February 5

π’π„π‘π„ππˆπ“π˜ | 4 | [ 𝐨𝐳𝐨𝐝π₯𝐒𝐀 ]

Kechki payt

Endi avvalgidek to'y marosimlari bo'lmay qoydi. Hamma zamonaviylashib ketdi. Avvallari bir katta dasturdonda ketma ket o'tirgan bo'lsak endilikda har bir kelgan juftliklar uchun alohida stol bezatilmoqda. Lekin hammaning ham bunga qurbi yetmaydi. Buni faqatgina boy a'yonlar o'zlari ko'z ko'z qilish uchun o'zma o'zarga qilishadi. Bunaqalarni deb milliyligimiz yo'qolmoqda... Kim bo'lishidan qat'iy nazar hamma tengku. Ortiqcha hashamatga nima hojat?

Kelin derazadan manzarani tomosha qilayotib oilasining ham shu yerda ekanligiga guvoh bo'ldi. Akasi onasi va otasi. Onasi qiziga quvonch ko'zyoshlari bilan akasi havotir bilan otasi esa unga ishonch bilan mag'rur boqar edi. Shia ular bilan birma bir ko'zlari orqali topishdi va ular yana har joyga tarqalishdi. Shia oz bo'lsada taskin topdi va yuzida xursandchilik tabassumi o'ynadi...

Vaqt bo'ldi. Kelinni xonasidan olib mehrobga olib chiqishdi. Bezatilgan stollar oralab kelin yuzida yopinchiq bilan kuyov oldiga keldi. Ruhoniy bir pasda hamma dastur-amallarni bajarib nikohni yakunladi. Kelin-kuyov endilikda ota-onalariga ta'zin qilishlari kerak. Jungkook ota-onasi tomon ketar ekan Shia unga bir necha qadamlik masofa qolguncha yaqinlashib erining oilasi tomonidan silliq o'tib ketdi. Ularda keyinda turgan o'z ota-onasining oldiga borib yerga tis cho'kib peshonasi yerga tegib bor xurmati bilan tazim qildi. Bu harakatdan Jungkookning fig'oni falakka chiqdi va unga yaqinlashaman deganda otasi uni ushlab qoldi.

Junghoon: bor tazim qil
Jungkook: nima
Junghoon: bor hammani etiborini tortib ishlani rasvo qilma. Xotining bilan yolg'iz qolganda gaplashasan
Jungkook:...
Junghoon: bor o'glim

Jungkook o'zini zo'rg'a bosib Shia kabi bo'lmasa sokin tazim qildi. Shia 3 marta jeltirgan hurmatidan so'ng o'rnidan turishga Jungkook yordam berdi. Uni tirsagidan qattiq siqib turg'azdiki Shianing qoshlari chunonan chimirilib baquvvat qo'llar egasiga qaradi. Bu holatni chetdan kuzatib turgan Taehyungning kaftlari tugilib ko'zlaridan olov chaqnadi. Kelin kuyov endi keyingi ota-onalar oldiga borib ularga ham hurmat bajo keltirishdi. To'y tugay deganida kelin va kuyov o'z xonalariga yo'l olishdi. Ularni kuzatishar ekan hammaning og'ziga kelinning harakatlari tushdi. Buni esa Janob Junghoon eshitib o'tirar edi.

- Jeonlar kelini bunchalar tarbiyasiz bo'ladi deb kim o'ylabdi deysiz
- to'g'ri kelinning bunday hurmatsizligi aqlga sig'maydi. Mening kelimim shunday qilganida allaqachon uni dumini tuggan bo'lardim
Junghoon: g'iybatingiz tugagan bo'lsa endi ketishingiz mumkin. To'y marosimi tugadi.

Junghoon ayollarga yegudek qarab tirjaygancha hammaga javobini berib kuzatdi. To'y marosimi tugaganidan so'ng uyda kelin va kuyovni yolg'iz qoldirib Jeonlar ham uyni tark etishdi.

Kelin-kuyov *

Xonada yotoqda o'tirar ekanman haliigacha kiyinlarni yechmadim. Bunga anavi mahluq yo'l qo'ymadi. O'tirib zerikkanim tufayli o'rnimdan turib deraza oldiga bordim. Mehmonlarning ketishini kuzatar ekanman qaynotam va qaynonamni ham uydan ketayotganini ko'rib hayron qoldim. Nima ular uylariga qolishmaydimi? Bu Jungkookning ishimikan. O'ylashga hojat yo'q. Bu aniq uning ishi. Ortiqcha o'ylab o'tirmay ortimga o'girildiim va xonaga qadrli erim kirib keldi. Meni oldimga yaqinlashib ustidagi pidjagini yechib yon tarafimdagi o'rindiqqa tashladi. So'ng menga yaqin kelib deraza bilan to'qnashgunimcha to'xtamadi. Uning sokin qarashidan bir muddat vahimaga tushdim. Go'yoki uning ko'zlarida bo'rondan avvalgi sokinlik bordek edi. U huddi shunday ovoz toni bilan

-sen uchun sovg'am borligini aytgandim shundaymi? Uni ko'rishni istaysanmi?
- yana qanday maynavozchilik boshlayapsan?
- bu senga yoqadi

U bir ko'zi qisib qo'ygancha belimdan ushlab eshik tomonga yo'naldi. Uni qo'lini olishga qancha harakat qilsam u shunchalar qattiq ushlab olardi. Taqdirga tan berib u bilan birga zinalardan tushib katta zalga o'tdik. Zalda yig'ilib turgan soqchilarni ko'rdim. Ular kimnidir tis cho'ktirgancha ushlab turishar edi.

Ularni aylanib o'tganimizdan so'ng yerda cho'kkalagancha yuzlaridan qon tonayotgan yigitni ko'rib aqldan ozayozdim. Jihoon... u tomonga shoshayotganimda birdan sochlarimda og'riq his qildim. Mahluq sochlarimdan changallagancha meni o'ziga tortdi. Beixtiyor qo'llarim uning kaftlariga yugurdi. U esa meni o'rindiqqa siltab irg'itdida menga yaqin keldi.

- sen uchun atalgan sovg'am shu. Qalay? Yoqdimi?
- bundan senga nima foyda?
- shunchaki men bundan zavqlanyapman
-uni qo'yib yubor
-aytgancha sen yana meni sensirashni boshlading. Bu unga zararligini bilasanmi?
-... uni qo'yib yuboring
-yo'q azizam yo'q

U telbanamo kulgancha gavdasini ko'tarib Jihoonga yaqinlashdi. Uni sochidan mahkam siqib turg'azdi. Ko'zlarida qahr alam g'azab aks ettirib turgan yigit o'rindiqda unga havotir bilan qarab turgan qizga ko'zi tushdi. Egnida oppoq libos. Ko'zlarida esa u his qila oladigan har bir tuyg'u mujassam. Jihoonning nigohi kelin ko'ylakdagi Shiada ekan ichida yana dunyolar quladi. Yuragidagi og'riq tanasidagi og'riqlardan ming chandon og'riqli edi. Jungkook kutilmaganda uni sochidan mahkam ushlab yuqoriga ko'tarib o'ziga qaratdi.

Jungkook - u bugun har kungidanda maftunkor shundaymi? Egnidagi libos, yuzidagi pardoz...ammo... bular sen uchun emas. Men uchun
Jihoon - sen iflos..
Jungkook - tshhhh qanaqa tarbiyasizsan. Qiz bolaning oldida ham so'kinadimi? Sen shu tagi past tarbiyasizni sevdingmi? Didingga ham qoyil qolmadim
Shia: uni qo'yib yuboring iltimos yolvoraman.

Shia g'ururini hetga surib Jungkookning oyoqlariga tis cho'kdi. Uni oyoqlaridan quchib ko'zlaridan yosh aylantirdi. Nima bo'lganda ham Jihoon tirik qolishi kerak edi. U Jihoon uchun hammasiga tayyor

Jihoon: o'rningdan tur unga yalinmaπŸ—£
Shia: iltimos Jungkook

Jungkook bo'ynini uqalab oyoqlari ostida yalinayotgan qiz va gavdasini zo'rg'a ushlab turgan yigit bilan teng holda yerga cho'kkaladi. Shianing bo'ynining orqa tomonidan qattiq siqib o'ziga tortdi.

Jungkook: men buni qilmoqchi ham emas edim. Lekin sening hurmacha ko'rsatgan tomoshang barchasidan oshib tushdi. Meni oilamni obro'sini yerga urmaganingda edi hozir bag'rimda mana bunday xo'rlanishsiz yotgan bo'lar eding suyuqli rafiqam

Jihoon: erkak bo'lsang oraga ayollarni qo'shmay yakkama yakka kurash. Ularning etagiga yashirinmay

Jungkookning ko'zlarida raqs etayotgan ajaldek g'azab huddiki olovdek edi. U xotinidan etiborini olib Jihoonga qaradi. Uning ham ko'zlarida aks etayotgan g'azab Jungkooknikidan qolishmas edi.

Jungkook: xohishing men seni o'ldirishdek sharafni boshqaga topshirmayman... Jeon xonimni xonasiga kuzatib qo'ying

Shia: yo'q Jihoon yo'q shunchaki ket iltimos. Jungkook u hozir o'zida emas eshityapsizmi... Jungkook....JungkookπŸ—£

Qizning qichqiriqlariga hech kim quloq solmadi. Uni bilaklaridan siqib yotoqqa chiqarib tashlashdi. Shia polga yuztuban yiqilib turaman deguncha xonada hech kim qolmadi. Eshikni yelkasi bilan urib ochishga harakat qildi. Pastda hovlida esa shovqinlar eshitila boshladi. Shia yugurib deraza oldiga o'tdi. Undan hovli yuziga qaradi. Hovli o'rtasida zo'rg'a gavdasini qaltirab ko'taeib turgan Jihoon va qarshisida o'ljasiga tashlanishga tayyor sherdek turgan Jungkook. Nima ular olishishmoqchimi?

Shia: ey yo'q ahmoq. Bu nimasi endi. Jin ursin.

Shia ularni kuzatar ekan tangriga yolvorardi. Jihoon tirik qolishi uchun.

*

Jungkook: sen meni yutishingga ishonching komilmi

Jihoon: shubha ham qilma

Jungkook: oyog'ingda zo'rg'a turibsan
Jihoon: men shu kaltaklar va mashaqqatli mehnat ostida ulg'ayganman. Sendek nozik xonimchadek emas

Jungkook: nozik xonimcha?... hozir bilamizda

Jihoon bir chuqur nafas olib chiqarib gavdasini tik ko'tardi. Qo'llariga mushtibi tuggancha jang qilish holatini egalladi. Uning shashtidan ham g'azab ham kulguni his qilgan yigit vaxshiyona tabassum qilib so'ng sergak tortdi. Uning ham katta kaftlari mushtga tugilib raqibiga kelishini ishora qildi. Birinchi bo'lib zarba berishga urungan yigit o'zidan ancha kuchli yigitni zarbasidan totib ko'rdi. Xolsizlarcha siltanib ketgan yigit o'zini qayta o'nglab Jungkookka yana qayta zarba bera boshladi. Har qancha urinmasin bari befoyda ketdi. Ko'cha jangchisidan tajribasiz tashlanayotgan yigitdan charchagan Jungkook uni yelkasidan oshirib yerga yopishtirib qo'ydi. So'ng ustiga chiqib to'g'ri kelgan yeriga qayta qayta zarbalarni hadya qildi. Yerga yuzi qonga to'lgan yigit zo'rg'a nafas olar lekin hech bir harakatsiz yotar edi. Uni urishdan charchagan Jungkook iyagidan ushlab ko'tardi.

Jungkook: sen xudbin omadsizsan. Sevgan qizingni ximoya qilish sal nari tursin-u sen xatto o'zingni himoya qilopmading qumrsqa. Omadsiz noshut.

Jihoon uni eshita eshita xushidan ketdi. Ko'p miqdorda yoqotgan qoni bugungi kunni qizil rangga bo'yadi. Jungkook uni ustidan turib peshonasidagi terni sidirb tashlaganda nogohon ko'zi derazadan Jihoonga qarab turgan qizni ko'rdi. Bir Jihoonga bir yuqoridagi qizga va uning ko'zlarida aks etayotgan tuyg'udan aqldan ozib sochlarini mahkam siqdi. Odamlariga Jihoonni yo'qotishni buyurib o'zi xotinining oldiga chiqib ketdi.

Pov Shia

Jihoonga tegayotgan har bir zarbadan aqldan ozayozdim. Yuragimda juda qattiq og'riq bor edi. Undan oqayotgan alvon rang qon. Men sababchiman. Uni uzoqroqqa ketkazishim kerak edi. Jungkook nima bo'lganda ham tajribali edi. Unga oddiy yigitni kuchi yetmasdi ammo Jihoon buni bilsada to'xtamadi. Nega o'zingga og'riqlar sotib olding? Ketishing kerak edi. Men seni tark etganimdek sen ham meni tark etishing kerak edi. Jihoonni sudrab olib chiqib ketishar ekan qo'llarim mushtga tugildi. U tirikmi?

Xona eshigi birdan baland ovoz bilan ochildi. Ortinga o'girilganimda qutirgan hayvondek turgan Jungkook menga ko'zlarida sovuqlikni aks ettirib qarab turar edi. Bu nimasi endi. Egnidagi kiyimda Jihoonning qoni. Jipslangan barmoqlaridan oqayotgan qon tomchilari. Unga ortiq qarashni istamay xona burchagidagi bir kishilik o'rindiqqa joylashdim. U ham sekin astalik bilan menga yaqin keldi men tomonga egilib

Jungkook: bugungi tunimiz uchun tayyormisiz Jeon xonim?

Nima? Tun? Nima u men bilan bo'lmoqchimi? Ko'zlarim xonasidan chiqqudek kattalashib Jungkookka qaradim. U esa labida nim kulgu mendan ko'zini uzmas edi.

Jungkook gavdasini ko'tarmagan holatda egnidagi oq ko'ylagini tugmalarini birma bir bo'shata boshladi. Ohirgi tugma yechilganidan so'ng uni egnidan oldi va qaddini rostladi. Unga qarashni istamay yuzimni boshqa tomonga burdim. U esa qo'lidagi qonni ko'ylagiga artib iyagimdan ushlab o'ziga qaratdi.

Jungkook: nima eringga qarashni istamaysanmi?

Shia: iltimos...

Jungkook: endi iltimoslar o'tmaydi.

Shia: shu paytgancha nima so'rasam doim teskarisini qildingiz. Aqlli bir marta...

Jungkook: yo'q suyuqli rafiqam. Bu tun otangni va akangni sha'nini oyoq osti qilmaganingni

Uning gaplaridan o'zimni juda g'alati his qildim. Nima u meni yengiltak deb o'ylayaptimi? Bu bilan nima demoqchi bo'ldi. Muloyim bo'lib bosh egish jonimga tegdi. O'rnimdan turib uni ko'ksidan itarib to'g'ri kelgan yeriga zarba bera boshladim.

Shia: men sen o'ylaganlardek nomusimni sotmayman. Sen ko'rgan ayollardek o'zimga bunday isnodni ravo ko'rmayman. Eshitib ol Jeon JungkookπŸ—£

Jungkook huddiki ustimdan kulgandek iljayib turardi. Bu esa battar meni qonimni qaynatar edi. Alam bilan unga ohirgi marta yuziga tarsaki tushurdim. Uni yuzi siltanib boshqa tomonga qaradi. Bu zarbam avvalgilaridan anchagina kuchli edi va bu uni kulgudan to'xtashiga ham majbur qildi.

Jungkook Shianing ikki tirsagidan mahkam siqib yotoqqa otib yubordi. U o'zini o'nglashga ulgurnay ustidan Jungkook joylashdi va iyagidan qattiq siqib lablariga labini bosdi. Shia ming chiraasim ustidagi katta gavda ostidan chiqa olmay to'lg'ana boshladi. Jungkook uni harakatlanishiga qo'ymay iyagini qo'yib yubordi va tipirchilayotgan ikki qo'lini yuqoriga ko'tarib qayta ishida davom etdi.

Jungkook bo'sani uzib o'rnidan turdi va qizni egnidagi kiyimlariga chang soldi. Birma bir parchalab egnidagi matoni yirtib ajratdi. Kiyimsiz qizni oyoqlaridan mahkam siqib qochib ketmasligini ta'minlab o'zini shimini yechdi.

Qiz hozir nima bo'lishini bilib og'ir yutundi. Boshini yo'q deya sarak sarak qimirlatib asta sekin ortga tisarila boshladi. Yigit hech nimaga e'tibor bermay qizni ikki oyog'idan tutib o'ziga tortdi. Ularni ikkiga ajratib azosini ichiga joyladi. Shu zahotiuyoq xona ichidan faryod yangradi.

Erta tong

Yotoqda yolg'iz uyg'ongan qiz uyoq buyoqqa qarab eri bo'lmish nusxani izladi ammo topa olmadi. So'ng egnidan yengil ko'rpani olib o'rnidan turishga harakat qildi. Joyidan sal siljishi bilanoq tanasida juda qattiq og'riqni his qilib lablarini qimtigancha ingrab yubordi. Uzun tungi ko'ylak etagi bilan oyoqlaridagi ko'karish izlarini yopdi. Yotoqdan asta asta surilib ahiyri polga oyoqlarini qo'ydi va shu zahoti eshik ruxsatsiz ochildi. Eshikda o'ziga qarab ixcham kiyingan Jungkook paydo bo'ldi va yotoqda unga jahl ko'zlari bilan qarab turgan xotiniga iljayib qaragancha

Jungkook: yolg'iz uyg'onganing uchun jahl qilyapsanmi
Shia: uyg'onganim uchun jahl qilyapman
Jungkook: uyquga to'ymagansan tabiiy olov rafiqam
Shia: ...aksincha hammasidan to'yib bo'ldim

Shia yana bir marta yotoqdan turishga harakat qilib Jungkookning oldida zayif ko'rinmaslik uchun barcha og'riqlarini yutgancha gavdasini ko'tardi. Jungkook uni shunchaki qo'llarini qovushtirgancha juzatar edi. Shia ortiqcha so'zsiz va bir maromda harakatlanib kiyim javonni ochdi va ichidan sochiqlar olib uni yopdi.

Shia: sizdan bir narsa iltimos qilsam bo'ladimi janob Jeon
Jungkook: bemalol Jeon xonim
Shia: menga oqsoch aytib yuboring yuvinishim kerak
Jungkook: oqsoch?... men turgandaya

Jungkook iblisona kulgancha yenglarini shimarib va Shiaga yaqinlasha boshladi. Shianing ingichka ko'zlari kattalashib lablari titradi va

Shia: yo'q menga ayol kishi kerak
Jungkook: ...xohishing

Jungkook maqsadiga erishgancha xonani tark etdi va u ketishidan zum o'tmay oqsoch xonada nozil bo'ldi.

Pov Shia

Oqsochdan og'riqlarim uchun malham olib sal epiqiga kelgandek bo'ldim. Tanamdan deyarli og'riqlar ketgandek edi. So'ng xonamdan tushib zinalar tomon yaqinlashdim. Zinalarga yetay deganimda o'ng tomondagi xonadan erkak kishining tahdidi quloqlarimga chalinib etiborimni tortdi. Qiziquvchanligim tutib eshikka yaqinlashib quloq tutdim. Ichkarida qaynotam erimga nimadurlarni aytib tahdid qilardi.

Junghoon: xotiningni so'roq qilasan. Uni gapirtirasan
Jungkook: unga hozirdan bosim o'tkazsak maqsadimizni sezib uydagilariga yetkazishi mumkin.
Junghoon: lattachaynar bo'lib ketyapsan Jungkook. Ulardan tezroq qutilishimiz kerak.
Jungkook: bu ishni menga berdingizmi endi chidashingiz kerak. Men nima qilishimni bilaman
Junghoon: sen nega menga ters gapirib aytganlarimni bajarmayapsan? Nima yoki sen shu qizni sevib qoldingmi?
Jungkook: nima? Albatta yo'q. Men shunchaki ishimni sifatli qilmoqchiman.
Junghoon: sifatli.... senga ishonishim uchun birgina sabab ayt
Jungkook:... men bu turmushni istaganmidim? Bu sabab bo'la olmaydimi? Sizni tushunib Yaponiya uchun hayotimni barbod qilayotganim sabab bo'la olmaydimi?
Junghoon:... senga ishonaman o'g'lim. Lekin tezroq harakat qilishing kerak.
Jungkook: xavotirlanmang ishlarimiz besh bo'ladi. Biz Kimlarni tak tugi bilan yo'q qilamiz.
Junghoon: barakalla

Pov Shia

Eshitgan gaplarimdan tahlikaga tushib qoldim. Bular qanaqa razil insonlsr o'zi? Nega o'z vatanlariga yordam bermay kelgindi zolimlar uchun kuyib pishishmoqda. Vatan degan tushunha naxot ularda yo'q. Ona tuprog'iga, eliga, yurtiga, qardoshlariga oyoq qo'yish ularni yakson qilish naxotki shunchalar oson? Yo'q bo'lmaydi... senlarning rejalaring amalga oshmaydi. O'lsam o'lamanki senlarni yo'q qilmay bu dunyodan o'tmayman. Gar shunday bo'lsa senlar kabi iflos razil kimsalarni o'zim bilan jahannamga olib ketaman.

Eshik ortidan qadam tovushlarini eshitib yashin tezligiga orqaroqqa yurib xuddiki endi xonadan chiqqandek yura boshladim. Yengimdagi manjitni o'ynab o'ynab xuddiki hech nima bo'lmagandek Jungkookni ham ko'rmagandek o'tib ketdim. Zinalardan sekinlik bilan tushar ekanman ko'rishni istab turgan erim menga hamroh bo'ldi

Jungkook: nega sekin tushyapsan
Shia: vaqtim ko'pligi esimga tushib qoldi - ensa qotirgancha
Jungkook: bu tungacha vaqtingni shunday o'tkazasanmi zerikmaslik uchun

Shia zinalarda to'xtab Jungkookka o'girildi. Unga yaqin kelgancha qo'llarini qovushtirib bir qoshini ko'targancha

Shia: siz bilan endi qiladigan ishimiz qolmadi. Er-xotin sifatida hammasini qilib bo'ldik. Endi siz o'zingizni yo'lingizdan men esa o'zimnikidan ketamiz. Tushunarlimi Janob Jeon?
Jungkook:.... buni vaqt ko'rsatadi. Oldimga o'zing kelasan

Pov Shia

Ortiq u bilan pachakilashib o'tirmay zinalarda biroz qadamimni tezlatgancha tushib ketdim. Kecha to'yim bo'lgan katta maydonda endi 4 kishilik stol nonushta uchun bezatilgan edi....

*

Shu tariqa kunlarim zerikarli tarzda o'ta boshladi. Mana shu holatda 1 haftamni erimni uyida o'tkazib anchagina zerikdim. Yangi kelinligim tufayli ko'chaga chiqishimga qaynonam ruxsat bermadi. Hech bo'lmaganda uydan bir haftacha chiqma deb meni uyda qamab o'tirdi. Men ham ilojsizlikdan unga ko'ndim. Hayolimda haligacha qaynotam va Jungkookning gaplari aylanar edi. Nimadur qilishimiz kerak. Eshitganlarim haqida tezroq akam va otamni ogohlantirishim kerak. Kelinligimdagi 3 kunda Jungkook mendan anchagina gap olishga urundi ammo udasidan chiqolmay Yaponiyaga ish bilan ketdi. Bugun uni turqini ko'rmaganimga 4 kun bo'ldi...

Bugun ko'chaga chiqishim mumkin va men qaynonamni rozi qilgancha uydan chiqib ketdim. Jeonlar mashinasida Tashkilotga kelib xaydovchiga javob berib yubordim. Tashkilot ostonasiga qadam bosganimda hamma meni iliq qarshi olib atrofinga yig'ilishdi. O'z yaqinlaring bilan diydor qanchalar yoqimli. Hamma bilan so'rashib bo'lganimdan so'ng akamning xonasiga yo'l oldim. Akamni birinchi marta qog'ozlar ustida gangib turganini ko'rib kulib yubordim. Chunki doim qog'oz ishlari menga tegishli bo'lgan.

Shia: qog'ozbozlik sizga anchagina yarashibdi yosh janob
Taehyung: sizga ham kelinlik yarashganidek Jeon xonim

Akam doimgidek salomga ysrasha alik oladi. Hech qachon yon bermaydi. Akamni sog'inib ketganim tufayli hech ikkilanishsiz uni bag'rimga bosdim. Jigarim qondoshimning issiq bag'rida yana o'zimni his qilib anchagina yengil tortdim. Sog'inchlarimizni qondirganimizdan so'ng akam bilan o'rindiqqa joylashdik.

Taehyung: ahvollaring qalay? Qiynalmayapsanmi?
Shia: yo'q hammasi joyida
Taehyung: anavi nusxa senga tazyiq o'tqazmayaptimi? Agar nimadur bo'lsa menga darhol xabar qil
Shia: u hozir uyda emas. Menga ham hech narsa qilgani yo'q
Taehyung: yaxshi... nimadur yangilik bormi
Shia: ha... ularning maqsadi bizni yo'q qilish. Menimcha ular bizning ishlarimizdan oz-moz xabardor
Taehyung: qanday bilding
Shia: qaynotam va Jungkookning suxbatini eshitib qoldim. Uning menga uylanishidan maqsadi ham aynan shu. Ular Tashkilot haqida bilishmoqchi. Jungkook bir necha kun meni siquvga olmoqchi bo'ldi
Taehyung:... tashkilotni ko'chirish kerak
Shia: ha shunday. Ammo bu shubha uyg'otishi mumkin
Taehyung:... sekinlikda ko'chiramiz. Buni otam bilan maslahatlashamiz
Shia: ha shunday qilamiz.
Taehyung: unda sen qo'rg'onga boraver meni ishlarim bor
Shia: men ham ishlamoqchiman uyda zerikdim. Otamning oldilariga birga boramiz
Taehyung:... unda mana ol o'zingni ishlaringni.
Shia:... men aldagandim
Taehyung: menga farqi yo'q. Bu qog'ozlar miyamni aljitib tashladi.

Akamning jinnicha yangragan ovozidan jilmaygancha qog'ozlarni olib o'z xonga yo'l oldim.

Xonamga kirishim bilanoq kimdir belimdan qattiq tortib devorga yopishtirib lablarim ustida kaftlarini qo'ydi. Jahlim chiqqancha bu surbet kimligini bilish uchun endi unga e'tibor qaratib qotib qoldim. Qarshimda menga avval mehr bilan boqqan ko'zlar endilikda g'azab alam bilan tikilardi. U astalik bilan kaftini lablarim ustidan olib masofani uzmagancha shunchaki menga tikilib turardi. Go'yoki hammasi yolg'onmidi? Nega meni aldading degandek menga o'tinch g'azab nomus bilan qarab turardi. Ha men uni sindirdim. Yuragini tilka pora qildim. G'ururini yer bilan bitta qildim.

Unga qadalgan ko'zlarim unung ko'zlaridagi qorong'ulikka asr tushgandek hech qanday harakatsiz qotib qoldim. Hayolimni yig'ishga sabab bo'lgan ovoz - eshikning qulflanishidan chiqadigan tovush bo'ldi. Eshil tomonga boshimni burganimda uning kaftlari yuzimdan ushlab o'ziga qaratdi va gspira boshladi.

Jihoon: osonmidi?... bizdan... sevgimizdan kechish shunchalar osonmidi? Nega ketding? Bizni tashlab nega ketding?... Ketar ekansan nega hayotimga kirding?... Nega ko'z o'ngimda boshqasini qo'lidan tutding?... Mendan nima istading?... Qo'lidan faqat seva olish keladigan nochor yigitdan nima xohlading?... Gapir
Shia:... kechir
Jihoon: kechir? Sen xudbinsan... yana osonlikcha kechirim so'rayapsan... Bilasanmi mana bu yerim nima deyapti... qo'y unga indama, qiynama, men haliyam uni sevaman deyapti. Unga ozor berma. U yig'lamasin azoblanmasin deyapti. Eshityapsanmi sen ikkiga bo'lgan yuragim yans seni deya urib kuyinyapti.

Kaftimni yuragiga bosgancha alam bilan gapirayotgan sevgilimga qarab ortiq o'zimni ushlab o'tirma olmadim. Uning alam bilan aytayotgan jumlalari sababli ko'zlarimdan yosh tomchilashni boshladi. Men uni qattiq qiynadim. Juda qattiq azob berdim... lekin endi afsuslanishga haqqim yo'q... men yo'limni tanlab bo'ldim...

Jihoon mendan nimadur deyishimni kutar edi. Bilaman u nima deyishimni istashini... yana unga sevishimni aytishimni istaydi. Hoziroq uning quchog'iga kirib uzur so'rab u bilan birga bu yerlarni tark etish taklifini berishimni istaydi... ammo yo'q... mendan javob eshitmagach yelkalarimdan siqib

Jihoon: nimadur de. Iltimos Shia. Meni yana azoblama. O'tinaman
Shia:... endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi... meni kechir Jihoon. Mendan umidingni uz...
Jihoon:... yo'q... yo'q... hech qachon. Sen menikisan. Ering kim bo'lishidan qat'iy nazar.

Jihooning ko'zlaridan yosh chiqib yuzlarini nam qildi. Yosh to'la ko'zlarini ko'zlarimdan olib pastlasha boshladi va nigohini lablarimda to'xtatdi. Titrayotgan lablarimga tezlikda o'z lablarini bosib meni yanada devorga tiragancha bo'sa ola boshladi. To'satdan sodir bo'layotgan hodisa tufayli gangib qotib qoldim. Jihoon esa mendan havo tortib olayotgandek lablarimni shimib o'par edi. Bir qo'li belimda ikkinchi esa bo'ynimda. Unga qarshilik qilib yelkasidan itara boshladim. Ammo uni joyidan siljitib bo'lmas edi. Unga javob qaytarmaslikka bor vujudim bilan harakat qildim va uddaladim. Mendan javob ololmagan Jihoon lablarini lablarimdan uzib bo'ynimga boylashib so'rib o'pishni boshladi. Yoqamni pastga tushirgancha yuzini borligicha bo'ynimga ko'mdi. Uning labpari tegayotgan joy juda qattiq achishib og'riq berdi. Bor kuchimni yig'gancha oyog'imni ko'tarib qorniga zarba berib o'zimdan itarib yubordim. Bo'ynimga qo'limga etganimda terim bir achishib og'riq berdi.

Shia: sen aqldan ozdingmi?
Jihoon: sen tufayli... sen meni shunday qilding
Shia: hoziroq ket... chiqib ketπŸ—£
Jungkook:... ShiaπŸ—£

Eshik ortidan Jungkookning ovozini eshitib birdan muzlab qoldim. Ichkarida men Jihoon bilan yolg'iz... u aniq bu safar uni o'ldiradi. Jihoon esa menga kulib qaragancha o'rindiqqa joylashdi.

Jihoon: eshikni och ering keldi
Shia: Jihoon nimaga bunday bo'lib qolding. Iltimos ket. O'zingga muammo orttirma
Jihoon: menga qiziq... sen eringga qanday javob berasan

Jihoon qay paytda bunchalar o'zgarganini anglay olmay qoldim. Nega u bunday qilyapti? Nahootki u hali Jungkookni nimalarda qodirligini anglamadi. Og'ir yutungancha eshikka qaradim. Jungkook eshik ortida meni ismimni bot bot takrorlardi. So'ng to'satdan eshikni zarb bilan taqqillata boshladi. Men bir eshikka bir Jihoonga qarab tursr edim. Eshik taqqillashi endilikda kuchaya boshladi. Jungkook ichkaridan javob ola olmagach eshikni tepib sinfirishga harakat qila boshladi va uni uddaladi. Jungkook eshikni buzib ichkariga kirdi.

4-qism tugadi.
#Jeon_Shia
@Glamour_fanfic