SERENITY | EP 6
Jungkook Shiyani moxir doktor oldiga olib kelib yotqizdi. Doktr Shiyani muolaja xonasiga olib kirib Jungkookni chiqarib yubordi. Oradan bir necha soatlar o'tdi hamki darak yo'q. Shifokorning yordamchilari dambadam ketma ketlikda nimadurlarni olib kirib ketishadi. Nima uning ahvoli shunchalar jiddiymi?
Nega bular buncha yuragimni bezovtalagnacha ko'p kirib chiqishadi a? Hamma narsani bir joyga keltirib qoysam bo'lmasmikan? Har hil narsa uchun yana har xil qizlar chiqadiya? Asablarim allaqachon tamom bo'ldi. Jin ursin aqldan ozaman.
Jungkook ich ichidan o'tayotgan biror tuyg'usiga tushunmas. Aql va yurak o'rtasidagi jangda qolib ketgan edi. Nima qilishini nima deb o'ylashigacha shoshib qolgan yigitni oldiga kelgan xamshiraning ovozi o'ziga jalb qildi.
-kechirasiz janob, jarohatlaringizni bog'lab qo'yishga nima deysiz
-... mayli.
Jungkook jarohatlarini ko'rsatib davollatirib bo'lshi bilan shifokor xonadan chiqib keldi. Yuzidagi ro'molli niqobini yechib tomoq qirib Shiya haqida ma'lumot berishni boshladi.
- Jeon xonimning axvoli neytral xolatda. Ichki qon ketishini to'xtatish ancha qiyinlashdi. Kuchli zarb tasirida qovurg'alari anchagina jarohatlangan. Natijada qon ketishi yuzaga kelgan. O'pkada ham birozgina muammo bor. Bu tabiiy va tutun sababli.
- demak xavf yo'qmi?
- bu tun ancha og'ir o'tadi. Nimadur deya olmayman. U nazoratimiz ostida bo'ladi.
- tushunarli. Nimadur kerakmi?
- yo'q janob.
- uni ko'rishim mumkinmi?
- ha albatta
Jungkook shifokorni aylanib o'tib xotini yotgan xonaga kirdi. Qiz ustiga oq mato tashlangancha bir tekis nafas olib yotardi. Jungkook rafiqasiga yaqinlashgani sari shig'illashni sezar va bu ovoz Shiyaning nafas olishidan paydo bo'lardi. Uni oldiga o'tirib yuzining har bir nuqtasiga e'tibor bergancha tikilib qoldi. Beixtiyor qo'lini ohista yuziga eltib siladi.
- ular albatta jazolarini olishadi. Sen esa tezroq uyg'on. Aks holda men zerikib qolaman
Jungkook qo'lini uni yuzidan olib gavdasini rostladi. Ortga o'girilib eshik oldiga borganida nimadur uni orqaga qarashga undadi. Yana bir bor rafiqasiga nigoh tashlab xonani so'ngra shifoxonani tark etdi.
Jungkook tun bo'yi o'zi uchun odam izlab xavfsizroq boshpana qidirdi. O'z oldiga ishonchlilarni yig'ib ota-onasining va uy atrofi xavfsizligini ta'minladi. O'zini epaqaga keltirib so'ng yana shifoxonaga yo'l oldi. Jungkook shifoxonga ostonasidan ichkariga qadam qo'yganida Shiya yotgan xona atrofida o'ralashib yurgan odamlarni ko'rib qoshlari chimirildi. Katta katta qadamlari bilan tezlikda yetib kelib ichkariga bostirib kirdi. Hammani aylanib o'tib yotoqda yotgan bemor xotini deb o'ylab ko'z tashladi. Ammo yotoqdagi bemor Shiya emas. Jungkook hayratdan qotib qoldi. Uni yordamchi hamshiralar tashqariga chiqarib tashlashdi. Jungkook bir muddatda o'zini yig'ib xotiniga qaragan shifokorni izlay boshladi. Har joydan izlar ekan ikkinchi qavatdan tanish ovoz yangradi.
Tezlikda yuqoriga qarab tanish chexrani ko'rib u tomonga qarab yugurdi. Yuqoriga chiqib shifokorni qarshisiga turib
- xotinim qayerda?
- Jeon xonimni ko'chirgan edik manzur tuting
- ahvoli qanday?
- ichkaridalar o'zingiz ko'rishingiz mumkin
Jungkook shifokorni kutmay ichkariga birinchi bo'lib kirdi. Yotoqda xaligacha bir xilda uxlab yorgan xotinini ko'rib ichidagi olov so'nib o'ziga keldi. So'ng shifokorga yuzlandi.
- nega u haligacha ko'zlarini ochmayapti
- bu tun og'ir o'tdi. Anchagina isitmalari ko'tarilib ketdi. Surdurgi berib qolmaganiga shukur dedik
- endi qachon o'ziga keladi?
- ertagacha kuta qolaylik. Ertagacha kelishlari mumkin
- unga yaxshilab qarang. Ko'z quloq bo'ling. Nimadur bo'lsa shu yerga soqchilar qoldirib ketaman. Ularga ayting
- tushunarli janob
Jungkook shu ko'yi shifoxonadan chiqib ketdi.
Jungkook barcha ishlarini bitirib yana shifoxonaga yo'l olganida uni ortidan otasining xabarchisi ham ergashib yetib oldi. So'ng unga otasining tezlikda kelishini buyurgan xabarini olib uning oldiga yo'l oldi. Yangi ko'chib keltirilgan uyidan otasining xonasini topib u yerga kirdi. Jungkook xonags kirganida otasi bir nuqtaga tikilgancha bezovta turardi. Shunchalar o'yga cho'mganidan ortidan gapirayorgan o'g'lining ovozini ham eshitmadi. So'ng birdan cho'chib ortiga qaradi.
- ota, ahvolingiz joyidami?
- yo'q yaxshi emasmiz hech birimiz endi yaxshi bo'lolmaymiz
- nega unday deyapsiz?
- chunki Wanglar Koreyada biz endi hech qachon tinch va yaxshi bo'la olmaymiz toki ular o'lmaguncha
- dada balki nima bo'lganini aytarsiz. Men sizni tushunishim uchun
- Hajoon mening oldimga keldi
- nima dedi
- u seni yo'qotarmish. Biz Kimlardan vos kechishimiz kerak emish. Koreyani ularga tashlab ketishimiz kerak emish
- nima biz shunday qilamizmi sizningcha?
- men sen borangda tavakkal qilishni istamayman
- hech narsa bo'lmaydi ota. Men ularni o'zim yo'qotaman
- shunday ularni yo'qotishimiz kerakki bu ishlar ortidan biz chiqmasligimiz kerar. Yaponiya bosh vaziriga yaqin odam bu chiyabo'rilar
- hech tashvishlanmang u bilan o'zim hisob-kitob qilaman
- senga ishonaman
- unda boshqa gapingiz yo'qmi
- kelin... xotiningni ahvoli qanday
- ertalab borganimda hali ko'zlarini ochmagan edi.
- unda borib uni ko'rib kel. U ham boshimizga balo bo'lmasin
- tushunarli. Men kettim
- ahtiyot bo'l
- yaxshi ota
Jungkook otasiga yengil ta'zim qilib shifoxonaga yo'l oldi.
Shiya kasalxonada ko'zlarini ochganida vaqt quyosh botishiga ancha yaqinlashgan edi. Sekin-asta ko'zlarini ochganida oldida ota-onasi va akasi uyg'onishini kutar edi. Uni ko'zlarini ochganini ko'rgan Kim xonim darrov atrofida parvona bo'ldi.
- otasi qizingiz o'ziga keldi
- sizlarni ham qo'rqitib yubordimmi?
- yaxshimisan malikam
- yaxshiman otajon
- anavi kuyovingiz qayerda ekan? Nega qizimni oldida hech kim yo'q? Hatto bizga xabar ham berishmadi.
- oyijon o'zingizni bosing. Jungkook meni olib kelgan bu yerga. Nimadur ishi chiqqanki u yo'q.
- ha to'g'ri oyi shifokor bizdan oldin Jungkookni kelib ketganini aytdi.
- baribir nima bo'lsa ham qizim yolg'iz bo'lmasligi kerak edi.
- bo'ldi tinchlan onasi. Qizingga qara undan ko'ra. U endigina ko'zlarini ochdi.
Men uchun kuyib pishayotgan onamni ko'rganimda yana qayta ularni mehrini tuygandek bo'ldim. Oyim kamdan kam asabiylashadi. Bu paytlar ham biz yoki otamning toblari bo'lmagandagina ro'y beradi. Ular bilan bir necha vaqt birga bo'ldik. So'ng akam ularni uyga ketkazib o'zi esa Jungkook kelguncha oldimda qolishini aytdi. Nafas olishga qiynalyapman, og'riqlarim ham yo'q emas ammo o'zimni yaxshiroq his qilyapman. gavdamni ko'tarib yotoqqa suyanib o'tirdim. Akam Taehyung ham oldimga yaqinroq joylashdi va gapini boshladi.
- ohirgi kunlarda Jungkookda nimadur o'zgarish sezdingmi? Yoki qandaydur ma'lumotnimi?
- yo'q u ohirgi kunlarda ancha tinch edi. Nima bo'ldi?
- erinngni dushmanlari ko'paymoqda. Shuning uchun ham uyingizni yoqishdi.
- ularga qarshi chiqa oladiganlar ko'pga o'xshaydi.
- ularni hammasi qandaydur mansab uchun Koreyaga yig'ilishmoqda. Shuni aniqlashimiz kerak.
- buni menga qo'yib bera qoling. Men o'zim aniqlayman
- menimcha bu xavfli endi... seni ulardan olishimiz kerak.
- ishimni oxirigacha yetkazaman aka
- o'lib ketishing mumkin. Bugun uyingizni yoqishdi ertga o'zingni bo'g'izlab ketishsa ham bilmay yuraveradi anavi lo'ttivoz
- aka, qiyinchiliksiz hech narsaga erishib bo'lmaydi
- bu degani seni hayotingni qurbon qilish kerak degani emas
- hech kimga shu qatori menga ham hech narsa bo'lmaydi. Har holda o'lib ketmayman
- nimaga ishonib bunday deyapsan?
- Jungkookning menga nisabatn tuyg'ulari bor.
- nima? O'sha iflosday-a?
- ha unda menga nisbatan nimadur bor.
-... Shiya... balki kerak emasdur
- kerak aka boshqa ilojimiz yo'q
- baribir u senga nimadur qilsachi?
- ... qilmaydi. Yuragim shunday deyapti.
- yuraging?... senda ham unga nisbatan nimadur bor deganimi bu? Shundaymi?
- Jungkookning menga nisabatn tuyg'ulari bor.
- nima? O'sha iflosday-a?
- ha unda menga nisbatan nimadur bor.
-... Shiya... balki kerak emasdur
- kerak aka boshqa ilojimiz yo'q
- baribir u senga nimadur qilsachi?
- ... qilmaydi. Yuragim shunday deyapti.
- yuraging?... senda ham unga nisbatan nimadur bor deganimi bu? Shundaymi?
- albatta yo'q. Men uning shu hislaridan foydalanmoqchiman.
- bu qaltis harakat. U sezib qolsa nima qilasan? Sendan shubxalansa nima qilasan?
- u shundayligicha ham sergak va xushyor. Men shunchaki ayollik makrini ishlatmoqchiman
- yo hudoyim... seni qaytarishni umuman iloji yo'q
- ha shunday... siz xavfsizlikni oshiring. Tayyorgarlikni davom ettiring. Jungkook esa mening ishim.
-... mayli
Taehyung xafsala bilan o'rnidan turib deraza oldiga bordi. Derazadan pastga qaraganda Jungkookni endi kelayotganini ko'rib ensa qotirib singlosiga yuzlandi.
- ana oshig'ing kelyapti.
- Jungkookmi?
- boshqa kim
- kesatishni bas qiling
Aka - singil ko'z urushtirgancha urushishar ekan bir pasda xonaga Jungkook yetib keldi. Shiyani ko'zini ochganini ko'rib yuzida ajib xursandchilik o'ylab taranglil biroz bo'lsada yo'qoldi. Xonada bor yana bir kishini sezganidan so'z sergak tortib qayniakasining oldiga keldi.
- salomatmisiz kuyov
- siz so'raganingizdan so'ng ancha yaxshi
- sizga singlimni kimlar uchundur xo'rak vazifasini o'tash uchun bermadik
- aka
- bu uchun uzur so'rayman. Bu mening xatoyim edi. Keyingi safar xushyorroq bo'lamiz
- agarda qo'lingizdan uni ximoyalash kelmasa o'zimizga qaytaring
- haddingizdan oshmayapsizmi? Sizga indamayotganimni sababi sizdan hayiqishim emas xotimnini akasi ekanligingiz. Unutmang shuni
- nutqingiz anchayin xashamdor ammo quruq. Uni amalda hech ko'rmadik
- aka bas qiling.
- sen jim tur va aralashma
- gap talashganingiz bilan hech narsa ozgarib qolmaydi. Shuning uchun meni asabiylashtirishni bas qiling.
Shiya akasiga ko'zlarini katta-katta qilib qoshlarini uchurib jim bo'ling der ekan. Taehyung yaxshilab urusha olmaganidan xavfsalasi pir bo'lib qayta deraza tomonga o'girildi. Jungkook ham Taehyungga gapirish foydasizligini tushunib Shiyaga e'tiborini qaratdi. Unga yaqinroq kelib mayin ovozda xol-ahvol so'radi.
- hech qayering og'rimayaptimi?
- yo'q... ancha yaxshiman rahmat
- seni uyga olib ketgani keldim
- uy? Ahir uy yonib ketganku
- bizda yana boshqa bor. Agar yaxshi bo'lsang qolgan muolajalarni uyda olasan. Seni bu yerda qoldirish endi xavfli.
- yaxshi ketamiz.
- tayyorlanib tush. Seni mashina oldida kutaman.
- ho'p
Jungkook Taehyungga bir asabiy ko'z tashlab xonani tark etdi. Shiya Jungkook chiqqanidan so'ng ortida turgan yostiqni olib Taehyung tarafga uloqtirdi. Pichirlab baqirgancha unga yopishdi.
- siz aqldan ozyapsizmi? Nega unga unaqa deysiz?
- ha nima? Mening ham jahlim chiqdi. Nima mumkin emasmi?
- yo xudoyim o'zing menga sabr ber
- ajab bo'pti.
Taehyung labini burib ko'kragi ustidan qo'lini bog'lab deraza tokchasiga o'tirdi. Shiya esa foydasizligini bilib peshonasiga qo'li bilan urib qo'ydi.
Jungkook Shiyani uyiga olib kelib yangi uy va xonasi bilan tanishtirdi. Ancha jarohatlari sababli toliqqan qiz tezlikda xonaga chiqib yotog'iga o'tirib qoldi. O'pkasi ancha og'riq berayotganligi sababli u chuqur nafas ololmas lekin ayni damda unga hozir shu kerak. Qisqa qisqa tez tez nafas olib o'ziga o'zi shamol qilayotganida xonada Jungkook paydo bo'ldi. Xotinining oqarib ketgan yuzi va bejo turishidan xavotirlanib oldiga cho'kkaladi. Sochlarini ortiga bir qilib yig'ib egib boshini ko'tardi.
- nima bo'ldi? Yaxshimisan?
- h.ha h.ha hozir o'tib ketadi. Yana b.birozdan s.so'ng
Shiyaning tiralib turgan qo'li kuchini yo'qotib qaltiray boshladi. Jungkook o'rnidan turib yotoqqa uning oldiga o'tirib yelkasiga uni oldi. Qo'lini uni yelkasidan aylantirib ikki qo'li bilan qizning boshini yelkasiga qo'ydi. O'sha qo'li bilan uni sochlaridan silab unga dalda bermoqchidek harakat qila boshladi. Yelkasida turgan qo'lini pastlatib titrayotgan qo'lidan ushlab silab turdi. Shiya shu holatda 10 15 daqiqacha turgan bo'lsada Jungkook uni 1 soniyaga ham qo'yib yubormadi. Uning ahvoli yaxshilanar ekan Jungkookning ham yuragidagi to'polon tinchiy boshladi. Qiz erkin nafas ola boshlaganidan so'ng u sekinlikda sado berdi.
- yaxshi bo'lib qoldingmi?
-... ha endi ancha yaxshi
Shiya Jungkookdan uzoqlashaman deganda yigit uni qo'yib yubormadi. Qayta uni boshini yelkasiga qo'yib mahkam tutdi.
- hali o'tib ketmadi.
- men yotub uxlamoqchi edim
- a yog'e uzur unda
Jungkook hijolat ohangida gapirar ekan Shiya tahminlari to'g'ri ekanligiga 100 foiz amin bo'ldi. Uning issiq quchog'idan chiqib o'rnidan turdi. Shkafi oldiga borib bir tekis tayyorlangan kiyimlaridan orasidan tunggi kiyimini izladi. Uni olib kiyim alishtirish xonasiga ketayotganida Jungkookning ovozi yangradi.
- nafas olishga qiynalishing qancha davom etar ekan?
- aniq muddat aytishmadi. O'zi sekin astalikda yo'qolar ekan
- unda yaxshi
Shunchaki berilgan savol yuzadigan qurilgan suxbatdan so'ng Shiya kirib kiyimlarini alishtirib chiqdi. Xonaga qaytganida Jungkookni ko'rmadi. U allaqachon xonani tark etgandi. Shiya ohista kelib yotoqqa yotdi. Shiftga qarab yotar ekan ko'zlarida endi uyqu qochib bo'lgan edi.
Uning bu harakatidan o'zimning ham erib ketishimga bir bahya qoldi. Issiq bag'riga yuzimdan va qo'limdan silab turgan baquvvat qo'llari huddi yumshoqdek tuyuldi. U shunchalar meni mahkam bag'riga mahkam bosganida yuragining dukkilab urgan tovushi hali hamon quloqlarim ostida jaranglamoqda. To'xta ahmoq qiz. Uni o'ylashni bas qil. Sen ham uni sevib qolma. Ahmoq bo'lma.
Shiya o'zini o'ylahsdan tiyib boshqa tomonga o'girilib ustiga ko'rpani tortib uyquga ketishga harakat qildi. Bir necha soatlar o'tar o'tmas esa uxlab qoldi.
Shiya uyg'onish arafasida kecha eshitgan erining yurak tovushini eshitib yotar edi. Buni oldiga tush deb o'ylab yotdi. Ammo qimirlashgan harakat qilganida belida o'ralgan 2 narsani his etib sekin asta ko'zlarini ocha boshladi. Ko'zlarini ochishi bilan boshini ko'targanida erining chiroyli lablari va iyagiga to'qnash keldi. Undan uxoqlashaman deganjda esa chirmoviqdek o'ralgan qo'llar unga chiqishga imkon bermadi. O'zining qo'llari esa Jungkookning ochiq ko'ksiga tiralgan. Qiz uni uyg'otib yubormaslikka harakat qilib pitirlar ekan baribir bu harakatlar Jungkookni uyg'atishga erishdi. G'ingshib qizni harakatlana olmaydigan qilib bag'riga mixladi. Qizni ortiga o'girib bo'yniga iyagini tirab uyqusiragancha
- hali erta yans uxlashimiz mumkin
- men turmoqchiman
- men turganimda turasan
- yo'q...istamayman... Jungkook?
-...
- Jungkook... ha ayiq yana uxlab qoldi.
Shiya ko'z kosasi atrofidan qorachig'ini aylantirib ilojsizlikdan derazaga qarab yotaverdi. Deraza orti quyosh yo'q. Bulutli havo. Shiyaning ham ko'ngli g'ashlana boshladi... u esa tangriga tavakkal qilib yotaverdi...
Oradan bir necha soatlar o'tdi.
Jungkook yotoqda yotar ekan qo'llari bo'sh ekanlogini sezib choyshab ustidan qo'lini yugurtirib xotinini tanasini izladi. Ammo u yo'q. Bir ko'zini zo'rg'a ochib xona bo'ylab uni aylantirib Shiyani oyna oldida topdi. Qayta boshini yotoqqa tashlab ko'zlarini ishqalab turib gavdasini ko'tarib yotoqqa o'tirdi. Yuziga pardoz berayorgan qizga uyqusirab gapira boshladi.
- nega erta turib ketding.
- yana nafasim siqib qoldi. Turmasam ancha qiynalib yotishim mumkin edi.
- nega unda qayta yana yotmading
- uyqum qochib ketgandi. Nima sizga shunchalar muhimmi?
- ha sen men bilan uyg'onishingni istagan edim
- bundan nima foyda?
- sen mening xotinimsan. Demak eringni xohishlarini amalga oshirishing kerak
- xotingiz ekanligim faqat shu hollarda esingizga tushadi.
- doim men buni yodimda saqlayman. Ammo sen buni tez tez esingdan chiqarib turasan
- ajab bo'pti.
Shiya e'tibor bermaygina suxbatni yakunladi. Quloqlariga ziragini taqib o'rnidan turib eriga tomon o'girildi.
- tezroq tushsangiz birga ovqatlanamiz. Bizni bir necha marta chaqirishdi.
Jungkook boshini qashilayotganida ko'zi xotiniga tushib qotib qoldi. Shiyaning yuziga bergan meyoriy pardozi, belini ozg'in ko'rsatib turgan xushbichim ko'ylagi, hammasi mukammal tarzda edi. Jungkook asta sekinlik bilan o'rnidan turib unga ochiq yuzda qarab turgan qizni oldiga keldi. Ikki yonida tushib turgan sochlaridan birini ortga o'tkazib bo'ynidan ohisra ushladi. Shiya undan hurkib sal oetga tisarilganida Jungkook qayta uni belidan ushlab yalang tanasiga qizni tanasini jipslashtirdi. Biroz qizni yuziga egilib past va mayin ovozda xitob qildi.
Jungkook qizni bo'ynidan tutib turgan qo'li bilan uni yuzini yuqoriga ko'tarib lablariga labini bosdi. Shiya ko'zlarini xonasidan chiqqudek kattalashtirib harakatdan to'xtab qoldi. Jungkook esa bo'ynidan silagancha bo'sani chuqurlashirar rafiqasining belida turgan qo'li uni mahkamroq siqib o'ziga tortar edi. Jungkook qizdan havo olayotgandek lablaridan so'rib o'par ekan Shiya uning ko'ksiga qo'llarini qo'yib o'zidan uzoqlashtirishga harakat qila boshladi. Jungkook bundan norozi bo'lganda belida turgan qo'li bilan uni bir deganda ko'tarib yotoqqa tashlab bo'sani buzmagan holda ustiga chiqdi. Unga qarshilik qilayotgan ikki nozik qo'lni ikki yonga yozib lablarini qiynashda davom etaverdi. Uzoq davom etgan bo'sadan so'ng Jungkook qizning lablaridan labini uzib bo'yniga tushdi. Ochiq bo'ynidan shimib o'pib o'zining tamg'asini unga qoldirdi. So'ng o'zini tiyib qizdan sal bo'lsada uzoqlashib uni yuzidagi holatni ko'rmoqchi bo'ldi. Yuzi olmadek qizargan tez tez nafas olardi. Sal avval qiynagan lablaridan bo'yoq o'chib krtgan va u titrar edi. Yigit miyig'ida kulimsirab
- endi senga lab bo'yog'ini keragi yo'q. Shundayligicha ham unga tabiiy yo'l bilan rang berdim
- ... ustimdan tushing
- menga shu yoqyapti
- janob Jungkook🗣
Eshik ortidan xizmatkorning ovozi keldi. Jungkook qizni ustidan turmay javob qaytardi.
- nima?
- sizni otangiz chaqiryaptilar
- hozir boraman.
Xizmatkor indamay xona ostonasini tark etdi. Jungkook tagida tipirchilayotgan qizni yuzidan o'pib o'rnidan turdi va kiyinib hech bir so'z demay xonani tark etdi. Shiya taka-puka bo'lib qinidan chiqqudek urayotgan yuragini tinchlantirgancha xonada qoldi....
Jungkook bilan kun sayin oramiz yaqinlashib borar. Menga endi oldingidek dag'al va qo'pol munosabatda emas, yuzidagi jiddiylik qoshlarining chimirilishi kabi tarqalgan edi. Men uni bu darajada tezlikda o'zgarishini hatto hayol ham qilmagan bo'lar edim. Balki boshqa nimadir bormikan?...
Erta tongdan Jungkookni ishiga jo'natib uyga borish uchun ruxsat oldim. Uydan chiqmaganimga ancha vaqtlar bo'ldi. Bu ham uning taqiqi. Kiyinib yo'lga tushdim. Eshik ostonasida kutib turgan mashinaga o'tirdim. Mashina o'rnidan qo'zg'almay turib o'chdi. Haydovchiga savol nigohi bilan qarar ekanman birdan yon tomonimdagi eshik ochilib ichkariga Jungkook bosh suqdi. Ko'zlarimni katta- katta ochib qarab undan javob kutdim. U esa tomoq qirib
- uyingga birga borishimizga to'g'ri kelib qoldi.
- siz u yerda nima qilasiz?
- otangga taklifnoma berishim kerak - mashinaga o'tirdi.
- uni men bersam bo'lmasmidi?
- davlat ishi o'yinchoq emas. Hayda.
Ensa qotirib mashina derazasidan ko'chaga nazar tashladim. Qish kelyapti. Odamlarga yana kiyim-kechak uchun matolar yig'ishimiz kerak. Jungkook bilan bo'lib nochorlar esimdan ko'tarilibdi. Bugun nima bo'lsada uyimda qolish uchun Jungkookni ko'ndirishim kerak. Unga sekin o'girilganimda menga qarab turganini endi payqadim. Nima u boshidan beri manga qarab turibdimi?
- nega menga qarab turibsiz?
- begonaga emas o'z ayolimga qarayapman.
- e hudoyim... Jungkook
- eshitaman
- bugun ota-onam bilan qolsam maylimi? Ertaga uyga qaytaman.
- nega birdan bu qarorga kelding?
- shunchaki... uyimda yaqinlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchiman
- ... ko'ramiz
- ko'na qoling
- ko'ramiz dedim
Bu qaysar eshshak hech qachon osonlikcha ko'na qolmaydi. Mayli ko'ramizda. O'z ko'chamdan burilishimiz bilanoq yuragim hapqirib ura boshladi. Darvoza ostonasida mashina to'xtagach navbat bilan undan tushib uchkariga qadam qo'ydik. Kattakon qo'rg'onning yo'lagi bo'ylab uyga kirdik. Zalda gaplashib o'tirgan ota-onam bilan so'rashib biz ham oldilaridan joy oldik.
- Akam ko'rinmaydi.
- akang ishim bor deb chiqib ketgan edi.
- ha tushunarli.
- kuyov bilan birga kelganingni ko'rib ko'zimiz quvnadi.
- men birrovga kelgandim janob Kim
- tinchlikmi? Nega buncha tez
- ertalab yaponiya vazirini kutib oldik. Kechga endi amaldorlar bilan ziyofat uyushtiriladi. Sizni shunga taklif qilgani kelgan edim.
- vazir nega tashrif buyurubdi?
- aniq nimadir deganicha yo'q. Kechga aytsa kerak deb o'ylayapmiz.
- yaxshi. Ziyofat qayerda?
- bosh davlat binosida. Oilaviy chaqirilgansiz. Shu qatori sen ham tayyorlanib tur Jeonlar kelini sifatida borasan.
- men? Borishim shartmi?
- ... men kettim - Shiyaga ola qarash qilib o'rnidan turdi va uydan chiqib ketdi.
Ota-onam bilan birgalikda ziyofat bo'layotgan joyga yetib keldik. Eshik ostonasidan Yaponiya xidi anqib turubdi. Har bir burchakda ularning belgisi, bezatilish tarzi, urf-odatlari aks etib turibdi. Davlat Korea tuzum Yaponiya. Hazar qilaman hammasidan. Zinalar bo'ylab darvozani qovoqlarimni uygancha xatlab o'tdim. Mehmonlar birin ketin ketma ketlikda o'zlarini tanishtirib ichkariga yo'l olishdi. 2 qavatli xashamatli binoning 1chi qavati katta zal. Hamma mehmonlar uchun uzunasiga xona shakli bo'ylab stollar qo'yilgan. Hamma o'ziga atalgan stolga kelib joylashdi. Shu qatori biz ham. Oilam bilan o'tirayotgan chog'im Jungkook allaqayerdandir paydo bo'lib meni Jeonlar uchun stolga boshlab ketdi. Buni qarangki ularning stoli eng to'rda, vazirning o'ng tominida. Afsuski qurol bilan kelmadim. Bo'lmasa uni peshonasidan darcha ochish uchun ajoyib fursat va qulaylik edi. Jannatim qaynonam va davlatim qaynotamning negadir qovog'idan qor yog'moqda. Men tufayli desak bo'lmaydi. Meni bu yerdaligim ularning obro'si. Lekin nega ular xursand emas. Bizning qarshimizdagi stoldan ko'z uzishmayapti. Ularni yaxshi taninay stollari ustidagi yozuv tsxtasiga ko'zim tushdi - Wang oilasi. Shu sababli to'y azaga aylanib turganligini payqab miyig'ida kulib boshqa tomonlarga qaradim. Endigi azaga tushadigan yuz meniki bo'ldi. Jin ursin Jihoon shu yerda. U huddiki unga qarashimni, uni payqab ilg'ashimni bilgandek menga boshqacha jilmayib qarab turar edi. Endi unga nisbatan vijdonim tinch va azoblanmayapti. Chunki aldagan bir men emasman. Unga ortiq qarashni istamay e'tiborimni umuman boshqa tomonga qaratdim.
Oradan yarim soatcha vaqt o'tgach zerika boshladim. Yana bir necha daqiqalar o'tgach hamma to'sattan jimib o'rnidan turdi va ta'zim qildi. Ko'rinishidan vazir shu yerda. Yuqori qavat eshikning tepasidan vazirning qorasi ko'rindi. Yuzi sovuq va viqorli forma kiygan erkak sekin astalik bilan zinalardan tushib keldi. Hech kim indamay boshini egib ta'zim qilmoqda. Jungkookning dag'-dag'asi tufayli men ham ta'zimdaman. Bu zavir esa tez yurish o'rniga hammaga o'z ta'sirini ko'rsatib sekin-sekin qadam tashlab yurib joyiga o'tirdi. O'tirganidan ham so'ng ham jim. Jungkookni bir durtib o'zimga qaratdim. Ovozimni pasaytirib pichirladim.
- bu vazirni tilini yo'qmi gapirmaydi.
- jim bo'l.
- belim og'rib ketdi.
Jungkook gapiraman deganda vazir vanihoyat gapirdi.
Vazir - qaddingizni ko'tarib joylaringizga joylashing - hamma joyini egallaganidan so'ng qayta gapirishda davom etdi.
Vazir: bugun muhtaram yurtboshimiz sizning xolingizdan xabar olish uchun meni jo'natdilar. Yaponiya shunchalar mehribonki u o'z qo'l ostidagi nochorlarni yolg'iz ilojsiz qoldirmaydi. Jonajon Yaponiya sizning xaloskoringiz. U sizga hayot berdi. Korea xalqiga hayot berdi.
- biz bundan juda ham shodmiz janob vazir. Yaponiya uchun jonim fido.
Bu gaplarni eshitish qanchalar og'ir. Bu manqurtlar qanday ayta olyapti bu so'zlarni. Koreys bo'la turib-a? Agar hoziroq buyursa oyog'ini yalashga tayyor chiyabo'rilar. Jirkanch... barchasi jirkanch... shu ifloslar uchun Tangun Koreani yaratgandimi? Shu yaramaslar uchun Tonmyon Koguryo davlatini tuzib asraganmidi?
[Ma'lumot uchun :
"Tangun" - quyosh farzadi. Qadimgi Choson asoschisi.
"Tonmyon" - Koguryo davlatining asoschisi ya'ni "Jumong" ]
Ziyofat boshlandi. Barcha amaldorlar vazirga yaltoqlanib uni maqtab ko'pirtirib gapirishar, Yaponiya hukumati osmonga ko'tarishar edi. Bularning havoyi gaplaridan tobora bo'g'zimga havo yetishmay tiqilib borar qadahimni tindirmgancha suv ichar edim. Yuzimda biror marta ham tabassum uyoqda tursin samimiy xursandchilik ko'rmagan Jungkook menga yaqinroq kelib qulog'imga gapirdi.
- vazirimiz kelganidan xursnad emasmisan. Axir otang u sababli hozirgi mansabida.
- men... shunchaki zerikdim. Zerikkanim uchun boshim og'riyapti. Shovqin-suron yoqmayapti
- biroz chida oz qoldi. Hozir tomosha boshlanadi.
- qanday tomosha
- hozir ko'rasan
Jungkookning yuzidan ko'rinib turibdiki buni u uyushtirgan. Undan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Oradan bir necha daqiqalar o'tganidan so'ng, zal markaziga katta to'rtburchak shakldagi davra qurildi. Kurash davrasi. Hozir biror oilalardan vakil chiqib bir biri bilan olishadimi? Ammo bu nima uchun kerak? Tushunmagancha davraga qarab turar ekanman Jungkook tizzalarim ustida turgan qo'llarimni bir kaftida tutib jilmaydi. So'ng qandaydir qichqiriq eshitildi. Eshik katta lang ochilib ichkariga kambag'al oilalar kiritildi. E hudoyim ular nima qilishmoqchi. Ularni olib kelgan qo'riqchilar orasidan davra boshi chiqib keldi.
- janob vazir. Bu insonlar Yaponiya ravnaqi uchun soliq to'lamay qochib yurgan nonko'rlar. Ular soliq to'lamagan bo'lsalarda siz ularga hayot imkonini berdingiz. Ammo ular baribir hech nima bo'lmagandek yashashda davom etishdi. Ularning aybi kechirimga loyiq emas. Biz shuning uchun janob Jeon boshchiligida bir jazoni o'yladik. Keling ularni bir biri bilan olishtiramiz. Doimgidek kuchlilar omon qoladi. Hammani yenga olgan g'olibni oilasi bilan birga qo'yib yuborib ulardan soliq olmaymiz. Yutqazganlar esa.. mayli ularni nima qilishni siz hal qiling. Hamda bu yerda 100ga yaqin oila bor.
- menga yoqdi. Ma'qul... boshlashingiz mumkin.
Yashash uchun kurash. Insonlar bir birini o'ldiradi. Ko'zlarimni qanchalar kattalashganini o'zim ham juda yaxshi bilaman. Tezlikda Jungkook tomon o'girilib unga qaradim. U esa hech qanday reaksiyasiz davraga qarab turibdi. Hamon qo'llarimni qo'yib yubormay. Undan qo'llarimni tortib olib yuziga yaqin keldim.
- bu nima Jungkook?
- tomosha
- bu tomosha emas. Bular odam hayvon emas
- endi yo'q... jim kuzat... zavqlan
- Jungk...
- jim dedim
Ko'zlaridagi vaxshiylik, xirs menga quturgan itni eslatmoqda. Men bu Jungkookni taniy olmay qoldim. Aslida u shunday edi. U o'zgarmaydi. Hayvon hech qachon odam bo'lmaydi...
Kurash maydoni hozir ko'zyoshga to'la. Ayollar, bolalar chinqirgancha jangga chiqadigan erkaklarning etagiga osilgancha yig'lab vidolashishmoqda. Qayta ko'rishish foizi 0 ga teng...
Ko'z oldimdagi manzaradan men qanchalar achchiqlanib xavotir olayotgan bo'lsam qolgan tomoshabinlar ko'zlarida olov charaqlab jang boshlanishini kutishar edi. Ayollar va bolalar chinqirig'i ko'tarila boshladi. Ularni majburlagancha ajratib maydon arqonidan nariga o'tkazishdi. Ikki erkakni qo'lida hech qanday qurol yo'q. Hattoki jang sanatidan ham xabari bo'lmasa kerak. Ikkisi bir biriga dushmandek qarashmas edi. Bir biriga azob berishni istashmas edi. Ammo na o'lishni na o'ldirishni istashadi. To'pponcha ovozi yangraganidan so'ng ishtirokchilarga olishish uchun ishora berildi. Lekin ular jim. Joylaridan bir qadam bo'lsada tashlashmadi. Atrofda esa pichir-pichirlar osha boshladi. Ularni olishmayotganlaridan hamma hayratda. Tomoshasi o'xshamayotganidan jahli chiqqan Jungkook shart o'rnidan turib vazir qarshisiga chiqdi.
- janob vazir sizdan ularga yaxshilab qoidani tushuntirish uchun ruxsat olsam.
- o'zing boshlading o'zing davom et Jeon.
- tashakkur janob vazir.
Jungkook tazim qilib ortiga o'girildi. Katta-katta qadamlar bilan maydonga yetib kelib belidagi to'pponchani chiqarib ikki erkakni ham kiprik qoqmay otib tashladi. To'sattan yig'i ovozlari baralla tarqala boshladi. Jungkook yana bir o'qni osmonga uzib yig'i ovozlarini pasaytirishga erishdi. So'ng ovozi boricha ularga qarata.
- yo yashashni tanlang yo o'lishni. Qoida bir jang qilgan tirik qoladi. Qilmagan esa ittek otib tashlanadi. Tanlov qilishga shoshiling. Vaqt sizning foydangizga qarshi ishlamoqda.
Jungkookni to'xtatishdan ham qaytarishdan ham foyda yo'q. Otam o'tirgan stolga ko'z tashlasam ularning ham avzoyi ancha buzuq edi. Qo'llaridan hech narsa kelmayotganidan achchiqlanib yuzlarini boshqa tomonga burdilar. Jungkookning tushuntirish ishlaridan so'ng u kelib joyiga o'rnashdi. Uni oldida o'tirishni istamay turib stolimni nari surib qayta joyimga o'tirdim. Bu ishim unga yoqmagani olayib turgan ko'zlaridan ma'lum. Lekin endi menga ham baribir.
Jang qayta boshlandi. Yangi ishtirolchilar maydonni egallashdi. Musht tugilgan baquvvat qo'llar qaltirar, oyoqlari esa o'z o'zidan bo'shashib huddiki toladek dor ustiida turgandek titrar edi. Boshlandi. Ikki erkak bir biriga tashlanishdi. Gohida birini gohida ikkinchisining qo'li baland kelar. Atrofda esa oilalar lablari titragancha xudoga iltijo qilishar edi. Jang qizigandan qizg'in tarzda borarn atrofda o'tirgan boyvachcha mansabdor chiyabo'rilar handon otib kulgancha olishayotgan ikki erkak ustidan garovlar bog'lashar edi.
Qarshimizda o'tirgan Wang oilasidan yoshroq yigit o'rnidan turib biz tomonga kela boshladi. Qo'lida qadahini o'ynatgancha kelib bizning stolga joylashdi. Qaynotam va qaynonamga nomiga bosh egib salomlashgancha Jungkookka qaradi. Uni oldida turgan qadahiga o'zini bilan olishtirib uni ko'tardi. Tomog'idan o'tayotgan ichimlikni o'tkazish barobarida ko'z qirini menga tashladi. Men esa unga e'tibor qaratmay bu yerdan yo'qolib qolishni istagancha boshimni yerga egdim. U esa sekin asta gapira boshladi.
- Jungkook sen qaynisiniga tikasan? Qaysi biri yutar ekan-a?
- bular juda jo'n olishishmoqda. Ularga nimadir tikishimga arzishmaydi.
- xohlasang yana birga bir chiqamiz. O'tgan galgi uchrashuvimizda yer tishlab qolganding.
Ko'z qirimni Jungkookka tashlaganimda yuzi jahldan qizarmoqda edi. Gavdasini sekin ko'tarib u qarshisidagi yigitga yaqin keldi.
- Hajoon, asabimga o'ynashni bas qil. Men bilan gaplashmoqchi bo'lsang holi joyda gaplashamiz.
- o'sha kuni yugurgan xotining shumi? O'ta go'zal. Jeon xonim bu maxluqni qanday tanladingiz?
- ketadigan vaqting bo'ldi. Yo'qol. Aks holda peshonangdan darcha ochaman.
- rashkim kuchli degin. Hali ko'p gaplashamiz. Sen men va ... kichik jeon xonim ham biz bilan birga bo'ladi.
Bu qo'rqinchli odamdan ko'zlarimni olib Jungkookka qaradim. Uning jag'i g'azabdan raqs tushgandek qimirlamoqda. O'rnidan endi turgandi hamki, maydondan chinqiriq eshitildi. Olishuvda bir kishi yutqazdi. Ko'zim maydonda ko'zlari ochiq qolgan erkakka tushdi. U yutqazdi. Hajoon ham o'rnidan turib Jungkookning qulog'iga yaqinlashib
- sen ham yaqinda huddi shunday ko'zing ochiq holda oyoqlarim ostida jon berasan. Keyin esa xotiningni o'zimga cho'ri qilib olaman.
- iflos. Shu gaplarni sayragan tilingni sug'irib o'zingga yediraman.
Jungkookni asablarini yetarlicha buzgan Hajoon kulimsiragancha menga ko'z qisib bizni tark etdi. Bas yetar. Odam qatorida ko'rilmay halok bo'layotganlarni ko'rib tura olmayman. Jim qo'l qovushtirib o'tirmayman. O'rnimda tezlikda turib vazirning qarshisiga chiqdim. Jungkook meni ushlab ham qola olmadi.
- janob vazir, tarbiyasizlik qilib qarshingizga chiqqanim uchun kechiring. Sizdan 1 iltimosim borligi sababli chiqdim.
- shu tobda esingizga keldimi iltimosingiz. O'zingizni tanishtiring.
- men Jeon xonadonining kelini bo'laman. Ismim Jeon Shiya.
- ho'sh? Davom eting.
- mening iltimosim shundaki, bu nochor aholiga yana bir bor imkon bering. Ular ahir Yaponiya qo'l ostidalar. Ular uchun yana bir bor imkon bering. Yaponiyaning himmatini cheki yo'q. So'nggi imkonni berishingizni so'rayman janob vazir.
- ular soliq to'lamay bizni ortga tortyapti. Bunga nima deya olasiz.
- to'g'ri janob vazir. Lekin ularning o'limi bilan qarzlari yopilib qolmaydi. Ular qarzlarini to'lashlari uchun imkon bering.
- ular to'lashlari mumkin faqatgina jon evaziga. Yutgan oilasi bilan ketadi. Yutqazganni esa oilasi Yaponiyaga jo'natiladi. Shunda muammo hal. Ular ham qarzlaridan qutilishadi.
- ammo bu yerdan faqat 1 oila omon chiqishi mumkin.
- ularni oilasiga siznikini ham qo'shishimni istaysizmi Jeon xonim.
Vazir qarshisidagi qizga o'tkir nigoh bilan qaradi. U ham bir razl iflos. Unda mehr shavqat nima qilsin. Hech bir so'zsiz qolgan Shiyani Jungkook o'rtaga chiqib ortiga oldi.
- janob vazir, rafiqamni kechiring. U hali bunday ishlarni ko'rmagan. Shunchaki insonlarga rahmi kelgani sababli shunday demoqda.
- rafiqangga tushuntirib qo'yishingga umid qilaman.
- rahmat janob vazir.
Jungkook bilagimdan changallagan on ikkinchi qavatdan qattiq ovoz, portlash ovozi yangradi. Shiftda osilib turgan qandil maydonni egallagancha yer bilan bitta bo'ldi. Jungkook meni panasiga olib yashirdi. Atrofda g'alayon ko'tarildi. Hamma talvasaga tushib har tomonga yugurishdi. Oradan 2 necha daqiqa o'tib yana bir portlash yuz berdi. Vazirni tezlikda ko'chirish harakatiga tushishdi. So'ng esa ikkinchi qavatdan qora kiyimli odamlar tushib kelishdi. Hukumat jangchilariga tashlanmay to'g'ri majburan olib kelingan fuqarolarni bo'shatib ularni olib ketishga shaylanishdi. Jungkook meni yaxshiligimga ishonch xosil qilganidan so'ng o'sha odamlar tomon yugurdi. O'rtada jang boshlandi. Men tanidim. O'z belgimizni 100 chaqirimdan bo'lsada taniyman. Bu Taehyung edi. Odamlarni qutqargani kelgan qahramon. Jungkook va qolganlar qanchalar chiranishmasin ularga qarshi chiqa olishmadi. Akam o'z maqsadiga yetdi. Nochor qamal qilingan aholini bir amallagancha ko'chirib olib ketdi.
Jungkook bilan xonada birga o'tiribmiz. Uni jarohatini xizmatkor bog'lab malham surib qo'ydi. Uyga kelganimizdan beri unga hattoki 1 marta bo'lsa ham qaramadim. Hech bo'lmasa ko'z qirimni ham tushurgim kelmay nam sochlarimni quritib o'tirdim. Xizmatkor ishini yakunlab xonadan chiqib ketdi. Endi yolg'iz faqat ikkimiz qoldik. Jimlikni saqlagancha to'g'ri yotoqqa borib o'tirdim. Ko'rpamni ustimga tortganimda Jungkook menga qarab o'tirganini payqadim. Shunda ham indamay yostig'imni to'g'irlab yotaman deganimda u tilga kirdi.
- sen qanday uxlay olasan?
- nima qilishimni kutyapsiz?
- bugun o'lgan bo'lishing mumkin edi.
- sizni bu turqingizni ko'rgandan ko'ra o'lganim ming marta afzal edi.
- xotirjamliging meni shubhaga solmoqda.
- nima demoqchisiz?
Jungkook to'satdan o'rnidan ko'tarilib men tomon bostirib keldi. Bo'ynimdan changallagancha o'ziga yaqinlashtirdi. Qo'lida huddiki qo'g'irchoq kabi edi. Baquvvat bilagidan ikki qo'lim bilan ushkab og'riqdan ingrab yubordim. U esa go'yoki o'ljasiga tashlanolmay turgan sherdek pishqingancha nafas olar edi. U chiqarayotgan issiq havodan talvasaga battar tushdim. U tishlari orasidan vishillab gapira boshladi.
- sen bilgansan. Seni ular bilan tiling bir. Shundaymi?... gapir shundaymi?🗣
- n.nimalar d.deyapsiz?
- hech qanday belgi bermading. Hajoon senga gapirganida ham atrofni qora kiyimli kimsalar bosganida ham hattoki kipriq qoqmading. Nega? Gapir nega🗣
- m.men hech narsa qilmadim🗣
Qanchalar baland gapirishga, baqirishga harakat qilsamda uni qisqichdek qisib turgan qo'llari orasidan ovozim chiqmas edi. Yuzim qizarib havo yetishmay qolayotganida u birdan meni yotoqqa otib yubordi. Zarb bilan yotoqqa tushib bo'ynimni qo'lim bilan uqalab o'zimga kelishga harakat qila boshladim. Tanamni ko'tarishga ham xolim yo'q. Uning bo'lmag'ur ayblovlariga ham javob qaytara olmayman.
- SEN UY GAPINI OLIB CHIQYAPSANMI? SEN O'Z ERINGNI SOTYAPSANMI? QANDAY QO'LING BORDI BUNGA?🗣
- MEN HECH NARSA QILMADIM DEYAPMAN🗣
Uning o'kirayotgan ovozidan quloqlarim tom bitdi. Asossiz ayblovlariga chiday olmay bir qo'limga suyangancha turib unga qaradim. Haligacha nafas olishim meyorlashgani yo'q.
- sizni sotishim uchun sabab qani? Dalil qayerda? Menga ishingiz haqida nimadir aytganingizni eslay olasizmi? Ohirgi talofatdan beri meni uyingizga qamadingiz. Qayerga chiqdim? Kim bilan ko'rishdim? Yoki sizning ortingizdan ergashdim? Asossiz ayblovlaringiz jonimga tegdi. Nega mendan shubha qilyapsiz? Sizga nima qildim o'zi?
Undan sas-sado chiqmagach qizargan ko'zlarimdan oralagan yoshni sidirib o'rnimdan turdim. Zo'rg'a oyoqlarimni polga qo'yib kichik stolcha oldiga borib suv ichdim. Qizib turgan tomoq yo'limdan oqayotgan suv battar uni achishtirdi. Qayta ortimga o'girilganimda naq yonimda Jungkook turar edi. Ko'zlari esa bo'ynimda. Bo'ynimga qo'l cho'zganida o'zimni ortga oldim. Menga tegishiga yo'l qo'ymay uni aylanib o'tdim. 2chi qadam ni tashlab ulgurmasimdan Jungkook meni qo'lida ko'tarib oldida yotoqqa sekinlik bilan yotqizdi. O'zi ham sekin ustimdan oshib o'tib orqamni o'z gavdasiga birlashtirib yotdi. Belimdan qo'lini o'rab mahkam meni o'ziga tortdi. Ikkinchi qo'lida yonboshlab menga qarab bir necha daqiqa yotdi.
- tuzukmisan?
-...
- senga savol berdim
- ko'rinib turgandekman.
- zaharsan
- huddi siz kabi
O'rtada yana sukunat tushdi. Jungkookning belimdagi qo'li yuqorilab sochlarimga oraladi. Sochlarimni mayin tarab qulog'im ortiga o'tkazdi.
- sizni o'zgargan deb o'ylagan edim qattiq adashibman
- kimdir senga yaxshi muomalada bo'lsa u o'zgardi degani emas...
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic