February 7, 2025

THE LAST BELL EPISODE 2

Ep 2

Yugurishdan to'xtaganimizda hali ham mening ko'zim Jungkook tutib turgan qo'llarda edi. Nima u adashtimi? Yo'q menimcha u Sunha ortda qolayotgani uchun yordam berish maqsadida qilgan bo'lsa kerak. Chunki u doimo mehribon bo'lib kelgan. Menda esa Younghoon borligini u bilar edi. Ortiqcha shubha va gumonlarga borishni istamay darrov hayollarimni bir chetga yig'dim. Yelkamdagi ryukzagimni yo'l yoqasidagi o'rindiqqa tashlab o'zim ham o'tirdim. So'ng birin ketin hamma joylashdi. Chuqur chuqur nafas olib o'pkamizni bosihga urunar edik. Yurak urishi meyirlashganidan so'ng hammamiz bir birimizga qaragancha telbalardek kula boshladik. Nimalar qildik-a biz?

Ryen: bu zo'r adrenalin bo'ldi. Shunday emasmi?
Sunha: 1chi kunimdanoq zo'r xotiralar yaraldi. Rahmat sizga
Jungkook: biz bilan bo'lsang bunday xotiralar ko'p bo'ladi
Sunha: men sizlarga qo'shila olamanmi?
Jungkook: bo'lmasamchi. Agar sen istasang albatta
Sunha:... mayli
Younghoon: yaxshi do'stlar qani endi kettik.
Ryen: oldin bejalga yuzingizni o'ziga keltiramiz.
Younghoon: aytgancha, sening yuzing qalay og'rimayaptimi?
Ryen: o'tib ketdi.
Jungkook: u bilan hali hisobni to'g'irlaymiz.
Younghoon: ertagayoq
Jungkook: aniq va tiniq
Ryen: yosh bolalardek fikrlamasangizchi, bo'lgan ish o'tdi ketdi. Hamma o'z yo'li bo'ylab ketadi.
Jungkook: bo'lmaydi.
Ryen: agar meni do'stim desang uni oldiga qayta bormaysan... sen ham Younghoon

Ikkisi huddiki hech nima eshitmagandek jinnini yoqqancha tevarak atrofga alanglay boshlashdi. Ho'p desa tili uzilib qoladi bularni. Tilini yutgan bu ikki teraklarning biridan ahiyri sado chiqdi.

Younghoon: unda sen ham vada ber. Agar anavi eshshak yana seni bezovta qilsa xabar berasan.
Ryen: bo'pdi vada beraman.

Kelishuv imzolandi va olam guliston.

Oradan 2 hafta vaqt o'tdi.

Pov Sunha

Kunlar ketidan kunlar o'tar ekan yangi maktab va do'stlarimga tez o'rganib oldim. Huddi ular bilan ancha yillik qadrdonlardek gaplashar edim. Hamma joyga birga borardik, birga maktabdan qaytardik, darslardan so'ng boshqa joylarga aylangani borar edik. Men juda ham xursandman taqdir menga bu 3 qadrdonni uchratganidan. Ularga shu dajarada qattiq bog'landimki, uyga kelishni ham hattoki istanay qoldim. Qani edi kun tugamasayu biz ajralmasak. Ularning mehri meni o'ziga huddi ohangrabodek tortar ulardan ketgim kelmaydi. Faqatgina o'qish o'qish va yana o'qish deb o'yin kulgu nima ekanligini yoddan chiqazgan ekanman. Shuncha yillar davomida boshqa maktablarimda do'st orttirmapman. Bunday chang bosib yotgan yuragim qaridagi tuyg'ularni ular meni yodimga solishdi. Qayta his etdim.

Men ko'proq Ryen bilan birga bo'lishni istayman. U ham aqlli ham zukko. U bilan qandaydir ilmiy baxslar olib borishga qiziqib qoldim. Undan juda ko'p aniq factli javoblar olaman. Bekorga u sinfsardori emas. Bilimlilar atrofida qancha bo'lsa inson, uning ham atrofiga huddi shundaylar yig'iladi. Lekin u shunchalar ko'p o'qigan bo'lsada ko'ngilxushlikni yoddan chiqarmaydi. Hammasini bir tekisda ushlab turadi. Qiziq qanday eplar ekan. Men o'zimni kitoblardan boshqa joyda tasavvur qila olmas edim. Hatto hozir ham shunday. Yangi do'stlarim bilan aylamsamda ularni shunchaki chetdan kuzataman xolos.

Avtobus bekatida o'z manziliga eltuvchi transportni kutayotgan Sunha quloqlarida quloqchinni taqqancha o'z hayollari og'ushida edi. So'ng biroz vaqtdan so'ng uning quloqlaridagi quloqchinni kimdir sug'irib oldi. Ne ko'z bilan o'ng tomoniga qarasa bu Jungkook edi. Unga shirin tabassum qilgancha qo'lini ko'tarib

- Salom aqlli xonim
- senga ham salom, tinchlikmi o'qishga erta otlanibsan? Qolganlar qayerda?
- aslida men bu yerlarda turmayman yo'lim tushgani uchun kelib seni uchratib qoldim
- ha shunday degin. Unda yaxshi.
- nima yaxshi? Sen bilan birga ketayotganim.
- nima?... haligi... bu shunchaki oddiy javob
- haaa... sen shu yerda turasanmi?
- ha shu yerda
- yaxshi

Jungkook Sunhaga tabassum qilib yuzini boshqa tomonga burdi. So'ng baribir negadir yana u tomonga qarash xohishi paydo bo'ldi. Yuzini u tomonga burganida u indamay qo'liga kitobini olib yozilganlarini takrorlayotgan edi. Jungkook uning pichirlayotgan lablariga qaradi. So'ng bir nuqtaga tikilib qolgan katta qora ko'zlariga. Oppoa yuziyu sariq sochlarining yengi shabadada tebranishiga qarab 1 muddat harakatsiz qoldi. Huddiki dunyo to'xtagan va u san'at asariga tikilayotgan rassomdek edi. Ammo bu tikilish uzoqqa cho'zilmadi toki avtobus signali eshitilmaguncha. Sunha kitobini yopib Jungkookka qarab kettik deya boshi bilan avtobusga imo qildi. So'ng ikkisi birgalikda yonma-yon maktabga yo'l olishdi.

Sunha
Jungkook

Pov Ryen

Formamni kiyib bo'lib sumkamni qo'lga olgandim hamki telefonimga Younghoondan xabar keldi. Uni ochganimda kelgani haqida yozganini ko'rib bo'yim barobar keluvchi ko'zguda o'z aksimga qaradim. Bugun o'zimga sal ko'proq ora berganimni payqadim. Buning albatta sababchisi bor. Ko'zguga qarab nima tabassum qilib ko'chaga otlandim. Eshikdan yo'lga qadam qo'yganimda menga orqa o'girgancha Younghoonning bir o'zi yolg'iz turar edi. Jungkook qayerda? Yo'lning ikki tomoniga alanglab uni izladim. U esa yo'q.

- kimni qidiryapsan?
- Jungkook u qayerda? Bugun maktabga bormasmikan?
- u allaqachon maktabda ekanligini aytdi.
- ha unda mayli.
- bugun ochilib ketibsan
- qo'ysangchi... kettik

Younghoonga indamay tabassum qilgancha yonidan turib gapni boshqa tomonga burib olib ketdim. Ammo hali hamon hayolimda Jungkook. Menga nima bo'layotganini bilmay hayronman...

Maktab*

Sinfxonasiga qadam qo'yganimda hamma o'z ishi bilan ovora deya o'ylagan edim. Ammo hamma bir nuqtaga qaragancha pichirlashishar edi. Va bu ikki kishi Jungkook va Sunha. Ikkisi bir partada o'tirishar ekan Jungkook partada yonboshlagancha Sunhaga yaqin kelib uni kuzatar. U esa Jungkookka nimanidir tushunyurish bilan ovora. Ammo Jungkook unga shunchaki tikilmayapti. Uni kuzatyapti. Diqqat bilan kuzatmoqda.

Ortimdan kelgan Younghoon meni eshik oldida turib qolganimni ko'rib mening nigohim qayerda ekanligini ko'rib o'sha tomonga qaradi. So'ng yana menga qarab meni ohista durtti.

- nega turib qolding kettik.
- a nima... hozir ha kettik

O'zimni qo'lgan olgancha yuzimda nim tabassum bilan partalsr orasidan o'tib o'z o'rindig'imga yo'l oldim. Huddiki hech nima bo'lmagandek ularning oldiga kelib salomlashdim

Ryen: hayrli tong bolalar
Sunha: vanihoyat kelding-a? Senga ham hayrli tong.
Ryen: tinchlikmi? Nima bo'ldi.
Sunha: bir soatdan beri men mana bu tenglamani Jungkookka tushuntira olmayapman. Nimaga tushunmayapti hayronman.
Ryen: bu lapashangga tenglamadan oldin qo'shish va ayirishni o'rgatish kerak.
Jungkook: nima men shu darajada bilimsizmanmi seningcha?
Ryen: unda menga pifagor formulasini aytchi.
Jungkook: pifagor?... haligi... nima ediya
Younghoon: a²+b²=c²
Ryen: to'g'ri Younghoon barakalla.
Jungkook: men ham shunday demoqchi edim.
Younghoon: ikki alochi oldida sharmanda bo'lib bo'lgan bo'lsang ketdik.

Younghoon Jungkookning yoqqasisan tortib o'z partalari tomon olib ketdi.

Younghoon

1-dars matematik.

Bu darsni o'tuvchi o'qituvchi doimgidek 2 juft o'quvchini bilim borasida bellashtirib ko'radi. Bundan juftliklardan dars so'nggida kamida 2-3ta chiqarishga ulguradi. Doimgidek eng kuchlilar g'alana qozonadi.

Ustoz: bugun vaqtimiz kam qoldi. Shuning uchun faqatgina 2 round bellashamiz. Ho'sh talabgorlar bormi?
Sunha: men chiqmoqchiman.
Ustoz: yaxshi.. qani yangi qizga raqib bormi?... nima unga raqib yo'qmi?
- men bo'la qolaman.
Ustoz: yaxshi Ryen senchi?
Ryen: men yutgan bilan tushaman.
Ustoz: yaxshi demak qani ketdik.

Ustoz o'quvchilarga bir hil dajaradagi 2xil savolni tutqazib vaqtga start berdi va musobaqa boshlandi. Doat strelkasi to'xtovsiz aylanar va raqiblar ham shoshgancha misolni yechishga harakat qilishar edi. Hamda belgilangan vaqtdan oldin tugatgan Sunha uztoziga o'z javobini ko'rsatib g'olib deya topildi. So'ng doskaga Ryen chiqib keldi va masala yanada qiyinlashdi.

Ustoz: darajalaringiz teng. Ikkingiz ham allaqachon bu fanni o'zagidasiz va bu misolning javobini 1 daqiqa ichida topishingiz zarur.
R/S: tushunarli ustoz.
Ustoz: unda vaqt ketdi.

Doskalarga tegayotgan bo'rdan chiqayotgan tovush hammani hayajonga solmoqda. Kuchkar teng? Ho'sh g'olib kim bo'ladi. Allaqachon sinfda shovqin ko'tarildi. Ko'pchilik Ryen tomonda va uni qo'llashmoqda. Ammo birgina Jungkook Sunha tomonda. U Ryenni yutishini biladi lekin qalbi Sunha tomon bo'l demoqda. Hayajonli soniyalar keldi va bu soniyalarni yana Sunha ortda qoldirdi va bo'rni joyiga qo'ydi. Ryen esa undan bor yo'g'i 3 soniyagagina kechga qoldi. Sinfda esa g'ala g'ovur boshlandi.

Ustoz: tabriklayman Sunha sen g'olibsan.
Sunha: rahmat ustoz.
Ryen: tabriklayman Sunha.

Ryen ham iliqlik bilan Sunhani tabriklab uni yuzidagi quvonchni ko'rib yutqazganiga achinmadi. Aslida bu taslim bo'lish shunchaki undagi ishonchni orttirish uchungina edi. Ryen Sunhani tabriklab kelib joyiga o'tirganida u atrofida unga bejo qarab turgan ko'zlarni endi payqadi. Sinfdoshlari unga g'alati qarashmoqda. Ammo u bunga e'tibor bermadi.

Ryen

2- dars. Tarix.

Amaliy topshiriq bo'lganligi sababli hamma 2 kishilik guruh bo'lib ishlamoqda. Va ularga tashlangan masala " Koguryo davlatining qulashidagi xatolar" va topshiriq javobi berila boshladi. Birma bir asossiz aytilgan javoblari bilan jamoalar o'yinni tark eta boshlashdi. Uzoq qilingan tortishuvlar natijasida esa Sunha & Jungkook va Ryen & Younghoon jamoalari qoldi.

Ryen: Koguryo davlatining qulashi asosan uni bo'linishi sabab bo'lgan. Chunki qirol Tonmyon o'limidan so'ng uning o'gay va o'z o'gli o'rtasidagi nifoqlar tufayli davlat bo'lingan va dunyodagi o'z o'rnini yo'qotgan.
Sunha: aslini olib qaraganda, bu asosiy sabab emas. Sabablardan biri. Chunki Koguryoning asosiy qismi qirol Onjoga tegishli bo'lgan va uni ancha yillar davomida yuritib borgan.
Ryen: qirol Onjo davlatni kengaytirishga harakat qilmagani uchun va chegaralarni himoya qilmagani uchun ham bu davlat qulagan.
Sunha: bunday fikrlar noto'g'ri. U davlat chegaralarini qo'riqlamaganining sababi u boshqa qo'shni davlatlar bilan qurmoqchi bo'lgan yaxshi munosabatlaridir.
Ryen: ammo...
Ustoz: Ryen masalaga to'g'ri yondash. Sunhanjng fikrlariga jon bor balki boshqa tomonlama o'ylab ko'rarsan.
Ryen: ahir ustoz. Qaranki bir butun davlatni boshqarib turgan shaxsning o'limidan so'ng davlat parchalandi va uning qulashi aka-ukalarning bir biri bilan nizosi sabab edi.
Sunha: buni nizo deb ham bo'lmaydi.
Ustoz: to'g'ri Sunha. Ularning bir biri bilan bo'lgan nizolarining sababi o'rtaga tushgan xufyilar tarqatgan yolg'onlar bo'lgan. Masala endi boshqa tomondan yondash
Sunha: Koguryo davlatining qulashiga yagona sabab qirol Onjodan keyin hech kimning boshqa davlatlar bilan bo'lmagan savdo aloqalaridadir. Undan keyin hech kim iqtisodiyotni rivojlantirishga etibor qaratmadi. Natijada bu davlatda ocharchilik va ma'lum bir tanqisliklar kelib chiqa boshladi va bu boshqa sulola vakillariga qo'l keldi. [Malumotlani deyarli hammasi to'g'ri, biroz o'zimdan qo'shdim]
Ustoz: mana bu to'g'ri javob. Eshitdingmi Ryen
Ryen:... ha ustoz.
Ustoz: sening fikrlashing menga anchagina yoqdi Sunha. Barakalla.
Sunha: rahmat ustoz
Jungkook: men senga ishongandim.
Sunha:... rahmat.

Sunha qizargancha uyalib yerga qarab tabassum qildi. Jungkook esa uni yuzidan silab mayingina chimchilab qo'ydi. Buni esa chetdan Ryen kipriq qoqmay kuzatib turar edi. Ammo u yana bir bor buni javobsiz indamay qoldirdi. Shunchaki hech nima bo'lmagandek kitobiga e'tiborini qaratdi.

Ryen kitoblarini sekin- asta sumkasiga joylar ekan uni oldidan qiz bola sinfdoshlari birma bir o'tib unga tekkizdirib gapirishar edi.

- menimcha uni bilimi Sunha darajasiga yetish uchun kamlik qiladi
- balki Sunha undan haqiqatdanda zo'rdir.
- menimcha ham shunday.
- yaqinda u sinfsardori bo'lsa ham ajablanmayman.
- hoy Ryen nahotki sen undan qolding. Eh attang.
- hey menga qara Minje.

Ryenning sabr kosasi to'lib partani aylanib o'tib unga gapirayotgan qizlarga maksimal darajada yaqin kelib gapira boshladi.

Ryen: menkuya do'stimga yutqazgandurman. Lekin bu jang emas. Men ham odamman hato qilishim mumkin. Va menga senjng fikringni 1 chimdim ham qizig'i yo'q. Atrofimda o'rmalab kamroq asablarimni buz. Tushunarlimi? Yo'qsa yomon xafa qilib qo'yaman.

Ryen partadan sumkasini olib yelkasiga ilib eshik tomon yurganida uni ostonada kulib kutib turgan Younghoonni ko'rib chimirilgan qoshlarini yoydi. So'ng uni tirsagidan tutib oshxona tomon yo'l oldi.

- senga qoyilman.
- alamlarimdan chiqdim.
- xohlasang darsdan keyin basketbol o'ynaymiz.
- roziman.

Pov Sunha

Darslar tugaganidan so'ng ryukzagimni narsalarimni joylayotganimda bir chetda pichirlashib o'tirgan sinfdoshlarimning g'iybati quloqlarimga bexostan eshitildi.

- Ryenning davri tugadi. Endi Sunha bor. U Ryendek kibrli emas unga yaqinlashishimiz kerak.
- Ryenni 2 marta joyiga tushurdiya qoyil.

Men nimalar qilib qo'ydim. Har doim shu odatimdan nafratlanib kelaman. Ilmiy, nazariy ma'lumotlar haqida gap ketsa o'zimni ushlab turolmayman. Ohirigacha borishim kerak va shu nazariyada yutishim shart. Balki Ryen hozir mendan xafadir.

Hayollarim bilan o'ralashib turganimda sinfga Jungkook qo'lida koptok bilan kirib keldi.

- yur basketbol o'ynaymiz. O'ynay olasanmi?
- men bunda ancha no'noqman.
- unda o'zim o'rgataman kettik.

Jungkook Sunhadan rozilik olmagancha uni qo'lidan sudragancha olib ketdi. Basketbol maydonigacha uni sudrab kelib o'zi maydon markaziga turdi.

- oldin koptokni boshqarishni o'rganish kerak. U sening qo'lingdami demak sen lidersan. Faqatgina 30soniyagagina sen unga egalik qila olasan. Sen shu soniyalar ichida yo to'pni savatga tashlashing kerak yo savatga yaqin kimgadir yetkazib berishing kerak bo'ladi. Tushunarlimi?
- ha.
- keyin koptokni boshqarish haqida. Koptokni ohista erkalagancha yerga sekinlikda urib ham yugurishing kerak. Ikki qo'lni birdan ishlatishing kerak huddi dars qilayotganda miyyangni ishlatganing kabi. Qo'shimchasiga tezlikni ham unutma. Tushundingmi?
- aha tushunarli.
- bir marta ko'rsatib beraman.

Jungkook koptokni yerga urib sakratgancha huddiki qarshisida qandaydir raqibi bordek uni aldab o'tib ko'rsatib berib tezlikda savatga yugurib unga to'pni kirgazdi. So'ng unga hayratlanib qarab turgan qiz tomonga borib keng tabassum qilib

- qani ketdik menga qarshi o'ynaysan
- sen baribir meni yutasan
- urunib ko'rmay turib xulosa chiqarma.

Sunha Jungkook uzatgan to'pni olib maydon markaziga borib unga qarshi turdi. Ko'pni huddi u ko'rsatgandek sakratib u qo'lidan bu qo'liga o'tkazib Jungkookning himoyasini yorib o'tishga harakat qila boshladi. Uni aylanib o'tib savat tomon chopib koprokni uloqturganida oyog'i toyib muvozanatni yo'qotdi. Uni yiqilayotganini ko'rgan Jungkook esa tezlikda uni belidan ushlab qolib birga yiqildi. Oldin Sunha va ustiga bir og'irini tashlamagan xolda Jungkook yiqildi. Ko'z nuqtalari bir biri bilan to'qnashdi. Tez tez olinayotgan kislaridlardan chiqayotgan qaynoq havolar bir birlariga urardi. To'xtivsiz va meyorsiz urayotgan yuraklardan chiqayotgan tovush ham quloqlarga yetib borayotgan edi. Ikkisi bir biriga termulgancha qotib qolishdi.

Pov Sunha

Yana huddi o'sha his meni chulg'ab oldi. Yana men o'zimda o'zgarishlarni sezmoqdaman. Yuragimdan chiqayotgan qaynoq tuyg'ylar haroratida tanam erib titramoqda. Uning ko'zlari tubsiz okean kabi sokin oysiz tun kabi zulmat. Bu ikkisiga xos bo'lgan oppoq tiniq yuz. Tomog'imga nimadir tiqilgandek og'ir yutundim. Ammo undan uzoqlashishni istamayman. Irodam menga bo'ysunmayapti. O'z tanamni o'zim boshqara olmay qoldim. Bu nima bo'ldi? Meni shu dajarada hayajonga sola oladigan qanday tuyg'u bu?... balki bu... men anchadan beri tuyushni istagan sof tuyg'umikan?...

Ep 2 end

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics

Sunha
Jungkook