SERENITY | EP 8
- 1 hafta oldin bizga yordam bergan qora niqoblilar Taehyung edi shundaymi?
- nima? Kim?
- mendan yashirishingni keragi yo'q. Shunchaki ha yoki yo'q deya javob ber
- Jung...
To'sattan butun shahar bo'ylab xavf sirena ovozi baralla va bexavotir jarangladi. Ko'chalarda esa to'z to'palon, g'ala g'ovurlar bir zumda boshlandi. Xavotirdan hech narsaga tushunmagan oddiy aholi qo'rqqancha ko'chaga chiqishdi. Jungkook ham yotoqdan turib derazadan ko'chaga nazar tashladi. Harbiylar yuk mashinasida birin ketin tezlikda o'tib ketishar edi. Erining ortidan kelgan Shiya uzluksiz o'tayotgan harbiy mashinalardan hayron bo'lgancha eriga savol berdi.
- nimalar bo'lyapti? Hamma qayerga shoshyapti?
- biz qo'rqqan voqea sodir bo'lmoqda... Urush boshlandi.
Shiya ko'zlari xonasidan chiqqudek kattalashib ketib ochilgan og'zini qo'li yordamida to'sdi. Chet davlatlarda nizolar paydo bo'lgan edi ammo bu urush darajasiga yetishini hayol ham qilib ko'rmagan qiz eriga qayta o'girildi.
- endi nima bo'ladi?
- bilmayman...
Jungkook qilayotgan tergovini bir zumda esidan chiqarib kiyinishga tushib ketdi. Javon oldiga borib harbiiy formasini egniga ilib eshikka to'g'ri bo'lganida Shiya uning qo'lidan tutib to'xtatdi. Ovoz tonini pasaytirgancha qo'rquv aralash tilga kirdi.
- qachon qaytasiz?
- bilmayman... sen ota uyingga bor. Bu yer ham sen uchun xavfli
- extiyot bo'ling Jungkook.
Jungkook eshik tutqichini burab rafiqasining bergan shirin buyrug'idan yuzida tabassum yugurdi. Orriga o'girilib unga mitti mushukcha singari qarab turgan xotinining qizargan yanoqlarini kaftlari orasiga oldi. So'ng ko'zlariga bir necha daqiqa qarab turib nim tabassum qilgancha qizning peshonasiga lablarini bosib bo'sa qoldirdi.
- sen istar ekansan extiyot bo'laman...
Shu tariqa Jungkook uyni tark etdi. Undan ko'p o'tmay uning otasi ham o'g'lining ortidan ergashdi. Uyda esa faqatgina ayollar erlarini kuzatub xonalarida qolishdi.
Pov avtor [ tarixiy ma'lumot ]
1914-yil 28-iyul sanasida tarix sahifalariga yana bir odamzot tarixidagi qaqshatqich qonli urush kiritildi. Urush boshlanishiga asosiy sabab bu Avstriya-Vengriya imperiyasi taxti vorisining o'ldirilishi bo'ldi. Urushning asosiy harbiy raqiblari sifatida "To'rtlar ittifoqi" tarkibida - Germaniya, Usmoniylar, Avstra-Vengriya, Bolgariya qirolliklari va ularga qarshi "Antanta" tarkibida - Rossiya, Fransiya, Britaniya bo'ldi. Ushbu ikki ittifoq o'rtasidagi urush 28-iyul sanasida Avstra-Vengriya Serbiyaga e'lon qilgan janggidan boshlandi. Serbiyagaligining sababi aytib o'tilgan taxt vorisinng serbiyaliklar tomonidan o'ldirishi bo'ldi...
Urush boshlamganiga 1 oy bo'lmasdan uning doimi Yaponiyaga ham yetib keldi. Yaponiya 23-avgust sanasida Germaniyaga qarshi yurish qildi. Shu sanadan boshlab Koreya ham Yaponiya mustamlakasi sifatida urushga safarbar etildi...
Barcha Koreyadagi Yaponiya amaldorlari bir tom ostida yig'ilib qo'mondondan xabar kutishar edi. Qatorda o'tirganlar orasiga ohiri bo'lib qo'shilgan Jungkook va uning otasi hammaning e'tiboriga bir deganda tushishdi. Buning sababi esa Park va Wang larning ularga tikilishi bo'ldi. Obro'li va qudratli amaldorlar kamdan kam xolatda bir stol atrofida o'tirishar edi va shu kamdan kam hollarda ham ular o'rtasida kichik anglashilmovchiliklar katta mojaroga aylanmay qo'ymas edi. Hozirda hech qanday muammo istamayotgan Jeonlar shunchaki jim turishni afzal ko'rib o'zlarini bir birlari bilan band qilishga qaror qilishdi. Ammo doimgidek bir inson tinchlikni ko'ra olmaydi.
Hajoon: kelganingizdan beri nimalarni muhokama qilmoqdasiz ota-bolalar
Jungkook: bilishing kerak bo'lganida bilgan bo'lar eding
Hajoon: bunday keskin ters javob bermagan bo'lardim o'rningda bo'lganimda
Jungkook: yaxshiyam o'rnimda emassan. Men o'zligimda bir chiyabo'rini tasavvur qila olmayman
Dahanaki jangning ohiri hech qachon bo'lmaydi. Wang va Jeon o'rtasida esa toabad davom etishi shak shubhasiz. Hajoonga qaytarilgan javob uning nafsoniyatiga tegmay qoymadi. Obro'sini bir pul qilish bilan barobar bu. O'rnidan g'azablangancha turgan Hajoonni boshqa tomondan bu jangga qo'shilgan odamning ovozi to'xtatib qoldi.
Jihoon: joyingizga o'tiring Janob Wang
Hajoon: aralashmang janob Park
Jihoon: bu yerda hammani ko'z o'ngida dahanaki jangdan nima foyda? Yaxshisi buni jang maydonida hal qiling.
Hajoon: maslahat uchun katta rahmat Janob Park. Yon daftarimning old varog'iga yozib qo'yaman.
Jihoon: unda mana shunday yo'q obro'yingizni ham yo'qotib gap chaynab yuravering huddi ayollardek.
Hajoon:... ayollardek gap chaynash sizga xos deb o'ylayman janob Jihoon. Qo'shimchasiga o'g'ri itdek begona odamning nonini olib qochish ham.
Jihoonning xotirjamligini buzgan jumla hammaning e'tiborini birdek tortdi. Bu yerda gaplar shunchaki aytilmaydi. Kesatiq ortiga yashirilgan haqiqatlar bo'ladi. Gapning asl ma'nosini boshqalar tushunmagan bo'lsada Jungkook hammasini bittada tushundi. U bu gapi bilan ikkalangiz o'rtangizda bo'lgan barcha voqeadan xabardorman demoqchi. Begona odam deya aytilgan Jungkook bo'lsa non deya tilga olingani uning rafiqasi. Uch oila o'rtasida davlatlararo urush bilan birga yana bir ichki urush boshlandi. Hamma sirlardan xabardor Wanglar, Jeonlarni yo'qotishga shaylangan Parklar, Ikki oilani ham tag tomiri bilan uzishga tayyor Jeonlar. Bu huddiki Koguryo davridagi uch qirollik davriga o'xshaydi. Hayotning beshavqat qonuni kuchlilar g'alaba qozonadi...
Biroz vaqtdan so'ng hali Yaponiyaga qaytib ulgurmagan bosh vazir amaldorlar davrasiga tezlikda qo'shildi va olib kelgan xabarini birma bir tushuntirdi.
- Imperatorning rasmiy farmoni e'lon qilindi. Ertaga tong sahardan Yaponiya Germaniyaga qarshi urush qildi. Hozirda barcha qurol va askarlar yetarlili ammo zaxiraga qo'shin to'plashimiz lozim. Koreyadagi barcha 20 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan urushga yaroqli erkaklarni to'plang. Tezlikda ularga qurol ushlash san'atini va jang san'atini o'rgatish boshlansin. Oziq-ovqat uchun barcha xonadondan 50 foiz yemishini yig'ing. Dehqonlardan esa 80 foiz maxsulotini front uchun rasmiylashtiring. Matodo'z tikuvchilar tezlikda himoya liboslarini tikishni boshlashsin. Har qanday vaziyatga tayyor turishimiz lozim janoblar.
Vazirning buyrug'i bilan barcha amaldorlar ichga kirishdi. Xalqdan huddi farmodagi keltirilgan narsalar musodara qilindi. Koreya Yaponiya uchun front orti zaxirasi vazifasini butunlay o'z bo'yniga olib xizmatini boshladi. Har bir oiladan urushga yaroqli erkaklarni yig'ib olib maxsus kazarmalar tuzildi. Qolgan ayol-u yoshi o'tgan erkaklar dalaga chiqib qora mehnatga tushishdi. Barcha boy zodagonlardan, savdogarlardan boyliklari davlat tomonidan urushga deya musodara qilindi. Koreya xalqining zahirasi ancha kamaya boshladi.
Kuz kelganiga ancha bo'lgan. Ekilgan barcha maxsulotlar yig'im terimi boshlangandi. Xuddiki tangrining rahmi kelgandek shu yil barcha hosillar barakalari va serunum bo'ldi. O'z dalasida ishlayotgan Shiya barcha xizmatkorlari bilan baravar yeng shimarib ishlamoqda. Kun yarmiga yetib quyish tikka ko'tarilganida bir xizmatkor Shiyani chaqidib unga Jungkook kelganini xabar qildi. Qo'llaridagi changni qoqib nim tabassum qilgancha Shiya dala ichidan chiqdi. Ishchan rafiqasining yuzidagi charchoq aralash tomchilani ko'rgan Jungkookning tabassumli yuzi tundlashdi. Qiz oldiga kelishi bilan uni belidan tutib o'ziga biroz yaqinlashtirdi-da cho'ntagidagi dastro'molini chiqarib asta sekin tomchilarni artish barobarida gapira boshladi.
- senga necha marta aytishim kerak bu ishlar sen uchun emas deb
- biroz bo'lsada foydam tegsin degandim.
- foydang ancha tegdi. Endi senga dalaga kirishni ta'qiqlayman.
- unday qilmang Jungkook.
- yoki tushgacha og'ir bo'lmagan ishlarni qilib uyga qaytasan yoki men seni butunlayga uyga qamayman
- yaxshi yaxshi ko'ndim. O'zi qorangizni 2 haftadan beri ko'rsatmay nega meni tergab koyiyapsiz? - eridan uzoqlashib qoshlarini chimirdi.
- Yaponiyaga borib keldim. Askarlarni eson omon topshirib keldim.
- qancha odam ketdi?
- 100ming
- bu urush qachon tugar ekan?
- ...noaniq ohiri ko'rinmayapti - xo'rsinib nafas chiqardi.
- Yaponiya qancha qo'shin yo'qotdi.
- 40-50ming atrofida jangchi halok bo'ldi?
- yetmaganiga bularning yarmi koreyslar edi shundaymi?
- kel shu masalada tortishmaylik
Charchagancha g'ingshigan Jungkook Shiyani qayta quchog'iga olib uni bag'riga mahkam bosdi. Shiya boshini Jungkookning yelkasiga qo'ygancha tundlashib bir nuqtaga qarab qoldi. Ich ichiga o'ziga o'zi gapirib qo'ydi.
Janob Kim uyiga g'azablangancha qaytganini ko'rgan Taehyung uni birinchi marta bu holatda ko'rayotgan edi. Janob Kim xonasiga kirganidan so'ng ortidan Taehyung ham kirib uni gapirishini kuta boshladi. Janob Kim esa xonani ikki tomoniga qatnagancha ahiyri darg'azab gap boshladi.
- bular o'zlarini kim deb o'ylashyapti? Indamaganimiz sari boshimizga chiqib o'z ishlarini bajarishmoqchiya. Bas yetar shunchasi, jin ursin
- dada qizishmang. Nega bunday jahldasiz.
- Koreya butun front oziq ovqat va harajatini qoplab berishi kerakmish. Dehqonlardan o'stirgan hosilini barchasini olarmish. Xalqdan esa bor mulkini olarmish. O'zi zo'rg'a kun kechirayorgan xalqdan nima kutishadi bular hayronman. Yetmaganiga ulardan o'lpon undirishni meni bo'ynimga yuklashdi.- charchab gavdasini siltagancha o'zini stol ustiga tashladi.
- haqiqatdan ham bular quyishqondan chiqishdi.
- juda ham... singlingdan xabar bormi?
- yo'qligingizda u kelib ketdi. Jungkookning aytishi bo'yicha u yana askar eltib berib qaytibdi.
- nima? Ahir hali jo'natilmasligi kerak ediku? Qachon qancha askar jo'natilibdi?
- bir necha hafta avval 100ming askar jo'natildi dedi.
- ey hudoyim... bu ketishda Koreyada inqilob yuz beradi... xalq to'ntarish qilsa hech kim ularni to'xtata olmaydi.
- to'ntarishdan oldini olish uchun balki o'zimiz harakat qilarmiz dada.
- hali erta... yana biroz vaqt o'tishi kerak
- vaqt o'tgungacha bu yangi farmon eshittiilsa xalqni to'xtatib bo'lmaydi.
- biror chora izlab topamiz.
- qirol bilan gaplashib ko'rarsiz balki.
- u qo'g'irchoqning qo'lidan hech vaqo kelmaydi o'g'lim.
- ... kutamizmi demak
- kutamiz
Ancha kech bo'lgan bo'lsada Jungkookdan darak yo'q. Yuragimning buyrug'ini aqlim hal tan olib bormoqda. Butun vujudim bilan amin bo'lib bormoqdamanki men uni rostakamiga sevib qoldim. Oldin yuzaki bildiradigan mehrimni endi butun vujudim bilan bermoqdaman. Qani edi biz shunchaki oddiy odamlar kabi dunyoga kelganimizda edi. Men u uchun sevimli rafiqa u esa men uchun suyukli umryo'ldosh bo'lgan bo'lar edik. Ammo men qo'rqadigan kunlar yaqinlashmoqda. U bilan yo'limiz ayro bo'lib boshqa umuman tutashmasligi ham mumkin. Peshonamizga yozilgan taqdirdan qochib qutila olmaymiz...
Hayollarim og'ushida bir nuqtaga tikilib turganimda nishonim o'rnini boshim uzra aylanib o'tgan bir dona oq atirgul egalladi. Uning iforini birzumda tuyib mayin tabassum qilgancha uni keltirgan insonni ko'rishga shoshilib boshimni yuqoriga ko'targanimda menga jilmayib qarab turgan erimni ko'rib kengroq jilmaydim. Qora ko'zlarida ham horg'inlik ham quvonch aks etib turar ekan menga yaqinlashib kengaygan lablarim ustida uning lablarini bir zum sezdim. Jungkook qisqa bo'sa bilan yakunlanib men o'tirgan o'rindiqni aylanib o'tib boshini tizzalarim ustiga qo'yib cho'zildi. Mushaklari yotganidan so'ng yoqimli og'riq berganidan chuqur nafas olib chiqarib o'zini bo'sh qo'ydida ko'zlarini yumdi. Qo'limdagi dona atirgulga mahliyo bo'lgancha gal boshladim.
- nega doim 1 dona gul olib kelasiz.
- chiroyli buyum doim yakka holda go'zal ko'rinadi huddi sen kabi.
- xushomatni hech kanda qilmaysiz Janob Jeon
- sizni ko'rgach bu tilim sayrashdan to'xtashni istamaydi Jeon xonin
Uning gaplaridan so'ng e'tiborimni unga qaratib yuzidan tutib mayin silab sochlariga o'tdim. Sochlariga tekkanimda yengil tortgan erimni ko'rgach boshini uqalashni boshladim. O'ziga ancha kelib dam olgan erim boshidan qo'llarimni olib lablariga bosib turib qo'yib yuborganidan so'ng doim haralatida isbotlagan ammp tiliga chiqarmagan so'zlarini chiqardi.
Quloqlarimda yoqimli jaranglagan so'zlardan erigancha jilmayar ekanman Jungkookning yumiq ko'zlaridagi kipriklari pirpiragancha tebranib ko'zlarini ochdi. Bir ko'zlarimga qarab bir lablarimga qarab bo'ynimdan sekin silab tutib o'ziga yaqinlashtira boshladi. Asta sekin erimning lablari tomon yaqinlashar ekanman barcha hayollarimizni devordan oshib o'tgan olovlo mash'ala buzib yubordi. Mash'ala to'g'ri kelib Jungkookning qorin bo'shlig'iga tushganida baqirib yuborgancha tezlikda uni qornidan surib yerga uloqtirdim. Jungkook ham o'rnidan sapchib turib ketti. Bu qanday yuz berganini ikkimiz ham anglab ulgurmasimizdan ko'chadan baqiriq ovozlari keldi.
- nimalar bo'lyapti?
- uyga Shiya. Uyga kir tez.
Jungkookning dag'al ovozi quloqlarimga eshitilmay ketti. Sababi esa ko'chadan kelayotgan g'alayon tovushi. Nimalar bo'layotganini ham anglay olmay qoldik. Uy kirish eshigi tomonga yugura boshladik. Atrofga qaraganimda devorlar ortidan olovning nurlari taralmoqda. Bu to'ntarish, xalq qo'zg'oloni. Qo'rrqanimiz yuz berdi. Uy ichiga kirib eshikni qulfladik. Atrofimizda barcha soqchilar terilishdi. Yuqori qavatdan esa qaynotam qaynonamni quchgancha tushib keldi.
- yaxshimisizlar dada?
- bizda hammasi joyida. Kiyimingga nima qildi?
- zararsiz bo'ldi ahamiyatsiz. Bu yerdan ketishimiz kerak.
- men yordam chaqiraman. Orqa eshikni borib xavfsizlantir. O'sha yerdan chiqib ketamiz.
- tushunarli.
- o'zingizni ehtiyot qiling.
Jungkook indamay menga bir qarab qulflagan eshigini qayta ochib soqchilar bilan birga chiqib ketdi. Derazadan hovliga qaraganimda kirish darvozasini buzishga shaylangan ovozlar kela boshladi. Darvozaga qayta qayta zarba berishar ekan Jungkook qo'liga to'pponchalarini olib yonidagi sanoqli odamlarga nimalarnidiri tushuntirgancha o'zi orqa eshik tomon o'tib ketdi. Jim qarab tura olmayman. Qaynotam ham qo'liga to'pponchasini olganida hech ikkilanmay uni oldiga borib to'pponcha tomon qo'l cho'zdim.
- menga ham qurol topiladimi?
- o'q uzishni bilasanmi?
- ha o'ldirolmaada hech bo'lmaganda yaralayman.
Qaynotam menga hayron qaragancha yana bir javonni titkilab qurol va zahira o'qdonni qo'liga oldi. Bir qurolga bir menga nigohini tashlab qo'lidagi bejirim matohlarini berib g'o'ldiradi.
Ortiq hech narsa demagan qaynotam menga orqa o'girib eshildan chiqar paytida uyga Jungkook kirib keldi. Yuziga qon sachrab hovliqqancha kelgan erimni ko'rib oldiga qanotsiz uchib bordim go'yoki. Uning nimadir deyishini kutar ekanmiz u og'ir yutunib nafasrostlab gap boshladi.
- hammasi tayyor orqa eshikda mashina kutib turubdi.
- senchi o'g'lim?
- men ularni ushlab turaman.
- yo'q sen onang va xotiningni olib bu yerdan ket. Men yordam kuchi kelishini kutaman. Ular kelganida bu yerda kimdir bo'lishi kerak.
- endi bunday ishlar uchun qarilik qilasiz ota.
- har qanday narsaning eskisi yaraydi. Ko'p gapni cho'zmay jo'na. Silarni pana qilib turishda yordamlashaman. Bo'ling imillamang.
Janob Jeon og'lini qo'lidan siltab eshik tomonga irg'itdi. So'ng qolganlarni ham unga qo'shdi. Janob jeonning gaplariga qarshi chiqa olmay eshikdan tashqariga hatlab qadam qo'yishganda kirish darvoza pand berib ichkariga olomon bostirib kirdi. Qo'lida belkurak, o'roq olib sodda qurollangan aholi zamonavuy shay turgan jangchilarga tashlanishdi. Jangchi soqchilar ancha kam bo'lishsada ularni ushlab qolishdi. Ammo ushlashga ulgurmaganlari Jeonlar oilasiga tashlanib kelishdi. Ularning tilida faqatgina bir so'z akslanar edi. "XOYINLARGA O'LIM"
Orqa eshikka yetgan oilaning oeirdan bostirib kelgan bir nechta fuqaro ularni to'xtatishga kirishishdi. Ularni birma bir otib tashlagan Janob jeon ortga qaytayotgan o'g'lining yelkasidan tutib to'xtatdi.
- har narsanjng eskisi yangi avlod uchun qurbon bo'ladi... shuni yodingdan chiqarma. Agar uchrasha olmasak senga ishonamanki hammasini uddalaysan. Onang senga omonat...
- unday demang ota.
- bu shunchaki 2chi yo'l. Va'da beraman erta tongda yana birga bo'lamiz.
Janob jeon jilmayib tabassum qilib o'glini yelkasidan yengil qoqqancha ortiga o'girildi. Jungkook kaftlarini musht qilib tugib istamaygina onasi va xotining yelkasidan tutib mashinaga olib chiqib o'tqazdi. Qayerga borishni o'ylashga ham vaqti bo'lmay hayoliga kelgan birinchi xavfsiz joy tomon mashinani haydadi. Yo'lda odamlsr daryo kabi oqar mashinaga tashlanib unga toshlar otishmasin Jungkook to'xtamadi. Mashining g'ildiraklari ostiga kim tushsada ahamiyatsiz hammasini yanchib o'tdi.
Shiya o'ziga tanish bo'lgan yo'lni ko'rib ota uyiga kelganini fahmladi. Lekin u Jungkookdan bunday qarorni kutmagan edi. Bu yerda ham olomon yetarli ammo hech kim bu yerda urush uchun kelmagani ko'rinib turar edi. Hech kimni e'tiboriga tushmay mashinani panaroq joyga to'xtatgan Jungkook undan tushishga shaylanganida Shiya uni to'xtatib qoldi.
- balki men tusharman. Odamlar menga tegmaydi.
- men allaqachon ularga ishonmay qo'ydim. Sen bizning oilamiz a'zosisan, endi Jeonlardansan ular seni sog' qo'yishmaydi.
- unda ularni ko'zigs tushmay qo'rg'onga kirib olaman. Keyin esa sizlarni akam bilan olib o'tamiz.
- tavakkal qilmaysan. Hammasini o'zim qilaman. Shu yerda jimgina kuting.
Jungkook qayta qayta qo'lini bigiz qilgancha Shiyaga gaplarini uqtirib mashinadan tushdi. Devorning panasi bo'ylab yurib sal narida ammo qo'zg'olonchilarga yaqin bo'lgan daraxtga tirmashishga qaror qildi. Sezdirmay ovozsiz daraxtga qichib devorni oshib o'tdi. Qo'rg'on ichkarisiga kirgan Jungkook darvozada peshvoz turgan qaynotasini ko'rdi. U huddiki qirollar kabi bosh ko'targan xalq bilan kelishishga ularga o'zining gaplarini uqtirishga urunar edi.
- Janon Kim, sabr kosamiz to'ldi. Endi yetar shuncha yutgan azoblarimiz. Biz ham erkin bo'lishni istaymiz. Qachongacha Yaponiyaning qora ishchisi bo'lib yashaymiz. Qachongacha ularga yetti bukulib salom beramiz. Qachongacha Buyuk Choson sulolasining avlodlari Yaponiyani ona vatanim deydi...Siz biz tomon bo'ling va qo'llab quvvatlang.
- hurmatli vatandoshlar, keling yaxshisi aql bilan ish ko'ramiz. Bular shoshma shosharlik bilan bitadigan ish emas.
- balki shunchaki qo'rqqaningizni tan olarsiz. To'g'ri, qorni to'qni qorni och bilan nima ishi ham bo'lsin.
- unday emas yurtdoshlar, siz meni tushunma...
- ohirgi javobingizni bering. Biz tomondamisiz yoki ular tomonda.
- men adolat tomondaman. Biroz sabr qilaylik. Mana shu lan'ati urush tugasin.
- bu urushda bizning aloqamiz yo'q. Bizga ozodlik berishsin. Bizni tinch qo'yishsin.
- BIZGA OZODLIK BERISHSIN. TINCH QO'YISHSIN. BIZGA OZODLIK BERISHSIN. TINCH QO'YISHSIN.🗣
Sabr kosasi allaqachon to'lib toshgan olomon endilikda hattoki Janob Kimning ham gaplariga quloq solmay qo'yishdi. Ammo barchasi haqiqat. Ular talab qilayotgan har narsa o'rinli. Kim ham qul bo'lib yashashni istaydi? Kim ham begona davlat uchun o'z jonini qurbon qiladi? Kim ham tinch hayotni xohlamaydi?
Jungkookni payqab qolgan Taehyung uning ortidan kelib yelkasidan tutganjda Jungkook hurkib bir sapchib tushdi. Ortida turgan yigitni ko'rib asta sekin ko'zlarini yumib ochib peshonasini tirishtirdi.
- bu yerda nima qilyapsiz Jeon?
- istamasamda sizdan bir narsani iltimos qilishga majburman.
- nima ekan? Tinchlikmi?
- ertaga tongga qadar onam va xotinjng uyingizda turib tursa bo'ladimi? Menda boshqa xavfsiz joy yo'q.
- albatta ular qayerda? Shiyaning ahvoli yaxshimi?
- u sog. Sal narida mashinada turishibdi. Ularni darvozadan olib kira olmaymiz.
- orqa eshikdan kirgazgan ma'qul. Men u yerni yengillataman. Siz esa ularni o'sha tomonga olib keling.
Taehyung Jungkooknj orqa eshikka yetaklab bu yerda ham yurgan qo'zg'olonchilarni chalg'itdi. Bundan foydalangan Jungkook esa mashinasi tomon yugurib ichida turgan ayollarni aytilgan yerga tezlikda va extiyotkorlik bilan olib keldi. Eshikda ularni Taehyungga topshirib ketayotganda Jungkook qayta ortiga o'girilib onasini bag'riga bosib so'ng navbatni Shiyaga berdi. Uni yuzidan tutib peshonasiga lablarini bosdi. Uni bunday qaltis vaziyatda qo'yib yuborishni istamagan qiz yjgitni qoldirishga ko'ndira boshladi.
- balki ketmassiz.
- men ketishim kerak. Otamni yolg'iz qoldira olmayman.
- Shiyaning gapida jon bor. Hozir yolg'izsiz Jungkook. Ko'chada kimningdir ko'ziga tushib qolsangiz ikkilanmay sizni o'ldiradi.
- men baribir ketishim kerak.
- hozir emas Jungkook. Bir marta bizga quloq soling.
- ketishim kerak dedim.
-.... huh mayli biroz kuting. Men ham siz bilan boraman. Tez qaytaman.
Taehyung tezlikda qo'rg'on ichkarisiga yugurub ketib qurollangancha qaytib keldi va Jungkookka ergashdi. Oradan biroz vaqt o'tgach Yapon yordamchi xavfsizlik qo'shinlari yetib keldi. Ana endi haqiqiy qirg'inbarot boshlandi. Yo'llaridan chiqqan har bir insonni ayamay do'pposlab o'ldirishdi. Ba'zilarining bo'ynidan huddiki hayvon kabi pichoq tortishdi. Bazilarini peshonasidan otib tashlashdi. Qo'zg'olon boshlangan asosiy joylardan qon daryo kabi oqa boshladi. Taslim bo'lishni istamayotgan xalq ularga na javob qaytara olardi na himoyalana olar edi. Ayol-erkak, qari chol-u kampirlar yo'lda ko'rinish bergan yosh bolalarga ham rahm qilinmadi. Vaxshiylarcha bu qo'zg'olon bostirildi. Xalq kuch bilan bostirilib uylariga katta soliq badali bilan jo'natildi. Bo'ysunishni istamaganlar qamoqqa olindi.
Ayanchli va qonli bo'lgan oltin kuzning tunlaridan biri banihoyat o'z poyoniga yetdi. Bu tun hech kim ko'zini birozga ham yummadi. Yumganlari esa endi hech qachon ochmaydi. Bir necha guruh askarlariga boshliq bo'lgan Jungkook hammasi o'z joyiga tushganidan so'ng o'z uyiga yo'l oldi. Otasidab hech qanday xabar olmagach uni izlab o'zi yo'lga chiqdi. Uyiga yaqinlashar ekan qoraygan kuya devorlari oldidan o'tib borib uyining darvozasiga keldi. Buzuq darvozadan ichkariga qadam tashlar ekan negadir hamma yer sokin. Askarlar bir yerga saf tortgancha bosh egib turishar edi. Ularni birma bir oshib o'tayotgan yigit katta xalqa ichida yuzi yopiq bir nechta jasadni payqadi. So'ng ularning tepasida turgan bosh zobidning oldiga borib sekin so'roqladi.
Bosh zobid Jungkookni ko'rib yuzi oqarib ketdi. Undan biroz uzoqlashgancha talmovsirab gapini yo'qotib qo'ydi. Keyin esa yurak yutib ahiyri tilga kirdi. Jungkook qoshlarini chimirgancha uning bir so'z aytishini kutardi.
- j.janob j.jeon endi oramizda... y.yo'q
Birdan gumburlagan chaqmoq hammaning yuragiga katta qo'rquv soldi. Jungkook haligacha o'z yuz ifodasini buzmay turar ekan zobidga yaqinlasha boshladi. Uning oldiga maksimal darajada yaqin kelib ikki yoqqasidan ushlagancha tishlari orasidan gaplarini siqib chiqardi.
- sen nimalar deyayotganingni tushunyapsanmi? Qanaqasiga unday bo'lishi mumkin?🗣
- janob ularning jasadlari anavi yerda.
Zobid qaltiragancha ko'rsatkich barmog'i bilan chekkada oq matoga o'ralgan jasadni ko'rsatdi. Jungkook yurak yutib u tomomga qarashni istamay turib o'girildi. Oq mato tashlangan jasadning ustidagi mato shamoldan hilpirar edi. Hilpiiirab tebranayotgan matoning bir qismi shamolga dosh bera olmay yechilib undan janob Jeonning ko'kargan yuzi ko'rinish berdi. Jungkook ko'zlari xonasidan chiqqudek kattalashib otasi tomon yugurdi. Yerga cho'kkalagancha mayitning oldiga o'tirib oq matoni belgacha tushurdi. Janob jeonning tanasida qotib qolgan qora qon butun badaniga yoyilgan edi. Ko'ksida esa katta bolta izi qonga liq to'la to'lar edi. Yigit otasinjng jonsiz tanasiga qo'l urishga qo'rqib ahiyri ko'zlaridan bor tomchi yosh dumaladi. Boshini yerga tekkizgancha o'kirib yig'lab yubordi. Qo'lini mushtlab yerga urar ekan to'sattan gavdasini ko'tarib osmonga qarab bor ovozida o'shqirdi.
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic