Behind the smile 18-qism
COMENT & REAKSIYA QOLDIRING FINAL YAQIN AKTIVLASHAMIZ❗️
Shia dushdan sochlarini quritib chiqqanida akasi uni xonasiga birdan bostirib kirdi. Shia ruxsatsiz ochilgan eshik tomon o'girilib xavotrli qarab turgan akasini ko'rib yuzidagi xotirjamlik o'rnini taranglik egalladi. Boshini sarak sarak qimirlatib
Shia asabiy ko'zlarini yumib chuqur nafas oldi. So'ng ko'zlarini qayta ochib o'zi bilmagan holda ovozini balandlattirib akasiga o'shqirdi.
- aytgandim. Sizni ogohlantirgandim. O'jarligingizni deb u endi o'lishi ham mumkin🗣
- ...kechir...
- iltijo qiling u tirik qolsin
Shia qo'lidagi sochiqni kravati ustiga otdi va shkafdan kiyimlarini olib kiyinish uchun kirib ketdi. Ovozlardan bezovtalanib kelgan janob Ji eshik tagida pushaymon turgan o'g'lini qarshisiga turib
- nima bo'ldi?
- giyohvand modda iste'mol qilgan qizni kasalxonaga jo'nattirgan edim. Lekin uni yo'lda o'g'irlashibdi
- u guvohmidi
- ... shunday
- bu voqea qachon sodir bo'ldi
- bir necha soat oldin
-....
- uni topa olamiz deb o'ylamayman
- uni faqat jasadini topa olishingiz mumkin... menimcha endi kech
- bu mening xatoyim bo'ldi.
- sen haqingda qarorni singling chiqaradi...
Janob Ji asabiy charm kastyumini kiygan qizini ko'rib uni oldiga yaqinlashdi.
- qizim
- keyin gaplashaylik dada
- Shia
Janob Ji shoshib harakatlanayotgan qizini yelkasidan tutib o'ziga qaratdi. Shia otasining nigohidan nima demoqchiligini tushunib
- hech bo'lmasa harakat qilib ko'ray
-... mayli... agar biz o'ylagandek bo'lsa bunda o'zingni ayblama... bizning ishimizda bunaqa holat bo'lib turadi.
-... ho'p
Shia uydan chiqib to'g'ri unga kelgan xabarlar bo'yicha voqea joyiga yo'l oldi
Kechki payt Ria doimgidek Taehyungni bekat tagida kutar ekan yomg'ir ham negadur bezovta yog'ib turar edi. Osmonda chaqmoqlar chaqib uni larzaga solar shamol ham quloqni qomatga keltirgancha guvullab esar edi. Bundan atmosferadan ko'ngli biroz notinch bo'lsada bunga ahamiyat bermagan qiz yigiti keladigan tomonga bir qarasa ikkinchi martasiga soatiga qarab uni tezroq oldiga kelishini xohlar edi. Vanihoyat qora mashina chiroqlarini o'ynatib paydo bo'ldi. Ria tabassum ailib quvongancha mashinaning old o'rindig'ini egalladi. Taehyung Ria oldiga joylashishi bilan uni quchib yuziga labini bosib o'pich qoldirdi. Bundan qizargan qiz yerga qarab sochini qulog'iga ortiga o'tkazib erkalandi. Bunga javoban Taehyung keng jilmayib mashinani qayta o't oldirdi. Mashina trassa bo'ylab yurar ekan Ria gap boshladi.
- qayerga ketyapmiz
- seni bir joyga olib boraman
- qayer ekan u
- bu syurpriz. Hayotingdagi eng unutilmas kun bugun bo'ladi. Ishonaver go'zalim - Taehyung yanada keng va iztehzoli jilmayib Riaga qosh qoqib qo'ydi.
Biz shu ko'yi boshqa gaplashmadik. So'ng e'tiborimni bezovta osmonga qaratgancha mashina ooynasidan uni kuzatib ketdim. Hayolimda umuman boshqacha fikrlar jinnicha hayollar aylanar edi. Men o'zimcha o'ylar edimki u menga sevgi isxor qiladi va meni o'ziniki qilib bir umr u bilan qolishimni so'raydi deya hayol qilib ketar edim. Shirin hayollar og'ushida sevgilim bilan yo'q kelajagimni hayol qilib ketar ekanman bu orzularimni mashinaning bir dunyo odamlar qarshisida to'xtagani bo'ldi. Shu soniyadan boshlab hammasi tamom bo'ldi. Taehyung tomin qaraganimda u xavfsizlik kamarini yechib menga qaradi.
- bu yerda nima qilamiz? Bular kim Taehyung?
- sening yangi oilang. Hush kelibsan go'zalim
Taehyungning men uchun butun bir oltin boylikdek tuyulgan tabassumi endi men uchun jirkanch edi. Uning iflosligini va asl basharasini o'sha kuni ko'rib yaxsgigina amin bo'ldim. U mashinadan tushib men tomonga kelib eshikni ochdi va meniajburlab tushura boshladi. Men mashina o'rindig'idan zich ushlab bir Taehyungga bir yig'ilib meni kutayotgan odamlarga qarab yig'lashga tushdim. Taehyungga yolvorib yig'im batar avj oldi.
- nima qilyapsan? Iltimos meni qo'rqitma qo'yib yubor iltimos
- endi sen ularnikisan va ketishing kerak
- men buyum emasman🗣
- sen allaqachon sotilgansan
Taehyungning jumlalari yuragimni qoq o'rtasidan teshib o'tdi. Meni kuchsizlanganimdan foydalanib tezda ko'tarib mashinasidan tushurib ular tomon itara boshladi. Baribir to'xtamadim. Balki erib qolar deya... ammo yo'q
- iltimos o'tinaman meni ularga berib yuborma. Nima desang qilaman. Iltimos yolvoraman Taehyung
- seni sevib qolganni ooldida bo'lish kerak jonim. Men esa seni sevmayman. Ular esa seni sevishadi.
- Taehyung o'tinaman meni sotgan pulingni ishlab to'layman meni qo'yib yuborma. Meni berib yuborma
- sen bahoyingni qanchaligini bilganingda edi allaqachon o'zingni sotgan bo'lar eding.
Taehyung baribir meni ular tomon uloqtirib yubordi. Keraksiz buyumdek meni pulladi. Iltijo va najot nigohi bioan boqib Taehyungga talpinar ekanman u bir chemadan pulni ko'zlarim oldida tekshiriib oldi. Quloqlarim ostida nimaningdur gumburlashi jarangladi. Bu osmondagi chaqmoqdan ko'ra balandroq mening yuragimning singan tovushi edi. Sotildim...
- sanab ko'rishga sharoit yo'q sizlarga ishonsam bo'ladimi
- naq 50million dollar
- durust durust
- bunaqa go'zal janonlardan olib kelishingni yana kutamiz
- albatta bundaylari menda talaygina
- kutamiz unda ko'rishguncha
- hayr yoqimli tunlar tilayman. Alvido go'zalim...
-... la'natlar bo'lsin senga Taehyung. Jahannam azobida kuyib kul bo'lib yon... seni aslo kechirmayman...
- men ham seni sevaman
Taehyung Riani masxaralagancha qo'lini silkib keng jilmaydi... osmonda chaqmoq... qora bulutlar oatidan uvvos solib yig'layotgan yomg'ir... sovuq tanalarni bat!r sovutib muzlatayotgan daydi bo'ron...
Shia voqea joyiga yetib kelib jasadlarni soolishayotganini ko'rib ular ichidan Riani topolmadi. Seokjinni oldiga xovliqqancha yugurib kelib
- nimadur belgi bormi?
- afsuski yo'q bu yerda kameralar ham yo'q.
- siz oldinfagi tunelni kameralarini tekshirdingizmi? Yoki orqa tomondagi shahar kameralarini
- tekshirilmoqda. Barcha yo'llar kameralari maxsus bo'lim qo'lida
- nega buncha imillashadi bular? Ungacha anavi maxluq qizni o'ldiradi.
- sen biroz tinchlan topamiz.
- menga Taehyungning manzilini topib bering tezda
- nima qilmoqchisan
- o'zim bilaman
Shia ters o'girilib ketib borib mashinadiga joylashdi. Taehyungning raqamini terib unga haqiruvni bosdi. Ammo Taehyung go'shakni ko'tarmadi. Bundan batar asabiylashgan Shia g'azab bilan boshqa raqamni terdi.
- sizga hozir bitta raqam jo'nataman va sizga yarim soat vaqt raqamni egasini qayerdaligini aniqlab bering
- tushunarli kapitan Jeon
Taehyung unga kelgan qo'ng'iroqdan yuzini tirishtirib telefonini ovozsiz rejimga o'tkazib qo'ng'iroq tugaganidan so'ng uni o'chirib qoydi. Qo'lidagi viskini bir ho'plab stolda qo'llari bog'lanib turgan qizni oldiga kelib qarshisiga kursi qo'yib o'zi unga joylashdi. Ria unga ko'zlari qizargancha jahl bilan qarab turar ekan Taehyung u tomon qo'l cho'zib sochlarini silamoqchi bo'ldi. Ammo Ria undan boshini tortib Tashyungning qo'llari bo'sh qoldi.
- haligacha yovvoyisan go'zalim
- mendan yana nima istaysan?
- istaklarim ko'p qaysinisini qila olasan
- mendan olmaganing nima qoldi?
- birgina joning... berasanmi?
- tezroq ol va qutilay sendan ham mana bu la'nati hayotingdan ham
- hali shoshilma hammasiga ulguramiz... nahotki seni olib qolishimni istamasang?
- ... endi bundan nima foyda
- balki seni sevib qolgandurman
- pulni sevadigan odam birovlarni tagiga tashlagan qizini sevadimi? Sen faqat pulni sevasan. Pul sening joningni oladi.
- ha hayotda eng muhimi pul. Puling bo'lsa odam sanalasan. Pulsiz bo'lsang demak axlatsan
- bu gapni sendaqa ifloslar o'ylab topgan. Hayotda pulsiz ham yashashni iloji bor. Muhimi mehr ishonch e'tibor va sevgi
- shu gaplarga oydinlik kiritsam qarshi emasmisan? Ho'sh muhimi sen sanagan nsrsalarmi shunda? Unda eshit. Mehring bilan ham hammaga ham yoqavermaysan. Mehring boshqalar uchun ikkiyuzlamachidek tuyuladi. Ishonch eng muhimi desang ham adashasan sen ishonasan lekin ular senga ishonishmaydi. E'tibor muhummi? Senjng e'tiboring boshqalar uchun xasad degandek gap. Sevgi ham deding. Sevgi bilan yashay olasanmi? Sevgi qorningni to'yg'azadimi? Ust bosh olib beradimi? To'kin hayot yaratib beradimi? Bu dunyoda puling bo'lsagina omon qolasan. Puling bo'lsa dovrug'ing yetti olamga yetadi. Mehr berubchilar ishonuvchilar e'tibor beruvchilar va sevuvchilar ham o'zi oqib keladi. Pulsizmisan demak hech kimsan.
- ... iching to'la qoralik. Mana shu pul dardi ko'zingnk mog'orlatgan. Haqiqatga qaray olmaysan. Uni ilg'ay olmaysan
- ... men ham sevgandim, ishongandim, mehrimni bergan edim, uning joni og'riganida qo'shilib mening ham yuragim og'rigan edi... ammo menda nima yo'q edi bilasanmi? Pul mansab... men shular uchun o'zgardim
- ... sen shunchaki hayot sinoviga dosh berolmagansan
- ... sen ham dosh berolmading
- ... men o'lim soniyamni kutmoqdaman. Hammasini seni ham boshqalarni ham vaqt izmiga tangimning izmiga berib qo'ydim. Jazoyingni olasan... men buni bilaman
- do'zaxda ko'rishguncha
Taehyung o'rnidan turib Riani qo'llarini yechib uni ko'tarib balkon tomon yo'l oldi. Osmono'par 20 qavatli binoning eng yuqori nuqtasi. Taehyung Riani pastga tushurib xavfsizlik to'sig'iga tirab uni sochlaridan hidlab bo'yniga iyagini tiragancha egildi va mayin ammo razillikka to'la ovozi bilan Rianing qulogxiga pichirladi.
- ikki dunyo bir qadam degani aynan shu bo'ladi...
- seni sevgan kunimga ming la'nat bo'lsin
Taehyung Riani yelkasidan mahkam siqib yuzidan o'pib endi itarishga shaylanganida ortidan kelgan o'q ovozidan cho'chib ortiga qaradi. Ortida yomg'irdan shalabo bo'lib hansiragancha qurolni tutib turgan Shia unga e'tibor qaratilganidan so'ng gapirishni boshladi.
- uni qo'yib yubor
- xush keldingiz Jeon xonim. Bizning spektaklimiz hali tugagini yo'q. Aksincha endi boshlandi.
- hoy jin ursin sen telbani uni qo'yib yubor.
- u o'lmoqchi va men bunga yordam bermoqchiman.
- unga agar nimadur bo'lsa...
- meni ham o'ldirasanmi? Yoki o'ldirmay qoldirib huddi yillar oldingidek yarim jon axvolda tashlab ketasanmi?
- hoy sen aqldan ozgan nima deb aljirayapsan?
- 2012-yil Seul bitituv oqshomi...yodingdami
- ... sen
- ha men.
Taehyung gapini tugatib Riani itarib yubordi. Rianing baqiriq ovozi ppastlagani sari yo'qolib borar ekan Shia qurolni tushurgancha to'siqqa yaqinlashdi. To'siqdan pastga qarar ekan Ria kichrayib yo'qolib borar edi. Shia bor ovozi va kuchi bilan Taehyungga tashlandi.
#jeon_shia
@Glamour_fanfic
- sen iflos odammisan o'zi🗣
- sen meni shu holatga keltirding
- nega ko'zlaringni olib qochyapsan yoki uning gaplari rostmi?
- Shia men senga hammasini tushuntiraman. Meni eshit
- xatoyimni to'g'irlayman
- birinchi bo'lib anavi qizningni yo'qotishimiz kerak