MONSTER UNDER THE BED || FINAL 2
Janob Kim joyida turgan xolda butun tanasi titray boshladi. Nimalar bo'layotganini to'liq anglab anglamay talmovsiragancha ayolining yosh to'la ko'zlariga qaradi. Havotirdan lablari titragancha bir yutunib dilidagini tiliga chiqardi.
Kim xonim qo'rqib turgan xabaridan yoqa ushlab kutilmaganda uvvos solgancha yig'lab yubordi. Erining yoqasiga yopishgancha yolvora boshladi
- aytgandim. Sizga aytgandim unga barchasini tushuntiring deb. Quloq solmadingiz. Sir bo'ladi dedingiz. Ammo qarang endi nima bo'ldi.
- men bunday bo'ladi deya o'ylamagan edim
- endi nima qilamiz?
- nima qilinishi kerak bo'lsa shuni qilamiz.
Janob Kim telefonini olgancha uydan chiqib ketdi. Barcha odamlarini bir nuqtaga yig'ib yo'lga tushdi. Mashina rullarini siqimlagancha pushaymon chekkancha boshini sarak sarak silkib qo'yardi goh goh zamon.
- janob Kim bu shunchaki anglashilmovchilik bo'ldi - pinagini buzmay ozini oqlashga kirishdi janob Jeon
- anglashilmovchilik? Shumi anglashilmovchilik. O'sha iflosga nomimdagi mol-mulkni qo'sh qo'llab o'tkazib berib bu gapni qanday ayta olyapsan?
- menimcha buni zarari yo'q. Ahir u ham sizni xotiningiz
- u meni xotinim emas. Shunchaki bir buzuqi ayol edi
- og'zingizga qarab gapirining janob Kim u mening singlim - jeon xonim gapga qo'shildi.
- buzuqini buzuqi deydi. Men va eringiz o'rtasida ketayotgan suxbatga surbetlarcha qo'shilish sizga yarashmadi xonim - yuqori darajada o'zini bosishga harakat qilib mayin gapirdi
- janob Kim nafsingizni jilovlay olmay tug'dirgan kenja qizingiz aslida xotiningiz dunyoga keltirmaganini bilsa qanday ahvolga tushar ekan? - asl basharasini ko'rsatgancha tulkilar kabi hiringladi.
- bu gapimg bilan nima demoqchisan?
- bu bilan bu ishlarga shunchaki jim ko'z yuming demoqchiman. Shunda bizning ham og'zimiz bir umrga qulflanadi va siz bamisoli farishta ayolingiz bilan farovon hayot kechirasiz
- seni jim qilishni boshqa yo'llari ham bor
Jahliga yengilgan Janob Kim belidan to'pponchadini chiqargancha er-xotinni ayovsiz tarzda otib tashladi. Ko'zlariga hech narsa ko'rinmay o'zini yo'qotib qo'ydi. To'pponchaning o'qi tugashi bilanoq yerda yotgan shisha bo'laklarini qo'liga olib jonsiz tanalarga ayovsiz zarbalar berdi. Oradan vaqtlar o'tganidan so'ng boshqa bir qo'riqchilsr kelib Janob Kimni ajratib olishdi. U jasadlarga qarata tishlari orasidan g'azabli vishilladi.
- men ayolim va bolalarim kulgusi uchun har narsa qilishga tayyorman. Jon berishga ham... jon olishga ham...
- men oilam uchun har nimaga tayyorman. Jon olishga ham... jon berishga ham... - mashinaning gaz pedalini yanada qattiq bosib masofalarni qisqartira ketdi.
Bu paytda jahannam kabi nur taratayotgan uy atrofini egallagan Dylan va Jihoon janob Kimning yo'lda ekanligini eshitib uni kelishini kutishar edi. Uy ichkarisidan esa o'q tovushi to'sattan yangradi. Ovozdan sergak tortgan Dylanning sabri tugadi.
- ortiq kuta olmayman. Men ichkariga kiraman
- yo'q Dylan. Janob Kim...
- Janob Kim kelgungacha Shiyani yo'qotsakchi? Kech bo'lsa nima qilamiz?
- qaltis vaziyatda o'ylamay harakat qila olmaymiz. Har bir nojo'ya harakat o'zimizga qarshi ishlashi mumkin
-... yana biroz... ozgina chida... - uyga termulgancha
- Jungkook bu yo'lingdan qayt. Bu yo'lingni ohiri faqatgina o'lim.
- sen o'limingdan xavotirdamisan Shiya - sekin yerga cho'kkalab qizning sochlarini qulog'i orriga o'tkazdi.
- men o'limdan qo'rqmayman. Biz hech qachon o'zimiz xohlagan paytda o'la olmaymiz. Yaratgan bizning taqdirimizni allaqachon chegaralab qo'ygan.
- unda nega menikini bashorat qilding? - kulimsiragamcha o'rnidan turdi.
- chunki sening ko'zlaringda allaqachon hayot uchun na xohish na umid bor. Sen bugun tunda o'lishingni juda yaxshi bilasan - tirsaklariga tayanjb qaddini rostladi. So'ng asta sekin gavdasini ko'tarib o'rnidan turdi og'riqlariga chirt ko'z yumgancha.
- iltimos yana bir o'ylab ko'r. Bu yo'lingdan qayt. Hech narsaga erishmay turib o'lib ketishni istaysanmi? Hayot gashtini surgancha qarib qartayib farzandlaring bag'rida bu dunyoni tark etishni xohlamaysanmi Jungkook?
Jungkook biroz muddat gapirishdan va harakatlanishdan to'xtadi. U biroz bo'lsada Shiyaning so'zlaridan ta'sirlandi va o'ylovda qoldi. Biryo'g'i maqsadi uchun qasosi uchun bir qadam qolganda endi qaroridan qaytadimi?... qayta oladimi?...
- kel bularning barchasi yakun topsin
Janob Kim aytilgan manzilda yetib keliboq soatiga qaradi. Ixtiyorida yana 5 daqiqa bor. Unga peshvoz chiqqan yigitlarga "kuting" deya buyruq berib o'zi uy ichkarisi tomon yo'l oldi. Kirish eshigi ochiq ekanligini unga qo'l kelib hech bir to'siqlarsiz ikkinchi qavatga ko'tarildi. So'ng birma bir xonalarni ko'zdan kechirayotganida ovozlar kelayotgan xona uning e'tiborini tortdi. Hamda shu zahotiyoq o'sha eshikka yugurdi. Manzara esa anchagina daxshatli. Oyoqlarida zo'rg'a turgan Shiya va unga orqa o'girib turgan Jungkook... yetmaganiga gerda yuz tuban qonga belangancha yotgan Ryen. Jungkook kutilayotgan mehmonini ostonada ko'rib qo'llarini keng yoygancha uni qarshi oldi.
- qadrli qaynotamni yarim tunda bezovta qilib qo'ydik. Aybga buyurmang dadajon. Qizingiz aniqrog'i qizlaringiz bilan birozgina aytishib qoldik - 2 qadamda Shiyaning oldiga yaqinlashib bo'ynidan siqimlagamcha ushlab o'ziga tortdi va gaoida davom etdi.
- suyukli rafiqam, sen menga bularni tugat yaxshi yasha deysan. Ammo men qanday qilib bu odamning yuzidagi kulguni ko'rgancha yashay olaman? Qanday qilib qo'llaridagi begunoh ota-onamning qonini qoldira olaman? Ayt! Qanday? - batar qizning bo'ynidan siqib ovozi boricha o'shqirdi.
- ular begunoh emas edi jin ursin seni🗣 qo'yib yubor qizlarimni
- kiprik qoqmay yolg'on so'ylasiza janobi olilari
- huddiki sen doim rost gapirasan - kulimsiradi yerda yotgan Ryen
- nahotki sen hali ham tiriksan?
- yomonga o'lim yo'q. Seni o'zim bilan olib ketaman iflos
- oyoqqa turganingda gaplashamiz. Ungacha joyingda jim yot. Men otang bilan gaplashyapman.
- senga haqiqat kerakmi? Unda men senga tug'ilganjngdan hozirgacha bo'lgan haqiqatni aytib beraman. - janob kim qurolini yerga tashlav o'zi ichkariga kirdi.
- sen o'zingcha kim uchun nima uchun qasos olayotganingni bilasanmi o'zi? Sen ota-onam deb jar solib menga qarshi chiqqanlaring aslida senga yetti yot begona. Otam deya kuyinayotgan odaming seni bir safari chog'ida haqiquy ota-onangni gumdon qilib seni olib kelgan. Bu yaxshilikdan deysanmi? Yo'q yo'q yo'q. Adashasan. Sen orqali mendagi barcha narsaga ega chiqish uchun seni asrab oldi. Huddiki o'z bolasidek tug'mas nas bosgan onang bilan seni katta qilayotgandi. - orada 3 qadam masofa qoldi
- yolg'on
- xohlasang ertaga otangni qabrini ochib seni DNK qildiramiz.
- jim jim jim jim - Jungkook Shiyani ortiga itarib yuborgancha to'pponchasini qarshisidagi erkakka to'g'irladi
- nega ularni o'ldirganimni bilmoqchimisan? Chunki o'sha ifloslar Ryenning onasiga mening mol mulkimni yarmini xufyona tarzda ortinga pichoq urgancha o'tkazib berishdi. Menga u bilan po'pisa qilishdi. Vaholanki afsuslar bo'lsin kim Ryenning onasi va onajoning opa-singil edi... va men buni yoqtirmadim. Men oilam uchun har ishga tayyorman. Ularni yo'qotishni istamayman... shuning uchun ularni o'ldirdim. - qurolga ko'ksini tiragancha qo'llarini keng yoydi.
- men erkakman. Qilgan ishimdan zarracha bo'lsada afsuslanmadim afsuslanmayman ham. Men oilasini birlikda saqlashga urungan bir jangchiman. Agarda kimdir o'lishi kerak bo'lsa o'sha inson menman. Qizlarimni esa qo'yjb yubor.
Jungkook kulimsirab kulimsirab asta sekin ovozi yuqorilagancha aqldan ozganlar kabi kula boshladi. Oyoqlariga urgancha telbanamo handon otib kular ekan asta sekin rostakamiga aqldan oza boshladi. O'tirib qolgan yeridan turgancha boshiga urib qashlab Shiyaga ko'zlari tushdi
- nega kulmayapsan? Kul!
- Jungkook bas qil.
- yo'q! Jim turing! Men ayolim bilan gaplashyapman... Endi ham hech narsa bo'lmagandek yashay olsa bo'ladimi? Menga aytchi Shiya.
- ...faqatgina sen kuchli bo'lsanggina
-... yo'q. Buning iloji yo'q...
Jungkook turgan holatida janob Kimga qaradi. Unga ancha uzoq tikilib turib u tomonga qurolini o'qtaldi.
- sen to'g'ri aytding Shiya. Bugungi tun men uchun ohirgisi...
Jungkook tezlikda qurolni iyagiga tiragancha ko'zlarini chirt yumib tepkini bosdi. Shiftga tomon qon sachradiyu pol ham qizil qonga burkandi. Oradan o'tgan soniyalardan so'ng Jungkooknjng tanasi bor bo'yi bilan polga tushdi. Atrofdagi barchaning ko'zlarida hayrat yashirilmadi.
Shiyaning ko'zlari yana bir bor namlandi. Janob Kim qizlarining oldiga chopgancha ikkisini ham bag'riga oldi. Ammo hali hanuz Shiyaning ko'zlari Jungkookning uzun kipriklari to'sib turgan yumiq ko'zlarida qoldi.
- tugadi... barchasi tugadi
- meni kechiring dada
- kechirim so'rama qizim...
Ota o'z qizlarini quchgancha yig'lab yubordi...
Dunyodan ko'z yumish naqadar oson
Indamay tark etish qandayin totli
Ammo bir bor ortga nazar sol
Nega kelding-u qay holda ketding
Kelding bir farishtamisol
Hayot edi go'yoki bir ko'klam bahor
Ammo bahordan so'ng kuz
Va qahraton qish bor
Qahraton qish ayozi sovuq
Hirpirab darbadar uchdim shamolida
Yeldim yugurdim izlab bir cho'g'
Ammo topolmadim birgina nur
Yeldim yugurdim topdim bir shula
Ayozligim tutib unmadim unga
Berdim ko'p azob uqubat unga
Topgan shulam so'ndi bir zumda
Yana yeldim yugurdim izlab
Ayoz qish etagin tutib qayta
Yana bir yaproqdek uchdim sargardon
Va ohir oqibat quladim sovuq qora tuproqqa...
Kuz faslidagi barglarning qizarishini tomosha qilishni va yengil shabada qo'ynida o'tirishni hush ko'radigan Shiya yana o'z oshyonida turgancha atrofga termulib hayol surib, o'tmishdagi yaxshi yomon voqealarni eslardi. Vaqtdan darak bergancha qizning oldiga o'tirgan yigit sekin uni quchgancha yuzidan bo'sa oldi.
- endi ketsak ham bo'lar azizam
- albatta...
Shiya Dylanning tirsagidan tutgancha extiyotkorlik bilan o'rnidan turib unga hamroh bo'ldi. Qorni endi bilinar darajada yetib qolib o'ziga yarashib turar edi. Shiya yurayotgan yo'lidan bir zumga to'xtab ortiga buruldi. So'ng daraxt shoxlarining bir tekis shitirlashiga tikilgan o'z o'ziga ichida gapirib qo'ydi.