanganidek yakun topdi. U bir dushmanidan qutuldi. Endigi navbati esa asosiy vazifasiga qaratilgan.
Tong saxardan maxsus forma kiygancha jangga otlangan Jungkook o'ziga biriktirilgan bo'limmaning boshida turgancha ularga qarata nutq so'zlamoqchi bo'lib og'iz juftladi. Ammo uni kuzatgani kelgan qaynotasi u bilan yolg'iz gaplashib olishini istashini aytganidan so'ng safar oldi nutqini keyinroqqa qoldirib Janob Kim bilan holiroq joyga o'tdi.
- kayfiyatingiz qalay?
- safar oldi ancha durust. Kelib ovora bo'libsiz.
- nima bo'lganda ham kuyovimsiz. Kelmasam bo'lmas edi.
- minnatdorman...
-...Jungkook, o'g'lim istasangiz bormasligingiz mumkin. Men sizga yordam beraman.
- urush haqiqiy erkaklarni chorlaydi. Qo'rqib ayollardek bekinib o'tirish men uchun emas.
- bu berkinish emas. Siz bu yerda ham ancha kerak bo'lasiz.
- men oilam qilgan gunohlarini yuvishim zarur.
- qanday gunoh
- vatan xoyinlari oilasimiz ahir - kulimsirab boshini yerga egdi.
- buni tushunganingizdan xursandman. Ammo o'limingiz bilan ajdodlaringiz uchun tovon to'lay olmaysiz.
- meni o'ladi deb kim aytdi? Qizingizga va'da berganman. Va'damni bajarish uchun ham yashashim zarur.
- urushga borib nimaga erishmoqchisiz yana? Yoki biror rejangiz bormi?
- vaqti kelganda bilib olasiz janob Kim. Agarda... mobodo daydi o'qlardan biri meni yaralagudek bo'lsa yokida meni o'ldi degan xat kelgudek bo'lsa buni Shiyaga ko'rsatmang. U yig'lamasligi kerak. Sizdan yagona o'tinchim va iltimosim shu.
- bajarishga harakat qilaman.
- endi men bora qolay.
Jungkook ketish oldi janob Kim bilan yengil quchoqlashib uni ortida qoldirdi. So'zlari mayus ammo keskir yangrar ammo ko'zlari umuman boshqa narsalar haqida so'zlar edi. Qanday qilib odam bu darajada o'zgarishi mumkin. Nima unga turtki berdiki u o'zgarishga qaror qildi? Javobsiz savollar....
Odam bu hayotga kelgankda peshonasiga uni nimalar qilishi yozilib qo'yilgan deyishsa ishonmas edim. Har kim o'z taqdir yo'lini o'zi yaratib o'z rejalari asnosida hayot kechiradi deya fikrlar yuritar edim. Ammo men haq emasligimni ilk bora tan oldim. Hech bir inson taqdiriga yozilganidan qochib qutila olmas. Balki mening zimmamga yuklatilgan vazifa oilam nomini oqlashdir. Yillar davomida qilinib kelingan xiyonatlar badalini to'lash mening chekimdadir. Men istamayman farzandlarimgacha bu isnod borishini xohlamayman... farzand? Hayolimga urulgan bu so'z meni shubqadar jo'shqinlantiradi deya o'ylamagan edim. Otalik xissi bu tariflab bo'lmas tuyg'u. Ammo bu baxt ham menga nasib qilganmikan? Balki rafiqam vujudida mening parcham allaqachon rivojlanayotgandir... bu ham bir yaxshi niyyat... agar rostan farzandim bo'lsa, u xoyinlar avlodi deya atalmaydi aksincha qahramonning vorisi deya ataladi. Jeonlar xonadoni uchun qora sahifa yopiladi. Bir umrga... abadiyga...
Jungkook o'yga tolgancha yurib yana oldingi o'rnini egalladi. Unga tikilib turgan bir to'da askarlarga birma bir tikildi. Qo'llari hayajondan qaltirayotgan, ko'zlarida esa o'chmas mash'ala kabi yonib turgan nurli askarlar bir qatords turib boshliqlariga diqqatini qaratishgan.
- har biringizgiz erta yoki indin jangga kirasiz. Haqiqiy jonli hayot-mamot markazida bo'lasiz. U yerga siz or-nomusingiz, shaningiz, oilangiz va vataningizni himoya qilish uchun kirishasiz. Hech qachon sizni ko'zlarida tomchilar bilan kuzatgan oilangizni unutmang. Ularga sizdan kelgan qora xat emas siz keraksiz. Ular uchun yashab qolishga harakat qiling. Agar mobodo ajalingiz u yerda bo'lsada hech ham afsus chekmang. Siz mard o'g'lon kabi vatan uchun jon bergan bo'lasiz. O'z vataningiz Koreya uchun uning ozodligi uchun jon bergan bo'lasiz. Biz erkakmiz! Biz jangchimiz! Bir o'z uyumiz qo'riqchisimiz! Biz vatanimiz posbonimiz! Olg'a do'stlar birodarlar🗣 vatanimiz uchun🗣 Koreya uchun🗣
Jungkook o'ng qo'lini mushtiga tugib yuqoriga ko'targancha baralla so'zlarini takrorlar ekan boshqalar ham unga tezlikda jo'r bo'lishdi. Askarlarga o'zgacha ruh baxt etgan boshliq o'zini ham ilk bora yengil his etdi. Uni uzoqdan kutib turganlar esa undan hayiqqancha ortga chekinishdan o'zgasiga botina olishmadi.
Sovuq kunlar ichra meni isitib turgan Jungkook qaytishiga bo'lgan umid va vujudimdagi mitti jon meni yashashga undayotgan edi. Uni borligini his etgan kunimoq ko'zlarimga yosh quyulib keldi. Nahot men ham ona bo'laman. Ammo Jungkook ota bo'lishini bilmay ketgani meni ancha ranjitdi. U ketganidan 1 hafta o'tiboq bo'yimda borligini bildim. Unga bu yangilik haqida aytib xat yozishni istadim ammo uni hayolini chalg'ishini istamayman. Diqqati bo'linib ziyon yetkazishlariga imkon yaratishini istamayman. Uning ahvoli qanday ekan? Nima qilayotgan ekan? O'zi sog'-salomatmikan?...
Shiya bilinar bilinmas qorni ustini silagancha derazadan yangi qish manzarasini kuzatib o'tirar edi. Ko'chaga chiqishga Jeon xonim ruxsat bermaydi. Nabiramga biror kor-xol bo'lmasin deya uni asrab avaylamoqda. Lekin tinib tinchimas qiz doimgidek oddiy xalq g'ami bilan kuyib pishib yurishdan to'xtamaydi. Doimgidek yana Jeon xonimni chalg'idanidan foydalanib ko'chaga yo'l oldi. Qish kelganiga bir necha kun bo'lmay turib allaqachon oddiy aholi nochorlikning yuqori cho'qqisiga chiqdi. Oziq ovqat mahsulotlarini etkazib bo'lmay qoldi. Yetmaganiga barcha zaxiralar frontga jo'natilgan. Xalq uchun esa juda kam miqdorda sabzavotlar qoldirilgan. Go'shtdan esa asar ham yo'q. Ammo qo'lidan kelguncha xalqqa yordam qo'lini cho'zayotgan Kim va Jeon oilasining ham zaxiralari tugab bormoqda edi. Yetim yesirlar uchun kiyim va yegulik tarqatib bo'lishganidan so'ng yetib kelgan Shiya uyushma ostonasidan turib ko'chaga tikildi.
La'nat bo'lsin bu urushni boshlaganlarga! Otasining yelkasida o'ynab o'sishi kerak bo'lgan go'dak tilamchilik qilib o'lmaslik uchun harakat qilmoqda. Bu sinovlar ularning kichik jussalariga og'irlik qiladi. Ular qachongacha buni ko'tara olishadi. Nahotki shu urushni chiqarganlarning bolalari bo'lmasa? Nahotki ular shu mitti qalblarga ozor berishni istagan bo'lishsa? Bir parcha yerni deb otani boladan, akani ukadan, ota-onani farzandidan, sevgi ila birlashgan juftlikni ayirishga botinish arzirmikan?
Qiz ko'chadagi muhirga ternulsr ekan birdan ort tarafidan qichqiriq eshitildi. Katta erkak bir bolani oritidan yugurib qarg'agancha kelar edi.
Shiya ko'cha o'rtarog'iga o'tib odamlar orasidan joni sarak yugurib kelayotgan usti yupun qo'lida esa 1 dona qora nonni qattiq quchgancha kelayotgan bolani qarshisiga turib uni yo'lini to'sdi. Bolakay qizning qo'lidan chiqib qochishga harakat qilib qarshiliklar qilar ekan urunishlari zoye ketib qizga yalina boshladi.
- opajon iltimos qo'yib yuboring meni.
- sen qo'rqma. Men seni unga berib qo'ymayman. Faqat tinchlan. - mayin so'zlaridan taskin topgan bolakay qarshilik qilishdan to'xtatadi. Uni quvib kelagn sotuvchi esa bolaga qo'l cho'zganda Shiya uni ortiga oldi.
- xonim uni ushlaganingiz uchun rahmat. Endi menga uni topshirsangiz.
- bu nonning narxi qancha?
- nima? - hayron bo'lgancha so'radi.
- nonning narxini ayting. Men to'layman. - qat'iy va sokin yangradi ovozi
- 5 tanga
Shiya cho'ntagidan tangalarni chiqarib sotuvchiga uzatdi. Sotuvchi o'ylana o'ylana pulni olib bolaga yov qarash qilib origa qaytib ketdi. So'ng bolakayni ikki yelkasidan tutgan Shiya uni so'roqlay boshladi.
- ota-onang qayerda?
- otam urushda halok bo'ldi. Onam bezgakdan vafot etdi. Ikki singlim va ukam bilan qoldim. Eng katta farzand menman. Ular esa hozir och. Ularni boqishim kerak opajon.
- kuyunma. Senga men yordam beraman. Hozir senga bir odam tayinlayman. U bilan birga borib ukalaringni olib kelib shu yerda yashaysizlar. Qoringiz to'q ustingiz but bo'ladi.
- chindanmi? - ko'zlarida olovli quvonch chaqnadi.
- bo'lmasamchi - mayin jilmaydi qiz - mana buni esa egningga ilginda shu yerda kut.
Qiz egnidagi issiq kiyimini yechib bolakayga kiygazdida uyushma oatoniisda turgan odamni bolaga biriktirib jo'natdi.
Kimlar qo'rg'onida mehmon bo'lib oilasi davrasida o'tirgan qiz ular bilan har xil mavzuda gaplashib o'tirishar ekan gaplar o'z o'zidan bir biriga ulanib ketar edi.
Janob Kim: men amaldorlar bilan gaplashdim. Ular bu oy bizdan o'lpon va yegulik olmaydigan bo'lishdi.
Shiya: ajoyin yangilik. Insof kirgani rost bo'lsin.
Taehyung: evaziga ham nimadir so'rashdimi?
Janob Kim: hozircha yo'q... lekin tahminim bo'yicha yana askar yig'ishmoqchi.
Taehyung: mening qulog'imga ham bir gap eshitildi. Shahardan chekkaroqqa qnadaydir qurollar sinovini o'tkazuvchi maydon qurishmoqchi ekan.
Janob Kim: unda shu ish bo'yicha shug'ullan. Ko'proq ma'lumot to'pla.
Shiya: ota, zaxiramiz hali bormi?
Janob Kim: borku-ya ammo ko'p emas. Qachongacha yetadi bilmayman. Bu ketushda ko'pga bormasa kerak.
Kim xonim: balki yegulik tarqatishni kun ora qilarmiz har kun qilmay. Haftada 2 3 martami
Janob Kim: unday qila olmaymiz. Ular bizdan najot kutishmoqda. Qanday ulardan yuz o'giramiz.
Taehyung: to'g'ri ayttilar oyi. Bu bilan ularni itargan bo'lamiz
Kim xonim: sizlar qiynalasizlarda
Janob Kim: hozir bir tan bir jon bo'lish davri. Shu qiz o'tib olsa. Bahorda ko'klamda ishlarimiz yurishadi. Kelinglar boshqa mavzuda gaplashamiz. Nabiram qalay? Katta bo'lyaptimi?
Shiya: xa... asta sekin.
Janob Kim: Jungkookdan xat bormi?
Shiya: bir oydan beri xat olmadim. U haqida xabarimiz yo'q... - xo'rsinib boshini egdi
Janob Kim: bo'shab qolsa o'zi javob yozar. Baribir u aylangani ketmagan.
Shiya: muhimi sog' bo'lsa bas.... ammo balki men ham urushga ketarman.
Taehyung: aslo!
Shiya: tibbiyot hamshirasi sifatida bordam xavfsiz bo'larman.
Janob Kim: sen jang qila olmaysan. Homiladorsan qizim. Shuni tushunsangchi.
Shiya indamay shunchaki boshini yerga egib xo'rsindi. Qo'lidagi choy idishdagi choyni o'ynagancha ko'zladiga yosh keldi. Homiladorlik paytida o'zgaruvchan bo'lib qolishni tushungan Kimlar oilasi uni o'z xoliga qo'yishdi.
Qo'lida qurol ko'targan har bir odam o'z joni uchun kurashar edi. Osmondan huddi yomg'ir kabi yog'ilayotgan o'qlar, bombalar portlagandagi ovozga to'lgan chegara jahannamning o'zginasi edi. Bu yerda hech kim uchun shavqat yo'q. Na yosh bo'lsin na qari na erkak na ayol. Hech kimga rahm qilmaydigan jonsiz qurollar yo'lidan chiqqanlarni jonini olar edi.
Xavfsizlik xandaqlari orasidan yurib o'tayotgan Jungkook jangchi askarlaga buyruq bergancha ularni boshqarar edi. Soniyaga bo'lsada bir harakat ko'zdan qochirilsa tamom. Barchasi tugaydi va har bir kishini jonini oladi. Bu xatoga yo'l qo'yish esa mumkin emas.
- o'ng qanotga zaxira o'qi kerak🗣
- biroz sabr qiling🗣
Askarlarini chalg'itmat zaxira o'qlarini changallagan Jungkook bor kuchi bilan yugurib o'ng qanotga yetib keldi. O'qlarni sozlab olgunga qadar askarlarini pana qilib turgan komandir Jeon jon kuydirgancha ukar bikan birga edi. Ba'zilar kabi o'z xonasida sigareta chekib turganicha yo'q.
Har askar o'z o'rnini egallaganidan so'ng xushyorlikni yo'qotmagan Jungkook ortiga o'girilganida bir askarning yuzi oqargancha qurolni tashlab qochmoqchi bo'lganda ushlab oldi. Tezlikda askarni ushlab qum devorga tiragan Jungkook qo'llari ostkdagi yalinayotgan yigitga quloq tutdi.
- iltimos janob qulingiz bo'lay meni qo'yib yuboring. Men o'lishni istamayman.
- qo'rqqoq kabi qochish erkakka yarashmaydi. Biroz erkak bo'l
- yo'q janob o'lishni istamayman. Ittek o'lishni istamayman.
- bu yerdan o'z xohishing bilan qochib keta olmaysan. Yoki mard bo'lib qaytasan yo o'liging qaytadi.
- janob iltimos qo'yib yuboring.
- sen bu yerdan qochsang men qochsam do'stlaring qochsa oilamizni vatanimizni kim himoya qiladi🗣 ular bizni bosib olishadi. Uyimizni yoqishadi. Bolalaimizni qul ayollarimizni cho'ri qilishadi.🗣 shu kerakmi senga gapir🗣 o'z ayoling dushmaning tagida xor bo'lishi kerakmi?🗣
- KOMANDIR QOCHING🗣
Jungkook ortiga o'girilishga ulgurmasidan dushman tomonidan otilgan bomba portladi...
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic