QORA BO'RI YOHUD VAXSHIY OSHIQ 4-FASL 11-EP
Janob Jeon morg yo'lagi bo'ylab ketar ekan birinchi marta u bolasiga nisbatan qandaydur hisni tuydi. Yuragida nimadur g'alatilik bo'lmoqda ammo u anglay olmayapti. U hattoki sevgan insoni, ayoli o'lganda ham ko'zida qatra yosh aylanamagandi. Ammo uning ko'ksida uxlayotgan yurak uyg'ongan. U farzand dog'ini his qilmoqda. U yolg'iz qolayotganini his qilmoqda. Balki u shuning uchun ham kuyinayotgandir...
Yo'lak tugab u sovuq va etni junjiktirib yuboradigan xonaga qartaygan erkak qadam qo'ydi. Chiroq ostida yotgan jasad tomon yo'nalish berilgandan so'ng o'sha tomonga qarab sekin asta qadam tashlashni boshladi. Qora paketga o'ralgan tananing bosh tomoniga kelib bir muddat harakatdan qoldi. Qurib qolgan lablari titrab og'ir yutunganidan so'ng uning yuzini ochishga ishora qildi. Yuziga niqob taqqan doktor sekin asta jasad yuzini ochdi. Janob Jeon birdan uni yuzini ko'rib orqaga tisarilib ketdi. Olov ichida qolgan jasadning yuzi titilib ketgan butun tana ivib qoni bir joyda qalqib turibdi. Hattoki bir nechta joyda suyaklari ham ko'rinib turibdi. Farzandini bu holatda ko'rgan ota birdan baqirib yig'lab yubordi. Bechora ota hattoki farzandini tanasini ham qucholmaydi. Agar quchsa zo'rg'a turgan tana titilib ketishi mumkin. Janob Jeonda boshqa imkon yo'q. U shunchaki tis cho'kkan holda jasad oldida yig'ladi. Gapiray desa tili bormaydi. Ichida esa o'g'liga atalgan so'zlar talaygina. Bu erkakka farzand do'gi ta'sir qildi. Uning muz yuragini eritib yubordi.
- meni kechir o'g'lim... seni qiynagan otangni kechir...
Jehini yuzidagi tabassumi birdan yo'qolib ko'zlaridagi g'azab aksi endi yuzida ham gavdalandi. Bor kuchini bir kaftiga yig'ib Shiyaning yuziga achchiq tarsakini tortdi. Bundan siltanib ketgan qiz muvozanatni yo'qotib yerga yuz tuban yiqildi. Tarsaki tami unga yoqmaganligi ko'zlaridagi yirtqich nigohdan ma'lum. Gavdasini ko'tarib o'rnidan turib lab chetidan sal chiqqan qonni sidirib tashlab olovrang sochlarini orqaga taradi.
- senga savolim bor. Opangni qayniukasi bilan tiling birmidi? Lekin o'zingga yaxshi sherik tanlamagan ekansan.
- bizni yolg'iz qoldiring. - ortidagi yigitlar buyruqdan so'ng chiqib ketishdi.
- meni yakkama yakka olushuvda yuta olaman deb o'ylayapsanmi?
- bu o'ylov emas aniq natija
- mayli ko'ramiz
- la'nati iflos
Jehi birinchilardan bo'lib Shiya tomon tashladi. Ketma ket boks tushish uslubida unga zarbalar berar ekan Shiya ikki qo'li bilan yuzini to'sib zarbalarga chap berar edi. So'ng bundan bezigan Shiya ustunlikni o'z qo'liga olib Jehining bir qo'lini ushlab qayirib qorniga tizzasi bilan zarba berdi. Bukchayib qolganidan foydalanib uni tepib yubordi. Jehi yerga 2 marta ag'anab yotib qoldi. Shiya asabiy kulimsirab egnidagini yechib bir maykada qoldi.
- siz.. ha siz iflos qo'rqoqlar hattoki bir jangni ham eplay olmaysiz. Hammangiz qo'rqoqsiz. Ko'zingizga o'zingiz va sevganingizdan boshqasi ko'rinmaydi. Mana shu jihatingiz sababli men sizlarni yo'qota oldim. Hammangizni birma bir o'yindan oldim. Oldin sevgiling, keyin uning do'stlari va mana navbat endi senga. Hattoki qadrli opajoningni o'zim yo'qotmoqchi bo'ldim. Ammo anavi ovsar Jihyung buni menga qoldirmadi.
- seni o'ldirmay o'ladigan ahmoq yo'q.
- sen allaqachon o'lgasan.
Shiya sotida turgan bir tugmani bildirmay bosib qayta Jehiga tashlandi. Ikki urg'ochi sherning kuchlari teng va barobar olishishmoqda. Ikkisining ham yutqazish niyyati yo'q. Faqatgina olg'a yutish uchun qasos uchun harakat qilishmoqda. Oradan ancha vaqt o'tdi. Ikki qiz esa hali hamon olishishmoqda.
- sen nega bizga yopishib olding? Nega tinch hayotimizni barbod qilding la'nati? Senga nima kerak edi? Pulmi? Mansabmi? Boylikmi? Gapir iblis🗣
- ...Pul? Mansab? Boylik? Tupurdim bularni barchasiga. Siz ifloslarni men tuygan ayriliq hissini his etishingiz uchun barchasini qildim. Men kabi qondoshingizni yo'qotish alamini his qilishingiz uchun qildim. Sening qadrli pochchajoning sababli mening akam huddi opang kabi olov ichida qolib jizg'anak bo'lib vafot etdi. Eshityapsanmi?🗣 sizlar sababli mening akam bu dunyodan huddi shunday ko'z yumdi.
Shiya alam bilan bor ovozida baqirib gapirar ekan tashqaridan o'q ovozlari eshitila boshladi. Jehi hech nimaga tushunmay eshikka yaqinlashganida eshik undan oldin ochildi va eshik ostonasida Jihoon paydo bo'ldi. Jihoon qo'lidagi to'pponchani Jehiga qaratdi.
- Shiya ahvoling yaxshimi
- bundan yaxshi bo'lishi mumkin emas
- unda ketamizmi?
- to'pponchangni menga ber
Shiya Jihoonga yaqinlashib uning qo'lidan qurolni oldi. So'ng o'ylab o'tirmay Jehiga qaratdi. Uni peshonasiga tirab
- sizning davringiz o'tdi. Iflosliklaringiz tugadi. Men g'olibman... narigi dunyodagi sevgilingga mendan salom ayt
Shiya gapini tugatib tepkini bosib Jehining naq peshonasidan otib tashladi. Ko'zlari ochiq qolgan qizning tanasi yerga quladi. Shiya Jihoonga qayta qurolini uzatib
- uning jasadni to'g'ri dafn qiling
- tushunarli... buni qolganlar eplaydi endi uyga ketdik.
- yaxshi
Jihoon Shiyani mashinasiga joylab uyga yo'l olishdi. Yo'l yo'lakay Jihoon hammani qiz topilgani bilan ogohlantirib uyga chaqirdi.
Yigit va qiz uyga kirib kelishar ekan ularni katta zalda kutib turgan yana 2 yigit ularga peshvoz chiqishdi. Shiya Jungkookka bir Yoongiga bir o'qrayib qarab xonasiga chiqib ketdi. U yomon va alamli xotiralari ta'sirida bundan harakatlanar ekan buni tushunmagan 2 yigit bir birlariga qarab qolishdi. Vaziyatni yumshatishga harakat qilgan Jihoon uni shunchaki charchagan deya qoldi. Jungkookda shubha uyg'onib yuqori qavatdan yurib ketayotgan qizga tikilib qoldi.
Shiya xonasiga kirib eshikni qulflab unga suyandi. Lablari ustidan qo'lini qo'yib unsiz yig'lab yubordi. Eshik bo'ylab sirpanib yerga o'tirgancha alam bilan ko'zlaridan yoshi daryodek oqa boshladi...
Yuragini bo'shatish uchun anchagina vaqt ketdi. Ko'z yoshlari ko'zidan miltiriab tomar ekan o'rnidan turdi. Yotog'i oldidagi javon oldiga cho'kkalab tortmasini ochdib ichidan rasm oldi. Yotoqqa suyanib oyoqlarini birlashtirib unga boshini qo'yib suratga qaradi. U yerda akasi bilan tushgan so'nggi tasviri turar edi.
Sehun singlisi uchun kechlik tayyorlar singlisi esa ayni paytda universitetda loyihalarini taqdimotini o'tqazar edi. Hammasini tayyorlab singlisini kutish uchun divanga joylashgan yigit biroz telefoniga qarab vaqt o'tkaza boshladi. Oradan ko'p o'tmay Shiya xomush ahvolda uyga kirib keldi. Uni yuzidan xafakigini sezgan Sehun tezda uni oldiga bordi. Shiya hech bir so'z demay akasini pinjiga kirdi. Yigit singlisini mahkamroq quchib peshonasidan o'pib gap boshladi.
- olov qizni kim hafa qildi.
- ...hakamlar
- nega nima bo'ldi?
- menga 3- o'rinni berishdi. Ammo mening loyiham ularnikidan ming marta yaxshi edi aka... ular nohaqlik qilishdi.
- bu dunyoda haqiqat yo'q. Shu oddiy narsa uchun siqilishingga hojat yo'q. Sen eng zo'ri sen tulkicham
- baribir men endi qayta bunaqa loyihalarda ishtirok etmayman
- darrov yutqazishga shoshilma. Kurash
- .... ho'p
- qani ketdik ovqatlanamiz zoti oliyalari
Sehun singlisini kayfiyatini ko'tarish uchun hammasini qildi. Uni kuldurdi mavzularni boshqa tomonga burdi. Har xil narsalar bilan Shiyani yana yuzida kulguni yoqdi. Kechki ovqatdan so'ng birga televizr ko'rib o'tirishar ekan Sehunning telefoni oshxonadan jiringladi. Suv olib kelish maqsadida oshxonaga chiqqan Shiya telefonni ham o'zi bilan birga olib keldi. Sehun Kai bilan gaplashib navbatdagi topshiriqni qabul qildi. So'ng o'rnidan turib narsalarini yig'ishga tushdi.
- qayerga aka
- koreaga qaytishim kerak. Buyurtma tushdi
- nega darrovmi? Ketmang aka iltimos
- bir necha oyda darrov qaytaman
- aniqmi?
- albatta seni aldamasligimni bilasan
- sog'-salomat qaytishga va'da bering
- naq 3 oydan so'ng ko'rishamiz. Tulkilar malikasi
- ho'p o'zingizni ehtiyot qiling
- sen ham ozingga qara. Vaqtida ovqatlanib vaqtida uxla. Zalga qatnashni ham kamaytirib e'tiboringni o'qishingga qarat
- ho'p
Shiya kechki oayt akasini raqamini terib unga qo'ng'iroq qildi. Bu paytda Sehun olov ichida arang nafas olgancha ko'ksida o'q bilan yotar edi. Jiringlayotgan telefoniga sudralib borib ekranda singlisini rasmini ko'rib yig'lab yubordi. Go'shakni arang ko'tarib unga javob berdi.
- aka ahvolingiz yaxshimi? Qachon kelasiz?
- m.meni k.kechir s.singlim... a.akang... a.akang vadasini ustidan ch.chiqa olmaydi
- nima? Nimalar deyapsiz aka? Ovozingiz nega bunday? Alo aka
- meni kechir. Men seni yaxshi ko'raman. Akang seni borlig'i bialn yaxshi ko'radi.
- aka... aka🗣
Telefon ietidan portlash ovozi eshitildi va qo'ng'iroq uzuldi. Shiya ertasi kuniyoq akasini turgan yerini topib bordi....
Bu siz bilan o'tkazgan oxirgi kunimdan xotira. Nega ham kettingiz? Ketmaganingizda edi hozir hammasi boshqacha bo'lar edi. Ikkimiz birga bo'lar edik. Sizning chiroyli va baxtli oilangiz bo'lardi. Mitti farzandlaringizga o'zim qarar edim. Sizni o'sha kuni olib qolishim kerak edi. O'sha kungi qo'ng'iroqni sizga olib kelmasligim kerak edi. Hammasiga men aybdorman... sizni sog'indim akajon... meni yana bir bor kechiring. Qotilingiz bilan bir uyda yashayotganim uchun kechiring... men ularga tovon to'lataman... sizga bu ishni buyurgan hali hamon nafas olmoqda... yaqinda u ham nafas olishdan to'xtaydi...
Shiya surat ustidan akasini yuzini o'pib qayta suratni joyiga qo'ydi. O'rnidan turib gavdasini yana mag'rur ko'tarib chuqur nafas olib chiqarganidan so'ng yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Nazoratchilar erta tongdan maxpuslarni uyg'otishga kelishdi va bugun ozodlikka chiqadiganlarni ogohlantira boshlashdi.
- maxpus 567 bugun sen ozod qilinasan
-... yaxshi.
Yigit gavdasini ko'tarib kerishdi. O'z xonasidagi kichik derazadan taralib turgan yorug'likka qarab
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic