February 21

SERENITY | EP 5|

Ep 5

Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi. Qarshisida xotinini ko‘rib biroz bo‘lsada tinchlandi ammo uni ortida o‘rindiqda o‘tirgan eski sevgilisini ko'rib yuzida jahl endilikda anglab bo'lmas tuyg'uga aylandi. Shia eridagi o'zgarishni sezib unga shubha va hayajon aralash qarab turar edi. Kirganidan beri miq etmagan Jungkook ahiyri tilga kirdi.

- eringiz safardaligidan foydalandingizmi Jeon xonim
- bu siz o'ylagan narsa emas Jungkook
- tushuntirishga hojat yo'q hammanisi aniq va ravshan
- Jeon xonim eringizga tushuntira qoling. Bizni yomon ma'noda tushunmasinlar
- kettik Shia

Jungkook Shianing qo'lidan ushlab kirish darvozasi tomon sudragandek qilib olib chiqib keta boshladi. Ammo lekin degan joyi bor. Jungkook yana bir kishini unutgan holda qizga qo'pollik qildi. Bu inson esa xotining akasi. Taehyung bularni kuzatib turib sudrab ketilayotgan singlisining bo'sh bilagidan ushlab ikkisini ham to'xtatdi va singlisini tezlikda bo'shatib ortiga oldi. Taehyung ko'zida jahl olovi alangalatgancha Jungkook bilan yuzma yuz turdi. Jungkook ham bu harakatdan g'azablangancha o'ljasidan ayrilgan sherdek Taehyungga qaradi.

- kuyovimiz hadlaridan oshmadilarmi?
- menimcha xotinimning akasi notog'ri harakatga qo'l urdilar.
- siz xotinim deb atagan qiz mening singlim bo'ladi Janob Jeon
- kim bo'lsangiz ham kim bo'lsa ham foydasiz men uni olib ketaman va bu tabiyasizligingizni shunchaki unutaman

Jungkook Taehyungni aylanib o'tmoqchi bo'lganida Taehyung uning yo'lini to'sdi. Uning ko'zlariga qayta tik qarab

- bu yerdan yoki o'zing ketasan yoki o'liging ketadi
- aka
- sen xonaga kir. Sen bilan keyin gaplashaman
- u men bilan ketadi
- bir gapni ikkinchi marta takrorlamayman
- bu yerda nimalar bo'lyapti?

Tashkilotga to'satdan tashrif buyurgan janob Kim hammani sergak tortishga keltirdi. O'g'li va kuyovining bir biriga qilayotgan yov qarashidan ikkisining oldiga tezlikda yetib keldi. Ikki yigit xurmat yuzasidan Janob Kimga ta'zim qilishdi. Janob Kim orqada yuzi oqarib qotib qolgan qiziga bir ko'z tashlab qayta ikki sher misol turgan yigitlarga qarab

- bu nima qarash bo'ldi yigitlar
- Janob Kim men qonuniy va nikohli rafiqamni olib ketmoqchi edim lekin bunga o'g'lingiz qarshi
- shu gap rostmi Taehyung
- eri sifatida to'g'ri olib ketayotgan bo'lganida unga to'sqinlik qilmas edim. Shiani sudragandan batar qilgani uchun singlimni bermayman
- u xotinim xohlasam sudrayman xohlamasam yo'q
- sal o'zingizni bosing kuyov. Bundan muomala qilish hali sizga emas. Qizimga keladigan bo'lsak u shu yerda qoladi.
- nima? Uni olib ketishimga kim to'sqinlik qila oladi?
- hech kim. U sizning xotiningiz lekin men ham otasi sifatida qizim bilan birga qolishim mumkin. Qolaversa kechki ovqatda bizni kuting. Mehmon bo'lamiz
- albatta Janob Kim. Sizlarni kutamiz ammo Shia hozir men bilan ketadi.
- uni ham kechlikda birga etamiz havotir olmang. Xotiningiz xavfsizligi mening bo'ynimda
- ... mayli... ko'rishguncha

Junkook o'ylanib hozir baxslashish foydasizli ekanligini sezib avval Shiaga so'ng Taehyungga ola qarash qilib tashkilotni tark etdi.

Ep 5

Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi. Qarshisida xotinini ko‘rib biroz bo‘lsada tinchlandi ammo uni ortida o‘rindiqda o‘tirgan eski sevgilisini ko'rib yuzida jahl endilikda anglab bo'lmas tuyg'uga aylandi. Shia eridagi o'zgarishni sezib unga shubha va hayajon aralash qarab turar edi. Kirganidan beri miq etmagan Jungkook ahiyri tilga kirdi.

- eringiz safardaligidan foydalandingizmi Jeon xonim
- bu siz o'ylagan narsa emas Jungkook
- tushuntirishga hojat yo'q hammanisi aniq va ravshan
- Jeon xonim eringizga tushuntira qoling. Bizni yomon ma'noda tushunmasinlar
- kettik Shia

Jungkook Shianing qo'lidan ushlab kirish darvozasi tomon sudragandek qilib olib chiqib keta boshladi. Ammo lekin degan joyi bor. Jungkook yana bir kishini unutgan holda qizga qo'pollik qildi. Bu inson esa xotining akasi. Taehyung bularni kuzatib turib sudrab ketilayotgan singlisining bo'sh bilagidan ushlab ikkisini ham to'xtatdi va singlisini tezlikda bo'shatib ortiga oldi. Taehyung ko'zida jahl olovi alangalatgancha Jungkook bilan yuzma yuz turdi. Jungkook ham bu harakatdan g'azablangancha o'ljasidan ayrilgan sherdek Taehyungga qaradi.

- kuyovimiz hadlaridan oshmadilarmi?
- menimcha xotinimning akasi notog'ri harakatga qo'l urdilar.
- siz xotinim deb atagan qiz mening singlim bo'ladi Janob Jeon
- kim bo'lsangiz ham kim bo'lsa ham foydasiz men uni olib ketaman va bu tabiyasizligingizni shunchaki unutaman

Jungkook Taehyungni aylanib o'tmoqchi bo'lganida Taehyung uning yo'lini to'sdi. Uning ko'zlariga qayta tik qarab

- bu yerdan yoki o'zing ketasan yoki o'liging ketadi
- aka
- sen xonaga kir. Sen bilan keyin gaplashaman
- u men bilan ketadi
- bir gapni ikkinchi marta takrorlamayman
- bu yerda nimalar bo'lyapti?

Tashkilotga to'satdan tashrif buyurgan janob Kim hammani sergak tortishga keltirdi. O'g'li va kuyovining bir biriga qilayotgan yov qarashidan ikkisining oldiga tezlikda yetib keldi. Ikki yigit xurmat yuzasidan Janob Kimga ta'zim qilishdi. Janob Kim orqada yuzi oqarib qotib qolgan qiziga bir ko'z tashlab qayta ikki sher misol turgan yigitlarga qarab

- bu nima qarash bo'ldi yigitlar
- Janob Kim men qonuniy va nikohli rafiqamni olib ketmoqchi edim lekin bunga o'g'lingiz qarshi
- shu gap rostmi Taehyung
- eri sifatida to'g'ri olib ketayotgan bo'lganida unga to'sqinlik qilmas edim. Shiani sudragandan batar qilgani uchun singlimni bermayman
- u xotinim xohlasam sudrayman xohlamasam yo'q
- sal o'zingizni bosing kuyov. Bundan muomala qilish hali sizga emas. Qizimga keladigan bo'lsak u shu yerda qoladi.
- nima? Uni olib ketishimga kim to'sqinlik qila oladi?
- hech kim. U sizning xotiningiz lekin men ham otasi sifatida qizim bilan birga qolishim mumkin. Qolaversa kechki ovqatda bizni kuting. Mehmon bo'lamiz
- albatta Janob Kim. Sizlarni kutamiz ammo Shia hozir men bilan ketadi.
- uni ham kechlikda birga etamiz havotir olmang. Xotiningiz xavfsizligi mening bo'ynimda
- ... mayli... ko'rishguncha

Junkook o'ylanib hozir baxslashish foydasizli ekanligini sezib avval Shiaga so'ng Taehyungga ola qarash qilib tashkilotni tark etdi.

- surbet
- Taehyung o'zingni bos. Qayta u bilan bunday muomalada bo'lma bu singling uchun xavfli
- ota lekin
-... nima bo'lganda ham singling uchun tiyilasan. Mening mitti malikam nega otasining oldiga bormay bu yerga keldi.
- Salom ota

Janob Kim o'g'li bilan suxbatni yakunlab qizini mehrli quchog'i bilan siylab ko'rishdi. Shia biroz bo'lsada qo'rquvi bosilib o'zini hotirjam his qildi. So'ng ota-bolalar birgalikda yuqoridagi xonakardan biriga joylashishdi. Bu tomoshani esa xufyona Jihoon kuzatib turar edi.

- sog'lig'ingiz joyidami ota
- menku yaxshi o'zingchi qizim
- men ham ota
- qiynalmayapsanmi
- yo'q menda hammasi joyida
- yaxshi...
- ota... sizda gapimiz bor
- eshitaman
- Jungkook va uning otasining maqsadi ayon bo'ldi. Ular bizning ishlarimizdan qisman xabardor. Bizni yo'q qilish uchun men orqali tashkilotgacha kirmoqchi. Ammo ularning tashkilot haqida hech qanday ma'lumoti yo'q.
- xo'sh nimani maslahat berasiz
- tashkilotni ko'chirish kerak. Ammo e'tibor tortmasdan tezlikda chekkaroqda.
- ko'chirish uchun biror taklifing bormi Taehyung?
- menimcha Namsan tog'ining orqasidagi qarorgohimiz yaxshi joy. U yer bizniki ekanligini deyarli hech kim bilmaydi.
- u yer yig'ayotgan jangchilarimizning qarorgohi bo'lishi kerak edi.
- yo'q ota. Ularni u yerda qoldirish xavfli. Men jangchilar uchun alohida joy izlab topaman
- unda tezlikda ishlarni bajarishimiz kerak
- ota to'ntarishni qachonga qilmoqchimiz
- men 17- yilni rejalashtirdim. Bu paytgacha men vazirlik lavozimini egallayman va bu biz uchun anchagina qo'l keladi. Ishlarimizni tezlashtirib tezlikda to'ntarishni amalga oshiramiz.
- tushunarli...
- sen ham xushyor bo'l qizim. Ular anchagina aqlli.
- ha ota Jungkook anchagina e'tiborli
- yaxshi endi boshqa masalalarga o'tamiz

Janob Kim farzandlari bilan birga anchagina rejalar tuzib yillik qilinadigan ishlar ro'yhatini ham tuzib kech bo'lganini ham bilmay qolishdi. Taehyung onasini olib kelganidan so'ng birga Jeonlar xonadoniga borishdi. Janob Jeon va Jeon xonim o'g'illari bilan birgalikda dasturxon oldida mehmonlarni kutishar edi. Ikki tomon qudalar ham bir birlari bilan iliq salomlashishdi.

- men kiyimlarimni alishtirib tushaman
- boqa qol qizim

Shia yuzida tabassum yugurtirib oila a'zolarini qoldirib xonasiga chiqib ketdi. U ketishi bilan orqasidan Jungkook ham turdi va ketayotganida Taehyungning xitobi uni to'xtatdi.

- rafiqangiz hozir kelishini aytdi uni kuzatib yurishingiz shart emas kuyov
- uni sog'inib qoldim qaynakaginam.

Jungkook ham hech o'ylanish va ikkilanishsiz javob berib yuqoriga ko'tarilib ketdi. Bu vaziyatdan Taehyung ensa qotirib o'rindig'iga suyandi. Bu vaziyat kuyov tomonni ancha hijolat qilib qo'ydi. Janob Jeon gapni burishga harakat qilib

- baribir ular yosh oilada
- to'g'ri hozirda ularning qoni qaynoq
- o'zimiz ham yangi kelin-kuyovligimizda rafiqamizdan ajralgimiz kelmas edi.
- to'g'ri men hattoki rafiqamni qo'lidan kun bo'yi ushlab yurar edim

Janob Kimning gapi hammaning yuzida kulguni yugurtirdi. Kim xonim qizarib kulgancha erini durtib qo'ydi. Taehyung ham ota-onasining shirin sevgisidan jilmayib yerga qaradi. Janob jeon kulgu tugaganidan so'ng

- Taehyung bu tuyg'uni boshini ikkita qilganingizda tushunadi.
- ha uni ham oilali qilishimiz kerak
- agar xohlasang mening yana bir yaqin o'rtog'imning yaxshi bir qizi bor. Qiz odobli chiroyli o'qigan oqila qiz
- biz nimadur deya olmaymiz Taehyungning o'zi hayotini hal qiladi
- taklifingiz va meni o'ylganingiz uchun rahmat Janob Jeon. Ammo menda allaqachon sevganim bor.
- ana haqiqiy yigit.

Janob Kim o'g'liga hayronkigicha rostmi degandek qaradi. Taehyung ham yelka qisgancha boshqa tomonga qaradi. Lablarini tishlab endi qizni ko'rsatishni so'rashsa qizni qayerdan topish haqida o'ylay boshladi...

*

Shia xonasiga kirib kiyim javonini eshigini ochishi bilan bir barakayiida xonasining eshigi ham g'azab bilan ochildi. Qiz bir uchib tushib eshik tomonga qarab kipriq qoqquncha eri kelib uning bo'g'zidan oldi va javon eshigiga tiradi. Shia nima bo'lganini anglamay ham qoldi.

- eski yigitingni xonangga olib kirib nimalar qilding? U ham sog'inibdimi? Sen istagan narsani bera oldimi? A?
- siz o'zingizcha nimalar deyapsiz? Meni qo'yib yuboring
- o'zimcha gapiryapman? Xonaning eshigini qulflab olib uni yumshoq o'rindiqda qondirayotganmiding?
- unday emas

Shia baqirgandan sal nari bo'lib Jungkookni itarib yubordi. Jungkook lab chetida kulib bo'ynini biroz silab uni qisib turgan yoqasini biroz ochdi. Shia ham bo'ynini silab o'ziga keldi va Jungkookka yaqin kelib

- siz o'zingizcha qaror chiqarishni bas qiling. Hamma narsa ham siz istagandek yoki o'ylagandek bo'lavermaydi.
- ...bo'yning... bu qanday dog'

Jungkook birdan Shianing bo'ynidagi dog'ni payqab uni iyagidan siqib yuzini yuqoriga ko'tardi. Shia og'ir yutunib bu iz haqida unutib ham qo'ygan edi. Jungkook qayta uni bo'ynidan siqib o'zi tomon tortdi.

- bu gaplaringga qarshi ishlayapti. Nima qildingiz? Nima shunchalar yengiltakmisan? Bir og'iz shirin so'zi uchun unga o'zingni topshirdingmi? Gapir🗣
- ... men... men unday emasman
- yoki o'zing nima qilganingizni aytasan yoki hoziroq men bilan pastga tushib mana shu izni otangga va akangga ko'rsatasan. Tanla
- ...

Jungkook g'azablanganidan tez tez nafas olar bo'ynidan siqib turgan qizining ko'zlariga tik va g'azab bilan qarab turar edi. Qiz bo'ynidagi qo'ldan mahkam ushlab olgancha unga qarab turgan bir juft qora ko'zlardan hayiqish sezib tilga kirdi.

- m.men istamadim... u.u u.uni o'zi m.menga tegdi.

Jungkook qizning ko'zlarida qalqib turgan yoshdan sal erigan holda uni qo'yib yubordi. Shia javon eshigiga suyangancha tez tez va chuqur nafas olishga harakat qilar edi. Jungkook hali ham g'azabi bosilmagan holda

- o'zingni tartiblab pastga tush. Qolganini keyin davom ettiramiz

Jungkook gapini tugatib xonani tark etdi. Shia esa xonada eshikka qaragancha qoldi...

Jungkook dasturxon oldiga kelib hammani e'tiborini o'ziga qaratib

- sizlarni yolg'iz qoldirishga majburman. Muhim ishim bor edi. Uni hal qilish yodimdan ko'tarilibdi. Janob Kimlar va Kim xonim hayrli kech sizlarni yana kutamiz.
- nega va qayerga buncha shoshyapsan?
-muhim ishim bor ota
- yaxshi unda ehtiyot bo'l kech qolma
- ho'p hayrli kech hammaga

Jungkook tazim qilib qo'rg'onni tark etdi. U ketganidan ko'p o'tmay Shia ham dasturon atrofida erini ko'rmay hayron har tominga qaradi. So'ng qaynonasi unga ketganini aytganidan so'ng tinchib dasturxondan joy egalladi.

Jungkook mashinasiga joylashib bir nechta odamlariga Jihoonni ushlashni buyurib mashinasini o't oldirdi. Odamlari bilan birgalikda Jihoon bo'lishi mumkin bo'lgan hamma joylarni kezib chiqdi va ahiyri shahardan sal uzoqroqda bo'lgan kulbadan uni topdi. Jihoon kulba ichida huddiki Jungkookni kutgandek o'tirar edi.

- keling kuyov
- sen iflos shuncha kaltak yesangda aqling kirmadi. Itni ham kaltaklasa o'zi ketishiga aqli yetar edi. Itdanda batarmisan
- bu yerda hozir men emas sen itsan. O'zingdagilarni himoya qila olmay keyin itdek irrillab yopishib kelaverasan
-...
- xotining u hali ham avvalgidek jozibali... uni lablaridan o'pganimda u qanchalsr extirosga berilganini his qilganimda... men buni so'zlar bilan tasvirlab bera olmayman

Jungkook yuzi qizargancha asabiy titrab mushtini tugdi. Jihoon buni ko'rib kengroq jilmaygancha

- u sen o'pganingda ham shunday extirosga berildimi? Meni bo'ynimdan qo'llarini o'rkazib o'ziga tortganida sen unga istagan narsasini bera olmagan ko'rinasan
-... seni burdalab tashlayman iflos
- demak bera olmagansan... biroz kechroq kelganingda edi u istagan narsani berar edim. Ehh

Jungkook ortiq Jihooning kurakda turmas va erkak kishi uchun og'ir so'zlari uni tamom qildi. G'azabini bir mushtida to'plab Jihoonga tashlanganida qayerdandur o'q ovozi yangradi.

*

Jungkook ortiq Jihooning kurakda turmas va erkak kishi uchun og'ir so'zlari uni tamom qildi. G'azabini bir mushtida to'plab Jihoonga tashlanganida qayerdandur o'q ovozi yangradi. Qhrol egasi Jihoon va qurol nishoni osmonga qaratilgan edi. Jungkook ortiga biroz tisarilganida Jihoon sekin astalik bilan qurolni Jungkookka qaratdi. Yuzida telbanamo kukgu yoyildi va Jungkookka qarata ushbu so'zlarni aytdi.

- bu o'yinda 3 kishimiz. Sen men va xotining. Uch sulola va bir kishi g'olib. G'olib 2 kishi bo'ladi. Ammo bu g'oliblar orasida sen yo'q.

Jihoon qurol nishonini o'ziga qaratdi va chap yelkasiga bosib tepkini bosdi. O'q Jihoonning yelkasini teshib o'tdi va u qurolni Jungkook tomon otib yubordi. Bu voqeadan ko'p o'tmay voqea joyiga mirshablar yetib kelib Jungkookni hibsga olishdi. Buni uyushtirilganini sezgan Jungkook hech bir so'zsiz indamay ular bilan birga mahkamaga yo'l oldi. Uni qo'lini ortga bog'lab olib ketishar ekan voqea joyiga yetib kelgan Taehyung kuyovini bu ahvolda ko'rib mirshab oldiga kelib uni to'xtatdi.

- tinchlikmi janoblar.
- yo'q janob Kim
- kuyovimiz nima jinoyat qildiki uni olib ketyapsizlar?
- Jeon Jungkook Park oilasining kenja farzandining joniga qasd qilishda ayblanadi.
- Parklar oilasi? Aynan kim
- Park Jihoon janob
- Otamni ortindan jo'natsangiz xursand bo'lardim janob Kim
- albatta havotir olmang

Shu bilan suxbat tugadi. Jungkookni shahar mahkamasiga olib ketishdi. Taehyung esa uydan suyab chiqishayotgan ta'riflangan Parklar vorisini ko'rib unga yaqinroq qarab o'z ishchisi ekanligidan hayratda qoldi. Jihoon Taehyungning qarashlaridan uni eslaganini sezib holsiz bo'lsada u tomon yurishni aytib uni oldiga keldi.

- hayrli kech boshliq
- sen kimsan?
- Park oilasining kenja a'zosi Park Jihoon
- senga bundan nima naf
- g'olib bo'lish.. ahh

Jihoon og'riqdan tirishib ingrab yubordi. Uni suyab turganlar esa darrov uni tabib oldiga olib ketishdi. Taehyung haligacha hech nimani tushunmagancha qoldi va ortiqcha o'ylanmay Jeon qo'rg'oniga yo'l oldi. U yerga kelib Junghoonga barchasini batafsil aytib berdi va bu gaplarni eshitgan ota hech bir o'ylanishsiz uydan yashin tezligida chiqib ketdi. Barcha gapni eshitgan Shia akasini bir chetga olib uni so'roqqa tutdi.

- Parklar kim aka
- sen Jihoonni qanchalar tanisan
- uni nima aloqasi bor
- Parklarning kenja o'g'li bu Jihoon
- nima? Qanaqasiga? - eshitgan gaplariga ishonmagan qiz ko'zlarini katta katta ochib akasidan nigohini uzmadi
- buni tagiga yetsam xabar beraman. Uni tashkilotdagi o'rni qanday edi? Uni nimalar qilayotganimiz haqida aytganmisan?
- yo'q. Unga shunchasi savdo ishlarini topshirganman
- umid qilamizki u boshimizga balo bo'lmaydi.
-...
- sen hech narsani o'ykab tashvishlanma.
- Parklar bilan oramiz yaxshi emas deb eshitgandim
- hammasini to'g'irlaymiz. Avval eringni ozod qilib olaylik
- hop

Akam yuzimdan silab qo'rg'onni tark etdi. Uyda faqat oyim men va qaynonam qoldik. Otam va akam va qaynotam bilan birga Jungkookning odliga ketishdi. Negadur ko'nglim g'ash... tinchlik bo'lishiga umid qilaman.

*

Mahkama

Jungkookni alohida mahpuslar xonasiga qamab qo'yishdi. Bir joyda turolmay kichik xonani aylanib aylanib Jihoonning rejasini aniqlashga harakat qilar edi. Junghoon o'g'lining oldiga kelib to'g'ri u turgan xonaga kirdi. Hammaga ularni holi qoldirishlarini aytib stulga joylashishdi.

- menga hammasini boshidan tushuntirib ber o'g'lim
- men ham hech nimaga tushunmay qoldim. U aslida kambag'al tagi past edi.
- yaxshilab tekshirmaganmiding?
- e'tibor qilmagan edim
- u bilan qanday adovating bor
- ...shaxsiy
- men bilan sening o'rtamizda sir bo'lmasligi kerak.
-... u raqifamning eski yigiti edi.
- nima? Barakalla yigit. Barakalla. Endi suyuqoyoq xotiningni o'ynashlari bilan ovora bo'l. Senga nima edi uni taqib qilib.
- u suyuqoyoq emas ota. U haqida bunday gaplarni aytmang. Bu mening obro'yimga to'g'ri kelmaydi.
- uni sevmasligingga ishonching komilmi?
- yuz foiz. Bu shunchaki oilamiz obro'yi uchun. Ahir devorning ham qulog'i bor
- seni bu yerdan ertagacha olib chiqaman va sen qayta unga o'ralashmaysan.
- yaxshi

Junghoon shu bilan mahkamni tark etdi va do'stini ham uyiga jo'natib yubordi.

*

Jihoonni Parklar qo'rg'oniga olib kelishdi. O'g'lini yarador ahvolda kelayptganini ko'rgan ota pinagini ham buzmay xonasiga kirib ketib uni ham kelishini kuta boshladi. Janob Park Minho obro'li xonadon vakili va xitoylarning elchisi hisoblanadi. U ham yapon hukumatiga qarshi odam ammo Korea tomon bo'lmaydi. Xitoy tuzumi qayta tiklanishini istovchilar qatoridan joy egallagan Janob Minhoga faqatgina kerakli narsa Korea boshqaruvini egallash. Huddi shu yo'lda u 3 o'g'lini qurbon qildi ammo foydasiz. Hozirda qolgan yagona o'g'lillarini ham huddi shu yo'lga qo'shdi.

Jihoon tabib ko'rigidan o'tganidan so'ng otasining xonasiga yo'l oldi. Eshik ichidan kirish haqidagi berilgan buyruqdan so'ng ichkariga kirdi va otasining qarshisiga tik turdi. Janob Minxo qo'lidagi xitoy choyini stol ustiga qo'yib

- qattiq yaralandingizmi
- yo'q ota
- ho'sh? Jeon xotini bilan ajrashadigan bo'ldimi?
- bu noaniqligicha qoldi. Uni mirshablar olib ketishdi.
- Kimlar va Jeonlar orasini uzoqlashtirishimiz kerak. Tezroq qizni yo'ldan ozdiring
- uni tinch qo'yish kerak. U qaytadiganga o'xshamadi.
- agar sizni sevsa ortingizdan ketadi
- Kimlar davlat to'ntarishi uchun haraqat qilishyapti. Odam, qurol, tarafdorlar yig'ishmoqda. Ular yaqinda boshlashi mumkin
- demak... ularga qo'shilishimiz kerak
- ammo ular bilan oramiz sovuq
- iliqlashtiramiz... Kim Taehyung hali uylanmagan shundaymi?
- yo'q
- ayni muddao. Borib dam oling. Qolganini ertaga gaplashamiz
- hayrli tun ota.

Pov Jihoon

Jihoon yotoqxonasiga kirib deraza oldida turgan ko'zgu oldiga bordi. O'ziga qarab turar ekan ko'zguning o'ng tarafi burchakda turgan eski faqirona kiyimiga qarab qoldi. Kiyimni qoxliga olib egniga qo'yib qayta ko'zguga qaradi.

Sen meni shu holatimda sevganing uchun men shu holatda bir umrga qolishga tayyor edim. Ammo bizning yo'llarimiz ayrildi. Sen ham o'z tenging bilan yo'lingni bog'lading. Ammo hali yo'llarimiz ko'p tutashadi. To xotimamizgacha...

Erta tong

Kichik o'yirg'ichga sig'magan yigit majburlikdan zax yerga yotib burushib qolgandi. O'ylab o'ylab bir necha soat ichida uxlab qoldi. Badanidan sovuq ter chiqib yotganida panjaralarning daxshatli titrab tebranganudan sabchip turib mirshabga o'lim ko'zlari bilan qaradi. Tagiga tashlagan pidjakini olib qoqdi va sochlarini katta kaftlari bilan orqaga tarab panjaralarga yaqin keldi.

- sizni qo'yib yuborish haqida buyruq keldi janob Jeon
- eshikni och

Mirshab eshikni ochib yon tomonga o'tdi. Jungkook qizargan va toliqqan og'ir tanasi bilan chiqib mirshabga qaradi. So'ng qo'lidagi cho'qmoqni olib qarab turdi va birdaniga mirshabni qo'lidagi bilan bir urib otib yubordi. Yerda ag'anab yotgan mirshabni yoqasidan ushlab vishillagan ovozi bilan

- yana bir marta kimnidur shunaqa uyg'atsang mendan o'pkalama

Mirshabni siltab tashlab qayta yo'nalishi tomon oshiqdi. Mahkamadan chiqib uni eshik tagida kutib turgan otasini oldiga borib uni bag'riga bosdi. So'ng ota bola Jeonlar qo'rg'onlariga yo'l olishdi. Mashinada ketishar ekan suxbat boshlandi.

- Parklar haqida ma'lumotim kam edi. Ammo ular haqida hammasidan endi xabardorman
- ularni Kimlar bilan adovati bormi
- bu haqida hech qanday gap yo'q. Parklar xitoy hukumati tomondan turib ularni qo'llovchi sulola. Ularning ham maqsadi huddi Kimlarnikiga o'xshaydi. Xitoy hukumati qayta Koreani egallashi.
- Jihoonni aytishi bo'yicha bu o'yinda faqat 2 kishi g'olib bo'larmish. Bundan u nima demoqchiligini hali to'lig'incha tushunib ulgurmadim
- ular Kimlar bilan birlashishni maqsad qilishgan ko'rinadi. Bo'lmasa u yigit xotiningga yopishib olmas edi.
-menimcha ham shunday.
- endi nima qilmoqchisan
- u iflos xotinimga ham oilasiga ham yaqinlashmaydi. Buni ta'minlash mening bo'ynimda.
- ular orasiga odam tiqishimiz kerak. Ma'lumot yetkazishi uchun
- topamiz. Hammasi bo'ladi ota

Jungkook holsizlarcha burn tortib boshini siqdi. Derazaga boshini suyab ko'zlarini yumdi. Junghoon ho ntagidan dastro'molchasini chiqarib o'g'liga uzatdi.

- shamollagan ko'rinasan
- mahkamga sovuq edi.
- uyga borgandan so'ng bir necha kun dam olib tuzalishingga e'tibor qarat. Tezroq ahvolingni yaxshilash kerak
- ho'p bo'ladi.

*

Shia tong sahardan tashkilotga borib Jihoonni izladi. Hamma joyni birma bir ko'zdan kechirib xizmatchilar uchun ajratilgan xonaga kirib uning narsalari turgan javon oldiga keldi. Javon ichi bo'm bo'sh ammo ichida bir parcha kichik qog'oz bor edi. Bu Jihoondan qolgan xat

Hali tugamadi. Men sendan vos kechmayman. Sen uchun o'zligim bo'lib qaytaman. Meni kut sevgilim

Shia qog'oz bo'lagini kaftlari bilan siqib asabiy uh tortib yerga o'tirib qoldi. Qoshlari orasini barmog'i bilan silab

- nega bunaqasan-a? Jimgina ket hayotimdan

Shia xonadan chiqib Taehyungga ko'zi tushdi. Endi tashkilotga kirib kelgan Taehyung qarshisidan peshvoz chiqqan singlisini ko'rib havotir bilan oldiga keldi.

- etalabdan nima shamol uchirdi?
- sizga ham hayrli tong
- rahmat. Bu yerda nima qilyapsan? Eringni ozod qilishgan bo'lishsa kerak.
- darrovmi?
- ha nima eringni oldiga shoshmaysanmi?
- kesatmasangizchi - ho'mraygancha ko'kragi ustidan qo'lini bog'ladi.
- hazllashdim. Senga ish bor yur.
- qanday ish
- otam ayttilar chekka qishloqlarga borib ishni boshlashimiz kerak. Ularni o'zimizga og'dirib targ'ib qilamiz.
- yaxshi hoziir ketamizmi
- maylikuya... lekin... sen ering seni sog'inib qolsachi? - qoshini ayyorona qoqib singlini yelkasi bilan durtdi
- yana boshladizmi- Shia g'azabdan qizargancha akasini quvlab ketdi.

Aka-singil birgalikda ot choptirgancha birinchi manzillari tomon yo'l olishdi. Hech kimni e'tiborini tortmaslik maqsadida kiyimlarini alishtirib aravalarda yemak uchun oziq-ovqatlardan olib ketishdi. Bugungi reja bo'yicha ular 5ta qishloqda targ'ibot ishlarini qilib o'zlari tomon qilishlari kerak edi...

*

Jungkook uyga kelganidan so'ng to'g'ri xonasigs ko'tarildi. Eshikni ochganida bo'sh xonani ko'rib hayratdan qosh chimirib devorda osiqlik turgan soatga qaradi. Hali erta. Yotoq bo'sh. Pidjagini yotoqqa tashlab kiyimlar uchun ajratilgan xonaga kirdi. U yer ham bo'sh. Yuvinish joylari ham bo'sh. Hech qayerdan xotinini topa olmay qo'lida dori-darmonlar bilan kelgan onasidan so'roqlashni boshladi.

- keliningiz qayerda oyi?
- sen kelmasingsan oldin ketgan edi. Qayerga ketganini bilmayman.
- erta tongdan qayerga ketishi mumkin? Sizga aytmadimi?
- u mendan ruxsat so'rarmidi o'glim. U o'zboshimcha qiz chiqdi.
- tushunarli.

Jungkook onasini xonasida qoldirib yuvinib kiyingani kirib ketdi. So'ng o'zini epaqaga kelturib shamollashga qarshi choydan onasini tazyiqi bir xo'plab uydan chiqib ketdi. Xotinini izlashga tushgan ekan birinchi navbatda tashkilotga bordi. Ammo u yerda hech kim yo'q. So'ng har bir joyni birma bir ko'zdan kechira boshladi. Shaharni yarmini tushgacha izlab tushdan keyin qolgan yarmini izladi. Bu orada u qaynotasining ham uyiga borib u kelmaganini eshitib yana g'azab otiga mindi. Kech tushganida hayoliga har xil o'ylar kelgancha uyiga qaytdi.

Pov Jungkook

Qayerga ketdi ekan? Nima uchun tong sahardan beri qaytmadi. Huddiki yer yorilganu va unga kirib ketgandek hech qayerda yo'q. Yoki eski sevgilisdan hol so'ragani kettimi?

Jungkook hayoliga kelgan bema'ni o'ylardan o'zicha jirkanib bir joyda turolmay xonani aylanar edi. Quyosh botganidan so'ng xona eshigi xorg'in holda ochildi. Eshikka tezlikda qaragan Jungkook ostonada turgan xotinini ko'rib biroz bo'lsada xovuridan tushdi. Uni oldiga kelib yelkalaridan ushlab ko'zlariga qahr bilan qarab

- qayerda yuribsan
- tashkilotda edim. Tinchlikmi?
- tashkilotda?
- ha
- yolg'on gapirma
- nega yolg'on bo'ladi? Xohlasangiz akam bilan gaplashishingiz mumkin
- men u yerdan seni topa olmadim.
- bir nechta ishlarimiz bilan akam bilan yurgan edik
- akang sensiz yura olmasmikan?
- sizga nima?
- menga nima? Men sening eringman
- bas qiling. Urushishga holim yo'q.
- bundan keyin uydan bir qadam ham chiqmaysan
- nega?
- bu senga jazo.
-amm...

Shianing gapi og'zida qoldi Jungkook uni birdan bo'ynidan bo'g'izlab eshikka qattiq itarib tiradi. Qizning yuziga yaqin kelgancha past va qo'rqinchli ovozda

- hech qanday ammolar o'tmaydi. Uydan chiqishingni ta'qiqlayman
- men ko'chada yomon ish qilib yurganmidimki siz meni uyingizga qamaysiz? - o'ziga kuch yig'gan Shia Jungkookning bo'ynidan o'ralgan qo'lini siltab tashlab ko'ziga qat'iyat bilan tiq qaradi.
- men bilamayman seni nima qilib yurganingni. Balki sevgilingni oldidan kelayotgandursan. Bo'yningda o'z izlaridan ko'paytirib jo'natgandur
- nega bunchalar ichingiz qora? Siz uchun hamma shundaymi? Yoki nima onangiz shunday qilib yurganini ko'rganingiz uchun hammani shunaqa deb o'ylaysizmi?

Shianing ohirgi jumlalari chegarani kesib ham emas buzib o'tdi. Jungkook jumlalarni hazm qila olmay Shianing yuziga tarsaki tortdi. Yerga cho'kkalagan qizni sochidan ushlab o'ziga qaratdi.

- qaytar nima deding? Qaytar🗣
- eshitganingizni dedim
- seni o'ldiraman

Jungkook g'azabi oshgancha qizni kaltaklashni boshladi. Shiani polga irg'itib to'g'ri kelgan joyiga zarba berib oyog'i bilan tepqiladi. Undan qochishga harakat qilayotgan qiz boshini qo'llari bilan o'rab g'ujanak bo'lib oldi. Jungkook hansiragancha to'xtab qayta qizni sochidan changallab ko'tardi

- hech kim bilmaydi. Mening onam buzuqi ekanligini hech kim bilmaydi.

Shia bu so'zlarni uzoq uzoqdan eshitgandek bo'lib xushini yo'qotdi. Jungkook aqldan ozganlardek harakatlana boshladi. O'ziga kelib yerda yotgan xotinini qayta ko'zdan kechira boshladi. Lab chetlari yirtilib peshonasidan sizib chiqayotgan qonni ko'rib birdan shoshib qoldi. Uni yotoqqa yotqizib xonadan chiqib ketdi.

*

Pov Shia

Ko'zlarimga tushgan quyosh nuri tushganida tong otayotganini payqadim. Hali juda erta ammo o'zimni judayam og'ir his qilmoqdaman. Boshimda esa kimdur meni urayotgadek beradigan og'riq asab tolalarimni tarang qilar edi. Boshimga tekkanimda bog'ich bilan bog'langanini sezib hayratlangancha o'rnimdan turdim. Boshim yostiqdan uzoqlashishi bilan ko'z oldim qorong'ulashib qo'llarimni orqa tirab suyanib qoldim. Boshim orqaga o'zidan o'zi oqib ketayotgandek his qilib qayta yotoqqa joylashdim. Bir muncha vaqtdan so'ng kechagi bogan voqealar birin ketin ko'z oldimdan o'ta boshladi. Jahl ustida aytgan 1 gapim uchun erim meni do'pposladi. Aslida hozircha nima deganimni ham eslolmayman. Ammo barchasi to'g'ri edi. Deraza tomon o'g'irilib yostig'imni quchdim. Derazaga tikilib turganimda yana qayta meni uyqu bosa boshladim. Ko'zlarim yumilay deganda eshik sekin ochilib bir muddat yopilmay turdi va to satdan qattiq yopildi. Bu ovoz quloqlarimdan juda qattiq yangrab miyyamga borganidan huddi bu eshik kelib boshimga urilgandek og'riqni his qildim. Qoshlarimni tirishtirib o'rnimdan sal qo'zg'alib eshik oldida vajohat bilan turgan erimni ko'rib unga qarab qoldim. U hech bir so'zsiz qarab turib men tomon yaqinlasha boshladi. Yotoqni aylanib o'tib meni oldimga yaqinroq joylashdi va bir qo'liga tayanib qayta huddi o'sha o'sha kibr mag'rurlik va jahl aks etgan nigohi bilan qarab turaverdi. Men hech bir harakatsiz u kabi tikilib turaverdim. Kutilmaganda e sekinlikda o'rnidan qo'zg'alib chap kaftini sochlarimga etib boshim tepasidan pastga ohista silab tushdi va birdan ularni changallab oldi. Soch tolalarim tortilishi hali tark etib ulgurmagan og'riqlarimno qayta kuchaytirib yubordi. Og'riqdan lablarimni birlashtirib ingrab qo'llarimni sochlarimni ushlab turgan changakka yugurtirib undan sochlarimni olishga harakat qila boshladim. Jungkook esa og'riqdan burushganimni ko'rib shunchaki jilmayib turar edi. Huddiki mening jonim og'rishi unga huzur keltirgandek. Jungkook yuzida tabassumi bilan sokin ohangda bir tekis so'zini boshladi.

- senga qancha yaqinlashmay desam shuncha meni o'singga tortasan. E'tiborimni qozonish uchun har narsga tayyorsan. Yoki... Meni sevib qolganmisan? ... homtama bo'lasan
- men o'lsam ham sizni sevmayman
- haaaa... sen anavi mishqini sevasan shundaymi?
- bu sizning ishingiz emas.
- unda kimning ishi. Ering men bo'la turib boshqani hayol qilishga qanday yuzing chidaydi
- huddi siz ayol kishiga qo'l ko'targaningiz kabi chidaydi
- ... Agar tilingga ehtiyot bo'lganingda hozir shunchaki bag'rimda yotgan bo'lar eding
- sizning bag'ringizdan ko'ra ko'chada sovuqda yotganim avzal
- yog'eee... endi ko'chada yotmoqchimisan? Mayli xohishing

Jungkook birdan razilona jilmaydi. Hayoliga yana nima balolar keldi hayronman. Sochlarimni sekin asta qo'yib yuborib qayts menga tikilib qoldi. Nima u mastmi? Menga boshqacha tabassumi bilan qaraydi.

- seni qiynashni istamayman lekin majburman

So'zlarini tushunmagancha unga qarab qoldim. Buni ma'nosi nima? Nima u men bilan yanggi o'yin boshladimi? Yoki boshqa narsami? Jungkook yana bir nechta soniya tikilib xonadan chiqib ketdi...

Oradan 2 kun o'tdi.

Shu o'tgan muddat ichida qo'rg'ondan bir qadam ham tashqariga chiqmadim. Aniqrog'i xonamdan ham. Agar katta kirish darvozasi oldiga borsam qarshimdan Jungkook paydo bo'ladi va menga o'tgan tunimizni eslatib qo'ygandek qaraydi. Negadur boshimning og'rig'i o'shandan beri qolmaydi. Indamay uni gaplariga ko'ngancha yuraverishga qaror qildim.
Uyda bekor yurish jonimga tekkani sababli erim va qaynotamning ortidan tushdim. Ularni xufyona kuzatib yurishga qaror qildim. Lekin ular ham ancha sezgir. Shuni hisobiga ularni oldin uzoqdan kuzata boshladim.

Kechki ovqatga tushashoyganimda doimgidek zina oldidagi qaynotamning xonasidan uning g'azab bilan gapirayotgan gaplari quloqlarimga chalindi. Yengil qadam bilan tezlikda yaqinlashib eshikka quloq qo'yib eshitishimga hojat yo'q. Ularning ovozlari aniq tiniq eshitilmoqda.

- sen qayerga qarayapsan o'zi? Ular o'rnimizni egallaganda ham bilmayman deysanmi? Ko'rmay qoldim sezmay qoldim deysanmi?
- men chegaraga mas'ul emasman ota
- har tomonlama har joydan xabardor bo'lishing kerak bu yerda xotiningni etagini poylamay.
- men sizga aytgandim bu topshiriqni olmaylik deb. Chala qilinayotgan 2ta topshiriqdan ko'ra bittasini to'liq qilgan afzal edi. Ochko'zlik qilib hammasini oldingiz endi o'zingiz eplang
- sen qilmasang unda kim qiladi?
- toping o'zingiz aralashing. Onam bilan o'tirib choy ichguncha o'sha Wanglar bilan shug'ullaning
- menga aql bo'lish kerak emas
- doimgidek... hamma ishni pachavasini chiqarasizda yana mendan bu xatoyingizni to'g'irlashimni buyurasiz.
- bu sening burching.
- mening burchim otamning ketini yopish emas
- bu esa vazifang. Meni qo'llashga mwnga yordam berishga majbursan Jungkook.
- sizga gapirish foydasiz.

Qadam tovushlarini tezlikda kelayotganini payqab zina tomonga shoshdim. Yashin tezligida uni yarimlab qolganimda Jungkook zinaga kelib meni to'xtatdi.

- Sen bu yerda nima qilyapsan?
- qayerda? - o'girilib o'zimdan jinni yoqdim
- unut.

Jungkook menga shubha bilan bir muddat qarab mendan oldinlab tushib ketdi va shu bilan u qayta qorasini ko'rsatmadi. Kechki ovqatni qilib hammamiz o'z xonamizga tarqaldik. Jungkook esa uydan chiqib ketganicha qaytamadi.

Xonamda o'tirib sal eshitgan ma'lumotlarimni taxlil qila boshladim. Wanglar bu tashkilotligini esladim. Ammo ular yaponiya tomonidan Koreyaga zug'um qilishadi. Bundan foyda nima? Demak Jeonlar va Wanglar orasi buzuq. Bu haqida ertaga tashkilotga borganimda gaplasha qolaman.

Sevimli kitobimni olib yotog'imga joylashdim. Lampani oldimga yaqinlashtirib kitobimni belgilab qo'ygan joyimdan ochib o'qishni boshladim. Kitobimni ichiga sho'ng'ib o'qir ekanman 4chi varoqni aylantirganimda birdan derazamdan nimadur uni sindirib kirdi. Uloqtirilgan narsa qora yumaloq narsa edi. Ko'prganimda bu olovli to'p( bombani eskicha varianti) edi. Uni porixi yonib endi portlashga tayyoelanganida yotog'imni narigi tomoniga sakrab undan yashirindim. Birdan u quloqni qomat keltirib portladi. Xonam ag'dar to'ntar bo'lib olov ichida qoldi. Ketma ketlikda xuddi shu ovoz qo'rg'onning qolgan tomonlaridan ham shu olovli to'p portlashni boshladi. Mening xonamda portlagan to'p sababli yotoq ustimga ag'anab tushdi. Uni tagidan qancha chiqishga harakat qilmayin u batar meni bosib qolayotgandek tuyulaverardi. Allaqachon hamma joyni tutun isi qoplab oppoq bo'lib ulgurgandi. Bir tomondan belimdan sal yuqorigacha bosib qolgan yotoq ikkinchi tomondan tutun isi meni tamom qilmoqda. Yutqazishni istamayman. Hali o'lishni istamayman. Bunga haqqim yo'q. Men vada bergan edim. Nahotki hech bir maqsadimni amalga oshira opmasam...

Pov Jungkook

Jungkook yo'lda o'zining odamlari yig'iladigan qarorgohga ketar ekan yo'lini birdan to'sib uni o'rtaga olishdi. Mashinasidan tushganida esa uni atorifini doira misol aylana hosil qilib unga ketishga yo'l qoldirishmadi. Jungkook nigohini sekinlikda aylantirib odamlar sonini sanadi. 20tadan oshiq qurollangan yigitgan bir tekis saf tortib turishar edi. Ularning nizomidan ularni tanigan Jungkook miyig'ida kulib ularga atalgan shirin so'zlarini izhor qila boshladi.

- Wanglarning boshlig'i shunchalar qo'rqoq bo'lib qolganidan o'zi kelishga jur'at qila olmadimi?
-...
- tilingiznii sug'irib kerakli joyingizga tiqib olganmisiz
- o'rningda bo'lganimda tilimni tiygan bo'lar edim Jeon

Bir eshik ostonasida qorong'uda o'tirgan yigit gavdasini ko'tardi. Oy nurida ko'rinish berib uni nurlarida qo'lidagi hanjarni o'ynagancha unga yaqinlasha boshladi. Jungkook uni tanib egnidagi kiyimini to'g'irlab mashinasiga suyandi. Yigit mashinani sekinlikda tomosha qilib aylanib uning egasini oldiga kelib turdi.

- ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi Jungkook

- seni ko'rganimdan bag'oyatta xursandman Hajoon
- lekin mening ko'rinish berishim senga xursandchilik keltirmaydi.
- boshimizga nima kelsa hammasi yaratgandan
- uylanib dindor bo'lib ketdingmi
- ha shunaqa senga ham biror kun shunday baxt nasib qilar
- senga savolim bor? Nega yangi kuyiv xolingda rafiqangni uyda yolg'iz qoldirding? Unga nimadur bo'lishidan qo'rqmaysanmi?

Hajoonning kinoya bilan yangragan ovozi Jungkookning kulib turgan yuzini birdan tundlashtirdi. Jungkook qovushtirib turgan qo'llarini Hajoonning yoqasiga eltib uni siqimlab o'ziga tortdi.

- qaytar. Nima deding?
- yosh kelinning bir o'zi uyda yolg'iz katta qo'rg'onda qolishi xavfli emasmi deyman
- agar unga nimadur qilgan bo'lsang...
- o'rningda bo'lsam tezroq uyimga borgan bo'lar edim. Ahir... kech bo'lishi mumkin

Hajoon keng jilmayib Jungkookning g'azabdan qizargan yuzini tomosha qilib turar edi. Jungkook uni birdan o'zidan itarib uzoqlashtirdi va mashinasi tomon ketayotganda 20 kishi baravar unga hujum qilishdi. Jungkook birdaniga hammasiga qarshi chiqa olmay asta sekin yengila boshladi. Hajoon Jungkookni tis cho'kkanida odamlarini to'xtatdi. Uning oldiga cho'kkalab sochidan tortib o'ziga qaratdi.

- bu mendan senga to'y sovg'asi Jeon... kettik

Bu iflos mardni ishini qilmagani sababli bugun yer tishladim. Vada beramanki bu qilgan ishi uchun u nasibasiga yarashasini albatta oladi. Hozir meni qiziqtirayotgan yagona savol Shia qayerda? Uning ahvoli qanday? Sekin sekin og'riqlarga tishimni tishimga qo'yib chidab chap berib o'rnimdan turdim. Mashinamga o'tirib bir chuqur nafas olib chiqarib o'zimga kelib oldimda qo'rg'on tomon uchib ketdim. Uyimga kelganimda olov ichida uni qolganini ko'rib tanam birdan muzlab qoldim. Darvoza oldida esa ota-onam turishar edi. Atrofdan Shiani topa olmay uy ichiga otildim. Hovli yo'lagidan yugurib uy ichiga kirdim. Xonamga ko'tarilib eshik oldiga kelganimda u qattiq yopib qo'yilgan. Kaftkarimni birlashtirib o'ng yelkam bilan eshikka zarba bera boshladim. Bir necha urunishdan so'ng uni buzib ichkariga kirdim. Kirgan havodan olov birdan yanada avj oldi. Xona ichi tutunga burkangan. Hech vaqo ko'rinmaydi. Havo yo'llarimni yengim bilan to'sib xoona ichidan Shiani izlashni boshladim. Bir payt uni katta yotoq tagida xushidan ketay degan xolda ko'rib esim chiqib ketgudek aqldan ozdim.

Jungkook Shiani oldiga kelib uning ustidagi zilzambildek og'ir yotoqni zo'rga ko'tarib sal nari surdi. Shiani bag'riga olib uni ko'tarib oldi. Olov ichidan chiqib xavfsiz joyga o'tib Shiani yotqizib uni yuziga sekin sekin silab o'ziga keltirishga harakat qila boshladi.

- Shia Shia meni eshityapsanmi? Shia nimadir belgi bersangchi.

Jungkook Shiani qayta bag'riga olib mashinasi tomon ketdi. Unga ergashgan otasi

- o'g'lim
- xushida emas ota keyin gaplashamiz
- bo'pti boraver tezroq bor

Junghoon o'g'lini kuzatib olov ichida qolgan qo'rg'oniga qarab xo'rsinib qo'ydi. Bu paytda qo'rg'ondan chiqqaniga afsus qilib boshini sarak sarak silib egdi.

Ep 5 tugadi

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic