Behinf the smile
Uyimga politsiya xodimlari, qotillik ishlari bo'yicha detektiv va yana bir qancha xodimlarni chaqirdim. Hamda ular ishlarini boshlashdi. Ria ham o'ziga kelgan ammo hech narsa demasdi. Bir uyimga bir odamlarga bir himoyamda qolgan 2 qizga qaradim. Ularni himoya qila olarmikanman? Avval Liannie... endi Lily... menimcha ularni bu ishlarga qo'shib katta xatoga yo'l qo'ydim. Endi uni to'g'irlashni foydasi ham yo'q iloji ham yo'q. Bir chekkaroq tomonga o'tib telefonimni olib oyimga qo'ng'iroq qildim
Shia: oyi...
- eshitaman qizim
Shia: Jungkookning ahvoli qalay
- otang doktr bilan gaplashib chiqdilar uning ahvoli meyorda ekan
Shia: xudoga shukur... oyi uyda kimdur bormi
- ha Akang kelgan bo'lsa kerak
Shia: Akam? Yaxshi uyga borsam bo'ladimi? Lekin yolg'iz emasman
- bu nima deganing odam o'z uyiga borish uchun ham ruxsat so'raydimi? Dadang eshitsalar nimalar deyishlarini bilasanmi?
Shia: ho'p oyi men unga uyga boraman
- yaxshi qizim. Biz ham borib qolamiz. Dadang kuyovning xavfsizligini ta'minlash uchun hamma bilan gaplashib chiqyaptilar.
Shia: ho'p oyi sizlarni yaxshi ko'raman
- biz ham
Og'ir tanamda sal bo'lsada yengillik his qildim. Hech bo'lmaganda erimning ahvoli yaxshi. Telefonimni titkilab turganimda oldimda Seokjin paydo bo‘ldi.
- Jasad topildimi?
- afsuski yo'q maxsus bo‘lim hamma joydan izlashmoqda
- Riani so‘roq qildingmi?
- u hozir qandaydir savolga javob beradigan ahvolda deb o'ylamayman.
- endi nima qilmoqchisan Shia
- bilmayman. Boshim qotti.
- balki ishni topshirarsan
- ...
- o‘ylab ko‘r
-...
Indamay bpsh silkib qo‘ydim. U haqdir balki bu ish men uchun emasdir. Seokjin sigarasini tutatib qayta joyiga ketdi. Riaga ko‘z tashlaganimda u hali ham hech qanday reaksiyasiz bir nuqtaga qaragancha jim turar edi. Balki unga ozroq dam berarman. Riani o‘jarlik qilib bo‘lsada ulardan olib mashinamga joyladim. Uni xavfli ekanligini qancha uqtirishmasin bari befoyda o‘jarligim kelsa hech kimga qarab o‘tirmayman. Aerani ham olib ota uyimga yo‘l oldim. Mashinam rulini extiyotlik bilan siqimlagancha orqa o‘rindiqdagi qizdan e'tibprimni qochirmagan xolda mashinamni boshqarar edim. Uyimga kelganimda darvoza oldida akamning mashinasini ko‘rib u allaqachon kelganini fahmladim. Ximoya kamarini yechib orqa o‘rindiqdagi qizni qo‘ltiqlagancha kirish eshigi tomon yaqinlashdik. Zinalardan chiqishimiz barobarida akam egniga qora charm kastyumini ilgancha qulog‘ida telefon bilan shoshib chiqdi. Bizni ko‘rishi bilan go‘shakni qo‘yib menga yuzlandi.
- meni qanchalar qo‘rqitganingni bilasanmi tulkicha.
Akamning sha‘masidan sezdimki u hamma hammasidan xabardor. Yuzimdan kulguni siqib chiqarib menga suyanib turgan qizni ikkinchisiga tutqazib akamni yengil quchdim. So‘ng akam ortimdagi ikki qizga imo qilib mendan kim deya so‘radi.
- katta mayyor Ji balki uyga kirishga ruxsat etarsiz.
- ha albatta kapitan Jeon
Akam bizga yo‘l berishi bilan uy ichkarisiga kirdik. Qizlarni bir xonaga joylashtirib ularga toza kiyim bosh berib o‘zim qayta akamning oldiga o‘tdim. Akam mehmonxonda kresloda o‘tirar edi.
- Bu ishni qachon olding?
- ko'p bo'lmadi
- allaqachon 3 kishini yo'qotding
-... bilaman
- xo'sh endi nima qilmoqchisan?
- bir qarorga kelmadim
- ishni topshirasanmi?
-...
- javob ber
-... men
- ha yoki yo‘q
-... yo‘q
Akam boshini mag'rur ko‘tarib men tomonga qarab jilmaydi. Men esa unga hech nimani tushunmagandek qarab qoldim. U esa menga yaqin kelgancha ko‘zlarimga tik qarab
- bizning oilamizdan hech kimning ishi chala qolmaydi. Bizning oilamizdan hech kim biror kishi yarim yo‘lda tashlab ketmaydi. Familiyang o‘zgargan bo‘lsada sen bizlardansan singlim.
- rahmat akajon - akamni yelkasidan tutib unga jilmaydim
Kasalxona yo'lagi bo'ylab qaytayotgan erkak yo'lida uchragan xotiniga suv olib kelishini aytib kuyovining palatasiga yo'l oldi. Palata ostonasiga kelganida eshik derazasidan ichkarida turgan begona qomatni ilg'adi. Har tomonga qarab qo'ygan qo'riqchalirini ko'rmay ichkariga kirdi. Eshik ochilganini sezgan yigit ortiga qarashga shoshilmay kostyumining yoqalarini to'g'irlab ortga o'girildi.
- salom janob
- salom kimsiz o'g'lim
- men uning do'stiman janob odobsizlarcha palataga ruxsatsiz kirdim. Manzur tutasiz
- hech qisi yo'q. Qachon keldingiz?
- ko'p bo'lmadi 5 daqiqacha bo'lib qoldi
- Jungkookning do'stlari orasida sizda ko'rmagan ekanman. O'zingizni eslatib yubora olasizmi?
- ha... men uning Amerikada birga ishlagan do'stlaridanman Koreaga yaqinda keldim
- tushunarli. Qachon keldingiz?
- bir necha kun oldin... amaki siz unga kim bo'lasiz
- men Jungkookning qaynotasi bo'lman
- Qaynotasi?
- xuddi shunday... siz uni kasalxonaga tushganini qayerdan bildingiz?
- men... haligi... sog'ligimda muammo bor edi shu sababli doctor qabuloga kelgandim. Shu ko'yi uni ko'rib qoldim.
- yaxshi tushunarli. U uyg'onganida kelganingizni aytib qo'yaman. Ismingiz nima
- yo'q shart emas janob yaxshisi o'zi uyg'onganida kelaman. Endi men bora qolay
- hayrli kech
- hayrli kech janob
Taehyung qutulganiga xursand bo'lib quvonib palatadan chiqdi. Janob Ji esa uni ortidan baribir shubha ko'zi bilan qaragancha qoldi. Nima bo'lganda ham oilaviy kasbi va mahorati borligi sababli u bu tushunarsiz holatni shundayligicha qoya olmaydi. Buni baribir tagiga yetishini bilgani sababli ko'p o'ylanmay kislorod aparatlati ichida yotgan kuyoviga qarab qoldi.
- yana nimalarni boshlayapsiz kuyov?
Ko'zlarim yumsam faqat sen o'zing
Ko'zlarim ochsam qarshimda o'zing
Qanday malaksan bergin xabar
Meni asir qilgan bu qaro ko'zing....
Bu misralardan yuzida keng kulgichini yoygan qiz yigitning yelkasiga boshini qo'yib baquvvat qo'llariga chirmashib oldi. Yigitga erkalangancha
- sher yozishni ham bilar ekansiz demak
-ha biroz shoirlikdan ham xabarim bor
- bunday sherlarni yana nechta qiz eshitib mast bo'lgan ekan-a?
-... faqat sen
Ko'zlarida barq mehr barq urib turgan yigit samimiy tabassum qilgancha qizni o'ziga maftun qilib qo'ydi. Qiz baxtdan sarmast edi. Ko'zlarida yoshi bilan yigitni quchog'iga kirgancha bo'ynidan quchib undan kelayotgan shirin ifordan ikki karra tohatlangancha o'zini bo'sh qo'ydi.
Yigitning ovozi birdan yo'g'onlashib qizning belidan o‘ralgan qo‘llari unga azob bera boshladi. Qiz o‘zidagi chidab bo‘lmas og‘riqdan tipirchilagancha yigitni o‘zidan itarishga harakat qilar edi. Belida esa huddiki hanjarni teridan botirib yurdirgandek og‘riq berar edi. Qiz chinqirgancha yigitni urgancha ahiyri undan qutuldi ammo qarshisida sevgan yigiti umuman boshqacha ko‘rinishda turar edi. Belida esa qonli chandiq.
- t.taehyung
- kelaqol azizam
- y.yo‘q y.yo‘q. YOOOOOO‘Q🗣
-RIAAA🗣
Terga botib bosinqirayitgan qizni uyg'otishga eringan Shia uni yuzlaridagi sochlarini sidirib tashlab unga xavotir bilan qarab uni analiz qilar edi. Ria esa hali ham tush tasirida har yonga alanglar beliga qo‘lini etib hech narsa bo‘lmaganini anglab biroz bo‘lsada tinchlandi. Ammo hali ham uni vasvasa tark etmasdi.
- yaxshimisan Ria
- h.ha h.ha m.men y.yaxshiman
- suv ichib ol
Grafinda turgan suvdan stakanga solib uzatdi. Ria qaltiragancha stakanni zo‘rg‘a ushlab titayotgan lablari bilan ichib o‘zini bosdi. Qizib qaltirauotgan tanasi o‘ziga kelib yotoqqa suyandi. Ko‘zlarida yoshni artib bir tekis nafas ola boshladi. Uni gapirishini kutib turgan Shia og‘zini poylar edi.
- hammangizni qo‘rqitib yubordimmi?
- yo‘q albatta sen yaxshimisan?
- ha endi ancha durust
- nima bo‘ldi?
- shunchaki yomon tush
- haaa... yaxshiligingdan xursandman
-...
- Ria
- ha
- sen bilan nonushtadan so‘ng gaplashib olishimiz kerak
- mayli...
Shia qo‘lidagi stakanni stol ustiga qo‘yib Riani xonada yolg‘iz qoldirib chiqib ketdi. Shia eshikni tasharidan yopganida ostonada kutib turganlarga uni yaxshi ekanligini aytib pastga tushib ketdi. Ria boshini changallagancha ko‘zlarini yumdi. Hozir yaxshi bo‘lsada hamon tush ta‘sirida edi...
Nonushtadan so‘ng Ria Shianing oldiga yo‘l oldi. Xonasiga kelib ruxsatdan so‘ng xonaga kirdi. Shia Riani qarshisiga o‘tirg‘izib maqsadiga o‘tdi.
- xullas kechagi masala. Lilyning o‘limi?
- ...
- nimadue eslaysanmi?
- ... u bizni o‘ldirmoqchi edi...
-... unda nega o‘zi o‘ldi?
- ... uyga kimlardur keldi eshikni Lily ochdi va ularni kirgazchi. Shundan so‘ng uydan baland ovozlar chiqa boshladi. Shundan so‘ng esa 2 kishi Lilyni yer to‘laga olib tushishdi va ...o‘ldirishdi.
- unda senga nima uchun tegishmadi?
- ...bilmayman...
- Lilyni qanday o‘ldirishdi
- ... eslolmayman
- eslolmaysan... qonli qotillik quroli sening qo‘lingdall edi.
- Nima? Menda?
- ha.
- qanaqasiga? Menmi? Men o‘ldirdim
- ... demak o‘ldirmading...
- Men uni ortidan kirdim... Qolganini eslay olmayman... lekin o‘ldirmadim
- buni tagiga yetamiz...
- meni qamaysizmi endi.
- albatta yo‘q. Xonangga chiqishing mumkin.
Ria indamay xonadan chiqib ketdi. Shia esa sokinlikni buzmagancha shunchaki uni ortidan qarab qoldi.
- senda qandaydir sirlar bor...
Uyimdagi tekshiruv ishlari hali hamon davom etmoqda. Hamma qo'ni qo‘shnilarimni so‘roq qilishdi kameralarni tekshirishdi ammo hech qanday qo‘lga ilinar ma‘lumot yo‘q. Kim keldi nimaga keldi haligacha mavhum. O‘z ishlarim bo‘lib Jungkookni ham unutib qo‘yishimga bir bahya qolibdi. Ishlarni o‘z holiga qoldirib kasalxonaga yo‘l oldim. Kecha operstsiyadan chiqqan erimni ko‘rgani endi keldim. Qanchalar xudbin rafiqaman-a? Kasalxonadan kerakli qavatga ko‘tarilib erimning palatasi tomon yo‘l oldim. Yo‘lda turgan soqchilardan ota-onam ketishganlarini bildim. To‘g‘ri endi men borman. Ota-onamni ovora qilishga hojat yo‘q. Palataga kirganimda erim endi endi o‘ziga kela boshlayotgan edi. Tezlikda kirib egnimni yengillatdimda unga quloq tutdim. Tomog‘i qurib qolganidan suvga ishora qildi. Tokcha ustidagi suv olib unga ichirdim. 1 sutka deganda endi o‘ziga keldi. Uni o‘ng tomonidan joy olib keng katta va issiq kaftini ushlab yana uni taftini his etdim. Bu qandayin rohatbaxsh tuyg‘u? Uning chimirilgan qoshlari hali ham tanasidagi og‘riqlardan dalolat edi. Bir qo‘limni oppoq yuziga etib sekin siladim. Qoshlari sekinlikda yoyildi va yuziga tekkan qo‘lim tomon burilib kaftimdan o‘pib men tomon qaradi. Unga jilmayib qaragsnimda undan ham javoban huddi shunday jilmayishni oldim. Men bu tabassum uchun gar narsaga tayyorman...
Jungkookning qo‘limdan tutib turgan qo‘li meni o‘ziga tortdi. Uni bag‘ruga avaylab boshimni qo‘yib kecha sezmayotgan yurak tovushimni eshitib yana bir bor tangriga shukurlar aytdim. U yuzimdan silagancha erkin nafas olar edi. Sog‘inchimiz bosilganidan so‘ng qayta gavdamni ko‘tardim
- ahvoling qalay? O‘zingnibqanday his etyapsan?
- farishtamni ko‘rib ancha yaxshi.
- jinnivoy... senga ayttim borma deb
- eslashni istamayman hayotim
- ... mayli sen nima desang shu
- men seni istayman xolos
Jungkook doimgidek nima xohlasa hammasini boricha aytadi. Yashirib o‘tiradigan odati yo‘q. Qo‘limdan yana o‘zi tomon tortdi. U tomon sekinlikda yaqinlashib yuzi bilan yuzma yuz bo‘ldim. Majolsiz 1 qo‘li bilan yuzimdan tutib lablarimga tikila boshladi va ko‘p turmay o‘zining lablari bilan birlashtirdi. Undagi energiya holstidan umuman farq qiladi. U doim bunday ishlarni sekin va oddiy qilmaydi. Lablarimdan so‘rib o‘pgancha ikkinchi qo‘li bilan bo‘ynimdan ushlagancha bo‘sani huqurlashtirishga harakat qilar edi. Yotgan holatida o‘ziga tegishli zavqni to‘lalicha ololmadi va biz ajralishdik. O‘zidan uzoqlashtirmagan holda
- qani edi boshqacha vaziyatda o‘rnimiz alishsa seni bunchalar tez qo‘yib yubormagan bo‘lar edim
- sog‘ayishni o‘rniga o‘ylayotgan narsangizni qarang Janob Jeon
- mening davoyim o‘zingsan
To‘satdan palatada begona ovoz yangradi va ikkimiz ham bir barakayiga eshikka qaradik.
200+ reaksiya va 50+ coment. COMENT YOZSANGIZ KAM BO‘LIB QOLMAYSIZ DO‘NDIQCHALAR
#Jeon_Shia
@Glamour_fanfc