June 26

WOMAN || EP 1

WOMAN

EP 1

Ko'zgu qarshisida turaman sokin
Kim ekanligim unutib bir zum
Tikilaman sovuq o'tmishga
Nahot men edim o'sha ma'suma ?

Ko'zgu qarshisida turaman sokin
Bir qo'limda jajji ukam birida tomchi yosh
Qaradim osmonga va so'radim netay
Nahot mening taqdirim edi bu?

Ko'zgu qarshisida turaman sokin
O'rtanib odamlarning gap so'zlaridan
Kelardi hatto jonim bo'g'zimga
Nahot o'sha azoblar edi men uchun?

Ko'zgu qarshisida turaman sokin
Beg'ubor mehrga tashna yuragim
Urishdan to'xtamoq istardi har
Parcha-parcha etilgan chog'larda

Qora zulmat hayotim edi barbod
Otamning munkigan qaddi
Onamning tunlari chekkan ohi
Tinchlik bermasdi menga tun-u kun

Azoblarim bermasdi tinim
Orttirdim o'zimga yana bir dard
Bu dard emasdi oddiy
Tanamda qolmadi bir soniya majol

Odamlardan batamom yiroqlashib
Chekindim uzlat sari
O'ylardimki bo'lardi bari yaxshi
Lekin aks ketti bari teskari

Ammo bir kun keldi bir shu'la
Men ham sevmoqlik o'rgandim o'zim
O'rgandim qanday yashamoqlikni
O'rgandim borishni ildam

Cho'chidim bir zamon ildamlamoqqa
Qo'rqdim bari bo'lar batar
Ammo menga berilgan saboqlar
Emas edi oddiy bir gaplar

Ildamladim ortga yo'l yo'q
Qora zulmat ichra ochildi bir tuynuk
Tuynukka qarata uchdim qanotsiz
Va men qutuldim barcha barchasidan

Ko'zgu qarshisida turaman mag'rur
Jar solaman to'rt tomonga
Qarang men endi ojiz emasman
Yetaman albat barcha murodimga

...O'zimga...

Oltin zar hoshiyali daftar ichida aks ettirilgan jumlalarni ko'zdan kechirgan qiz uni qayta yopib tortmasiga solib qo'ydi. O'zi tasvirlagan ko'zguga qarab yana bir bor o'tmishga nazar tashladi...

Yein

1996-yil 10-may

Odatiy bir kun boshlandi. Oy kuni yaqinlashib qolgan ayol oshxonada yelib yugurib yemish tayyorlash uchun jon kuydirardi. O'zini asrash o'rniga, qornidagi mitti jonni himoyalash o'rniga qaynonasining xizmatida yuribdi. Ammo kutilmaganda to'lg'oq tutganida qo'lidagi likopchalarni tushurib yuborgan ayol stolga suyangancha yerga o'tirib qoldi. Qorniga qo'lini eltib yurgizganida ichkaridagi kichik mo'jiza yoruq dunyoga chiqishga tayyorligini bildirib tipirchilay boshladi.

- hali erta ediku bolajonim

Yeon qornini ushlagancha lablarini qimtib o'rnidan turishga harakat qila boshlaganida oshxonaga uning qaynonasi kelib o'shqira ketdi.

- yo hudoyim, shumqadamligingni yana bir marta isbotlading. Bu likopchalar qancha turishini bilasanmi o'zi?
- oyijon... men...
- senga nima bo'ldi? Nega terlab ketyapsan? - ahiyri kelinining oqarib terlayotgan yuziga qarab havotirlana boshladi.
- b.boshlandi
- yo hudoyim

Qaynona kelinining bir tomonidan ushlab ko'chaga olib chiqishga yordamlashdi. Kirish eshigi oldigacha kelib uni tashqariga chiqardida tez tez gapirib eshikni yopdi.

- biror mashina to'xtatib kasalxonaga boraver. Men eringga habar berib ortingdan boramiz.
- n.nima?

Yeon ko'zlarida yosh bilan devorga tirangancha katta yo'l tomonga yo'l oldi. Har doim 2-3 daqiqada chiqadigan yo'l hozir 2-3 soatli yo'ldek tuyuldi unga. Ko'z yoshlarini birma bir artib yaratganga xonish qildi.

- yo hudoyim, o'zing yordam ber. Faqir bandangdan marhamatingni ayama yo rabbim. O'zing kuch ber.

Pov Yeon

Nafasim qadam tashlagan sarim siqilib og'irlashmoqda. Qornimdagi chaqalog'im ham har damda bir qimirlab chiqishga shoshiladi. Nega buncha shoshasan bolaginam? Bu yorug' deya atalmish zulmatmi ko'rishga buncha shoshmasang. Hali ko'rasan, his qilasan, azoblanasan, to'yasan va ko'nikasan. Tipirchilamasangchi mitti farishtam. Birozgina chida. Oyijoning kuchini yo'qotmasligi kerak.

Chin dildan so'ralgan yordam albatta javobsiz qolmagani kabi Yeonning iltijolari osmonga yetdiyu bir mashina uning ahvolini ko'rib oldiga to'xtadi. Ichidan tushib kelgan yigit tezlikda Yeonni mashinasiga o'tqazib yaqin atrofdagi kasalxona tomon olib ketdi. Masofalar qisqarib bir pasda ular kasalxonaga yetib kelishdi. Ayolga birinchi yordamlar ko'rdatilib tug'ruq xonaga olib kirib ketildi...

Oradan o'tgan mashaqqatli soatlardan so'ng Yeon ilk farzandini bag'riga oldi. Ancha kuchsizlanub qolgan ayol qizini bir marta hidlab o'pib xushini yo'qotdi. So'ngra ona va bola alohida palataga olindi. Yana bir necha soatlardan keyin kuchga to'lib o'ziga kelgan Yeon o'zining oppoqqina farishtasini qo'liga oldida uni ilk marta oziqlantirdi. Chaqaloq ochiqqancha onasining ko'kragini bir deganda olib qornini to'yg'aza boshladi. Shu paytda palataga qaynonasi va eri kirib kelishdi. Yeon ularni ko'rib xursand bo'lgancha og'iz juftlaganda qaynonasi uning og'ziga urib o'zi o'dag'ayladi.

- baribir o'g'il tug'a olmapsanda. Birinchi farzand o'g'il bo'lishi kerak edi. Shuni ham eplolmadilaring ikki landovur
- oyi, ahir u nima bo'lsa ham mening farzandim
- ovozing chiqmasin lapashang. Bir xotinni eplab o'g'il tug'dirtira olmading

Qaynona qo'rs harakatlar qilib olib kelgan kiyimlarni kravat ustiga otgancha nabirasiga bir bor qaramay chiqib ketdi. Yeonning ko'zlarida esa yosh jiqqa to'ldiyu o'zini bosa olmay yig'lab yubordi. Onasining bezovtalanganini sezgan chaqaloq ham g'ingshiganch tipirchilay boshladi. Xotini va farzandi oldiga chopgan Minho tezlikda xotinini bag'riga bosdida ovuta boshladi.

- bo'ldi sevgilim. Tinchlan o'zingni bos.
- nega unday Minho? Nega oyingizga hech qachon yoqa olmayman? Nega boshqa kelinlariga unday muomala qilmaydi?
- bilmayman... bilmayman nega unday... kel yana biroz chidaylik. Shu qizalog'imiz uchun chidaylik.
- menkuya yig'lab o'zimni tinchitarman ammo sizchi?

- men uchun sen yig'lamasang shuni o'zi kifoya - rafiqasining peshonasidan o'pib ko'z yoshlarini artdi. So'ng tinchib uxlab qolgan qizini qo'liga oldi. Yuzida keng tabassum bilan Yeonga qayta boqib ko'zlarida quvonch aks etgancha
- rahmat senga hayotim. Menga shunday shirin qizaloqni dunyoga keltirib berganing uchun rahmat. Qizalog'im o'zimni.
- unga nima deb ism qo'yamiz?
- huddi sendek rahmdil, ochiqko'ngil, go'zal qalb qiz bo'lsin ismini Yein deb qo'yamiz
- Yein... chiroyli ism.

Oradan 1 hafta o'tdi.

Minho uchun eng chiroyli o'tgan hafta bo'ldi. U endi haqiqiy ota ekanligini uning zurriyodining yuragi urib nafas olayotganini his etganidanmi hayot rangli tusga kirgandek bo'ldi. Ammo oyning o'n beshi yorug' o'n beshi qorong'u deganlaridek baxtli onlar o'z poyoniga yetdi. O'tgan xursandchiliklardan so'ng yana hamma avvalgi xolatiga qaytdi. Chaqaloqqa e'tibor berishdan asar ham qolmadi. Eng qiyini esa Yeonga bo'ldi. Yangi tuqqan ayol sifatida uni ham ayashmadi. Eski hammom eski toz. Kun bo'yi qaynonasining xizmatida tun bo'yi esa chaqalog'ini...

Yeon & Minho

Kutilmaganda hayollarni ikkiga bo'lib chalingan qo'ng'iroq ovozidan cho'chib tushgan qiz yon atrofga qarab bir zumga talmovsirab qoldi. So'ngra o'rnidan turib eshik tomonga yo'l oldi. Kelgan mehmon begona emas o'z ukasi bo'lib u quruq qo'l bilan emasdi. Opasi u bilan iliq salomlashgach ular birgalikda mehmonxona zaliga yo'l olishdi. O'tirayotgan chog'ida Yein ukasiga savol berdi.

- qaysi shamollar uchurdi seni?
- sizni olib ketgani keldim. Bular esa sizga - qo'lida olib kelgan paketlarini uzatib - kechki yig'ilish uchun ko'ylak
- meni boradi deb o'ylaysanmi? - ko'ylakka ko'z tashlay turib
- omadimni sinab ko'rmoqchiman.
- bugun omadli kuning ekan unda - ko'ylakni olib ko'zgu qarshisiga o'tdi.
- nahotki? Mast emasmisiz? - o'z o'ziga ishomay opasiga qayta qayta tikildi.
- bugun seni yalintirgim kelmadi
- hozir aqldan ozaman - quvonchiga sig'may opasining ortidan bordi.
- bu oyim yoqtirgan rangdagi ko'ylak. Qara Sunjae
- ha shunday... unda men keta qolay. Kechki payt ko'rishamiz.

Sunjae yuzida tabassum bilan uyni tark etdi. Yein esa ko'ylakni egnida tutib turgancha ko'zgudan ko'z uzmay miyig'ida kulimsiradi.

- borishim bir necha odamni yarasini yangilaydi. Ammo menga farqi yo'q

Kechki payt.

Uzun oilaviy yig'ilish uchun tuzalgan stol atrofida hamma bir biri bilan suxbat qurgancha soxta tabassum va fisq-u fasot gaplarini bir biridan ayaman so'zlashar edi. Kimningdir yolg'onlari barchaga ayon ammo uni aytishdan to'xtamas, kimdir esa o'zini zo'r dega barchani oyoq uchida ko'rsatardi. Bir biriga imkon qadar zarar yetkazishga tayyor bo'lgan "Ahil oila"...

Bu stol atrofida esa faqatgina bir joy bo'sh. Egasi esa yarim soatdan beri mashinasidan tushishni istamay turardi. Sabab esa tashqaridan oddiy ammo ichkaridan azobli. Yein yana o'sha og'riqli xotiralarini esga oldi. Bu ko'rinib turgan bejirim uy askida chirkinlik makoni....

* * *

Yein kichkinagina qizaloq, o'ynab kukub yurgan payrlari. Oq qorani tanimagan hayot faqatgina yaxshilikdan iborat deya o'ylab yurgan kezlari edi. Toki shu kungacha...

Egnidagi qizil ko'ylaklari tizzasidan tepada bo'lganligi sabab do'mboq oyoqchalari va yuqorisi yaqqol ko'zga tashlanib turar edi. Hovlida o'ynab yurganida to'sattan o'zi istamay yerga o'tirib qoladi va oppoq sonchalariga tikan sanchiladi. Ularni olishga shaylanib tezlikda og'riqdan do'mboq yuzchalari burushib oyoqlarini ochib ularni birma bir terayotganida eshikdan buvisi chiqib qolib uni noto'g'ri ma'noda tushunadi. Yeinni ko'rishi bilanoq ovozi boricha baqirib o'g'lini chaqiradi.

- Minhooo, hoy Minhooo... mana bu betarbiya qizingga bir qara. Qilayotgan ishiga bir qara🗣

Yein hech narsaga tushunmay bor ovozida baqirayotgan buvisiga anqayib termulib qoldi. U haligacha nima qilganini, qanday aybi borligini tushunolmagan edi.

Ichkaridan yugurib chiqqan Minho qizchasini bu holatda [ Yani qo'lchalarini soni orasida turganini ] ko'rib u ham qizini umuman boshqa ma'noda tushunadiyu g'azab otiga minib uni oldiga yo'l oladi. Uni mitti qo'lidan siltab turg'azib siltagancha uyga olib kirib ketadi va oshxonaga kirgizib uloqtirib yuboradi. U yerda esa gaz plita oldida kuymalashib yurgan Yeon yerga yuz tuban tushgan qizini olishga chog'langan on Minho uni yelkasidan ushlab devorga itarib yuborib unga o'shqira ketadi.

- qanday tarbiya beryapsan unga? Uni qilgan qilig'ini ko'rsang edi. U yosh bolaga xoh hech bir ish qilmayapti🗣
- nimalar deyapsiz Minho? Sizni tushuna olmayapman.
- nima deyapman? Tarbiya berolmading qizingga deyapman tovuq miyya🗣
- u shu darajada nima qildiki bu darajada jahl qiladigan
- u mana shu qo'llaridan boshqa maqsadda foydalandi. Ana endi senga undan qanday foydalanishni ko'rsataman.

Minho qizchasini siltab o'rnidan turg'azib ikkala qo'lini mahkam tutib yonib turgan gaz plitasi ustiga bosdi. Qizcha shu zahotiyoq faryod bilan chinqirib tartibsiz harakatlar bilan qo'lini olishga uruna boshladi. Ammo hech bir harakat unga yordam bermadi. Yeon erining qo'liga yopishgancha qizini olishga harakat qila boshladi.

- Minho aqldan ozdingizmi? U ahir bolaku. Qo'lini yondirib yuborasiz hozir🗣

Minho birozdan so'ng Yeinni Yeonning quchog'iga otgancha oshxonadan chiqib ketdi. Yeon og'riqdan chinqirib yig'layotgan qizchasini qo'lini davolashga kirishdi. Uning ham azobi osmongacha yetdi...

Kech tushishi bilan Yeon qizchasining qo'liga malham surtgani xonasiga chiqdi. Piqqillagamcha yig'layotgan Yein onasini ko'rib yana yig'lashga tushdi.

- oyijon iltimos buni surmang. Yana qo'lim og'riydi. - yalindi qizaloq
- agar buni surmasak qo'ling yana batar og'riydi?
- nega oyijon? Nega dadam menga bunday qildilar?
- dadang buni xohlamagan qizim. Uni yomon ko'rma. Bu voqea shunchaki anglashilmovchilik edi. Dadang seni juda yaxshi ko'radi.
- dadam meni yaxshi ko'rmaydilar. Bo'lmasa meni tikanlar ustidan turg'azish o'rniga bunday qilmasdilar.
- bu shunchaki anglashilmovchilik qizalog'im unut...

Hozirgi payt...

- unutolmadim oyijon...

Yein's childhood

Yein mayda va ildam qadamlar bilan oldinlab borib eshikdan ichkariga kirdi. Kirishdayoq tuzalgan dasturxon atrofidagilarnimg ko'zi unga tushishi bilanoq hamma bir biriga qarab pichirlashga o'tdi. Qoshlarini qoqib jilmaygancha Yein ularga yaqinlashib yengil tazim qilib o'z joyini egallab o'zi gap boshladi.

- menimcha meni ko'rganingizdan barchangiz bag'oyatta xursandsizlar
- sen kelguningcha barchadi joyida edi
- Mina ammajonim men ham sizni tirik ko'rganimda juda ham xursandman. Xursandligimdan ko'nglim ko'mirdek oq bo'lib turibdi.
- hoy sen...
- barchangiz jim bo'ling. U ham oilamiz a'zosi kelishga haqli
- bu dasturxon atrofida meni ko'rganidan yagona xursand odamlar faqatgina ukalarim va ota-onam ko'rinadi, amaki.
- unday dema qizim. Qani endi ovqatlanishni boshlasak. Dasturxonga qarang.

Yein

Pov Yein

Bu yerdagi odamlarning asl yuzi biram jirkanchki, ularni yer ko'tarib yurganidan qoyil qolaman. Nega ular hech ham o'z aytayotgan yolg'onlaring chin emasligini atrofdagilar bilib turganini payqashmaydi. Keng dunyo doim ko'zlariga tor. Menda faqatgina ularga nisbatan achinishdan o'zga his yo'q. Na mehr na shavqat. Adashipman shekilli. Bor. Nafrat. Ich-ichimdan toshib kelayotgan g'azab sovuq muzliklarga o'xshaydi. Bomba tadhlab portlatsa ham, lava bosib kelib o'tib ketsa ham bosilmaydigan hech qachon erimaydigan qahrli g'azab...

Barcha ovqatlanib bo'lganidan so'ng Yein o'rnidan turgan mahal uning kichik ammasi gap boshladi.

- hoy Yein, o'zingga er topdingmi? - kulimsiragancha qizini sochlaridan silab gapida davom etdi - mening qizim yaqinda bir boyvachcha shifokorga turmushga chiqadi. Bo'lajak kuyovimga aytib qo'ysam balki seni davolab berar
- bu nima deganingiz amma? - gapga aralashdi Woomin
- qizingizga faqatgina bitmas tuganmas baxt tilayman ammajonim. Sizga esa yer qaridan 3 metrlik qabr va oppoq kafan. Kuningiz hayrli o'tsin qarindoshlar.

Yein ortiq hech bir so'z demadi. Ota-onasiga hammasi joyida degandek uyni shunchaki tark etdi. Yana bir kamsitish. Yana bir tosh parchalanib bo'lgan yurakni yana ezdi. Yopilmagan yaralarni qayta tirnadi. Ko'z yoshlari oqishni boshlagan qiz ularni tezlikda artib mashinasini o't oldirgancha u uchun eng yaqin bo'lgan insonning oldiga yo'l oldi.

Yein qarindoshlarini tark etganidan so'ng zaharxandalarcha yana o'sha ayol akasiga qarata zahrini sochdi.

- qizingizni ko'rdingizmi aka? U doim shunday bo'lib kelgan betarbiya. Qizimga hasad qilib menga o'lim tiladiya.
- sizning fikringizcha siz oppoqmisiz Minhe? Qizimga toshlsringiz otishni bas qiling. Uni nuqsonlarini yuziga solishni bas qiling. Yetar endi. Bas. Sabr kosam to'ldi. - qo'lini stolga bir urgancha Yeon xonim o'rnidan turdi.
- bu qanday muomala kelinoyi? Men nima? Yolg'on gapirdimmi? Bu qizingiz faqatgina boshqalarga o'ynashdan boshqasiga yaramaydi
- bas qil Minhi🗣

Janob Minho ahiyri sabri chidamay o'shqirib yubordi. Ammo oradan soniya o'tmay yuziga kelib tarsaki tushdi. Yoshi katta erkak o'zidan kattaroq bo'lgan erkakdan tarsaki yedi. Minho akasiga qarab qotib qoldi. Oila boshi bo'lgan Songhu ukasining yoqasidan oldi.

- hech qachon aka-uka opa-singillaringga qarshi chiqma. Uqdingmi Minho?
- nega? Nega faqat menga nisbatan ojlamga bunday muomaladasiz? Mening aybim nima? Sizlarga o'gaymanmi? Ayting aybim nima? Gunohim nima?
- aytaymi?... chunki sen kuchsizsan. Ojizsan. Bizning qatorimizda turishda ham yaramaysan
- qatoringizda turishda yaramayman? - jahli chiqqan Janob Minho akasining qo'lini yoqasidan olib undan uzoqlashdi. - yaxshi... unda sizlarning qatoringizni bo'shatib qo'yaylik.

Janob Minho lablarini qimtip xotinining yelkasidan quchib eshik tomon yo'l oldi. Tashqaridan endi ichkariga kirgan Woomin qayta kirmay ota-onasi bilan birga uyga ketdi.

Yein o'z manziliga yetib kelgan bor bo'lgan voqeani Ryenga ya'ni yagona do'stiga aytib berdi. Ryen qo'lida qahva finjonini o'ynagancha Yeinga o'qrayib qarab turardi.

- bori shumi Yein?
- hmm - ho'rsinib qo'ydi.
- senga shuncha aytgan gaplarim qayoqqa ketdi ahmoq🗣 - kutilmaganda Yeinning boshiga yostig'i bilan tushurdi.
- nima deyishim kerak edi?
- nega yana jimsan? Nega yana hammasini ichingga yutding? Necha marta aytishim kerak senga ularni yanchib tashla deb.
- negadir ularga boshqa gap aytgim kelmadi
- boshqa gap aytgim kelmadimish ahmoq - Ryen o'rnidan turib sumkasidan tashrif qog'ozini chiqardi va dugonasiga uzatdi.
- mana buni ol. Ertaga soat 10:00 da qabulga yozdirib qo'ydim seni.
- nega? Nima bu? Kim bu?
- yaxshi va malakali doktr deyishdi. Borib ko'ramiz
- yo'q kerak emas
- yana kaltak yeging kelmasa hoziroq jim bo'l va uyingga jo'na
- umid yo'qligini bilib turib nega buncha o'zingni o'qqa cho'qqa urmasang
- jahlim chiqishni boshladi. Jahlim chiqsa nima bo'lishini bilsang kerak? - Ryen bir qoshini yuqoriga ko'tarib Yeinga ma'noli qaradi.
- bo'ldi jimman...

Ryen

Ertangi kun...

Yeinni doktr qabulida kutib turgan Ryen qo'l soatiga qaragancha jig'ibiyon bo'lardi. Chunki soat millari allaqachon 10ga yaqinlashib qolgan edi.

- agar hozir 5 daqiqada paydo bo'lmasang Yein ont ichaman seni sog' qo'ymayman.

Vanihoyat Yeinning jussasi ko'rinish berib Ryenning chimirilgan qoshlari yoyilib osmonga qaragancha rahmatlar aytib yubordi. So'ngra Yein bilan iliq so'rashgach gap boshladi.

- ana endi seni navbating keldi. Borib kir. Qo'pollik qilmaysang. Boshqalarga chiqarmagandek unga ham 2 metrli tilingni chiqarmay aqlli qiz bo'lib o'tirasan.
- nega bularni menga aytyapsan?
- chunki yana shantaj qilgancha doktrlar bilan urushish niyatida emasman. Tushunarlimi?
- bo'ldi gapirmadim... senga nimadir deb bo'larmidi. - lab uchurib qo'ygancha ichkariga kirib ketdi.

Ryen & Yein

Doktr deraza tarafga qarab telefonda kim bilandir ingliz tilida suxbat olib borar ekan bemoriga qaramay unga qo'li bilan o'tirishiga ishora qildi. Yeinga bunday muomala yoqmay qovoqlari uyulib indamay bemodlar uchun atalgan kursiga o'tirdi. Vanihoyqt bir necha daqiqalardan so'ng kelishgan doktr suxbatini yakunlab bemoriga e'tiborini qaratdi-yu bir zumda qotib qoldi. Tim qora ko'zlari kattalashgancha bir muddatga harakatdan to'xtadi. Yein unga hayratlangamcha savol nazarida qarab kipriklarini pirpiratdi. Oradan o'tgan noqulay sukunatdan so'ng doktrning lablaridan bir so'z yangradi.

- nahotki bu siz?

Doktr