May 15, 2025

THE LAST BELL EP 5

Ep 5

Sunha gapini yakunlamay turib eshikdan vajohati qaynagancha Jungkook kirib keldi. Qator boshida to'xtab Sunhani ko'rib 1 muddat u tomonga qarab turganidan so'ng u tomonga kela boshladi. Ko'zlaridagi nafrat g'azab va olov Sunhani esankiratib qo'ydi. Jungkookni birinchi bor bu holatta ko'rayotgan Ryen ham hech narsa deya olmay qoldi. Ikki qizning oldiga yetib kelgan Jungkook Ryenni qo'lidan tortib o'ziga qaratdi. Ko'zlariga tik qarab yelkasidan ushlab keskin tonda gap boshladi.

- kel uchrashamiz
- esingni yedingmi Jungkook
- shunchaki javob ber ha yoki yo'q

Pov Ryen

Jungkookning ko'zlaridagi nafrat sababini tushuna olmay qoldim. Bunday o'zgarishning sababi nima? Doim nafrat tuyg'usidan qochadigan yigit nega bunday ahvolda? Ko'zlariga qanchalar o'tkirlik bilan boqmay sababini tushuna olmadim. Yagona ko'rgan narsam g'azab, nafrat va alam. Tezlikda va kesin qat'iy javobimni unga aytganimda chimirilgan qoshlari bir zumda yoyildi. Ammo to'lig'incha emas.

- yo'q
-... yo'q? Sababing bormi?
- 1chidan biz do'stmiz, ikkinchidan esa sening sevganing bor. Agar bu hazl bo'lsa, haziling ancha qo'pol chiqdi Jungkook.

Jungkookning qoshkari qayta chimirilib olovdek qaynoq g'azabi chaqnab turgan ko'zlarini Sunhaga qaratdi. Men ham Sunha tomin yuz burganimda uning ko'zyosh qalqib turgan ko'zlariga qaradim. U ham mendan kam hayratta emas. Jungkookning zaharxanda yangragan so'zlari hammani og'zini ochib qo'ydi.

- u mening sevganim emas bo'lmagan ham
- Jungkook? Bu o'zingmisan?
- ko'rib turganingdek bu menman. Ho'sh rozimisan?
- gaplashib olishimiz kerak.

Ryen Jungkookning bilagidan tortib eshik tomon katta va ildam qadamlar bilan olib keta boshladi. Eshikdan chiqishganlarida Younghoonga duch kelishdi. Jungkookning sal bo'lsa ko'zlarida nafrat bir zumda so'ngan edi ammo uni ko'rishi bilanoq bu juda avj oldi. Qizargancha chuqur chuqur va tez nafas olgancha Ryendan qo'lini zarda bilan olib o'zi umuman boshqa tomonga qarab ketdi. Bu holatdan pinagini ham buzmagan Younghoon indamay Ryenga qarab hayrli tong degancha sinfga kirib ketdi.

Ryen: yana nimalarni boshladingiz-a?

Pov Ryen

Bu bir ko'rishda ilg'ab bo'lmas ma'no aka etgan nigohlar meni yanada esankiratib qo'ydi. Bir birini bir zumda g'ajishga tayyor turgan ikki sher misoli edi ular. Shaxtam qadamlar bilan ketayotgan darg'azab yigitning ortidan yugurar ekanman u to'xtashni hattoki hayol ham qilmasdi. Baland poshnalarimda oyog'imni qiynagamcha ortidan yugurib unga yetib oldim. Musht tugilgan biladigan tutib o'zimga qaratganimda ko'zlarim xonasidan chiqqudek maksimal darajada havotir va hayronlikdan kattalashdi. Jungkookning qon daryosi aks etib turgan biroz avvalgi ko'zlarida yosh. U shunchalar mayus ko'z yosh to'kayotganidan lol bo'lib qoldim. Jungkook esa kutilmaganda meni o'ziga tortib bag'riga mahkam bosdi.

Ryen & Jungkook

*

Pov Sunha

Turgan joyimda tosh kabi qotib qoldim. Uning so'zlari tanam bo'ylab shimoliy qutb muzliklarini yoygandek bo'ldi. Ko'zlaridagi nafrat olovi hali sababini bilmay turib meni jizg'anak qildi. Bo'g'zimda tiqilgan qaymoq va achchiq chinqiriqni lablarimni mahkam tishlab ushlab qoldim. Men hammadan olgan nafratimga chiday olaman ammo sevganim oshiq bo'lgan insonimdan emas. Bunga chiday olmayman. Yoki... Yoki u bilib qoldimikan? Lekin bu mening aybim emas.

Sinfdan chiqishga shaylanganimda Younghoonga ro'baro' kelib joyimda to'xtadim. Uni ko'rganimda tanamda yoqimsiz uvushishni sezdim. Bari u sabab bo'layorganiga ishonchim 100 foiz komil. U esa oldimdan go'yoki hech nima bo'lmagandek o'tib ketdi. O'zimda allaqayerdan kuch topib uni orridan boeib yelkasidan siltab tortib o'zimga qaratdim. Bu harakatimni kurmagan Younghoon buzulgan yoqasini ko'tarib to'g'irlab men tomonga qoshlarini chimirgancha yaqinlashdi. Men oldin hech qachon kimgadir bunday qo'pol muomala qilmaganman. Ammo hozir majburman.

- Jungkookka nima deding?
- nima degan ekanman?
- u.. u men bilan orani ochiq qilmoqchi?
- ho'sh shunga nima? Bunda meni ayblamoqchimisan?
- nega bunchalar boqi beg'amsan? Hatto pinagingni ham buzmayapsan?
- nima qilishimni kutyapsan?
- unga nima deganingni ayt yaramas. - ikki yoqasidan tutib uning ko'zladiga tik qaragancha bo'yimni cho'zin uni ortga itardim.
- seni umuman tushunmayapman. - ikki bilagimni ushlab qo'llarimni siltab meni turtib yubordida o'zi qayta xonadan chiqib ketdi.

Atrofdagilar esa bizni tomosha qilgancha o'z fikrlarini tahrir qilib, pichirlashni boshlashdi. Younghoonning ortidan qolmay ergashib sinfxonadan chiqib ortidan yugurdim. Ortidan kelishimni kutmagan yigit uni qayta ortga siltashimdan chuqur xo'rsinib men tominga o'g'irildi. Qancha yig'lamaslikka urunsamda baribie ko'zlarimdan tomchi yoshlar yumaladi.

- Younghoo, sendan yovlovib so'rayman. Jungkookka nima deding? Ayt iltimos qilaman. Oyog'imgga tis cho'kib so'rayman iltimos ayt. - uning qo'lidan ushlab pastga cho'kkalab g'ururimni yana chetga surdim. U esa menga shunchaki hech qanday reaksiyasiz kuzatib turibdi.
- meni hech narsadan xabarim yo'q. Bu sening muammoying. Hozirda sizlar bilan o'ralashishga xohishim ham vaqtim ham yo'q. O'zimni muammoyim o'zimga yetarli. Meni tinch qo'y.

Sunhaga teskari o'girilib qulog'iga quloqchinini taqib bir zumda ko'zdan g'oyib bo'ldi. Ko'zlaridam yoshlari bilan yerda o'tirgancha devorga suyanib qoldi.

- bu mening aybim emas edi...

Younghoon & Sunha

*

Jungkook Ryenni qattiq quchgancha bor dardini to'kib to'kib yig'lar Ryen uni tinchlamtirishni dalda berishni istar ammo nima deyishni, nima qilishni bilmasdan qotib turar edi. Qo'llarini tebranib silkinayotgan yelkalarga etib maxkam siqib havotirli ovozda gapira boshladi.

- Jungkook? Meni qo'rqityapsan. Nima bo'ldi gapirsangchi. Ichingga yutma iltimos
- Men ilk marta sevgandim. Ilk marta kimgadir qalbimni ishonib topshirgan edim. Ilk marta kelajagimni kim bilandir ko'rgan edim. O'zing aytchi Ryen. Sevgiga xiyinat qilmaslik shu darajada mushkul vazifami? Bir insonga ko'ngil berib u bilan oxirigacha borish shunchalar o'lim ishmi?

Uning ovozi titroq va chinqiriq bilan chiqmoda. Ammo bu chinqiriq ovozsiz qalbdan yangramoqda. Nahotki men sevganim uchun hech narsa qila olmayman. Uni bu azoblardan qutqara olmayman. Jungkookning silkinib tushayotgan yelkasidan tutib uni o'zimga qaratdim. Hali hamon qora ko'zlaridan qalb qaridan chiqayotgan achchiq faryodli suyuqlii tinmayapti. Uni shunchaki ortimdan ergashtirib bo'sh xonaga olib kirib bo'sh o'rindiqqa o'tqazdim. Unga yaxshiroq yaqinlashib joylashdimda tinchlanishini kutdim. Bunday vaziyatda aql bilan o'ylab ish qilishi kerak bo'lgan yagona odam menman. Nojo'ya aytilgan bir so'zim vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin.

- Jungkook, meni yaxshilab eshit. Oldin tinchlanib ol va menga bo'lgan voqeani batafsil tushuntirib ber.
- u voqeani tilimga olishni istamayman Ryen. Meni qiynama
- men senga to'g'ri yo'l ko'rsatishim uchun bo'lgan voqeani bilishim zarur.
- eng to'g'ri yo'l sen men bilan bo'lishing.... bilaman... sen menga befarq emassan

" Befarq emassan " u bu so'zlarni shunchaki aytti, lekin bu ikki so'z meni oyoq uchudan boshimgacha titratishga qodir. Achchiq azobli xotiralarim gavdalantira oladigan so'zlar... ammo mening sevgim shunchaki sevgilogicha qolishi kerak. Bundan ortig'i emas.

Shiya o'zini tezlikda yig'ib olib Jungkookning ko'zlariga tiq qarab sal avvalgi gapini takrorlab unga qo'shimcha qildi.

- Jungkook, menga nima bo'lganini ayt. Jahl uatida bilib bilmay erta bir kun pushaymon bo'ladigan qaror qabul qilma. Men senga doim do'st sifatida qaraganman. Seni shunday paytda qo'llab to'g'ri yo'l ko'rsatish bu mening burchim. Aks holda o'zimni do'st deya sanay olmayman
- ...qani edi boshqalar ham huddi sendek menga g'amxo'r do'st bo'lsa... Younghoon... Sunha bilan... xiyonat qildi. Eng yaqin do'stim, necha yillar birga bo'lgan qadrdonim meniki bo'lgan qizga ko'z tikdi... begona bo'lsa ham bunchalar achinmagan bo'lar edim
- Younghoon? Aniqmi? Ishonching komilmi? - Jungkookni ikki tirsagidan tutib ko'zlariga hayratimni yashirmay tikildim. U esa javoban shunchaki bosh silkib tasdiqlab yerga qaradida gapini davom etti.

- eng alamlisi ham shu... menga Sunhaning xiyonatini qattiq botmadi deya olmayman, ammo Younghoon... men hattoki buni tasavvur ham qilmagan edim. Uni bunday qilishini hayol ham qilmagan edim.
- ... menimcha bu tushunmovchilik Jungkook
- ko'rdingmi sen ham ishona olmaysan
- bu kimningdir uyushturgan fitnasidir. Sizga xavas qiladiganlar qatorida xasad ham qiluvchilar talaygina Jungkook. Shuni o'ylab ko'rdingmi?

Jungkook gaplarimga javob qaytarmay cho'ntagidan telefonini chiqardi. Bir necha soniyalar uni titib ichidan nimadir izladi. Topishi bilanoq ekranni men tomon tutib o'zi yerga qayta bosh egdi. Ekranga diqqat bilan qarar ekanman o'z ko'zlarimga ishona olmadim. Bu qanaqasi. Younghoon Sunha bilan... bo'sa... ey hudoyim nimalar qilyapsiz bolalar...

Ryen qarshisida turgan haqiqatga ishona olmay telefonni Jungkookning qo'llaridan yulqib olib yaxshilab sinchiklab tekshirdi. Ammo bu rost. Hech qanday fotoshop emas. Bu ayni haqiqat... achchiq haqiqat... qadrdonlaridan berilgan qaqshatqich zarba

Jk & Ryen

- kel Ryen, men bilan bo'l. Seni hafa qilmayman. Biz baxtli bo'lamiz
- aqlingni ishlat Jungkook. Bolalarcha fikrlama. Sen yaxshisi hozir uyingga bor. Yo'q borma meni kut. Seni o'zim eltib qoyaman. Tezda qaytaman kut.

Ryen Jungkookka buyrug'ini takrorlab uning miyyasiga quyganidan so'ng xonadan chiqdi. Sinfga yugurib kirib Younghoonni izladi. Topa olmay u bo'lishi mumkin bo'lgan joyga yeldek uchdi. Yugurganida oyoqlari ostidagi marmardan tovushlar chiqar, do'stligi buzilmasligi uchun jon jahti bilan harakat qilardi. Basketbol zaliga kelib anjomlar turuvchi xonaga to'g'ri kirib borib o'ziga kerakli odamni topdi. Nafasini ham rostlamay katta katta qadamlar bilan boshini egib to'p o'ynayotgan yigitni o'rnidan turg'azib yuziga qattiq tarsaki tortdi. Tarsaki ovozi xona bo'ylab aks sado berib yo'qolganidan so'ng xonada faqatgina Ryenning charchoqli xansirash ovozi yangrab turar edi. Xansirashi pasaygan qiz qayta yigitning yoqasiga yopishib jahl bilan unga vishilladi.

- nega? Nega? Aqldan ozdingmi Younghoon? Bu qanday qiliq bo'ldi?
- ...
- gapir tilingni yutmaaa
- ha qildim... bundan afsusda emasman.
- ikki insonni ayriliq olovida jizg'anak qilib nima topding? Ikki sevishgan qalbni ajratib ularga qon yuttirib nima topding?
- endi hammasi yaxshi chunki sen baxtli bo'la olasan. Bularning barini sen uchun qildim. SENI DEB ESHITYAPSANMI? SENI DEB🗣

Younghoonning ko'zlari barq urgan olovdan u rostan ham mening yaqinimmi deya o'ylab qoldim. Meni hayratga solgan narsa esa uning so'nggi jumlalari bo'ldi... Sen uchun qildim... men uchun ularni ayirdingmi Younghoon?...

Ep 5 tugadi.

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic

Younghoon & Ryen