ππππππππ [ π¨π³π¨ππ₯π’π€ ]
π¦ππ₯ππ‘ππ§π¬π³
[π¨π³π¨ππ₯π’π€]
17-asr oxiri 18-asr boshlaridan Korea davlati Xitoy imperiyasi mustamlakasidan ozod bo'ladi va mustaqillikka erishadi. Ammo davlat boshqaruvidagi ichki nizolar xalq noroziligi hukumat tepasida turganlarning notog'ri xulosalari tufayli davlatda bir qancha qo'zg'olonlar bo'lib davlat zaiflashadi. 19-asrdan boshlab Korea davlati endilikda Yaponiyaga qaram bo'lib qoladi. 19-asrning 2-yarmiga kelib Koreada g'arlashish yani yevropa madaniyati kirib kelishi kuchayadi. Bunga Park Kyu Su ismli zodogon boshchilik qiladi. Ammo bu islohot kuchayishi va davlat rivojlanishini istashmagani sababli Park Kyusuning tasodifiy o'limi uyushtiriladi va u vafot etadi. Yana oradan vaqt o'tib Koreada yana notinchlik va zulmga qarshi harakatlar boshlanadi. 1893-1895- yillarda Koreada inqilobiy harakatlar kuchayadi va ular Yapon demokratiyasiga qarshi bosh ko'taradila. Hamda Korea hukmdori Yaponlarga qarshi borish uchun Xitoydan yordam so'raydi. Xitoy imperatori buni yerda qoldirmay Koreaga o'z yordam qo'lini cho'zadi. Natijada Xitoy Koreaga yordam bergani uchun Xitoy-Yapon urushlari boshlanadi. Bu urushda Yaponiya g'olib chiqadi va Koreada yana o'z tuzumini o'rnatib Xitoy bilan tinchlik shartnomasini tuzadi. Korea faqat ko'zdagina mustaqil edi. Aslida u Yaponiya qaram davlat bo'lardi. Oradan ancha vaqt o'tdi oradagi Rus-Yapom urushlaridan so'mg 1910-yil Yaponiya Koreani to'lig'incha bosib oldi.
Ushbu fanfic Koreadagi Yapon zulmidan to ozodlikkaca bo'lgan kurshlar aks etadi. Voqealar rivoji 1910-yildan boshlanadi. Eslatib o'taman voqealardagi qahramonlar to'qima ammo hikoyalar tarixdan olib yoziladiβοΈ
Korea Yaponiya qarami bo'lgandan bir necha yillar o'tgandan so'ng Yaponiya zulmi tobora kuchaya boshladi. Yaponiya mansabdorlari va harbiylar kelib Korea qishloqlariga o'z hukmlarini o'tqazishga kirishishdi. O'zlari uchun qishloqlar-u shaharlarni o'zlariga bo'lib olib u yerdan soliq yig'ishar ko'ngillarini ovlash uchun har zamonda qiz bola bor uyda tunab qizlarni ovunchoq qilishar edi. Bundan bosh tortganlarni ayobsiz jazolashar edi. Uy erkagini shavqatsizlarcha o'ldirib ayollarni o'zlariga qul qilishar yokida foxishaxonaga sotib yuborishar edi. Buning natijasida qancha qizlar isnod alamidan totishdi. Bunga chiday olmaan qizlar o'zlarini o'ldrishdi bazilari aqldan ozishdi. Bunday shavqatsizlikni oldini olishning birgina yo'li kattagina soliq to'lash edi. Agar oilada qiz farzand bo'lib mansabdor kelib olaman deganda bosh tortsa avval unga malum miqdorda pul berishini yoki oziq ovqat biriktirib vaqt berishadi. Bersa qizga tegishmaydi aks holda tepadagi jazo qo'llanadi. Bularga chidab turolmagan Korea mansabdorlaridan bo'lgan hokim Kim Taesun bularga chek qo'yish maqsadida o'zi qo'zg'onlon ko'taradi. Avvaliga ular yani qo'zg'olinchilar g'olib chiqishadi ammo keyingi qaqshatqiz zarbadan so'ng ular yengilishadi. Natijada qo'zg'olon boshlig'i Kim Taesun qamoqqa olinadi va qatl ettiriladi. Uning o'g'li Kim Taehwani o'zlariga bo'ysundirishga majbur qilishadi va ularga oilasi sababli bo'ysunadi. Hamda Kim Taehwa Yapon harbiysiga aylandi.
Kim Taehyung otasining oldiga kirib tazim qildi. Otasi unga o'tirishini buyurdi. Taehyung otasining qarshisiga o'tirib
Taehyung: aytgan ishlaringizni bajardik
Taehwa: hammaga yetkazdingmi
Taehyung: ha ammo hammaga ham yetkaza olmadik qashoqlik avj olmoqda
Teahwa: bilaman habarim bor ammo hukumat buni nazarga ilmayapti
Taehyung: hech bo'lmaganda soliqni kamaytirishni so'ramadingizmi
Taehwa: ular buni ikki dunyo bir bo'lsa ham qilishaydi
Taehyung: qolgan odamlarga ham bugun kechga hammasini yetkazamiz
Taehwa: yaxshi o'zingizga ehtiyot bo'ling. Hozir tashkilotta kim bor
Taehyung: Shia o'sha yerda saralash ishlari bilan band
Taehwa: unga qancha ayttim aralashmagin deb
Taehyung: uni baribir to'xtata olmaymiz
Taehwa: gaping to'g'ri unga ehtiyot bo'l shikastlanmasin
Taehyung: ho'p bo'ladi ota
Taehwa: meni saroyga borishim kerak ehtiyot bo'linglar
Taehyung: ho'p ota yaxshi boring
Taehwa o'rnidan turib kastyumini qo'liga olib qo'rg'onini tark etdi. Taehyung esa otasi ketishi bilan shaxsiy tabibini olib maxfiy tashkilotga ketdi. Bu tashkilot maxfiy tarzda odamlarga yordam berish bilan shug'ullanadi. Bunga Kim Taehwa asos solgan. Ammo buni hech kim bilmaydi va uni Yaponlarning quli deb atashadi. Kim Taehwa bularning barchasiga chidaydi. Uni yuziga bu gaplarni aytishmasada u buni sezib turadi. Shu sababli otasining orzusi yani zulmni yo'q qilish maqsadida bu tashkilotni ochib unga o'g'li va qizini mas'ul qildi. Ammo kechagi tadbirda Shia noma'lum hujmchi tomonidan yaralandi. Taehyung tabibni singlisi yorgan xonaga olib kirib o'zi ham bir chetda joylashdi. Tabib Shiyani tekshira boshladi. Qorin bo'shlig'idagi jarahotni ochdi va achinish bilan
Tabib: eh bechora qiz kecha meni olib kelsangiz bo'lmas edimi yosh janob
Taehyung: bu o'jarni bilasizku otam bilmasin deya olib bormaysan deb turib oldi
Tabib: eh ha mayli menga yordamlashing
Taehyung kelib singlisining egnidagi kiyimini oldini ochib yuzinj yon tomonga burdi. Tabib ham uning tanasiga qaramaslikka harakat qilib yuzini burdi. Taehyung jarohat oldini ochib tepa qismini yopdi va uni qo'llaridan ushlab turdi. Tabib jarohat joyini tozalab igna iplarini oldi va tikishni boshladi. Tanasida og'riq sezgan Shiya tipirchilab qimirlashni boshladi. O'ziga kelib tepasida akasini ko'rdi ammo gapirolmadi
Taehyung: ozgina chida singlim oz qoldi oz...oz
Tabib jarohatni tikib bo'lib muolajasini qildi. Terlab ketgan Shiya uyquga ketdi. Tinch va tekis nafas olar ekan
Tabib: endi nima qilasizlar yosh janob
Taehyung: u hushiga kelishini kutamiz
Tabib: kechgacha otamgiz yosh xonimni qo'rg'onda ko'rmasa
Taehyung: kechgacha etaman
Tabib: ammo u ertalab uyg'onishi ham mumkin
Taehyung: kech tushaversa aniq bo'ladi...bo'lmasa...dadamga aytishga majbur bo'laman
Tabib Shiani oz fursat nazorat qilib so'ng qo'rg'onga qaytib ketdi. Taehyung esa Shiani oldida uni uyg'onishini kuta boshladi. Hali quyosh botmay turib qo'rg'ondan xabar keldi. Hizmatkor Taehyungning oldiga kelib
Xizmatkor: ho'jayin sizlarni qo'rg'onga chaqirayaptilar
Taehyung: nega nima bo'ldi
Xizmatkor: kechda uyga mehmon kelar ekan siz va yosh xonim ularni oldida turishingiz kerak ekan
Taehyung:...yaxshi biz boramiz ketaver
Xizmatkor qaytib ketdi Taehyung asabiy boshini qo'llari orasiga oldi. Nima qilishni o'ylab boshi qotdi. Otasiga aytmay desa baribir biladi. Aytsa undan qattiq dakki eshitadi. Nima qilishni o'ylab o'ylab xonaga qaytdi va Shiaga qaradi. U hali ham uxlar edi.
Uyga boriah vaqti bo'ldi. Ammo yigit hali ham singlisini uyg'onishini kutar. Agar u uyg'onmasa otasiga nima deb javob berish haqidagi o'ylar miyyasini tark etmas edi. Baridan charchagan Taehyung kelib singlising oyoq tomonidan o'tirdi. Oppoq qo'llarini qo'liga olib
Taehyung: men eng yomon akaman. Singlimni himoya qilish o'rniga uni ortiga bekingan bir xudbinman. Agar kechagi voqealar men bilan bo'lganida balkim sening o'rningda men yotardim. Bunisi ancha yaxshi edi men uchun. Seni bu ahvolga tushishingga qarab turgan akangni kechir singlim. Iltimos qilaman o'tinub yolvorib so'rayman ko'zlaringni ochaqol. Sen ahir kuchlisanku. Nega bu ahvolda yotibsan hali ham. Men dadamga nima deb javob beraman. Shia...Turaqol
Shia: yana yig'imi?
Sukut hukm sura boshlagan xonadan Shianing sokin ovozi yangradi. Taehyung ham qilib turgan boshini darrov ko'tarib singlising jilmayib turib mur sochayotgan chehrasiga tikildi. Taehyung xursandligidan uni bag'ruga qattiq bosdi. Singlisining og'riqdan ingragani sababli qo'yib yubordi. So'ng uni qaddini rostlashiga ko'maklashib turg'azdi. Shia akasi joyini egallashi bilan
Shia: qancha vaqt yotdim
Taehyung: bir kun
Shia: shuncha yotding demasangiz ham bo'larkan men 1 hafta yotibmanmi debman
Taehyung: men uchun shu kun oydek o'tdi go'yo ichimdan zil ketganini bilasanmi. Huddi seni yo'qotib qo'yayotgandek edim
Shia: men o'lmayman hali havotir olmang. Birinchi sizni jo'natib ortingizdan 10 15 yildan so'ng o'zim boraman
Taehyung: sovuq niyyatingnichi ilon
Shia: yig'loqi maymun
Taehyung: yaxshi bo'libdi - qo'llarini ko'karugi ustidan o'rab
Shia: dadam xabar topmadilarmi
Taehyung: yo'q
Shia: meni nima dedingiz
Taehyung: saralash ishlarini qildi dedim
Shia: yaxshi
Taehyung: endi uyga ketish kerak
Shia: nima uchun hali erta emasmi
Taehyung: uyga obro'li mehmonlar kelayotgan ekan otam oldimizda bo'ling dedilar
Shia: yaxshi tashqarida kuting kiyimimni alishtirib chiqaman
Taehyung: o'zing eplay olasanmi
Shia: ha
Taehyung: unda men kettim mashinani tayyorlataman
Shia: ho'p
Shia ohista harakatlanib o'rnidan turdi. Akasi chiqib ketishi bilan qon bo'lgan kiyimlarini yechib tashlab yangisini kiydi. Jarohati ustidan yana bir matoni qon o'tmasligi uchun o'rab ustidan yuqori mansab xonimlaridek kiyimini kiyib oldi. Sochlarini bir tekis turmaklab kiyimiga mos poyavzal kiyib tayyorlanib tashqariga chiqdi. Akasi darvozadan tashqarida uni mashina oldida kutar edi. Og'irqlari bezovta qilayotgan bo'lsada chidab darvozadan chiqib mashinaga o'tirdi.
Taehyung: sekinroq silkitmasdan hayda
Haydovchi: ho'p bo'ladi janob
Shu tariqa 20 daqiqada uylariga yetib kelishdi. Tushoshgani esa qo'rg'on darvozasi oldida begona mashinaga duch kelishdi. Taehyung Shiaga qarab
Taehyung: ular kelishibdi
Shia: tezroq kirish kerak kettik
Shia akasidan oldimlab qo'rg'onga kirdi. Ularni ko'rgan xizmatkorlar ota onasi va mehmonlar bog'da o'tirib kutishayotganini aytadi. Aka singil bog'ga o'tishdi.
Bog' tomon o'tib borar ekanmiz mehmonlar bizga orqa o'girib o'tirishar edi. 3 kishi 2 erkak va 1 ayol. Oyim bizni ko'rishi bilan ko'zlari chaqnab otamga ishora qildilar. Otamning nigohi bozga tushishi bilan yuzlariga tabassum yugurib
Taehwa: mana mening ikki qanotim yetib kelishdi.
Junghoon: vanihoyat
Taehyung/ Shia : hayrli kech-Stol atrofida o'tirganlarga tazim qilib salomlashishdi.
Junghoon: ikki farzanding ham ancha ulg'ayib qolishibdi Taehyung ko'rkamlashib Shia ham latofatli bo'lib ulg'ayishibdi
Taehwa: ulg'ayibgina qolmay ikki yonimdan tutib tirgak ham bo'lishmoqda
Junghoon: qani bolalar o'tiringlar
Jeon Junghoon - Yaponi hukumatiga sodiq odam va u yerdagi katta lavozimlardan birida ishlaydi. Bor yog'i 1ta farzandi bor. Ismi Jeon Jungkook. Xotini esa Jeon Sera. Junghoon Taehwa bilan bir joyda o'qib ta'lim olishgan va qalin do'st. Ularni orasida faqat bir farq bor. U ham bo'lsa Junghoon Yaponiyaga o'ta darajada sodiq ammo Taehwa esa unday emas.
Stol atrofiga o'tirganimizdan so'ng kelgan yosh mehmon bilan qarama qarshi bo'lib qoldim. U mendan ko'zini uzmay jiddiy xolatda meni o'rganar edi. Men bu holatdan o'zimni yomon his qilsamda bildirmaslikka harakat qilar edim. U noqulay bo'layotganimni sezar ammo bu nigohlarini olishni ham o'ylamas edi. Uning nigohini va mening etiborimni Janob Junghoon oldi
Junghoon: bu yerga kelishimizdan bir yaxshi maqsadimiz bor do'stim
Taehwa: qanday
Junghoon: do'stlik aloqalarimizni qarindoshchilik bilan bog'lashga nima deysan
Taehwa: yani?
Junghoon: qizing va o'g'limning boshlarini bir qilib oilaviy aloqalarimizni yamada mustahkamlarmiz
Shianing ichayotgan suvi birdan tomog'ida to'xtab yo'tala boshladi. Hamma allaqachon shok ahvolda tushib qolishgan. Shia lablarini artib boshini ko'taeganda qarshisidagi yigit endi sal jilmayib unga qarab turar edi. Shia bir Taehyungga keyin oyisiga so'ng ohiri otasiga qarab mo'ltiradi. Taehwa esa qizidan ko'zini olib
Taehwa: nega birdan bu qarorga kelding
Junghoon: avval yosh deb indamay yurgan edim. Endi mana fursat o'g'lim ishbilarmon ko'rkam yigit qizingga mos menimcha
Taehwa: men nima deyishni bilmay qoldim
Shia: yo'q janob Jeon
Junghoon: nimadir dedingmi qizim
Shia: ha... men yo'q dedim
Shianing qat'iy javobidan Junghoonning ham Jungkookning ham qoshlari chimirildi. Shia bir otasiga qarab qo'yib qaddini tik tutdi va gapini davom ettira boshladi
Shia: tarbiyasizligim uchun uzur so'rayman ammo mening javobim yo'q
Junghoon: nega
Shia: o'zingiz ham o'ylab ko'ring janob qanaqasiga bunday qila olamiz. Hali o'g'lingizni tanimayman ko'rganimga endi daqiqalar bo'ldi. U ham huddi shunday bo'lsa kerak nigohini uzmay tikildi. Menimcha bu ahmoqlik - ohirgi gapini xaqorat deb tushungan Jungkook ahiyri tilga kirdi
Jungkook: Kim xonim balki sal o'ylab gapirarsiz har holda tengquringiz bilan gaplashmayapsiz
Junghoon: o'zingni bos o'g'lim u hali yosh
Jungkook ensa bilan stolga suyandi. Taehyung ham Jungkookdan ko'z uzmay yegudek qarab qoldi. Chunki gap orasida qistirilgan holat ham bor edi.
Taehwa: qizim tarbiyasizlik qilma
Shia: ho'p bo'ladi ota
Junghoon: qizingga indama Taehwa hali yosh tushunamiz uni... yaxshisi menda bir taklif bor balki ular avval yaqindan tanishib olishsachi
Taehyung: menimcha bunisi ortiqcha
Jungkook: singlingizga nimadir qilishimdan qo'rqayotgan bo'lsangiz hech havotir olmang Janob Taehyung
Taehyung: bu xattoki hayolimga umuman kelgani yo'q. Unga nimadir qilishni istasangizda qila olmaysiz janob Jungkook
Taehwa: Taehyung
Taehyung otasining chaqiruvi bilan unga qaradi. Otasi unga jim degandek nigoh tashlashi bilan sal tin olib jim bo'ldi.
Junghoon: eh bolajonlar... yoshlar... qara Taehwa o'g'iling qanday aka singlisini ximoya qolmoqda.
Taehwa: uning tabiati shunaqa aybga buyurmaysizlar bugun bolalarimga nima bo'ldi hayronman
Junghoon: hech qisi yo'q taklifimga nima deysan
Janob Taehwa bir muddat o'ylanib turib
Taehwa: mayli... Shia turinglar
Shia otasiga yo'q degandek tikilar ekan otasi unga indamadi. So'ng Shia oyisiga so'ng akasiga qaradi. Ammo ular ham otasidan o'tib hech nima qila olishmaydi
Junghoon: bora qolinglar Jungkook odob saqla
Jungkook otasiga bosh silkib qo'ydi va Shiaga etiborini qaratib yo'l boshlang degandek unga yo'l berdi. Shia noiloj yurdi va u bilan teng holatda Jungkook ham qadam tashlay boshladi. Yo'l bo'yi
Jungkook: holiroq joy bormi
Shia: holiroq?
Jungkook: ha yolg'iz gaplshasak yaxshi bo'lar edi
Shia:...
Shia indamay uni o'z xonasiga olib chiqdi. Xonadagi 4 kishilik stolga taklif qildi. Jungkook xonani ko'zdan kechirayotganda Shia o'zida og'riq seza boshladi va Jungkookka
Shia: men hozir kelaman shu yerda kuting
Jungkook: yaxshi
Jungkook tabassum qildi. Shia esa yotoqxonasiga kirib ketdi va kiyim javoni oldiga keldi. Ko'ylagini tugmalarini yechib yarasini ochib qaradi. Ancha tik turib o'tirgani sababli jarohati qonagan edi. Shianing og'riqdan peshonasi tirishdi. Javondan oq bint olayotganida belida va yelkasidan kelib begona qo'l tutdi. Yelkasidagi qo'l kiyimini siypalab tushurar ekan Shia o'ziga kelib ortiga o'girilaman deganda ikkinchi qo'l ham belidan o'ralib Shia butunlay harakatlana olmay qoldi. Jarohati ustidan qo'llar o'tganligi sababli u og'irdan nola qilib yubordi. Shuncha u ochiq qolgan yelkasida endi lablarni his qildi....
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfic