October 15

Behind the smile 16-qism

FANFICNI O'QISHINGIZDAN AVVAL CHIQIB REAKSIYA BOSING❗️

Behind the smile
16-qism

-men kimga davo bo‘lay?

To‘satdan palatada begona ovoz yangradi va ikkimiz ham bir barakayiga eshikka qaradik. Eshikda esa ko'rishni istamay turgan nusxamning siymosi turar edi. Taehyung yuzida ayyorona tabassum bilan bizga yaqinlashishni boshladi. Men kravatdan turib erimning gavdasini ko'tarishi uchun yordamlashdim. Jungkook mening ko'zlarimdan va yuz tuzulishimdan jahldaligimni sezib kaftimdan ushlab yelkasiga qo'ydi va qo'yib yubormagan holda qo'lim ustidan qo'lini tashladi.

- sizning sevgingizga xavas qilaman xurmatli Jeon oilasi
- sizni nima shamollar uchurdi janob Kim?
- eringizni kecha kasalxonadan o'g'ir ahvolda ko'rib men ham buni shunchaki e'tiborsiz qoldira olmadim
- iltifotingiz uchun tashakkur
- Shia... marhamat o'tiring janob Kim
- rahmat

Taehyung sal narida turgan stolni surib kelib qarshimizga joylashdi. Oyoqlarini bir birining ustiga chalishtirib bir qo'lini tizzasi ustiga qo'yib

- sizni kecha bu holatda ko'rib to'g'risi men shokka tushib qoldim Jungkook
- sizni bezovta qilgan bo'lsam uzur.
- yo'q yo'q Jungkook. Ahir biz begona emasmiz. Qolaversa Jeon xonimning ham menga yordamlari tekkan
-... ha albatta

Jungkook qanchalar sokin tabassum qilsa mwn shunchalar asabiylashar edim. Qovog'imdan esa pag'a pag'a qor yog'ar edi. Taehyung va Jungkook huddiki avvaldan tanish bo'lgandek gaplashib turishar edi. Taehyungdan juda ko'p shubhali harakatlar sezdim. U Jungkookni boshqacha kuzatar xonaga alanglab nimadur izlar edi. Yuzida esa soxta tabassum. Ammo buni sodda erim tushunmaydi. U bilan ochiqlikcha muloqot qilar edi.

- sizni sog' omon ko'rganimdan xursandman Jungkook
- so'raganingiz uchun rahmat
-unda men bora qolay. Sog'ayib keting. Hayr Jeon xonim
-... xayr

Istamaygina hayrlashib eshikgacha kuzatdim. Taehyung eshik ortida qolar ekan yuzini yarim burgancha tabassum bilan qoldi. U nega buncha kinoyali kulmoqda. Eshikni yopib qukflab Jungkookka o'girildim. Qo'llarimni ko'kragim ustidan bog'lab

- nega hamma bilan bunday muomalada bo'lasan
- qanday?
- juda yaqinsan. Orada masofa o'rnatmay ochiqchasiga gaplashasan
- u erkak kishi Shia
- men ham ayol demadim
- buni nima deb tushunay?
- u bizga begona qolaversa jinoyatchi sen xavfsizlik uchun ham oraga masofa qo'yishing kerak
- yo hudoyim menga oldingi rafiqamni qaytarib ber

Jungkook noligancha yuzini yopib nola qildi. Uni harakatidan lablarim burushgancha oldiga borib o'tirdim

*

Jungkookning oldi ertalabgacha birga qolib tong otishi bilan uni ovqatlantiib bo'lib uyimga yo'l o'ldim. Aniqrog'i ota uyimga u yerga borib kiyimlarimni alishtirib chiqdim va ketayotganimda Rianing xonasiga ko'zim tushdi. U qo'lida pichoq bilan ko'zgu oldida nimalarnidur xirgoya qilgandek tebranar edi. Bu voqeani ko'rib o'zimni qnaday xona ichkarisiga otganimni ham bilmay qoldim. U esa meni ko'rishi bilan boshqacha iljaygancha huddiki mast insonlardek gapira boshladi.

- o Jeon xonim sizni qo'rqitib yubordimmi?... lekin bundan afsusda emasman axaxaxa

Ria huddi telba insonlardek baralla kulib qo'lidagi pichoqni menga o'qtaldi. Men talbasava tushmay iloji boricha unga muloyim gapirishga harakat qila boshladim.

- Ria kel qo'lingdagini menga ber
- yooooo'q Jeon xonim bermayman. Bo'lmasa sen meni o'ldirasan
- menda bunday fikr yo'q
- yo'q sen qotilsan. Meni o'ldirasan. Men esa o'lishni istamayman yo'q istamayman

Ria qadab turgan pichog'ini tepaga ko'tarib jang xolatini egallab birdan menga tashlandi. Unga chap berib birdan joyimiz almashib qoldi. U yana menga tashlanishdan to'xtamay ovozi boricha baqirib tashlanadigan bir paytda eshikdan otilib kirgan akam uni qo'llaridan ushlab qolib quchog'iga mahkam siqib ushladi. Men esa bu paytdan foydalanib qo'lidagi pichoqni tortib oldin. Ria esa baqirgancha tipirchilab birdan tinchlanib sokinlashdi va xushini yo'qotdi. Men akamga qaradim. U esa shubchaki bee'tiborlarcha Riani polga tashlab yuborib

- u aldayapti. Xushini yo'qotgani yo'q
- tekshirib ko'ramiz

Pichoqni akamga tutqazib o'zim uni oldiga cho'kkaladim va yuzidagi sochlarini yig'ib burniga qo'limni eltdim. Lekin u rostan xushini yo'qotgan. Chunki nafas olishi sust va bir maromida. Odam uyquda bo'lsa yokida xushini yo'qtsa nafas olishi sekinlashadi. Akam uni yotoqqa yotqizdi va oldiga o'tirdi.

- unga qarab turasizmi?
- ha u bilan o'zim tergov ishlarini olib boraman. Sen qolsa xoziroq qo'yib yuborasan
- unday emas
- sen ishingga bor nimadur bo'lsa qo'ng'iroq qilaman

Riaga bir ko'z tashlan avval xonani so'ng uyni tark etdim. Akam esa uni qo'liga kishan taqib yotoqqa mixladi. So'ng stulni olib kelib unga joylashdi.

- endi uyqudagi qotilimiz tursa bas

Bugungi kunim unchalar yaxshi o'tmagan bo'lsada lekin kayfiyatinga ta'sir deyarli qilmadi. Mahkamada o'z xonamda o'tirganimda kecha kasalxonada ko'rgan nusxam tirjaygancha eshikdan mo'raladi.

- kapitan Jeon. Kirishga ruxsatmi?
- siz... keling marhamat
- rahmat
- sizni nima shamollar uchirdi - u o'tirgan divanning qarshisidagi divanga joylashib
- sizni bir ziyorat etay degandim
- nimadur niyyatingiz borligini allaqachon angladim maqsadga o'tavering
- juda aqllisiz Jeon xonim
-... tushunmadim?
- to'g'ri yashirmayman bu yerga kelishimdan maqsad umuman boshqa. Orqamdan tushganingizdan xabarim bor. Yaxshisi bu yo'lingizdan qayting. Aks xolda boshingizga kelayotgan balolar eringiz kabi oilangizning boshiga tushishi mumkin.
- ... judayam qo'rqib kettimkuya. O'takam yotilay dedi Janob Kim
- bu yaxshi. Bu sizning foydangiz uchun. Oilangiz a'zolari tirik qolishini va xavfsiz bo'lishini istasangiz barchasidan vos keching va ishni yoping
- sizni hozir aytgan so'zlaringiz ocjiqchasiga barcha jinoyatingizni tan olishdir. Balki shu so'zlaringizdan foydalanib sizni osongina panjsra ortiga tiqa olaman
-... bu gaplarimni isbotlay olmaysiz chunki xonangiz kameralari allaqachon ishdan chiqarilgan

Shia birdan eshik burchagida o'rnatilgan kamerga qaradi. Kamera rostan ham ishlamayapti. Chunki o'chib yonuvchi chiroq yo'q. Shia Taehyungga bir qaradi va iljayib turgan aftini ko'rdi. Gavdasini divandan ko'tarib Shianing yuziga maksimal darajada yaqin keldi va

- siz odamlarga juda ham qattiq ishonuvchansiz Jeon xonim. Yaxshisi hech kimga ishonmang. Hattoki uyingizda yashayitganlarga ham.
-...
- hayrli kun Kapitan Jeon

Taehyung bir ko'zini qisib qo'yib xonani tark etdi. Shia shisha stol ustida turgan narsalarni yer bilan bitta qilib birdan baqirib yubordi. G'azabini bosolmay notekis tez tez nafas olgancha

- sotqin ichimda... Jin ursin hammasini

Taehyung mahkama binosidan chiqib telefonini qo'liga oldi va kerakli raqamni terdi.

- u endi hech narsa qila olmaydi.
- aniqmi?
- ha albatta
- unga tegdingmi?
- fikring qanday?
- sen unga hech qachon tega olmaysan. U bunga yo'l qo'ymaydi
- bilar ekansan nega so'rading
- titragan ovozingni eshitish uchun

Aloqa birdan uzildi. Telefonfagi ikkinchi odam shunchaki Taehyungning yuziga telefonni qo'yib qo'ydi. Taehyung miyig'ida kulgancha yuqori qavatdagi Shianing xonasiga bir qarab mashinasiga joylashib u yerni tark etdi.

Yotoqda yotgan qiz haligacha uxlar ekan uni kutib charchagan yigit grafindagi suvni oldida qizni yuzidan quyib yubordi. Badaniga yugurgan sovuq suvdan eti junjikkancha uyg'ongan qiz xovliqqancha har tomonga alanglab qoldi. Miyyasi atrofdagi ma'lumotlarni aniqlashga urinar ekan birdan qo'lida bo'sh grafin bilan turgan yigitni ko'rib unga huddi yegudek o'qraydi. Changwook esa unga shirin jilmayib

- hayrli tong qizaloq
- bu nima qiliq bo'ldi?
- sabrimni tugatganing uchun bu

Ria ensa qotirib yotoqdan turaman deganda e'tibori kishanlangan qo'liga tushdi. O'sha qo'lini ko'tarib Changwookka savol nigohi bilan qaradi.

- bu xavfsizlik
- mendan qo'rqyapsizmi?
- albatta yo'q. Bu mobodo ko'zim ilinganda qochmasliging uchun edi.
- yechasizmi?
- tergov tugaganidan so'ng
- qanaqa tergov?
- ertalab singlimga pichoq bilan tashlanding ahir
- nima?
- ha. Nima eslolmaysanmi?
- men Shiaga pichoq bilan? Bo'lishi mumkin emas
- sen qiz o'zingdan jinnini yoqma sendaqalarni ko'pini ko'rib tarbiyalaganman
- men aytganlaringizni birortasiga tushunmadim
- yo hudoyim

Changwook ikki chakkasini ko'rsatkich barmog'i bilan uqalab asabiylashmaslikka harakat qilib bir necha soniya turdi va qayta Riaga qarab

- meni asablarim sen o'ylaganchalik butun emas. Men bioan hazl qilmaganing ma'qul
- janob Ji men ont ichamanki hech nimani eslay olmayman. Pichoq bilan qachon kimga tashlandim bilmayman
- tortib turasanmi?
-nima?
- giyohvand modda istemol qilasanmi
- albatta yo'q. Bu haqida hatto o'ylamaganman
- ... yaxshi

Changwook o'rnidan turib Riaga yaqinlashdi va yotoqqa o'tirib qo'llarining tomini ko'zdan kechira boshladi. Ria hech nimaga tushunmagancha qotib turar edi. Ammo chap qo'lidagi tomir boshqacha ko'karib turganini ko'rib Changwook birdan Riaga qaradi va

- bu nima unda
- b.bu b.bu m.men
- bilgan edim

Changwook o'rnidan turdi va telefonini qo'liga olib kimgadur qo'ng'iroq qilgancha xonani tark etdi. Ria ko'kimtir iz bor qo'liga qarab bu qachon bo'lganini eslashga harakat qila boshladi ammo hech narsa esiga kelmadi. Boshini ikki qo'li orasiga olgancha uni yerga egib ko'zlaridan tomchi yoshlarini yumalattirdi. Bu manzarani eshikdan mo'ralab turgan qiz rejasi ish berganidan faxrlangancha jilmayib xonasiga ketdi. Xonasiga kirib yashirib ishlatayotgan telefonini qo'liga olib kerakli raqamni terdi.

- ish bitdi.
- barakalla go'zalim. Sen uchun mukofot bor
- qachon olaman
- seni u yerdan olib ketganimda
- qachon kelasan
- uzog'i 1 haftada
- seni sog'indim
- men ham ko'rishguncha
- ko'rishguncha

/ Keyingi qismlarda /

- ikki qiz bir birini yo'q qiladi
- sen ko'ringaningdek yuvvosh emassan


- Ria giyohvand modda istemol qilgan. Tomirdan
- bundan bo'lishi mumkin emas aka
- ammo bu haqiqat


- Jungkookka nima bo'ldi?
- unga donr kerak qizim
- nima nega?

16-qism tugadi.
#Jeon_Shia
@glamour_fanfic

Sizdan coment va reaksiya kutub qolaman. 300+ odam o'qidi. Har biringizning bosgan reaksiyangiz man uchun mativatsiya diamonds💋❤️