August 9

SERENITY || EP 11

Ep 11

Pov Shiya

Front ortida xizmat qilayotgan birinchi kunim bo'lishiga qaramay eng xavfli bo'lgan chegara hududiga yordamga jo'natildim. Atrofdagi chalajon askarlar-u qo'rquvdan ko'zlari ola-zarak qora ishchilarni oralab o'tar ekanman yo'limdan chiqqan bemorlarga birinchi yordam ko'rsatib ularni tibbiy qismga jo'nattirdim. Ammo ko'zlarim izlayotgan odamni hech topmasdi. Yana izlashda davom etdim. Atrofga yana diqqatimni qaratib uni izlay boshladim. Yangi kelayotgan yuk mashinalaridan ham bir olam yaralangan askarlar olib kelinar edi. Erinmay ularni ham hadiksiragancha ko'zdan kechirib chiqdim ammo ularning hech biri Jungkookka o'xshamas edi. Mashinalarga qarab ularda yozilgan son va xarflarga e'tiborimni qaratdim. Demak bular har bo'lim uhun ajtarilgan. Jungkook uchun ajratilgan bo'lim esa A7 edi. Yana qayta mashinalarni birma bir aylanib o'zimga kerakli bo'lim uchun ajratilgan mashinani topdim. Endigina kelib to'xtagan mashinaga peshvoz chiqib uning haydovchisini o'zimga qaratdim.

- salom bu A7 guruh shundaymi?
- huddi shunday. Bemorlarni tushurishga o'zimiz yordam beramiz xonim.
- yo'q yo'q. Sizdam boshqa narsa so'ramoqchi edim. Menga komandiringiz Jeon Jungkook kerak edi.
- uni nima qilasiz?
- Jeon Jungkookning rafiqasi bo'laman. Uni qayerdan topishim mumkin?
-sizga xabar berishmadimi xonim? - mayus ohangda
- nega? Nimani xabar berishlari kerak?
- Komandir Jeon... urushda himoya paytida... dushman tomonidan otilgan bomba sababli vafot etdi.

Butun dunyo bir zumda boshim uzra qotib qoldi go'yoki. Qarshimdagi aybdoroma turgan erkakdan uzoqlashgancha ortga qadam bosar ekanman odamlar shoshgancha meni durtib durtib o'tib ketar edi. Miyyamda paydo bo'lgan o'tkir chiyillash sababli boshimni qattiq siqqancha baqirib yubordim. U o'lishi mumkin emas. Bolamizni ko'rmay bu dunyodan ko'z yumishi mumkin emas...

Yotoqda terga bosgancha titrab uxlayotgan qiz qoshlarini chimirgancha kaftlari orasidagi par ko'rpani siqimlar ekan to'sattan ko'zlaridan yosh chiqib ularni ochdi. O'rnidan sapchib turib ketgancha zimiston bo'lgan xonaga alanglar ekan daxshatli tushidan o'zi ham sovuq ter to'kkancha qo'rqib turib o'ziga keldi. Deraza oldida turgan stoli ustidagi suv idishidan turib tezlikda suv ichib biroz bo'lsada tartibsiz urayotgan yuragini tinchlantirdi.

- bu qanaqa tush bo'ldi jin ursin. Jungkook? Nega undan xabar kelmayapti o'zi. Aqldan ozaman jin ursin.

Shiya nam bo'lgan ust-boshini alishtirgandan so'ng derazadan endi ko'tarilayotgan quyoshga bir zum qarab turib pastga yo'l oldi. Ota-onasining uyida tunab qolgan qiz ayvonda yolg'iz o'tirgan akasining oldiga shoshgancha yurib kelib uni o'ziga qaratdi. Singlisining ko'zlaridan otilayotgan tashvishli qo'rquvdan xavotir olgan yigit uni so'roqladi.

- nega erta tongdan bu ahvoldasan? Yuzlaring oqarib ketgan. Nima bo'ldi
- aka Jungkookdan xabar olishning biror iloji bormi? Men aqldan ozaman.
- nega? Nima bo'ldi? Tushunturubroq gapirsangchi?
- uni.. uni tushimda ko'rdim. Jungkook vafot etganmish... - ko'zlari yoshlangancha lablarini to'sdi.
- heey bu nima ko'z yosh bo'ldi? Telba bo'ldingmi Shiya - tasirchan bo'lib qolgan singlisini quchib gapida davom etdi. - u soppa sog'. Xavotir olma va tinchlan
- yo'q tinchlana olmayman. Undan biror xabar olmasam aqldan ozaman. Yuragim negadir g'ash. Unga nimadir bo'lgan bo'lsachi?
- bo'ldi hozircha tinchlan o'zingni bos Shiya. Hozir tush tasiridan talvasadasan. Men xabar olishni ilojini qilaman.
- chindanmi?
- ha faqatgina sen o'zingni bos. Vujudingdani jiyanimni o'yla. U sendagi barcha hissiyotlarni sezadi.
- u hali kichik
- kichik bo'lsada shunday. U dadasidan xafa bo'lishini istamasang bemani tushlarni unut.
- huddi hayotda bo'layotgandek edi. Ro'yo bilan o'ngni ajrata olmay qoldim.
- hech qisi yo'q. Endi borib xonangda damingni ol. Hali turish uchun erta.
- ... mayli

Shiya indamay o'zini majburlab tabassumini siqib chiqarib akasiga orqa o'girib xonasiga chiqib ketdi.

*

Kimlar xonadoniga kechki payt tashrif buyurgan Jeon xonim kelinini olib ketish maqsadida kelib kechki ovqatga qolishga ham qaror qildi. Bir dasturxon atrofida o'tirgan oilaning tinchligini buzgan darvoza taraqlashi barchaning e'tiborini tortdi. Qo'rg'on erkaklari o'rinlaridan dasturxondan turib oldimlashni boshlashganida bemalol hech bir hijolatsiz kelayotgan mirshablarga bosh bo'lgancha Jihoon viqor bilan qadam tashkab kelmoqda. Oldingidan ancha sovuqlashgan yuz ifodaga monand chimirilgan qoshlar barchasi o'zgacha tus olgan. Bu oldingi Jihoonga zig'ircha bo'lsada o'xshamaydi. Asosiy eshikdan qadam bosib uy ihkarisiga kirgan erkaklar qarshisiga turgan Taehyung ularni savol javob qila boshladi.

- bu mahalda qo'rg'onimizga nima shamollar uchurdi?
- issiq shamol emasligi aniq Janob Kim
- issiqmi sovuqmi bizga farqi yo'q. Ammo siz bu tarzda Kimlar qo'rg'oniga bostirib kela olmaysiz. Shuni bu aqlli miyangizda o'ylamadingizmi?
- mendagi ruxsat har bir uyga xohlagan paytda kirish imkonini bera oladi
- qanday ruxsat ekan? Biz ham bilsak yaxshimidi
- bu shaxsan qirol tomonidan olingan order... asl maqsadim sizlar emassiz. Jeon xonimlardan biroz xol so'ragani keldim - Taehyungni aylanib o'tmoqchi bo'lganida yigit qayta uning yo'lini to'sdi.
- erkaklar bilan gaplashishga qurbingiz yetmaydimi? Qanday gapingiz bo'lsa shu yerdan gapiring. Ayollarga yaqin borishingiz shart emas
- rashkchiman deng... mayli aytganim bo'lsin - kulimsirab nigohini Jeon xoninga qaratdi.
- Jeon xonim otam bilan tanish bo'lganingiz rostmi? Ulardan biroz shaxsiy qarzingiz bor. Shuni eslatgani keldim.
- m.meni hech kimdan qarzim y.yo'q - talmovsirab ko'zlarini bir joyda qarata olmay qoldi.
- aniqmi? O'tmish hikoyalaridan so'zlab berishimni istamassiz
- mendan nima istaysan?
- shunchaki shaxsiy va oilaviy qarzingizni qaytarishingiz so'rayman.
- oilaviy qarz? - tushunmay qaynonasiga qaradi Shiya
- ha! Jeon oilasi bizdan jon qarzi bor. Buning evaziga esa Jeon oilasi kelini bizga topshiriladi
- qanday qarz haqida gapiryapsiz. Tushunmadik - Janob Kim suxbatga qo'shildi
- Jeon Jungkook mening otamning qotili. Buni imkor etmay qoya qoling. Menda guvohlar ham yetarli.
- ishonchingiz komilmi?
- shubhaga o'rin aslo yo'q Janob Kim
- nega aynan Jeonlar kelini sizga qiziq bo'lib qoldi? - Taehyungning yuzi g'azabdan qizarib qahrli ovozda savolini berdi.
- bu mening xohishim. Parklar vorisi sifatida men istaganimni olishim mumkin
- agar berilmasa nima bo'ladi?
- unda... Jeonlar butunlayga qirib tashlanadi. Bunga to'sqinlik qilgan barcha jazolanadi.
- uni senga bermayman. O'glimning yagona omonatinii senga topshirmayman. - Jeon xonim Shiyani ortiga olib himoya qilmoqchidek bo'ldi
- bilaman Jeon xonim o'zingizni uruntirmang. Uning xomiladorligi sabab soxta himoya uslubingizga o'tdingiz. Havotirlanmang nabirangiz tug'ilishi bilan sizga topshiriladi.
- hoy sen nimalar deyayotganingni tushunyapsanmi o'zi?🗣 - asablarini jilovlay olmay qolgan qiz to'sattan baqirib yubordi.
- xohlasang alohida gaplashib olishimiz ham mumkin
- sen bilan gaplashadigan biror gapim yo'q
- hoy erkak! Qo'lingdan kelganini qil. Xohlaganingcha tahdid qil. Istaganingcha hujum qil baribir singlimni mendan ola olmaysan. Na singlimni na singlimni qaynonasini - ko'zlarida olov chaqnab Jihoonning yoqqasidan tutib
- bundan afsus qilasiz. Ayniqsa sen... ha sen Shiya. Lekin men sen uchun anxha yumshoq bo'la olaman. Istaganingda yana bir bor senga gaplashish uchun imkon beraman.
- tinchimizni buzmay uyimni bo'shatib qo'ying janlb Park Jihoon

Janob Kimning qat'iy buyrug'i bilan qo'riqchilar oldimlagamcha ularga ortga tomon ishora qilishdi. Barchasini shunchaki tahslab ketishni istagan Jihoon kulimsiragancha Shiyaga qarab ortiga burulib qo'rg'onni tark etdi. Bu tun ham ancha og'ir va yoqimsiz o'tadigan bo'ldi....

Pov Jungkook

Oldimda portlagan bombadan kelayotgan ovoz quloqlarim ostida jarang sochsa atrofda parchalangan tana bo'laklari yomg'ir tomchisidek sachrashi ko'z oldimdan ketmay qoldi. 10ta odamim o'sha yerda o'lgan bo'lsa qolganlari yarador va chalajonlarcha yetib keltirildi. O'zim esa haligacha tirik ekanligimga ishona olmayapman. Nahotki haligacha tirikman? Hayot bu qadar shirin deya o'ylab ham ko'rmagan edim. Bu olayotgan jarohatlarim, ko'z oldimda jon berayotgan yaqin askarlarimni ko'raverib uning qadrini bildim. Ayni damda esa rafiqamni sog'inmoqdaman. Uning tulki ko'zladiga tikilgancha tinch orom olib uxlashni istayman. Mayin sochlarini silab yuzidan erkalashni, jahl qilganda qosh chimirishini, unga yaqinlashganimda esa ko'zlarida aks etadigan yorug' nurni ko'rishni istayman. Yana uni his qilib turib bag'rimga bosgancha shirin tunlarimni hayol qilaman. Ammo bu uchun menda imkon bo'larmikan?

Hayol surib yotgan yigit ko'zlari yumilay yumiliy deyayotganda oldiga bostib kelgan askardan hurkib kergancha shart o'rnidan turdi. Olgan jarohatlari qattiq og'iq bergancha yotoqqa qayta o'tirib unga qo'rquv to'la ko'z bilan qarab turgan askariga tikilib savol berdi.

- senga nima kerak?
- janob haligi...
- cho'zmalanmay gapir
- menga bir necha kunga javob olib bera olmaysizmi?
- bu yer soatbay ishlaydigan korxonami?
- sababim bor ayolimni uyga qaytarib yuborishim kerak.
- ayoling? U bu yerda nima qilyapti?
- meni izlab bu yerga kelgan ahmoq qiz. Xomilador ekan. Yaqinda ko'zi yorib qoladi. Uyga tezroq jo'natib yubormasam bo'lmaydi.
- xomilador?... u bu yerda qanday ish qiladi?
- yordamchi hamshira bo'lib kelibdi.
- yo hudoyim bularga nima bo'lagan-a? Ikki qat ayolni ham olib aqldan ozganlar.
- janob yordam bera olasizmi?
- xotiningni sevasanmi?
- albatta. Uni jonimdan ortiq ko'raman. Undan boshqa hech kimim ham yo'q. Borlig'im u
- unda ikkimgiz ham Koreyaga qayta jo'naysiz. Eetaga kechki payt ketasiz. Tayyor turing. Farzanding tug'ilganidan so'ng esa qayt.
- albatta janob katta rahmat sizga. O'la o'lgunimcha sizdan minnatdorman janob.

Xursanligidan ichiga sig'magan askar tinimsiz tazim qilgancha yigitning oyog'ichaga egildi. Bundan hijolat bo'lgan Jungkook uni turg'azib barmoqlarini labiga qo'yib jim deya ishora qildi.

- shunchaki uningni chiqadmay jimgina ketasan va qaytasan. Tushunarlimi?
- ha janob
- endi esa bor rafiqaning oldida bo'l

Askar rostlanib hurmat bajo qilib xonadan chiqib ketdi. Uning xursand chehrasini ko'z oldidan ketkaza olmagan Jungkook mayin kulimsiragancha yana o'yga tolib qoldi. Hayolida Shiyaning xomiladorligini tasavvur qilib uning siymoyisini gavdalantirdi.

- mening nozikkinga katta qorin qanday ko'rinsa ekan?...

Ertangi kun

Biroz bo'lsada o'ziga kelgan komandir oz bo'lsada kayfiyatini ko'tarish uchun tashqariga chiqdi. Chiqqanida esa Koreyaga jo'natilishga tayyor bo'lgan mashina oldiga kelib atrofidan aylandi. Haydovchi bilan gaplashib allaqachon barchasini tayyor qilib qo'ygani sababli ko'ngli hotirjam edi. Bir tugun bilan kelayotgan askariga ko'zi tushgan Jungkook oldida xotinini ham payqab mayin jilmaydi. Askar shunchaki o'tib ketmasligi aniq bo'lgani uchun ham komandiri qarshisida to'xtab u bilan salomlashdi.

- salomatlik tilayman komandir
- erkin... demak ketyapsizlar
- ha janob
- rafiqang ancha jasur ekan. Seni sendanda ko'proq sevar ekan. Ammo bu ishingiz yaxshi emas xonim. Keyim siz kabi mardlar ko'payib qolishi hech gap emas.
- komandir siz ham uylangansiz shundaymi?
- ha. Faqat iltimos mening xotinimni yo'lidan chiqmang. Chiqsangiz ham gaplashmang. Aks holda u ham bu yerga kelib olsa ajab emas. U ham huddi men kabi telba - hazlsan so'ng o'rtada kulgu yangradi.
- ho'p bo'ladi janob. Sizga kattakon rahmat. Endi bolam tug'ilganida otasi oldida bo'ladi - ayol ohista qornini silab qo'ydi.
- hali ohirigacha oldida bo'lib o'zi katta qiladi.
- nima bo'lganda ham rahmat komandir.
- boshqa so'z bilmaysizmi sizlar. Har ikki gapni birida rahmat rahmat deyaverasiz. Odam hijolat bo'lib kettiku
- uzur so'raymiz komandir.
- mayli mayli. Haydovchi oldidagi o'rin sizlar uchun. Oq yo'l

Jungkook yosh oila bilan hayrlashganidan so'ng tanasida yana og'riq sezib o'z o'rni tomon yo'l oldi. O'zi uchun ajratilgan yotoqqa yotib shiftga termulgancha yotib ko'zi uyquga ilindi. Oradan biroz vaqt o'tgandan so'ng ko'ksida o'rmalayotgan qo'ldan qayta ko'zlarini tezlikda ochib o'rnidan turdi. Ammo qarshisida bosh shifokor litenantni ko'rib asabiy ko'zlarini pirpiratib yotog'iga suyandi. Oldi ochiq turgan ko'ylagini to'g'rilab qizga savol tariqasida qaradi.

- qo'rqib uyg'onadigan darajada qo'pol harakatlandimmi?
- men uchun har qanday harakat qo'pol. Ayniqsa u siz tomondan sodir etilsa Minje xonim
- meni ranjityapsiz Janob Jeon - nozlanganxha yigitga yanada yaqinlashib oldiginasiga o'tirdi.
- sizdan qarzim yo'q. Qarzim bo'lganida ranjitmagan bo'lardim. Aybga buyurmang.

Qizni o'zidan uzoqlashtirub o'rnidan turayotganida qiz uni yelkasidan itarib qayta joyiga o'tqazib qo'ygancha uning yuziga masofa qolmagunga qadar yaqinlashdi. Yigitning ko'zlariga ehtiyoj va extiros uyg'unlashgan nigohini bilan boqib qayta uning qorin mushaklari ustidan qo'lini yugurtirib yuqorilay boshladi. Lablarini tishlagancha yigitning quruq lablariga diqqatini qaratgan qiz yanada masofasini qisqartiegancha maqsadiga yetamagan deganida Jungkook uning bo'ynidan siqimlagancha ortiga itarib yotqizib ustiga chiqib oldi. Og'riqdan yuzi burushib qizarayotgan qiz bo'ynidagi qo'lga yopishgancha qutulish uchun chirana boshladi. Jungkook esa g'azab to'la ovozida qizga qarata vishilladi.

- aslo menga yaainlashishni hayol ham qilma. Bu tana, ko'ksimda urub turgan yurak, senga o'lim nigohi bilan tikilib turgan ko'zlar, sen tashnalarcha tikilib erisha olmagan lab barcha barchasi sen ega chiqmoqchi bo'lgan barchasi boshqasiga tegishli. Uqdingmi? Menga yaqinlashishni hayoling uchiga ham keltirma suyuq oyoq foxisha - zarda bilan uni yotog'i ustidan itarib uloqtirib yubordi.

Qiz og'ir va tez tez nafas olgancha unga haligacha quturgan hayvon g'azabi bilan tikikib turgan yigitga qarab yo'talgancha uning xonasini tark etdi. Buzulgan asablarini tinchlantirib msqsadida yotog'ini qayta egallagan yigit ko'zlarini yumib yotgancha bir necha daqiqalarda uxlab qoldi...

Huddi shu vaqt Koreya.

Erta tongdan uyushma oldiga kelib ovqat tarqatishga yordamlashayotgan qiz tanasida sovuq uvushishni sezib qaynonasi va onasini tashqarida qoldirgancha xonaga kirib biroz isinishni istadi. O'z xonasiga kirib olov yonib turgan kamin oldiga kelib cho'kkamcha qo'lidagi qo'lqoplarini yechib olovga tutdi. Tanasidan uvushishlar ketganidan so'ng qolgan qalin kiyimlarini yechib yotog'iga tashlaganida ortidan kelgan gavdadan hurkib deraza oldigs borib qoldi. Hayajon va qo'rquv bilan nafas olayotgan qiz bu kim ekanligini angkab ulgurmay bu kimsa yuzidan nigobini va boshidan qalpog'ini olib qizga qarata kulimsirab qosh uchurdi.

- bu yerga qanday kirding?
- doimgidek bu men uchun qiyinchilik tug'dirmagan
- ket bu yerdan.
- bolang katta bo'lyaptimi? - qiznjng qorniga ishora qildi.
- seni ishing bo'lmasin - qorn sohasiga qo'lini qo'yib gavdasini yon tomonga burdi.
- maslahatim sal og'irroq bo'l. Chunki hozir mening changalimdasan. Senga istalgan yomonlogimni qilishim mumkin. - qiz tomonga asta sekin yaqinlasha boshladi.
-yaqinlashma! Joyingda tur - cho'ntagida olib yuradigan hanjarini yigitga to'g'riladi.
- ooo ancha tajribang oshibdi azizam
- senga nima kerak?
- sen keraksan. Faqatgina sen
- meni tinch qo'y
- afsuski yo'q. Bunday qila olmayman. Sen menga tegishli eding. Meni sevar eding. Seni yana oldingidek o'zimniki qilmoqchiman.
- afsuski endi buning iloji yo'q. Men endi o'z erimga tegishliman. Men erli ayolman! Shuni aqling chaqyaptimi?
- menga hech narsani farqi yo'q. Muhimi sen meniki bo'lasan
- hech qachon bunday bo'lmaydi. Hayol ham qilma
- demak yaxshilikcha o'zing ko'nmaysan. Yomonlikcha urunib ko'raman
- qo'lingdan kelganini qil
- qadrli ering hozir nimalar qilayotgan bo'lsaya? Tirikmi? O'likmi? Chalajonmi?
- u soppa sog'
- balki sog'lig'iga biroz putr ketkazarmiz. Masalan nosoz tankdan otilgan o'q behosdan kelib Komandir Jeonning xonasini vayron qilsayu ichida u ham bo'lib bexosan halok bo'lsa... rejam qalay?
- unday qilmaysan... qilolmaysa
- qilishimni istamasang hoziroq qo'limni tut - qiz tomonga qo'lini cho'zdi
- hech qachon
- baribir - qadrli umr yo'ldoshing sabab meniki bo'lasan
- sen kabi iflos bilan birga bo'lguncha urushga ketganing ming marta afzal

Qiz qo'lidagi hanjarni yaxshilab ushlagancha yigitga tashlanishga shaylandi...

Pov Jungkook

Ko'zlarim uyqudan qattiq va daxshatli chalingan sirena tovushidan moshdek ochildi. O'rnimdan sapchib turgancha tashqariga yugurdim. Barcha askarlar qurollanayotganini ko'rib qayta joyimga qautib o'z formamni kiyib qurollarimni bo'ynimga ilib yana tashqariga yugurdim. Atrofda g'ala g'ovur yig'i sig'i ko'payib ketgan edi. Buning sababini nimadanligini anglay olmay biror bir yuqori lavozimli odamni ushlashga muvaffaq bo'ldim. U menga hurmat ko'rsatgancha qarshimda turdi.

- nimalar bo'lyapti? Nega bu sirena tovushlari avjida?
- dushmanlar komandir. Ular juda yaqin. Vatanimizga jo'natilgan mashinalar yo'lda o'qqa tutilgan. Barcha barcha halok bo'lgan.

Uning gaplarini eshitib badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Ahir u yerda... men jo'natgan yosh oila... yo tangrib bu nimasi bo'ldi. O'zimni bir mddatga yo'qotib qo'yganimni men tomonga uchinchi bor berilgan savoldan so'ng angladim.

- bu yerni tark etishga buyruq bor. Ketamizmi?
- aniq barcha halok bo'lganmi?
- tekshiruv guruhimiz endi yo'lga chiqadi.
- yaxshi o'sha guruhga men qo'shilaman. Sizlar barchani olib maxsus yashirinish joyiga evakuatsiya qiling. Tezlashing!

Buyruqni beriboq voqea joyiga ketishga shay turgan mashinaga chiqib oldim. Ikkinchi bor qo'limga qurol ushlaganimda titradim. Menda qo'rquv hissi yana uyg'ona boshladi. Balki men ham bir kunmas bir kun biror bombadan parchalanibmi, yerga o'rnatilgan minani bosibmi, yoki qandaydir daydi o'qning zahridan yaralinibmi o'lishim mumkinligidan tanamni sovuq ter bosgandir. Hayotni shirinligini o'lim iskanjasida yaqin yurganda tushunar ekan odam...

Voqea joyiga yerib kelgan kuzatuvchi guruh o'z komandirlarining buyrug'i bilan ovoz chiqarmay sekin sekin yonayotgan mashinalarga yaqinlasha boshlashdi. Birma bir mashinalarni tekshirishar ekan jasadlar bir birlariga yopishib qolgancha olivda jizg'anak bo'lib yonishar edi. Endi ularga yordam berish uchun ancha kech. Butun yon atrofni qorurilayotgan go'sht hidi tutgan. Ammo bu oddiy istemol go'shtining hidi emas aksincha... begunoh odamlarning nohaq va vaxsgiylarcha yondirilgan tanasi edi....

Jungkook indamay o'zi jo'natgan juftliklarning mashinasi oldiga nogohon yaqinlashdi. Haydovchi tomon eshik ochiq va yerda haydovchining yongan jasi ichkarida esa biri ikkinchisini to'sib quchgancha yonayotgan jasadlar... shubhasiz bu jasadlar o'sha askar va uning xotininiki... u yerda 2 emas 3 jon halok bo'ldi. Tug'ilmagan norasida bu adolatsiz dunyoni ko'rmay turib nobud bo'ldi. Jungkook chuqur ho'rsinib nafas olib chiqarib ortiga buruldi. Murdalarni tekshirayotgan odamlarga qarata ularni shu yerga ko'mishga buyruq berdi... nima bo'lganda ham qolganlar vaxshiy bo'lishi mumkindir ammo u emas. Ya'ni u hozir vaxshiy emas...

Oradan bir necha soat o'tganidan so'ng barcha ishlar o'z yakunini topdi. Kuzatuvchi guruh yana qayta mashinaga joylashganida ulardan 2 chaqirim narida yana bir portlash yuz berib uning zarbi ularni chetlab o'tmadi. Quloqni qomatga keltirgan ovoz tomondan osmonda paydo bo'lgan qora tutun dushmanlarning ancha yaqinligidan darak berardi. Ketishga shaylanib mashinalarga chiqib joylashishdi. Endi vaqt ularga qarshi ishlamoqda edi go'yo...

Qiz qo'lidagi hanjarni yaxshilab ushlagancha yigitga tashlanishga shaylandi. Ammo uning harakatiga nisbatan qarshi tomondan hech qanday nojo'ya harakat yo'q. Aksincha yigitning ko'zlaridagi nafrat o'rnini oldingi, eski sevishganlardagi payti mehr va mungli qarash egalladi. Jihoon indamay qizga hech narsa demay bir muddat turdi. Bu huddiki ko'zlar orqali suxbatning o'zginasi. Uzoa vaqt jim turishni istamagan Jihoon o'zi oldin gap boshladi.

- biz bunga munosibmidik? Qara biz qay ahvoldamiz? Biz, sen va men aslida bir tomonda bo'lishimiz kerak emasmidi?
- o'tgan ishlarni kovlashtirishni hojati yo'q
- o'tgan ish? Bu sen uchun shunchaki xotira shundaymi? Shunchaki yomon va oxiri bo'lmagan xato... adashasan Shiya juda qattiq adashasan. Biz uddalashimiz mumkin edi. Sen menga borini boricha ro'y rost aytganingda edi hozir ikkimizning ham hayotimiz boshqacha bo'lar edi
- men shunchaki seni yaxshi yashab tirik qolishingni istagan edim.
- endi yaxshilab boq... men yaxshimanmi? Sensiz menda hammasi joyidami? Qara ahvolimga. Kimga aylanganimni qara
- men sen haqingda hech narsani bilmaganim uchun ham huddi shudnay bo'ldi. Bularda meni ayblashga zarracha bo'lsada haqqing yo'q. Nega oldimda soxta va nochor oilada katta bo'lgan yigit sifatida namoyon bo'lding? Nega menga o'z kelib chiqishing haqida ro'y rost so'zlamading?
- vaqti kelganda aytmoqchi edim...
- qachon? Qachon edi o'sha lan'ati vaqti? Men seni yuqori tabaqali oilalarga teng kela olmaydi. Bekorga o'lim topmasin deya Jungkookka rozilik berdim.
- mayli... roziman kel hammasini unutaylik. Barchasini yangittan boshlaylik. Hayotimiz uchun yangi oltin saxifani ochaylik - qiz tomonga bir qadam yaqinlashdi.
- endi kech. Juda kech. Men allaqachon oilali ayolman. Yaqinda ona bo'laman.
- menga farqi yo'q. Sendan bo'lak hech narsaning qizig'i yo'q. Bolangni ham qabul qilaman. Uni o'z farzandim kabi ko'raman.
- asosiysi men o'z erimni sevaman. Unga xiyonat qilmayman.
- ering? Qaysi ering? U allaqachon o'lgam bo'lisa ham kerak.
- sen Jungkookni bilmaysan. U men uchun qaytadi. Vada bergan
- ha men uni bilmasman ammo uning atrofidagi ko'zlari qonga to'lib o'limini kutayotganlarni bilaman. Ular allaqachon u uchun tuzoqlarini qo'yib bo'lishgan. Jungkook urushdan tirik qaytmaydi. Xom hayol bilan yashama Shiya
- gaplaringga ishonmayman. Jungkookka nimayiki qilishmasin, qanchalar chirkin harakatlar qilishmasin bari foydasiz. U qaytadi... bilaman u qaytadi - atrofga ola-zarak qaragancha chuqur chuqur nafas ola boshladi. Ko'z oldida yana o'sha qo'rqinchli tushi gavdalandi.
- demak menga yaxshilikcha rozilik bermaysan. Mayli unda Jungkookning o'limini tilaganlar safida endi men ham borman.
- unday qilmaysan. Eshittingmi qilmaysan - ko'zlari qizargancha yigitning yoqasiga yopishdi
- bularning barchasi senjng qo'lingda. Tanla Shiya. Shu yoqamda turgan qo'llaringni kaftimga tashlaysan, yoki butun oilang va eriningni onasining boshiga itni kunini solaman... va yana bir mudxish voqea yuz beradi... Komandir Jeon lagerda boshqalar uchun malaka o'tayotganida nosoz mina sababli bu dunyodan ko'z yumadi... yoki dushman tomonidan otilgan deya atalgan ammo o'z askari tomonidan komandir otib o'ldiriladi... rejalarim qalay? Menga ko'proq birinchisi yoqdi. Chunki u anchagina azobli...

Jihoonning yuzida iblisona kulgu yoyildi. Shiya bir marotaba og'ir yutungancha tikikib qoldi...

Urush

Mashina pedali qancha bosilsada bu vaqtdan o'zishga yordam bermas edi. Ortimizdan tushgan 1 tank va 2 mashina biz tominga tinmay o't ochib kelmoqda. Bu nimasi bo'ldi? Nega bir nechta askar uchun shuncha to'z to'polon bo'lmoqda? Yoki ichimizda xoyin bormi? Lekin xoyin bo'lgani bilan ham nega aynan men chiqqan kuzatuv guruhi ortidan tushishdi? Mashinadan bosh chiqarib ortiga qaraganimda bu mashinalar negadir dushmanlarnikiga hech ham o'xshamas edi.

- Qo'limizga qurol olishimizdan foyda yo'q. Yaxshisi qalin o'rmon ichiga kirib yashirinish kerak
- minalar borku
- iloji boricha keng joydan uzoqroq yurib qochsak bosmaymiz degan umiddaman. Boshqa choramiz yo'q

Komandirning rejasini maqullab o'rmon ichiga mashinani burishdi. Qalin o'rmon ichiga chuqur kira olmagan mashinani kirishda qoldirib o'zlari har tomonga tarqalib qochishdi. Ortlaridan yetib kelgan taqibchilar ham ko'zlari ilg'agan kishini ortidan granatalar uloqtirib o'qlar yomg'irini ham xosil qilishdi. Qalin o'rmon ichida quloqni garang qiluvchi qurol ovozlari-yu og'riqli chinqiriqlar har bin insonning tomirlargacha titratmay qo'ymasdi. Birma bir eshitilayotgan azobli chinqiriqlardan ortga qaytish fikri paydo bo'lgan Jungkook ortiga o'girilib panaga berkindi. Qo'lidagi qurolini sozlab u tomonga kelayotgan begona askarlarga nishonni to'g'irlab birin ketin o'q uzdi. Yer tishlagan ikki askar oldiga tezda yetib kelgan Jungkook ularning yuzlarini tekshira boshladi. Koreyslar... dushman kiyimida bo'lgan koreyslar... tahminlari to'g'ri chiqmasligini xohlagan yigit ko'zlarini asabiy pirpiratib o'rnidan turdi. Turishi bilanoq yelkasiga tiralgan sovuq temir uni harakatsiz qoldirdi. Sovuq matog egasi esa mayin ovozda savol berdi.

- o'lishga tayyormisan Jeon Jungkook

Ep 11 tugadi.

Keyingi qismda:

*

- xotinidan xat kelibdi
- endi unga xatlarning keragi yo'q

*

- shartlarimizga ko'nishingiz kerak janob gubernator
- bu juda katta shart
- bu millat orzusi, xalq xohishidir

*

- shunchaki sen mening qo'limdan tut
- qayerga ketamiz?

#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics