QORA BO'RI YOHUD VAXSHIY OSHIQ FINAL / 23-EP
Hayotimda ilk marta ro'y berishini istamagan voqeamdan xursand bo'ldim. Umrim bo'yi ona bo'lishimni hattoki tushimda ham ko'rmagan, hayolimning bir chekkasiga ham keltirmagan edim. Bu nimadan dalolat? Balki bu men uchun yangi sahifa, yangi yo'ldir. Qora o'tmishimni ortda qoldiruvchi mitti ammo yorqin chiroq. Biroz avvalgi alangalagan nafratim bir onda so'nib hali yuragi ham urmayotgan farzandimga bo'lgan onalik mehri egalladi. U mening vujudimda, mening yuragim ostida, rivojlanmoqda, yashamoqda. Bu tuyg'u meni 360 gradusga soniya ichida o'zgartirib yubordi. Endi men ham baxtli bo'lamanmi? Endi men ham mehribon ona, sevimli yor bo'lamanmi? Sevimli yor? Bu so'z onggimga qay tarzda keldi lolman.
Doktrdan e'tiborimni olib Jungkookka qaraganimda u huddiki marvarid topgan g'avvos kabi farzandimizning ilk tasviridan ko'z uzmas edi. Qora ko'zlarininv yuzasida qalqib turgan yoshdan badanim ustida chumolilar izg'igandek his qildim o'zimni. U shunchalar farzandli bo'lishni istashi meni lol qoldirdi. Birinchi rafiqasi sababli u buni istamaydi deb o'ylagandim. Yoshga to'lmay ayanchli vafot etgan farzandidan so'ng u qayta bu tuyg'uni his etishni xohlamasa kerak degan o'y meni tark etmas edi. Ammo hozir ko'rib turgan manzaram butun boshli fikrlarimni o'zgartirib yubordi. Har qanday inson baribir o'z jonidan qonidan bo'lgan farzandini rad eta olmasa kerak.
Bir tekis zulmatda kechayotgan hayotimga kirib kelgan olovrang sochli qiz menga butun bir olam quvonchini berishini yetti uxlab tushimda ham ko'rmagan edim. Biz qay yo'ldan boshladigu qayerdamiz. To'g'ri men boshqa farzandlik bo'lishni, yana kimgadir umid berib undan ayrilishni zarracha bo'lsada istamas edim. Toki bunga loyiq qizni uchratmagunimcha. Inson tug'ilibdiki hech bo'lmasa o'zidan qandaydir yod qoldirishi, kimgadir yaxshilik qilishi yoki kim uchundir foydali inson bo'lishi kerak. Men ham hech qanday izsiz, xotirasiz bu dunyodan ko'z yumishni istamayman. Hech bo'lmaganda shu qisqa fursat ichida o'zimdan zurriyot qoldirishni istadim va buni uddaladim. Mendan keyin bolam hammasini uddalaydi. U otasidek nopok kimsa bo'lmaydi. Uning onasi bular uchun yo'l qo'ymaydi. Hech bo'lmaganda bularga umidim bor.
Jungkook bir nuqtada qarab qotib qolgan xotinining oldiga cho'kib uni bag'riga bosib turib bir necha daqiqadan so'ng uni o'ziga qaratdida peshonasidan bir necha bor bo'sa olib
- biz uddalaymiz.
- ammo men onalik qanday bo'lishini bilmayman.
- birga uddalaymiz dedimku - talvasaga tushgancha gapirayotgan qizni ikki yuzidan tutib ko'zlariga tikilib iborasini takrorladi.
Jungkook Shiyani uyda qoldirib unga tinimsiz qo'ng'iroq qilayotgan Yoongining oldiga yo'l oldi. U hozirda 2 yo'ldan birini tanlashi kerak. Agar Yoongining dalillari tasdig'ini topsa Jihoonni o'ldirishi tayin va o'rtaga Shiya bilan sovuqchilik tushadi, agar ular rost bo'lsayu Jihoonni o'ldirmasa do'stining, qayni akasining ruhi tinch bo'lmasligi mumkin. Kelishilgan manzilga yaqinlashayotgan tanish mashinani payqagan Yoongi shoshilmay qo'liga kompyuterini olib mashinadan tushdi. Mashina to'xtashi bilan Jungkook ichkaridan tushib do'stining oldiga kelib yon tomonidan turib qo'shni mashining kapotiga qo'lini tirab suyanib oldi.
- qani endi ko'rsat.
- ekranga qara. Bu yozuvlar to'ying kuni qo'rg'onning orqa tarafidagi ko'chalardan birining kamerasiga tushgan yozuvlar.
Yoongi kerakli yozuvlarni topib "play" tugmasini bosganidan so'ng tasvirlar qo'yildi. Tasvirda Jihoon orqa eshikdan bir ahvolda ust boshi qonligicha chiqib kelib kamera ostida turgan mashinaga chiqdi. Qo'lidagi dastro'molga qo'lidagi qonni artib derazadan uloqtirib mashinani haydab ketdi.
Tasvir yakunlangach Jungkook iyagini barmoqlari orasiga olib silagancha o'yga toldi. Yoongining qat'iy turgan nigohiga bir muddat o'ylanib qarab turib tilga kirdi.
- balki u boshqa bilan urushgandir
- o'sha kungi har joyning kamera yozuvlarini ko'rib chiqdim. Hoseokning xonasi oldidagi kamerada yozuvlar yo'q.
-... ho'sh? Unda nima qilishim kerak?
- uni ham o'ldirishing kerak. Hoseok uchun qasos
- qasos qasos qasos jin ursin shu qasoslarni. Men hozir unga tega olmayman.
- nega? Suyukli xotining Shiya sabablimi?
- qisman ha... lekin bu deganim Jihoon jazosiz qoladi degani emas.
- o'limdan boshqa jazo yo'q.
- jazosini o'zim beraman. Gap tamom. Uyingga bor.
Jungkook Yoongidan fleshkani olib mashinasiga o'tirdi. Keyingi manzili haqida bosh qotirar ekan hozir qaltis harakat qilish mumkin emasligini yaxshi tushungan, aynan to'g'ri yo'l haqida o'ylanib qoldi. Uyga qaytsinmi? Yoki do'stining qotiliga munosib jazo bersinmi? Kaftlari orasidagi charm g'ilofli rulni mahkam siqib turib uni qo'yib yubordida yo'lga ravona bo'ldi.
- tavakkal, ertaga barchasi yakun topadi.
Ertangi kun. Yangi sahifaning yakuni.
Bugun kun bo'yi Jungkook atrofimga parvona bo'lgancha bera olishidanda ortiq mehrini menga bag'shlash bilan o'tqazdi. Anchadan beri his qilmagan tuyg'ularim yuragim tubida barq urar qalbimda lavadek toshayotgan muhabattani 100 foiz his qildim. Muhabbat? Sevgi? Men aqldan ozdim. Barchasidan boricha kechdim. Qasosdan ham yovuzlikdan ham. Bu yo'lim bo'yi ko'p insonning jonini oldim. Xoh u haq bo'ldi xoh nohaq. Qonli umr yo'li tugadi. Men endi doim olg'a harakat qilaman faqat va faqat baxt uchun, oilam uchun.
Oshxonada turib qahvamni ichar ekanman ortimdan kelgan Jungkook endigina 2chi marta simirayotgan ichimligimni qo'limdan yulqib oldi. Norozilik bilan qoshlarimni chimirib undan bu ishi uchun javob kutgandek ko'zlarimda bu nigohni aks ettirdim. Tortib olgan qahvamni o'ylab o'tirmar rakvenaga quyganidan so'ng menga yaqin kelib bo'ynini sal egib ko'zlarimga tikilgancha qat'iy ovozda menga buyruq berdi.
- bugundan boshlab to 1 yilgacha bo'lgan muddatda senga qahva ta'qiqlanadi.
- sabab?
- qahva bolaga zarar bu sabab bo'la oladimi?
- zarar?
- ha zarar yana bir necha narsalar xomiladorlik payti mumkin emas va ular endi uyga keltirilmaydi.
- masalan
- gazli ichimliklar har hil tarkibida kimyoviy moddalari bor yeguliklar, fast foodlar.
- unda nima mumkin?
- meva va sabzavotlar, sutli mahsulotlar
- yashamas ekanmizda unda
- yana biri - ering
Ohirgi jumladan ensam qotgancha sal avval tishlagan shekaladimni lablarim orasiga tishlab icholmagan qahvamning idishini olib yuvdim. Yuvib chiqish tomon yo'nalganimda belimdan tutgan metn qo'l, ikkinchisi esa yuzimni tutdi. So'ng kipriq qoqishga ulgurmasimdan lablarim ustida erimning labini his ettim. U oldin lablarim orasida turgan shekalatni lab qismimgacha bo'lgan joyini yeb bo'lganidan so'ng bo'sani haqqoniy tarzda bajardi. Ko'zlarini yumgancha lablarimdan olayotgan lazzatiga sherik bo'lishni istab men ham huddi u kabi hissiyotga berildim. Oxiri ko'rinmas davom etgan bo'samizning poyoni ko'rinib bir birimizdan uzoqlashdik. Erimning shishgan muskulli ko'kraklari ustidan kaftimni qo'yib uning lablariga tikilgancha
- bo'sa ham bolaga foydalimi?
- agar u otasi tomonidan bo'lsa ha
- telba
Javobidan kulimsiragancha uning keng bag'riga boshimni qo'ydim. Dukkullab urayotgan yuragining tovushidan taskin topgancha ko'zlarimni yumdim.
Bugungi kechligimizni uyda qilishda kelishib oldik. Ko'zgu oldida qizil ko'ylagimdan kamchilik ahtarib turar ekanman yana bir bor u mukammallohiga ishomch hosil qildim. Bir necha oylardan so'ng bu tik qomatimdan asar ham qolmaydi. Qamcha mashg'ulotlar evaziga chiqargan presslarim o'rnini mitti farishtam egallaydi.
Yuzimda ohirgi oroni berib labimga qizil bo'yog'imni surdim. So'ng Jungkook sovg'a qilgan atirni boshim uzra purkab ko'zgudan o'zimga bo'sa yo'llab jiringlayotgan telefonimni oldim. Erkan ustida esa Jihoonning raqami paydo bo'ldi.
- eshitaman Jihoon
- SHIYA YORDAM BER. ILTIMOS QUTQAR MENI
- N.nima Jihoon qayerdasan JIHOON JIHOON
- SHIYAAAA
? - Hoseokni o'ldirganing uchun bu.
- ALOO ALOO KIM BU? JIHOOOOON JAVOB BER
Aloqa birdan uzuldi. Shu bilan birga mening sabrim ham o'z nihoyasiga yetdi. Hozir aqldan ozishim aniq. Katta katta qadamlar bilan zinadan oldimlab tushar ekanman hozir ikki hayolim ham Jihoonda. Mashinamga minib uni o'kirtirgancha gazini bosib haydab ketdim. Manzilimga 10 daqiqada yetib kelib ostun-ustun bo'lib yotgan eski qo'rg'onimning ostonasida qo'riqchilar jasadi har yonda yotar edi. Oyog'imdagi bigiz poshnalarni yechib tashlab uy ichkarisiga yugurdim. Hashamatli lang ochiq turgam eshikdan kirib atrofdagi jasadlarga tezda ko'z yugurtirib ularning orasidan Jihoonni topa olmay yuqoriga yugurdim. Har bir eshikni ochib Jihoonning ismini baralla talaffuz qilib uni izlar edim. Ammo yo'q. Ikkinchi qavatdagi xonalarning yarmiga yetganimda qo'shni xonadan ingrash ovozlari kela boshladi. Ochgan eshigimni joyida qoldirib o'sha eshik tomon yugurdim. Ne ko'z bilan ko'rayki marmar pol ustiga to'shalgan oq gilamning ustida uni qirmizi rangga bo'yagancha yotgan Jihoonni ko'rib tanam uzra qaltiroq va muzlik tarqadi. Ichkariga o'zimni urib og'riqlardan ingrayotgan yagona suyanchimning tanasini yuqoriga qaratdim. Ko'ksini teshib o'tgan 4 o'qdan tizillagancha qon oqar edi. Qaysi jarohatning qonini to'xtatishni bilmay esankirab yig'lagancha aqldan ozganlar kabi harakatlanar edim. Undan ayrilishni istamayman. Yana bir bor jigar dog'ini ko'rishni istamayman. Chidolmayman yo'q.
Jihoon yig'lab tipirchilayotgan qizning qo'lidan tutib uni to'xtatdi. E'tiborini o'ziga qaratib bor kuchini to'plagancha qon to'la og'zidan uni tupurib gapirishga tushdi.
- Sh.shiya m.men m.men s.sen u.uchun h.hammasiga t.tayyorman. b.bilasan-a?
- ha ha Jihoon o'zingni qiynama biroz chida sen yashashing kerak. Men sensiz nima qilaman Jihoon
- m.men h.hammasiga b.badal to'ladim. Q.qilmishimga y.yarasha j.jazo o.oldim
- unday dema jim iltimos Jihoon
- b.bas q.qil Sh.hiya to'xta. E.endi b.baxtli y.yasha. T.tinch u.uzoq m.mazmunli h.hayot.... h.hayot k.kechir
- iltimos Jihoon men sensiz nima qilaman? Meni qanday tashlab keta olasan?
- y.yasha f.faqatgina s.sen y.yasha. A.alvido q.qarindosh m.men s.seni b.borlig'im bilan y.yaxshi k.ko'raman.
- buni kim qildi? Jihoon... Jihoon... gapirsangchi Jihoon...
- Jung...
Bo'g'ziga tiqilgan qora qonni tupurgancha ko'zlari ochiqligicha Jihoon bu olamni tark etdi. Shiya uchun vaqt shu on to'xtadi. Qo'llaridagi jonsiz yotgan tananing ochiq qolgan tim qora ko'zlariga tikilgancha harakatdan qoldi. Bir muddat aqli o'ziga kelgach qattiq faryod qilgancha Jihoonning tanasini quchgancha yig'lab yubordi.
Jungkook Shiyaning telefoniga tinimsiz qo'ng'iroq qilar ammo tusha olmas edi. Doim bir xil javobni eshitaverganidan asablari taranglashib qo'lidagi matohni devorga urib parcha-parcha qildi. Har tomondan uni izlayotgan guruhlaridan xabar kelmayotgani dard ustiga chipqon edi. To'sattan hovli yuzida otishma boshlangani sababli bir muddat muvozanatni yo'qotgan Jungkook belida qistirilgan to'pponchani olib eshikka to'g'ri bo'ldi. Nishonni eshikdan kirayotgan kishiga qaratib endi to'ppomchani tepkisini bosish arafasida eshik ochilib qarshisida Shiya paydo bo'ldi. Oldingidanda anchagina vaxshiy ko'rinishda. Ko'zlaridagi sovuqlik o'rnini hozir g'azab alamgasi egallab turibdi. Tulki ko'zlarida chaqnab turgan yovuzlik oldingisidan ancha farq qiladi.
- tinchlikmi sevgilim afting oqarib ketdi. Meni ko'rganingdan xursand emasmisan?
- Shiya bu nima ahvol? Senga nima bo'ldi?
- menda hammasi teskari. Aslo joyiga qaytmaydi. Sen bilan kechlik qilmoqchi edik.
Shiya Jungkookni aylanib o'tib ichkariga kirdi. Dasturxon chekkasida o'tirgan ikki xizmatchini peshonasidan qilt etmay otib tashladi. So'ng dasturxonning bir tarafiga o'tib qizil vinoni ochdi. Jungkook uning harakatlarini katta hayrat bilan kuzatar ekan undagi bu o'zgarish haqidagi savollar miyyasida bomba kabi portlardi. Shiya vinoning ohirgi qultimini ichib undan bir necha qadam uzoqlikda turgan Jungkookka ko'z tashladi.
- bir qadah farzandimiz uchun zarar qilmas
- Shiya senga nima bo'ldi? Iltimos tushuntirsangchi?
- mengami? Men aqldan ozdim. Sen sababli ichimdagi maxluq qayta uyg'ondi. U maxluq esa qon istamoqda
- tushuntiribroq gapir Shiya meni telba qilma
- qo'llarimga qara. Kiyimimga qara. Yaxshilab qara - butun tanasidagi qonni ko'rsatar ekan jinnilar kabi kular ammo ko'zlaridan marjon marjon yosh oqar edi.
- bu Jihoonning qoni.
- nima?
- ha qo'llarimda qora qun qayt qilgancha dunyodan o'tgan mening yagona yaqinim jigarim Jihoonning qoni. Uni sen o'ldirding. Sen uning qotilisan
- ... agar o'ldirilgan bo'lsa yomon bo'lmapti. Ammo yaxshi ham emas. Aybiga yarasha jazo oldi.
- sen nimalar deyapsan?
- meni shunchalar ahmoq ko'rdingmi? Meni hammasidan xabarim bor. Og'irmikan? Yaqin insonini do'stini, JIGARINI yo'qotish osonmikan?... oson emas to'g'rimi? Ammo men hammasiga ko'z yumdim. Yuna, Jimin, Jehi, Taehyung, Taehi, Jihyung va ohirgisi Hoseok bo'ldi. Sen bir akangni va jiyaningni yo'qotting. Endi meni yaqinlarimni sanab ko'r. Barmoqlaring yetarmikan?
- ular loyiq edi. Ular hammasiga loyiq edi.
- ha biz gunohkormiz. Sening akangni esa o'z aybi boshini yedi.
- nega unda jim eding? Bilgan ekansan. Nega jim yurding? Nega meni oldingdan yo'qotmading?
- men shunchaki sendagi nafratni so'ndirmoqchi edim. Seni yaxshi tomonga o'zgartirmoqchi edim.
- ho'sh men o'zgardimmi?
- o'zgargan eding hozirgacha.... Shiya balki bas qilarsan. Balki shunchaki birga yasharmiz.
-... aslo... men 1 qilgan xatoyimni 2-marta takrorlamayman.
G'azabiga yengilgan Shiya qo'lidagi qurolni Jungkookka to'g'irlab 2 marta o'q uzdi. Biri uning yuragidan ikkinchisi esa o'pka qafasini teshib o'tdi. Jungkook shu zahoti yerga cho'kkalab o'tirib qoldi. Bir qo'liga tayangancha Shiyaga tikilar ekan bu ishni istamay, majburlikdan qilgan xotiniga qarab tabassum qilgancha gapirdi.
- sen munosib nomzodsan. Ishonamanki farzandimizni o'ldirmaysan. Unga hayot berasan. Iltimos qilaman. Shu so'nggi iltimosim - farzandimizni asra unga hayot ber.
Jungkook qon tupurgancha muvozanatni yo'qotib yerga orqasini bergancha yiqildi. Qo'llari qaltiragancha ushlab turgan to'ppomchasini yerga tashlagan Shiya o'lim soniyalari yaqin erining oldiga kelib cho'kkaladi. So'nggi bor uning tim qora ko'zlariga tikilgancha aytishni istamagan so'zlarini tilidam chiqardi.
- ammo baribir seni sevaman.
- bila.aman... m.mendagi s.saraton b.baribir m.meni o'ldirar.r edi. Meni oldimdan u.uning og'riq.qlaridan qutqarganing u.uchun r.rahmat.
- nimalar deyapsan?
- shunchaki bil... men... m.men Jihoonning qotili e.emasman... so'nggi xotirangda m.meni shunchaki sevgan ering sifatida saqlab qol
- Jungkook
- ... alvido
Birgina so'z va bir necha yillar davomida har qanday og'ir mashaqqatli azoblarga dosh bergan, mafialar olamoda o'chmas iz qoldirgan QORA BO'RI bu dunyoni tark etish arafasida.
Jungkook ko'zlariga tushayotgan yorug' nurdan ko'z uzmas, shu nur oralab kelayotgan farishtaga qaragancha uni tanishga urunar edi. Oppoq harir matoli kiyimda kelayotgan farishtaning yuzini tanigan Jungkook ko'zlariga yosh olgancha jilmaydi.
Jungkook: Jehan... meni olib ketgani keldingmi?
Jehan: ha... kettik sevgilim
Jungkook: endi biz birgamiz.
Jehan: abadiy birgamiz....
Shiya allaqachon yagona sevgilisining ruhi bilan gaplashayotgan Jungkookka qaragancha battarroq yig'lagancha uni qo'lidan tutdi. Jungkook so'nggi nafasini chiqarmaguncha bir soniyaga ham uni qo'yib yubormadi. So'nggi nafasini chiqargan Jungkook kipriklarini ohista yumgancha mangu uyquga ketdi...
Osmono'par bino ichkarisiga kirib kelayotgan yoshi 50ga yaqinlashgan ayol shaxtam qadamlar bilan bosh binoda turuvchi bino tomom ketar ekan atrofiga xattoki nazar ham solmas, u haqida aytilayotgan shivir-shivirlaga ham e'tibor bermay ketar edi. Ayol liftdan kerakli qavatga ko'tarilib, kampaniya egasi ya'ni o'g'lining xonasiga eshikni chertgancha qadam bosdi. Ichkarida esa o'g'li telefonda qamdaydir masalalarni hal qilayotgan, eshikka ortini qilib turgan kelishgan yigitning suxbatdan chalg'itdi. Yigit ham qarshisidagi ayolni ko'rib jilmaygancha go'shakni qo'ydi.
- doimgidek vaqtida keldingiz oyi
- men kech qolishni yomon ko'raman o'g'lim
- unda ketdik
- yur bizni dadang kutib qoldi.
Haligacha o'sha o'sha sovuqqon Shiya o'g'lining bilagidan tutgancha qayta kampaniyadan tashqariga chiqishdi. O'g'li bilan birgalikda Jungkookni ziyorat qilishga yo'l olishdi. Qabrlar orasidan onasini ehtiyotkorlik bilan olib ketayotgan yigit otasining qabrini tanib oldida to'xtati. Yonma-yon joylashgan qabrlarga xurmat bajo keltirgan ona- bola ziyoratchilar uchun atalgan o'rindiqqa joylashishdi.
- Jungkook, mana biz yana shu yerdamiz. Junghun borgan sari senga o'xshab ketmoqda. Huddi seni o'zing...qarashlari... qosh chimirishlari... fikrlashi... u senga mos farzand bo'ldi degan umiddaman - Shiya ko'ziga yosh olgancha o'g'lini tasvirlar ekan onasining ko'z yoshlariga chiday olmaydigan Junghun onasini yelkasidan quchib yupatdi.
- oyijon bas qiling. Bu dadamga yoqmasligi aniq
- mayli o'g'lim...
Shiya va Junghun qabrni doimgidek ancha vaqt ziyorat qilganlaridan so'ng xayrlashish vaqti yetganida Shiya o'rnidan qo'zg'aldi. So'ng ketayotib irtiga qaragancha
- sening otang eng kuchli va eng yaxshi inson edi... shuni unutma
- bilaman oyi... bilaman..
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. BILMADIM BU FANFICNI QACHONDIR O'QIB TUGATASIZ. ISHONAMANKI SIZGA MANZUR KELADI VA SHU FANFIC SABABLI SIZDA O'TGAN ICHKI KECHINMALARNI MEN BILAN BO'LISHSANGIZ XURSAND BO'LAR EDIM.
#JEON_SHIYA
@GLAMOUR_FANFIC
Final qism uchun coment kutaman. Sizga yoqdi degan umiddaman.❤️