July 21

SERENITY | EP 9

Ep 9

Janob jeonning o'limi haqidagi ovozalar butun Koreya bo'ylab tarqaldi. Shu hisobdan Shiya va Kimlar oilasi ham bundan xabar topishdi. Erining bu dunyodan ko'z yumganini eshitgan Jeon xonim alamdan oh tortib uvvos solgancha yig'lab o'zini oldib qo'ydi. Kechki payt Jeonlar qo'rg'oni yig'ilgan barcha yaqin qarindoshlar-u birodarlar taziya bildirgani yig'ilishdi. Janob jeonning tanasini qora tuproqqa qo'yishganidan so'ng barcha asta sekin tarqala boshladi. Otasining ohirgi manzilga kuzatib qaytgan ko'yi Jungkook hech kimga ko'rinish bermadi. Bir xonaga qamalgancha bir nuqtadan ko'z uzmay huddiki haykaldek qotib turar edi. Musht tugilgan kafti soniyaga bo'lsada ochilmasdi.

Qo'rg'onda faqatgina Kim oilasi quda taraf sifatida qolib yelkadosh bo'lishdi. Kim xonim Jeon xonim bilan ovora Janob kim va Taehyung esa keldi ketti bilan ovora bo'lib qolishdi. Tushkunlikda tushgan eridan xabar olgani kirgan qiz eshikni ochiboq sovuq zulmat va etni junjiktiradigan sukunat bilan yuzlashdi. Qorongxu xonadan erini izlab deraza yorug'idan sal ko'rinib turgan yuzini ko'rib uni ilg'aganidan so'ng oldiga asta sekin qadam tashlay boshladi. Ammo Jungkook qilt ham etmadi. Shiya ohista kelib Jungkookning oldiga egilib o'ng tarafidan joy oldi. Yarim yuz tarafdan turgancha uni kuzatar ekan yigitning qizarib turgan ko'zlarida hattaki kipriklari ham harakatsiz turardi. Shiya sekin yigitning musht tugilgan qo'lidan silab uni diqqatini o'ziga qaratishga muvaffaq bo'ldi. Jungkook hech qanday hissizlarcha bir middat tililib uni oldida tis cho'kib turgan qizni kimligini anglab yuziga sekin xotirjamlik yugurdi. Kafti ustiidagi qo'llarni mahkam tutib labiga bosib asta bosib turib ko'zlarini yumdi. Shiya uni qanchalar ich ichidan singanini his qilib turar, uni yana oldingi holatiga qaytarishni xohlar edi. Ammo o'xsharmikan? Yigit kishini yiqitadigan holatlardan biri u suyanib turgan ustunning to'sattan yo'qolishi. Balki u mustaqaildir, balki haqiqiy erkak bo'lgan bo'lishi mumkindir. Ammo biroq otaning o'rni doim unga kemtiklik qiladi. Qandaydir maslahat yoki boshpana endilikda Jungkookni tark etdi.

- Jungkook, keling biroz nimadir yeb oling.
- achinarliman shundaymi?
- unday emas siz kuchlisiz Jungkook.
- menjng eng achinarli ahvolim hozir namoyon bo'lmoqda. Men otamsiz ham o'zimni eplay olaman. Menga uni yordami kerak emas deya o'ylar edim. Lekin qattiq adashgan ekanman. Meni mendek ushlab turgan qalqonim otam ekan.
- Jungkook otangiz hozir siz bilan emasdir to'g'ri lekin siz u bo'lib yashaysiz. U siz bilan birga yashashda davom etadi. Mana bu yerda.

Shiya ikkinchi bo'sh qo'lini Jungkookning ko'ksiga qo'yib ko'rsatar ekan. Jungkook qiz ishora qilgan joyga qaragancha bir muddat tikilib qayta qizga nigohini qaratdi.

- seningcha shundaymi?
- albatta shunday.

Shiya nim tabassum qilib o'rnidan turib erini qo'lini wayta tutgancha tashqariga nimadir yeb olishga undadi. Uni majburlagancha olib chiqib stol oldiga o'tqazib biroz bo'lsada taomlanishga undadi. Jungkook endigina 4chi qoshiqni og'ziga eltayotganiga eshikdan bir necha odamlar kirib kelishdi. Yigit ularni ko'rib luqmasini qayta joyiga qo'yib o'rnidan turdi. Ularning oldiga borib so'roq qilishni boshladi.

- kim qilganini topdingizmi?
- o'sha kuni hovlidagi barcha isyonchilarni ushlab qamadik. Ammo ularning hech biri qilmaganini takidlamoqda.
- bo'ri ham og'zi qon bo'lsada o'txo'rman der ekan. Hammasini olib kel. Hovliga tiz.
- ho'p bo'ladi.

Suxbatni eshitib turgan Shiya erining oldiga kelib uni yoniga turgancha savol berdi.

- nima bo'lyapti Jungkook?
- otamning qotilini topmoqchiman. Qasos olmay o'tqazgan har kunim men uchun xarom
- Jungkook bu yaxshi ish emas
- sen aralashma. Xonaga bor.
- amm..
- senga xonaga bor dedim

Jungkookning qorayib ketgan nigohifan hurkib ortga qadam tashladim. U niyyatida qat'iyligi ko'zlaridan ma'lum. Indamay itoatkorona bosh egib u aytganidek xonamga chiqib ketdim. Oradan bir necha vaqt o'tgaznidan so'ng hovlida g'ala-g'ovur boshlandi. Qiziqqancha derazadan hovli tomon nazar tashladim.

Bir nechta qo'li kishanlangan aholini kaltaklagancha kis cho'ktirib hovloga tizishdi. Jungkook otasining qotilini isyonchilar orasidan izlayapti.

Hovliga ko'rinish bergan erimning gavdasini ilg'ab uning keyingi harakatlarini kuzata boshladim. U qo'liga qamchi olishi bilan etimda uchmagan tuk qolmadi. Qiynoqqa solib ularni jonini og'ritgani bilan ular qotil bo'lmay chiqishsachi? Bu bevaqt boshimizga tushgan fojia endi nish urayotgan Jungkookning qalbidagi mehrni yanchib tashlayapti. U yana oldingi holatiga qaytayapti.

Jungkook hech o'ylab o'tirmay qatordagi ilk odamni qamchi bilan kaltaklay ketdi. Bor ovozida baqirgancha erkakga zarba bergancha savol berar edi.

- GAPIR. OTAMGA KIM BOLTA SANCHI? GAPIR IFLOOOS🗣
-m.men e.emas m.men emas

Joni yonib azoblanayotgan erkak to'lg'ongancha zarbalarni qabul qilib olar ekan baqirib yig'lagancha uni urayotgan yigitning savoliga ro'y rost javob berardi. Unda aldash uchun sabab ham imkon ham yo'q.

Keyingi nishoniga o'tgan Jungkook qo'lidagi qurolini almashtirdi. Katta ignani to'qmoqni qo'liga olib navbatdagi qurboni do'pposlay boshladi. Bu zarbalarga chiday olmagan keyingi qurbon tezlikda jon berdi. Ularni birin ketin o'ldirish foydasizligini fahmlagan Jungkook pastada yotgan ayanchli jasadga qo'lini bigiz qilgancha qolganlarga qarata uqtirib savol berdi.

- itdek o'limni ravo ko'ruvchi xohlovchilar bo'lsa marhamat mening otamnjng qotini aytmasligingiz mumkin
- Jungkook nimalar qilyapsan?

Jon jahti bilan ovozlardan yugurib kelgan Janob Kim kuyoving qo'liga yopishib undagi qonli qurolni yulqib olib cherga uloqtirdi. Asabiy labini tishlagan yigit qaynotasiga orqa o'girib sochlarini ortga tarab o'zini bosgancha tishlari orasidan zaharxanda gapirdi.

- sizga nima? Xo'sh xurmatli qaynotam.
- esingni yeb qo'ydingmi? Junghoon shuni istagan bo'larmidi?
- otam hech qachon qasosni narigi dunyoga qoldirmagan. U sizga o'xshamagan edi janob Kim
- hozir umuman o'zingda emassan. Borib xonangga chiqqinda damingni ol
- men aynan hozir o'zimdaman. Siz esa borib choydan xo'plab dam oling qaynotajon
- to'g'ri muomala qil Jeon - suxbatga ortiq jim qarab turishni istamagan Taehyung oraga qo'shildi. Janob Kim uni to'xtatishga urunmasin Taehyung yaqinroq kelgancha uning qarshisiga turdi. Ikki yigitni faqatgina janob Kimning qo'ligina ajratib turar edi.

- sen kelding-u kemtikligim to'ldi. Yaxshiyam sendek hira pashsha tanishim bor.
- Taehyung o'zingni bos o'g'lim. U hozir o'zida emas. Uni tushunishga harakat qil.
- menga achinish ko'zi bilan qarashni to'xtatib uyga kiring. Ishimga aralashmang. Buni iltimos qilmayapman. Bu buyruq.

Mansablar o'rtasidagi jangdan ortiq hech narsa deya olmagan Janob Kim o'g'lini jahlidan sovutib uni jo'natib yuborib o'zi voqea joyida qoldi. Kuyovining oldiga turgancha unga taklif bilan murojaat qildi.

- balki men urunib ko'rarman? Tinch so'roq qilish yo'llari ham bor. Qolaversa ular men bilan yaxshirow kelishishadi.
- ... sazangizni qaytarmayman. Urunib ko'ring.

Jungkook mazahona xitob qilib o'rnini janob Kimga bo'shatib berdi. So'roq davomida " biz qotil emasmiz"dan nari o'tmagan maxpuslar boshqa gap umuman aytishmadi. Sabr kosasi to'lib bo'lgan Jungkook to'pponchasini chiqarib hammani biring ketin otib tashlayotganida ohiridagi odam shart o'rnidan turib Jungkookka tikka bostirib kelgancha yuziga tupurib ichidagi bor gapni to'kib sochdi.

- AGAR OTANG BIZ ISYONCHILARDAN BIRIMIZNING QO'LIMIZDAN O'LIM TOPGAN BO'LSA BUNDAN FAQATGINA SHOD BO'LA OLAMIZ. BIR IFLOS CHIYA BO'RINING O'LIMI BIZ UCHUN HAM YUTUQDIR. SEN HAM HUDDIKI OTANG KABI CHIYA BO'RILARDEK O'LAKSA YEB QAYT QILGANCHA O'LIB KET🗣

Jungkook yuzidagi tomchilarni sidirib tashlab qo'lidagi to'pponchani uloqtirib qarshisidagi dir dir titrayitgan erkaknjng bo'g'zidan ushlab yiqitib ustiga chiqib olgancha musht tushura ketti. Og'iz-burnini qonga to'ldirganidan so'ng g'azabdan quturgan yigit orqa cho'ntagiga qistirilgan o'tkir tig'li hanjarni chiqarib o'ynab o'tirmay qorin bo'shlig'idan sanchib bo'g'zigacha keltirib o'rnidan turdi.

Qon bo'lib ketgan yenglarini shimarib peshonasidagi terni artib yerda joni uzulayotgan yigitning ustiga tupurib uning gaplariga javob qaytardi.

- qul eding qulligingcha o'lyapsan.

Jungkook ortiga burulganda stolga suyanib qolgan qaynotasiga bir ko'z tashlab uy ichi tomon yo'l oldi. Yo'lak bo'ylab ketar ekan uni nimadir xonasining derazasiga qarashga undadi. Tepada Shiya barchasiga guvov bo'lib turganini ko'rib bir muddat o'ylanib qolgancha yo'lida davom etdi.

Pov Shiya

Xona eshigi zarda bilan ochilganida bir uchib tushdim. Ostonada esa qo'llari qonga belangancha turgan erimni ko'rib tanam yana bir muddatga muzlab qoldi. U esa menga bir marta ham qiyo boqmay egnidagi qon kiyimni yechib polga tashladi. Hozir gapirishning mavridi emas deya o'ylamayman. Temirni qizig'ida bosgan ma'qul.

- Jungkook, endi tugadimi?
- nima tugashi kerak? - g'o'ldiradi.
- yetarlicha qon to'kildi. Balki yetar shunchasi.
- yetmaydi. Bu kam. Qotil topulmagungacha davom etadi.
- balki u allaqachon o'lgandir. Shunisini o'ylab ko'rdingizmi? Begunoh odamlarning jonini olgandan nima naf?

Ustimga to'sattan bostirib kelgan erim meni devorga tiragancha ko'zlarimga chuqur tikilib bor g'azabini tishlari orasidan chiqardi.

- bu sening ishing emas. Qaytaraman seniki emas. Har qadamda burun suqib jahlimni chiqarishni bas qil Shiya.
- men haq gapni gapiryapman. Agar o'sha odam allaqachon o'lgan bo'lsachi?
- o'lgan bo'lsa jasadini ho'rlash mumkin. Ko'milgan qabridan chiqadib quyoshda qurutaman. Chirigan go'shtlarini o'laksaxo'rlar yeyishini tomosha qilishni istayman. Bo'ldimi? Yetarlimi suyukli xotinim?

Zaharhandalikda yangragan gaplardan jirkanib uning tanasidan o'zimni uzoqlashtirdim. Ammo u meni qayta devorga qattiq tiragancha qon kafti bilan iyagimdan mahkam siqdi. Jag' suyagim qattiq og'riq berganidan baquvvat qo'llarga yopishdim.

- kimni bunchalar himoya qilishga urunyapsan? Yoki o'sha iflos qotil bilan tiling birmi?

Zaharhandalikda yangragan gaplardan jirkanib uning tanasidan o'zimni uzoqlashtirdim. Ammo u meni qayta devorga qattiq tiragancha qon kafti bilan iyagimdan mahkam siqdi. Jag' suyagim qattiq og'riq berganidan baquvvat qo'llarga yopishdim.

- kimni bunchalar himoya qilishga urunyapsan? Yoki o'sha iflos qotil bilan tiling birmi?
- siz aqldan ozibsiz - iyagini siqib turgan qo'lni siltab tashlab gapida davom etdi.
- siz uchun hamma dushman. Har bir kimsa sizga tuzoq qo'yishga, oetingizdan pichoq urishga shay shundaymi Janob Jungkook? Kimdir sizga to'g'ri yo'l ko'rsatmoqchi bo'lsa, u xoyin. Agarda realistik qarash bilan tushuntirmoqchi bo'lsa, boshingizga tushgan ishlarga aloqador bo'ladi. Nima uchun ich ichingizdan hech o'ylay ko'rmaysiz. Balki u rost aytayotgandir deya. O'zimni bosib o'ylab ko'rarman deb nima uchun fikr yuritmaysiz. Sababi bormi?
- bu uchun isboting bormi? Buni o'sha qo'zg'olonchilar qilmaganiga biroz bo'lsada daliling bormi?
- dalilim yo'q ammo xalq ham ahmoq emas bir odamni o'ldirib ohiri yomonlik bilan tugashini bilib turgan bo'lsa. Ular kimlargadir zarar yetkazishgandir ammo Yaponiya amaldorini chopib tashlaydigan darajada ahmoq emas.
- unda nima qil deysan? - bir nuqtadan ko'z uzmay.
- sizga gapirishdan ma'ni yo'q. Baribir meni tinglamaysiz. Darrov o'z fikringizga qaytib xoyinga chiqarasiz.

Haligacha og'riq berayotgan iyagimni silab ortimga o'girildim. Ortiq unda bir so'z deyishni ham istamayman. Yotoq oldidagis tolda turgan tosh oynamni olib dastro'mol yordamida qolib ketgan qon yuqilarini artib tashladim. Past jag'im tishlari hali ham og'riq bermoqda. Ko'zgudan ko'zlarimni uzmay turganimda Jungkook ortimdan kelib belimdan quchdi. Oyna uzra yumilayotgan ko'zlarini tomosha qilib uni qayta joyiga tashlab belimdan o'ralgan qo'llar ustidan o'zimnikini qo'yib mayin siladim. Baquvvat qo'llarga qarash uchun boshimni pastga egdim. Ularda hali ham qon izlari bor va ular ust kiyimimga ham bulg'andi. Kutilmaganda quloqlarim ostida yumshoq lablarni sezdim. Jungkook mayin bo'ynda bo'salarini qoldirib chuqur sochlarimdan hidlagancha oldingi jahldor ovozidan vos kechib mayin ovozda tilidagi so'zini chiqardi.

- meni kechir.
- ... hammasi joyida...

Ertangi kun.

Kutilmagan chaqiruvlar ko'pligi sababli, erta tongdan Jungkook yana markaz tomon yo'l oldi. Barcha amaldorlar ketma ket yig'ilib o'z joylarini egallashdi. Jungkook oldida bo'sh turgan otasining o'rniga bir muddat tikilib e'riborini odamlarnjng bildirayirgan taziyalariga qaratdi. Koreyaga biriktirilgan Gubernator stol atrofidan o'z joyini egallab so'zlashni boshladi.

- avvalambor nutqimni Janob Jeonning o'g'liga taziya bildirish bilan boshlayman. Jungkook otangiz eng yaxshi va sodiq odamlarimizdan biri edi. Hamdardlik bildiraman.
- rahmat janob Gubernator.
- sog' bo'ling. Endilikda masalaga o'tsak. Hozirda front orti uchun oziq-ovqat va kiyimga bo'lgan ehtiyoj yo'q. Ammo oldimizda qish. Zahiralarni ko'paytirishimiz va tezlikda yana askarlar yig'ishimiz darkor.
- janob gubernator gapirishga ruxsat eting - o'rnidan turib gapirdi 1 kishi
- ruxsat.
- bir mecha kun oldin ro'y bergan qo'zg'olondan so'ng oddiy xalq bu buyruqlarga rozi bo'lisharmikan. Hozirda ahvol ham tang.
- buni mendan so'rayotganingizga ishona olmayapman Janob Min.
- men aytmoqchimanki, balki biroz ularni o'zlariga kelib olishlari uchun vaqt berarmiz.
- 1 soatdan qanday xabar keladiyu, qanday talofat yuz beradi buni bilmaymiz. Shu sababkintezlikda harakat qilishimiz lozim. Vaqt berishga haqqimiz yo'q. Buyruq shunday.

Yig'ilish tugaganidan so'ng, hamma birin ketin markazni tark eta boshladi. Zinalardan asta sekin tushib kelayotgan Jungkook tamakisini tutatib mayda qadamlar bilan tushib ketar edi. Uni ortidan turib yelkasidan tutgan kimsa to'xtatib qoldi. Jungkook qoshlarini chimirgancha ortiga o'g'ilib uni to'xtatgan odamni ko'rib uyilgan qoshlari batar uyulib yelkasidagi erkakni qo'lini olib tashladi. So'ng ensa qotirgancha erkakka qarata savol berdi.

- tinchlikmi janob Park? Menda nimangiz qolib ketibdi?
- shunchaki, odamgarchilik yuzasidan ta'ziya bildirmoqchi edim.
- keling yo'q narsalar haqida gaplashmaymiz.
- yaxshi yaxshi. Ta'ziyamni qabul qil. Otang yaxshi inson edi.
- bu so'zlarni otamning ashaddiy dushmanidan eshitish naqadar yoqimli.
- kel, barcha ginalarni ortga tashlaylik.
- bildirgan xurmatingiz uchun rahmat. Endi men bora qolay. - erkakka ters o'girilib 2 zinani bosib o'tib uning gaplaridan nogohon to'xtadi.
- otangning qotilini kimligini bilaman.

Jungkook Janob Park tomonga o'girilib unga ishoninqiramay tikildi. Ammo negadir uning so'zlarida yolg'on yo'qdek tuyuldi.

- sizga qanday ishonishim mumkin?
- agar senga isbot kerak bo'lsa, bugun quyosh botganidan so'ng asosiy ko'prikka kel. Qotil o'sha yerda o'z aybini tan oladi.
- yaxshi... agarda meni laqqillatsangiz, qolgan umringiz qisqarishiga kafolat beraman.
- xavotir olma. Menga rahmat deysan.

Jungkook ortiq gapirmadi. Suxbatini yakunlab o'z ishlari tomon yo'l oldi. Janob Park esa iflos rejasi tomon 1 qadam tashladi.

- bir o'q bilan ikki quyonni urish uchun kerakli o'qni topa bilish kerak.

Kechki payt.

Pov Jungkook

Aytilgan vaqtdan biroz oldin manzilga yetib kelib ko'priqda hech kimni topa olmadim. Bu qari taka meni ahmoq qildimi yoki? Qayerdanam unga ishondim-a? O'zim ahmoqman.

Jungkook o'zini o'zi so'kib qarg'ab turganida ortidan kelgan qadam tovushidan u tomonga o'girildi. Janob Parkning shoshmay kelishidan asab tolalari taranglashgan yugit vanihoyat u kelishi bilan zaharxanda pichingini ichida saqlab turmadi.

- buncha tez yurmasangiz-a, sizni aniq biror kun musobaqaga taklif etaman.
- yutushimni bila turib qatnashgim kelmaydi o'g'lim.
- mayli ko'ndim. Qani u aytgan odamingiz. Yo fikridan qaytib qoldimi?
- nishingni sanchib olishing otangni o'ziya
- nima sizga o'xshashim kerakmidi?
- balki... yana kim bilsin...

Janob Park gaplashish noo'rinligini bilgan holda gapni qisqa qildi. Atrofga alanglagancha kutilayotgan odam kelmaganini tekshirib qayta Jungkookka yuzlandi.

- u hozir kelib qolishi mumkin. Sen ko'prik ostiga yashirin. Nima eshitsang ham zinhor chiqa ko'rma.
- uni kimligini ko'rishim kerak.
- ovozidan tanib olasan. Faqatgina chiqma. Aks holda uni qochirib yuborishing mumkin. Hozircha uni kimligini bilib ol. Keyin xilvat joyda u bilan yuzlashasan.
- nega endi uni hozir o'ldira olmayman?
- chunki bu yerda men borman. U o'z yaqinlariga men bilan ko'rishishini aytgan bo'lishi mumkin. O'zimni muammoga aralashtirishni istamayman.
- yaxshi.

Jungkook ko'priq tutqichidan tutib pastki tomoniga o'tib poylay boshladi. Oradan vaqtlar o'tdi. Quyosh botishi bilanoq ko'priq ustida yana bir nechta oyoq tovishlari eshitila boshladi. Jungkook ko'priqqa yanada yaqinlashib yuqoridagi suxbatga quloq soldi.

- Janob Park, hayrli kech
- senga ham Hajoon.

Quloqlariga ishona olmayotgan Jungkook ovoz egasini bir deganda tanib oldi. Ammo bu insondan bu darajadagi jasoratni umuman kutmagan edi. Kaftini mushtiga tukkan yigit suxbat davomini tinglash bilan o'zini bosishga harakat qildi.

- kayfiyating ancha yaxshi ko'rinadi.
- kayfiyatimga kelsak a'lo darajada. Chunki bir Jeondan qutildik. Endi navbat ikkinchisiga qoldi. Uni olib keldingizmi?

Jungkook Janob Parkka berilgan savolni eshitgan zahotiyoq atrofiga tezlikda ko'z yugurtirdi. Nahotki uni aldashgan bo'lsa? Janob Park Jungkookni laqqa tushirib olib kelganmi?

Soat 22:30

Pov Shiya

Soat millariga ko'zim tushib qolganda ancha kech bo'lganini angladim. Jungkook o'sha ketgan bo'yi kelganicha yo'q. Undan xavotir ola boshladim. Chiqib ketayotganidan ko'zlarida hayajon va biroz g'azab sezilib turar edi. Uning miyyasida yana qanday savollar aylanib uni qiynamoqda ekan? Uni kutib turishga qaror qilib asosiy kirish eshigi oldidagi o'rindiqqa o'tirdim. Bir nuqtaga tikilib kutish ham azoblidek huddi men uchun. O'rindiqni qayta bo'shatib o'rnimdan turganimda asosiy darvozadan kirib kelgan akamni ko'rib hayron bo'ldim. Bunday oaytda u bu yerda nima qilishi mumkin. Yuz tuzilishi tushkinlikka liq to'la edi.

- tinchlikmi aka? Bu yerda bu mahalda nima qilyapsiz?
- ish bilan keldim. Ering qayerda?
- u hali kelmadi. Nima bo'ldi aka?
- Jungkookni urushga safarbar qilishyapti.
- Jungkookni urushga jo'natishyaptimi?
- maxsus harbiy boshliq sifatida ertaga urushga kiradi.
- bo'lishi mumkin emas.
- ammo bo'ldi.
- qanaqasiga bunday bo'lishi mumkin? Uni urishga jo'narishmasligi kerak edi.
- bu yerda katta o'yin ketmoqda. Janob Jeonning o'limi sababli endi uning mavqeyi tushishi mumkin.
- yo hudoyim... Bu nimasi bo'ldi endi?

Akamning gaplaridan ichimda yashin tezligida qo'rquv hissi yopirildi. Nahotki odamlar shu darajada o'zgaruvchan bo'lishsa? Bir odamning vafotidan so'ng, uning farzandiga yordam berish o'rniga uni yanada botqoqlikka itarishsa? Nahot odamgarchilik tushunchasi yo'qolib ketyapti? Ahir barchamiz ham insonmiz. Nima qilmaylik, baribir ajal soati yetganida o'lamiz. Yagona farq esa kimdir oldin kimdir keyin.

Darvoza yana bir bor ochilib bu safar Jungkook horjin ahvolda kirib keldi. Yuzida ko'karishlar va lab chetidan oqayotgan qon kimning ishi? Hovli o'rtasida menga so'ng akamga ko'z tashlagan erim sekin kelib meni bag'riga bosib akam bilan iliq salomlashdi. Nega u buncha xafa va charchoq sezmoqda? Ich ichimdan savollar qaynab chiqayotgan o'xshaydi. Ammo bularga javob beruvchi kimsa yo'q.

- bu mahalda qanday shamol uchirdi Taehyung.
- bir ish bo'yicha kelgan edim. Menincha hozir mavridi emas. Yaxshisi ertaga gaplasha qolamiz.
- mayli roziman.

Taehyung ortiga burilib ketishga shaylanganida kirish eshigi oldidan bir to'da askarlar kirib kelishdi. Taehyungni aylanib o'tib to'g'ri Jungkookning oldiga kelishdi. Jungkook begona erkaklardan Shiyani yashirgandek bo'lib ortiga oldi. Qarshisiga kelgan mirshabga qaragancha o'zi kutgan so'zlarni eshitishga shaylandi.

- Jeon Jungkook, siz Wang Hajoonni o'ldirganlikda ayblanasiz va sizni xibsga olish uchun ruxsatnomamiz bor. Qarshilik ko'rsatmasligingizni so'rayman. Bu o'zingiz uchun zarar.

Ep 9 tugadi.

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic