QORA BO'RI YOHUD VAXSHIY OSHIQ 4-FASL EP 19
Shu kungacha biror marta o'z yaqinlarimdan, qondoshlarimdan o'zgasiga zarracha bo'lsada ishonmadim. Nega? Chunki hech kim hech qachon qandaydir manfaati bo'lmasa kimgadir yordam bermaydi. Har bir munosabatlar ostida ko'zlangan maqsadlar yotadi. Shu tufayli ham yo tug'ishganing senga yaraydi, yo tug'ishgandek bo'lgan qarindoshing.
Asablarim taranglashgandan taranglashdi. Jungkookdan kelgan xabarga qayrilib ham qaramay telefonni yuz tuban yotoqqa otdim. Qilgan ishim qachondir oyog'imdan tepishini juda yaxshi bilgandim. Lekin tavakkal qilib ko'rmoqchi bo'ldim. Va mana o'sha qilgan tavakkalim boshimga balo bo'lish arafasida.
Fleshback. Changwook Koreaga kelgan kun.
Ikki qarama qarshi turgan insonlar bir birlaridan ko'zlarini uzishmasdi. Changwook og'iz bo'shlig'idan tilini aylantirib oyoqlarini chalishtirib kreslosiga chuqurroq suyandi. O'ng qo'lida turgan sigaretini kulini barmog'i bilan ikki silkib qayta lablari otasiga keltirib tortdi. So'ng tutunini purkab gap boshladi.
- men shunchaki ro'l o'ynashim kerakmi shunda? To'g'ri tushundimmi?
- ha. Men tomonda bo'lsang senga yordamim ancha tegadi.
- nima taklif qila olasan menga?
- bunga nima deysan.
Shiya o'ng tomonidagi odamiga qo'lidagi chemadanni olib kelishini ishora qildi. Erkak chemadanni Changwookning oldiga qo'yib ichini ochdi. Chemadan ichida esa 2 qator sof oltin ko'zni qamashtirgancha ko'rinish berdi. Changwook ko'zini oltinlardan uzib unga miyig'iga kulib turgan qizga qaradi.
- bori shumi?
- bu dengizdan tomchi
- qancha bera olasan?
- menda oltin ko'p. Tanlovingga qarab kelishamiz.
- yaxshi roziman.
- sen shunchaki o'zingni uni tomonida turgandek ko'rsat huddiki meni tanimaydigandek, menga qarshidek harakatlan. Jungkook shubhalanmasligi kerak.
- bundan senga nima foyda?
- buni nomi shirin qasos.
- katta maqsadlar degin. Mayli kelishdik Shiya xonim
Menga uyqu xarom bo'ladigandek ko'rinyapti. Uning salom xatiga javob berishni yozib o'tirmay to'gridan to'g'ri qo'ng'iroq qildim. U esa meni ko'p kuttirmay go'shakka javob berdi.
- yarim tunda meni sog'inib qoldingmi?
- sen iflosga meni tinch qo'yishingni aytgandim. Baliq xotira miyyangdan chiqib kettimi gaplarim
- menga berganlaring kamlik qildi. Men yana istab qoldim
- qo'lingda bori ham ketishini istamasang dumingni qisib atrofimda o'ralashma
- ko'rinishingga gap yo'q lekin shu zahar tiling tufayli ko'z oldimda huddiki alvastidek gavdalanyapsan
- meni hazillashyapti deb o'ylaysanmi?
- albatta yo'q. Sendan ko'p so'ramayman. Eshitishimcha oltin konlaring bor ekan. Menga shundan 1tasini ber va men butun umrga seni tark etaman.
- senga hattoki zarra oltin bermayman. Bilganingni qil.
- nima meni Jungkookni oldiga borishimni istaysanmi? Menimcha u sendan ham ancha kuchayib ketti.
-...
- Shiya xonim? Alooo?
-... yaxshi istaganingni beraman. Ertaga senga jo'natadigan manzilimga kel.
- o'zingga kelasan jonginam.
- senga 1 kon beraman va meni hayotimdan ham Jungkooknikidan ham daf bo'lasan
- vada beraman
- seni vadangga tupurganim bor.
Asablari ancha buzilgan qiz ortiq erkak bilan pachakilashib o'tirmay go'shakni shartta o'chirdi. So'ng Jihoonni oldiga chaqirib unga bor gapni aytib berdi.
- nima endi unga rostan konni bermoqchimisan
- ahmoqqa o'xshaymanmi? O'sha konga uni o'zini ko'maman.
- shahardan chekkaroqda hech qanday kon yo'q. Uni qayerga chaqirmoqchisan.
- uni uzoqroqqa olib ketish kerak. U ham ahmoq emas oldin unga jo'natgan manzilimni tekshirib keyin keladi.
- to'g'ri.
- xitoydan kelgan itni xitoyga ko'mganim yaxshi.
- u yerda faqat 1ta konimiz bor. O'sha yerga bo'ladi.
- shunday... hoziroq samalyotni tayyorla, odamlarni yig' Xitoyga uchamiz. U yerdagilarni ham ogohlantir. Ximoyani kuchaytirishsin.
- yaxshi ammo... Jungkookchi
- u... u uchun nimadir bahona o'ylab topaman
Ertangi kun. Xitoy. Kechki payt.
Oltin konimizga yetib kelganimdan beri hech qayerga jilmadim. Extiyotkorlikni yuqori darajasiga chiqarib hamma ishni o'zim nazoratga oldim. Kon ishchilarini jo'natib yuborib ularni kiyimini yaxshi tayyorlangan qo'riqchilarimga kiydirib doimgi muhitni yaratdim. U iflos ham anchagina sezgir va yaxshi raqib. Ammo har qandag raqubdan vaqtida qutilish kerak.
Belgilangan vaqt keldi va begona ya'ni qarshi tomon mashinalarining chiroqlari ko'rinish berdi. Aytganimdek u ahmoq emas va o'z ximoyasini qilmay kelmaydi. Changwook 10dan ortiq mashinada qo'riqchilari bilan keliboq hammasi birin ketin mashinakardan tushib uning atrofini o'rab qalqon xosil qilishdi. Uni bu darajada qo'rqoq deya o'ylamagan edim. Kon darvozasidan 50 metr narida qo'yilgan 1 soat va qarama qarshi o'qindiqlarni birida Shiya qo'lida sigara tutatgancha sobiq sherigini kutar edi. Miyig'ida jilmaygancha u tomonga yaqinlasha boshladi. Qo'llarini yakka kenglikda yoyib gapira boshladi.
- asablaringni tinchlantirmoqchimisan? Xohlasang senga yordam beraman tulkicham ham asablaringni ham extiroslariningni baqarorlashtiraman
- o'zingni meni qondiradigan darajada kuchli deb xisoblamaganing ma'qul.
- mayli tulkicham xohishing bunday taklif qayta bo'lmaydi. O'ylab ko'r - stolga o'tirgancha unga bor gavdasi bilan suyandi.
- men allaqachon bandman.
- ooo ajal bilan qaysi aqldan ozgan seni sevib qoldi.
- qiziqma
- qaynoq va totli hayotingni boshlanar ekan chiqib ketganim durust-a? Shunday emasmi? Unda o'z masalamizga o'tamiz. Demak sen shu konni menga bermoqchimisan?
- haa... mana shu yer.
- bu yerda lekin oltin hajmi o'rtacha. Balki eng ko'p 100 foizlik oltin konlaringdan birini berarsan.
- senga shu ham yetadi. Mana hujjatlar ko'rib chiq.
- mayli mayli.
Changwook keng kulgancha Shiya uzatgan papkani undan oldi. Qizik papkani qisqichini ochib ichkarisida teskari o'girlgan qog'ozlarni papkadan chiqarib bittasini o'girgan edi hamki o'rta barmoq surati tushurilgan rasmni oldi. Yuzidagi keng tabassum birdaniga yo'qolib o'rnini g'azab egalladi. Tishlarini g'ichirlatib bor ovozida qarshisidagi qizga qarab o'kirib yubordi.
- SEN IFLOS MANJALAQI🗣
- BOSHLANG🗣
Shiyaning buyrug'i bilan atrofdagi ishchi kiyimidagi qo'riqchilar o'z qurollarini qo'llariga olib hech narsadan xabari yo'q va shoshib qolgan Changwookning odamlari gangib qolishdiyu qizning odamlari tomonidan otub o'ldirildi. Changwookning o'zi ham o'rnidan turib ketgancha halok bo'layotgan odamlarini birma bir ko'zlarida qo'rquv bilan ularni kuzatdi. Yuzi talvasadan tundlashib qoshlari chimirilgan. Odamlari o'layotganidan chalg'ib ortida hali ham bamayli-hotir sigaret chekayorgan qizga qaradi. Changwook endi ham Shiya tomonga tashlanaman deganda Jihoon paydo bo'lib uni ortidan to'pponchasini tiradi.
Jihoon: ortiqcha harakat va o'lding
Changwook: sen iflos suyuq...
Shiya: jim jim jim Jungkook qo'ng'iroq qilyapti.
Jihoon: otishmani to'xtating... o'zi hech kim ham qolmapti qarshi tomondan.
Hayratlanib atrofga qaragan Jihoon lablarini burgancha Changwookning orqa tizzasiga bir tepib uni tis cho'ktirdi. Shiya esa yuzida tabassum bilan unga javob qaytardi.
- eshitaman Jungkook
- qayerdasan? Nega kechadan beri xabarlarimga ham javob bermayapsan?
- ishlarim ko'payib ketganidan telefonni ham ushlashga vaqt topolmay qoldim. Tinchlikmi?
- qanday ish? Kim bilan? Hozir qayerdasan uchrashamiz.
- ertaga uchrashsak nima deysan? Hozir Xitoydaman va samalyotimga o'tiraman.
- Xitoyda nima qilyapsan?
- bu yerdagi qonuniy ofislarimdan birida kalamushlar paydo bo'libdi. Shularni yo'qotib qaytyapman.
- hech qanday yordam kerak emasmi?
- yo'q azizim. Hammasi tayyor qaytyapman Koreaga.
- seni o'zim kutib olaman.
- ovora bo'lma ertaga uchrashamiz.
- seni o'zim kutib olaman.
- ho'p bo'pti.
Shiyaning yuzidagi tabassum yo'qolmagancha ayyorona ko'zlarini suzib tizzasida turgan qo'lini stol ustiga qo'yib to'liq gavdasi bilan stuliga suyandi.
- senga aytganim jim yur deb. Qilmading. Hayotimda paydo bo'lma dedim. Paydo bo'lding. Ketgin dedim. Kelmading. Senga nima degan bo'lsam doim teskarisini qilding. Bu yaxshi emas edi jonginam.
-...
- bergan oltinlarimga qoniqmading. Konga qiziqding. Endi mana shu kon senga qabr bo'ladi.
Shiyani oldiga aylanib o'tgan Jihoon qo'lidagi to'pponchani unga uzatdi. To'pponchaning tirgagini tushurib Changwook tomon to'g'irladi.
Vaqt anchagina allamahal bo'lgan. Qo'l soatimga qarasam allaqachon tungi 1dan oshgan. Sokin tunda faqatgina oyoqlar tovushi va mening chemadanlarimning g'ildirganing ovozi kelmoqda. Aeroportdan tashqarida esa meni "BO'LAJAL UMRYO'LDOSHIM" yo'limda ilxaq. Ohista qadamlar bilan mashinasida suyanib turgan yigitni oldiga borib nim tabassum qildim.
- hayrli kech
- senga ham. Ammo men uchun hayrli emas.
- nega? Nima bo'ldi?
- chunki qallig'im o'z bilganicha ish tutmoqda.
- Jungkook... axir meni bilasanku?
- endi yolg'iz emasliginingni ham bilishing kerak.
- agar seni xavotirga qo'ygan bo'lsam kechir.
- shunchaki kechirim bilan qutulmaysan. Bir joyga boramiz.
- qayerga?
- sir. Qani mashinaga o'tir va odamlaringga javob berib yubor.
Hech nimaga tushunmagancha ortimdagi odamlarimga ketishni ishora qildim. So'ng uning o'zi qo'limdan tutib mashinasining old o'rindig'iga meni joylashtirdi. O'zi ham mashinaga joylashgach u joyidan qo'zg'aldi. Qorong'u tun hukum surayotgan uyqudagi shahar oralab yurar ekanmiz mashinalar kunduzgigq qaraganda anchagina kam. Hamda manzarasi ham maftuntor. Turfa rangki chiroqlar oralab mashina yeldek uchar edi. Mashina oynasini tushurib qo'limni tashqariga chiqardim. Ajoyib xotiralar esa meni chulg'ab ola boshladi.
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda akam haydovchilik qilib pul topar edi. Hali o'zi bola bo'lgan akam men uchun kun-u tun tinim bilmas edi. Meni ko'chada yolg'iz yurishimni xushlamagni uchun ko'pincha o'ziga biriktirilgan mashinada meni olib ketar edi. Har doim mashinaning old o'rindig'iga o'tirgancha qo'limni derazadan chiqargancha ketar edim. Qanchalar baxtli damlarim edi. Meni esa hech bir qarorlarimga qarshi chiqmagan akam esa mening quvonganimdan mamnun bo'lib yuzida unutilmas chiroyli tabassumlarini yozib meni kuzatib ketardi... bu tabassumni endi men faqatgina narigi dunyodagina ko'ra olishim mumkin...
Mashina bir restoran oldida to'xtadi. Ichkarida chiroqlar bor ammo odamlar ko'rinmaydi. Hech kim yo'qligiga qaragancha allaqachon Jungkook bu yerni men uchun band qilib ushlab turibdi. Ichkariga qo'limdan mayin ushlagancha olib kirdi. Restoran markazidagi ulkan qandil ostida biz uchun dasturxon tuzalgan. Qizil shampan vinosi, 2 qadah, bir dasta gul hamda shirinlik dastursonga ko'rk berib turibdi. Nima u shunchalar ramantik erkakmi? Undan bunday narsalarni umuman kutmagan bo'lar edim. Jungkook jentelmenlarcha egnimdagi kastyumimni yechib stulimga ildida uni surub meni o'tirishimga yordamlashdi. So'ng o'zi ham qarshimdan joy oldi. Afitsant kelib bizga shampan quyib uzatganidan so'ng Jungkook tomoq qirib gap boshladi.
- endi oldimizda to'siq ham, dushmanlarimiz ham yo'q. Yo'limiz ochiq. Hammasi tugadi. Men to'yimizni uzoq cho'zib yurish niyyatim yo'q.
- to'y? Sen mendan rozilik oldingmi?
- birpas fikr bildirmay turasang gapirib olardim... xuklas shu aytganimdek to'yni cho'zish niyatida emasman. Agar sen men bilan birga bo'lishga rozi bo'lsang, men bilan birga kelajagingni ko'ra olgan bo'lsang bu uzuk sen uchun - cho'ntagidan qora ixcham qutichani chiqarib uni ochib uzatdi. Ichida esa qizil olmoslik uzuk ko'zni qamashtirgancha yaltirab turar edi.
- buni seni ko'rinishingga moslagan holda tayyorlatdim. Alvon sochli chaqnab turgan yulduzdeksan.
- Jungkook... men albatta sen uchun hammasiga roziman...
- seni ardoqlashga, butun umr ximoyalashga so'z beraman. Toki o'lim mening jonimninolgunga qadar seni o'ksitmaslika, mehr berishga, baxtli xis qilishing uchun harakat qilaman. Men seni tanlaganimdan afsusda emasman... va sen ham shunday deb o'ylashing uchun harakat qilaman.
Jungkook yuzida mehrli tabassum bilan qo'limni ushkab kaftlari orasiga joylab siqdi. Qaynoq kaftlari orasida yo'qolishga tayyor turgan qo'limga qarab yana e'riborimni Jungkookka qaratdim. U esa o'rnidan turib meni ham turg'azdida qo'limga men uchun yasattirgan uzuguni olib taqib qo'ydi.
#jeon_shiya
@glamour_fanfics
Imloviy xatolarga qaramsdim. Maroqli mutoala tilab qolaman. Coment va reaksiya qoldiring❗️