THE LAST BELL EP 6
Younghoonning ko'zlari barq urgan olovdan u rostan ham mening yaqinimmi deya o'ylab qoldim. Meni hayratga solgan narsa esa uning so'nggi jumlalari bo'ldi... Sen uchun qildim... men uchun ularni ayirdingmi Younghoon?
Ryen yigitning yoqalaridan tutib yuziga maksimal darajada yaqin kelib past ovozda o'shqirdi.
- sendan so'radimmi? Men uchun nimadir qil dedimmi? Menga yordam ber Younghoon, Jungkookni Sunhadan tortib olib ber dedimmi? Bir qizni sha'nini bulg'a dedimmi? Gapir! Qaysini so'radim sendan
- menga sendan o'zgasi qiziq emas. Hammasi o'ylaganimdek bo'ldi. Jungkook Sunhadan kechib senga bordi. Endi faqatgina sen qabul qilsang bas. Olam guliston Ryen.
Younghoon huddiki yaxshi ish qilgandek ko'zlari chaqnab gapirar ekan Ryen uni bir siltab qo'yib yubordi. Kaftlarini sochlari orasiga eltib g'ijmalab to'zitib yubordi. So'ng ularni qayta ortga tarab Younghoonga qayta yuzlandi.
- Jungkookka qanday qilib bunday qila olding. Ahir u sening do'sting. Ikkilang bir butun, bir tan, bir jon, yelkadosh edingiz. U bilan o'tgan xotiralarga qanday qilib oyoq qo'yding. Qanday kuch seni bularni unutishingga undadi?
- meni qiynashni bas qil Ryen. Shunchaki u bilan birga bo'l va baxtli bo'l.
- o'limi yaqin odamga baxt nima kerak? Jin ursin🗣
Ahiyri Ryen chiday olmay til uchida turgan achchiq haqiqatni baralla aytib yubordi. Younghoonga ilojsizlarcha tikilgancha ko'zlarida ushlab turgan issiq yoshlariga erk berdi. Ryenning gaplaridan tanasi muzlab qolgan Younghoon xayratini yashira olmay ko'z lari kattalashib qaltirab ketdi. Ryenning oldiga sekin sekin yaqinlashib unung ikki yelkasidan ushlab o'ziga qaratdi. Yig'i aralash Ryenga xonish qildi.
- yolg'on de. Iltimos yolg'on de. Bu seni qaytarishim uchun bahona de. Agar bu rostan meni qaytarish uchun bo'lsa yolvoraman aldadim de Ryen. Javob bersangchi Ryen.
- ... bu ayni haqiqat Younghoon.
Ryen xolsizlarcha ortudagi stolga o'tirib qoldi. Ko'zkaridan oqayotgan yoshlarini sidirar ekan Younghoon hanuzgacha bir nuqtaga tikilgancha tosh qotdi. Lablari orasidan duduqlangancha puchirlar ekan Younghoon Ryenning oldiga tiz cho'kib qizning ikki yanog'ini kaftlari orasiga oldi.
- Ryen... iltimos qilaman.
- meni qiynama Younghoon... bu ayni haqiqat... miyamda o'simta bor. U ancha ichkarida joylashgan. Shu sababli aperatsiya xavfli... yashab qolishimga umid yo'q... bekor bunday qilding Younghoon. Bekor sevishganlarni bir majruhni deb ajratding.
- yana ularni o'ylayapsanmi? Yana-ya? Ryen...
- Younghoon kel menga ruxsat ber. Hayotimni qolgan bir necha muddatini do'stlarim davrasida o'tqazishga, baxtli onlar va xotiralar qoldirishimga izn ber... sevgan insonimning baxtini ko'rishga imkon ber...
Ryen huddiki bu unung so'nggi so'zlaridek gapirar, uning so'zlariga chiday olmagan Younghoon qizning tizzasiga bosh qo'ygancha birdan ovoz chiqarib yig'lab yubordi. Younghoon Ryenning belidan quchgancha huddiki u hozir yo'q bo'lib qoladigandek qattiq quchib yig'lar edi.
- kechir. Kechir Ryen. Iltimos bizni tashlab ketma. Sensiz biz... men nima qilaman.
- kuyunma Younghoon, kuchli bo'l. Men uchun menga baquvvat tirgak kerak. Meni suyab qoladigan... doim oldimda bo'ladigan yelka kerak... bu mening taqdirim... taqdirimga esa ko'nishdan boshqa ilojim yo'q.
Ryen bu gaplarni qancha tabassum bilan aytsada, ich ichidan dunyolar qular edi. Younghooning yelkasiga qo'llarini qo'yib sekin urib uni yupatgudek bo'ldi. Eng muhimi Younghoon o'z aybini tushundi.
- hozir endi biz sening xatoyiningni to'g'rilaymiz.
- ...
- Younghooooon? - oxirgi bo'g'inni cho'zib qoshlarimni kinoyali uchurib unga qaradim. U ham taqdirgan tan berib javoban g'o'ldiradi.
- yaxshi...
- biz sevishganlarga aylanamiz
- Nima? - yuzi birdan yorishgan yigit qizga yanada yaqinlashib o'tirib keyingi so'zlariga diqqat qildi.
- ha sevishganlar bo'lamiz. Bir necha kun oldin arazlashgan bo'lamiz va sen mast holda bilmay Sunha bilan menga xiyonat qilgan bo'lasan. Shunda balki Jungkook sizlarni kechirishni aqalli o'ylab ko'rar.
- menimcha u kechirmaydi. Menga qanday qaraganini o'zing ko'rding.
- agar uning o'rnida bo'lganingda sen ham huddi shunday qilarding... uqdingmi? Endi Sunhani topib unga ham huddi shu gaplarni uqtiramiz... Jungkookning oldida yaqinroq odam qolishi kerak
- haligacha Jungkook deysan-a.
- bu sen uchun ham yaxshi. Ikkingizni bir biringizdanda yaxshi tushunadigan odam yo'q
- mayli... roziman
- yana bir gap... kasalligim haqidagi gap o'rtanizda qolsin. Hech kim bilmasligi kerak
-... tushunarli - xo'rsinib boshini yerga egdi
Sunha yo'lak bo'ylab parishonxotirlarcha kuchsiz qadam bosib, ko'zlarida yoshi bilan, aybsiz aybdor bo'lib qolganidan qiynalib ketar edi. Tanasini shunchaki sudragancha maktab tomi tomon jonsiz, xissiz qo'g'irchoq kabi ildamlar zinalardan birin ketin ortda qoldirb ildamlar edi. U shunchaki taslim bo'lishni tanladi. Jungkook uni hech qachon eshitmasligiga, qayta u bilan birga bo'lmasligiga ishonchi komilligi uni tobora jarlik tomon yetaklayapti. Umrning eng go'zal, unitilmas lahzalari ro'y beradigan paytda u bu dunyoni tark etmoqchi. Sekingina yengilmoqchi...
Menda boshqa iloj yo'q. Men ketishni istayman. Bunday isnod bilan, yuragim egasining menga nafrat bilan boqishiga chiday olmayman. Men eng qo'rqadigan harakat bu ishonchdan qolish bu eng qo'rqinchli tuyg'u. Aslida sevgining darz ketishiga ham aynan shu omil sababchi bo'ladi. Bir marta o'rtaga oralagan shubha hammasini barbod qiladi. Bu narsa huddiki bo'ron oldi sukunatga o'xshaydi. Sukutda kelib oraga nifoq tushurib barcha tuyg'ukarni uchurib olib ketadi. Hamda... men uchun kelgan bo'ron bu - Younghoon bo'ldi. Meni hammasidan ayirding... o'zligimdan... muhabbatimdan...
Ryen va Younghoon tezlikda ularni qayta birlashtirish maqsadida sevishganlsr tomon yo'l olishdi. Sinfga kelib Sunhani izlashdi ammo u yerda yo'qligi sababli butun maktab bo'ylab uni qidirishga tushishdi. Ketma ket ikkiga bo'linib har bir qavatni har bir xonani izlashar ekan uni topa olmay xunib bo'lishar edi. Maktabning markazida xansiragancha yugurib kelib uchrashgan yigit va qiz tizzalariga tayangancha nafas rostlashar edi.
- u hech qayerda yo'q
- xonada narsalari turgan edi. U aniq qayerdadir yashirinib o'tiribdi.
- Ryen xojatxonalarni ko'rdingmi? Ayollar xojatxonasini men ko'rganim yo'q. Ko'ra olmayman ham.
? - qaranglar, tom etagida kimdir bor. U sakramoqchi.
Ryen va Younghoon tezlikda tom tepasiga qarab u yerda turgan tanani izlab topishdi. So'ng yaxshikab tikilishar ekan mallarang sochli qiz tomning eng labidan turub yerga boqub turar edi. Ikkisi qo'rqib ketgancha talmovsirab yugurib ketishar ekan oldilsridan kim chiqsada uni turtib haydab tom tomonga yo'l olishdi.
O'zimda qayerdan kuch topganimni bila olmayman. Ko'z oldim xiralashayitganiga ham qaramay tahminiy yugurib ketar ekanman to'xtash nimaligini bilmas edim. Sunhaga nimadir bo'lishidan juda qattiq qo'rqyapman. Meni deb bir qiz juvonmak bo'lishidan, hayotdan bevaqt ko'z yumishidan yuragimda qattiq qo'rquv uvushish hosil qildi. Uni tom ustida ko'rganimda bir muddat ulgara olmayman deya xavfsirab qoldim. Ammo ulgurishim kerak... ulgurishim kerak.
Hovlidan yangrayotgan bezovta ovozlar meni ham u yerga qarashga undadi. O'rnimdan turib derazani ochishim bilan bezovta shamol yuzimga urulib ko'zlarimning nim yopilishiga sababchi bo'ldi. Maktab hovlisida to'da bo'lib tomga qarayotgan o'quvchilardan hech narsaga tushunmay men ham ular qaragan tominga qaradim. Tom ustida bir qiz turar, unga yaxshilab e'tibor bilan qaraganimda tanam birdan muzlab qoldi. Ko'zlarim kattalashgancha yanada chuqurroq tikilar ekanman Sunhaning, sevgilimning malla sochlari shamolda tebrangacha yaltirar edi. Xonadan yashin tezligida chiqqancha yo'lak bo'ylab qanday, qay paytda yugurib ketganimni hattoki sezmay qoldim. Vaqt menga rahm qil. Oldiga borgunimcha menga rahm qil.
Ryen va Younghoon birgalikda yugurib ketishar ekan 3 chi qavatga yetishganida Jungkook ularga qo'shilib old qatorni egallab bor kuchi bilan yugura ketdi. Uchchalasi bir birlarini quvgancha yugura yugura ahiyri tomga ham yetib kelishdi. Tom eshigining tutqichini burab ochgan Jungkook qo'llarini keng yozib sakrashga shay turgan qizning tanasini ilg'ab u tomonga yugurdi. Sunha tanasini bo'sh qo'ygancha o'zini yer tomin irg'itdi...
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic