October 26, 2025

MONSTER UNDER THE BED || EP 14

Ep 14

Ishonchdan so'z ketganda tanam bo'ylab chumolilar o'rmalagandek jimirlashni sezaman. Balki bu ko'p marotaba pand berganimdan yoki bir bora buning tamini totganimdandir. Jungkookka nisbatan ich-ichimdan allaqanday ovoz yana bir bor o'ylab ko'r. Sinab ko'r desa, yana biri buni aksini takrorlab baralla hayqirar edi. O'z o'zim bilan, ichki dunyonimdagi 2 tovush basma-basiga yopirilib eshitilar quloqlarimni garang qila yozayotgan edi. Nafas yetishmay gavdamni rostlab o'rnimdan turdim va defazam oldiga borib uni keng ochdim. Yuzimga urilgan mayin kuz shabadasi tanamga rohat bag'ishladi. Ko'zlarimni ochganimda esa kirish darvozasi oldidan o'tgan yo'l yaqqol ko'zga tashlanib turar edi. Tanish mashina e'tiborimni tortgani sababli yanada diqqat bilan unga tikildim. Soatga qaraganimda esa allaqachon yarim tundan oshgan, ammo u bu yerda nima qilyapti? Egnimga yengil halatni ilib u yerga otlandim. Dsrvozadan chiqib mashina tomonga meyoriy tezlikdagi qadamlarimni tashlab borar ekanman, yaqinlashishim bilan mashina eshigi ochilib ichidan egasi ko'rindi. Uni kutib turmay yengil quchib savol berishda ildamlilni qo'lga oldim.

- allamahalda bu yerda nima qilyapsan Jihoon?
- o'zim shunchaki. Ish bilan kelgandim.
- unda nega uyga kirmading? Nega menga xabar bermading?
- o'ylanayotgandim. Bir qarorga kelolmayotgandim.
- nima seni o'ylantiryapti?
- aynan qaysidan boshlashni bilmayapman - ho'rsingancha mashinaning old qismiga suyandi.
- unda sen tilingga kelganidan aytaver. Men o'zim boshini topib olaman. - uning oldidan joylashib qo'llarini bir biriga chalishtirdi.
- meni juda yaxshi bilasan-a?
- ishonchim komilki ha
- seningcha men qanday insonman?
- nima seni sevgingni rad etishdimi bunday savollar berib qolding.
- yo'q. Sen shunchaki javob ber.
- mening nazarimda, yaxshi o'g'il, vafodor do'st, har qanday yordamga tayyor bo'lgan mening do'stimsan - mayin tabassum bilan
- agar men.... agar men aslida boshqach bo'lsamchi?
- bu nima deganing?
- men aslida bunday odam emasman
- mastmisan Jihoon
- yo'q... men shunchaki eslab qolishingni istayman. Men hech qachon bunday bo'lishini istamaganman.
- Jihoon tushuntiribroq gapir iltimos
- men doimo huddi sen tariflaganingdek yaxshisi bo'lishga harakat qildim... seni hayotimda uchratganimdan, do'stlashganimdan,.... sevganimdan afsusta emasman. Barchasi uchun rahmat.
- Jihoon... meni qo'rqitma iltimos
- barchasini yaqinda bilib olasan. Hozir ayta olmas ekanman... endi bor uyingga kir. - rul tomon otlanib
- menga hammasini tushuntirmaguncha hech qayerga ketmaysan Jihoon - uning qo'lidan ushlab o'zi tomonga qaratfi.
- hozir emas... iltimos meni qiynama.
- men seni emas sen aslida o'zingni azoblayapsan. Menga ichingdagilarni ayt. Bor gaplaringni to'kib soch. Bu turishing odamni esankiratib qo'ymoqda. Xavotirga solmoqda.
- qo'rqma barchasi yaxshi bo'ladi. Hayrli tun.
- Jihoon menga qara. Jihoon

Ortiq boshqa hech bir so'z ayta olmasligini anglagan Jihoon indamay mashinasiga o'tirib qizdan nari ketdi. Gaz pedalini qattiq bosgancha qora tun og'ushadigi keng trassadan yurib borar ekan kaftlari orasidagi rulni siqimlagancha norozilarcha boshini sarak sarak qimirlatib lablarini qimtidi.

- hammasini to'g'irlayman. Jazoyimni olaman va seni ham yo'q qilaman. Bu mening eng so'nngi yaxshi amalim bo'ladi.

Shiya

Oradan kunlar o'tdi.

Bugun butun umr kutgan kunim keldi. Jungkook bilan bir oila bo'ladigan, bir butun bo'ladigan kunim. Haligacha o'zimga ishona olmayapman. Bo'yim baravar keladigan ko'zgudagi oq libosdagi aksimga qarata bir necha bor bir savolni qayta qayta beryapman. Nahotki bu o'sha kun? Nahotki men endi baxtli bo'la olaman? Bu tush emasmi? Egnimdagi nafis ko'ylakka tikilib turganimda xonaga ota-onam kirib kelishdi. Ularning ko'zlaridagi quvonchni ko'rib yuzimda nogohon tabassum paydo bo'ldi. Ko'zlaridan yoshlari oqayotgan onamning kaftlaridan tutib birma bir ularni o'pib o'zlarini mahkam quchdim.

- mening farishtam endilikda rostakam farishta bo'libdi.
- yig'lashni bas qilsangchi. Hozir men ham yig'lab yuboraman.
- qanday yig'lamay? Yagona qizim o'z baxtini topdi.
- oyijon iltimos yig'lamang.

Qayta onamni bag'rimga bosib iforlaridan to'yib to'yib hidladim. Bizni kuzatib turgan dadam ham ortiq jim turishni istamay bizni keng bag'riga olib quchdi.


Mehrobda kutib turgan kuyov va rohib tomon mayda qadamlar tashlab borayotgan kelin va uning hamrohi bo'lgan Janob Kim qizining qo'lidan tutgancha yo'lak bo'ylab ketishar edi. Zinalar oldiga kelganda bir necha zinalardan pastlagan Jungkook rafiqasing qo'lini o'z kaftlari orasiga olib qarshisiga oldi. So'ng nikoh o'qish boshlandi.

Bu paytda yo'llar tirbandligi sababli to'yga kechikayotganidan darg'azab Jihoon, asablarini boshqara olmay signalini qayta qayta chalar ekan barchasi foydadiz edi. U kechisishdan qo'rqmoqda. Sevgilisining boshiga tushishi mumkin bo'lgan yomonliklardan qattiq qo'rqmoqda. Ortiga qaraganida ham mashinalar uyimiga ko'zi tushib asablari batar taranglashdi.

- nega bugun barchasi menga qarshi jin ursin🗣 iltimos go'shakni ko'tarsangchi🗣

Qayta qayta Dylanning raqamiga qo'ng'iroq qilayotgan yigit uning javob bermayotgani sababli yuragidagi titroq batarlashib borar edi.

Fleshback. 2 kun oldin.

O'sha ilon Ryenning buyrug'ini bajarish maqsadida u so'ragan barchasini tayyorlab qamlqxonaga yo'l oldim. Kirish darvozasi oldida to'xtab tushishga shaylanganimda darvozadan tanish chexra chiqib keldi. Ko'zlarimga ishonmay qayta qayta tikilar ekanman bu Jungkookligiga ming foiz aminman. Ammo uni bu yerda nima ishi bo'lishi mumkin?

Jungkook ko'zga ko'rinmay ketgungacha turib keyin qamoqxona ichkarisiga yo'l oldim. Darvoza oldida turgan nazorat qo'riqchisini gapga tutdim.

- ancha toliqqan bo'lsangiz kerak?
- deyarli yo'q. Siz kimning oldiga?
- Kim Minjiga
- ha bular nima?
- u so'ragan buyumlar. Haligi... janob sizdan bir narsa so'rasam bo'ladimi?
- so'rang
- hozirgina bu yerdan chiqqan yigit kimning oldiga keldi? Ayta olasizmi?
- ha anavi kelishgan yigitmi? Yangi qamalgan maxbusning oldiga... ismi nima ediya? Anavi biznesmenning o'lgan qizichi?
- Kim Ryen?
- huddi o'zi

Qo'riqchining gaplaridan barcha qo'rquvlari amin bo'lgan Jihoon shubha bilan o'ylanib qoldi. Ammo hayol surishi uzoqqa cho'zilmadi.

- bu yerda bunday narsa olib kirish mumkin emas. Bilasizmi shuni? - telefonni ko'rsatib
- janob keling ochiqchasiga gaplasha qolamiz. Yaxshi odamga o'xshaysiz. Kelishishga nima deysiz? - cho'ntagidan qalin kanvertni chiqarib narsalar ostiga sezdirmay qo'yib atrofga qaradi.
- kelishsak kelishaveramizda janob - kanvertni paypaslab uning qalinligidan ishtaxasi ochildi
- tushungan odamlarni yaxshi ko'ramanda. Unda bularni egasiga berib qo'yarsiz
- bajonidil janob.
- unda ko'rishguncha. Charchamang

Jihoon ishni silliqlik bilan bajarib qamoqxonani tark etdiyu, Jungkookning iziga tushdi. Mashinasini bor tezligida haydab unga yetishga harakat qildi ammo uning yo'lida adashdi...

*

Keyingi kun. Qamoqxonada Ryen uchun yollagan qotiliga uni kuzatishni buyurganligi uchun undan keladigan xabarni kutar ekan doimgi qamoqxona vaqtida u qiz unga qo'ng'iroq qildi.

- biror nima aniqlay oldingmi? Yoniga yana kimdir keldimi?
- ha qizlar bilan gaplashib turganida eshitib qoldim. Yoniga yigiti kelganmish. Bo'ynida esa bir nechta qizil dog'lar bilan qaytganmish
- ifloslar... keyinchi?
- u bu yerda hafta oxirigacha qolmasmish.
- qanaqasiga?
- yigiti olib chiqib ketsa kerak
-...
- uni qachon yo'q qilay.
-... ertaga u so'nggi bor quyosh botishini ko'radi.
- tushunarli janob.

Demak Ryenni chiqarmoqchisan. Senga ishongan men ahmoq jin ursin. To'y bo'lmaydi. Shiyani hayotini ostun-ustun qilishingga yo'l qo'ymayman.

Fleshback tugadi.

Pov Dylan

To'y taklifnomasiga termulib o'tirar ekanman ikki yonma yon turgan ismlarni qayta qayta o'qiyapman. Go'yoki u ismlardan biri menikiga almashib qoladigandek. U chiroyli kelinchak bo'lgan bo'lsa kerak. Yuzida bitmas go'zallik bilan tabassum qilayotgan bo'lsa kerak. O'z tanlagan juftiga mehr bilan boqib turib u bilan hayotini bog'layotgan bo'lsa kerak. Alam qilyapti. Yuragim huddiki baland olovda jizg'anak bo'layotgandek achishyapti. G'azabim bor uni qo'lidan ushla. Sevishingni ko'zlariga qarata ayt. U tanlagan nomzoddan ko'ra yaxshiroq ekanligingni isbotla demoqda. Ammo ikkinchi tomondan esa uni baxtli bo'lishiga qo'yib ber demoqda. Shuncha yil to'kkan pinhona yoshlari haqqi baxtni his qilishiga qo'yib ber demoqda. Jim turganim eng maqul yo'l nazarimda. Baxtli bo'l mehribon tulkicham...

To'y marosimi

Barcha kerakli amallar bajarib bo'linganidan so'ng to'y bazmi boshlandi. Kelgan yaqin mehmonlar kelin-kuyivga o'zlarining samimiy tilaklarini birma bir bildirib ketishar, olib kelgan sovg'alarini taqdim etishar edi. Kelinning belidan quchib ushlab turgan Jungkook unga ishora qilib quloqlariga yaqin keldi.

- balki endi tugatarmiz. Ancha vaqt bo'ldi.
- hali ham mehmonlar kelishi sustlashmadi. Biroz sabr qil.
- sabrim chegarasiga yetib bormoqda - qizning belidan silab
- jim tursangchi. Qitig'im keldi.

Miyig'ida jilmaygan Jungkook sekin qo'lini yana joyiga keltirib qizni yanada o'ziga yaqinroq tortdi.


Tun

Yarim tunga biroz qolganida Jungkook Shiyani qo'liga ko'targancha o'z uyiga olib kirdi. Ya'ni o'zlarining uyiga. Zinalar bo'ylab yuqorilar ekan Jungkook qizni gapga tutdi.

- bugun unutilmas kun shunday emasmi?
- ha, bugun sen va mening sahifamiz yopilib bizning sahifamiz ochildi.
- baxtlimisan?
- sen bilanligim uchun ha

Shiyaning savolidan ayyorona kulimsiragan Jungkook ular uchun bezatilgan xonaga kirishdi. Qo'lidagi qizni ular uchun ajratilgan yotoq ustiga tashlab uning ko'zlariga chuqur tikilgancha pastlay boshladi. Bezatilgan qizil choyshab ustiga yotib qolgan qiz kipriklarini pirpiratgancha yumdi. Ustidagi yigit esa uning lablariga yaqin kelgancha og'ir va extirosli nafas olib chiqara boshladi. Jungkook ostidagi qizning belidan mayin silagancha yuqorilab bo'ynidan ohista tutib birozgina qizning boshini ko'tarib unga ko'zlarini ochishni buyurdi.

- bu kechamiz o'zgacha bo'lishini istayman. Ilk bo'sani sen boshla.
- men?
- ha sen

Erining buyrug'idan olovdek barq urgan extiros qizning butun tanasi bo'ylab taraldi. U xohlaydi. Ilk tun... ilk bo'sa barchasi o'zgacha bo'lishini tasavvur qilgancha ishiga kirishdi. Ortiq o'ylashni istamay yigitning bo'ynidan qo'llarini o'tkazib lablariga labini bosdi. Ammo bo'sa uzoqqa cho'zilmadi. Qizning bo'ynidan changallagan baquvvat qo'llar uni bo'ggancha yotoqqa tiradi. Shiya yettinchi osmondan to'g'ri yerga quladi. Bo'ynida turgan chidab bo'lmas og'riq va nafas yetishmovchiligi uning qizarishiga olib keldi. Shiya tipirchilagancha bo'ynidagi qo'lga chang soldiyu tepasida unga yovuzlarcha jilmayib turgan Jungkookni ko'rdi.

- ho'sh? Endi ham baxtlimisan?
- J.jung...k.kook
- ha bu sen orzu qilgan baxt suyukli rafiqam

Jungkook uni bir qo'lida siltagancha yotoqdan pastga uloqtirib yubordi. Par gilam uatiga yuz tuban yiqilgan qiz bo'ynini uqalagancha chuqur chuqur nafas olib yo'talar ekan qaddini ko'tarish uchun kuch to'play boshladi. Ko'zlaridan oqayotgan shashqator yosh esa yuzini kuydurgancha yumalar edi. Shiya o'zini o'nglamay turib bel sohasidan ketma ket tepkilarni qabul qilib og'riqdan qattiq ingrab yubordi. U hozir hech narsani anglay olmayotgan edi.

Pov Shiya

Unga nima bo'ldi hayronman. Tanam bo'ylab tarqalaytgan og'riq shiddatli edi. Ko'zlarim oldi yoshlarim sabab hiralashgan. Unga gaoiray deyman-u ammo og'riqlar sababli ovozimni chiqara olmas edim. Meni shu qadar qattiq do'pposlayaptiki tishlarining g'ichirlashi va hansirashi yaqqon eshitilar edi. Meni tepkilashdan to'xtashi bilanoq eshik ochildi. Kim kelganini na ko'ra olardim na tahmin qila olardim. Yerda chap yonimni ushlagancha azoblarni yengishga harakat qilib ingrar ekanman kelgan odam mening oldimga cho'kkaladi.

- ilk tuning muborak opaginam

14-qism tugadi.

Keyingi qismda

- Mendan nima istaysan?
- savolni to'g'ri ber xotinjon. Bizdan nima istaysan deganing ma'qul

*

- kech qolishga haqqimiz yo'q.
- Shiya birozgina chida

*

- bu tun barchangiz uchun so'nggisi bo'ladi. Kimlar xonadonidan hech kimsa qolmaydi.


Keyingi qism final diamonds. Ko'p- ko'p coment va reaksiya kutib qolaman.

Shiya & Jk & Ryen