January 7

π’π„π‘π„ππˆπ“π˜ [ 𝐨𝐳𝐨𝐝π₯𝐒𝐀 ]

π—¦π—˜π—₯π—˜π—‘π—œπ—§π—¬πŸ³
[𝐨𝐳𝐨𝐝π₯𝐒𝐀]

2-ep

Yelkasidagi qo'l kiyimini siypalab tushurar ekan Shia o'ziga kelib ortiga o'girilaman deganda ikkinchi qo'l ham belidan o'ralib Shia butunlay harakatlana olmay qoldi. Jarohati ustidan qo'llar o'tganligi sababli u og'irdan nola qilib yubordi. Shuncha u ochiq qolgan yelkasida endi lablarni his qildi. Shia hozir qavas ichidagi qush misolidek edi. Na qocha oladi na qarshilik. Agarda hozir sog' salomat bo'lganida ortida turgan kimsani yanchib tashlagan bo'lar edi. Shia joni og'risada uni qo'lida o'yinchoq bo'lishni istamay harakatdan to'xtamas edi.

Shia: meni qo'yvor
Jungkook:... bu gunohku
Shia: meni hoziroq qo'yib yuborasan aks holda...
Jungkook: aks holda o'ldirasan shunaqami?
Shia: oddiy o'lim topmaysan
Jungkook: xurkak tulkicha
Shia: o'zingga tilab olding

Shia bir qo'lidan chiqarib olib uni yoqasidan ushlab tortdi bir oyogi bilan esa oyogini qattiq bosdi. Jungkook Shia yoqasudan uahlab tortgan tomonga og'ib qolganida bir qo'li bilan javondan ushladi ammo yiqilmadi. Shia paytdan foydalanib uning quchog'idan chiqib olib ko'ylagining old tugamalarini qayta qadab endi ortiga o'girilganda Jungkook uni ko'tarib yotoqqa otdi va ustiga o'zi chiqib oldi. Ikki qo'llaridan tutib yuziga yaqin keldi va

Jungkook: seni nozigimlardan deb o'ylagandim
Shia: har doim ham hamma narsa o'ylaganingdek bo'lmaydi
Jungkook: amin bo'ldim
Shia: mendan nima istaysan qo'yib yubor
Jungkook: shartlarimga rozi bo'lsang qo'yib yuboraman
Shia: rozi bo'lmasamchi
Jungkook: aqlliligingga shubham orta boshladi
Shia: yaxshi qo'yib yuborma... TAEHYπŸ—£....

Shia endi bor ovozi bilan qichqiraman deganda Jungkook uning lablariga o'zinikini bosdi. Shia ko'zlarini xonasidan chiqqudek kattalashtirdi. Tulkisimon ko'zlari hozir ohunikidek kattalashib lablaridagi taftni qabul qila boshladi. Jungkook tobora chuqurlashib uning lablari orasiga kira boshladi. Kaftlaridagi nozik bilaklardan yuqorilab nozik barmoqlar bilan o'zinkini birlashtirdi. Shia ikki qo'llari tepaga mahkamlanganda o'ziga kelib tipirchilay boshladi. So'ng tanasini qimirlatolmay boshini har tomon silkitib lablarini uni lablaridan ajratib oldi va boshini yon tomonga qaratdi. Jungkook jilmayib uni yuzidan yana bir marta o'pib qo'ydi.

Jungkook: uyalib kettingiz miledy
Shia: tarbiyasiz ustimdan tush
Jungkook: bajonidil

Jungkook uni qo'yib yuborib o'rnidan turib yotoqqa suyandi. Shia ham unga olaqarash qilib turib uning qarshisida turdi.

Shia: nega bunday qilding
Jungkook: seni uningni o'chirishning yo'li shu. Lekin afsuslanmadim lablaring menga yoqdi
Shia: axloqsiz
Jungkook: nima desang ham farqi yo'q. Xullas muddaoga o'tsak. Menga turmushga chiq
Shia: tushingni borib suvga ayt
Jungkook: demak rozisan
Shia: sendek axloqsiz kimsa bilan hech qachon hayotimni bog'lamayman
Jungkook: demak bu ohirgi javobing
Shia: huddi shunday
Jungkook: menga boshqa chora qoldirmading
Shia: qo'lingdan kelganini qil

Shia so'zini yakunlab o'rnidan turib eshik oldiga borganida Jungkookning ovozi xona bo'ylab yangradi

Jungkook: Park Jihoon 22 yoshda kambag'al oila farzandi. Ota onasi oddiy dehqon. Hozircha nochor ahvolda. Tirikchilik va o'qish maqsadida aravakashlik qiladi.... vaa... Kim oilasining qizini sevadi

Shia ortidagi ma'lumotlarni eshitib ko'zlari xonasidan chiqqudek kattalashdi. Hayrat va g'azab bilan borib o'tirgan Jungkookning yoqasidan olib

Shia: undan uzoq yur
Jungkook: sevgilingdan xavfsiray boshladingmi
Shia: undan uzoq yur ohirgi va 1chi ogohlantirishim shu
Jungkook: yaxshi uzoq turishim evaziga nima olaman
Shia: joningni
Jungkook: yo'q yo'q yo'q bu kamlik qiladi
Shia: iflos
Jungkook: hey qizaloq tilingga erk berma
Shia:
Jungkook: xullas nima demoqchiligimni tushunding. Menga turmushga chiqsang uni hayoti yaxshilanadi va uni tinch qo'yaman aks holda.... oilasi bilan birga yo'q qilaman
Shia:...
Jungkook: o'ylab ko'r xurkak tulkicham

Jungkook uning peshonasidan o'pib chiqib ketayotganda birdan eshik oldida to'xtab

Jungkook: bu yerdagi gap tashqariga chiqmaydi degan umiddaman

Jungkook ko'z qisib tashqariga kattalar o'tirgan bog' tomon qsytib ketdi. Shia endi hammasini tahlil qila boshladi.

Pov Shia

O'zi shu shayton yetmay turgan edi. Nega aynan men. Nima bu aqldan ozganmi? Jihoonga endi nima bo'ladi? Uni qanday qilib uni qo'lidan qutqaraman. Akam va otamga aytolmayman. Ular bilishsa hammasi teskari ketadi. Yo tangrim endi nima qilaman. O'zing yo'l ko'rsat

Shia hayoliga bir reja keldi ammo bu juda qaltis va oilasining bunga bo'ladigan muomalasi uni qo'rqita boshladi. Lekin tavakkal qilib ko'rmoqchi. Balki bu reja ish berib qolar. Shia shu hayollar og'ushida turganida og'riqlari yana o'zini borligini eslatib tanasi bo'ylab yugurdi. Shia javonda qolgan bintni qo'liga olib yana qayta yotoqqa qaytdi. Kiyimlarini yechib tashlab jarohatini tozakab yana qayta uni bog'ladi. Qon bo'lgan kiyimlarini tashlab yuborib yangisini kiydi va mehmonlar oldiga qaytdi.

Pov Jungkook

Bu qanaqa qiz bo'ldi -a? Shunchalik ham qaysar bo'ladimi. Qarashinichi huddi seni yutib yubiraman degandek tulki ko'zlari bilan jiddiy boqadi. Boshqa qiz bo'lganda allaqachon o'zi quchog'imga kirgan bo'lardi. Lekin... uning jasorati... qarshiliklari... lablari... ey aqlingni yig' Jungkook. Sevib qolma. Ahmoq bo'lma

Jungkook o'zining fikridan o'zi boshini sal durtganida yengida yaltirayotgan namlikka ko'zi tushdi. Qo'lini pastga tushurib qoshlarini chimirib uni nimaligiga qiziqa boshladi. Barmoqlarini o'sha xo'llikka tekkazib ko'rib qonligini tushundi

Jungkook: bu qon... qayerdan keldi menga? Qonga aloqador hech nima qilmadim shekilli

Jungkook yana hamma joyiga etibor bera boshladi va ikkinchi yengida ham qon izlarini ko'rdi.

Jungkook: bu nimasi endi

Jungkook o'ylar ekan nimalar qilganini eslay boshladi. Qon hali yangiligi uchun ohirgi soatlarni xotirlay boshladi va birdan Shia bilan bo'lgan voqea uning xayolidan o'tdi. So'ng u birdan nola qilgan yeri va belidan quchgani yodiga keldi va hammasini tushundi

Jungkook: demak bu jarohat sendanmi? Lekin qanday? Senda nimadir bor Shia xonim

Jungkook cho'ntagidan dastro'molini chiqarib yengini artib oz bo'lsada tozalab stol atrofiga kelib qo'ndi. Oradan ko'p o'tmay Shia ham safga qo'shildi. Ular dasturxon atrofiga yig'ilganida Junghoon yana gap boshladi.

Junghoon: gaplashib oldingizmi yoshlar
Jungkook: ha ota
Junghoon: xo'sh natija qanday?
Jungkook: rozim..
Shia: o'ylab olishga kelishdik
Junghoon: juda soz qizim albatta to'g'ri tanlov qilasan deb umid qilaman
Shia: albatta janob
Junghoon: unda yaxshi. Endi biza tura qolsak
Taehwa: bu kecha mehmon bo'linglar
Junghoon: yo'q boshqa safar Yaponiyadan bugun kelgandik hammamiz toliqqanmiz.
Taehwa: unda mayli
Junghoon: unda hayr do'stim

Hamma o'rnidan turib bir biri bilan hayrlashishdi. Janob Junghoon va Taehwa bir birlarini quchib hayrlashishdi. Ketar chog'ida Jungkook Shiaga qarab ko'zini qisib jilmaydi va mashina oldiga o'tirdi. Uning tirjaygan aftini ko'rgan Taehyung esa ensa qotirib singlisiga qaradi va

Taehyung: u senga yoqdimi
Shia: albatta yo'q
Taehyung: menga ham
Taehwa: kettik bolalar
Shia: ho'p bo'ladi

Oilaviy hamma qo'rg'on ichiga kirib xonalariga tarqalishdi. Taehwa do'stini taklifini chuqur o'ylashga kirishdi. Bu tun osuda o'tdi.

Erta tong

Shia miriqib uxlab yotganda xonaga uning enagasi yani mas'ul xizmatchi kirib uyg'otdi. Shia ham g'ingshib nolib zo'rg'a uyg'ondi. O'ziga qarab jarohatini parvarishlab nonushtaga tushdi. Hamma dasturxon atrofiga yig'ildi va tanovul qila boshlashdi. Hech kim bir birga indamas faqatgina sanchiqi va likopchalsrning jaranglagan tovushi hukm surar edi. Nonushta tugallanishiga oz fursat qolganda. Janob Taehwa gap boshladi

Taehwa: bugun nima qilmoqchisiz bolalar
Taehyung: men tashkilotga ketaman va qolgan mahsulotlarni tayyorlatib reja tuzaman
Shia: men ham tush payti tashkilotga o'taman
Taehwa: biror ishing bormi

Shia: ha dugonalarim bilan ko'rishmoqchimiz
Taehwa: mayli... bugun meni boshqarmaga chaqirishibdi.
Taehyung: nega dada
Taehwa: yangi soliqlar joriy qilinayotgan emish va tashkilotdan ham ehtiyot bo'ling tashkilot ham xavf ostuda
Shia: tashkilot? Nima uchun
Taehwa: Junghoom bekorga kelmagan bo'lsa kerak deb o'ylab qoldim
Taehyung: himoyani kuchaytiramiz unda
Taehwa: yaxshi fikr muhimi o'zingizni sezdirib qo'ymang
Taehyung: yaxshi
Taehwa: Shia
Shia: xa ota
Taehwa: bugun kechga ertaroq qayt senda gapim bor
Shia: ho'p ota

Nonushta va suxbat ham yakunlandi. Janob Taehwa ham qo'rg'onni tark etdi. Shia oddiyroq kiyinib chiqdi va qo'rg'ondan endi chiqayotgan akasini ko'rib oldiga keldi va

Shia: tashkilotgani
Taehyuung: ha xohlasang yo'ldan tashlab ketaman
Shia: yo'q shart emas o'zim yetib olaman
Taehyung: jarohating qalay o'zingni ko'p uruntirma
Shia: bugun ancha yaxshiman mendan xavotir olmang
Taehyung: yaxshi agar charchasang tashkilotga kelib o'tirma
Shia: ho'p

Aka singil xayirlashishdi. Taehyung mashinaga o'tirib ketdi. Shia ham piyoda manzili tomon ketdi.

Pov Shia

U rozi bo'larmikan taklifimga. U juda qaysar eshshakdan batar qaysar. Unga balki boricha aytarman. Aytsam shunda ko'nar

Shia va Jihoon sevishganlar bo'lganiga 1 yilga yaqinlashdi. Jihoon aslida o'zini Shiaga mos emas deb o'ylaydi. Chunki Jihoon past tabaqa vakili ammo Shia oqsuyaklardan. Shiaga esa buning umuman farqi yo'q. U shunchaki yuragi buyurganini qilib uning amriga quloq tutdi. Yuragi shu faqir yigitni sevdi. Shia uchun Jihoondan boy kimsa yo'q. Bunga sabab Jihoonda pok qalb va sevgi bor. Huddi shu narsalar bor odam dunyodagi eng boy insondir.

Shia piyoda yurib ko'chalar oralab ketar. Ko'p yurgani uchun belining pastki qismida og'riq turib jarohati yana uni bezovta qila boshladi. Ozroq tin olib ko'chadagi odamlarni tomosha qilib yana manzili tomon yo'ldi. Vanihoyat manziliga kelib ter to'kib ishlayotgan sevgilisini ko'rib yuziga tabassum yugurdi. Uni mashaqqatli mehnatini tomosha qilar ekan undagi qiyinchiliklarni tanasida his etgandek bo'ldi. Shia ortiq turmay katta katta yuklarni ko'tarib egilgan sevgilisining yukini bir tomonidan ko'tarib oldi. Jihoon ko'zlari kattalashib u bilan baravar yuk ko'targan qizni o'zidan uzoqlashtirib yon atrofga qarab uni qo'lidan ushlab tinch omborxonaga olib kirdi va uni so'raqqa tuta boshladi

Jihoon: bu yerda nima qilayapsan
Shia: senga ham hayrli tong
Jihoon: bu yer senga to'g'ri kelmaydi
Shia: sen bo'lgan har qanday joy menga to'g'ri keladi
Jihoon: Shia nega bunday qaysarsan
Shia: shunchaki

Shia mayin tabassum qilib qoshlarini tepaga ko'tardi. Jihoonning ham lablari kulib uni qo'llaridan ushladi. Bag'riga bosmoqchi bo'lganida kir ust-boshi esiga tushib shunchaki uni qo'llaridan ushladi. Shia esa uning hijolat bo'layotganini sezib o'zi uni pinjiga kirib belidan mahkam quchdi.

Jihoon: hoy ahmoq qiz kiyimlaring iflos bo'ladi
Shia: menga farqi yo'q shunchaki sen ham meni quch
Jihoon: tentak qiz

Jihoon uni peshonasiga lablarini bosib mahkam bag'riga bosib ko'zlarini yumib tin oldi. Shu tariqa oz fursat turishganidan so'ng Shia Jihoonning bag'ridan chiqib yuklar ustiga joylashishdi. Shia Jihoonga qanday tushuntirish bilmay lablarini qimtib yerga qaradi. Jihoon uni ko'zlariga qarab tushunishga harakat qilar ekan Shia esa ko'zini yerdan uzmas edi. Ahiyri Jihoon gap boshladi.

Jihoon: nima bo'ldi
Shia:...
Jihoon: Shia
Jihoon: h.ha
Jihoon: nega birdan mayuslanib qoling
Shia: senga bir gap aytishim kerak ammo sen bunga ko'nmaysan
Jihoon: qanday gap
Shia: xullas boshidan aytsam... otamning bir do'sti menga uylanmoqchi

Jihoonning qoshlarini chimirilib qo'llarini musht qilib tugdi. Shia uni qo'llaridan ushlab

Jihoon: sen nima deding
Shia: gapimni ohirigacha eshit... men unga rozilik bermadim...ammo... ammo u menga sen bilan tahdid qildi
Jihoon: nima
Shia: men ham shunga hayronman
Jihoon: xo'sh keyinchi
Shia: xullas... sen bizning tashkilotga ishga joylashishing kerak. Ko'z oldimda bo'lsang ancha hotirjam bo'laman. Iltimos faqat rad etma. Seni yo'qotishni istamayman. U meni tinch qo'yguncha iltimos

Endi bir nuqtaga tikilish navbati Jihoonga keldi. Bir tomondan Shianing gaplariga ham jon bor. Ikkalasi bir joyda bo'lishsa ularga hech kim tega olmaydi va Shiaga kimningdir ko'z olaytirishiga yo'l qo'ymaydi. Jihoon o'ylab bo'lib xavsalasi pir bo'lib xo'rsingan qizga yaqin kelib yuzini kaftlari orasiga olib rozilik alomatini bildirub bosh silkib mayin jilmaydi. Shia ham uni roziligidan quvonib darrov yigitning quchog'iga o'zini otib qattib quchoqlab

Shia: rahmat sevgilim rahmat seni sevaman
Jihoon: men ham seni sevaman... lekin sen oddiy rahmat bilan qutila olmaysan

Jihoon quvonchdan yuzi kukib turgan qizni o'ziga qaratib ayyorona jilmaydi. Shia uning ko'zladiga haytar bilan qarab turardi. Jihoon labiga ishora qilib ko'zlarini yumdi va

Jihoon: qani bo'laqol
Shia: shu shartmi?
Jihoon: bo'lmasamchi

Shia og'ir yutinib yigitga yanada yaqin keldi. Yelkalariga qo'lini qo'yib sekin sekin unga yaqinlasha boshladi. Shianing nafasini sezgan Jihoonning tabassumi asta sekin kamayib borardi. Shia ham ko'zlarini yumib yigitning lablariga o'zinikini bosib 10 soniyalik bo'sani berib darrov ortga qaytdi. Qiz uyalganidan pamidor kabi qizarib ketdi. Jihoon teng tabassum qilib ko'zlarini ochdi va

Jihoon: ertaga tashkilotga boraman
Shia: sen uchun ish o'rni topib qo'yaman
Jihoon: o'zingga yaqinroq joy bo'lsa mayli

Shia bosh irg'ib yugurib bu yerdan chiqib ketdi. Jihoon esa yuzida kemg kulgu bilan omborda qoldi. Hursandligidan boshini chyqagan yigit lablarini yalab qo'ydi. Shia tez tez qadamlar bilan u yerni tark etdi. Hayolida esa ahmoqona harakati hech yodidan chiqmay qoldi. Tashkilotga kelib Jihoon uchun ish o'rni ochdi. Uni keladigan yuklar uchun mas'ul shaxs mirzalik ( hisob kitobdek ish) lavozimini tayyorladi

Kechki payt

Shia ohiri bo'lib tashkilotdan chiqdi. Endi mashinaga o'tirib haydovchiga qaraganda ko'zlari kattarib ketdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki rulda Jungkook o'tirar edi. U Shiaga vaxshiy nigohlari bilan qarab

Jungkook: hayrli kech bo'lajak xotinim
Shia: s.sen
Jungkook: ha... men

Jungkook qo'lida tayyorlangan uyqu dori surilgan ro'moncha bilan qizni xushidan ketkazdi. Shia qancha harakat qilmasin urunishlari foydasiz edi. Ohirgi ko'rgan manzarasi Jungkookning unga qadab turgan telbanamo kulgusi edi

1-ep tugadi

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic

π—¦π—˜π—₯π—˜π—‘π—œπ—§π—¬πŸ³
[𝐨𝐳𝐨𝐝π₯𝐒𝐀]

3-ep

Jungkook qo'lida tayyorlangan uyqu dori surilgan ro'moncha bilan qizni xushidan ketkazdi. Shia qancha harakat qilmasin urunishlari foydasiz edi. Ohirgi ko'rgan manzarasi Jungkookning unga qadab turgan telbanamo kulgusi edi.

Shia to'lig'incha ko'zini yumganidan so'ng. U qayta ruliga qaytdi. Uni mahkam siqib mashina orqasida yotgan qizga ko'z tashladi va otasi aytgan gaplarni esladi.

Fleshback

Junghoon: boshqa ilojimiz yo'q o'g'lim
Jungkook: undan foydalanishimiz shartmi
Junghoon: boshqachasiga Kim xonadoniga yaqin bo'la olmaysiz.
Jungkook: bunaqasiga ham bo'la olmaymiz
Junghoon: Taehwa qizining qo'limizdaligida hech nima qila olmaymi. Yapon hukumati bizdan shuni talab qilmoqda
Jungkook: meni unga uylanishim bilanmi?
Junghoon: Koreani boshqachasiga qo'lga olish mumkin emas. Bu ilojsiz.
Jungkook: Taehwa shundoq ham yaponlarga xizmat qiladiku
Junghoon: yo'q u bir kun kelib otasini yo'lini tanlaydi bu aniq. Hozir balki jim yurib kuch to'playotgandir. Maxfiy xufyona ayg'oqchilarimizning gapiga qaraganda bir kuchli amaldor kambag'allarga yordam berib pul tarqatayotgan ekan.
Jungkook: buni nimasi qo'rqinchli
Junghoon: kallangni ishlat. Agar o'sha Taehwa bo'lib chiqsa aholi o'ylab o'tirmay u tomon o'tib yana katta qo'zg'olon bo'ladi. Natijada Korea yana Yapon mustamlakasidan chiqib ketadi.
Jungkook...
Junghoon: shuning uchun sen unga uylanasan. Qizni nima qilib bo'lsada ko'ndir... HAR QANDAY YO'L BILAN

Fleshback tugadi

Jungkook: har qanday yo'l bilan...har qanday

Jungkook mashinani o't oldirdi va haydab ketdi. Oradan 15daqiqa o'tganda ular manzillariga yetishdi. Bir kichik uy oldida to'xtashdi. Jungkook mashining orqa tomoniga o'tib uni ochdi. Shiani oyog'idan tortib o'ziga yaqinlashtirib belidan tutib ko'tarib oldi. Uyga olib kirib yotoqxonaga olib kirdi. Ortiga qaytib eshikni qulfladi.

Erta tong

Taehyung kecha kech bo'lganda tashkilotga qaytub Shiani kutib uxlab qoldi. Ammo u kelmadi. Uyga ham bormagan. Taehyung turib singlisining xonasiga o'tdi ammo yo'q. Endi ko'nglini g'ul-g'ula egalladi. Otasi uni so'raganida tashkilotda degandi. Ammo u yo'q. Taehyung hovliga chiqib hammani so'roqqa tuta boshladi. Ammo hammada javob bir hil. Hech kim Shiani ko'rmagan. Taehyung hamma odamlarini oyoqqa turgazdi. Hamma katta kichik ko'chalarni ko'zdan kechirishga tushdi.

Erta tongdan kirishgan ishiga peshin bo'ldiki habar yo'q. Bir iz ham yo'q hattoki. Hafsala bilan tashkilotga qaytgan Taehyung o'z xonasiga kirdi. Ertalabdan beri tuz totmay singlisini izlaganidan hattoki suv ichishni yodidan chiqardi. Labi va og'iz bo'shligxi qurib ketganidan 1 qultim suvni zo'rg'a o'zini majburlab ichdi. Go'yoki kimdir hayolida singling azoblamayotgan bo'lsa sen qanday suv ichisan? Derdi. Yorilishga tayyor turgan boshini qisib ko'zlarini yumdi. Peshonasini barmoqlari orasiga olib siladi. Shunda tashqaridan bir kishi xovliqib kirdi

Xizmatchi: kichik janob kichik janob
Taehyung: nima bo'ldi
Xizmatchi: kichik xonim keldilar.
Taehyung: nima

Taehyung sapchib o'rnidan turib ketdi. Quloqlariga ishonmay tashqariga otildi. Ko'zlari faqat bir jismni izlardi. Darvozadan endi kirgan qizni ko'rib yuziga tabassum va bir barakayiga xavotir oraladi. Uni oldiga shoshib kelayotganda esa ortidagi yigitni ko'rib qoshi chimirilub qadami sekinladi. Shianing yuziga qaraganida labi chetidagi tirtiqni ko'rib g'azablandi. Hatto o'zi uyoqda tursin onasi ham chertmagan qizni lablarida yara bor edi. Taehyung g'azab otiga minib Jungkookka tashlandi. Uni ustiga chiqib olib do'pposlay ketdi. Jungkook esa hech qanday reaksiyasiz shunchaki zarbalarni qabul qilardi. Shia bir muddat hech nimaga tushunmay qoldi. So'ng quturgan sherday yerdagi yigitga yopiishgan akasini siltab torta boshladi.

Shia: Taehyung to'xtang... AKAπŸ—£
Taehyung: nariroq tur
Shia: to'xtasangizchi aka

Shia bir amallab uni tortib oldi. Qolgan xizmatchilar yordamida albatta. 2tasi esa yerda yotgan Jungkookni turishiga ko'maklashishdi. Shia akasining qarshisiga turib

Shia: nega uni uryapsiz
Taehyung: u senga tegindi shundaymi?. U seni olib kettimi? Shu iflos seni urdimi
Shia:...u... u meni qutqardi
Taehyung: nima

Taehyungning g'azabdan qizargan yuzi ranggiga qayta boshladi. G'azabidan musht bo'lib tugilgan qo'llari yoyildi. Shianing ko'zlariga savol tariqasida qaradi.

Shia: u meni qutqardi. Meni o'g'irlashdi. U esa meni qutqarib qoldi. Kiyimlarim bir ahvol bo'lgani uchun tashkilotga ham qo'rg'onga ham borolmadim. U menga yordam berdi
Taehyung: rostanmi
Shia: ishonmasangiz jinoyatchilar qamoqda. Jungkook ularni qamatdi

Taehyung bir muddat hech nimaga tushunmay qoldi. Miyyasi esa ma'lumotlarni analiz qila boshladi. Bir Shiaga bir Jungkookka qarab qoldi. So'ng Jungkookka yaqinlashib uzur so'ragandek sal bosh egdi

Taehyung: manzur tutasiz Janob Jeon
Jungkook: qo'lingiz biram qattiq ekanki
Taehyung: uzur so'rayman aybimni yuvishga tayyorman
Jungkook: bir iltimosim bor qilasizmi
Taehyung: har qanday ishga tayyorman
Jungkook: unda birovni do'pposlashdan avval unga hech bo'lmganada aybini aytib uring
Taehyung:... yaxshi
Jungkook: singlingizni topshirdim endi keta qolay
Taehyung: sizga kattakon rahmat
Jungkook: sizga ham mushtlaringiz yuzimni bezab qo'ydi

Jungkook Shiaga bir qarab tashkilotni tark etdi. Taehyung esa u ko'rinmay qolishi bilan Shia tomin o'girilib uni so'roqqa tutdi.

Taehyung: nega seni o'g'irlashdi maqsadlari nima ekan
Shia: otam tufayli
Taehyung: otam?
Shia: ha uni xalq dushmani deb hisoblaydiganlardan bir guruhi o'g'irladi va meni o'ldirmoqchi bo'lishdi
Taehyung: Jungkook u yerda qanday paydo bo'ldi
Shia: biz boshida birga edik... keyin ajralishdik. Buni hammasi shunday keyin sodir bo'ldi.

Taehyung: u bilan nega uchrashding
Shia: menda gapi borligini aytdi. Shuning uchun birga edik
Taehyung:...qanchalar xavotir olganimni bilasanmi. Kimdan so'rasam hammasi ko'rmadim deydi
Shia: rostan ham ko'rishmadi
Taehyung: hozir ahvoling qanaqa?
Shia: ancha yaxshiman
Taehyung: qo'rg'onga qaytib damingni ola qol. Bu yerni o'zim eplayman
Shia: yo'q yaxshisi birga qaytamiz. Mening ham ishlarim bor
Taehyung: tashkilotdan tashqaridami?
Shia: yo'q shu yerni o'zida
Taehyung: yaxshi ketar vaqtimizda o'zim seni olib ketaman
Shia: yaxshi

Shia xonasiga kirayotganda oldiga bir mayda toah kelib tushdi. Shia toah uchib kelgan tomonga qarab Jihoonni ko'rdi. Shia uni ko'rib nimalar qilganini ham unitgan edi. Jihoon unga shirin tabassumi bilan qarab turar edi. Shia ham mayin jilmayib unga xonamga deya ishora qildi. Jihoon bosh silkidi. Shiani ortidan xonasiga kirdi va uni ortidan quchoqlab oldi. Shia og'riqdan ingrab yubordi. Jihoon darhol uni qo'yib yubordi. Shia tirsaklarini ushlab stolga o'tirdi. Jihoon esa uni tizzalari oldida tis cho'kjb og'riqdan burushgan yuzlariga qaradi. Yuziga tushgan sochlarini olib

Jihoon: kechir qattiq og'riyaptimi
Shia: yo'q uncha emas
Jihoon: nima bo'ldi o'zi
Shia: shunchaki bir anglashilmovchilik
Jihoon:...og'rimayaptimi
Shia: yo'q... sen qachon kelding
Jihoon: 1 soat avval. Seni yo'q deyishdi ammo akangni kutishimni aytishdi
Shia: haa... seni sarxisob bo'limiga qo'yamiz
Jihoon: vazifamchi
Shia: kelgan va chiqarilgan mollarni hisoblab borasan. Kirim chiqim ham bo'ynibgda bo'ladi. Bulardan xabaring borku shundaymi
Jihoon: ha albatta
Shia: akamni oldiga borib men aytganlarimni ayt
Jihoon: bo'ldimi? Bori shumi?
Shia: ha yana nima kutganding
Jihoon: nega menga bunday ters muomala qilayapsan
Shia: Jihoon balki senga tuyulayotgandir.. ammo juda qattiq charchaganman
Jihoon:.. nima desang shu men kettim
Shia: 1chi ish kuningda omad tilayman
Jihoon: rahmat

Jihoon o'zini majburlab jilmayib chiqib ketdi. Shia ham sal jilmayib uni kuzatdi. Jihoon xonani bo'shatishi bilan yengini ko'tarib ko'karib zada bo'lib sal iringlagan yarasiga qarab lablarini tishladi. Tanasida huddi shunday jarohatlar talaygina edi.

Shia: sen telbani hali yo'q qilaman. La'nat bo'lsin senga Jeon Jungkook

Kechki payt

Taehyung va Shia qo'rg'onga qaytishdi. Kech qaytishgani uchun to'g'ri xonalariga chiqib ketishdi. Shia xonasiga kirib kiyimlarini alishtirib bo'lishi bilan bir xizmatchi kelib uni otasi kutayotganini aytdi. So'ng Shia otasining xonasiga kirib salomlashdi. Otasi ham iliq salomlashib uni oldiga o'tirishini aytdi.

Shia: tinchlikmi ota
Taehwa: ha qizim
Shia: nega unda kech bo'lganda chaqirib qoldingiz
Taehwa: ...men xudbinman... senga bu gaplarni qanday aytishni bilmayapman. Qabul qilmasang ham xafa bo'lmayman
Shia: nima bo'ldi ota
Taehwa:... seni do'stimning o'g'liga turmushga bermoqchiman... faqat meni tingla... bundan bir reja tuzdim. Agar sen ularni uyiga kelin bo'lib borsang sen ham yapon hukumatining reajalaridan xabardor bo'la olib ularni yaqinroq yana bir qismi bo'la olishing mumkin. Meni o'ylaganlarim amalga oshsa bechora yurtdoshlarimizni bu zolimlarning qo'lidan ozod qila olardik. Bobongning orzusini bajara olardik... albatta sening yordamingda... bu men uchun og'ir. Yuragimning yarimi bo'lgan qizimni qonxo'r bo'rilar krasiga tashlash... men...
Shia: men roziman ota
Taehwa: rozisan?
Shia: shu paytgacha men nimayiki istasam baribi so'zsiz bajo qildingiz. Nimayiki xohlasam barchasiga erishishimga ustun bo'ldingiz. Har on xohlaganimdanda ziyoda qildingiz. Nega unda siz mendan birgina iltimos qilasizu men buni qabul qilmayman

Janob Taehwaning ko'zlariga yosh keldi. Kechagina etagidan tutib uni ortiga yashiringan jajji malikasi ulg'ayib haqiqiy qirolicha bo'lgani uni yuragida o'zgacha tuyg'uni barq urdirdi. Taehwa qizini bag'riga bosib

Taehwa: rahmat meni malikam. Rahmat
Shia: yig'lamamg ota hozir men ham yig'lab yuboraman
Taehwa: sendek jasur qizim borligidan faxrlanaman
Shia: men esa sizdek otam borligidan

Shia otasi bilan yana biroz suxbatlashib o'tirdi. So'ng xonasiga qaytdi. Xonaga kiriboq lablarini to'sib ko'zlarini achishtirgan achchiq ko'z yoshlarni qo'yub yubordi. Yer bilab birlashib og'zini to'sgancha baqirib yig'lay boshladi.

3-ep tugadi.

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic

Yangi rasm topishga ulgurmadim guys. Keyingi epdan yangi rasm topib qo'yaman❀️maroqli mutoala