January 28, 2025

Serenity Ep-13

EP 13

Pov Shiya

Jungkook bilan kun sayin oramiz yaqinlashib borar. Menga endi oldingidek dag'al va qo'pol munosabatda emas, yuzidagi jiddiylik qoshlarining chimirilishi kabi tarqalgan edi. Men uni bu darajada tezlikda o'zgarishini hatto hayol ham qilmagan bo'lar edim. Balki boshqa nimadir bormikan?...

Erta tongdan Jungkookni ishiga jo'natib uyga borish uchun ruxsat oldim. Uydan chiqmaganimga ancha vaqtlar bo'ldi. Bu ham uning taqiqi. Kiyinib yo'lga tushdim. Eshik ostonasida kutib turgan mashinaga o'tirdim. Mashina o'rnidan qo'zg'almay turib o'chdi. Haydovchiga savol nigohi bilan qarar ekanman birdan yon tomonimdagi eshik ochilib ichkariga Jungkook bosh suqdi. Ko'zlarimni katta- katta ochib qarab undan javob kutdim. U esa tomoq qirib

- uyingga birga borishimizga to'g'ri kelib qoldi.
- siz u yerda nima qilasiz?
- otangga taklifnoma berishim kerak - mashinaga o'tirdi.
- uni men bersam bo'lmasmidi?
- davlat ishi o'yinchoq emas. Hayda.

Ensa qotirib mashina derazasidan ko'chaga nazar tashladim. Qish kelyapti. Odamlarga yana kiyim-kechak uchun matolar yig'ishimiz kerak. Jungkook bilan bo'lib nochorlar esimdan ko'tarilibdi. Bugun nima bo'lsada uyimda qolish uchun Jungkookni ko'ndirishim kerak. Unga sekin o'girilganimda menga qarab turganini endi payqadim. Nima u boshidan beri manga qarab turibdimi?

- nega menga qarab turibsiz?
- begonaga emas o'z ayolimga qarayapman.
- e hudoyim... Jungkook
- eshitaman
- bugun ota-onam bilan qolsam maylimi? Ertaga uyga qaytaman.
- nega birdan bu qarorga kelding?
- shunchaki... uyimda yaqinlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchiman
- ... ko'ramiz
- ko'na qoling
- ko'ramiz dedim

Bu qaysar eshshak hech qachon osonlikcha ko'na qolmaydi. Mayli ko'ramizda. O'z ko'chamdan burilishimiz bilanoq yuragim hapqirib ura boshladi. Darvoza ostonasida mashina to'xtagach navbat bilan undan tushib uchkariga qadam qo'ydik. Kattakon qo'rg'onning yo'lagi bo'ylab uyga kirdik. Zalda gaplashib o'tirgan ota-onam bilan so'rashib biz ham oldilaridan joy oldik.

- Akam ko'rinmaydi.
- akang ishim bor deb chiqib ketgan edi.
- ha tushunarli.
- kuyov bilan birga kelganingni ko'rib ko'zimiz quvnadi.
- men birrovga kelgandim janob Kim
- tinchlikmi? Nega buncha tez
- ertalab yaponiya vazirini kutib oldik. Kechga endi amaldorlar bilan ziyofat uyushtiriladi. Sizni shunga taklif qilgani kelgan edim.
- vazir nega tashrif buyurubdi?
- aniq nimadir deganicha yo'q. Kechga aytsa kerak deb o'ylayapmiz.
- yaxshi. Ziyofat qayerda?
- bosh davlat binosida. Oilaviy chaqirilgansiz. Shu qatori sen ham tayyorlanib tur Jeonlar kelini sifatida borasan.
- men? Borishim shartmi?
- ... men kettim - Shiyaga ola qarash qilib o'rnidan turdi va uydan chiqib ketdi.

Kechki payt

Pov Shiya

Ota-onam bilan birgalikda ziyofat bo'layotgan joyga yetib keldik. Eshik ostonasidan Yaponiya xidi anqib turubdi. Har bir burchakda ularning belgisi, bezatilish tarzi, urf-odatlari aks etib turibdi. Davlat Korea tuzum Yaponiya. Hazar qilaman hammasidan. Zinalar bo'ylab darvozani qovoqlarimni uygancha xatlab o'tdim. Mehmonlar birin ketin ketma ketlikda o'zlarini tanishtirib ichkariga yo'l olishdi. 2 qavatli xashamatli binoning 1chi qavati katta zal. Hamma mehmonlar uchun uzunasiga xona shakli bo'ylab stollar qo'yilgan. Hamma o'ziga atalgan stolga kelib joylashdi. Shu qatori biz ham. Oilam bilan o'tirayotgan chog'im Jungkook allaqayerdandir paydo bo'lib meni Jeonlar uchun stolga boshlab ketdi. Buni qarangki ularning stoli eng to'rda, vazirning o'ng tominida. Afsuski qurol bilan kelmadim. Bo'lmasa uni peshonasidan darcha ochish uchun ajoyib fursat va qulaylik edi. Jannatim qaynonam va davlatim qaynotamning negadir qovog'idan qor yog'moqda. Men tufayli desak bo'lmaydi. Meni bu yerdaligim ularning obro'si. Lekin nega ular xursand emas. Bizning qarshimizdagi stoldan ko'z uzishmayapti. Ularni yaxshi taninay stollari ustidagi yozuv tsxtasiga ko'zim tushdi - Wang oilasi. Shu sababli to'y azaga aylanib turganligini payqab miyig'ida kulib boshqa tomonlarga qaradim. Endigi azaga tushadigan yuz meniki bo'ldi. Jin ursin Jihoon shu yerda. U huddiki unga qarashimni, uni payqab ilg'ashimni bilgandek menga boshqacha jilmayib qarab turar edi. Endi unga nisbatan vijdonim tinch va azoblanmayapti. Chunki aldagan bir men emasman. Unga ortiq qarashni istamay e'tiborimni umuman boshqa tomonga qaratdim.

Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach zerika boshladim. Yana bir necha daqiqalar o'tgach hamma to'sattan jimib o'rnidan turdi va ta'zim qildi. Ko'rinishidan vazir shu yerda. Yuqori qavat eshikning tepasidan vazirning qorasi ko'rindi. Yuzi sovuq va viqorli forma kiygan erkak sekin astalik bilan zinalardan tushib keldi. Hech kim indamay boshini egib ta'zim qilmoqda. Jungkookning dag'-dag'asi tufayli men ham ta'zimdaman. Bu zavir esa tez yurish o'rniga hammaga o'z ta'sirini ko'rsatib sekin-sekin qadam tashlab yurib joyiga o'tirdi. O'tirganidan ham so'ng ham jim. Jungkookni bir durtib o'zimga qaratdim. Ovozimni pasaytirib pichirladim.

- bu vazirni tilini yo'qmi gapirmaydi.
- jim bo'l.
- belim og'rib ketdi.

Jungkook gapiraman deganda vazir vanihoyat gapirdi.

Vazir - qaddingizni ko'tarib joylaringizga joylashing - hamma joyini egallaganidan so'ng qayta gapirishda davom etdi.

Vazir: bugun muhtaram yurtboshimiz sizning xolingizdan xabar olish uchun meni jo'natdilar. Yaponiya shunchalar mehribonki u o'z qo'l ostidagi nochorlarni yolg'iz ilojsiz qoldirmaydi. Jonajon Yaponiya sizning xaloskoringiz. U sizga hayot berdi. Korea xalqiga hayot berdi.
- biz bundan juda ham shodmiz janob vazir. Yaponiya uchun jonim fido.

Bu gaplarni eshitish qanchalar og'ir. Bu manqurtlar qanday ayta olyapti bu so'zlarni. Koreys bo'la turib-a? Agar hoziroq buyursa oyog'ini yalashga tayyor chiyabo'rilar. Jirkanch... barchasi jirkanch... shu ifloslar uchun Tangun Koreani yaratgandimi? Shu yaramaslar uchun Tonmyon Koguryo davlatini tuzib asraganmidi?

[Ma'lumot uchun :
"Tangun" - quyosh farzadi. Qadimgi Choson asoschisi.
"Tonmyon" - Koguryo davlatining asoschisi ya'ni "Jumong" ]

Ziyofat boshlandi. Barcha amaldorlar vazirga yaltoqlanib uni maqtab ko'pirtirib gapirishar, Yaponiya hukumati osmonga ko'tarishar edi. Bularning havoyi gaplaridan tobora bo'g'zimga havo yetishmay tiqilib borar qadahimni tindirmgancha suv ichar edim. Yuzimda biror marta ham tabassum uyoqda tursin samimiy xursandchilik ko'rmagan Jungkook menga yaqinroq kelib qulog'imga gapirdi.

- vazirimiz kelganidan xursnad emasmisan. Axir otang u sababli hozirgi mansabida.
- men... shunchaki zerikdim. Zerikkanim uchun boshim og'riyapti. Shovqin-suron yoqmayapti
- biroz chida oz qoldi. Hozir tomosha boshlanadi.
- qanday tomosha
- hozir ko'rasan

Jungkookning yuzidan ko'rinib turibdiki buni u uyushtirgan. Undan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Oradan bir necha daqiqalar o'tganidan so'ng, zal markaziga katta to'rtburchak shakldagi davra qurildi. Kurash davrasi. Hozir biror oilalardan vakil chiqib bir biri bilan olishadimi? Ammo bu nima uchun kerak? Tushunmagancha davraga qarab turar ekanman Jungkook tizzalarim ustida turgan qo'llarimni bir kaftida tutib jilmaydi. So'ng qandaydir qichqiriq eshitildi. Eshik katta lang ochilib ichkariga kambag'al oilalar kiritildi. E hudoyim ular nima qilishmoqchi. Ularni olib kelgan qo'riqchilar orasidan davra boshi chiqib keldi.

- janob vazir. Bu insonlar Yaponiya ravnaqi uchun soliq to'lamay qochib yurgan nonko'rlar. Ular soliq to'lamagan bo'lsalarda siz ularga hayot imkonini berdingiz. Ammo ular baribir hech nima bo'lmagandek yashashda davom etishdi. Ularning aybi kechirimga loyiq emas. Biz shuning uchun janob Jeon boshchiligida bir jazoni o'yladik. Keling ularni bir biri bilan olishtiramiz. Doimgidek kuchlilar omon qoladi. Hammani yenga olgan g'olibni oilasi bilan birga qo'yib yuborib ulardan soliq olmaymiz. Yutqazganlar esa.. mayli ularni nima qilishni siz hal qiling. Hamda bu yerda 100ga yaqin oila bor.
- menga yoqdi. Ma'qul... boshlashingiz mumkin.

Yashash uchun kurash. Insonlar bir birini o'ldiradi. Ko'zlarimni qanchalar kattalashganini o'zim ham juda yaxshi bilaman. Tezlikda Jungkook tomon o'girilib unga qaradim. U esa hech qanday reaksiyasiz davraga qarab turibdi. Hamon qo'llarimni qo'yib yubormay. Undan qo'llarimni tortib olib yuziga yaqin keldim.

- bu nima Jungkook?
- tomosha
- bu tomosha emas. Bular odam hayvon emas
- endi yo'q... jim kuzat... zavqlan
- Jungk...
- jim dedim

Ko'zlaridagi vaxshiylik, xirs menga quturgan itni eslatmoqda. Men bu Jungkookni taniy olmay qoldim. Aslida u shunday edi. U o'zgarmaydi. Hayvon hech qachon odam bo'lmaydi...

Kurash maydoni hozir ko'zyoshga to'la. Ayollar, bolalar chinqirgancha jangga chiqadigan erkaklarning etagiga osilgancha yig'lab vidolashishmoqda. Qayta ko'rishish foizi 0 ga teng...

Ep 13 tugadi.

#Jeon_Shiya
@Gold_fanfics

COMENT YOZING❗️