MONSTER UNDER THE BED EP 7
Yarim kecha uyiga qaytgan Jungkook kiyimlarini yechgancha to'g'ri kelib dushga kirdi. Alkagol ta'sirida bo'lganligi sababli gavdasini to'g'ri tutolmay vanna ichiga bor bo'y basti bn cho'zildi. Tanasi bo'ylab sachrayotgan sovuq suv tufayli qizib turgan badani sovib o'zini yengil his qila boshladi. Boshini orqa tashlab to'zlarini yumib ikki qo'lini boshini orqasiga qo'yib yostiq vazifasini bajardi. Bir necha o'tayotgan daqiqalar natijasida mudrayotgan Jungkook qo'llarida boshqa bir qo'l taftini sezdi. Ammo bularga hayolda bo'lyapti deya e'tibor bermay yotishda davom etdi. Begona qo'llar yigitning qo'lini kishanlagancha vanna ostiga mahkamladi. So'ng tanasi bo'ylab silayotgan o'sha qo'llar ahiyri Jungkookni ko'zlarini ochishga erishdi. Jungkook suv sachrayotgani sababli tepasida turgan uzun sochli qizning yuzlarini ko'ra olmadi. Qizning qo'llari esa uni yuzidan silab badanani bo'ylab pastlay boshladi. Vannani aylanib o'tgan qiz egnidagi kastyumini yechib qomatini bilintirib yurgan qora ko'ylagida yigitning oldiga tushdi. Jungkook irillagancha boshini qayta ortga tirab ko'zlarini yumib ehtirosdan jilmaydi. Ko'zlaridan namlik ketib ravshanlashayotganini sezgan yigit ularni asta sekin ochayotganida ular qayta yumildi. Qiz etagidan bir tutam yirtib olib yigitning ko'zlarini bo'gladi. Jungkook uning telbanamo qiliqlaridan kulimsiragancha gap boshladi.
- faqat sen zavqlanasanmi? Menga ruxsat yo'qmi?
- sen uchun ham o'zim zavqlanaman sevgilim.
- bu extirosli xonim kim bo'ldi ekan?
- meni juda yaxshi taniysan ammo hayolingga keltira olmaysan.
Qiz yigitning preslaridan silagancha yuqorilab o'ynoqi barmoqlarini uning tanasiga botirib naqsh qoldirardi. Oppoq terida qolayotgan qizil chiziqli naqshlar yelkagacha borib to'xtadi. Yigit tobodo extirosdan hirillagancha nafas olar ekan qizning endiki harakatlari uni shoshirib qo'ydi. Qiz Jungkookning bo'ynidan mahkam bir qo'li bilan siqib uni bo'ynini vanna to'sig'iga tirab lablariga yaqin keldi. Lablar orasida hech qanday joy qolmadi. Qiz uning lablariga tegincha tishlari orasida vishilladi.
- boshqalarga ham huddi shunday senga teginishiga yo'l qo'yib berdingmi? Senga hech qachon aql kirmasligi rost. Lekin bilib qo'yginki mem ham hech qachon to'xtamayman. Senga qaragan, tegingan, his qilganlarni har birini kipriq qoqmay o'ldiraman... ammo ohirida seni ham yo'q qilaman. Meni shungacha etmasang bo'lgani.
- demak meni pinhona oshig'imsan azizam. Nega unda o'zingnii ko'rsatmayapsan? Oldimga kelmayapsan?
- vaqt keladi. Meni ko'rasan. Ammo o'sha paytda sen ortga qadam tashlay ololmaysan. Mendan qocha olmaysan.
Qiz ortiq gapirmadi. Og'ziga uyqu dorini joykab Jungkookning lablariga labini bosib tiloda turga dorini uning og'ziga joylab ichkariga itardi. Jungkook og'zida aylanayotgan achchiq dorida yuzi burishib uni yutmaslikka harakat qildi ammo bo'lmadi. O'zi bilmagan holda nafas olaman deya yutib yubordi. Buni payqagan qiz labini yigitnikidan olib vanna ichidan chiqdi. Doridan karaxt holga kelgan yigit asta sekin tanasini yengil qo'yib uyquga ketdi. Qiz esa vannaga oqayotgan suvni o'chirib uning qo'lini yechib uyni tark etdi. Jungkook esa bu tunini dushda uxlab o'tqazdi.
Majlislar zalida hamma bir stol atrofida o'tirib majlisni boshlashdi. O'tirganlar davrasiga kech qolgancha kirib kelgan Jungkook salom bermasidan birdan aksirib yubordi. Ko'rinishidan betibligini ko'ringan yigitni qiymashni istamagan qiz shunchaki zaharli nishtarlari bilan cheklandi. Majlis tugar chog'ida bir aksiyador va Kimlarning ko'p yillik qadrdoni Shiyaga norozilikcha gap boshladi.
- Kim xonim, endi ishdan tashqari ammo juda muhim masalani ham gaplashib olsak.
- eshitaman Janob Song
- men sizni har qanday holatda qo'llab quvvatlayman. Lekin qulog'imga chalingan bir necha gaplardan men ham xavotirdaman.
- maqsadga o'tavering.
- kampaniyamiz ohirgi 2 oy ichida anchagina zarar ko'rib kelmoqda. Oldingi statistikamizga qaraganda hech qanday foyda qolmayapti. Bunga sababchisi siz bo'lishingiz mumkin.
- asos yoki dalilingiz bormi.
- ohirgi vaqtlarda boshingizdan fojiali voqealar arimayapti. Avtohalokatga uchrashingiz, bir necha uyingiz yonishi, borgan hamkorlik ishlari bo'yicha safarlaringizda chiqqan yong'inlar va ohirgisi bir necha kun oldin yuz bergan kotibangiz qotilligi. Menimcha siz kampaniyaga kulfat keltirasiz.
- nima sizningcha u bularni atayin qilyaptimi - suxbatga jig'ibiyron Jungkook aralashdi.
- bunday demoqchi emasman Janob Jeon
- siz aynan shunday deyapsiz Janob Song.
- ya'ni aytmoqchimanki bir necha yilga kampaniyani tark eting Kim xonim. Sizning burj jadvalingizni tekshirtirganimizda hozirda va kelasi yillar ichida sizni omadsizlik ta'qib etadi.
- barchasi safsata - ensa qotirib kursiga suyangancha go'ldiradi Jungkook.
- odob saqla Jungkook... ho'p mayli. Endi menga aytingchi Janob Song men ketsam o'rnimga nomzodingiz bormi?
- nomzor yo'q xonim. Ammo katta aksiyador sifatida men boshqarib tura olaman.
- menining jadvalimni tekshirtirgan ekansiz o'zingiznikini ham tekshirgandirsiz. Sizningcha meni hech narsadan xabarim yo'q shundaymi? Otamni hurmati sizga hozircha indamay turgan edim. O'zingiz gap boshladingiz. Kampaniyadan chiqayotgan kamomatlarning barchasi sizning yangi qurilishingizga ketayotgandan xabarim bor. Qolgani esa sizning xushtorlaringizni kam-ko'sti uchun. Bularni o'zingiz tan olib tinchgina kampaniyadan ketasiz. Yoki men sizni sudga beraman.
- K.kim xonim men.
- oqlashni va ortiqcha gapni keragi yo'q. Buni oy yulduz quyoshni arqlashtirishdan oldin o'ylash kerak edi. Xonangizga borib aksiyadan vos kechish arizasini 3 xil nusxada yozib qoldiring. Kelib ovora bo'lishingiz shart emas. Hammaga hayr.
Shiyaning tezlikda yangragan buyrug'idan so'ng barcha xonani tark etdi. Xonaga qolgan 3 yigit va qiz yengil nafas olgancha bir birlariga tikilishdi. Tomog'ini xo'llab olgan qiz Jungkookka qarata gapira boshladi.
Shiya: nega yana kech kelyapsan?
Jungkook: sal betibligim sabab tura olmagandim. Uzur boshqa qaytarilmaydi.
Shiya: shu so'zdan rep qo'shiq aytsang bo'laf ekan
Jungkook: kesatmay qo'ya qol.
Dylan: mayli endi asosiy masalaga o'ta qolaylik.
O'rtadan yorib chiqqan Dylan qo'liga telefonini olib katta ekran moniyori oldiga borib uni sozlab telefonini uladi. Monitorda paydo bo'lgan kamera yozuvlarini birma bir ko'rsatib gapira boshladi.
- bu o'sha kungi kampaniyada kotiba yurgan joylardan olingan kamera yozuvlari. Aytarli shubhali joylarda bo'lmagan ammo arxivda bir necha uzoq daqiqalarga qolib ketgan. Va huddi shu vaqtda u yerda Jungkook ham bo'lgan. U bilan nimalarni gaplashgan edingiz Jungkook? U senga mobodo qandaydir g'alati xodisa haqida gapirmaganmidi?
To'sattan unga qaratilgan nigohlardan o'zini noqulay sezgan Jungkook kresloga tashlagan gavdasini ko'tarib ikki qo'lini jipslashtirgancha stol ustiga qo'ydi. Birma bir unga qaratilgan juft ko'zlarga qarab qarab chiqib ohirida Shiyaga duch kelib unga ko'p qarab turmay o'sha kunni yodga oldi. O'sha kuni gaplashishdan boshqa hamma ishni qilganini aniq ravsham eslab turgan yigit hozir ularga nima deb javob qaytarishni bilmay qoldi. Ularga nima deya oladi? U yerda u bilan jinsiy aloqa qilmoqchi edim deydimi? Uning sukutidan jig'ibiyron bo'la boshlagan atrofdagolar zo'rg'a o'zlarini bosib turishar ammo Shiya emas.
Sabr kosasi to'lib bo'lgan qiz zaharxandalik bilan gap tashladi.
- nima shuncha ko'p gaplashganmidingiz eslab ohiriga yetolmay qolding
- unday emas
- unda qanday? Nimani gaplashdingiz u bilan?
- biz shunchaki gaplashdik. Qandaydir shubhali narsa yo'q edi.
- o'zi aniq gaplashganmidingiz? - shubha aralash ensa bilan so'radi Dylan
- menimcha bu qiziqqon yigitchamiz unga ham ko'z suzib yo'ldan ozdirgan. So'ng buni bilib qolgan o'sha vaxshiy telba qizni gumdon qilgan - qo'llarini ko'ksiga boylab barchasini to'g'ri tahmin qilgan qiz Jungkookka qarab bir qoshini uchirib tikildi.
- biroz mos keladi.
- demak 100 foiz shunday - shubhalarni bartaraf etib qayta Dylanga etiborini qaratdi.
- davom et Dylan
- kechki paytga kelganda Chungha to'satdan chiqish eshigi tomon ketayotib yo'nalishini o'zgartiradi. Orqa ombor tarafga o'tib qorong'u kameraga shunchaki qora tasvir bo'lib muhrlangan yerga boradi va u yerdan qayta chiqmaydi. Eng qiziq va yoqmaydigan ta'rafi o'sha manyak bemalol kampaniya ichida yura olayotgani va xohlagan ishini amalga oshirayotgani bo'lmoqda. U hattoki sengacha yetib keldi.
- Jungkook bilan uchrashmayotganimizga ham ancha bo'lgan bo'lsada u meni taqib etyapti. Bu yerda yana nimadir bor deya o'ylayman.
- to'g'ri chunki ohirgi paytlarda Janob song aytgani kabi sendan balolar arimayapti. Mening fikrimcha bunga uni ham aloqasi bor.
- men ham shuni o'ylab qoldim.
- Endi uni ushlash uchun nima qilamiz? - suxbatga aralashdi Jihoon
- tuzoq qo'yamiz - Qat'iy ravishda xitob qildi qiz
Doimgi vaqtida tungi klubga kelgan Jungkook atrofga e'tibor bilan qarab so'ng eshikdan ichkariga qadam qo'ydi. Tanish chehralar bilan iliq salomlashgancha har xil ichimliklar makoni bo'lgan bardan joy egallab tevarak atrofga nazar tashladi. Har tomondan tushurilgan chiroqlar, musiqaning baland ritmiga monand raqs tushayotgan yoshlar barcha barchasi yoshlikning bebosh davri timsoli edi. Jungkook birma bir hammadan ko'zini uzmay nigoh tashlab ketayotib jamoa azolarining turgan o'rinlarini o'rganib bosh silkib qo'yib o'zini erkin tutdi. Oradan vaqt o'tar Jungkook o'zini doimgidek tuta boshladi. Har doimgidek mast qiluvchi ichimliklardan ichib mast bo'lishga ham ulgurdi. Gavdasini zo'rg'a tutgancha o'rnidan turib davra o'rtasida undan ko'z uzmay raqsga tushayotgan qizning oldiga kelib u bilan birga ohangga mos tebrana boshladi. Qizning ochiq beliga qo'lini yugurtirib mahkam siqqancha o'ziga tortdi. Qiz munkib ketgancha yigitning qaynoq nafasining ostiga kelib qolib eridi. Tim qora qorachiqlar orasiga chuqurroq tikilib ochik ko'ksidan qo'lini yugurtirib bo'yniga yaqinroq tortilib bo'sa qoldirdi. Jungkook ko'zlarini yumgancha yuqoriga boshini ko'tarib ko'zlarini yumib jilmayib irilladi. Qiz asta sekin qo'llarini yuqorilatib yigitning bo'ynidan o'rab uni yuzini o'ziga qaratdi. Lablariga tashnalikcha tikilib sekin o'z lablarini extirosli yalab tishladi. Jungkookning ensa o'ynoqi qo'llari allaqachon qizning yupasiga ostiga etib mayin silay boshlagandi.
Bu manzarani jirkangancha tomosha qilayotgan qiz hoziroq ko'zlarini oqib tushishini istar edi. U bir paytlar qanday qilib bu suyuq yigitni sevganini tushuna olmay qoldi. U oldindan shunday edimi yoki ular ajralishganidan so'ng shu darajaga yetdimi. Nigohini uni qayt qilishga undayorgan juftlikdan olib boshqa joyga qaratdi. Qizning bezovta harakatlarini bir zum bo'lsada ko'zdan qochirmagan Dylan gap boshladi.
- senga kelma degan edim.
- menda hammasi joyida.
- unday ko'rinmayapsan.
- mendan e'tibor bermay boshqa shubhali qizni qidir
Qat'iy va asabiy yangragan buyruqdan so'ng Dylan yuzini davraga qaratdi va birma bir odamlarni kuzatayotgan chog'ida ular kabi bir guruh odam ham Jungkook va narigi qizni kuzatayotganini payqadi. Shiyani asta e'tibor tortmay durtib pichirladi.
- ular shu yerda
- hamma tayyor tursin. Jungkookni va anavi qizni tezroq orqa eshikdan olib chiqish kerak
Shiya shisha to'siqdan uzoqlashib nari ketib qolganlarga sekin imo qilib buyruq berdi. Dylan sezdirmay turib orqa eshik tomon yo'l oldi. Jungkookni kuzatib turganlardan ko'z uzmagan Shiya ularni harakatga kelganini payqab sarxush yigit bilan quloqchini orqali bog'lanmoqchi bo'ldi.
Shiya:Jungkook! JUNGKOOK!
Jungkook: meni ismimni qayerdan bilasan go'zalim - burni ostida unga suykalayotgan qizga qarab chaynalgancha gapirdi
Qiz: men seni ismimningni ayttimmi?
Shiya: hoy ahmoq bu menman.
Jungkook: ovozing buncha yoqimli bo'lmasaya.
Jungkook haddan ziyod mast bo'lganligi sababli qizga batar suykalar Shiyaning ovozini eshitadi ammo anglamaydi. Bundan jig'ibiyron bo'lgan qiz kallasiga kelgan fikrdan o'zi jirkandiyu ammo qilishga majbur. Shiya ovozini pastlatib nozlangancha gapira boshladi.
- azizam yur birgalikda qolganini uyda davom etamiz
- bajonidil roziman.
- unda orqa eshikdan chiqamiz. Meni quchib ol
Jungkook qo'li ostidagi qizni mahkamroq belidan siqib orqa eshikka eltuvchi yo'lni arang izlab topib o'sha tomonga qizni sudradi. Yigitga shunchaki ergashayotgan qiz uning yelkasiga bosh qo'ygancha indamay ketar edi. Ikkisi bir biriga suyangancha chiqib ketishar ekan Jungkook qizni sal bo'sh qo'yib ichki cho'ntagidan sigaretasini chiqarib tutatdi. So'ng eshikka suyalgan stulga o'tirib biroz nafas rostlay boshladi. Qiz esa unga tushunmagancha tikilar ekan yigitga asta sekin yaqinlashib uni tizzalarini birlashtirib o'tirdi. Keyim esa Jungkookning lablari orasidagi tamakini olib o'zining lablari orasiga etib sekin tortib yigitning yuziga qarata tutunni jo'natdi.
Jungkook miyig'ida tabassum qilgancha ustida o'tirgan qizning yarim ochiq ko'kraklariga qo'l yugurtirib ularni yashirib turgan 1 dona tugmani yechishga qaror qildi. Tuga yechilib qora to'rli ichki kiyim ostidan qizning ko'kragi ko'rinish berganidan so'ng qiz to'sattan yigitning lablariga yopishib chuqur bo'sa ola boshladi. Jungkook esa iahida to'xtamay qiznjng bo'salariga javob qaytarar ekan qiz birdan harakatda to'xtab qoldi. Ko'zlarini yumib bo'sani davom ettirayotgan Jungkook yuziga sirpanib tushgan suyuqlikdan ko'zlarini ochdi. Yuzma yuz turgan qizning peshonasidan oqib tushayotgan qip qizil suyuqlik uni bir mjddat gangitib qo'ydi. Qizni o'zidan sal uzoqlashtirib yuziga yaxshiroq tikilganida uni o'lganini anglab ustidan otib yubordi. Stuldan turib hech narsaga tushunmay boshini mahkam siqqanida atrofiga birdan odamlar yig'ildi. Ularni orasidan Dylan chiqib kelar ekan yerda yotgan qizning jasadini ko'rib Jungkookka qarab o'kira ketdi.
- TUMSHUG'ING OSTIDA O'LDIRIB KETISHDI. O'LDIRGUNGACHA QARAB TURDINGMI AHMOQ. ODAM HAM SHU DARAJADA AYOLLARGA SUYAGI YO'Q BO'LISHI MUMKINMI?
- m.men b.bilmay qoldim. Qanday bo'lganini tushunmay qoldim
- Jin ursin... Shiya qayerda... Shiya aloqaga chiq... Shiya
Dylan qulog'idagi quloqchin orqali Shiyani chaqirar ammo undan hech qanday javob kelmas edi. Hayoli kelgan fikrdan tanasi muzlagan Dylan boshini sarak sarak qilgancha klub ichkarisiga kirib ketdi. Qiz o'tirgan barcha joyni izlab uni topa olmadi. Shiya qayerga ketdi? Uni o'g'irlashdimi yoki?
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics