October 9

#SERENITY 8-qism

Serenity
8-qism

Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi. Qarshisida xotinini ko‘rib biroz bo‘lsada tinchlandi ammo uni ortida o‘rindiqda o‘tirgan eski sevgilisini ko'rib yuzida jahl endilikda anglab bo'lmas tuyg'uga aylandi. Shia eridagi o'zgarishni sezib unga shubha va hayajon aralash qarab turar edi. Kirganidan beri miq etmagan Jungkook ahiyri tilga kirdi.

- eringiz safardaligidan foydalandingizmi Jeon xonim
- bu siz o'ylagan narsa emas Jungkook
- tushuntirishga hojat yo'q hammanisi aniq va ravshan
- Jeon xonim eringizga tushuntira qoling. Bizni yomon ma'noda tushunmasinlar
- kettik Shia

Jungkook Shianing qo'lidan ushlab kirish darvozasi tomon sudragandek qilib olib chiqib keta boshladi. Ammo lekin degan joyi bor. Jungkook yana bir kishini unutgan holda qizga qo'pollik qildi. Bu inson esa xotining akasi. Taehyung bularni kuzatib turib sudrab ketilayotgan singlisining bo'sh bilagidan ushlab ikkisini ham to'xtatdi va singlisini tezlikda bo'shatib ortiga oldi. Taehyung ko'zida jahl olovi alangalatgancha Jungkook bilan yuzma yuz turdi. Jungkook ham bu harakatdan g'azablangancha o'ljasidan ayrilgan sherdek Taehyungga qaradi.

Serenity
8-qism

Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi. Qarshisida xotinini ko‘rib biroz bo‘lsada tinchlandi ammo uni ortida o‘rindiqda o‘tirgan eski sevgilisini ko'rib yuzida jahl endilikda anglab bo'lmas tuyg'uga aylandi. Shia eridagi o'zgarishni sezib unga shubha va hayajon aralash qarab turar edi. Kirganidan beri miq etmagan Jungkook ahiyri tilga kirdi.

- eringiz safardaligidan foydalandingizmi Jeon xonim
- bu siz o'ylagan narsa emas Jungkook
- tushuntirishga hojat yo'q hammanisi aniq va ravshan
- Jeon xonim eringizga tushuntira qoling. Bizni yomon ma'noda tushunmasinlar
- kettik Shia

Jungkook Shianing qo'lidan ushlab kirish darvozasi tomon sudragandek qilib olib chiqib keta boshladi. Ammo lekin degan joyi bor. Jungkook yana bir kishini unutgan holda qizga qo'pollik qildi. Bu inson esa xotining akasi. Taehyung bularni kuzatib turib sudrab ketilayotgan singlisining bo'sh bilagidan ushlab ikkisini ham to'xtatdi va singlisini tezlikda bo'shatib ortiga oldi. Taehyung ko'zida jahl olovi alangalatgancha Jungkook bilan yuzma yuz turdi. Jungkook ham bu harakatdan g'azablangancha o'ljasidan ayrilgan sherdek Taehyungga qaradi.

- kuyovimiz hadlaridan oshmadilarmi?
- menimcha xotinimning akasi notog'ri harakatga qo'l urdilar.
- siz xotinim deb atagan qiz mening singlim bo'ladi Janob Jeon
- kim bo'lsangiz ham kim bo'lsa ham foydasiz men uni olib ketaman va bu tabiyasizligingizni shunchaki unutaman

Jungkook Taehyungni aylanib o'tmoqchi bo'lganida Taehyung uning yo'lini to'sdi. Uning ko'zlariga qayta tik qarab

- bu yerdan yoki o'zing ketasan yoki o'liging ketadi
- aka
- sen xonaga kir. Sen bilan keyin gaplashaman
- u men bilan ketadi
- bir gapni ikkinchi marta takrorlamayman
- bu yerda nimalar bo'lyapti?

Tashkilotga to'satdan tashrif buyurgan janob Kim hammani sergak tortishga keltirdi. O'g'li va kuyovining bir biriga qilayotgan yov qarashidan ikkisining oldiga tezlikda yetib keldi. Ikki yigit xurmat yuzasidan Janob Kimga ta'zim qilishdi. Janob Kim orqada yuzi oqarib qotib qolgan qiziga bir ko'z tashlab qayta ikki sher misol turgan yigitlarga qarab

- bu nima qarash bo'ldi yigitlar
- Janob Kim men qonuniy va nikohli rafiqamni olib ketmoqchi edim lekin bunga o'g'lingiz qarshi
- shu gap rostmi Taehyung
- eri sifatida to'g'ri olib ketayotgan bo'lganida unga to'sqinlik qilmas edim. Shiani sudragandan batar qilgani uchun singlimni bermayman
- u xotinim xohlasam sudrayman xohlamasam yo'q
- sal o'zingizni bosing kuyov. Bundan muomala qilish hali sizga emas. Qizimga keladigan bo'lsak u shu yerda qoladi.
- nima? Uni olib ketishimga kim to'sqinlik qila oladi?
- hech kim. U sizning xotiningiz lekin men ham otasi sifatida qizim bilan birga qolishim mumkin. Qolaversa kechki ovqatda bizni kuting. Mehmon bo'lamiz
- albatta Janob Kim. Sizlarni kutamiz ammo Shia hozir men bilan ketadi.
- uni ham kechlikda birga etamiz havotir olmang. Xotiningiz xavfsizligi mening bo'ynimda
- ... mayli... ko'rishguncha

Junkook o'ylanib hozir baxslashish foydasizli ekanligini sezib avval Shiaga so'ng Taehyungga ola qarash qilib tashkilotni tark etdi.

- surbet
- Taehyung o'zingni bos. Qayta u bilan bunday muomalada bo'lma bu singling uchun xavfli
- ota lekin
-... nima bo'lganda ham singling uchun tiyilasan. Mening mitti malikam nega otasining oldiga bormay bu yerga keldi.
- Salom ota

Janob Kim o'g'li bilan suxbatni yakunlab qizini mehrli quchog'i bilan siylab ko'rishdi. Shia biroz bo'lsada qo'rquvi bosilib o'zini hotirjam his qildi. So'ng ota-bolalar birgalikda yuqoridagi xonakardan biriga joylashishdi. Bu tomoshani esa xufyona Jihoon kuzatib turar edi.

- sog'lig'ingiz joyidami ota
- menku yaxshi o'zingchi qizim
- men ham ota
- qiynalmayapsanmi
- yo'q menda hammasi joyida
- yaxshi...
- ota... sizda gapimiz bor
- eshitaman
- Jungkook va uning otasining maqsadi ayon bo'ldi. Ular bizning ishlarimizdan qisman xabardor. Bizni yo'q qilish uchun men orqali tashkilotgacha kirmoqchi. Ammo ularning tashkilot haqida hech qanday ma'lumoti yo'q.
- xo'sh nimani maslahat berasiz
- tashkilotni ko'chirish kerak. Ammo e'tibor tortmasdan tezlikda chekkaroqda.
- ko'chirish uchun biror taklifing bormi Taehyung?
- menimcha Namsan tog'ining orqasidagi qarorgohimiz yaxshi joy. U yer bizniki ekanligini deyarli hech kim bilmaydi.
- u yer yig'ayotgan jangchilarimizning qarorgohi bo'lishi kerak edi.
- yo'q ota. Ularni u yerda qoldirish xavfli. Men jangchilar uchun alohida joy izlab topaman
- unda tezlikda ishlarni bajarishimiz kerak
- ota to'ntarishni qachonga qilmoqchimiz
- men 17- yilni rejalashtirdim. Bu paytgacha men vazirlik lavozimini egallayman va bu biz uchun anchagina qo'l keladi. Ishlarimizni tezlashtirib tezlikda to'ntarishni amalga oshiramiz.
- tushunarli...
- sen ham xushyor bo'l qizim. Ular anchagina aqlli.
- ha ota Jungkook anchagina e'tiborli
- yaxshi endi boshqa masalalarga o'tamiz

Janob Kim farzandlari bilan birga anchagina rejalar tuzib yillik qilinadigan ishlar ro'yhatini ham tuzib kech bo'lganini ham bilmay qolishdi. Taehyung onasini olib kelganidan so'ng birga Jeonlar xonadoniga borishdi. Janob Jeon va Jeon xonim o'g'illari bilan birgalikda dasturxon oldida mehmonlarni kutishar edi. Ikki tomon qudalar ham bir birlari bilan iliq salomlashishdi.

- men kiyimlarimni alishtirib tushaman
- boqa qol qizim

Shia yuzida tabassum yugurtirib oila a'zolarini qoldirib xonasiga chiqib ketdi. U ketishi bilan orqasidan Jungkook ham turdi va ketayotganida Taehyungning xitobi uni to'xtatdi.

- rafiqangiz hozir kelishini aytdi uni kuzatib yurishingiz shart emas kuyov
- uni sog'inib qoldim qaynakaginam.

Jungkook ham hech o'ylanish va ikkilanishsiz javob berib yuqoriga ko'tarilib ketdi. Bu vaziyatdan Taehyung ensa qotirib o'rindig'iga suyandi. Bu vaziyat kuyov tomonni ancha hijolat qilib qo'ydi. Janob Jeon gapni burishga harakat qilib

- baribir ular yosh oilada
- to'g'ri hozirda ularning qoni qaynoq
- o'zimiz ham yangi kelin-kuyovligimizda rafiqamizdan ajralgimiz kelmas edi.
- to'g'ri men hattoki rafiqamni qo'lidan kun bo'yi ushlab yurar edim

Janob Kimning gapi hammaning yuzida kulguni yugurtirdi. Kim xonim qizarib kulgancha erini durtib qo'ydi. Taehyung ham ota-onasining shirin sevgisidan jilmayib yerga qaradi. Janob jeon kulgu tugaganidan so'ng

- Taehyung bu tuyg'uni boshini ikkita qilganingizda tushunadi.
- ha uni ham oilali qilishimiz kerak
- agar xohlasang mening yana bir yaqin o'rtog'imning yaxshi bir qizi bor. Qiz odobli chiroyli o'qigan oqila qiz
- biz nimadur deya olmaymiz Taehyungning o'zi hayotini hal qiladi
- taklifingiz va meni o'ylganingiz uchun rahmat Janob Jeon. Ammo menda allaqachon sevganim bor.
- ana haqiqiy yigit.

Janob Kim o'g'liga hayronkigicha rostmi degandek qaradi. Taehyung ham yelka qisgancha boshqa tomonga qaradi. Lablarini tishlab endi qizni ko'rsatishni so'rashsa qizni qayerdan topish haqida o'ylay boshladi...

*

Shia xonasiga kirib kiyim javonini eshigini ochishi bilan bir barakayiida xonasining eshigi ham g'azab bilan ochildi. Qiz bir uchib tushib eshik tomonga qarab kipriq qoqquncha eri kelib uning bo'g'zidan oldi va javon eshigiga tiradi. Shia nima bo'lganini anglamay ham qoldi.

- eski yigitingni xonangga olib kirib nimalar qilding? U ham sog'inibdimi? Sen istagan narsani bera oldimi? A?
- siz o'zingizcha nimalar deyapsiz? Meni qo'yib yuboring
- o'zimcha gapiryapman? Xonaning eshigini qulflab olib uni yumshoq o'rindiqda qondirayotganmiding?
- unday emas

Shia baqirgandan sal nari bo'lib Jungkookni itarib yubordi. Jungkook lab chetida kulib bo'ynini biroz silab uni qisib turgan yoqasini biroz ochdi. Shia ham bo'ynini silab o'ziga keldi va Jungkookka yaqin kelib

- siz o'zingizcha qaror chiqarishni bas qiling. Hamma narsa ham siz istagandek yoki o'ylagandek bo'lavermaydi.
- ...bo'yning... bu qanday dog'

Jungkook birdan Shianing bo'ynidagi dog'ni payqab uni iyagidan siqib yuzini yuqoriga ko'tardi. Shia og'ir yutunib bu iz haqida unutib ham qo'ygan edi. Jungkook qayta uni bo'ynidan siqib o'zi tomon tortdi.

- bu gaplaringga qarshi ishlayapti. Nima qildingiz? Nima shunchalar yengiltakmisan? Bir og'iz shirin so'zi uchun unga o'zingni topshirdingmi? Gapir🗣
- ... men... men unday emasman
- yoki o'zing nima qilganingizni aytasan yoki hoziroq men bilan pastga tushib mana shu izni otangga va akangga ko'rsatasan. Tanla
- ...

Jungkook g'azablanganidan tez tez nafas olar bo'ynidan siqib turgan qizining ko'zlariga tik va g'azab bilan qarab turar edi. Qiz bo'ynidagi qo'ldan mahkam ushlab olgancha unga qarab turgan bir juft qora ko'zlardan hayiqish sezib tilga kirdi.

- m.men istamadim... u.u u.uni o'zi m.menga tegdi.

Jungkook qizning ko'zlarida qalqib turgan yoshdan sal erigan holda uni qo'yib yubordi. Shia javon eshigiga suyangancha tez tez va chuqur nafas olishga harakat qilar edi. Jungkook hali ham g'azabi bosilmagan holda

- o'zingni tartiblab pastga tush. Qolganini keyin davom ettiramiz

Jungkook gapini tugatib xonani tark etdi. Shia esa xonada eshikka qaragancha qoldi...

Jungkook dasturxon oldiga kelib hammani e'tiborini o'ziga qaratib

- sizlarni yolg'iz qoldirishga majburman. Muhim ishim bor edi. Uni hal qilish yodimdan ko'tarilibdi. Janob Kimlar va Kim xonim hayrli kech sizlarni yana kutamiz.
- nega va qayerga buncha shoshyapsan?
-muhim ishim bor ota
- yaxshi unda ehtiyot bo'l kech qolma
- ho'p hayrli kech hammaga

Jungkook tazim qilib qo'rg'onni tark etdi. U ketganidan ko'p o'tmay Shia ham dasturon atrofida erini ko'rmay hayron har tominga qaradi. So'ng qaynonasi unga ketganini aytganidan so'ng tinchib dasturxondan joy egalladi.

Jungkook mashinasiga joylashib bir nechta odamlariga Jihoonni ushlashni buyurib mashinasini o't oldirdi. Odamlari bilan birgalikda Jihoon bo'lishi mumkin bo'lgan hamma joylarni kezib chiqdi va ahiyri shahardan sal uzoqroqda bo'lgan kulbadan uni topdi. Jihoon kulba ichida huddiki Jungkookni kutgandek o'tirar edi.

- keling kuyov
- sen iflos shuncha kaltak yesangda aqling kirmadi. Itni ham kaltaklasa o'zi ketishiga aqli yetar edi. Itdanda batarmisan
- bu yerda hozir men emas sen itsan. O'zingdagilarni himoya qila olmay keyin itdek irrillab yopishib kelaverasan
-...
- xotining u hali ham avvalgidek jozibali... uni lablaridan o'pganimda u qanchalsr extirosga berilganini his qilganimda... men buni so'zlar bilan tasvirlab bera olmayman

Jungkook yuzi qizargancha asabiy titrab mushtini tugdi. Jihoon buni ko'rib kengroq jilmaygancha

- u sen o'pganingda ham shunday extirosga berildimi? Meni bo'ynimdan qo'llarini o'rkazib o'ziga tortganida sen unga istagan narsasini bera olmagan ko'rinasan
-... seni burdalab tashlayman iflos
- demak bera olmagansan... biroz kechroq kelganingda edi u istagan narsani berar edim. Ehh

Jungkook ortiq Jihooning kurakda turmas va erkak kishi uchun og'ir so'zlari uni tamom qildi. G'azabini bir mushtida to'plab Jihoonga tashlanganida qayerdandur o'q ovozi yangradi.

8-qism tugadi.

#Jeon_Shia
@Gold_fanfics