February 28, 2025

MONSTER UNDER THE BED PART 4

4-part

Jungkookning so'zlaridan so'ng ikkisi ham Shiyaga qaradi. Shiya esa qoshlarini chimirgancha Jungkookka qarab qoldi. So'ng Jungkook cho'ntagidan sal avvalgi zirakni chiqarib qo'lida balandroq ko'tarib ko'rstadi. Shiyaning esa chimirgan qoshlari darrov yoyilib o'rnini hayronlik bosdi. Uning yuzidagi o'zgarishni sezgan Jungkook miyig'ida kulib

Jungkook: bu sensan aldashga urunma
Shiya: demak aldayapman... ortimdan yur

Shiya sokinlikni buzmagan holda ortidan yigitlarni ergashtirgancha xonasiga ko'tarildi. Dylan va Jihoonga qolishlari buyurgancha yotoqxona eshigini yopdi. Jungkook o'ziga ishongan holatda boshini tik tutib mag'rur turar edi. Huddi u isquvar va jinoyatchini tutgandek mamnun. Shiya garderobining eshigini ochib u yerga Jungkookga kirishini imo qilib buyurdi. Katta ko'zgu qarshisidagi tortmalardan birini ochdi va ichidan ko'k baxmal qutichani chiqarib qo'ydi. So'ng ko'zgu stoliga suyanib qo'llarini chalishtirdi.

Shiya: ochib ko'rishing mumkin

Jungkook endilikda o'zini boshqacha his qila boshladi ammo hali hanuz dadil. Jungkook hech ikkilanishsiz qutichani ochdi. Quticha ichidagi bejirim zirak jufti bilan birga yalt-yalt etib turar edi. Yuzi birdan oqarib qoshlari chimirildi. Tili kalimaga kelmay duduqlangancha

Jungkook: b.bu b.bu
Shiya: sen sal avval nima deding?
Jungkook: men
Shiya: senga xatlar jo'natayotgan... senga menikisan deyayotgan... asosiysi mashuqalaring qotili... bu menmi?

Shiya so'zlarini bo'lib bo'lib o'lim nafasini ufurtirib gapirar har bir jumladan so'ng yugitga yaqinlashib borardi. O'tli nigohlarini yigitning shok ahvoldagi yuz tuzulishidan uzmagan holda yaqinlashar edi. Jungkook esa nima deyishni bilmasdi. Kelgandagi shijoat va ishonchdan hozirda asar ham yo'q.

Shiya: sal avval sayrayotgan burro tiling qayeringga kirib ketti janob jeon
Jungkook:.... kechir
Shiya: kechir? Hah

Shiya telbalardek kulib qo'llarini ko'kraklari ustida bog'lagancha Jungkookgacha qolgan so'nggi qadamni ham tashladi. Kulgudan to'xtab jiddiylashgancha uning yoqasidan ushlab o'zining yuziga maksimal darajada yaqinlashtirib

Shiya: sen men uchun hech kimsan. Menda senga nisbatan hech narsa yo'q. Sen men uchun ahamiyatingni 6 yil avval yo'qotib bo'lgansan... uqtira oldimmi?

Jungkookning chimirilgan qoshlari yoyildi va o'rnini hayrat egalladi. Shiya Jungkookning yuzidagi reaksiyasiyasidan so'ng uni yoqalarini qo'yib yuborib to'g'irlab qo'ydi va

Shiya: eshik orqangda ketishing mumkin. Xohlasang seni chiqarib qo'yishadi.

Jungkook Shiyaga bir muddat qarab qoldi. So'ng hech bir so'z demay birinchi xonani keyin uyni tark etdi. Shiya esa uni ketishini balkondan turub tuzatdi.

Shiya: sen shunchaki ahmoqsan Jeon

Pov Shiya

Hayotim davomida u tufayli ko'rmagan hech bir narsa qolmadi. Janjallashish, zo'ravonlik, beshavqat raqobatli musobaqalar, giyohvand moddalar, qimor va xiyonat... Hammasiga chiday oldim ammo xiyonatga emas. Buni evaziga undan shunchaki ketdim va o'zim uchun yaxshigina saboq oldim. U meni qo'yib yubormaydi deya ketdim. Izlaydi deya ketdim. Lekin u shunchaki yashashni davom etdi. Indamay hayotining kelgan yeridan shunchaki jimgina yashashni davom etdi. Qora botqoqlikka liq to'la jirkanch hayotida davom etdi.

Fleshback. 6 yil avval

Hamashatli kazinoning keng zalida osiqlik turgan katta hashamdor va bejirim qandil tagida joylashgan ulkan dumaloq stol atrofida katta-katta boyvachcha zodagonlar qatorida Shiya va Jungkook ham bor. Qarta sirlarini o'rganib shu yergacha yetib kelishdi va bu o'yinda ham g'alaba qozonishlariga ishonchlari komil va hammasi o'z qo'llarida. Qartalar tarqatilganidan so'ng sheriklar bir birlari bilan ko'zlari orqali suhbatlashib rejalar tuzishar edi. Qo'lidagi qartalardan norozilar alam bilan qartalarini zarda bilan stolga tashlab o'yinni tark eta boshlashdi. Shu qatori Shiyaning ham qartalari pastligi uchun Jungkookka yaqin kelib qulog'iga pichirladi.

- men o'yinda qola olmayman
- necha qartang
- o'ynashga arzimaydi sendachi
- 2 qirol va 1 tuz
- uddalaysanmi?
- xavotir olma

Jungkook ayyorona jilmaygancha ko'z qisib qo'yib Shiyadan uzoqlashdi. Stol ustida qolgan 4 o'yinchilar ketma -ker qartalari ocha boshlashdi.

? - 30
? - 31
? - 30
Jungkook: 33

Stol atrofidagilarning alamni uh tortishlari yangraganidan so'ng Jungkook g'olibona iljayib Shiyaga qarab sumkalarni olishni ishora qildi. So'ng stoldan turib mag'lublarga qarata so'zladi.

- Janob So sizning qimmatli qog'ozlaringizni ertaga kutaman, Janob Cha ertagayoq uylaringiz hujjati qo'limda bo'lsin, Son xonim 15 foiz aksiya hujjatlarini Shiyaning nomiga rasminlashtirasiz. Qolganlar esa pulni shu hafta oxirigacha yetkazishingiz shart. Aks xolda bizdan yaxshilik kutmang.

Yosh yigitchadan yutqazgan boyvachchalar alamdan lablarini qimtib boshlarini ega qolishdi. Boshqa ilojlari ham yo'q. Unga qarshi chiqa olishmaydi. Shiya bergan ishoradan so'ng Jungkook uni qo'lidan to'la sumkani qolib ikkinchi qo'li bilan uni kaftidan siqib chiqish tomon keta boshladi. Eshikka qolgan bir necha qadamlarda Jungkookni bohidan beri kuzatib turgan bir oqsuyak xonim yelkasidan tutib to'xtatib qoldi. Jungkook qizning qo'li uzra uni kuzatib yuziga qaradi.

Jk:biror muammo bormi xonim?
- muammo yo'q savol bor
Jk: qanday?
- ertaga vaqting qalay?
Shiya: vaqti bilan nima ishing bor taviya.

Suxbatga ruxsatsiz qo'shilgan Shiya boyadan beri noz-karashma qilayotgan qizning qarshisiga turib Jungkookni ortiga oldi. Qizishayotgan olovrang sochli qizdan hayoqqan yigit Shiyani yelkasidan quchib ortiga o'tqazdi.

Jk: qizishma azizam
Shiya: uni turqiga qarasangchi. Maqsadini sezmayapsanmi?
- men shunchaki do'stlashmoqchi edim mitti xonim
Shiya: do'stlashishga mashuqalaringni top
Jk: Shiya o'zingni bos va mashinaga bor go'zalim.
Shiya: lekin...
Jk: Shiya?... boraqol

Jungkookning jiddiy tikilgan ko'zlariga qaragancha Shiya zarda bilan ularni tark etdi. Mashinaga boriub joylashganidan 10 daqiqacha vaqt o'tgach Jungkook ham yetib keldi. Mashinaga joylashishiga soniya bo'lmay qiz uni savollarga ko'mdi.

- u tannozni nima ishi bor ekan senda?
- qarta o'ynashga taklif qildi. Bori shu
- nega unda meni oldimda aytmadi.
- u yerda faqat erkaklar bo'lar ekan. Sen u yerda nima qilasan?
- nima farqi bor. Shuni mendan yashirish kerakmidi?
- azizam, yaxshisi kel g'alabamizni nishonlaymiz.
- men uyga ketaman.
- uyga ketish yo'q...

*

Ertasi kuni.

Pov Shiya

Jungkookni yolg'iz qo'yib yuborib endi o'zim igna ustida turgandek uyda o'tiribman. Yo'q bir muddat ham o'tira olmadim. Tik oyoqda butun koshonamni aylanib chiqib ham vaqtni yenga olmadim. Go'yoki uning strelkalari menga qarshi ishlayotgandek edi. Balki uni o'ldirishsachi? Yoki nimadir qilib undan foydalanishsachi? Miyyamda aylanayotgan ming bir xil yomon o'ylardan o'zimni hech ham chalg'ita olmadim. Qo'limdan telefonni qo'ymay unga har soniya tikilib undan qo'ng'iroq bo'lishini kutar edim. Ammo yo'q. Shu tariqa soat millari tungi 2ni ko'rsatdi. Bu vaqtgacha o'yin allaqachon tugashi kerak edi. Ortiw o'tiria olishimga ko'zim yetmay mashinam kalitini olib u tominga yeldek uchin o'ch oldirdim. Jungkookning qayerda ekanligini ko'rsatuvchi JPS yordamida manzilini aniqlab o'sha manzil tomon oshiqdim. Gaz pedalini ayamay bosib manzilimga 15 daqiqada yetib keldim. Kelgan manzilimga hayrat bilan qaradim.

"Five Star Hotel" bu yerda o'yin o'tkazish mumkinmi?

Hozir o'ylab o'tirish vaqti emas deb yuqoriga oshiqdim. Jungkookning nomiga xona bron qilinmagan demak o'yinni tashkil etgan odam uni o'zi uchun bron qilgan. Ilojsizlikdan har bir xona eshigini chertib chiqib uni izladim. Xonalarni aylana aylana 10-qavtaga yetganimda soat allaqachon 3 yarimni ko'rsatar edi. Bu bino 15 qavatdan iborat. Demak yana oz qoldi. 10-qavatni yarmiga yetganimda qavat oxiridagi xona eshigi ochildi. Qarshimdagi xonaga kirishga shay edim ammo menga tanish kulgu ovozini eshitib joyimda muzladim. Baxtli kulgu tovushi. Istamay sekinlikda o'sha tomonga qaradim. Ne ko'z bilan ko'rayki o'sha tomonda Jungkook kechagi ayolning belidan quchgancha undan bo'sa olib hayrlashdi. So'ng charm kastyumini yelkasiga tashlab cho'ntagidan telefonini chiqarib titkilab men tomon yurib kela boshladi. Telefonidan qandaydir raqam tergani aniq chunki u telefonni qulog'iga qo'yib endi qarshisiga qaradi va meni ko'rdi. Unga shunchalar g'azab bilan tikilib turardimki buni so'z bilan ifodalash qiyin. Qo'llarimda hirdan telefon ovozi yangradi. Unga qaraganimda Jungkookning raqamini ko'rib devorga urib sindirgancha u yerni tark etdim. Yuragimda yoqilgan xiyonat olov butun vujudimni jizg'anak qilar va men indamay Jungkookdan ketdim...

Fleshback tugadi.

O'tmishini eslab ko'zidan 1 tomchi yosh yumagan qiz o'zini yig'ib olib ko'zidagi yoshni artdi. Yuqoridagi to'lin oyga qarab ko'zlarini yumib ochib qayta boshini yerga egdi. So'ng o'ng yuziga 3 marta ketma ket tarsaki tushurib qaddini tik tutdi.

- endi yig'lash o'tmaydi. Faqatgina yig'latish o'tadi...

Ertangi kun

Chinni finjonda damlangan qora qaxvani simirgancha o'tirgan Jungkook kabineti derazasidan tonggi Seul manzarasini kuzatib turar ekan hayolida kechagi qilgan ahmoqona ishi aylanar edi. Shundayligicha ham uning oldida hurmati yo'q. Shiya faqatgina unga otasi sababli chidab kelmoqda. Lekin uning otasi o'tmishda bo'lgan biror voqeadan ham xabardor emas. Agar xabar topgudek bo'lsa Jungkookni tak tugi bilan yo'q qilishi ham hech gap emas.

Erta tongdan hammani oyoqqa turg'azgan yosh direktor xonim xonasiga kirgam har bir xodimni bir tishlab otgancha chiqarib yuborar edi. Yillik hisobotlarda kamomat aniqlaganidan so'ng qilgan zarari uni anchagina asablarini qo'zg'ab qo'ygan va olsiga kirishga hamma bezillab qolgan edi. Shu g'ala-g'ovur ichida chaqiritirilgan Jungkook ham tipirchilab qoldi. Buning sababi esa u hozir Shiyaga ko'rsatadigan hech qanday asosiyli hujjati yo'q. Ularni tayyorlamagan. Hozir kampaniya portlashini bashorat qilgan Jungkook tavakkal qilgancha boshliq xonasiga yo'l oldi. Xona oldiga kelib kotibasiga endi yaqinlashganida eshik birdan ochilib bir xodim halloslagancha yugurib otilib chiqdi. Ketidan Shiya ham g'azab origa minib chiqib o'shqira ketdi.

- SENI MENGA O'Z TAKLIFINGNI AYTISH UCHUN ISHGA OLMAGANMAN. MENGA TAKLIF KIRITIB O'Z VARIANTINGNI TIQQUNCHA BORIB O'Z ISHINGNI TO'G'IRLAB YUR AQLLI🗣 ISHDAN BO'SHATILDING🗣

Shiya sochlarini qo'llari yordamida ortga tarab yom tomonida dildirab turgan kotibadi va Jungkookka ola qaragancha xonasiga kiriib eshikni qattiq yopdi.

Kotiba: yo hudoyim
Jungkook: shu paytgancha necha kishini bo'shatdi.
Kotiba: bu 19-si
Jungkook: 20- bo'lib qolmasam bo'ldi edi.

Kotibani boshliq bilan bog'lovchi ovozli chaqiruv orqali Shiyaning dag'dag'ali so'zladi yangradi.

Shiya: Janob Jeon uchun alohida taklifnoma kerak bo'lsa tezda yozib kirgazib yubor. Yana hafa bo'lib o'tirmasin taklifnomasiz keldim deb.

Kotiba javob qaytarishga ulgurmay moslamaning qizil chirog'i o'chib aloqa yakunlandi. Jungkook yuzini burishtirib ichkariga yo'l oldi. Endi nima bo'lishi esa tangriga ayon.

4-part end

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics

COMENT KUTAMAN❗️