MONSTER UNDER THE BED || FINAL 1
To'y bazmidan so'ng uyga qaytgan Janob Kim va Kim xonim asosiy zalga kirib qarama-qarshi o'tirishdi. Keng uyning har burchagi zimiston va huvullagan. Uydan kulgu va shodlik arigandek bo'lib qolgandek tuyuldi ularga. Bu sukunat ularni o'tmishdagi shirin xotiralar bo'ylab olib ketdi.
Huddi shu koshonada kulgu ovozlari yangrab turar edi. Barcha shod-hurramlikda hayot kechirar edi. Bu paytlarda Kim oilasining asl vorisi hali hayot edi...
Qo'l soatining millarini to'g'irlagancha zinalardan tushib kelayotgan Taehyung yo'lidan chiqqan onasining yuzidan o'pgancha o'z o'rnini egalladi. Dasturxon atrofidan joy egallaganlar qolgan a'zolarni kutishar edi. Janob Kim qo'lida gazeta bilan Kim xonim esa xizmatkorlarga bolalarining yoqtirgan taomlarini olib kelishini buyurar edi. Maktabga ketish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan ikki opa-singil ham birin ketin tushib kelishdi. Barcha jamuljam. Kenja singlisining qilgan ishlaridan tambeh berishni istagan Taehyung unga gapirish uchun og'iz juftladi.
- shu kungacha mashinalarni dab-dala qilganing yetar. Endi senga hech bir mashinaning kaliti tegmaydi. Oldindagi maqsading faqat o'qish bo'lsin Ryen
- aka dadamga qarasangizchi.
- uni tinch qo'y Taehyung
- ahir dada kech sal qolsa boshqaruvni yo'qotib jarga qular edi
- Ryen xonimda bu uchun qandaydir tushuntirsh bormi? - qiziga bir qoshini uchurib qaradi
- men.... haligi.... boshqa qaytarilmaydi dada
- senga bir oy mashina haydashni taqiqlayman
- lekin dada
- har bir ishning javobi bo'ladi Kim xonim - qo'shimcha qildi Taehyung
- chaqimchi... qolaversa kecha men yolg'iz emas edim. Opam ham men bilan edi
- birinchidan rulda men emasdim. Ikkinchidan esa meni sen majburlganingga chiqdim - qo'lidagi daftariga termulib
- demak yana men aybdor. Jin ursin - qovoqlarini o'ygancha qo'llarini ko'kragi ustidan qovushtirdi
- odob saqla Ryen - tanbeh onasidan keldi
- agar... imtixonlar javobi yaxshi chiqsa o'ylab ko'ramiz - xomush tortgan qizining ko'zlariga bir qosh uchurgancha qarab
- rostanmi?
- men o'ylab ko'ramiz dedim - qiziga jilmaygancha ko'z qisib qo'ydi.
- vada beramanki, men eng zo'ri bo'laman.
- omad tilayman chirog'im. Endi esa qani hamma o'z ishiga. Kech qolasizlar
Oddiy oilaning bir kuni huddi shunday kichik janjallar va hazllar bilan o'tar edi. Ammo bu kunlar ularning baxtli kunlarining ohirlari edi...
Doimgidek qiziqqon bo'lgan Ryen hech kimga quloq solmasdan mashinani yolg'iz olib chiqib ketdi. Tun qo'ynida qora toychoqni bor tezligida haydagancha ketayotganida otasining dushmanlaridan birining to'riga ilindi. Hali qotillik ishlariga biror marta qo'l urmagan Ryen nima qilishni bilmay vasvasaga tushdi. Har yonga alanglagancha vaziyatdan chiqishga harakat qilar ekan butun tanasi qo'rquvdan titrar edi. U o'z o'ylarida yagona chiqish yo'li bu ortga qaytish deb mashinani zudlik bilan ortiga aylantirdi. Shu chog' telefoni jiringlashi bilan hayollari chalg'idi. Qo'ng'iroq qilgan odamning ismini ko'rib shu darajada quvonganidan qutqarilishini fahmladi.
- senga mashina kalitlariga tegma degan edim shekilli o'zboshimcha
- aka meni qutqaring
- Nima bo'ldi? Ryen hozir qayerdasan?
- meni taqib qilishyapti. Aka men qo'rqyapman
- hozir qayerdasan?
- Seul janubiy dengiz tomonda(miyamga kelgani shu bo'ldi)
- shahar ichiga kirishga harakat qil. Men seni topaman. Faqat qo'rqma va go'shakni o'chirma
- h.hop. aaaaaa
Quvilayotgan mashina to'sattan o'qqa tutildi. Mashima ichidagi qiz rulni mahkamroq tutgamcha baqirib yuborib boshini pastlab o'qlardan bekingandek bo'ldi. Oyog'ini gazdan olmagancha yurishda davom etar ekan qayerga ketayotganini ham anglay olmay qoldi. Yagona ilinji tezroq ulardan qutilish bo'ldi...
Taehyung shoshib ketayotganidan yo'lidan chiqqan Shiya uning telefonidagi ovozlardan shubhalangancha akasining yo'liga chiqdi.
- nima bo'ldi? Qayerga ketyapsiz?
- Ryenni taqib qilishyapti. Oldiga ketyapman. Bu haqida oyim va dadamga aytma
- men ham boraman
- yo'q sen shu yerda qol. Yo'qligimizni bildirma
- ho'p. O'zingizni ehtiyot qiling
Uyda qolgan Shiya derazadam akasining ketishini kuzatgancha qoldi. U bugun so'nggi marta uni ko'rayotganini bilmasdi hattoki...
Yuqori ko'rinishdan shunchaki tinch sokin ketayotgan mashinalar aslida hayot uchun kurashib borishar edi. Ryen akasining gaplarini juda tez unutib qo'ydi. U shahar ichkarisiga kirish o'rniga teskari yo'nalishda chiqib ketaverdi. GPS orqali singlisi ortidan kelayotgan aka vaqt izmiga bo'ysunishni istamay ostidagi mashinasini qiynagancha bor tezligiga chiqardi.
Zulmat tun qo'ynida o'tayotgan mashinalar janggi ahiyri bir nuqtaga kelib to'qnashdi. Yo'lning o'ng tomonida Taehyung o'z odamlari bilan va qarama qarshi tarafdan kelayotgan dushmanlari va ularga o'lja bo'lishni istamay qochayotgan singlisi. Osmonda gumburlagan momaqaldiroqdan so'ng chaqqan chamoq qora zulmatni soniyaga oydin qildi. Mashinalar o'rtasida to'xtagan Ryen qarshisida akasining ko'm ko'k chaqmoqda yaltirayotgan mashinasini ko'rib hursandchilik aralash ko'zlariga yosh aylandi.
- aka
- 3 deyishim bilanoq mashinani tezlikda men tomonga hayda
- hop
- 1...2...3
Ryen tezlikda mashinani oldimlatti. Qarshidan esa akasi ham u qatori yo'lga chiqdi. Reja bo'yicha darrov oldimlagan taqibchi 3 mashina ham oldinga intildi. Ryenning mashinasi Taehyungnikining ortiga o'tishi bilanoq Taehyungg mashinani ko'ndalang qo'yib taqibchilarni to'xtatdi. Birin ketin katta tezlikda urulgan mashinalar joylarida to'xtatshdi. 3chilikda kelib urulgan mashina to'sattan olov ichida qoldi. Mashinadan tushishga harakat qilayotgan Taehyung jon talvasasida olovdan qo'rqqancha eshikka yopishdi. Ammo eshik ochilmagach yon oynani sindirishga harakat qila boshladi. Ammo bu zirhli mashinaning oynalarini sindirishning iloji yo'qdek edi go'yo.
Taehyung mashinasiz qocha olmasligini fahmlab uni o't oldirgan chog' mashina bakidan to'kilayotgan benzin yonayotgan mashinagacha yetib barcha mashina birdek portladi. Mashimasidan endi tushgan Ryen yonayotgan mashinalarga qaragancha joyida tosh qotdi. Yerga cho'kkalab qolgancha bor ovozida baqirib osmonga qarab nola qildi. Yuzini yuvib tushayotgan yomg'ir tomchilari uning ko'z yoshlarini yuvar ammo barchasi foydasiz edi. Qora bulutlar orasidan oralayotgan yashinlar tunni kunga aylantirsa alangalayotgan mashinalar ichidagi odamlarga tobut bo'ldi...
Akamga telefonimning quvvati ketguncha akam va singlimga qancha qo'ng'iroq qilmayin ularning biri bilan bo'lsada bog'lana olmadim. Xavotirim borgan sari ortar ammo hech ham kamaymas edi. Yuragimda turgan g'ashklikni bir yerga jamlagan yashin tovushi butun badanimni titratishiga olib keldi. Bir hayolda dadamni uyg'atishni o'yladim... ammo bundan akam ranjiydi deya va aytmasligimni tayinlagani sababli bunday qilishga jur'atim yetmadi. Ularni ohirigacha kutishga qaror qildim.
Deraza oldiga yo'ldan ko'z uzmayotgan Shiya to'sattan yangragam otasining baland ovozidan cho'chib tushdi. Daxshatli va og'riqli ovoz aniqrog'i yig'i ovozi butun uyni tutdi. Shiya talmovsiragancha og'ir yutunib zinalar tomon yugurdiyu ulardan tushib kelayotgan ko'zlarida yosh qalqigan otasi va onasini ko'rdi. Ularni bu holatda ko'rib uning ham ko'zlari yoshlandi. Qaddi munkigan ota zinalar ostonasida jovdirab turgan qiziga bir muddat tikilib qoldi. Qo'rquv aralash aybdorlik hissini sezgan ota indamay kelgancha uni bag'riga bosdi. Shiya joyida huddiki muzlagan insondek qotdi. Hayoliga kelgan o'ydan o'zi iymangancha ishonqiramay otasining gapirishini kutdi. Yig'i aralash janob Kimning ovozi yangradi.
- menga aytishing kerak edi qizim...
Shiya eshitishni ismagan xabarini oddiy jumla orqali tushundi. Otasining ko'zlariga asta sekin burulib qaradi. Yoshlari bir muddatga to'xtab so'ngra daryodek kela boshladi. Yoshlari tinmayotgan ko'zlari kattalashgancha dadasiga boqar ekan boshini sarak sarak qimirlatdi. Tilini yana bir jumla chiqarishga undagan ota bor kuchini yig'diyu hech qachon aytishni istamagan xabarini qiziga ochiq oydin aytdi.
-... aa.kang endi bu dunyoda yo'q...
Janob Kim ortiq bir so'z deya olmay uydan chiqib ketdi. Shiya esa turgan yerida boshini changallagancha ko'zlarini chirt yumdiyu baralla "aka" deya uvvos soldi. Zinalarda turgan mushtipar ona esa ortiq tura olmadi. Xushini yo'qotgancha zinalardan quladi. Oldiga tushgan onasining jussasini ko'rgan qiz unjng oldiga cho'kkaladiyu boshidan oqayotgan qondan o'zini bir zum yo'qotib qo'ydi. Tezlikda onasini shifoxonaga olib ketdi...
Oradan kunlar o'tdi. Baxtli oilaning baxtli kunlari o'z poyoniga yetdi. Shu voqealardan so'ng Kim xonim ham o'ziga bir dard orttirib oldi. Janob Kim uchun hech qanday ishni mazmuni qolmadi. Kimlar xonadoni vorissiz qoldi. Ikki opa-singil esa umuman boshqa boshqa yo'llardan ketishdi. Shiya oilasining kampaniyasini olib qolish maqsadida, otasiga tirgak bo'lish maqsadida biznes soxasi bo'yicha ketdi. Ryen esa akasining o'limidan so'ng umuman boshqa odamga o'zgardi. U o'sha kungi mudxish voqeada o'zini deyarli ayblamadi. Taehyungnimg o'limiga sababchi bo'lgan har bir kimsani yostig'ini quritdi. Ko'zlari qonga tashna bo'lgancha hech kimni ayamaydigan yovuz kimsaga aylandi...
- Taehyungning ham bu dunyodan o'tganiga naq 10 yil bo'ldi. - chuqur xo'rsindi janob Kim
- oilamiz boshi uzra hukm surgan qora 10 yil - qo'shimcha qildi kim xonim
- senga kattakon rahmat aytaman. Meni oilamizni qizlarimizni tashlab ketmaganing uchun. Biz sensiz hech narsa qila olmagan bo'lar edik.
- aslida sizga rahmat aytishim kerak. Sabrli bo'lganingiz uchun, to'g'ri qarorlar qabul qilganing uchun.
- seni yaxshi ko'raman
- men ham - mayin erining qo'lidan silab yelkasiga boshini qo'ydi...
Jungkook yerda yotgan Shiyaga yaqinlashib asta cho'kkaladi. So'ngra ichki cho'ntagidan qurolini chiqarib og'riqdan qizargan xotining yuziga sovuq qurolini asta sekin aylantirdi va peshonasiga tiradi. Ko'zlarida nafrat aks etib turgan Shiya dag'-dag'ali tarzda savol berdi.
- Mendan nima istaysan?
- savolni to'g'ri ber xotinjon. Bizdan nima istaysan deganing ma'qul
- biz?
- ha siz...
Jungkook bir zumda qurolini Ryen tominga to'g'irlab yelkasiga o'q uzdi. Kulimsirab turgan yuzi tezlikda azobdan o'zgargan qiz yerga munkigancha yiqildi. O'q uning yelkasini teshib o'tdi. Jarohati ustini mahkam siqimlab og'riqdan chinqiryotgan Ryenni zavq bilan kuzatib turgan Jungkook yana qayta e'tiborini Shiyaga qaratdi.
- juda maroqli manzara. Ikki qondosh opa-singil bir biridan nafratlanadi ammo hozir ikkisi ham bir ko'rinishda
- senga bunday qilishni nima keragi bor ? - gavdasini zo'rg'a ko'targan Shiya qo'llaridan tirgak sifatida foydalanib jussasini tutdi
- aslida men istardimki, senga uylanib butun umr otangning boyligini ko'kka sovurgancha yaxshi yashashni. O'zing bir o'yla. Nega men ega chiqishim mumkin bo'lgan kompaniyaga oddiy ish boshqaruvchi bo'lib ishlashim kerak? Xo'sh?... Sening sevgingga tupurgancha o'yin qilmoqchi edim. Ryenni ushlab berishimga ham sabab aynan shu edi. Seni ishonchingga kirish va sendan otangning mol-mulkini tortib olib keyin qutulish.
- odam bolasimisan o'zi iflos
- odam bolasi? Menkuya ha ammo senchi?
- men seni o'yin qilmadim. Senga imkon bergan kunimga ming lan'at🗣
- endi foydasiz. Barchasi foydasiz... endi sizlarga yangi rejam haqida aytay hurmatli xonimlar - Jungkook Shiyani sochlaridan sudrab toboro ko'p qon yo'qotayotgan Ryenning oldiga tashladi. Shiya asta sekin o'zini tiklab Ryenga qo'l cho'zishi bilanoq Jungkook uning bilagiga qarata o'q uzdi. Chinqirgancha bilagini changallagan qiz ketidan ikkinchisini ham qabul qildi. Keyingi o'q Shiyaning tovoniga joylandi.
- mendan achchiqlamma jonginam. Bu e'tiboringiz faqat menga qaratilishi uchun.
- seni yo'q qilaman - arang ovoz chiqari Ryen
- mayli ko'ramiz mitti xonimcham... endi asosiy masalaga o'tsak... eng katta savol bu - nega men rejamni o'zgartirganim. Javob esa oddiy. Men ham otangiz men tuygan og'irqni his qilishini istadim. Qandayin achinarli xolatdaman jin ursin. Sizlarning jonajon mehribon otajoningiz mening ota-onamni o'ldirgan. Endi esa men ham badal sifatida uning ko'z o'ngida sizlarni joningizni olaman.
- a.aqldan o.ozgan n.nimalar d.deyapsan?
- ishonmaysanmi suyukli rafiqam?
- m.mening dadam hech qachon bunday qilmaydi. O'z odamiga do'stiga nisbatan bunday qilmaydi🗣
- afsuski qilgan... ularni shunchaki so'yib tashladi. Bundan sabab esa qondosh deb biladigan aslida esa umuman senga begona bo'lgan singlingning haqiqiy onasining kirdikorlari bo'ldi.
- yolg'on gapiryapsan
- yolg'onmi? Qani edi yolg'on bo'lsa bular. Qani edi men va ota-onam sizlarga duch kelmaganda. Balki men ham hozir kim bilandir baxtli bo'lardim. Ota-onam bag'rida ularning mehriga to'yib yashagan bo'lar edim... ammo lekin qayerdagi bir foxisha va nafsini jilovlay olmagan otang sababli men barchadidan ayrildim... men bilaman... butun umr huddi shunday o'taman. Ammo qasossiz emas
- sen nima deyayotganingni o'zing tushunyapsanmi o'zi?
- hozir dadangdan so'rab olasan- Jungkook video qo'ng'iroq orqali janob Kimga telefon qildi.
Uxlashga tayyorgarlik ko'rauotgan janob Kim kuyovidan kelgan qo'ng'iroqni hayratlangancha ko'tardi. Ko'tardi-yu ko'zlari xonasidan chiqib ketdi. Ikki qizi qonga belangancha yerga yotgancha og'riqdan ingrashar edi.
- kimsan? Qizlarimga nima qilding?🗣
- siz uchun sovg'am bu qaynotaginam- video kamerani o'ziga o'girib
- Jungkook seni tirik qo'ymayman. Qizlarimga tegma
- nega ekan? Nima sababdan? Balki ota-onamni hayvondek so'yib tashlaganingiz uchundir
Janob kim gapirishdan to'xtati. Yana bir achchiq va mudxish o'tmish bilan yuzlashdi. Bir og'iz so'zsiz qolganini anglagan Jungkook gapida davom etdi.
- men sizdek ifloslik qilmayman. Keling qizlaringizni oling janob Kim. Faqat sizga 15 daqiqa vaqt
- unday qilma Jungkook
- agar kech kelsangiz o'zingiz bilan ota-onamni olib keling. Shundagina qizlaringizni olasiz. Iloji bormi?
- Jungkook menga qara. Eshit meni
- 14 daqiqa qoldi.