January 10

π’π„π‘π„ππˆπ“π˜ [ 𝐨𝐳𝐨𝐝π₯𝐒𝐀 ]

3-ep

Erta tong.

Shia kallaysaharlab uyg'onib tashkilotga keldi. Xonasiga kirib stoliga o'tirdi. Qo'llarini bir biriga jipslashtirib tarqoq hayollarini bir joyga keltirish uchun harakatlar qila boshladi. Miyyasida qandaydur shovqun unga tinchlik bermah taqib etar edi. Ikki chakkasini barmoqlari bilan uqalab ko'zlarini yumdi. Tinchlanishga harakat qilib shu tariqa 5 daqiqacha turdi. Shu fursatda tashqaridan 1 nechta ovozlar kela boshladi. Ishchilar endi endi yig'ilishayotgan edi. Shia etibor bermay ko'zlarini yumib turganda unga tanish bo'lgan ovozni hirdan ajratib oldi. Barvaqt bo'lishiga qaramay Jihoon ham tashkilotda edi. Shia o'zidan shubhalangancha derazadan tashqariga mo'raladi. So'ng yigitning kulguchli tabassumiga guvoh bo'ldi. Jihoon shirin tabassumi bilan sheriklari orasida edi. Shia ham nim kulib uni kuzata boshladi.

Pov Shia

Qanday qila olaman? Senga nisbatan bu ishni qanday qilaman? Kelajagimni sen bilan tasavvur qilgandim orzu qilgandim. Yaratgandan sen bilan bo'lishni tilab duo qilardim. Ammo... ammo bu shavqatsiz taqdirimiz bizni ayirish payiga tushgan... men va sen... endi bu so'zlar bizga nisbatan emas. Endi "biz" tushunchasi yo'q... faqat oddiygina Shia oddiygina Jihoon ismlari bor xolos.... seni qalbimingni parchalashni istamayman... ammo majburman...kun keladi... albatta bir kun seni tushunib yetasan... men bunga ishonaman... kelajak oppoq zarvaraqli kunlarda ismimni yodga olsang bas

Shia hayollari bilan bo'lib o'zini yig'di. So'ng pardani tortib xonani zim ziyo qildi. Kursisiga o'tirishni istamay burchakdagi divanga o'tirib boshini orwaga tashlab ko'zlarini yumdi. Bo'g'zidagi achchiq alamni ketkazish lablarini qancha qimtimasin uddalay olmasdi. Ko'zlaridan esa bir nechta tomchi yumaladi. Ularni darrov artib tashlab ko'zlarini ochib chuqur chuqur nafas oldi.

Shia: yig'lamaysan. Haqqing yo'q. Nimagadur erishish uchun nimadandur vos kechishing kerak. Bu hayot qonuni

Shia o'ziga tasalli berar ekan xonaga Jihoon kirib keldi. Qo'llarida esa Shia yoqtiradigan oppoq atirgullar edi. Uni burchakda turganini sezmay stoli ustiga chiroyli qilib qo'yib. Stol ustida turgan varaqqa siyoh bilan nimadur yoza boshladi. Yozib bo'lay deganda Shianing ovozi xonani tutdi. Jihoon birdan cho'chib tushdi

Shia: shikoyat hatini yozyapsanmi?
Jihoon: yo hudoyim qo'rqitib yubording
Shia: bunchalar qo'rqoq bo'lmaya... nima bu
Jihoon: bu gullar sen uchun
Shia: nima sababdan?
Jihoon: nima inson sevgaga gul berishi uchun sabab kerakmi?
Shia:...hmm
Jihoon: ho'sh yoqtimi
Shia: albatta

Shia vazminlikni yo'qotmay Jihoonga qaramay u bilan savol javob qilar edi. Jihoon Shiani ko'zlarida nimanidur payqadi.

Jihoon:biror muammo bormi
Shia: yo'q nega so'rayapsan?
Jihoon: shunchaki o'zim
Shia: nega erta kelding
Jihoon: senga kutilmagan sovg'a qilmoqchi edim. Ammo o'xshamadi
Shia: ha mayli... endi ishingga boraqol
Jihoon: bo'ldimi? Bori shumi?
Shia: yana nima qilay?
Jihoon: aytadigan gaping yo'qmi
Shia: yo'q
Jihoon: yaxshi

Jihoon xavsalasi pir bo'lib xonani tark etdi. Shia esa u eshikni yopishi bilan u ketgan tomonga qarab qoldi.

Shia: seni azoblamay uzoqlashishni yagona chorasi shu

Kechki payt

Shia qo'lidan kelgancha Jihoonni qarshisidan chiqmaslikka harakat qildi va uddaladi. Jihoon yurgan yerlarda qadam bosmay kunni yakunlab uyga qaytdi.

Uyga xomush kirishga haqqim yo'qligi uchun yuzimdagi tundlashishni olib tashlab sal jilmayish xosil qildim. Lekin darvozadan kirishda turgan mashina meni yanada bezovta qildi. Ilojsiz xovkiga qadam bosdim. Huddi avvalgi joyda yana dasturxon tuzalgan ammo Jungkook ko'rinmaydi. Uning otasi otam bilan miriqib suxbat qurar onasi ham onam bilan iliq munosabatda edi. Taehyung ko'rinmaydi..

Ularni oldiga kelib sekin tazim qilib salom berdim va ularning etibori darrov menga qaratildi. Ular bilan so'rashib onamning oldidan joy olaman deganimda Jungkooknjng otasinining buyrug'i meni o'ziga qaratdi.

Junghoon: qizim seni tashqarida kutishyapti
Shia: kim?
Junghoon: Jungkook... senga aytmaganmidi?
Shia:... yo'q
Junghoon: boraqol u seni kutyapti... mashinada u

Avval oyimga so'ng dadamga bir nazar tashlab otamning mag'rur va ishonch aks etib turgan nigohidan ruhlanib o'rnimdan turdim va qauta darvoza oldiga keldim. Bu safar mashina oldida uni ko'rdim. U cho'ntagiga qo'llarini solib oyoq chalishtirgancha meni kutar edi. U mukammal... ammo men uchun emas

Sekin zinalardan pastlab uni oldiga keldim va menga qarashini kuta boshladim. U boshini sekinlikda ko'tarib menga yana o'sha tungidek qaradi... o'sha vaxshiyona qarash...

Jungkook: hayrli kech xotinjon
Shia:...
Jungkook: men bilan gaplashmaysanmi?
Shia:... senda gapim bor deb o'ylaysanmi?
Jungkook: yana sensirash... sen qizga o'sha kungi darsim tasir qilmagan ko'rinadi... uy ishiga yordamlashib yubora qolay
Shia: nimalar deb aljirayapsan
Jungkook: xurkak tulki... mashinaga min
Shia: sen bilan hech qayerga ketmayman
Jungkook: mashinaga chiq dedim... yana bir marta takrorlasam...
Shia: yana qaysidur yaqinim bilan taxdid qilasanmi?
Jungkook: senga yaxshi gapirsam o'zingdan ketyapsan. Mashinaga chiq

Otamning gaplari yodimga tushib birdan muloyim tortdim. Uni aytganinj butun vujudim bilan qilishni istamayman. Unga bo'yin egishni istamayman. Lekin qilishim kerak. Uni ortiqcha kuttirmay mashinaning orqa o'rindig'iga joylashdim. U ham ortimdan minib mashinani qayergadur haydab ketdi. Ko'chalar oralab o'tib yarim soat deganda mashina manziliga yetdi. Mashina derazasidan kelgan manzilimizni ko'rib qotib qoldim... nahotki... nahotki o'sha kunni qaytalamoqchi?

Jungkook tushib Shia tushishi uchun ham mashina eshigini ochib berdi. Shia o'ylanib turib bir Jungkookka ko'z tashlab mashinadan tushdi. Yana qanday syurpriz bor?

[Fleshback- Jungkook o'girlagan kecha]

Yuzimga sepilgan suvdan cho'chib ko'zlarimni ochdim. Boshimda qandaydur ovoz bor va shu ovoz quloqlarimni garang qilmoqda. O'zimga kelib menga suv sepgan tanaga qarab hayratimni yashira olmay qoldim. Jungkook qo'lidagi stakanni yotoq yoniga qoyib o'zi meni oldimda yonboshladi. Undan qochib surilganimda shunchaki kulib qo'ydi.

Jungkook: seni xatoying nimada ekanligini bilasanmi?
Shia:...
Jungkook: ular senda juda ko'p
Shia:.. kim
Jungkook: qadrdonlar, do'stlar aziz insonlar... va sevgiling. Bular faqatgina oyoqdan chalishadi xolos. Lekin menga o'xshaganlar uchun bu ayni muddao
Shia: nima demoqchisan? Mendan nima istaysan? Nega meni o'girlading?
Jungkook: agarda kecha birdaniga rozilik berganingda hozir o'zingning yumshoq yotog'ingda bo'lar eding
Shia:...
Jungkook: lekin hali ham vaqting bor. Rozi bo'l va menga bitta bo'sa hadya et. So'ng senj uyingga eltib qo'ymasam odam emasman.
Shia: shundoq ham odamga faqat tashqi ko'rinishing o'xshaydi.
Jungkook:... mayli seni gap bilan mot qilolmas ekanman

Jungkook gavdasini ko'tarib qizni qo'lidan tortib uni ham turg'azdi va siltalagancha boshqa xonaga olib o'tdi. Boshqa xonada esa stolga bir qiz tanasi to'laligicha qon bo'lgancha boshini egib o'tirar edi. Xonada esa achimsiq is va qon hidiga burkangan. Shia avvalgiga bu holatni ko'rib ko'ngli ag'darildi va yuziga boshqa tomonga burdi. Ammo Jungkook uni quchog'iga olib bir yelkasidan mahkam siqdi. Ikkinchi qo'li bilan iyagidan ushlab yuzini stoldagi qizga qaratdi.

Jungkook: qara... bu seni menga to'laligingcha sotib bergan xoyin... Qara yaxshilab qara

Shia istamay uni yuzini tanishga urundi ammo iloji yo'q. Qizning ortida turgan ikki soqchiga imo qilgan Jungkook ularga qizni yuzini ko'rsatishni buyurdi. Qiz yuzi ko'tarilganda qon izlari uni yuzini yorib chiqqan va bu xolatdan Shia oqsochini zo'rg'a tanidi. Jungkook qizning uyagini battar siqib

Jungkook: hammaga ham ishonavermaslik kerak xonimcha. Bahoying 1 qop guruch bilan teng
Shia:... yaxshi.. bilibsan endi nima o'zgaradi?
Jungkook: shunchaki rafiqam bo'l... tamom
Shia: chuchvarani xom sanabsan
Jungkook:.. tushunarli

Jungkook Shiani qo'yib yubordi va stolda bog'lagan qizning oilasi ham uy ichiga birma bir kiritildi. Jungkook ular orasidan eng qari azoni tanlab olib oqsoch qizning oldiga o'tqazdi va ikki oyog'i o'rtasiga taxta joylab ikki tomonga toortib qiynoqni boshladi. Qari ayol og'riqdan qattiq baqirib yubordi. Uning ovozidan qo'rqib achingan qolgan kishilar yig'lashga tushishdi. Bolalarning ham chinqirig'i birdan yangradi. Shia Jungkook tomon o'girilganda u bolalardan birini bo'ynidan ko'tarib bochkaga keltirilgan qaynoq suv tomon elta boshladi. Shia ko'zlari xonasidan chiqqudek kattalashib Jungkook tomon yugurdi ammo uni ushlab qolishdi. Shia soqchilar qo'lidan siltanib chiqishga urunar ekan shu barobarda ovozi boricha baqirdi.

Shia: ODAMMISAN O'ZI HAYVOOOON. U BOLADAN NIMA ISTAYAPSAN? QO'YIB YUBOR O'TINAMAN. UNDAY QILMAAAA UNDAY QILMAAAAAA

Jungkool baribir bolaning oyoqlaridan suvga botirdi. Bola shunchalar faryod bilan chinqirdiki uni eshitishning o'zi bir azob. Norasida go'dak tiipirchilab oyoqlarini olishga urunar ammo Jungkook u oyoqlarini tortgan sari pastlatar edi. Shia ko'zlari g'azabdan qizarib yoshlandi. Norasidaning onasi bolasining bu azobiga chiday olmay uvvos solib faryod qildi. Shia anqayib qolgan soqchilarning qo'lidan silliq chiqib ketdi va bolaning suvdagi oyowlariga yopishaman deganda Jungkool bolani suvdan tortdi va polga tashladi. Shia yuz tuban azoblanayotgan bolaning oldiga cho'kkalab uni quchog'iga oldi. Bola oyoqlariga tega olmay hali ham baqirar edi. Qiz ko'zlarida yosh bilan lablarini tishlab o'zida kuch topib gapiraman deganda stolga bog'langan qari ayoldan qattiq nola yangradi.

-SEN HAM SHU KELINIM KABI SHU AZKB HIS ET. BOLANGNING SHUNDAY O'LIMI SENI QARSHILASIN. SEN HAM BOLANG DARDIDA HUDDI SHU AYOL KABI KUYIB YOOOON. BOLANING QAYNOQ SUVDA SUVDA PISHGAN TANASIGA TEGA OLMAY YURAGING SIQILSIN

Ayol ortiq gapira olmay hushidan ketdi. Jungkook emsa qotirib Shianing oldiga cho'kkaladi. Uni yon tomoniga tushgan sochlarini chetga olib

Jungkook: nima deb o'ylasang ham foydasiz. Endi rozimisan? Yoki davom ettiraymi?
Shia: u.ularga tabib kerak
Jungkook: avval javob
Shia:.... roziman
Jungkook: juda soz. Endi tur buyog'i odamlarimning ishi

Jungkookning ishorasi bilan boshqa soqchi kelib uni etagidagi hiqqilayotgan bolani ohista ko'tarib oldi. So'ng Yigit qizni tirsagidan ushlab turg'azib boshqa xonaga sudrab ketdi

Fleshback tamom

Shia: nega bu yerga keldik?
Jungkook: qo'rqyapsanmi?
Shia: men bilan gap talashish senga yoqadi shundaymim
Jungkook: albatta... tush

Bu vaxshiydan har balo kutishim mumkun.. eng yomon manfur kimsa. Uni ortidan ergashib shu lanati uyga yana qadam bosdim. Badanimdan o'sha kungi holat tufayli sovuq ter chiqib ketdi. Qulog'im ostida esa hali ham o'sha cbinqiriqlar yangrab turar edi. Qayerga ketayotganimizni bilmayman. Ikkinchi qavatga ko'tarildik surma qog'oz eshikni ochib o'zi yon tomonga o'tdi. Ichkarida esa stolda ikki kishilik ovqat xonani esa moychirig'lar emas shamlar yoritib turar edi. Jungkookka bir qarab ichkariga qadam qo'yib o'ng tomondagi stukni egalladim. U ham qarshinga o'tirishidan avval ustidagi pidjagini stulga ilib o'tirdi. Yenglarini shimarib odob saqlagancha sochiqni sonlari ustiga joylab qo'lini oshcho'pga uzatdi. Qovurilgan go'shtdan bir og'iz og'ziga solib yeb bo'lay deganda menga qaradi

Jungkook: xohlasang hamma taomni birma bir tekshirib beraman zaharlanmaganiga ishonch xosil qilishing uchun
Shia: qornim to'q
Jungkook: bunaqasi ketmaydi... ol ahir charchab kelgansan
Shia: men uchun qayg'urganing uchun shodman. Lekin rahmat to'qman
Jungkook: senga ol dedim

Jungkooknjng chimirimgan qoshlari ostidagi olov ko'zlaridan bir muddat hayiqdim. Buyruq va tahdid ohangida chiqqan ovozidan biroz turib qo'limga oldim qarshimdagi likopchadagi go'shtdan bir bo'lak olib og'zimga soldim. Jungkookning tarangkogi bir muddatda yo'wolib yuziga tabassum yugurdi. Shu zaylda u ovqatlanib bo'lguncha ovqatni uyqodan buyoqqa surub zo'rg'a yeya oldim. U ohirhi bo'lakni yeb bo'lib lablari atrofini artdi va menga qarab

Jungkook: tashkilotda ishlar ancha qizg'inmi
Shia: hamma qatori
Jungkook: u yerda o'zi nimalar bor
Shia: nega endi aytishim kerak
Jungkook: mendan yashirasanmi? Axir qallig'ing bo'lsam
Shia: Kimlarning shaxsiy tadbirkorlik ishlari haqida senga aytishim kerakmi? Hech qachon. Xomtama bo'lma
Jungkook:... mayli.... lekin menga sensirashing yoqmayapti
Shia: xohlasang menga gapirma eshitma yo'limdan chiqma
Jungkook: sen xurkak tulki.

Jungkook o'rnidan shaxt bilan qo'zg'alib turib meni oldimda yashin tezligida paydo bo'ldi. Uning bu tezkigidan gangib qoldim ammo sezdirmay sivuqqonlarcha yuzimdagi jiddiylikni yo'qotmadim. U ko'zlarimga g'azab bilan tikilgancha yanada yaqinlashdi. Men ham indamay auramni saqlab turaverdim. So'ng birdan bo'ynimning orqasida chidab bo'lmas og'riq his qildim. U katta kaftlari orasiga ingichka bo'ynimni olib siqa boshladi. Men og'riqdan qoshlarimni chimirdim. Ana endi mening ham ko'zlarimda g'azab bor. Uning kaftlariga yopjshganimda birdan lablarim ustida uning lablarini his qildim. U ikkinchi qo'li bilan yuzimdan ushlagancha bo'sa ola boshladi. Undan jirkangancha o'zimni olishga harakat qilsam u aksincha chuqurlashar edi. Lablarimni tishlab tortganida qon tamini his qildim. Ahiyri bir kuchimni yig'ib uni tepib yubordim. U mendan bor yo'g'i bir ikki qadam ortga ketib lablarini yalab menga qaradi. O'rnimdan shsxt bilan turib borib yuziga tarsaki tushurdim. U esa meni ortidagi devorga tirab yana yuzimga yaqin keldi. Qo'llarimni ikki yonga yopishtirib yanada yaqinlashdi. Men yuzimni yon tomonga burub unga qarshilik bildirdim. U esa past va tahdidli ovozda

Jungkook: har bir sensiraganingda lablarimhda meni lablarimni his etasan. Qayerda kimning oldida bo'lishidan qat'iy nazar sensiragan oning lablaringdan qon ketguncha meni his etasan... uqdingmi?

Uning ko'zlaridagi xirs va g'azab uyg'unlashib boshqacha boqardi. Qorachig'larimga birma bir qarab mendan javob kutar edi. Men shunchaki boshimni silkiy oldim oldim xolos. U esa darhol mendan uzoqlashib borib yana stulini egalladi va menga ham o'tirishimni ishora qildi.

Jungkook: indinga to'yimiz
Shia: nima?
Jungkook: eshitganing hozir uyingda shu masala ko'rilyapti
Shia: sen rozimisan shuncha tez bo'lishiga
Jungkook: sen?
Shia:... s.siz demoqchi edim
Jungkook: ha bo'lar ishni tezroq bo'lgani maqul

Ortiq indamadim. Nima ham deya olaman? Hammasi shu yergancha ekan. Ortiq ikkimiz ham gaplashmadik. U uyimga eltib qo'yishini aytdi. Uyimga qaytganimizda mashinadan tushganimda

Jungkook: uni rostan sevasanmi?
Shia: agar sevmaganimda senga rozilik bermas edin
Jungkook: u uchun hammasiga tayyormisan?
Shia: sen o'ylagandan ham ko'prog'iga... sen buni tushunmaysan

Jungkookni ortiq ko'rishni istamay uyga kirdim. Hovli o'rtadida QADRDON qudalar bir birlari bilan chaq-chaqlashib suxbat qurishgan edi. Hammadan ham baland Jungkookni otasining ovozi baland chiqar edi. Bu ovoz menga shunchalar jirkanch tuyildiki qani edi quloqlarim hoziroq kar bo'lib qolsa deya iltijo qildim. Uning ovozi huddiki qulog'imga qari qarg'aning qag'illashidek edi. Ularni oldiga o'tmay to'g'ri xonamga chiqib ketdim. Xonamga kirib bir necha kunlar avval orttirgan yelkamdagi jarohatni qayta tekshirdim. Bitish arafasida. So'ng kiyimlarimni yengiliga alishtirib yotog'imga cho'zildim. Ko'zlarimni yumib uxlashga harakat qildim. Ammo o'xshamadi. Sal turib xonam eshigi yengil taqqilladi. O'rnimdan turib kirishlari mumkinligini ayttim. Xonam ostonasida esa otam turar edilar. Men darrov o'rnimdan turdim ammo otam o'tishimga ishora qildilar. Yonimga o'zlari ham joylashib yerga qarab

Taehwa:.. Jungkook... senga biror nima dedimi
Shia: ha ota
Taehwa:... sen... rostan ham rozimisan?.
Shia:... ha
Taehwa:... agar qo'rqsang yokida istamasang to'g'risini aytishing mumkin. Men seni bila turib olovga otmayman...
Shia: bu haqida gaplashgan edikku ota
Taehwa:... men... seni endi ularning qo'liga topahirishni istamay qoldim...
Shia: nega?
Taehwa: qiz bola bo'la turib bu vaxshiylarning orasida...
Shia: men hech narsadan qo'rqmayman. Chunki meni ortimda siz borsiz... akam bor... vatanim bor. Sizlar men tomonda ekansiz meni cho'chitadigan narsa yo'q.
Taehwa:... sen majbur emassan qizim
Shia: baribir bu ishni kimdur qilishi kerak. Kimdir yana vatanimizni ozod qilishi, yana ko'chalarda shodlik tarqatishi, bolalar ayollarning yuziga tabassum qaytarishi, eng muhimi jabr zulmalrni haydashi kerak. Bu bizning chekimizga tushgan va biz buni uddalaymiz ota
Taehwa: ... tez ulg'ayding.. sen juda tez ulg'ayding qizim
Shia:...menimcha ayni mavriddaman
Taehwa:... mening jasur qizim

Yosh... otamning ko'zlarida birinchi marta yosh ko'rdin. Bu meni yuragimda ajib bir his uyg'otdi. Bu huddiki ishonch va aybdorlik qo'shilmasi edi. Men o'zimda kechgan hech bir hisni tushuna olmay qolyapman.

O'zimni ortiq bosishni istamay dadamning bag'irlariga otdim. Har doimgidek men yashirina oladigan keng issiq mehrga to'la quchoq. Otam yelkalarimdan quchgancha mahkamroq siqib sochlarim ustidan lablarini kezdirdilar. Huddiki peshonamdan ohirgi marta o'payotgandek mehr bilan o'pib yuzimni silab o'zlariga qaratdilar.

Taehwa: sen uddalaysan qizim. Biz ozodlikka erishamiz
Shia: siz meni qo'llasangiz kifoya otajon. Men bilan sizning oq fotihangiz bo'lsa shuni o'zi yetadi
Taehwa: men doim sen bilanman...

Otam qayta xonamdan chiqib ketdilar. Men esa so'nggi marotaba yig'lashni istayman. Bor dardim-u g'uborimchi chiqarib so'nggi marta... endi buyog'iga yig'lashga kuchsiz ko'rinishga haqqim yo'q...

Yostig'imni qo'limga olib uni yuzimga yopib bor ovozimda baqirim ichimdagi hasratlarni chiqardim so'ng o'zidan o'zi ko'zlarimga yosh kelib tezlasha boshladim. Endi barchasini ortimga tashlashim kerak. O'zligimni... sevgimni barcha barchasini ortga tashlab o'zgarishim zarur. Endilikda men huddi ukar kabi shavqatsiz bo'laman. Ularning o'ziga ko'zgu bo'laman. Vatanim chekkan azoblar uchun birma bir hisob so'rayman.

Qasam ichdim. Bu maqsadlarni amalga oshirmay turib o'lishga haqqim yo'q. Men yurtdoshlarimni ozod qilaman.

Erta tong

Bugun umuman boshqacha yani juda yengil xolda uyg'ondim. Yotog'imga bie muddat tirishib so'ng o'rnimdan turiib kiyimlarimni alishtirdim. Bugun tashkilotga borishni istamayman. Shu ikki kun mobaynida o'zimga baxtni his ettirib uyimda oyimning bag'rida o'tkazishni istayman.

Dasturxon atrofiida girdikapalk oyimning orqalaridan borib sekin quchib oldim. Oyim mehrli kaftlari bilan bir yuzimni silab ikkinchisini esa o'pib qoydilar. Javoban men ham yuzlarini bo'saga to'ldirjb hayrli tong tilab dasturxonga o'tirayotganimda
[Onasining ismi - Shihyon]

Shihyon: otang seni ham xonasiga chaqirgan tezroq borib gaplashib tishinglar nonushta qilamiz
Shia: ho'p bo'ladi

O'rnimdan qayta turib otamning xonalariga yo'l oldim. Ichkariga kirsam allaqachon akam Taehyung ichkarida qovog'idan qor yog'ib norozi o'tirar edi. Ikkalasiga ham hayrli tong tilab akamning qarshisidan joy oldim. Akam.esa menga hattoki qayrilib ham qaramadi.

Shia: tinchlikmi ota?
Taehwa: akang sening to'yingga qarshi
Shia: nega?
Taehyung: nima shunchalik erga tekking kelib qoldimi?
Shia: nima...

Birinchi marta undan bunday qo'pol so'z eshitdim. Bu shunchalar meni hayratga soldiki o'zimni juda yomon va yengiltakdek his qilib ketdim. U esa menga jahl bilan qarab turar edi.

Taehwa: bu qanaqa gap bo'ldi? Singlingga ham shunday deysanmi?
Taehyung: nega rozi bo'lding?
Shia: ... unga aytmadingizmi?
Taehwa: uyda bo'lsa aytgan bo'lardim
Taehyung: nimani aytmadingiz?

Otam hammasinj boshidan Taehyungga tushuntirib berdilar. U bu gaplarni eshitganda chimirilgan qoshlari hayratdan yoyilib menga qaradi. Endi sal avvalgidanda batar g'azab uni nigohidan ufurdi. U juda qattiq va darg'azab ovozda.

Taehyung: u buni qilmaydi? Nimayiki qilish kerak bo'lsa o'zimiz qilamiz. Lekin u bir o'zi hech qachon qashqirlar orasiga bormaydi
Shia: aka
Taehwa: Taehyung meni eshit

Taehyung indamay gaplarini tugatib hech kimni eshitmasdan xonani tark etdi. Shia esa dadasiga o'zim unga tushuntiraman deya ortudan ketdi. Taehyung uydan chiqib xovlidagi otining oldiga borib egaridan ushlaganida Shia uni yelkasidan tutdi.

Shia: aka bir pas shoshmang meni eshiting
Taehyung: meni ko'ndirishga urunma. Seni baribir eshitmayman
Shia: eshitasiz majbursiz
Taehyung: men ham sen ham hech narsaga majbur emasmiz

Shia uni bilagidan qattiq tortib o'ziga qaratdi va yuziga yaqin kelib.

Shia: bu ish baribir bo'ladi. Siz istasangiz ham istamasangiz ham. Lekin men sizsiz yiqilaman. Agar shuni istasangiz mayli meni eshitmay ketishingiz mumkin.

Taehyung Shianing qatiyat bilan yangragan so'zlaridan to'xtab tinchib ko'zlariga qarab qoldi. Ushlagan egarini qo'yib Shianing qo'lidan ushlab xoliroq joyga olib o'tdi. O'rindiqqa joylashgan ikki aka-singil endi vanihoyat til topishib bir birlarini tushunishdi. Shia tomoq qirib gap boshladi.

Shia: hammasini bildingiz. Endi buyog'iga reja tuzishimiz kerak
Taehyung:... sen rostan aminmisan
Shia: shu savolni beraverib jonimdan to'yg'azdingiz barchangiz
Taehyung: javon berish qiyinmi?
Shia: HA HA HA bo'ldimi
Taehyung: tasanno
Shia:... xullas aka... baribir otam unchalik aralasha olmaydilar. Qo'shimchasiga doim kuzatuv ostidalar. Ularni bunga aralashtirmaymiz. Men xufyona ma'lumot to'playman va ichkaridan harakat qilaman sizga yetkazib turaman. Ular nimanidur reja qilayotganidan xabarimiz bor. Uni oldini olishimiz kerak.
Taehyung: men nima qilishim kerak
Shia: biz birga harakat qilamiz. Ularni rejalaridan xabardor bo'lishim bilanoq ishga kirishamiz
Taehyung; men baribir qarshiman
Shia: offfffffff... ilojingiz yo'q jigaringizni yarim yo'lda qoldirmassiz
Taehyung: hech qachon

*

Bugungi kunim juda ajoyib o'tdi. Oilam davrasida bo'ldim. Bir davrada ohirgi marta Kim xonadoni qizi sifatida o'tiribman. Bu soxtaliksiz eng so'nggi o'tirishimiz. Endi buyog'iga oldimda "MEHRLI ERIM" va ning oilasi bo'ladi. Bugungi kun juda tez o'tdi. To'yga tayyorgarlik uchun bezatish ishlari boshlandi. Men esa boshqa ishim yo'qligini anglab xonamga ko'tarildim. Mening sevgim yig'ilgan qutimni ochdim. Ichida bir necha oylar oldin paydo bo'lgan surat uskunasida tushgan rasmimiz bor edi. Men va uning. Jihoon buni qanday qabul qilsa ekan? Uning yuzini silab suratni bag'rimga bosdim. Ko'zumga yosh aylandi ammo chiqarishni istamadim. U menga 1chi sov'gadan tortib xatlarigacha hamma hammasi shu yerda mujassam. Mening sof sevgim. Ularni birma bir ko'zdan kechirib qayta joyiga solib qayta joyiga qo'ydim. So'ng xonam eshigi taqqillab oatonada oyimning siymosi ko'rindi. Unga nim tabassum qilganimda u ortida 2 qiz bilan kirib keldi.

Shihyung: bu kelin ko'ylaging malikam

Orqadagi bir qiz ko'ylakni menga ko'rsatdi. Bejirim hozirgi kunda urfga aylanayotgan ko'ylak. Oyim meni oldimga kelib meni quchgancha yelkamga boshlarini qo'yib

Shihyung: meni mitti qushcham ertaga parvoz qiladi
Shia:... yig'lamasangizchi oyi
Shihyung: yig'lamaypman mitti tulkicham

Oyim hazl qilishga urunar edilar ammo lablari titrar edi. Ko'z yoshlarini artib menga o'girilib

Shihyung: faqat boshqa kerakli buyumlaringni ol. Yangi kiyimlaring yo'lda kelyapti
Shia: oyi... yig'lamang
Shihyung: ho'p malikam

Oyim keng jilmayib xonamdan chiqib ketdi. Men ham ko'ylakka bir nuddat qarab bir necha kerakli narsalarimni va xotiralarimni olib tayyorlab qo'yib yotoqqa yotdim va uxladim

To'y

Xonamda oynaga qaragancha o'zimni tomosha qilar ekanman derazadan tashqaridagi jarayonni ko'rish uchun yaqinlashib xovliga qaradim. Yo'laklarni qizil fonus bilan bezab bo'lishibdi. Dadam va akam bir chetda nimanidur muhokama qilishar oyim ham bir chetda nima bilandur ovora. Xizmatkorlar ham uyqodan buyoqqa yelib yugurib xizmat qilishar edi. Devorda osilgan soatga qarab vaqt bo'layotganini sezdim. So'ng birdan xovlida baqir chaqirlar eshitila boshladi. Biroz turib xizmatkor kuyiiv kelganini xabar qildi va xonaga akam kirib keldi. Uning xamrohligida xovliga chiqdik. Xovlida hamma qarindosh-u yori birodarlar yig'ilgan ular bilan hayrlashib ota-onam oldiga kelib tazim qildim. So'ng ular bilan hayrlashib kuyov tomon o'girildim. U ham huddi mendek zamonaviy pidjakda sochlari tartiblangan va qoshlarini chimirgancha savlat bilan turardi. Men endigina unga etibor qaratdim. U menga qo'lini cho'zdi. Bir muddat uning qo'liga qarab qoldim. Bu qo'llardan yana qancha ushlashim mumkin? Ortiqcha o'ylanmay uning bilagidan tutib darvozags yaqinlashib undan chiqdik. U menga mashinasining eshigini ochgankda ortimga, uyimga qarab qoldim. Hayr bolaligim....

So'ng yon tomonga o'girilganimda halloslagancha yugurib kelayotgan sevgilimni ko'rdim. U shunchalar qo'rqhv bosgancha terlab ketgan edi. Meni ko'rdiyu joyida to'xtab qoldi. Qo'lida esa men sevgan gullar. Nima u bu haqida bilmasmidi? To'g'ri qayerdan ham bilardi. U bugunni doimgi kundek tasavvur qilgan. U mendan uzoqda bo'lsada ko'zlarida qalqib turgan yoshni aniq ko'rdim. Qulowlarim ostida esa unjng yuragining nolalari yangradi. Kechir sevgilim... vafosiz yoringni kechir...

Ko'p turib qolganimni sezgan Jungkook men tomon yawinlashib qarab qolgan tomonimga qarab jilmaydi va quloqlarim ostiga kelib

Jungkook: xohlasang uni ham to'yimizga taklif qil

U meni ustimdna kulyapti. Kulish kerak aslida. Uning g'olibona boqib turgan ko'zlariga g'azab sochib turgan nigohim bilan qaradim. U seni hammaning ko'zi bizdaligiga ham etibor bermay peshonamga lablarini bosdi va mashinaga o'tqazdi. Orqa o'rindiqda birgamiz. Mashina joyidan qo'zg'aldi

Shia: bu tomosha nima uchun?
Jungkook: nega tomosha bo'larkan? Axir xotinimsan xaqqim yo'qmi?
Shia: atayin qildingizmi? Uni yuragini yanada parchalash uchun
Jungkook: sizlashni o'rganibsan qoyil... ha qasddan qildim. Bo'ldimi? Ko'ngling joyiga tushdimi?

Ortiq indamadim. Bu qaysar eshshak doim o'zinikini ma'qullaydi. Bekorga asabim ketgani qoladi.

Pov Jihoon

U yaxshi ko'rgan gullarni olib tashkilotga keldim. U kecha kelmaganiga xavotir olib darvozadan kirganimda hech kim yo'q. Faqatgina qorovul bor edi. Undan nega hech kim yo'qligini so'raganimda bugun Shianing to'yi va hammaga dam olish kuniligini aytganida aqldan ozayozdim. Qanaqasiga uni to'yi bo'lishi mumkin. Darrov uning uyi tomon yugurdim. Yuragim olovga jizg'anak bo'lmoqda ammo men to'xtamayman. U meni aldadi bu aniq. To'xtovsiz yugurib kelib uning qo'rg'oni strofida yig'ikib turgan odamlarni ko'rdim. Yanada tezlashib yugurganimda darvozadan mening sevgilim meniki bo'lgan qiz boshqasini qo'lidan tutgancha chiqib keldi. Muzlab qoldim. Tanam birdan muzladi. Nima qilishimni ham bilmay qoldim. U oppoq libosda oldinda esa begona yigit... nimalar qilding... menga... bizga nimalar qilding... uning ko'zlaruga qaraganimda u ham men kabi edi. Yonidagi kuyov unga yaqinlashib peshonasidan o'pganida ichimda olov alangaladi. Ammo u indamadi. Shunchaki unga qarab indamay mashinaga o'tirdi va u bilan ketdi... meni yuragimni chil parchin qilgancha o'zi ketdi.

Jeonlar qo'rg'oniga keldik. Bazm kechga bo'lganligi sababli shu yerda qolib dam olishimni aytishdi. Menda esa huzr yo'qoldi. Haligacha ko'z oldimda Jihoonning ko'zlari ketmaydi. Uni menga qaragan o'sha mungki ko'zladi yodimda qolib ketdi. Xonada deraza ustuda o'tirar ekanman xonaga Jungkook kirib keldi. Oldimga ko'zgu oldidagi o'rindiqni surib kelib yaqinroq o'tirdi

Jungkook: bu tun lirik chekinish qilishga nima deysan. Er-xotin sifatida
Shia: xomtama bo'lmassiz
Jungkook: nega ekan bu tun doimiy bo'lishi kerak bo'lgan ish bo'lishi lozim. Axir endi biz er-xotinmiz
Shia:...
Jungkook: ho'p mayli sen uchun to'y sovg'asi tayyorladim.
Shia: qanaqa to'y sovg'asi?
Jungkook: buni nikohimiz o'qilganidan so'ng bilasan.

Jungkook razilona kulgancha xonani tark etdi. Bu yana nimani boshladi ekan? Nima uchun buni ichi to'la xiylayu nayrang ekan? Bu o'zi odammi? Yoki odam ko'rinishidagi iblis?

3-qism tugadi

#Jeon_Shiya
@glamour_fanfic