December 7

SERENITY EP 12

12-qism

- Jungkookning menga nisabatn tuyg'ulari bor.
- nima? O'sha iflosday-a?
- ha unda menga nisbatan nimadur bor.
-... Shiya... balki kerak emasdur
- kerak aka boshqa ilojimiz yo'q
- baribir u senga nimadur qilsachi?
- ... qilmaydi. Yuragim shunday deyapti.
- yuraging?... senda ham unga nisbatan nimadur bor deganimi bu? Shundaymi?
- albatta yo'q. Men uning shu hislaridan foydalanmoqchiman.
- bu qaltis harakat. U sezib qolsa nima qilasan? Sendan shubxalansa nima qilasan?
- u shundayligicha ham sergak va xushyor. Men shunchaki ayollik makrini ishlatmoqchiman
- yo hudoyim... seni qaytarishni umuman iloji yo'q
- ha shunday... siz xavfsizlikni oshiring. Tayyorgarlikni davom ettiring. Jungkook esa mening ishim.
-... mayli

Taehyung xafsala bilan o'rnidan turib deraza oldiga bordi. Derazadan pastga qaraganda Jungkookni endi kelayotganini ko'rib ensa qotirib singlosiga yuzlandi.

- ana oshig'ing kelyapti.
- Jungkookmi?
- boshqa kim
- kesatishni bas qiling

Aka - singil ko'z urushtirgancha urushishar ekan bir pasda xonaga Jungkook yetib keldi. Shiyani ko'zini ochganini ko'rib yuzida ajib xursandchilik o'ylab taranglil biroz bo'lsada yo'qoldi. Xonada bor yana bir kishini sezganidan so'z sergak tortib qayniakasining oldiga keldi.

- salomatmisiz kuyov
- siz so'raganingizdan so'ng ancha yaxshi
- sizga singlimni kimlar uchundur xo'rak vazifasini o'tash uchun bermadik
- aka
- bu uchun uzur so'rayman. Bu mening xatoyim edi. Keyingi safar xushyorroq bo'lamiz
- agarda qo'lingizdan uni ximoyalash kelmasa o'zimizga qaytaring
- haddingizdan oshmayapsizmi? Sizga indamayotganimni sababi sizdan hayiqishim emas xotimnini akasi ekanligingiz. Unutmang shuni
- nutqingiz anchayin xashamdor ammo quruq. Uni amalda hech ko'rmadik
- aka bas qiling.
- sen jim tur va aralashma
- gap talashganingiz bilan hech narsa ozgarib qolmaydi. Shuning uchun meni asabiylashtirishni bas qiling.

Shiya akasiga ko'zlarini katta-katta qilib qoshlarini uchurib jim bo'ling der ekan. Taehyung yaxshilab urusha olmaganidan xavfsalasi pir bo'lib qayta deraza tomonga o'girildi. Jungkook ham Taehyungga gapirish foydasizligini tushunib Shiyaga e'tiborini qaratdi. Unga yaqinroq kelib mayin ovozda xol-ahvol so'radi.

- hech qayering og'rimayaptimi?
- yo'q... ancha yaxshiman rahmat
- seni uyga olib ketgani keldim
- uy? Ahir uy yonib ketganku
- bizda yana boshqa bor. Agar yaxshi bo'lsang qolgan muolajalarni uyda olasan. Seni bu yerda qoldirish endi xavfli.
- yaxshi ketamiz.
- tayyorlanib tush. Seni mashina oldida kutaman.
- ho'p

Jungkook Taehyungga bir asabiy ko'z tashlab xonani tark etdi. Shiya Jungkook chiqqanidan so'ng ortida turgan yostiqni olib Taehyung tarafga uloqtirdi. Pichirlab baqirgancha unga yopishdi.

- siz aqldan ozyapsizmi? Nega unga unaqa deysiz?
- ha nima? Mening ham jahlim chiqdi. Nima mumkin emasmi?
- yo xudoyim o'zing menga sabr ber
- ajab bo'pti.

Taehyung labini burib ko'kragi ustidan qo'lini bog'lab deraza tokchasiga o'tirdi. Shiya esa foydasizligini bilib peshonasiga qo'li bilan urib qo'ydi.

Jeon qo'rg'oni

Jungkook Shiyani uyiga olib kelib yangi uy va xonasi bilan tanishtirdi. Ancha jarohatlari sababli toliqqan qiz tezlikda xonaga chiqib yotog'iga o'tirib qoldi. O'pkasi ancha og'riq berayotganligi sababli u chuqur nafas ololmas lekin ayni damda unga hozir shu kerak. Qisqa qisqa tez tez nafas olib o'ziga o'zi shamol qilayotganida xonada Jungkook paydo bo'ldi. Xotinining oqarib ketgan yuzi va bejo turishidan xavotirlanib oldiga cho'kkaladi. Sochlarini ortiga bir qilib yig'ib egib boshini ko'tardi.

- nima bo'ldi? Yaxshimisan?
- h.ha h.ha hozir o'tib ketadi. Yana b.birozdan s.so'ng

Shiyaning tiralib turgan qo'li kuchini yo'qotib qaltiray boshladi. Jungkook o'rnidan turib yotoqqa uning oldiga o'tirib yelkasiga uni oldi. Qo'lini uni yelkasidan aylantirib ikki qo'li bilan qizning boshini yelkasiga qo'ydi. O'sha qo'li bilan uni sochlaridan silab unga dalda bermoqchidek harakat qila boshladi. Yelkasida turgan qo'lini pastlatib titrayotgan qo'lidan ushlab silab turdi. Shiya shu holatda 10 15 daqiqacha turgan bo'lsada Jungkook uni 1 soniyaga ham qo'yib yubormadi. Uning ahvoli yaxshilanar ekan Jungkookning ham yuragidagi to'polon tinchiy boshladi. Qiz erkin nafas ola boshlaganidan so'ng u sekinlikda sado berdi.

- yaxshi bo'lib qoldingmi?
-... ha endi ancha yaxshi

Shiya Jungkookdan uzoqlashaman deganda yigit uni qo'yib yubormadi. Qayta uni boshini yelkasiga qo'yib mahkam tutdi.

- hali o'tib ketmadi.
- men yotub uxlamoqchi edim
- a yog'e uzur unda

Jungkook hijolat ohangida gapirar ekan Shiya tahminlari to'g'ri ekanligiga 100 foiz amin bo'ldi. Uning issiq quchog'idan chiqib o'rnidan turdi. Shkafi oldiga borib bir tekis tayyorlangan kiyimlaridan orasidan tunggi kiyimini izladi. Uni olib kiyim alishtirish xonasiga ketayotganida Jungkookning ovozi yangradi.

- nafas olishga qiynalishing qancha davom etar ekan?
- aniq muddat aytishmadi. O'zi sekin astalikda yo'qolar ekan
- unda yaxshi

Shunchaki berilgan savol yuzadigan qurilgan suxbatdan so'ng Shiya kirib kiyimlarini alishtirib chiqdi. Xonaga qaytganida Jungkookni ko'rmadi. U allaqachon xonani tark etgandi. Shiya ohista kelib yotoqqa yotdi. Shiftga qarab yotar ekan ko'zlarida endi uyqu qochib bo'lgan edi.

Pov Shiya

Uning bu harakatidan o'zimning ham erib ketishimga bir bahya qoldi. Issiq bag'riga yuzimdan va qo'limdan silab turgan baquvvat qo'llari huddi yumshoqdek tuyuldi. U shunchalar meni mahkam bag'riga mahkam bosganida yuragining dukkilab urgan tovushi hali hamon quloqlarim ostida jaranglamoqda. To'xta ahmoq qiz. Uni o'ylashni bas qil. Sen ham uni sevib qolma. Ahmoq bo'lma.

Shiya o'zini o'ylahsdan tiyib boshqa tomonga o'girilib ustiga ko'rpani tortib uyquga ketishga harakat qildi. Bir necha soatlar o'tar o'tmas esa uxlab qoldi.

Erta tong

Shiya uyg'onish arafasida kecha eshitgan erining yurak tovushini eshitib yotar edi. Buni oldiga tush deb o'ylab yotdi. Ammo qimirlashgan harakat qilganida belida o'ralgan 2 narsani his etib sekin asta ko'zlarini ocha boshladi. Ko'zlarini ochishi bilan boshini ko'targanida erining chiroyli lablari va iyagiga to'qnash keldi. Undan uxoqlashaman deganjda esa chirmoviqdek o'ralgan qo'llar unga chiqishga imkon bermadi. O'zining qo'llari esa Jungkookning ochiq ko'ksiga tiralgan. Qiz uni uyg'otib yubormaslikka harakat qilib pitirlar ekan baribir bu harakatlar Jungkookni uyg'atishga erishdi. G'ingshib qizni harakatlana olmaydigan qilib bag'riga mixladi. Qizni ortiga o'girib bo'yniga iyagini tirab uyqusiragancha

- hali erta yans uxlashimiz mumkin
- men turmoqchiman
- men turganimda turasan
- yo'q...istamayman... Jungkook?
-...
- Jungkook... ha ayiq yana uxlab qoldi.

Shiya ko'z kosasi atrofidan qorachig'ini aylantirib ilojsizlikdan derazaga qarab yotaverdi. Deraza orti quyosh yo'q. Bulutli havo. Shiyaning ham ko'ngli g'ashlana boshladi... u esa tangriga tavakkal qilib yotaverdi...

Oradan bir necha soatlar o'tdi.

Jungkook yotoqda yotar ekan qo'llari bo'sh ekanlogini sezib choyshab ustidan qo'lini yugurtirib xotinini tanasini izladi. Ammo u yo'q. Bir ko'zini zo'rg'a ochib xona bo'ylab uni aylantirib Shiyani oyna oldida topdi. Qayta boshini yotoqqa tashlab ko'zlarini ishqalab turib gavdasini ko'tarib yotoqqa o'tirdi. Yuziga pardoz berayorgan qizga uyqusirab gapira boshladi.

- nega erta turib ketding.
- yana nafasim siqib qoldi. Turmasam ancha qiynalib yotishim mumkin edi.
- nega unda qayta yana yotmading
- uyqum qochib ketgandi. Nima sizga shunchalar muhimmi?
- ha sen men bilan uyg'onishingni istagan edim
- bundan nima foyda?
- sen mening xotinimsan. Demak eringni xohishlarini amalga oshirishing kerak
- xotingiz ekanligim faqat shu hollarda esingizga tushadi.
- doim men buni yodimda saqlayman. Ammo sen buni tez tez esingdan chiqarib turasan
- ajab bo'pti.

Shiya e'tibor bermaygina suxbatni yakunladi. Quloqlariga ziragini taqib o'rnidan turib eriga tomon o'girildi.

- tezroq tushsangiz birga ovqatlanamiz. Bizni bir necha marta chaqirishdi.

Jungkook boshini qashilayotganida ko'zi xotiniga tushib qotib qoldi. Shiyaning yuziga bergan meyoriy pardozi, belini ozg'in ko'rsatib turgan xushbichim ko'ylagi, hammasi mukammal tarzda edi. Jungkook asta sekinlik bilan o'rnidan turib unga ochiq yuzda qarab turgan qizni oldiga keldi. Ikki yonida tushib turgan sochlaridan birini ortga o'tkazib bo'ynidan ohisra ushladi. Shiya undan hurkib sal oetga tisarilganida Jungkook qayta uni belidan ushlab yalang tanasiga qizni tanasini jipslashtirdi. Biroz qizni yuziga egilib past va mayin ovozda xitob qildi.

- bir daqiqa... mendan qochma

Jungkook qizni bo'ynidan tutib turgan qo'li bilan uni yuzini yuqoriga ko'tarib lablariga labini bosdi. Shiya ko'zlarini xonasidan chiqqudek kattalashtirib harakatdan to'xtab qoldi. Jungkook esa bo'ynidan silagancha bo'sani chuqurlashirar rafiqasining belida turgan qo'li uni mahkamroq siqib o'ziga tortar edi. Jungkook qizdan havo olayotgandek lablaridan so'rib o'par ekan Shiya uning ko'ksiga qo'llarini qo'yib o'zidan uzoqlashtirishga harakat qila boshladi. Jungkook bundan norozi bo'lganda belida turgan qo'li bilan uni bir deganda ko'tarib yotoqqa tashlab bo'sani buzmagan holda ustiga chiqdi. Unga qarshilik qilayotgan ikki nozik qo'lni ikki yonga yozib lablarini qiynashda davom etaverdi. Uzoq davom etgan bo'sadan so'ng Jungkook qizning lablaridan labini uzib bo'yniga tushdi. Ochiq bo'ynidan shimib o'pib o'zining tamg'asini unga qoldirdi. So'ng o'zini tiyib qizdan sal bo'lsada uzoqlashib uni yuzidagi holatni ko'rmoqchi bo'ldi. Yuzi olmadek qizargan tez tez nafas olardi. Sal avval qiynagan lablaridan bo'yoq o'chib krtgan va u titrar edi. Yigit miyig'ida kulimsirab

- endi senga lab bo'yog'ini keragi yo'q. Shundayligicha ham unga tabiiy yo'l bilan rang berdim
- ... ustimdan tushing
- menga shu yoqyapti
- janob Jungkook🗣

Eshik ortidan xizmatkorning ovozi keldi. Jungkook qizni ustidan turmay javob qaytardi.

- nima?
- sizni otangiz chaqiryaptilar
- hozir boraman.

Xizmatkor indamay xona ostonasini tark etdi. Jungkook tagida tipirchilayotgan qizni yuzidan o'pib o'rnidan turdi va kiyinib hech bir so'z demay xonani tark etdi. Shiya taka-puka bo'lib qinidan chiqqudek urayotgan yuragini tinchlantirgancha xonada qoldi....

12-qism tugadi.

#Jeon_Shiya
@Gold_fanfics

Coment va reaksiya qoldiring shadows❗️